2
REJA
KIRISH
3
I.BOB. SOLIQLARNING IQTISODIY MAZMUNI, ZARURIYATI
VA AHAMIYATI
5
1.1. O‘zbekiston soliqlari to‘g‘risida tushuncha.
5
1.2. Soliqlarning iqtisodiy mohiyati va uni ahamiyati.
8
1.3. Soliqqа tortish tamoyillari.
11
II
BOB.
IQTISODIYOTNI
BOSHQARISH
VA
TARTIBGA
SOLISHDA DAVLATNING ROLI
16
2.1.
Iqtisodiyotni boshqarish va tartibga solishda davlatning roli
16
2.2. Iqtisodiyotni boshqarish organlari
22
2.3. Bozor iqtisodiyotini tartibga solishda
davlatning roli
27
XULOSA
35
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
36
3
KIRISH.
Bozor munosabatlariga asoslangan mamlakatlarda iqtisodiyotni tartibga solish
borasida davlat muhim vazifalarni bajaradi. Davlat iqtisodiyotga faol aralashib,
bozor mexanizmining amal qilishiga ko‘maklashadi,
raqobatchilik muhitini
yaratib, aholini salbiy oqibatlardan himoyalash chora-tadbirlarini ko‘radi. Bozor
iqtisodiyotini davlat tomonidan tartibga solishdan ko‘zlangan asosiy maqsad bozor
munosabatlarini muayyan va ma’lum yo‘nalishlar asosida rivojlantirib,
iqtisodiy
taraqqiyot sur’atlarini jadallashtirish va aholi turmush darajasini oshirish
choralarini ko‘rishdan iboratdir.
Tashqi iqtisodiy faoliyatni yanada takomillashtirish,
uning tizimini qayta
ko‘rib chiqish, ma’muriy cheklash metodlaridan iqtisodiy boshqarish usullariga
o‘tishni tezlashtirish zarur. Faqat shu yo‘l bilan respublika Jahon savdo tashkilotiga
a’zo bo‘lishi va uning imkoniyatlari va afzalliklaridan bahramand bo‘lishi
mumkin.
Bozor munosabatlarini rivojlantirishning eng muhim yo‘nalishi, bu -
iqtisodiyotni erkinlashtirishdir. Shu munosabat bilan xo‘jalik
yurituvchi
sub’ektlarning samarali faoliyat ko‘rsatishi uchun zarur bo‘lgan iqtisodiy erkinlik
va mustaqillikni yanada kengaytirish muhim ahamiyatga ega. Ularning faoliyati
uchun qulay huquqiy va iqtisodiy muhit yaratish, bu faoliyatni
tartibga solishda
faqat bozor mexanizmidan foydalanish bozor iqtisodiyoti tizimining tamoyili
hisoblanadi. Korxona va firmalar xo‘jalik faoliyatiga davlatning aralashuvini
cheklash, xususiy mulkning ishonchli himoyasini ta’minlash
chora-tadbirlarini
amalga oshirish zarur.
Davlatning joylardagi hokimiyat va nazorat organlari xususiy biznesni
rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan shart-sharoitlarni yaratib berishlari va xo‘jalik
yurituvchi sub’ektlar faoliyatiga behuda aralashmasliklari darkor.
Iqtisodiyotni boshqarishning tashkiliy tuzilmasini bozor munosabatlariga
to‘la-to‘kis javob berishini ta’minlash, ishlab chiqarishni
boshqarishning xalqaro