O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi q. Usmonov, M. Sodiqov


Download 3.12 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/49
Sana02.12.2017
Hajmi3.12 Mb.
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   49

5. Xorazmshohlar

Xorazm vohasi o‘zining qulay strategik mavqeyi, rivoj 

lan  gan 

hu dud bo‘lganligidan Markaziy Osiyo mintaqa si da kechgan muhim 

tarixiy jarayon larda alohida o‘rin tutib, o‘z muayyan ta’sirini o‘tka-

zib borgan. Xorazmshohlar sulolasi nomi bilan hukm ronlik qilgan 

hukmdorlar xonadoni tarixdan ma’lum. 

XI asrning boshlarida yuz bergan tarixiy jarayonlar taqozo-

si bi lan Xorazm davlati tanazzulga uchrab, zaiflashib, mintaqaning 

boshqa sulolalari, chunonchi, avval boshda g‘aznaviylar hukmron-

ligi (1017–1041) 1043-yilda saljuqiylar boshqaruvi ta’siriga tushib 

qolgandi. Shuningdek, XI asrning 40-yillarida sharqdan bostirib kel-

gan ko‘p sonli qoraxitoylar ham Xorazm yerlarini ishg‘ol etib, bu 

hududlardan belgilangan miqdordagi xiroj to‘lovlarini olish huquqi-

ni qo‘lga kiritgandilar. Binobarin, XI asrning ikkinchi yarmiga kelib 

Xorazm oldida mustaqillikka erishish vazifasi ko‘ndalang bo‘lib 

turardi. Xu su san, saljuqiy hukmdorlardan Malikshoh I (1072–1092) 

davrida katta obro‘-martabaga erishgan harbiy lashkarboshi Anush-



teginni 1077-yilda Xorazmga noyib etib tayinlaydi. Anushtegin vafo-

tidan so‘ng Xorazmda uning vorisi Qutbiddin Muhammad 1097–

1127-yillar da n 

oyiblik qiladi. Qutbiddin Muhammad saljuqiylar 

hukmronligini tan olgan holda, Xorazmni idora qiladi, o‘lka ning 

ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy yuksalishi uchun ham mu him imko-

niyatlar topa biladi.

Xorazm mustaqilligini ta’minlash, uning sarhadlarini kengay ti-

rish da Qutbiddin Muhammadning o‘g‘li Alovuddin Otsiz (1127–1156) 

ning roli alohida e’tiborga molik. Negaki, u qoraxoniylar kuchsizli-

gidan va saljuqiylar zaifligidan foydalanib, o‘z davlati qudratini yuk-

sal tira bordi. Uning 1141-yilda oltin tangalar zarb ettirib,



 muoma-

laga chi  qa rishi ham Xorazm mustaqilligining muhim belgisi bo‘lgan.



 

Alovuddin Otsiz qoraxitoylar bilan kelishib, ularga har yili 30 ming 

dir ham miqdorida o‘lpon to‘lash sharti bilan amalda o‘z davlatining 

ichki mustaqilligini ta’minlaydi.



122

Xorazmning mustaqil davlat sifatidagi ravnaqi, hududlarining 

benihoya kengayib borishida Alovuddin Takashning ham o‘rni va roli 

katta bo‘lgan.

Uning hukmronlik davrida (1172–1200) Xorazm vohasida kat-

ta ijobiy o‘zgarishlar yuz berdi. Yangidan qad rostlagan shaharlar-

ning obodon  lashuvidan tashqari ularning savdo-sotiq, hunarmand-

chilik, kar  von savdosi bobidagi dovrug‘i yanada ortdi, qishloq xo‘ja-

ligi, zi roat  chilik tarmoqlari rivojlandi, ko‘plab kanallar, suv inshoot-

lari bar po etildi.



Xorazmshohlar

(Anushteginlar) 

sulolasi

♦ Anushtegin Garchoi 



(1077–1097)

♦ Qutbiddin Muhammad 



(1097–1127)

♦ Alovuddin Otsiz 



(1127–1156)

♦ El-Arslon 



(1156–1172)

♦ Sultonshoh Mahmud 



(1172)

♦ Alovuddin Takash 



(1172–1200)

♦ Alovuddin Muhammad 



(1200–1220)

♦ Jaloliddin Manguberdi 



(1220–1231)

Bunday ijobiy jarayonlar Alovuddin Muhammad Xorazmshoh 



(1200–1220) davrida ham davom ettirildi. Ayni zamonda, o‘ziga 

xos mar kaziy va mahalliy davlat boshqaruvi tizimi vujudga kelti-

rilib, ta ko  mil lashtirib borildi. Bu esa mamlakatning ijtimoiy-siyo-

siy hayotini mustahkamlash, uning ichki taraqqiyotini ta’minlash 

hamda izchil tashqi siyosat olib borishda muhim ahamiyatga ega 

bo‘ldi. Anushtegin larning davlat boshqaruvi ham ikki tizimdan: dar-

goh va devon lar majmuyidan iborat bo‘lgan.

Dargohda ulug‘ hojib mansabi alohida o‘rin tutgan. U hukm dor -

ning xos kishisi sanalib, lozim bo‘lgan hollarda vazirlar faoliyatini 

ham nazorat qilgan. Hojiblar hukmdor nomidan davlat ahamiyatiga 

daxl dor muhim masalalarda muzokaralar olib borganlar. Dargohdagi 

yana bir oliy lavozim sohibi ustozdor hisoblangan. Xazina mablag‘ lari 

butunlay uning tasarrufida bo‘lgan. Dargoh hayotiga oid ko‘plab aso-

siy masalalar ustozdor nazorati ostida hal etilgan. Davlatdagi tasht-



dor lavozimi ham muhim sanalib, u sultonning sirdosh kishisi hiso-

blangan. Tashtdor hukmdorning maxfiy sirlaridan ogoh bo‘lib, doi-

mo u bilan bahamjihat holda faoliyat yurit gan. Oliy lavozimlardan 

yana biri – qissador bo‘lib, u sulton nomiga kelgan arz, shikoyat-

larni yig‘ib, o‘rganib, ularni hukmdor hukmiga havola qilib borgan. 

Dargohdagi xizmat turlari ichida chashnigir – sultonga beriladigan 



123

ovqat, ichimliklarni tekshiruvchijomador, davatdor (kotib), sharob-



dor, bayroqdor (amiri alam), xizmatkorlar boshlig‘i maliki havas kabi 

vazifalar ham alohida ko‘zga tashlanib turadi. Ijroiya ish lari devonlar 

(vazirliklar) tomonidan amalga oshirilgan. Ayniq sa, bunda bosh vazir 

katta mavqega ega bo‘lib, u faqat hukm dor ga bo‘ysungan. Man sab-

dor larni ishdan olish, ishga tayinlash, ma osh, nafaqa tayinlash, xazi-

na va soliq tizimini nazorat qilish, mahalliy vazirlar hisobotini olish 

va shu kabilar uning vakolatida bolgan

28

.



Devonlar ham o‘z vakolatlari doirasida faoliyat yuritganlar. Ma -

sa lan, insho yoki tug‘ro devoni rasmiy hujjatlar, yozishmalarni tuzish 

bilan shug‘ullangan. Shuningdek, moliya ishlari bilan istifo devo-

ni, dav lat nazorati tadbirlari bilan ishrof devoni, harbiy ishlar bilan 



devoni arz yoki jaysh shug‘ullangan. Sulton xonodoni hayotiga, iq ti-

sodi yotiga tegishli yana bir muhim devon mavjud bo‘lib, u devoni xos 

nomi bilan atalgan.

So‘n ggi xorazmshohlar davrida harbiy sohaga alohida ahamiyat 

be ril gan. Bunda bir necha yuz minglik qo‘shindan tashqari oliy 

hukm  dorning maxsus shaxsiy gvardiyasi (Haros) katta mavqega ega 

bo‘ l gan. Sulton Muhammadning shaxsiy gvardiyasi 10 ming nafar 

kishi dan tashkil topgan. Harbiy qismlarda harbiy nazoratchi, sipoh-



salor, sohibi jaysh (viloyat qo‘shini boshlig‘i), amir ul-umaro, malik 

(10 ming qo‘shin boshlig‘i), chovush (chopar), josus (razvedkachi), 

askar qozisi kabi mansablar ham mavjud bo‘lgan.

Takash va Muhammad xorazmshohlarning katta qo‘shin tuzib 

bosh   qa mamlakatlar, ellarni bosib olish, ularni o‘z tasarruflariga ki ri-

tish borasida olib borgan ko‘p yillik istilochilik yurishlari, bir to -

mondan, xorazmshohlar saltanati shuhratini oshirib, uning hudud-

larini benihoya kengaytirishga olib kelgan bo‘lsa, ikkinchi tomon-

dan esa, bu hol pirovard oqibatda bu davlatning chuqur ichki tush-

kun likka, tanazzulga yo‘liqishiga ham sabab bo‘ladi. Jumladan

Takash XII asrning 80–90-yillardagi istilochilik yurishlari davomi-

da Saraxs, Nishopur, Ray, Marv kabi muhim shahar larni o‘z tasar-

rufiga olgan. Takash vafotidan so‘ng davlat hukmdori bo‘ lgan Alo-

vuddin Mu hammad Xorazmshoh davrida ham mamlakat hu dudlari 

kengayishda davom etadi. Bu vaqtga kelib xorazmshohlar dav lati 

hududlari janubi-g‘arbga qarab Xormuz, Fors qo‘ltig‘i, Iroq yerlari-

ga qadar yoyiladi. Uning tarkibiga 400 dan ziyod, shaharlar kirardi. 

28

 Bunyodov Z. Anushtegin xorazmshohlar davlati. – T.: G‘afur G‘ulom 



nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti. 1998. 124-bet.

124

Xorazm shoh Bag‘dod xalifaligini qo‘lga kiritish uchun ham intilgan. 

Bu esa butun musulmon olamining unga nisbatan qahr-u g‘azabiga 

sabab bo‘lgan.

Muhammad Xorazmshoh 1211-yilda qoraxitoylarni uzil-kesil 

quvib, Xorazm dovrug‘ini ko‘targanidan so‘ng u o‘ziga ortiqcha 

bino qo‘yib, o‘zini «Iskandari soniy», «Allohning yerdagi soyasi», 

deb ulug‘ lashni buyuradi. Garchand Xorazmshoh o‘zini qancha-

lik ko‘k lar ga ko‘tarmasin yoxud bosqinchilik urushlari olib bor-

masin, biroq mamlakatning chuqur ichki ziddiyatlar va tanazzulga 

duchor bo‘lgan  edi. Shohning katta qo‘shin tuzib, to‘x tov siz olib 

borgan besamar urushlari, buning asoratli oqibatlari, eng avva-

lo, mamlakat xalqining tinkasini quritayozgandi. Buning us ti ga, 

mahalliy hokimlar, bek-amaldorlarning o‘zboshimchalik bilan xalq 

bo shiga solayotgan behad jabr-zulmi, bunga javoban yuz bera yot-

gan xalq g‘alayonlari (masalan, 1206–1207-yillarda Buxoroda, 

1212-yilda Samarqandda ko‘tarilgan qo‘zg‘olonlar) saltanatning 

ich dan yemi ri li shi ga sabab bo‘lmoqda edi. Oliy hokimiyat ichidagi 

kuchli muxolifatchilik harakati, xususan, Xorazmshoh bilan uning 

onasi Turkon Xotun tarafdorlari o‘rtasidagi ochiq-oshkor tarz dagi 

siyosiy kurash ham Xorazm davlatining beqarorlik holatini yaqqol 

ko‘r sa tardi.

Xorazmshohlar davlatida kechayotgan bu xildagi chuqur ta naz-

zul holat laridan to‘la xabardor bo‘lgan sharqdagi boshqa bir qud-

ratli mo‘  g‘ul davlati hukmdori Chingizxon Movarounnahr sar-

hadlari to mon istilochilik urushlarini boshlashga chog‘lanayot-

gan edi.

6. Xalq hayotida yuz bergan uyg‘onish davri.

Madaniy taraqqiyot, ilm-fan ravnaqi

Moddliy madaniyat. Turonzamin ulus va elatlari istiqomat qilgan 

hu dud ning arablar istilosi va asoratidan xalos etilishi, o‘z mustaqillik 

maqomiga ega bo‘lishi yurtimizning ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy 

taraq qiyotiga sezilarli ijobiy ta’sir etdi. Somoniylar, qoraxoniylar, 

g‘aznaviylar, saljuqiylar va xorazmshohlar sulolalari hukmronlik qil-

gan IX–XII asrlarda Movarounnahr sarhadlarida yashagan ulus-elat-

lar o‘rtasida nisbatan tinchlik, totuvlik va hamjihatlik vujudga keldi. 

Natijada, o‘lkada moddiy ishlab chiqarish, madaniy rivojlanish jara-

yoni ancha tezlashdi, shaharlar hayoti yuksaldi, savdo-sotiq, hu nar -


125

mandchilik o‘sdi, aholi farovonligi barqarorlashdi. Bu davrda xalqi-

miz hayotida uyg‘onish yuz berdi. 

IX–XII asrlarda Movarounnahrda moddiy madaniyat o‘ziga xos 

uslub va shakllarda to‘xtovsiz rivojlandi. Xalq ichidan chiqqan ma -

hal  liy ustalar, me’morlar, naqqoshlar, kulollar, zargarlar, miskar-

lar tomonidan yurt dovrug‘ini olamga tanitgan ajoyib me’morchilik 

obida lari, san’at namunalari bunyod etildi.



Ilm-fan ravnaqi. Somoniylar, g‘aznaviylar, saljuqiylar, xorazm    -

shoh lar sulolalariga mansub ma’rifatparvar hukmdorlarning ilm-fan 

va madaniyatga doimiy rag‘bat berishlari orqasida ko‘plab iste’dod 

sohiblarining salohiyati, ijodi o‘sib, yuksalib borgan. O‘sha davr 

hukm dorlari tashabbusi bilan bunyod etilgan va faoliyat ko‘rsatgan 

kutub xonalarda noyob, qimmatbaho kitoblar, qo‘lyozmalar to‘plan-

ganki, bulardan hozirgi avlod kishilari ham bahramand bo‘l moq-

dalar.


Ibn Sinodek buyuk zotni hayratlantira olgan somoniylar 

sa royi qoshidagi boy kutubxona ham mana shunday ilm maskan-

laridan biri bo‘lgan. O‘rta Osiyo xalqlari ma’naviy-madaniyati-

ning o‘sishida is lom madaniyatining ahamiyati katta bo‘ldi. Islom 

faqat dingina emas, balki yangi ma’naviy yo‘nalish sifatida ham 

butun madaniy jarayonga, barcha musulmon mamlakatlari orasi-

da ijtimoiy-madaniy va ma’rifiy aloqalarning kuchayishiga sezi-

larli ta’sir ko‘rsatdi.

Bu davrda ma’naviyatda hurfikrlik, har qanday bilim, ilm-fan ga 

hur mat, diniy oqimlar erkinligi ustuvorlik qilgan. Diniy va dunyo viy 



ilmlar o‘zaro uzviy bog‘liq holda rivojlangan. Qadimgi yunon, hind 

va boshqa yurtlar an’analaridan, bilim manbalaridan ham keng ijo-

diy foydalanildi.

Uyg‘onish davri

me’morchiligining

noyob obidalari



 Ismoil Somoniy maqbarasi (Buxoro, X asr) 

♦ Registon majmuyi (Buxoro, X asr) 

♦ Arab ota maqbarasi (Samarqand yaqinidagi 

Tim qishlog‘i, X asr)

♦ Sulton Sanjar maqbarasi (Marv, XII asr)

♦ Qoraxoniylar maqbarasi (O‘zgan, XI asr)

♦ G‘aznaviylarning yozgi saroyi majmuyi (G‘azna,

XI asr) 

♦ Minorayi Kalon (Katta minora) (Buxoro, 1127-y.)



126

IX asr boshlarida Xorazmda vujudga kelib keng faoliyat ko‘rsat-

gan mashhur «Ma’mun akademiyasi» ilm-fan ravnaqiga ijobiy ta’sir 

etdi. Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Abu Nasr Mansur ibn 



Iroq sin gari ilm peshvolari ham dastlab shu fan maskanida ulg‘ayib, 

kamolot bosqichiga ko‘tarilganlar.

IX–XII asrlarda Movarounnahrda ilm-fan yuksaldi, hozir-

gi za mon fani ning ko‘plab tarmoqlari va yo‘nalishlariga chinakam 

poy  devor yara  til  di. Xususan, matematika, algebra, astronomiya, tib-

biyot, geologiya, geodeziya, jug‘rofiya, falsafa singari dunyoviy fan-

larning tamal toshi, shu davrda qo‘yildi.

Buyuk matematik, astronom va geograf olim Muhammad Muso 



al-Xorazmiy (783–850) nomi fan tarixida alohida o‘rin tutadi. 

Olim o‘zining «Aljabr val Muqobala», «Hind hisobi haqida kitob», 

«Quyosh soatlari haqida risola», «Astronomik jadvallar» singari 

asar lari bilan «Algebra» faniga asos soldi. Uning arifmetika riso-

lasi hind raqamlariga asoslangan bo‘lib, hozirgi paytda biz foyda-

lanayotgan o‘nlik hisoblash sistemasining Yevropada tarqalishiga 

sabab bo‘ldi. Allomaning «al-Xorazmiy» nomi «algoritm» shakli-

da fanda abadiy muhr lanib qoldi. Olimning «Kitob surati ul-arz» 

nomli geografiyaga doir asari shu qadar fundamental ahamiyatga 

egaki, u arab tilida ko‘p lab geografik asarlarning yaratilishiga zamin 

yaratdi. Uning «Sharq geografiyasining otasi», deb nomlanishi ham 

shundan. Xoraz miy yarat  gan «Zij» Yevropada ham, Sharqda ham 

astronomiya fani ning rivoj lanishi yo‘llarini belgilab berdi. Alloma 

qalamiga man sub «Ki tob at-tarix» («Tarix kitobi») asari Movaroun-

nahr, Xuroson va Ki chik Osiyo xalqlarining VIII–IX asrlarga oid 

tarixini to‘laqonli yo ri tish da muhim qo‘llanmadir. Al-Xorazmiyning 

arab ilmiy dunyo sining yirik markazi – Bag‘dod dagi Ma’mun aka-

demiyasida ishlagan davrlari uning iste’dodining yuksak cho‘qqiga 

chiqqan davri bo‘ldi. U shu akademiyaning rahbari sifatida ilm ahli-

ga ibrat ko‘rsatdi.

O‘rta osiyolik buyuk allomalar orasida Ahmad al-Farg‘oniy (797– 

865) nomi alohida ko‘zga tashlanib turadi. Olimning to‘liq ismi Abul 

Abbos Ahmad ibn Muhammad ibn Kasir al-Farg‘oniy bo‘lib, asli -

da Farg‘onaning Quva shahrida tavallud topgan. Ilm yo‘lida zah mat 

chekib ko‘p yurtlarni kezgan. Umrining ko‘p qismini xorijiy ellar da, 

xalifalik markazlarida o‘tkazgan. U butun hayoti va faoli yatini fanga 

bag‘ishladi. Ahmad al-Farg‘oniy yetuk astronom, mate matik va geo-

graf olim sifatida shuhrat topgan. Juda ko‘plab fun damental asar-


127

lar muallifi, Bag‘doddagi Bayt ul-Hikma (akade miya)ning nom dor 

namoyandalaridan biri hisoblanadi.

Al-Farg‘oniy ilmiy salohiyatining mahsuli bo‘lgan «Astrono miya 

asoslari haqida kitob», «Asturlob yasash haqida kitob», «Al-Farg‘o-

niy jadvallari», «Oyning Yer ostida va ustida bo‘lish vaqtlarini aniq-

lash haqida risola», «Yetti iqlimni hisoblash haqida», «Al-Xorazmiy 

«Zij»ining nazariy qarashlarini asoslash» nomli kitob lari haqli ra -

vishda jahon fani xazinasining noyob durdonalari sana la di. U G‘arb 

olimlari orasida «Alfraganus» nomi bilan mash hur.

Jahon fani va 

sivilizatsiyasiga 

hissa qo‘shgan 

buyuk

allomalarimiz

♦ Muhammad Ibn Muso al-Xorazmiy (783–850)

♦ Ahmad al-Farg‘oniy (797–865)

♦ Abu Nasr Forobiy (873–950)

♦ Abu Bakr Muhammad Narshaxiy (899–959)

♦ Abu Abdulloh Xorazmiy (vafoti 997-y.)

♦ Abu Rayhon Beruniy (973–1048)

♦ Abu Bakr al-Xorazmiy (935–993)

♦ Abu Ali ibn Sino (980–1037)

♦ Mahmud az-Zamaxshariy (1075–1144)

♦ Mahmud Chag‘miniy (XII–XIII asr boshlari)

Jahon fani ravnaqiga benazir hissa qo‘shgan uyg‘onish davri 

daho lari orasida buyuk yurtdoshimiz Abu Nasr Forobiy (873–950) 

siymosi fan osmonida yorug‘ yulduzdek charaqlab turadi. O‘zining 

qo   m u siy bilimlari, ayniqsa, falsafa sohasidagi ulkan xizmatlari bilan 

u «Al-Muallim as-soniy» – «Ikkinchi muallim» (Aristoteldan keyin), 

«Sharq Arastusi» nomi bilan mashhurdir.

Ilm-u urfonga oshuftalik, insoniyat baxt-u saodati yo‘lida o‘zni 

bax shida etishlik Forobiyni o‘z tug‘ilgan ona yurti – Forob (O‘tror) 

ni o‘smirlik chog‘idanoq tark etib, o‘sha davrning eng mashhur ilm 

maskan lari hisoblangan Eron va Arabiston shaharlariga borib, bir 

umr ilm-fan bilan mashg‘ul bo‘lishga undaydi. U tabiiy va ijtimoiy 

fan larga oid 160 dan ziyod asar yaratgan. Ayniqsa, falsafa ilmini 

rivoj lan  tirishga katta hissa qo‘shgan.

Forobiyning Aristotel (Arastu) asarlarini, xususan, «Meta 

fi zi-


ka», «Etika», «Ritorika», «Sofistika» singari shoh asarlarini chuqur 

ilmiy shar hlash, mazmun-mundarijasini teran yoritib berishdagi xiz-

mat  lari benazirdir. Forobiyning «Ilmlarning kelib chiqishi va ta s ni-

fi», «Falsa faga izohlar», «Fozil odamlar shahri» singari asarlari allo-



128

maning qizi qish doirasi va ma’naviy olamining nechog‘lik kengligi, 

teranligidan dalolat beradi.

O‘rta asrlar davri sharoitida Vatanimiz sharafini o‘zining be 

-

qiyos dun  yo viy asarlarida ulug‘lagan, astronomiya, fizika, mate ma ti-



ka, ge olo  giya, geodeziya, geografiya, mineralogiya, tarix singari fan-

lar yo‘ na lishida ulkan kashfiyotlar qilgan qomusiy bilim sohiblaridan 

yana biri Abu Rayhon Beruniy (973–1048)dir. Asli Xorazm yurti-

dan bo‘l gan allomaning butun hayoti to‘laligicha ilm-fanga bag‘ish-

langan.

Uning qalamiga mansub noyob asarlar orasida bizning davri miz-



ga cha saqlanib, o‘z bebaho ahamiyatini yo‘qotmay, bugungi avlod 

uchun o‘rganish manbayi bo‘lib kelayotganlari ham talay gina. Bular 

jumlasiga «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar», «Xorazm ning 

mashhur kishilari», «Hindiston», «Mas’ud qonuni», «Mineralogiya», 

«Saydona», «Astrologiyaga kirish», «Astronomiya kaliti», «Jonni 

davolovchi quyosh kitobi», «Foydali savollar va to‘g‘ri javoblar», «Ibn 

Sino bilan yozishmalar» singari tarixiy kitoblarni kiri tish mumkin. 

Beruniy asarlari ko‘p asrlardan buyon sharq-u g‘arbda keng tarqal-

gan bo‘lib, ular yuksak qadr topgan. Alloma merosi uning bu  gun gi 

mustaqil yurtida, minnatdor avlodlari nigohida, doimiy e’tibori va 

e’zozidadir.

Abu Ali ibn Sino (980–1037) ham o‘z davrining yetuk allomasi, 

fan fi do yisi sifatida mashhurdir. Ibn Sino asarlari umumiy sonining 

450 dan oshishi ham buning dalilidir. Biroq bulardan atigi 160 ga 

yaqini biz  ga   cha yetib kelgan, xolos. Alloma nomini dunyoga tanitgan 

omil, bu uning tibbiyot sohasidagi kashfiyotidir. Ibn Sinoning arab 

tilida yaratgan 5 jildli «Al-Qonun» («Tib qonunlari») asari tibbiyot-

ga oid das   tu rilamaldir. 5 mustaqil kitobdan iborat bu asarni ko‘zdan 

ke chirar kanmiz, allomaning yuksak tabiblik salohiyatiga, kasalliklar-

ni aniq  lash, ularni davolash borasidagi mahoratiga, bilimdonligiga 

tan bera   miz. Jumladan, «Qonun»ning ikkinchi kitobida 800 ga yaqin 

dori  larning shifobaxsh xususiyatlari bayon etilganligi buning yaqqol 

isbotidir.



Abu Ali ibn Sino ilm-fanning boshqa sohalarida ham barakali 

ijod qilgan. Uning «Donishnoma», «Insof kitobi», «Najot kitobi», 10 

jil  dli «Arab tili kitobi» yoxud badiiy ijodga oid «Tayr qissasi», «Salo-

mon va Ibsol» asarlari buning yorqin ifodasidir.

Tarix ilmida benazir bo‘lgan Muhammad Narshaxiy (899–959) 

o‘zining  «Buxoro tarixi» («Tarixi Narshaxiy») asarida arablarning 


129

O‘r ta Osiyoni zabt etib, kirib kelishi, mashhur Muqanna qo‘zg‘olo-

ni, shu  ningdek, somoniylar davridagi davlat boshqaruv tizimi, pul 

mu nosa batlari, soliq tizimi, Buxoro davlatining ijtimoiy-iqtisodiy va 

ma da niy hayotiga oid ko‘plab qiziqarli ma’lumotlar aks etgan.

Ko‘hna Xorazm farzandi Mahmud az-Zamaxshariy (1075–1144) 

no mi ham fan osmonidagi yorqin yulduzlar qatorida turadi. Buyuk 

mutafakkir arab grammatikasi, lug‘atshunoslik, adabiyot, aruz ilmi, 

jug‘rofiya, tafsir, hadis va fiqh (qonunshunoslik)ga oid 50 dan ziyod 

no yob asarlar muallifidir. Uning «Al-Mufassal», «Muqaddimat ul-

adab», «Asos al-balog‘a» («Notiqlik asoslari»), «Xutbalar va va’zlar 

ba yo nida oltin shodalar», «Ezgular bahori va yaxshilar bayoni», 

«Aruzda o‘lchov (me’zon)», «Nihoyasiga yetgan masalalar», «Nozik 

iboralar», «Qur’on haqiqatlari va uni sharhlash orqali so‘zlar ko‘z-

lari ni ochiish» kabi asarlari butun Sharq va arab dunyosida qadrla-

nib kelinadi.

Shuningdek,  Ismoil Jurjoniy, Mahmud Chag‘miniy, Burhonid-



din al-Marg‘inoniy kabi allomalarimiz yaratgan boy ilmiy-ma’naviy 

me ros ham Vatanimiz shuhratini olamga taratdi.

Shunday qilib, O‘rta Osiyo hududida yuz bergan Uyg‘onish davri-

da ko‘plab favqulodda iste’dod sohiblari yetishib chiqdiki, ular jahon 

fa ni    ning turli yo‘nalishlarida betakror kashfiyotlar, durdona asar-

lar ya rat  dilar. Bu bilan ular Vatanimiz shonu-sharafini yuksaklar-

ga ko‘tar dilar hamda kelgusi avlodlar uchun bitmas-tuganmas meros 

qoldirdilar.

IX–XII asrlar adabiy jarayonining rivojiga katta hissa qo‘shgan, 

badiiy so‘z qadrini yuksakka ko‘targan daho adiblar to‘g‘risida 

so‘z yurit  gan da Ahmad Yugnakiy, Mahmud Qoshg‘ariy, Yusuf Xos 

Hojib, Ahmad Yassaviy, Abu Abdulloh Rudakiy, Abulqosim Firdav-

siy, Nosir Xusrav singari aziz siymolar nomlari ko‘z o‘ngimizda 

namoyon bo‘ la di. Ularning har birining mangulikka muhrlangan 

hayotbaxsh ijodi ne cha asrlar osha hamon kishilar qalbiga este-

tik huzur, quvonch bag‘ish  lab, ularni yuksak orzu, maqsadlar sari 

ilhomlantirib keladi.

Turkiy (eski o‘zbek el) adabiyotining asoschilaridan sanalgan 



Mah   mud Qoshg‘ariy (XI asr) ijodi O‘rta Osiyo uyg‘onish davri 

ma da niy taraq 

qiyotida muhim o‘rin egallaydi. Allomadan bizga 

qa dar yetib kel gan yagona asari «Devonu lug‘otit-turk» («Turk tili-

ning lug‘ati») asari to‘g‘risida, turkiy tillarni qiyosiy va tarixiy usul-

lar bilan tahlil qil  gan, o‘ziga xos xususiyatlarini ochib bergan, tur-



130

kiy so‘zlarning eti molo giyasini aniq va to‘g‘ri izohlab bergan, turkiy 

xalq lar, keyingi av  lod   larga armug‘on etgan. 

Mahmud Qoshg‘ariyga zamondosh Yusuf Xos Hojib (XI asr) 

nomini yurtlar aro, xalq munosabatlarida mashhur qilgan ishi uning 

«Qutadg‘u bilik» («Baxt va saodatga eltuvchi bilim») asaridir. Ushbu 

kitob turkiy xalq lar, elatlar hayoti haqida yozilgan asar bo‘lib, unda 

davrning juda ko‘p o‘ta muhim muammolari, axloq, odob va ma’ri-

fat masalalari kat ta mahorat bilan yoritilgan. Bu kitobni chinliklar 



«Adab ul-muluk», mochinlar – «Oyin ul-mamlakat», sharq eli ulug‘-

lari «Ziynat ul-umaro», eronliklar «Shohnomayi turkiy», turon-

liklar  – «Qutadg‘u bilik», boshqalar «Pandnomayi muluk» deb ata-

ganlar.

Tur kiy (eski o‘zbek el) adabiyoti rivojining ilk sarchashmalari-

da tur gan o‘tmishdosh adiblarimizning yirik namoyandalaridan biri 

Ah mad Yugnakiydir (XII asr oxiri – XIII asr birinchi yarmi). Adib-

ning «Hibat ul-haqoyiq» («Haqiqatlar tuhfasi») asari (484 misradan 

iborat)ni ko‘zdan kechirar ekanmiz, unda inson shaxsiyati, uning 

ta’ limi, tarbiyasi bilan bog‘liq juda ko‘plab o‘tkir, dolzarb masala-

larning o‘rin olganligini, ularni to‘g‘ri, xolis va ehtiros bilan yoritil-

ganligini ko‘ra miz. Adib Ahmad Yugnakiy bilimning inson hayotida-

gi be qiyos o‘rnini ulug‘lash barobarida odamlarni bilimli, ma’rifatli 

bo‘lishga da’vat etadi.

O‘rta Osiyo xalqlari uyg‘onish davri adabiyotini ayni chog‘da 

for siyzabon ijodkorlar ijodi bilangina qo‘shib tasavvur etish mum-

kin. Bu o‘rinda somoniylar davrining tengi yo‘q zukko shoiri Abu 

Abdul loh Rudakiy (858–941)ning asarlari alohida ahamiyat kasb 

etadi. Ba’zi olimlarning fikricha, Rudakiy bir million uch yuz 

ming mis ra  gacha she’r yozgan. Biroq, afsuski, shoirning boy ada-

biy me rosi dan biz ga cha atigi ming bayt she’riy asarlar yetib kel-

gan, xolos.

Rudakiy asarlari, odamlarni yurt, Vatanni sevishga, unga farzand -

lik burchi bilan astoydil xizmat qilishga da’vat etadi. Uning ruboiy-

larida ifodalangan teran falsafiy fikrlar, hayotiy lavhalar bugungi 

av lod kishilari uchun ham ibrat bo‘la oladi.

Bu davr adabiyotining daho san’atkorlaridan yana biri Abu l qo-



sim Firdavsiy (934–1030)dir. Uni olamga mashhur qilgan asar allo-

ma yarat gan «Shohnoma»dir. Bu shoh asarda Eron va Turon xalqla-

rining ming yilliklar qa’riga borib taqaladigan ko‘hna tarixi, jang-u 

jadallari, mislsiz jasorati, qahramonliklari katta mahorat bilan ifo-



131

dalangan. 60 000 baytdan iborat bunday yirik epik asarning dunyoga 

kelishi Fir dav siyning badiiy ijoddagi ulkan jasoratidir. Shoir Mova-

rounnahr, Xu ro son va Eronning tarixiga murojaat qilib, xalq og‘zaki 

ijodi durdonalarini chuqur o‘rganib, ularni o‘z zamonasining yetilgan 

dol zarb masalalari, vazifalari bilan uyg‘unlashtirib, shunday buyuk 

asar yarat diki, mana necha asrlardirki, bashariyat ahlining doimiy 

nazarida bo‘lib kelmoqda.




Download 3.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling