O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi q. Usmonov, M. Sodiqov


Download 3.12 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/49
Sana02.12.2017
Hajmi3.12 Mb.
#21335
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   49

Devonbegi – moliya-xazina ishlarini boshqargan. So liq va jari-

ma  lar ning undirilishi ustidan nazoratni ham devonbegi amal ga oshir-

gan. Devonbegi arki oliyning bir chetida yashagan.

Ko‘kaldosh – butun amir lik hududida amirga va amirlikka nis-

batan do‘stona yoki dushmanlik munosabatida bo‘luvchilar haqidagi 

ma’lumotlarni to‘plab hukm dorga yetkazib turgan.


187

Mushrif lavozimida ishlagan amaldorlar amirga in’om etilgan 

bu yum larni hamda harbiy anjomlarni ro‘yxatga olish bilan mashg‘ul 

bo‘lgan. Soliq tushumlarini ham maxsus daftarga yozib borgan.

Mirshab – tungi qorovullar boshlig‘i vazifasini bajargan.

Dodxoh – fuqarolarning arz va shikoyatlarini tinglovchi, hal 

etuv  chi mansabdor bo‘lgan, bularni kerak bo‘lsa, amir yoki qushbe-

giga yet kazib turgan.

Inoq – bu lavozimda ishlagan amaldorlarning vazifasi amir far-

mo yishlarini bek va boshqa tabaqadagi mahalliy mansabdorlarga yet-

kazishdan iborat bo‘lgan.

Miroxo‘r – amirning ovchi qushlarini tasarruf qiluvchilarni na -

zo     rat qilgan, xon ovlarini uyushtirish ishiga mutasaddi bo‘lgan.



Dasturxonchi – amir huzurida uyushtiriladigan ziyofatlar uchun 

ma s’ ul amaldor.



To‘qsoba – amir tug‘i sohibi bo‘lgan harbiy mansabdor.

Parvonachi – biror shaxsning biror lavozimga tayinlanganligi 

haqi dagi yor liq ni o‘sha shaxsga yetkazuvchi amaldor.



Sadrlar – vaqf mulklarini boshqaruvchi mansabdorlar. Vaqf 

muas sa sasining boshliqlari bo‘lgan mutavallilar sadrlarga bo‘y-

sunganlar. Sadrlarning vazifa va huquqlari vaqf yorlig‘i shartlarida 

qayd etib qo‘yilgan. Sadrlar vaqf xo‘jaligi daromadining ma’lum qis-

mini olganlar.

Shayx ul-islom – musulmon jamoasi boshlig‘i. Qozilik ishlari-

da ham da kundalik hayotda qonunlarga rioya etilishini ta’minlovchi 

amaldor. Bu lavozim avloddan avlodga meros bo‘lib ham o‘tgan.

Qozi kalon (katta qozi) – davlatning oliy qozisi (sudyasi). Amir 

aralash maydigan barcha qozilik ishlariga rahbarlik qiluvchi oliy 

davlat lavozimi. Qozi kalon «Shariat panoh», deb atalardi. Qozi kalon 

huzurida a’lam va 12 muftiydan iborat devon tuzilgan. Uning vazifa-

si jinoiy ishlarni har tomonlama ko‘rib chiqishdan iborat bo‘lgan.

Muftiy – qozi kalon murakkab, deb hisoblagan turli diniy-hu qu-

qiy masalalar bo‘yicha, shariat qonunlariga asoslanib fatvo chiqar-

gan. Bu fatvo uning yoki bir necha muftiyning muhri bilan tas-

diqlangach, qoziga berilar edi. Qozi bu fatvoga asoslangan holda 

hu km chiqargan.

Amaldorlarga amir nazariga tushgan xizmatlari uchun otaliq, 



eshik og‘asi kabi e’tiborli unvonlar berilgan. Amirning, uning o‘g‘il-

larining ham otalig‘i bo‘lgan. Amaldorlar harbiy yurishlarda ham 

qatnashgan.


188

Amir yig‘inida amaldorlarning amaliga qarab o‘z o‘rni bo‘lgan. 

Shun ga ko‘ra ular xonning o‘ng va so‘l tomonida, unga yaqinroq va 

uzoq roq yerda o‘tirgan.

Amirlikda amaldorlardan tashqari diniy ulamolar ham katta mav-

qega ega edi. Ular o‘zlarini Muhammad payg‘ambarning avlod lari-

miz, deb hisob lovchi  sayidlar hamda choryor xalifalar – Abubakr, 

Umar, Usmon va Ali avlod lari danmiz, deyuvchi xo‘jalar dan ibo-

rat edi. Ular katta yer-suvga, savdo do‘konlariga, hunar mandchilik 

ustaxonalariga ega edilar. Amirlikda jo‘ybor shayxlari alohida mav qe-

ga ega bo‘lib, XIX asrda ular Buxoroda 16 ma hal la bo‘lib yashagan.

Sudlov ishlarida shariat qonun-qoidalariga rioya etilishini ta’ min    -

lashda shayxulislom, a’lam va qozilar amirning eng yaqin yordam-

chilari edi. Amirlikda eng katta mansabdorlardan biri Qozi kalon 

hisoblangan. Uning mahkamasida har bir viloyatdan bittadan qozi 

ish olib borgan. Ularni amirning o‘zi tayinlagan. Qozi din masa-

lalari, oila, meros, jinoiy ishlarga oid masalalar bo‘yicha hukmlar 

qabul qilgan.

Buxoro amirligi 27 beklik: Karmana, Xatirchi, Ziyovuddin, Nur-

ota, Qarshi, Kitob, Shahrisabz, Chiroqchi, Yakkabog‘, G‘uzor, Boy-

sun, Sherobod, Denov, Karki, Chorjuy, Hisor, Ko‘lob, Qorategin, 

Dar voz, Baljuvon, Sho‘g‘non-Rushon, Qo‘rg‘ontepa, Qobodiyon, 

Kalif, Bo‘rdalik, Qobodyon bekliklaridan iborat bo‘lgan. Har bir 

beklikni amir tomonidan tayinlab qo‘yiladigan hokimlar – beklar 

idora qilgan. Hokim huzurida yuzlab mahalliy ma’murlar xizmat 

qilgan. Manbalar amir likda mahalliy ma’murlar soni 30 000 kishi-

ni tash kil etganligidan gu voh lik beradi. Hokim va uning xizmatkor-

lariga maosh davlat xazi na sidan berilmas edi, ular mahalliy aholidan 

olingan turli-tuman soliq va to‘lovlar hisobiga tirikchilik qilishgan. 

Hokimlar, soliq yig‘uv chilar, qozilar xohlagancha ish yuritardilar, 

ularning faoliyatini bel gilovchi qonun-qoidalar yo‘q edi. Ularning 

suiiste’ molchi liklari xalq gar daniga og‘ir yuk bo‘lib tushardi.

XIX asrning 30-yillarida amir qo‘shinida 19 mingga yaqin yol-

langan askar lar bo‘lib, ular turli shahar va istehkomlarda harbiy xiz-

matni o‘taganlar. Qo‘shin askarlari asosan, o‘q-yoy, nayza, qilich, 

xan   jar, oybolta kabilar bilan qurollangan. Manbalar amir qo‘shinida 

pil tali miltiqlar va kichik to‘plar ham bo‘lganligidan guvohlik beradi.

Amir qo‘shinining jangovarlik darajasi past edi. Askarlar harbiy 

ma shqlarga nisbatan ko‘proq mehnat bilan band bo‘lardi. Sipoh-

likka 15 yoshdan 70 yoshgacha bo‘lgan erkaklar olinardi, qo‘shin 



189

safida keksayib qolganlar ham ko‘pchilikni tashkil qilgan. Amirlik-

ning yillik daromadi 2 300 000 so‘m bo‘lgani holda, uning 1 mln 300 

ming so‘mi qo‘shinni saq lashga sarflanardi. Sipohlarga oziq-ovqat 

yetish mas, ki yimi yupun edi. XIX asr o‘rtalarida askarlar soni, pil-

tali miltiq va to‘p  lar ham anchagina ko‘paygan. Qo‘shinda yuzboshi, 

mingboshi, sin gari harbiy lavozimlar bo‘lib, umumiy qo‘mondonlik-

ni lash karboshi boshqargan. Amirlikning qo‘shini muntazam bo‘lmay, 

za ruri yat bo‘l ganda to‘planardi, ularni to‘plash qiyin kechardi. Bu 

amir lik ning zaif tomonlaridan biri edi.



Xiva xonligi. Manbalarda ko‘rsatilishicha, XIX asrning birinchi 

yarmida Xiva xonligining hududi 19 ming kvadrat milni tashkil et gan. 

Xon lik janubda Eron bilan, sharqda Buxoro amirligi, g‘arbda Kas-

piy dengizi, shimolda qozoq juzlari bilan chegaradosh edi. Suvsiz, 

chek siz Qoraqum, Qizilqum sahrolari Xiva xonligini hududiy jiha-

tdan bosh qa mamlakatlardan ajratib turardi. Quyi Amudaryo bo‘yi 

Xiva xon ligining markaziy qismini tashkil etardi. Amudaryo sohilla-

rida joy lashgan Xiva, Urganch, Qiyot, Ko‘hna Urganch, Hazorasp, 

Qo‘n g‘irot, Xo‘jayli, Kurdar (hozirgi Chimboy) sha har lari xonlik-

ning yirik shaharlari edi. O‘rta Osiyoning eng boy savdo markazla-

ridan biri bo‘lgan Xiva shahri xonlikning poytaxti hisoblangan. Sha-

har ikki qismdan – Ichan-qal’a (shaharning ichki qismi) va Dishon-



qal’a (sha  har ning tashqi qismi)dan iborat bo‘lgan. Ichan-qal’ada xon 

qarorgohi va harami, 17 ta masjid, 22 ta madrasa, karvonsaroy va 

bozor joy lashgan bo‘ lib, ular asosan XIX asrda barpo etilgan. 1842-

yilda Dishon-qal’a quri lib, devor bilan o‘rab olinadi. Dishon-qal’ada 

hu nar mandlar, savdogarlar, mardikorlar, qisman dehqonlar ham isti-

qo mat qilganlar.

Xiva xonligida taxminan 800 mingga yaqin kishi yashagan



. Aholi-

ning ko‘pchilik qismi o‘zbeklar bo‘lib, ulardan eng kuchli va ko‘p 

son  lilari qo‘ng‘irot, nayman, qiyot, uyg‘ur, nukuz, qangli, qip choq 

qabilalari edi. O‘zbek qabilalari, asosan, Amudaryo tarmoq yoy gan 

qismida, kanallar bo‘ylarida joylashgan.

Aholining anchagina qismini (taxminan 1/4 qismi) turkman-



lar tash   kil etgan. Turkmanlar qadimgi o‘g‘izlarning avlodlari bo‘lib, 

fors  cha gapla shuv chi mahalliy xalqlar, o‘zbeklar bilan qorishib ket-

gan.

Qoraqalpoqlar yashaydigan Amudaryoning quyi havzasi va Orol 

den gi zi ning janubiy qirg‘oqlari Xiva xonligi tasarrufida edi. Qora-

qal poqlar bu hududdagi sho‘rxok yerlarni mashaqqatlar bilan o‘z -


190

lashtirib tirik chilik qilishgan. Dehqonchilik, chorvachilik, baliq chi-

lik, ovchilik qoraqalpoq larning asosiy mashg‘uloti bo‘gan.

Xonlikning shimoliy qismida qozoqlar, shuningdek, qis man fors-

lar, arablar va boshqalar ham yashagan.

Muhammad Rahim I (1806–1825-yillar) davrida xonlikdagi o‘za-

ro urush 

lar biroz tinchidi, xonlikni birlashtirish nihoyasiga yet 

di. 

Qo ra  qal poqlar hamda turkmanlarning chorvador qabilalari ham bo‘y-



sundirildi. Mam lakatda o‘tkazilgan soliq islohoti, bojxona joriy etili-

shi, oltin pul zarb eti li shi xo‘jalik ishlariga o‘zining ijobiy ta’siri ni ko‘r   -

satdi. O‘z vaqtida yig‘ib olingan soliqlar xonlik daromadini osh ir di.

O‘rta Osiyodagi qo‘shni davlatlar singari Xiva xonligi ham mo nar -

xiya tipidagi davlat edi. Davlat tuzumi Buxoro amirligiga o‘x shar-

di. Oliy hokimiyat xon qo‘   li  da bo‘lib, uning huquqi che ga ra lan ma-

gan – hokimi mutlaq edi. Xi va xonligida qulchilik rasmiy jihatdan 

ha mon mavjud edi. Dishon-qal’a da qul bozori bo‘lib, qullar sotilgun-

cha ushlab turuv chi maxsus bino mavjud bo‘lgan. Qul savdosi ayrim 

toifadagi odamlar uchun daromadli edi, qul sotish bilan ko‘p roq 

turkmanlar shug‘ul lanar edi. Ular Eron, Afg‘oniston, Badax shon  ga 

hujum qilib, qishloq aholi sini qul qilib, bozorda sotardi.

Xonlikda eng nufuzli lavozim bosh vazir yoki qushbegi bo‘lib, u 

soliq  larni to‘plash va xonning topshiriqlarini bajarish bilan shug‘ul-

langan.


Saroyda otaliq, rais, qozi kalon, shayx ul-islom, mirobboshi, mir-

shab boshi, to‘pchiboshi, yasovulboshi kabi amaldorlar xon xizmatida 

bo‘ lgan. Devonbegi xon devonini boshqargan. Xazinachi xon likning 

kirim va chiqim hamda sarf-xarajatlarini yurtar, bu haqda xon yoki 

bosh vazirga hisob berar edi.

Xonlikdagi eng katta mansab va unvonlar inoq, otaliq, biy hi sob -

la ngan. Bunday lavozimga ko‘tarilganlar xonga eng yaqin odamlar 

bo‘lib, soliqlardan ham ozod qilingan. Bunday unvonlar xon farmoni 

orqali e’lon qilingan va yorliqlar berilgan. Saroyda mir zaboshi, mun-

shiy, mahramboshi kabi mansabdorlar ham faoliyat ko‘rsatgan.

Ma’muriy-hududiy jihatdan Xiva xonligi Hazorasp, Gurlan, 

Xon  qa, Ko‘hna Urganch, Qo‘shko‘pir, Pitnak, G‘azovot, Qiyot, 

Shohab boz, Shovot, Toshhovuz, Ambor-manoq, Urganch, Xo‘jayli, 

To‘man oy, Qo‘ng‘irot kabi beklik yoki viloyatlarga bo‘lingan.

Bekliklarni xon tomonidan tayinlangan beklar, noibliklarni no ib-

lar idora qilgan. Bek va noiblar huzurida ularga xizmat qiluvchi ko‘p-

dan ko‘p amal dorlar bo‘lgan.



191

Qo‘ng‘irotlar

sulosasi

1770–1920

♦ Muhammad Amin Inoq

♦ Avaz Inoq

♦ Eltuzarxon

♦ Muhammad Rahimxon I 

♦ Olloqulixon 

♦ Rahimqulixon

♦ Muhammad Alimxon

♦ Abdullaxon 

♦ Sayid Muhammadxon 

♦ Muhammad Rahimxon II 

♦ Asfandiyorxon 

♦ Sayid Abdullaxon

  

1770–1790

1790–1804

1804–1806

1806–1825

1825–1842

1842–1845

1846–1855

1855–1856

1856–1864

1864–1910

1910–1918

1918–1920

Xiva shahri shaxsan xonning va bosh vazirning izmida bo‘lgan. 

Sha har ichki tartiblari va osoyishtaligi mirshabboshi, jinoiy ishlarni 

ko‘ rish va jazo ta yin lash shahar qozisi, poytaxtni tasodifiy hujum-

lardan himoyalash To‘pchiboshi va Ichan-qal’a, Dishon-qal’a qut-

lovi (komendanti) zimmasida bo‘lgan.

Xiva xonligida taxminan 40 ming otliqdan iborat qo‘shin bo‘lib, 

qo‘   shin ga lashkarboshi qo‘mondonlik qilgan. Askarlik xizmati-

da bo‘lganlar soliqlardan ozod etilgan. Yurishda qatnashgan har bir 

su vo riy 5 oltin tanga olgan. Xonning ko‘rsatmasiga binoan, o‘zini 

ko‘rsat gan harbiy lavozim dagilarga 10, 20, 50, 100 va undan ham 

ko‘ p   roq miqdorda oltin tan ga berilgan. Biylarga 50–100 tanga, yuz-

boshilarga 10–20 tanga maosh beril gan. Tinchlik paytlarida askar lar 

xo‘jalik ishlari bilan shug‘ullanganlar.

Xon qo‘shinlari Buxoro qo‘shinlari kabi qilich, o‘q-yoy, nayza 

bi  lan qurollangan. Ozchilik askarlarda pilta miltiqlar ham bo‘lardi, 

oz miqdorda to‘plar ham bo‘lgan.

Qo‘qon xonligi. XIX asrning birinchi yarmida Qo‘qon xonligi 

hu du diy jihatdan O‘rta Osiyodagi yirik davlat edi. Qo‘qon xonligi 

sharqda Sharqiy Turkiston, g‘arbda Buxoro amirligi bilan, shimolda 

uchala qozoq juzlarini batamom o‘ziga bo‘ysundirib olgan Rossiya 

bilan chegaradosh bo‘lgan. Xonlikning janubiy chegaralari Qorate-

gin, Ko‘lob, Darvoz, Sho‘g‘non singari tog‘li hududlarni o‘z ichiga 

olar, bu hududlar uchun Buxoro amirligi bilan qonli urushlar bo‘lar, 

ular qo‘ldan qo‘lga o‘tib turgan.

Qo‘qon xonligi hududi Buxoro amirligi va Xiva xonligidan far qli 

o‘la roq, sersuv daryolari, so‘lim vodiylari, serhosil yerlari ko‘p edi. 

Xonlikning markazi Qo‘qon, Marg‘ilon, O‘zgan, Andijon, Naman-


192

gan kabi yirik shahar lar joylashgan Farg‘ona vodiysi edi. Toshkent, 

Chimkent, Turkiston, Avliyo ota, Pishpak, So‘zak, Oqmachit kabi 

yirik shaharlar ham Qo‘qon xonligi ta sar rufida bo‘lgan.

Qo‘qon xonligida aholi nisbatan zich joylashgan bo‘lib, tax mi nan 

3 million cha kishi yashardi. Xonlikning poytaxti Qo‘qonda 80 000, 

Toshkent shahrida 60 000 aholi yashagan.

Qo‘qon xonligi aholisining ko‘pchilik qismini o‘zbeklar, shu-

ning dek, tojiklar, qirg‘izlar, qozoqlar, uyg‘urlar, qoraqalpoqlar tash-

kil qil gan. Bular bilan yonma-yon yahudiylar, tatar lar, hindlar va 

boshqa elatlar ning vakillari ham yashagan.

Qo‘qon xonligida davlat boshqaruvi Buxoro va Xivanikiga o‘x  -

shash bo‘lgan. Xon huquqi hech nima bilan chegaralanmagan ho kimi 

mutlaq bo‘lgan. Xondan keyingi ikkinchi shaxs vazir hisob lanib, u 

mu him davlat masalalarini xon bilan kelishgan holda hal etgan. Mar-

kaziy davlat boshqaruvida qushbegi, otaliq, devon 



begi, ming 

boshi, 

shay xulislom, qozi kalon, parvonachi, shig‘ovul, sar kor, inoq, das-

turxonchi, amin, yasovulboshi kabi amaldorlar xizmat qilgan.

Saroy qoshida maxsus kengash tuzilgan bo‘lib, uning tarkibiga 

eng oliy mansabdor shaxslar kirgan. Xon – kengashning raisi, masa-

lani hal qiluv chi shaxs bo‘lgan.

Qo‘qon xonligida qo‘shinni, aslahaxonani, harbiy ishlarni ming-

boshi bosh qargan. Qo‘shinda beshyuzboshi, yuzboshi va o‘nboshi 

harbiy lavo zimlari bo‘lgan. Qo‘shinning bir qismi muntazam xizmat-

da bo‘lib, markaziy hokimiyat ixtiyorida bo‘lgan. Xon gvardiyasi deb 

atalgan bu harbiy qismda qipchoqlar, qirg‘izlar va tojiklar katta o‘rin 

tutgan. Urush paytlarida xon tajribali zobitni lashkarboshi qilib tayin-

lagan. Harbiy xizmatdagilarga bir ot va egar-jabduq berilar edi.

Yuzboshiga bir yilga 147 so‘m, ellikboshiga 98 so‘m, o‘nboshi-

ga 65 so‘m, oddiy sarbozga 48 so‘m maosh to‘lanardi. Markaziy 

ho kimi yat ta sar  rufida bo‘lgan 10 ming kishiga yaqin suvoriylar qis-

mi harbiy xizmatchilariga davlat xazinasidan maosh to‘langan. Har-

biy qo‘shin qi lich, nayza, piltali miltiq bilan qurollantirilgan. Shu-

ningdek, qo‘ shinda to‘plar ham bo‘lgan.

Qo‘qon xonligi 15 beklikka (harbiy okrugga) bo‘lingan bo‘lib, 

ular  ning yarmidan ko‘piga xonning o‘g‘illari yoki qarindoshlari 

ho kimlik qilgan. Hokimlar o‘z hududidagi harbiy kuchlar qo‘mon-

doni hamda fuqarolik boshqaruvining boshlig‘i bo‘lgan. Hokimlar 

xonning birinchi da’vatidanoq o‘z qo‘shinlari bilan belgilangan joyga 

yetib kelishi shart bo‘lgan.


193

Qo‘qonda

Minglar

sulolasi

(1710–1876)

♦ Shohruxbiy

♦ Abdurahimbiy

♦ Abdulkarimbiy

♦ Abdurahmon

♦ Erdonabiy

♦ Bobobek

♦ Erdona (ikkinchi marta)

♦ Sulaymon

♦ Norbo‘tabiy

♦ Olimxon

♦ Umarxon

♦ Muhammad Alixon

♦ Sheralixon

♦ Murodxon

♦ Xudoyorxon

♦ Mallaxon

♦ Xudoyorxon (ikkinchi marta)

♦ Sulton Sayyidxon

♦ Xudoyorxon (uchinchi marta)

♦ Nasriddinbek 

1710–1721

1721–1733

1733–1750

1750–1751

1751–1752

1752–1753

1753–1766

1766

1766–1801



1801–1810

1810–1822 

1822–1841

1842–1845

1845

1845–1858



1858–1862

1863


1863–1865

1865–1875

1875–1876

Shu tariqa, xon ancha qo‘shin to‘plash imkoniyatiga ega bo‘lgan. 

Qo‘qon xoni zarurat bo‘lgan da, oziq-ovqat ortilgan 12 ming aravaga 

ega bo‘lgan 60 mingtacha sipohni (ask ar, jangchi)ni yig‘a olgan.



3. Xonliklarda o‘zaro va ichki kurashlarning avj olishi,

uning oqibatlari

Qo‘qon xoni Muhammad Alixon (1822–1841) taxtga o‘tirgandan 

bosh lab 1834-yilgacha Qorategin, Ko‘lob, Darvoz viloyatiga to‘x-

tovsiz yurishlar qilib, ularni Qo‘qon xonligiga bo‘ysundirdi. 1826–

1831-yillar davomida esa bir necha marta Qoshg‘arga bostirib bordi, 

xitoyliklar bilan urush qildi, ming-minglab kishilarning qirilib keti-

shiga sababchi bo‘ldi.

Muhammad Alixon o‘z atrofidagilarning ta’siriga tushib, hatto 

o‘z otasining eng obro‘li a’yonlarini ta’qib qildi, xon hokimiyati 

bilan mahalliy amaldor-zodagonlar o‘rtasida tarkib topgan ittifoqni 

buzdi. Ularning ayrimlari qatl etildi, surgun qilindi, ba’zilari Buxo-

roga qochib ketishdi. Omon qolganlar xondan norozi bo‘lganlar-

ni o‘z atrofiga to‘plab, xonni taxtdan qulatishga tayyorlana bosh-


194

ladilar. Xonning yengiltakligi, aysh-ishratga berilishi aholini o‘ziga 

qarshi qi lib qo‘ydi. Ruhoniylar xonni axloqsizlikda, shariatga qarshi 

ji noyatlarda ayblab, unga qarshi ochiq targ‘ibot olib borishdi.

Xondan norozi bo‘lganlar 1839-yilda o‘z elchilarini Buxoro ami-

ri Nas rul lo huzuriga yuborib, yordam so‘raydi. Bu vaqtda Buxoro 

amiri bilan Qo‘qon xoni o‘rtasida Jizzax, O‘ratepa va Xo‘jand uchun 

urush bo ra yotgan edi. Amir Nasrullo Qo‘qon qo‘shinini tor-mor 

etib, Jiz zax, O‘ratepa va Xo‘jandni o‘z tasarrufiga kiritib Qo‘qon 

sari ot landi. Ayni paytda, 1841-yilda Muhammad Alixonning zulmi-

ga qarshi Qo‘qon shahar aholisi qo‘zg‘olon ko‘tardi. Xon O‘rda-

dan qo chib ketdi. Qo‘zg‘olonchilar talabiga binoan bir necha aybdor 

shaxslar qatl etildi.

Xalq Buxoro amiri Nasrulloning Qo‘qonga hujum qilmoqchi bo‘l -

gan ligini eshitgach, qo‘zg‘olonni to‘xtatdi. Buxoro amiri o‘z qo‘ shin-

lari bilan Qo‘ qonga yaqin joylashgan Beshariqqa kelganda, Mu ham-

mad Alixon elchi lar orqali amir Nasrulloga qimmat baho sovg‘alar 

yuborib, Xo‘jandni amirga topshiradi va o‘zini Buxoro amiri ning 

noibi, deb tan oladi. Amir Nasrullo esa Buxoroga qaytib ketadi. O‘z 

taxtini saqlab qolgan Mu ham mad Alixon o‘ziga yoq magan kishilarni 

yana ta’qib etish, qatl qilishni davom ettirdi. Poy taxt da yana norozi-

lik kuchayib, qo‘zg‘olon  boshlanadi. Nihoyat, 1841-yil no yabr oyi-

da Muhammad Alixon taxtdan voz kechishga majbur bo‘ladi. Uning 

ukasi Sulton Mahmud xonlik taxtiga chiqadi. 1842-yili Buxoro 

amiri Nasrullo Qo‘qonga qarshi o‘z qo‘shin 

larini safarbar etadi. 

Qo‘qon qo‘shinlari tor-mor etiladi. Qo‘qon xonligi Buxoro amirligi-

ga bo‘ysundirildi. Qo‘qonning taslim bo‘lishiga xon likdagi parokan-

dalik va xalqning o‘z hukmdoridan noroziligi sabab bo‘ldi. Muham-

mad Alixon o‘z a’yonlari bilan tutib olindi va amir Nasrullo buy-

rug‘iga binoan qatl etildi. Hatto xalqning sevimli shoirasi Nodirabe-

gimga ham shafqat qilinmadi.

Amir Nasrulloning Qo‘qon xonligidagi hukmronligi uzoqqa cho‘-

zil madi. Amirning Qo‘qondagi noibi Ibrohim dodxohning Qo‘ qon 

xonligi aho 

li sini ilgaridan undirib kelingan soliqlarga qo‘shim 

cha 

ravishda Buxoro amirligida joriy etilgan soliqlarni ham majbur qilishi 



natijasida butun Qo‘qon xonligi hududida 1842-yili katta qo‘z g‘o-

lon ko‘tarildi. Uning oqibatida amirning Qo‘qondagi noibi va bekla-

ri hokimiyati ag‘darildi.

Buxoro amirligi hokimiyatiga qarshi kurashda Qo‘qon aholi-

sining qo‘zg‘olonini tashkil etgan mahalliy kuchlar Farg‘ona vodiy-


195

sida ko‘chib yurgan qipchoqlar madadiga tayangan edilar. Qo‘qon 

xonligining mustaqil ligi tiklandi. Taxtga Norbo‘tabiyning jiyani She-

rali o‘tqazildi

. Qo‘qon xonligi mustaqilligini tiklashda ming uru g‘i ga 

katta madad bergan qipchoq lar xonlik siyosiy hayotida katta mavqe-

ga ega bo‘lib oldilar. Qipchoqlar yo‘lboshchisi Musul monqul qo‘ shin 

boshlig‘i, bosh vazir, bosh maslahatchi etib tayinlandi. Amalda davlat 

boshqaruvi ishlari uning qo‘lida to‘plangan edi. Eng mas’uliyatli dav-

lat ishlari lavozim lariga qipchoq zodagonlari tayin landi.

Qo‘qondagi mag‘lubiyatga chiday olmagan Buxoro amiri Nas rul-

lo yana Qo‘qonga yurish qildi. Qo‘qon shahri 40 kun qamal qilin-

di. Ayni paytda, Xiva xoni Olloqulixon Buxoro amirligiga qa rash-

li Chorjo‘yga hujum boshladi. Amir Nasrullo Buxoroga qay tishga 

majbur bo‘ldi. 1843-yilda Hazorasp yaqinida Buxoro va Xi va qo‘-

shinlari o‘rtasida katta jang bo‘ldi. Amir Nasrullo mag‘lu biyat ga uch-

radi. Bundan foydalangan Qo‘qon xonligi Xo‘jand bilan Tosh kent ni 

yana o‘z tasarrufiga kiritdi.

Sheralixon hukmronligi davri aholidan soliq undirish kuchayishi 

bi lan ajralib turadi. Bu hol mehnatkash aholining noroziligini kel-

tirib chiqardi. Bundan tashqari davlat ishlarida muhim lavozimlar-



ni egallab olgan qipchoqlar davlat hayotining har bir sohasida o‘z 

hukm  ronliklarini o‘tkazish 

ga, boshqa o‘zbek qavmlari, qirg‘iz va 

tojik  larning mamlakat hayotidagi ta’sirini kamaytirishga urindilar. 

Qipchoqlarning Qo‘qonga ko‘chib kelishi yanada kuchaydi. Ular 

mahal liy aholining uy-joyini, mol-mulkini zo‘ravon lik bilan egal-

lab ola boshladilar. Natijada xonlikda qipchoqlarga nisbatan noro zi-

lik kuchayib bordi. Sheralixon



Download 3.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling