O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi q. Usmonov, M. Sodiqov


Download 3.12 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/49
Sana02.12.2017
Hajmi3.12 Mb.
#21335
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   49

Islom madaniyati. IX–XII asrlar davri nafaqat dunyoviy fanlar-

ning yuksalib borishi bilan, shu bilan birga, islomiy madaniyat va 

ma’navi yatning shakllanib, chuqur ildiz otib borishi, yetuk olimu 

ulamo larning yetishib chiqib, Vatanimiz sha’nini olamaro ulug‘-

lagan ligi bilan ham tavsiflanadi. Garchand islom dini Arabiston-

da vujudga kelgan bo‘lsa-da, biroq yangi ilohiy ta’limot Turkis-

ton zaminida ravnaq topdi, takomilga erish di. Turkiston musul-

mon dunyosiga Xorazmiy, Buxoriy, Termi ziy, Nasafiy, Samarqan-

diy kabi taxalluslar bilan ijod qilgan ko‘plab no yob iste’dod sohibla-

rini yetishtirib berdi. Biz tilga olayotgan tarixiy dav rning yana bir 

muhim jihati shun daki, bunda islom dini va uning asosiy tamoyilla-

rini har tomonlama chu qur tadqiq etish hamda rivojlantirishga o‘z 

hissasini qo‘shgan, tasav vuf va tariqat ilmida benazir bo‘lgan vatan-

dosh allomalarimiz fa oli yati ga ham bir nazar tashlab o‘tmog‘imiz 

joiz bo‘ladi. 

Yurtimizda

yetishib 

chiqqan islom 

olamining 

buyuk

siymolari

♦ Ismoil al-Buxoriy (810–870). Hadis ilmining asoschisi. 

♦ Abu Iso at-Termiziy (824–892). Hadis ilmi 

peshvolaridan.

♦ Abu Mansur Moturidiy (vafoti 945-y.). Moturidiya 

tariqati asoschisi.

♦ Abu al-Mu’iyn an-Nasafiy (1027–1114). Kalom ilmi 

yirik namoyandasi.

♦ Xoja Ahmad Yassaviy (1041–1167). Yassaviya tariqati 

asoschisi.

♦ Abdulloh G‘ijduvoniy (1103 – XII asr ikkinchi 

yarmi). Tasavvuf ilmi asoschilaridan.

♦ Najmiddin Kubro (1145–1221). Kubraviya tariqati 

asoschisi.

♦ Bahouddin Naqshband (1318–1389). Naqshbandiya 

tariqati asoschisi.

♦ Xo‘ja Ahror Valiy (1404–1490). Naqshbandiya 

tariqatining yirik namoyandasi.



132

Avvalo, tasav vuf – bu odamlarni halollikka, poklikka undov-

chi barcha musul mon larning o‘z halol

 mehnati bilan kun ko‘rishi-

ni, boshqalar kuchi dan foydalan mas likni, ijtimoiy adolat qoidalariga 

rioya etishni targ‘ib etuvchi ta’limot dir. Ulug‘ ajdodlarimiz – Xoja 

Ahmad Yassaviy, Abduxoliq G‘ijdi vo niy, Najmiddin Kubro, Baho-

vuddin Naqsh band, Xo‘ja Ahror Valiylar ana shu ruhdagi g‘oyalarni 

ilgari surgan edilar. 

Ze ro, «Yassaviya»,

  «Kubraviya», «Naqshbandiya» tariqatlarida 

in son  lar Alloh yo‘lida, haq yo‘lida tinimsiz toat-ibodat, tavba-ta-

zarru qil ish barobarida halol-u pok mehnat qilish, doimiy sa’y-hara-

katda bo‘lish lari kerakligi ta’kidlanadi. Jumladan, «Yassaviya» ta’li-

motida pok lik, halollik, to‘g‘rilik, mehr-shafqat, halol mehnati bilan 

hayot kechirish, Alloh visoli ga yetishish yo‘lida insonni botinan va 

zohiran har tomonlama ta ko mil lashtirish kabi ilg‘or umuminsoniy 

qadriyatlar ning ifodalanganini ko‘ramiz.



Nazorat savollari

1. Xalifalikning Xuroson va Movarounnahrdagi hukmronligini 

tugatilishiga, qanday omillar sabab bo‘lgan?

2. Ismoil Somoniyning davlat boshqaruvi islohoti qanday maqsad-

larni ko‘zda tutgan edi?

3. Somoniylar sulolasi inqirozining asosiy sabablarini aytib 

o‘ting.

4. Qoraxoniylar davlatining yuzaga kelish jarayoni qanday tarixiy 



sharoitda kechdi?

5. Qoraxoniylar hukmronligi davrida mintaqa xalqlarining tur-

mush tarzi, etnik tarkibida qanday o‘zgarishlar ro‘y berdi?

6. G‘aznaviylar sulolasining tez yuksalib, tez inqirozga yuz tutgan-

ligi sabablarini tushuntirib bering.

7. Saljuqiylar sulolasining vujudga kelishi va hududiy joylashuvi 

haqida nimalarni bilasiz? Xaritadan foydalanib ko‘rsating.

8. Malikshoh davrida qanday muhim o‘zgarishlar yuz berdi?

9. Saljuqiylar saltanati inqirozining asosiy sabablarini tushunti-

rib bering.

10. XI asrdan boshlab Xorazmning yangidan mustaqillikka erishu-

vi va yuksalib borishiga qanday omillar turtki bergan?

11. IX–XII asrlarda yurtimizda moddiy va ma’naviy-madaniyat-


133

ning yuksalishiga qanday tarixiy shart-sharoitlar va omillar ta’sir 

ko‘r satgan?

12. Jahon fani va sivilizatsiyasi ravnaqiga salmoqli hissa qo‘shgan 

O‘rta Osiyolik allomalardan kimlarni bilasiz?

13. Turkiy (eski o‘zbek) adabiyot rivojiga hissa qo‘shgan buyuk 

adiblar ijodi to‘g‘risida nimalarni bilasiz?

14. Imom Buxoriy va Imom at-Termiziylarning hadis ilmini ri -

voj lantirishdagi xizmatlarini gapirib bering.


134

VII bob. MO‘G‘ULLAR ISTILOSI VA ZULMIGA QARSHI 

KURASH. JALOLIDDIN MANGUBERDI –

VATAN HIMOYACHISI

Tayanch so‘z va iboralar: XIII asr boshlarida Mo‘g‘uliston. Chin-

giz  xon. Mo‘g‘ullar bosqini. Jaloliddin Manguberdi. Temur Malik. 

Chi g‘atoy ulusi. Soliq va o‘lponlar. Mahmud Yalavoch. Torobiy qo‘z-

g‘oloni. Mas’ud 

bek. Ulusning bo‘linishi. Ijtimoiy-siyosiy vaziyat. 

Madaniy hayot.

1. Chingizxon boshchiligida mo‘g‘ullarning Movarounnahrga 

bosqini. Ozodlik kurashi. Jaloliddin Manguberdi

O‘z dovyurakligi, ustomonligi, makkorligi bilan mashhur bo‘lgan 

Temu chin (1155–1227) XII asrning oxirlariga kelib nafaqat, mo‘g‘ul-

larning ko‘p sonli urug‘-qabilalarini, shu bilan birga, ular bilan yon-

ma-yon yashab kelgan ko‘plab turkiy elatlar, chunonchi, jaloyir lar, 

oyrat lar, qaraitlar, naymanlar, qoraxitoylar, qirg‘izlar, uyg‘ur lar, qar-

luqlar va boshqalarni ham birin-ketin bo‘ysundirib, kuchli dav latga 

asos soldi. Bu davlat harbiylash gan tizimga asoslanganligi bilan ajra-

lib turardi. Qo‘shinlarga: o‘n jangchiga bir boshliq-o‘n boshi, shu-

ningdek, yuz boshi, ming boshi va tuman boshilar boshchilik qi lar-

di. Tuman, deganda o‘n minglik qo‘shingina emas, balki shu qo‘shin 

safini doimiy to‘ldirishi kerak bo‘lgan butun bir tuman, ya’ni besh-

o‘n ming o‘tovli yoki 50 mingga yaqin aholisi bo‘lgan hudud na zar da 

tutilardi. Har bir shunday tumanga tayin qilin gan tumanboshi faqat 

o‘n ming jangchining qo‘mondoni bo‘lib gina qolmay, ayni za mon -

da o‘z tasarrufidagi minglab fuqarolarning taqdirini ham hal etuv-

chi hokimi mutlaq hisoblanardi. Mazkur tuman dagi barcha sudlov, 

jinoiy javobgarlik va fuqarolik ishlari ham to‘la li gicha uning tasarru-

fida bo‘lgan.

Temuchin tumanlarda hokimiyat boshqaruvini o‘zining o‘g‘illari 

va eng yaqin kishilariga topshiradi. Jumladan, uning yaqin safdosh-

laridan Subitoy, Xubiloy, Jebe, farzandlari: Jo‘jixon, Chig‘atoy, 

O‘qtoy, Tulixonlar birinchi bo‘lib tuman sohiblari bo‘lganlar.

Temuchinning mo‘g‘ullarning ulug‘ xoqoni sifatidagi o‘rni va 

mav qeyini har jihatdan mustahkamlash, bunga qonuniy tus berishda 


135

1206-yili poytaxt Qoraqurumda bo‘lib o‘tgan umummo‘g‘ul qurul-

toyi alohida ahamiyatga molik bo‘ldi. Qurultoyda Temuchin bar-

cha mo‘g‘ul-tatar xonlarining ulug‘ xoni (qooni), deb e’lon qilindi 

va un ga Chingizxon laqabi berildi. Qurultoy tomonidan qabul qilin-

gan «Yaso» hujjati (mo‘g‘ullar davlatining asosiy qonunlari majmua-

si) ulug‘ xon hokimiyatini yanada mustahkamladi. «Yaso» yangi pay-

do bo‘lgan hukmron tabaqa – tarxonlarga katta imtiyozlar berilishi-

ni ko‘zda tutardi.

Chingizxon ulug‘ xoqon, deb e’lon qilingan birinchi kundayoq 

o‘zining eng yaqin kishilaridan 95 nafarini bahodur, mingboshilar 

etib tayinlaydi va bir necha ming kishiga tarxonlik yorliqlari beri-

ladi. Chingizxon, ayni paytda, 10 ta oliy hokimiyat lavozimlarini 

ta’sis eta di va mingta «dovyurak» jangchilardan tarkib topgan shax-

siy gvar diya tuzadi (keyinchalik uning soni 10 ming kishiga yetka-

ziladi). Butun mamlakatda kuchli temir intizom, qattiqqo‘l tartib 

o‘rnatilib, jangovar harbiy safarbarlik ishlari avj oldirib borildi. Bu 

hol Chingiz xon ning xorijiy ellarni zabt etishdan iborat o‘z oldiga 

qo‘y gan yovuz, agressiv maqsadlarini tez orada amalga oshirishga 

imkon yaratib berdi.

XIII asr boshlariga kelib Chingizxon qo‘shni davlatlar va xon-

lik larni birin-ketin bosib olishga kirishadi. Agar 1206-yilga qadar 

be poyon Gobi sahrosi dagi qavm-qabilalar itoatga keltirilgan bo‘l-

sa, 1206–1211-yillar davomida Sibir va Sharqiy Turkiston xalq lari 

(buryat, yoqut, oyrat, qirg‘iz va uyg‘urlar) bo‘ysindiriladi. Mo‘g‘ul 

sar  kar  dasi  Xubiloy Yettisuvning shimoliy hududlarini ishg‘ol etib, 



bevosita xorazmshohlar davlati chegaralariga yaqinlashib boradi. 

1211-yilda uyg‘urlar yeri istilo etilgach, Chingizxon Xitoyga hujum 



boshlaydi. 1215-yil boshlariga kelib Shimoliy Xitoy poytaxti Pekin 

ishg‘ol etiladi. 1217-yilda Xuanxe daryosining shimolidagi bar-

cha yerlar mo‘g‘ullar tasarrufiga olinadi. Ayni chog‘da, 1218-yilga 



kelib g‘arb tomonda Yettisuv hududining qolgan qismi ham egalla-

nib, mo‘g‘ullarga tobe bo‘ladi. Endilikda Chingizxonning bosh maq-

sadi – xorazmshohlar qo‘shinini tor-mor keltirib, uning yerlarini o‘z 

qo‘l ostiga kiritish edi.

Bu davrda xorazmshohlar davlatining ichki ijtimoiy-siyosiy ha yoti 

g‘oyatda murakkab, ziddiyatli kechayotgandi. Bu davlat tashqaridan 

qudratli saltanat tarzida ko‘rinsa-da, uning hukmdori Muhammad 

Xorazmshoh o‘zini «Iskandari soniy», «xudoning yerdagi soyasi», 

deb bilsa-da, haqiqatda esa xorazmshohlar sulolasi ichdan yemirilish-


136

ga, tanazzulga yuz tutgan edi. Avvalo, oliy hokimiyat boshqa ruvida 

chuqur ixtiloflar hukm surardi. Bir tomondan, Muham mad yurgiza-

yotgan rasmiy siyosatga nisbatan uning onasi Turkon Xo tun va uning 

qavmlaridan iborat nufuzli siyosiy kuchlar doimiy mu xo lifatchilik 

munosabatida bo‘lib kelardi.

Ikkinchi tomondan, mahalliy hududlar beklari va hokimlari 

ham mar kaziy hokimiyat bilan hisoblashmay, o‘zboshimchalik qilar, 

xalq qa haddan ziyod jabr-zulm o‘tkazardi. Uchinchidan, xalqning 

ho kimi  yatdan noroziligi ko‘plab g‘alayonlarni keltirib chiqarmoqda 

edi. Bun day qaltis vaziyat, shubhasiz, mamlakat birligiga raxna solib, 

uni tobora zaiflashtirayotgan edi.

Chingizxon qo‘shni davlatdagi barcha sir-u sinoatlardan to‘liq 

xabardor edi. U Xorazm davlatidan Mo‘g‘ulistonga qatnaydigan bir 

guruh yirik savdogarlardan iborat o‘z josuslik mahkamasini tashkil 

qilib, ular xizmatidan foydalanib kelardi. Mahmud Yalavoch, Hasan 

Xoja, Yusuf O‘troriy singari kishilar shular sirasiga kirardi. Shu bois, 

Chin gizxon va uning o‘rdasi xorazmshohlar davlatida kechayotgan 

barcha ziddiyatli voqealardan, uning zaif nuqtalaridan xabardor edi. 

1218-yili Chingizxon amiri bilan Xorazm davlatiga 500 tuyada qim-

matbaho sovg‘alar, tillo-kumush bisotlar, savdo mollari ortilgan, 

asosiy tarkibi musulmon savdogarlaridan iborat 450 kishilik karvon 

yubo riladi. Karvon O‘trorga keladi. O‘tror hokimi Inolchiq (G‘oyr-

xon) karvon ahlining mo‘g‘ul josuslari ekanini fahm lab, Xora zm-

shohning maxsus farmonini kutmay, uni yo‘q qilish ga buyruq bera-

di. Shu tariqa, karvon butunlay talanib, qirg‘in qilinadi. Chingiz xon 

uchun endi Movarounnahrga bostirib kirish fursati yetgan edi. Bu 

vaqtga kelib Chingizxon va uning lashkarboshilari tasarrufida 200 

ming kishilik jangovar qo‘shin tayyor holga keltirib qo‘yilgandi.

Chingizxon qo‘shinining hujumi xavfi yaqinlashib kelayot gan li-

gi  ni Muhammad Xorazmshoh va uning arkoni davlati ham yaxshi 

bilardi. Shoh muayyan harbiy tayyorgarliklar ko‘rish, shahar larning 

mudofaa istehkomlarini mustahkamlash, qo‘shinlar safini ko‘payti-

rish harakatida bo‘ldi. Biroq, asosiy harbiy strategik masala lar da u 

o‘ta nodonlik va kaltabinlik qiladi. U o‘zining sarkarda o‘g‘li Jalolid-

din, Xo‘jand hokimi, dovyurak bahodir Temur Malik singari yetuk 

kishilarning harbiy kuchlarni asosiy nuqtalarga to‘plab, dush manga 

hal qiluvchi zarbalar berish kerakligi to‘g‘risidagi to‘g‘ri, do no mas-

lahatlariga ham quloq solmadi. Sulton o‘z qo‘shinlarini turli sha har  -

larda alohida holda joylashtirish va mudofaadan iborat xato taktikani 



137

ma’qul ko‘rdi. 1219-yilda Chingizxonning son-sanoqsiz qo‘ shinlari 

mamlakatga bostirib kira boshlagach, Xorazmshoh mam lakat taqdi-

rini o‘z holiga tashlab, yaqin xesh-u aqrabolari bilan janubga tomon 

siljishni ma’qul ko‘rdi. Bunday holat tez orada butun mam la kat ni 

fojiali oqibatlarga olib keldi.

Mo‘g‘ullarning birinchi hujumiga duchor bo‘lgan hudud O‘tror 

bo‘l di. Chingizxon va uning lashkarining o‘trorliklardan alohida qas-

di bor edi. Negaki, Chingiz yuborgan savdo karvoni xuddi shu yerda 

saranjom qilinganligi ularning yodidan ko‘tarilmagandi. Chig‘atoy va 

O‘qtoyning son-sanoqsiz kuchlari shahar qal’alariga bosqin uyushtir-

gan kezlarda o‘trorliklar ularga qarshi mardonavor jang qildilar. Sha-

har aholisi G‘oyrxon va Qorachor bahodirlar yetakchili gida teng siz 

dushman bilan uzoq vaqt jon berib, jon olishdilar. Shahar mudofaa-

si 5 oydan ziyod davom etdi. Xalq qarshiligi to‘xtovsiz da vom etdi. 

Biroq oxir-oqibatda shahar dushman tomonidan egallandi.

Mirzo Ulug‘bekning «To‘rt ulus tarixi» kitobida ta’kid lan gani-

dek: «... O‘trorning butun aholisini sahroga haydab chiqdilar va qat-

li om qildilar... O‘tror hisorini qo‘lga kiritib, yer bilan barobar qil di-

lar. Tirik qolganlardan, raiyat va hunarmandlarning ba’zilarini hibs-

ga oldilar, ba’zilarni esa qul qilib haydadilar»

29

.



Mo‘g‘ul bosqinchilari Movarounnahrning boshqa hududlari-

da ham ko‘z ko‘rib, quloq eshitmagan yovuzliklarni sodir etdilar. 

Bu ning yaq qol ifodasini ularning gullab-yashnagan Buxoro, Samar-

qand, Xo‘jand singari shaharlar va ularning aholisiga nisbatan qilgan 

behad yovuzliklari misolida ham ko‘rish mumkin. Masalan, Chin-

giz qo‘shi ni 1220-yilning fevralida musulmon Sharqining yirik islom 

markaz lari dan sanalgan Buxoro ustiga balo-qazodek yopirilib keladi.

Buxoro xalqi bir necha kun davomida dushmanga matonat bilan 

qar shilik ko‘rsatadi. Bu esa Chingizxonni darg‘azab etadi. Natija-

da, u shaharni yakson qilish, boyligini talash, xalqini qirg‘in qilish-

ga buy ruq beradi. Buxoro qamali 12 kecha-yu kunduz davom etdi. 

Mo‘g‘ul lar yondirilgan, kuli ko‘kka sovurilgan shaharni egallagach, 

ko‘ngil lariga kelgan noma’qulchiliklarni amalga oshirdilar, shahar 

himoya chilari butunlay qirib tashlandi

Chingizxon qo‘shinlari 1220-yil mart oyida eng yirik va obod 

sha  har lari  dan biri Samarqandni qo‘lga kiritish uchun barcha mak-

ko ro na tadbirlarni qo‘lladilar. Atrof joylarni oldin bosib olib, sha-

harni tashqi  dunyodan ajratishga harakat qiladi. Boshqa bahodirlar 

29

 Mirzo Ulug‘bek. To‘rt ulus tarixi. – T.: «Cho‘lpon». 1994. 142-bet.



138

qo‘shini dan qo‘shimcha kuchlar chorlab, uch kunlik qattiq jangdan 

so‘ng Chingiz xon qo‘shini shaharga yorib kirishga va uni butunlay 

o‘ziga bo‘y sun di rishga erishadi.

Mo‘g‘ul istilochilariga qarshi ulug‘ ajdodlarimizning qahramo-

nona kurashida Xo‘jand himoyachilari ko‘rsatgan favqulodda jasorat 

alohida o‘rin tutadi. Temur Malik boshchiligidagi mudofaa kuchlari 

qa  riyb 5 oy davomida ko‘ksini qalqon etib, yovuz dushman hamlasini 

daf etib, behisob qurbonlar berib o‘z yurtini himoya qildilar, ilojsiz 

qol   gan paytdagina olov ichida yonayotgan shahar qal’asini tark et di-

lar. Shunda ham Temur Malik bir qism dovyurak, qo‘rqmas jang chi-

lari bilan Sirdaryoga yo‘nalib, maxsus orolda joylashib dush manga 

zar ba beradi. Nihoyat, ular maxsus kemalarda mo‘g‘ullar huju miga 

bardosh berib, yo‘l-yo‘lakay jang qilib, Xorazm sari harakat lanadilar. 

Xalq qahramoni Temur Malikning bundan keyingi vatan par varlik 

faoliya ti Xorazm va ona yurtning boshqa hududlarini hi moya qiluv-

chi lar safida davom etdi.

Mamlakatning Buxoro, Samarqand, Xo‘jand singari yirik mar-

kaz  larining qo‘ldan ketishi Xorazmshoh va uning arkoni davlatini 

shu qadar larzaga soldiki, buning natijasida, hukmdor o‘z saltanati-

ning janubi-g‘arbiy hududlari bo‘ylab chekinib bordi. O‘zining kal-

tabin si yo sa ti, qat’iyatsizligi, qo‘rqoqligi orqasida kechagi «qudratli» 

hukm dor endilikda ojiz-u notavon bir kimsaga aylanib qoldi. Ilojsiz 

qol gan shoh oxiri Kaspiy dengizidagi Ashura oroliga qochadi. O‘sha 

yer  da katta o‘g‘li Jaloliddinni taxt vorisi etib tayinlab, 1220-yilning 

deka brida xor-u zorlikda vafot etadi.

Jaloliddin Manguberdi Gurganchga yetib kelib, shahar mu do-

faasiga kiri 

shadi. Lekin Gurganchdagi Qipchoq amirlari Turkon 

Xotunning akasi Xumorteginni sulton deb e’lon qilib, Jaloliddin 

Man gu  berdiga qarshi suiqasd uyushtirmoqchi bo‘ladilar. Bundan 

xabar topgan Jalolid din Temur Malik boshchiligidagi 300 suvoriy 

bilan Gurganchni tark etib, Xurosonga ketishga majbur bo‘ladi. 

1221-yil boshlarida Jo‘ji, Chig‘atoy va O‘qtoy askarlari Gurganch -

ga hu jum boshlaydilar. Gurganch jangi 7 oy davom etdi, hadsiz-

hisob siz qurbonlar berildi. Barcha erkaklar, bolalar qilichdan o‘tka-

ziladi. Hech kimga shafqat ko‘r sa  til madi. Shaharning o‘zini yer bilan 

yakson qilish uchun Amu to‘g‘oni ochib yuboriladi, Gurganch suv 

ostida qoladi. Shahardagi uzoq asrli ma’naviyat durdonalari, qim-

matli qo‘lyozmalar, kitoblar saqlanib kelinayotgan kutubxonalar, yer 

bilan yakson etiladi. Muhammad Xorazm shohning o‘g‘illari: O‘z-


139

loq shoh va Oqshohlar ham mo‘g‘ullar tomo ni dan asir olinib, qiy-

nab o‘ldiriladi. Podshoh bilan ko‘p yillar muxo lifat chilikda bo‘lib, 

yurt ning chuqur ziddiyatlarga yo‘ li qishiga sababchi bo‘lgan. Turkon 

Xotun qismati ham fojiali yakun topadi. U ham mo‘ g‘ul  lar tomoni-

dan asir olinib, behisob mol-u dun yosi talanib, o‘zi Mo‘g‘ulistonga 

haydab ketiladi. 

Movarounnahrning asosiy shaharlarini bosib olgan, behisob boy-

lik lar ga ega bo‘lgan mo‘g‘ullar 1221-yil davomida Xuroson o‘l ka-

si hududlari tomon hujum boshlab, birin-ketin Balx, Termiz, Marv, 

Nisho pur, Hirot, Mozandaron singari shaharlar, qal’alarini bosib 

oldilar. Biroq, mo‘g‘ul bosqinchilari Mova roun nahr va Xuroson yer-

larini osonlikcha qo‘lga kiritgan emaslar. Ular bu yerlarda mahal-

liy xalq va uning qo‘rquv bilmas, sheryurak far zand larining tillarda 

doston bo‘lgulik mardlik jasoratlariga duch keldilar, katta talafotlar 

berdilar. Shu o‘rinda Xorazmshohning to‘n g‘ich o‘g‘li, jasur lash-

karboshi Jaloliddin Manguberdi mo‘g‘ullar istilosi boshlangan kun-

danoq doimo yurt himoyachilari tomonida turdi, ularga rahnamo 

bo‘ldi. Ona Vataniga bo‘lgan cheksiz mehr his si, farzandlik burchi 

uni elga mashhur qildi. 

Jaloliddin Manguberdi ancha yillar ilgari G‘azna, Valiyon, 

Guch, Bust va Hindiston hududlarigacha bo‘lgan yerlarga hokim 

etib tayin langan edi. Shu bois, G‘azna tomon yurdi, yo‘lda ko‘pgi-

na qo‘shin boshliq lari Sulton Jaloliddinga qo‘shildi. Sulton Jalolid-

din Niso, Qan da hor da mo‘g‘ullar qo‘shinini tor-mor etib, G‘azna-

ga yetib kel di. Jaloliddin Manguberdi katta qo‘shin to‘plab, Valiyon 



qal’asiParvon tekisligida mo‘g‘ul qo‘shinlari bilan jang qilib, ular-

ni tor-mor etadi.

Chingizxon Jaloliddin Manguberdiga qarshi shaxsan o‘zi qo‘ shin 

tortadi. 1221-yil 25-noyabrda Sind (Hind) daryosi bo‘yida tengsiz 

jang bo‘ladi. Bu jangda Jaloliddin Manguberdi ko‘rsatgan jasorat-

ga mo‘g‘ul hukmdorining o‘zi ham tan berib, lol qolgan. «Qaysi 

tomonga ot choptirmasin, tuproqni qonga bo‘yar edi. Agar bu jang-

ni Zolning o‘g‘li ko‘rsa edi, u Sulton Jalolid dinning qo‘lini o‘p gan 

bo‘lardi»

30

.



Chingizxon lashkari, uning jang maydonidagi aso 

siy kuchlari 

parokanda holiga tushib qolgandi. Biroq pistirmadagi 10 ming nafar 

sara lashkar jangni Chingizxon foydasiga hal qiladi. Nochor, tang 

30

 Mirzo Ulug‘bek. To‘rt ulus tarixi. – T.: «Cho‘lpon». 1994. 182–184-



betlar.

140

ahvolga tushib qolgan Jaloliddin qora to‘riq otiga minib, so‘nggi bor 

mo‘g‘ullarga hamla qilib, so‘ng ot jilovini ortga tortadi. Sovutini yel-

kasidan tashlab, otiga qamchi bosadi va balandlikdagi qoya dan o‘zini 

Sind daryosiga otadi. Jaloliddin bahaybat daryo to‘l qin larini shiddat 

bilan kesib o‘tib narigi sohilga o‘tib oladi. Uning 4000 jang chi si ham 

bunga muvaffaq bo‘lishadi. Hozirgi paytda ham Sind daryosining bir 

tomoni «Ot sakrar», narigi tomoni «Cho‘li Jaloliy» deb ataladi.

Jaloliddin o‘zining botir jangchilari bilan yana o‘n yil davomi-

da goh Afg‘on va Hind, goh Eron yoki Kavkazorti hududlarida pay-

do bo‘lar, yangidan xalq lashkarlarini jamlab, mo‘g‘ul bosqinchilari 

zul mi va hukmronligiga qarshi tinimsiz jang qilar, xalq erki, ozodligi 

yo‘li da sabot bilan kurashardi.

1230-yil 10-avgustda Arzinjon yaqinidagi jangda Jaloliddin Man-

guberdi kuchlari mag‘lubiyatga uchradi. Jaloliddin Mangu berdining 

kuchsizlanganidan foydalangan mo‘g‘ullar katta qo‘shin bilan Ozar-

bayjonga bostirib kirib Marog‘a, Tabrizni egallab (1231-yil) Jalolid-

din Manguberdini ta’qib etishgan. Mayofariqin viloyati dagi qishloq-

laridan birida mo‘g‘ullar tungi hujum natijasida Jalolid din Mangu-

berdining oz sonli qo‘shinini tor-mor keltiradilar. Jaloliddin Man-

guberdining o‘zi esa ta’qibdan qutilib, Kurdiston tog‘lariga chiqib 

ketadi. Bu yerda qaroqchi kuchlar qo‘liga asir tushib, fojiyali ravish-

da halok bo‘lgan.

Jaloliddinning el-ulus, vatan ozodligi va mustaqilligi yo‘lidagi fi -

do yi   ligi, mislsiz jasorati mangulikka daxldordir. Istiqlol nashidasi-

ni surayotgan mustaqil O‘zbekistonda ulug‘ ajdodlar ruhining e’zoz-

lanayotgani, jumladan, Jaloliddin Manguberdi qutlug‘ tavalludining 

800 yillik yubileyi mamlakatimiz miqyosida keng nishonlanganligi 

ham buning yaqqol ifodasidir. 2000-yilda O‘zbekistonda «Jaloliddin 

Manguberdi» ordeni ta’sis etildi.

Shunday qilib, mo‘g‘ul istilochilari qisqa davr ichida goh be adad 

qirg‘inliklar keltirish, goh mahalliy xalqlar orasida g‘ulg‘ula, xavf-

xatar solish yoxud ular orasidagi xiyonatkor, sotqin unsurlarni ishga 

solish orqasida Movarounnahr va Xuroson yerlarini egallab, bu hu -

dudlarga mislsiz moddiy va ma’naviy zarar yetkazib, o‘z hukm-

ronligini o‘rnatishga muvaffaq bo‘ldilar.

Kechagina gullab-yash na gan vodiylar, yam-yashil, obod qish loq-

lar, suv inshootlari, to‘g‘onlar yak son etildi, ekin maydonlari suvsiz-

likdan qovjirab qoldi. 


141

 


Download 3.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling