O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi q. Usmonov, M. Sodiqov


musta- qil Xiva xonligi tashkil topadi


Download 3.12 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/49
Sana02.12.2017
Hajmi3.12 Mb.
#21335
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   49

 musta-

qil Xiva xonligi tashkil topadi, Elbarsxon uning birinchi xoni bo‘la-

di. Xivada shayboniylar sulolasi hukmronligi 1770-yilgacha davom 

etadi. Xiva xonligi poytaxti Urganch edi. XVI asr oxiri – XVII asr 

bosh larida Amudaryo o‘zanining o‘zgarishi muno sabati bilan Urgan-

chning mavqeyi pasayadi, aholisi qulayroq joyga ko‘chib borib joy-

lashadi va bu yerda Yangi Urganch shahri paydo bo‘ ladi. Bu orada 

Xiva shahrining mavqeyi ko‘tariladi. Arab Muham madxon (1602–

1623) davrida Xivaning mavqeyi kuchayib, xon likning rasmiy poy-



taxtiga aylanadi

. Xiva xonligi tasarrufiga Amu daryoning quyi oqimi-

dagi vohalar, Mang‘ishloq, Dahiston (Mashhad) va O‘zboy atrofida-

gi ko‘chmanchi turkman hududlari kirardi. Biroq, xonlikda tinchlik 

bo‘lmadi. Uzoq yillar davomida xonlik tepasida turgan o‘zbek qabi-

lalari bilan turkman qabilalari, shuning dek, shah zoda lar o‘rtasida 

tinimsiz urushlar bo‘lib turdi. Xiva va Bu xoro hukmdorlari o‘rtasida 

Murg‘ob daryosi bo‘ylari uchun, Marv uchun qirg‘in-barot urushlar 

bo‘lib turar, bu hududlar qo‘ldan qo‘lga o‘ta rdi. Xonlikka shimol-

dan qalmoqlar, qozoqlar, Ural kazaklari tez-tez hujum qilib falokat-

lar keltirardi.

XVIII asr o‘rtalarida Eron shohi Nodirshoh, uning o‘g‘li Nas-

rul lo Xi 

va xonligini bosib olib, o‘z boshqaruvini o‘rnatdi, turk-

man qabi lalarini Xorazmdan Xurosonga ko‘chirdi. Biroq Xiva xon-

ligida tinchlik uzoqqa bormadi. Eron hukmdorlariga qarshi tez-

tez g‘alayonlar bo‘lar, aholi boshi oqqan tomonga ketardi. Shun-

day vaziyatda xonlikdagi o‘zbek qabilalaridan qo‘ng‘irot urug‘ining 

bosh lig‘i Muhammad Amin Inoq 1770-yilda hokimiyatni qo‘lga oldi 

va Xiva xonligida yangi sulola – qo‘ng‘irotlar sulola siga asos soldi 

(bu sulola 1920-yilgacha hukm surdi). Muhammad Amin Inoq turk-

manlar qo‘zg‘olonini bostirdi, Buxoro hukmdorining hujumi ni daf 

etdi va Xiva xonligidagi viloyat hokimlarini markaziy hokimiyat ga 

bo‘ysundirdi.


179

Qo‘qon

xonligi

 

      Buxoro xonligi ichki kurashlar, markaziy ho -

ki mi yat ning zaiflashuvi sababli XVIII asr bosh -

larida ikkiga bo‘li nib ket di. Ashtarxoniylar hukm-

ronligining zaiflashuvi oqibatida Farg‘ona vodiysiga uning shimolida 

tashkil topgan Jung‘arlar davlati tez-tez bosqin uyushtirib, yurtni 

talon-taroj qila boshladi. Bunday vaziyat Far g‘onadagi ichki kuch-

lar ning birlashuviga, mustaqil davlat tuzishga intilishini ku chay tirdi. 

Farg‘ona vodiysining hududiy yaxlit ligi va iqtisodiy im koniyatlari 

uning Buxoro xonligidan ajralib chiqi shi ga qu lay omil bo‘lib xizmat 

qildi.


Chust yaqinidagi Chodak qishlog‘ida yashovchi xo‘jalar jamoa-

si (din peshvolari)ning mavqeyi XVIII asr boshlaridayoq Farg‘ona-

da ancha kuchayib, 1709-yilda o‘z yer-mulklarini mustaqil deb e’lon 

qi  la  di va vodiyda hokimiyatni qo‘lga olishga intiladilar. Biroq, ular-

ning hokimiyati boshqa urug‘-qabilalar tomonidan tan olinmadi. Bir 

guruh harbiy zodagonlar Rishtonda qo‘zg‘olon ko‘tarib, Buxoro xon-

ligi tasarrufidagi Farg‘ona hoki mi Xo‘ja Ashirqulni o‘ldiradilar.

1709-yilda Qo‘qon atrofida yashab turgan o‘zbek qabila la ridan 

biri – minglar hokimiyatni o‘z qo‘llariga oldilar va o‘z yetakchi-

si Shohruxbiyni hokimiyat tepasiga ko‘taradilar. Shu tariqa, Qo‘qon 



xon  ligi tashkil topadi, o‘zaro ichki kurashlar botqog‘iga botib qolgan 

Buxoro xoni Ubaydullaxon o‘ziga qarashli hududning ajralib chiqib, 

alohida davlat tuzishiga qarshilik ko‘rsata olmadi. Qo‘qon xonligida 

ming urug‘i sulolasi 1876-yilgacha hukmronlik qiladi. Qo‘qon shah-

ri che 

tida joylashgan Tepaqo‘rg‘on Qo‘qon xoni Shohruxbiyning 



qaror gohi ga aylantirildi. Tepaqo‘rg‘onda mustahkam qal’a, bozor va 

aholi yashaydigan mahallalar qurildi.

Qo‘qon xonlari Farg‘ona vodiysini, Xo‘jand, O‘ratepani birlash-

tir gach, Qo‘qon xonligining mustaqilligi XVIII asr o‘rtalarida Buxo-

ro davlati tomonidan tan olindi. XVIII asr oxirlarida Qo‘qon xonlari 

Toshkentni bo‘ysundirishga kirishdilar. 

1784-yilda Shayxontohur dahasi sobiq hokimining o‘g‘li Yunus-

xo‘ja Toshkentni Buxoro tobeligidan chiqariyb, mustaqil siyo sat yuri-

tadi. Tosh kent davlati o‘ziga xos boshqaruv tizimiga ega edi. Yunus-

xo‘janing to‘rt maslahatchisi bo‘lgan. Toshkent shahar nazorati va 

so liq yig‘ish Boshxo‘ja ning qo‘lida bo‘lib, savdo-sotiqni qozi va de -

von   begi nazorat qilishgan. Shariat qonun-qoidalari, narx-navo, 

o‘l chov lar ustidan rais lavozimidagi amaldor nazorat olib borgan. 

Yunus xo‘ja XVIII asr oxirlarida qozoq sultonlari hujumlarini barta-


180

raf etib, Sayram, Chimkent, Turkiston, Qurama, Qorabuloq shahar-

larini Tosh  kentga bo‘ysundirgan edi. Toshkent mavqeyi ning oshib 

borishi Qo‘ 

qon xonlariga yoqmadi. 1799-yilda Qo‘qon hukmdo-

ri Nor bo‘ta biy Toshkentga yurish qildi, ammo Chirchiq bo‘yidagi 

jang  da mag‘ lubi yatga uchradi.

1805-yilda Qo‘qon hukmdori Olimbek xon unvonini qabul qila-

di va shu paytdan e’tiboran Farg‘onada tashkil topgan davlat rasman 

Qo‘qon xonligi deb atala boshlandi

. Yunusxo‘ja vafotidan keyin Qo‘-

qon xoni Olimxon qo‘shinlari yurish qilib, 1809-yilda Tosh kentni va 

unga qarashli Chim  kent, Sayram va boshqa hududlarini Qo‘qon xon-

ligiga bo‘ysundiradi. Qo‘qon xonligi hududiy jihat dan yirik davlat-

ga aylanadi. Shunday qilib, asrlar davomida yagona hududda, yago-

na iqtisodiy va madaniy makonda yashab kelgan xalq, mamlakat 

uch qismga bo‘linib ketdi. Uchta davlat – Buxoro amirligi, Xiva va 

Qo‘qon xonliklari vujudga keldi.

Xonliklar tarixi iqtisodiy va madaniy hayotning bir tekisda bor-

maganli gidan, ayrim davrlarda siljish kuzatilsa-da, xonliklar o‘rta-

sidagi o‘zaro kurash avj olgan yillarda tanazzul hollari yuz bergan li-

gi dan guvohlik beradi. Shaybo niylar, xususan, Abdullaxon II davrida 

dehqonchilik ishlarini rivoj lan tirishga ahamiyat berildi. Zarafshon, 

Sirdaryo, Amudaryo, Chirchiq, Vaxsh, Murg‘ob daryolari bo‘ylari-

da ko‘plab kanallar, an hor lar, ariqlar qazilib, atrofdagi yerlar ga suv 

chiqarilgan, yangi ekinzorlar va bog‘lar barpo etilgan. Birgina Qash-

qa daryo bo‘ylaridagi yerlarga suv chiqaruvchi o‘ndan ortiq kanal-

lar qazilganligi va ishlab turganligi ma’lum. Abdullaxon II davri  da 

qurilgan Zarafshon daryo sidagi Karmana, Mehtar Qosim, Chahor-

minor, Jondor ko‘prik suv ayirg‘ichlari, Sangzar daryosidagi Tuya-

tortar kanali, Amu 

daryo-Chor jo‘y kanali, Toshkent viloyatidagi 

Zax ariq, Nurota tog‘lari suv lari ni to‘plovchi Abdullaxon Bandi suv 

omborlari yirik inshootlardan edi. Bu tadbirlar g‘allachilik, paxta-

chilik, poliz chilik, bog‘dorchilik, uzumchilik kabi sohalarning rivoj-

lanishida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan.

Xiva xonligida ham sun’iy sug‘orish ishlariga katta e’tibor beril-

gan. XVI–XVII asrlarda barpo etilgan, uzunligi 143 km bo‘lgan 

Shoh obod, uzunligi 96 km bo‘lgan Urmush, G‘oziobod va boshqa 

o‘n  lab kanallar dehqonchilikning rivojlanishida muhim ahamiyat 

kasb etgan.

Qo‘qon xonligida ham ariq va kanallar tarmog‘i kengaytiriladi. 

Namangan hududida Yangiariq kanali, Sirdaryodan O‘ratepa tomon 



181

sug‘orish tarmoqlari, ko‘plab ariqlar qazildi, dehqonchilik ancha 

ri vojlanadi.

Xonlikiarning asosiy boyligi, tirikchilik manbayi yer bo‘lib, yerga 

egalik qilishning turli shakllari mavjud edi:

• 

Mulki sultoniy – davlatga qarashli yerlar.

• 

Mulki xolis – xususiy yer mulklari (xon va uning yaqinlari, 

har biy-ma’muriy amaldorlar, yirik din peshvolariga iqto, suyurg‘ol 

va tan ho kabi shakllarda berilgan yerlar).

• 

Vaqf – diniy mahkamalar, xonaqohlar, madrasa va masjidlar-

ga qarashli yerlar.

Qishloq jamoalari va dehqonlari egalik qiladigan yerlar.

Yer da mehnat qiladiganlarning ko‘pchilik qismi o‘z yer maydo-

niga ega bo‘l may, ijaraga olingan yerda ishlovchi kambag‘al qishloq 

aho lisi edi.

Dehqonchilik. Bug‘doy, arpa, sholi, jo‘xori, makkajo‘xori, mosh, 

no‘xat, loviya, kunjut, suli, beda ekinlari yetishtirilgan. Shuning-

dek, qovun, tarvuz, qovoq, bodring, piyoz, qalampir, sarimsoq eki-

lib hosil olingan. Paxta, ipak  mah sulotlari, bog‘dorchilik ham rivoj-

lanib, olma, gilos, o‘rik, uzum, shaftoli, anjir, olxo‘ri kabi mevalar 

yetishtirilgan.



Chorvachilik. Yaylovlarda qo‘y, echki, qoramol(sigir, ho‘ kiz), ot 

va tuyalar boqilib, go‘sht-sut, jun, teri va boshqa mah sulotlar olin-

gan.

Hunarmandchilik.  Xonliklarning yirik shaharlari hunarmand-

chilik markaz 

lari bo‘lib, ularda 60 dan ortiq turdagi hunarmand-

chilik bu yum lari tayyor lan gan. Paxta, ipak, jun, teri kabi mahal-

liy xom ashyo lardan ip yigirish, gaz la ma lar to‘qish, tayyor kiyimlar 

tikish, kigiz va gilamlar tayyorlash, kon chilik rivojlangan. Metall va 

yog‘ochga ish lov berish, miskarlik, temirchilik, ganch o‘ymakorli-

gi, duradgorlik, kulolchilik, qandolatchilik, oshpazlik, novvoylik va 

bosh qa hunar mandchilik tarmoqlari ancha kengayadi.

Savdo-sotiq.

 Xonliklarda savdo-sotiq iqtisodiyotning muhim tar-

mo g‘i edi. Shaharlarda, yirik qishloqlardagi bozorlarda dehqon-

chilik, chor vachilik, hunarmandchilik mahsulotlari sotiladigan yoki 

ayirbosh qilinadigan do‘konlar soni ko‘  pa ygan. Tashqi savdo ham 

o‘sib borgan, chet mamlakatlar bilan savdo karvonlariga ega bo‘lgan 

xon, saroy amal dorlari va viloyat hokimlarining ishonchli vakillari, 

badavlat ki shilar savdo-sotiq ishlari bilan shug‘ ullanganlar. Turkiya, 

Eron, Hin diston, Xitoy kabi mam lakatlar bilan savdo-sotiq yo‘lga 



182

qo‘yilgan. Rossiyadan mis, cho‘yan, temir, qo‘rg‘oshin kabi metal-

lar keltirilgan.

SoliqXonliklarda raiyat (dehqon, chorvador, hunarmand, savdo-

garlar)ga turli-tuman soliqlar solingan, turli majburiyatlarga – kanal 

va ariqlar qazish, ularni tozalash, mudofaa inshootlarini qurish va 

boshqa ishlarga majbur etilgan.



Soliq

turlari

♦ xiroj (yerdan olingan hosilning beshdan bir qismi);

♦ zakot (chorvador va savdogarlar uchun molning qiriq dan bir 

miqdorida);

♦ tamg‘a (hunarmandlar va do‘konlar maxsus soliq to‘la gan);

♦ taxti joy – tagjoy (o‘z mahsulotlarini ijaraga olingan do‘konda 

sotuvchilar uchun);

♦ juzya (boshqa dinga mansub savdogarlar o‘z mahsu lot i ning 

besh dan bir qismini to‘lagan);

♦ ixrojot (saroy xarajatlarini ta’minlash uchun yig‘ila digan soliq);

♦ qo‘nalg‘a (elchilar, amaldorlar, choparlarni tekinga meh mon 

qilish);


♦ tarixiy manbalarda qayd etilishicha, xonliklarda 60 dan 

90 gacha turdagi soliqlar undirilgan.



Xonliklarning madainiy-ma’rilfiy hayotida bir qator tadbirlar 

amal   ga oshirilgan. Bu yirik shaharlarda bunyod etilgan masjid, mad-

rasa, rabot, karvonsaroy, hammom, bozor va boshqa qurilish maj-

mua larida yaqqol ko‘zga tashlanadi. Hozirgi kungacha qad ko‘ta-

rib kelayotgan Buxorodagi Mir Arab, Abdullaxon, Qulbobo, Ko‘kal-

dosh, Ka  lon, Abdulazizxon, Ubaydullaxon kabi madrasa va masjid lar, 

Tosh kentdagi Ko‘kaldosh, Qaffoli Shoshiy, Baroqxon kabi mad ra-

salar, Sa mar qanddagi Sherdor va Tillakori kabi mad ra salari, Xivada-

gi Arab Mu ham madxon, Sherg‘ozixon, Muhammad Amin Inoq kabi 

madrasa va masjid lari xonliklar davrida qurilgan va yuksak ma horat 

bilan bezatilgan me’ mor chilik yodgorliklaridir. Ko‘plab mad rasalarda 

yosh larni o‘qi tish, ta’lim-tarbiya ishlari yo‘lga qo‘yilgan. Maorif ikki 

bosqich dan iborat bo‘lib, quyi bosqichda o‘qish-yozish ga o‘rgatil-

gan. Yuqori bos qich da diniy ilmlar, shuningdek, grammatika, man-

tiq, al jabr, handasa, hisob amallari o‘rgatilgan. Madrasani bitirgan-

lar qozi, uning yordam chisi, masjid imomi lavozimlarida ishlaganlar, 

mudarrislik qilganlar.

Madaniy hayotga nazar tashlar ekanmiz, xonliklarning ijtimoiy-

si yo siy, iq 

tiso diy hayotini tasvirlovchi ko‘plab kitoblar yozil 

gan-


183

li gi ning guvohi bo‘lamiz. XVI asrda yozilgan «Tavorixi guzida», 

«Nusrat noma», Mulla Shodiy ning «Fathnoma», Binoiyning «Shay-

boniynoma», Muhammad Solih 

ning «Shayboniynoma», Abdulloh 

Nas rul lohiyning «Zubdat al-asror», Fazlulloh Ro‘zbexonning «Meh-

monnomayi Buxoro», Hofiz Tanish al-Buxo riy ning «Abdullanoma» 

kabi asarlari xonliklar tarixini o‘rganishda muhim manbalardir.



Buxoro xonligi tarixini o‘rganishda o‘sha zamonda yozilgan Mah  -

mud ibn Valining «Bahr al-asror», Samandar Termiziyning «Das-

tur al-muluk», Muhammad Yusuf Munshiyning «Muqimxon tarixi», 

Mir Muhammad Amin Buxoriyning «Ubaydullaxon tarixi», Ab du -

rahmon Tolening «Abulfayzxon tarixi», Xojamqulixon Bal 

xiy ning 

«Qipchoqxon tarixi», «Fathnomayi sul  to niy», «Mang‘itlar xona doni 

saltanati qisqacha tarixi» kabi asarlar mu him axamiyatga ega.



Xiva xonligi tarixiga doir ko‘pgina asarlar ham bizgacha yetib 

kel  gan. Ular orasida Abulg‘ozi Bahodirxonning «Shajarayi turk» va 

«Shajarayi tarokima», Shermuhammad Munisning «Firdavs ul-iq-

bol yoki Iqbolnoma», Ogahiyning «Riyoz ad-davla», Yusuf Bayoniy-

ning «Shajarayi Xorazmshohiy», «Xorazm tarixi», «Iqboli Feruziy» 

va boshqalar shular jumlasidandir. Arab va fors tillarida yozilgan bir 

qator asarlar ham o‘zbek tiliga tarjima qilingan.

Qo‘qon xonligi tarixini o‘rganishda «Tarixi Umarxon», «Mun ta -

xab at-tavorix», «Tarixi Shohruxbiy», «Tarixi Jahonnamoy», «Tarixi 

jadidi Toshkand» kabi asarlar ham muhim manba hisoblanadi.

Xonliklarda yuzlab olimlar, shoirlar ijod qilganlar. Tibbiyot ilmini 

rivoj  lantirishga olim Sulton Ali katta hissa qo‘shgan. U inson tanasi 

kasalliklari va ularni davolash to‘g‘risida «Dastur al iloj» va «Muqad-

dimayi dastur al iloj» asarlarini yozgan. XVI asrda Buxoro xon lari 

huzurida tabiblik qilgan Muham mad Yusuf va Shoh Ali ko‘z ka sal-

liklari va ularni davolashga doir «Ko‘z tabiblari uchun qo‘l lanma», 

«Ko‘z kasalligiga oid asarlar sarasi» asar larini yozganlar.

Xonliklarda shoiru fozillar adabiyot sohasida ijod qilganlar. 

Bu xoroda ijod qilgan Mirza Sodiq Munshiy 15 ming misra g‘azal va 

masnaviylardan ibo rat «Devon» kitobini yaratadi. Fazliy, Mushrif, 

Mah mur, Gulxaniy va bosh  qa ko‘plab qalam sohiblari Qo‘qonda 

ijod qildilar. Qo‘qonda adabiy muhitning rivojiga Umarxon va uning 

xotini Mohlar oyim – Nodira (taxal lusi) katta hissa qo‘shdilar. Ular-

ning tak lifi bilan saroy shoirlari Fazliy va Mushrif Qo‘qon shoir-

lari ning «Majmuat ush-shuaro» nomli tazkirasini yarat dilar, unga 

ko‘plab ijodkorlarning she’rlari kiritilgan edi.


184

Ma’rifatparvar shoira va davlat arbobi Nodira «Komila» taxal-

lu si bilan 19 (328 misra) g‘azaldan iborat devon yozgan. De vonda 

Nodira  ning 180 she’ri jamlangan. Uning «Maknuna» taxallusi bilan 

yozil gan 333 g‘azaldan iborat devoni Sharqshunoslik institutida saq-

lan moqda. Bugun gi kunda biz Nodiraning o‘zbek va fors-tojik tilida 

yaratgan 10 ming misraga yaqin lirik merosiga egamiz.

Musiqa va qo‘shiqchilik san’ati ham ancha rivoj topib bordi. Puf-

lab yoki urib chalinadigan torli musiqa asboblari, milliy qo‘shiq-

chilik, milliy raqs aholi o‘rtasida keng tarqalib bordi. Qo‘shiqchi-

likda terma, lapar, yalla, maqom janrlari keng qo‘llanilgan. Hofizlar, 

bax shi dostonchilar xalq tomonidan e’zozlanar edi. To‘y va sayillar-

da «Go‘ro‘g‘li», «Kuntug‘mish», «Shohsanam va G‘arib», «Tohir va 

Zuh ra» kabi o‘zida vatanparvarlik, mard lik, sevgi, mehr, insof va 

di yo nat g‘oyalarini mujassamlashtirgan dostonlar zo‘r maroq bilan 

kuy lanar va tinglanar edi. Shuningdek, xalq orasida qiziqchilik, mas-

xarabozlik, askiyabozlik, qo‘g‘irchoq o‘yini, dorbozlik san’ati ham 

keng tarqalgan edi.

2. XIX asrning birinchi yarmida o‘zbek xonliklarining

jug‘rofiy-siyosiy o‘rni, davlat boshqaruvi va

ijtimoiy-siyosiy hayoti

Buxoro amirligi. Buxoro amirligi o‘zbek xonliklari orasida o‘zi -

ning hududiy o‘rni, aholisi va tabiiy resurslari jihatidan muhim mav -

qega ega edi.

XIX asrga kelib, Buxoro amirligining hududi qariyb 200 ming 

kvad  rat kilometrni tashkil etdi. Uning chegaralari janubda Amu-

daryo ning so‘l qirg‘og‘idan boshlanib, Sirdaryoga qadar cho‘zilgan 

qo zoq juzlari bilan chegaradosh edi. Amirlik sharqda Po mir tog‘lari, 

g‘arbda Xiva xonligi chegaralarigacha bo‘lgan hududni ishg‘ol etgan. 

Buxoro va Samarqand kabi yirik shaharlar joylashgan Zaraf 

shon 


vo diysi amirlikning markaziy qismi hisoblanardi. Qashqa daryo va 

Sur  xon  daryo vohalari, hozirgi Tojikiston hududidagi Vaxsh, Kafir-

nihon, Panj daryolari vodiysida joylashgan shahar va qishloqlar, ho -

zirgi Turkmaniston hududidagi Murg‘ob daryosi vohalaridagi yer lar 

Buxoro amirligiga qarar edi.

Buxoro amirligining poytaxti



  Sharqda eng nufuzli shahar sifa-

tida e’tirof etilgan Buxoroyi Sharif edi. Yirik shaharlardan Samar-

qand, Qar  shi, Shahrisabz, Kitob, Termiz, Sherobod, Hisor, Dushan-


185

be, Ko‘lob va boshqalar amirlik tasarrufida bo‘lgan. Marv va Chor-

jo‘y shahar lari uchun Buxoro amirligi bilan Xiva xonligi o‘rtasida, 

Jizzax, O‘ratepa va Xo‘jand shaharlari uchun Buxoro amirligi bilan 

Qo‘qon xon ligi o‘rtasida tez-tez urushlar bo‘lib, bu shaharlar qo‘ldan 

qo‘lga o‘tib turardi.

XIX asrning birinchi yarmida Buxoro amirligida 2 millionga 

yaqin aho li yashardi. Aholi amirlikning sersuv vohalarida yashab, 

jazirama issiq, suvsizlik hukmronlik qiluvchi Qizilqum sahrolari va 

cho‘llari kimsasiz yastanib yotardi. Zarafshon vodiysida 300–350 

ming, Qashqadaryo vohasida 500 ming, Surxondaryo vohasida 200 

ming, Sharqiy Buxoroda 500 mingcha aholi yashardi. Amirlikning 

yirik shaharlari – Buxoroda 60 ming, Samarqandda 50 mingga yaqin 

aholi istiqomat qilgan.

Aholi etnik jihatdan ko‘pgina elatlardan iborat bo‘lib, ularning 

qariyb 57 foizi o‘zbeklar edi. O‘zbeklar bir qancha qabilalardan tash-

kil topgan bo‘lib, ular orasida mang‘it, saroy, qo‘ng‘irot, jabg‘u, qar-

luq, qalmoq, nayman, qipchoq, ming, yuz qabilalari ko‘pchilikni 

tashkil etardi. Ular asosan Zarafshon, Qashqadaryo va Surxondaryo 

vohalaridagi shahar va qishloqlarda yashardi.

Buxoro amirligining Hisor, Dushanbe, Sharqiy Buxorodagi Vaxsh, 

Kafirnihon va Panj daryolari vodiylarida asosan tojiklar yashar edi. 

Amirlikning janubiy va g‘arbiy qismida turkmanlar, shimoli-shar qiy 

tomonida qozoq va qirgizlar yashardi. Shuningdek, amirlik hududi-

da afg‘onlar, eroniylar, arablar, yahudiylar, hindlar va boshqa etnik 

guruhlar mavjud edi. Aholining aksariyat ko‘pchiligi qishloqlarda isti-

qomat qilardi. Ular dehqonchilik, chorvachilik bilan shug‘ullanardi. 

Sug‘oriladigan yerlarda paxta, bugdoy, sholi, jo‘hori, bog‘ va poliz 

mah sulotlari shuningdek, uzum, olma, nok, shaftoli, o‘rik, gilos, 

anjir, qovun, tarvuz yetishtirilardi. Meva-chevalar quri ti lib shirin-

lik o‘rnida ishlati lardi. Chorvachilikda qo‘ychilik, qorako‘1 qo‘ychi-

ligi, hunar mandchilikda gilamdo‘zlik, o‘ymakorlik, zardo‘z lik, tegir-

monchilik, ko‘n  chilik, to‘quvchilik, temirchilik, kulolchilik, beshik-

chilik, san diqchilik, etikdo‘zlik, moyjuvozlik, sovungarlik keng tar-

qalgan edi.

Amirlik iqtisodiy hayotida qoloqlik, turg‘unlik hollari mavjud 

edi, aholining turmushi past darajada edi. Yerga egalik shakli ming 

yillar davomida o‘zgarmay kelar, aholiga solinadigan 

o‘lpon va soliq-

lar haddan tashqari ko‘p edi. Aholi sotib olish qobiliyatining past ligi 

hunarmandchilikning rivojlanishiga to‘sqinlik qilardi. Buxoro amir-



186

ligi monarxiya tipidagi davlat bo‘lib, amir cheklanmagan hokimiyat-

ga ega edi.

Mang‘itlar

sulolasi

(1756–1920)

♦ Muhammad Rahim

♦ Doniyolbiy (otaliq)

♦ Shohmurod

♦ Haydar

♦ Nasrullo

♦ Muzaffar

♦ Abdulahad

♦ Olimxon

1756–1758

1758–1785

1785–1800

1800–1826

1827–1860

1860–1885

1885–1910

1910–1920

XIX asr boshlariga kelib, amirlikda xizmatkor amaldorlar



 taba-

qasi shakllandi. Faqat amir saroyining o‘zida 300 ga yaqin amal-

dor xizmat qilardi. Bu tabaqa davlat xazinasidan maosh olar, amir-

ga batamom qaram bo‘lib, ularni amirning o‘zi tayinlar yoki egal-

lab turgan lavozimidan olib tashlar edi. Amaldorlar amir far moyishi-

ni bajaribgina qolmay, uning istak-xohishi va ko‘nglini topa bilish-

lari, unga doimo xushomad qilishlari kerak edi. Shu bois, saroyda 

xusho mad go‘ylik, amir shaxsini ulug‘lash rasm bo‘lib qoladi. Amir 

va uning oilasigagina emas, balki quyi mansabdagilar yuqori amal-

dorlarga ham xushomadgo‘ylik qilardilar. O‘z mavqeyi, turmu shi, 

oilasining omonligi, mulki uchun qo‘rqish, ertangi kunga ishon-

maslik kabi og‘ir vaziyat vujudga keladi. Qis qasi, man sabdorning 

taq  diri to‘lig‘icha yuqori amaldor qo‘lida bo‘lib, mansabni sotish, 

pora  xo‘r lik keng tarqalgan edi.

Amirlikdagi eng katta saroy mansablari va unvonlari

Qushbegi – dargoh vaziri, ya’ni bosh vazir lavozimi edi. Dav-

latning barcha boshqaruv idoralari unga itoat etar edi. Bir so‘z bilan 

aytganda, barcha ijroiya hokimiyat qushbegining qo‘lida edi. Viloyat 

va tuman hokimlari ham qushbegi tavsiyasiga binoan tayinlanar edi. 

Qushbegi xon istiqomat qilib turgan arki oliyda yashagan.


Download 3.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling