O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi q. Usmonov, M. Sodiqov


Download 3.12 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/49
Sana02.12.2017
Hajmi3.12 Mb.
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   49

. Nihoyat sha har himoya chilarining qarshiligi sindiril-

di. l5-iyun kuni Chernya yev Toshkentni zabt etdi. Orenburg gene-

ral-gubernatorligi tarkibida Turkiston vilo yati tu zil di, uning harbiy-

gubernatori etib M. Chernya yev tayin lanadi. 

Chernyayev 1866-yil yanvarda Jizzaxga hujum qiladi va mag‘lu-

bi yatga uchraydi. O‘zboshimchaligi uchun Chernyayev Sankt-Peter-

burgga chaqirib olinadi. Uning o‘rniga general D. Romanovskiy

 ta -

yin  la ndi.

Romanovskiy Sibir va Orenburgdan yordam olib Buxoro amirli-

gi ga qarshi yurish boshladi. Rossiya qo‘shinlari tomonidan Qo‘qon 

xonligi hududlari bosib olinayotgan paytda Buxoro amiri tomoshabin 

bo‘ lib turgan bo‘lsa, endi Buxoro amirligi hududlariga hujum bosh-

lan gan paytda Qo‘qon xoni Xudoyorxon sukut saqlab turdi. Vaho-

lan ki, u Amir Muzaffar homiy ligida Qo‘qon taxtini uchinchi mar-

ta egal la gan edi. 1866-yil may oyida Erjarda bo‘lgan jangda Amir 

Muzaf far qo‘shinlari yengildi, amir Jizzaxga qochdi. Roma novskiy 

yurishni Xo‘jand tomonga yo‘naltirdi, 1866-yil 19–22-may kunlari 

bo‘lgan qattiq janglar natijasida Xo‘jandni egalladi

. 1866-yil avgustda 

Oren burg dan general-gubernator Krijanov skiy Tosh kentga keldi va 

Roma novskiy bilan birgalikda Buxoro amirini tobe qilish harakatini 

bosh lay di. Katta qo‘shin tortib, 1866-yil oktabrda O‘ratepa viloyati 



Zomin qal’asini bosib oldi. Jizzax uchun qattiq jang bo‘ldi. Jizzax 

shahri balandligi 4 metr, eni 3 metr bo‘lgan ikki qavat devor bilan 

o‘rab olingan bo‘lib, qal’aga o‘xshardi. Shaharda 10 ming himoyachi 

askar, 53 to‘p bor edi. Himoyachilar shaharga kirib chiqa digan dar-

vozalarni tuproq bilan ko‘mib tashlab, yo hayot, yo o‘lim deb jang 

qildilar. 11–18 oktabr kunlari bo‘lgan jang natijasida bosqinchilar 

Jizzaxni egalladi. Himoyachilardan 6 000 kishi halok bo‘ldi, 2 000 

ki shi asirga olindi. Istilochilar atigi 100 ga yaqin kishi yo‘qotdi. Bos-

qinchilar huvullab qolgan shaharni talon-taroj qildilar. 

Rossiya imperatori Aleksandr II ning 1867-yil 11-iyuldagi farmo-

niga binoan Turkiston general-gubernatorligi va uning tar kibida Tur-

kiston harbiy okrugi tuzildi. General-gubernator va ok rug qo‘mon-

doni etib general-adyutant 



K.P. fon   Kaufman  tayinlandi. Unga 

biror-bir davlatga urush e’lon qilish, sulh tuzish, har biy-ma’muriy, 

mo liya viy-iqtisodiy, fuqarolik ishlarini mustaqil hal qilish huquqla-

ri beriladi. Shuning uchun u «yarim podsho» deb atalardi. Bu tad-

bir Rossiya imperiyasining O‘rta Osiyoni bosib olish yo‘li dagi hara-

katida yangi bosqich bo‘ldi. Fon Kaufman Samarqand tomon yurish 



206

boshladi. 1868-yil 1-may kuni shahar yaqinidagi Cho‘ponota tepa-

ligida Buxoro amiri qo‘ shinlari bilan jang qilib, ularni mag‘ lubiyat-

ga uchratdi, Samarqand 2-may kuniyoq, deyarli jang siz dushmanga 

taslim bo‘ldi. 

Buxoro amiri o‘z qo‘shinlarini to‘plab, dushmanni daf etish 

uchun Samarqand tomon yurdi. Fon Kaufman bu xabarni eshitib 

Bu  xo  ro tomon yurdi. Ikki tomon qo‘shinlari Zirabuloqda 1868-yil 



2-iyunda to‘q 

nashdi, qattiq jang bo‘ldi, amir qo‘shinlari tor-mor 

etildi. Bu ora da istilochilarga qarshi Samarqandda qo‘zg‘olon ko‘ta-

rildi

. Shahrisabz, Kitob beklari Jo‘rabek va Bobobek hamda amir-

ning o‘g‘li Abdumalik To‘ra 27-may kuni Samarqandga qo‘shin bilan 

yetib kelib, qo‘zg‘olonchilar bilan birgalikda fon Kaufman tomoni-

dan Samar qandda qoldirilgan polkovnik Nazarov va mayor Shtempel 

boshliq harbiy qismlar bilan qattiq jang qildilar. Jang 8 kun davom 

etdi. 500 kishidan iborat dushman kuchlaridan 275 tasi o‘ldirildi va 

ya ra dor qilindi. Samarqanddagi voqealardan xabar topgan fon Kauf-

man zudlik bilan Samarqandga qaytib keldi va 8-iyun kuni shaharni 

to‘p lardan yoppasiga o‘qqa tutishga, aholini beomon otish, shaharni 

yondirishga buyruq beradi. Aholi qirg‘in qilindi, masjidlar va tarixiy 

yodgorliklar yondirildi, qadimiy noyob moddiy va ma’naviy obidalar 

Peterburgga olib ketildi.

1868-yil 23-iyunda Kaufman bilan amir Muzaffar o‘rtasida 

sulh bitimi imzolandi. Buxoro amirligi Rossiya imperiyasining vas-

saliga, ya’ni xorijiy mam lakatlar bilan mustaqil aloqalar qila olmay-

digan davlatga aylan tirildi. Sulhga binoan Xo‘jand, O‘ratepa, Jiz-

zax, Samarqand, Katta qo‘rg‘on shaharlari Rossiya imperiyasi tar-

kibiga kiritildi, amir oltin hiso bida 125 ming tilla (500 ming rubl) 

tovon to‘lash, rus savdo garlari uchun amirlikda qulay sharoit yaratish 

majburiyatini oldi. Bun day bosqinchilik, talonchilik sulhi aholi yuqo-

ri tabaqa vakil lari ning nafratini kuchaytirdi. Abdumalik, Jo‘rabek va 

Bobobek kuch lari nafaqat bosqinchilarga, shuningdek, Amir Muzaf-

farga qarshi ham qa ra  tildi. Ular Abdumalikni amir deb e’lon qildilar. 

Amir Muzaf far en di bosqinchilarga emas, fon Kaufman yordamida 

o‘z vatan dosh lari ga qarshi urushga kirdi va 1870-yil avgust da ular-

ni kuch bilan bos ti rib, o‘z taxtini saqlab qoldi. Shahrisabz va Kitob 

bekliklari ham amir lik tarkibida qoldi.

Rossiya hukumati o‘zining O‘rta Osiyodagi bosqinchilik hara ka  ti 

bilan G‘arb mamlakatlari, jumladan, Angliya bilan munosa bat lar ni 

keskinlashtirmaslik choralarini ham ko‘rdi. Rossiyaning London da-


207

gi elchisi F.I. Brunov va Angliya tashqi ishlar vaziri lord Klarendon 

o‘rtasida bo‘lgan muzokaralar bunga misol bo‘la oladi. Ular O‘rta 

Sharq da Rossiya bilan Angliya yerlari o‘rtasida bir-biriga tutash-

may di gan betaraf hudud masalasini muhokama qildilar. 1873-yilda 

Angliya va Rossiya o‘rtasida Afg‘onistonning Angliya ta’sirida bo‘li-

shi, uning shimoliy qismi va Amudaryo bo‘ylari «betaraf hudud» bo‘-

lib qolishi to‘g‘risida bitim imzolanadi. Bu bitim Rossiya im pe  riya -

siga Xiva xonligi taqdirini hal qilishga kirishish uchun qulay imko-

niyat yaratdi.



Xiva xonligiga yurish. Fon Kaufman 1873-yil bahorida 12 ming-

dan ortiq zobit va askar, 56 ta to‘p-zambaraklar bilan Xiva xonligiga 

yurish boshladi. Ayni paytda, Xivaga qarshi Orenburg, Mang‘ishloq, 

Krasnovodsk, shuningdek, Kavkaz okrugi qo‘shinlari ham yurishga 

kirishgan edi. Bu yurishlarga umumiy qo‘mondonlik qilish Kaufman 

zimmasiga yuklatildi. Xiva xoni Muhammad Rahimxon bos qin chi-

lar ga qarshi o‘z qo‘shlinlarining Muhammad murod devonbegi bosh -

chi ligidagi bir qismini Chorjo‘y tomonga, yana bir qismini Eltu zar 

Inoq boshchiligida Qo‘ng‘irot tomonga, yana bir qismini amir To‘ra 

boshchiligida Hazoraspga, Inoqbek boshchiligi dagi qismni Xo‘ja yliga 

safarbar etdi. Xon Rossiya qo‘shinlariga bas kelol masligini anglab 

yetgan edi. Amudaryo bo‘ylarida qirg‘in-barot jang lar bo‘ldi. 1873-

yil 18-may kuni Kaufman otryadlari Amudaryodan o‘tib Hazoraspni 

egalladi, Qo‘ng‘irot va Xo‘jayli shaharlari, Mang‘it qal’ asi zabt eti-

lib, ayovsiz talandi. Istilochi qo‘shinlar Xivaga yaqin lashib qolgan-

da Muhammad Rahimxon poytaxtni tashlab chiqadi va Izmiq sho‘r 

tarafdagi turkman ovuliga yashirinadi. Xivalik Otajon to‘ra Kaufman 

huzuriga borib, shaharni vayron etmaslikni so‘raydi. Kaufman sha-

har ni zabt etib, Otajon to‘raga xonni topishni buyuradi va xon xazi-

nasini, moddiy-ma’naviy boyliklarni qo‘lga kiritadi.

1873-yil 12-avgustda Xivaga yaqin Gandimiyon qishlog‘ida 

Kauf man bilan Rahimxon uchrashuvi bo‘ladi va tarixda Gandimiyon 



shart nomasi deb nom olgan shartnoma imzolanadi. Shartnomaga 

mu vo fiq  Xiva xonligi Rossiyaning vassaliga aylantirildi. Amudaryo 

quvi oqimining o‘ng tomonidagi yerlar Rossiya imperiyasi tarkibiga 

kiritldi, xonlikka oltin hisobida 2 million 200 ming so‘m tovon to‘ lash 

yuklatildi. Rossiya savdo-sanoatchilari Xiva xonligida bojsiz savdo 

qilish, xonlik hududida yer olish, sanoat korxonalari qurish huquqi-

ni oldi. Xon o‘zini Rossiya podshosining itoatkor xizmatkori deb tan 

olishga majbur bo‘ldi.



208

Qo‘qon xonligining tugatilishi. Kaufman Xiva xonligi taqdiri ni 

hal qilgach, Qo‘qon xonligini tugatishga kirishdi. Bu vaqtda Qo‘qon 

xonligida hokimiyat uchun ichki kurash avjiga chiqqan edi. 1868-yil 

13-fevral da Kaufman va Qo‘qon xoni Xudoyorxon o‘rtasida shart-



noma imzolangan bo‘lib, xonlikning istilochilar bosib olgan hudud-

lari Rossiya tasarrufiga o‘tganligi e’tirof etilgan edi. Rossiya sav-

dogarlariga Qo‘qon xonligining barcha hududlarida hech qanday 

moneliksiz faoliyat yuritish, karvon 

saroylarga ega bo‘lish huqu-

qi beril gan edi. Bu shartnomadan qoniqmagan Qo‘ qon xonligida-

gi kuch  larning Xudoyorxondan noroziligi ortib boradi. Bu ning usti-

ga xonlik hududi qisqarganligi ro‘kach qilinib, xazinani to‘ldirish 

uchun yangi-yangi soliqlar joriy etildi. Xudoyorxon bosqinchlarga 

o‘zini yaqin tutar, Qo‘qon bilan Rossiyani bir davlat deb hisoblar-

di.  1873-yilda Farg‘ona vodiysida Xudoyorxonga qarshi qo‘zg‘olon 

boshlandi. Qo‘zg‘olonchilarning bir qismiga qirg‘izlarning boston 

urug‘idan chiqqan mulla Is’hoq Hasan o‘g‘li boshchilik qildi. Uni 

Qo‘qon xoni Olimxonning nevarasi Po‘latxon deb e’lon qilinadi va 

Naymanga kelib qo‘zg‘olon ga rah bar lik qila boshlaydi. Ayni payt-

da, xonlikda Xudoyorxonning o‘g‘illari Nas rid dinbek va Muhammad 

Aminbek, Sherali dodxoh, Abdurahmon oftobachi va boshqalar ham 

bosh ko‘taradilar. Ular bir tomondan, Rossiya imperiyasi bosqinchi-

lariga qarshi, ikkinchi tomondan, Kaufmanga batamom tobe bo‘lib 

qolgan Xudoyorxonga qarshi kurash boshlagan edilar. Xalq qo‘z-

g‘olonchi kuchlarga ergashadi. Qo‘zg‘olonchilar 1875-yil 9-oktabr-

da Qo‘qonni egal  lay dilar. Xudoyorxon qo‘zg‘olonni bostirishga ojiz-

lik qilib, Qo‘ qon   dan Tosh kentga qochib ketadi.



 Taxtga uning o‘g‘li 

Nasriddinxon (1875–1876) o‘tiradi.

Kaufman Xudoyorxonning 40 aravadagi qimmatbaho boy lik lari -

ni muso dara qilib, o‘zini Orenburgga surgun qiladi. Xudoyorxon im -

pe  riya ma’murlari hiylasini anglab yetgach, bir amallab bandilikdan 

qo chib, hajga ketadi va uning hayoti ayanchli yakun topadi. Xudo-

yor xon qochgach, qo‘zg‘olonchi kuchlar kimni xon qilib ko‘tarish 

masa la sida ikkiga bo‘linib ketadi. Ayrim kuchlar Nasriddinbekni

bosh qa lari Po‘latxonni taxtga chiqarmoqchi bo‘ladi, ziddiyat yana-

da kucha yib boradi.

Kaufman xonlikdagi ichki kelishmovchilikdan foydalanib, uni 

ba ta mom bosib olish uchun 1875-yil avgustda katta qo‘shinlarni 

urush  ga safarbar eta di. Xonlikni bosib olishda generallar M.D. Sko-

belev, Golovachev va boshqa zobit lar jonbozlik ko‘rsatdilar. Nasrid-


209

dinbek, lashkarboshi Abdurahmon oftobachi bosqinchilarga taslim 

bo‘ lib, ular tomonga o‘tdilar. 1876-yil fev ralda xalq qo‘zg‘olonla-

ri qon bilan bostiriladi. Po‘latxon 1876-yil 1-martda dorga osildi, 

uning safdoshlari ayovsiz jazo lan di. 1873–1876-yil lardagi Farg‘ona 

vodiy  sidagi qo‘zg‘olonlar xalq ozodlik harakati edi. Buni o‘sha davr-

da Kaufman ham xalq qo‘zg‘oloni deb e’tirof etgan.

1876-yil fevralida Rossiya imperatori Aleksandr II ning maxsus 

far moni bilan Qo‘qon xonligi tugatildi, uning o‘rniga Farg‘ona vilo-

yati tuzilib, Turkiston general-gubernatorligi tarkibiga kiritildi. Vilo-

yatga M.D. Skobelev harbiy-gubernator etib tayinlandi. Tez orada 

Oloy vodiysi ham uning tasarrufiga olindi. Shundan so‘ng, bosqin-

chilar turkmanlar yashaydigan hududlarni isti lo qilishga kirishdilar. 

1877-yilda Qizil Arvot, 1881-yilda Ashxabod, 1884-yilda Marv bosib 

olindi. Bosib olingan yerlarda Kaspiyorti  viloyati tuzilib, u Turkis-

ton general-gubernatorligi tarki biga kiritildi. Shunday qilib, Rossiya 

im pe riyasi 20 yil davom etgan qonli

 urush bi lan butun O‘rta Osiyoni 

bosib oldi. Bosib olingan o‘lkada, mustahkam va bata mom o‘rnashib 

olish maqsadida chet mamlakatlar bilan chegaralarni aniqlash chora-

lari ni ko‘rdi. 1881-yilda 



Rossiya–Eron chegara konvensiyasi imzola-

nib, yangi Rossiya mulklari va Rossiya–Eron o‘rtasi dagi che ga ra bel-

gilandi. 1885–1887-yillarda Rossiya va Angliya hukumatlari tomo-

nidan Rossiya–Afg‘oniston chega rasi, 1895-yilda esa Po mir da gi che-

garalar belgilanadi. Bu Ros siya imperiyasining Mar ka ziy Osiyo dagi 

bosqinchilik harakatining yakun lovchi nuqtasi bo‘ldi. Bosib olingan 

hududlar umumiy nom bilan Turkiston deb ataladigan bo‘ldi.

Mustamlakachilik idora usuli. Rossiya harbiy vaziri, graf D. Mil-

yutin, podsho maslahatchisi V. Girs 1867-yilda «Turkiston o‘lka si-



ni boshqarish tartibi haqida Muvaqqat Nizom» loyihasini tuzdilar, 

u Vazirlar Kengashi tomonidan tasdiqlandi va amalda kuchga kir-

di. O‘lkada mutlaq ho ki miyat general-gubernator qo‘lida to‘plandi. 

General-gubernator lik kengashi va to‘rt bo‘limdan iborat mahkama 

tu zil di. Birin chi

 bo‘ lim ma’muriy va nazorat, ikkinchisi moliyaviy-

xo‘  ja  lik,  uchin chisi soliq va shaharlar mablag‘lari ishlarini bosh-

qargan.  To‘rtinchisi max sus bo‘lim deb atalgan. General-guberna-

tor bir vaqt da podshoh noibi, harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondo-

ni, bosh mir shab, bosh prokuror bo‘lgan. U Buxoro amiri faoliyatini 

Rossiya impe ratori agentligi orqaliXiva xonini esa Amu daryo bo‘li-

mi boshlig‘i orqali nazorat qilib turgan.

Turkiston general-gubernatorligi viloyatlarga, viloyatlar uyezd     -



210

larga, uyezdlar uchastkalarga bo‘lingan. Viloyat harbiy-gubernator -

ligiga general darajasidagi, uyezd boshlig‘iga polkovnik daraja sidagi, 

uchastka boshlig‘iga kapitan darajasidagi zobitlar tayinlangan. Maz-

kur ma’muriy tuzulmaning o‘z agi uyezd bo‘lib, uning bosh lig‘i gene-

ral-gubernator tomonidan tasdiq langan va katta va ko latga ega bo‘l-

gan. Uyezd boshlig‘i ma’muriy, politsiya, harbiy hokimiyatlarni o‘zi-

da birlashtirgan, odamlarga jarima solishi, 7 kun gacha hibsda saqlashi 

mumkin bo‘lgan. Shuning uchun ular



 «hokim to‘ra» deb ham atal-

gan. 


Uchastka bosh liqlari ham odamlarga jarima solishi, 3 kun gacha 

hibsda saqlab turishi mumkin bo‘lgan. Qishloq larni bosh qarish uchun 

uchastka boshlig‘iga bo‘ysunuvchi 

bo‘lis (volost) va ovul ma’muriy 

bosh qaruvi joriy etijdi. 1–2 ming xonadon yashovchi hudud bo‘lis, 

1–2 yuz o‘tovli hudud 

ovul deb ataldi. Mahalliy aholi orasidan bo‘lis 

bosh  qaruv chisi (oqsoqol yoki ming boshi), qishloq oqsoqollari (yuz-

boshi, ellikboshi, o‘nboshi) hamda ovul oqsoqollari, ularning o‘rin-

bosarlari saylanadigan bo‘ldi. Ammo bu mahalliy bosh qaruv tizimi 

Rossiya ma’muriyati izmida bo‘lgan, nomigagina saylangan mahal liy 

aholi vakillari ularning qo‘lida qo‘g‘irchoq bo‘lganlar.



Turkiston general-gubernatorligi boshqaruvi

  General-gubernator 



Kengashi 

 

General-gubernator 

Buxoro amirligi, 

Xiva xonligi 

Turkiston 

harbiy okrugi 

General-gubernator 

mahkamasi 

Turkiston rayon 

muhofaza bo‘limi 

 

Viloyat 

harbiy-

gubernatori 

 

Ma’muriy 

va nazorat 

bo‘limi 

 

Moliyaviy 

xo‘jalik 

bo‘limi 

Soliq va 

shahar 

mablag‘lari 

bo‘limi 

 

Maxsus 

bo‘lim 

 

Mustamlakachilar Toshkent shahrini Turkiston general-guberna-

tor  ligining ma’muriy markazi etib tanlashdi. Shaharda 80 mingcha 

aholi yashar di, uning hududida 270 ta mahalla, 310 ta masjid, 17 ta 



211

mad  ra sa, 11 ta ham mom, 15 ta do‘konli saroy va boshqa inshoot-

lar bo‘l gan. Bosqinchilar Toshkentning sharqiy qismidan joy tanlab, 

tanlangan joydagi mahalliy aholini ko‘chirib, Rossiyadan kelganlar 

yashay digan uylar, ko‘chalar, orom gohlar qurdilar. Shaharning bu 

qismi Yangi shahar deb ataldi. Shaharni hokim boshqargan.



Toshkent shahar Dumasi. Toshkent shahrini boshqarish Nizo-

mi ishlab chiqildi va 1877-yilda Sankt-Peterburgda tasdiqlangach, 

kuch ga kirdi. Nizomga ko‘ra, Toshkent shahar Dumasi va boshqar-

ma say lash nazarda tutilgan. Toshkent shahar Dumasi noiblarining 

uch dan ikki qismi Yangi shahardan, uchdan bir qismi Eski shahar 

aholisidan say lanadi, deb belgilangan edi. Ko‘chmas mulki miqdo-

riga qarab, say  lov chilar uch toifaga ajratiladi. Mulkdorlik senzi nuq-

tayi nazaridan kelib chiq qan holda, ko‘chmas mulk qiymatining bir 

foizi hisobi dan 3000, 1000, 500 so‘mdan ziyod ko‘ch mas mulk ega-

laridan uch toi fali saylovchilar ro‘yxati tuzildi.



212

Yetarli mulkka ega bo‘lmagan ziyolilar, ishchilar, dehqonlar, 

hu nar mandlar saylov huquqi dan mahrum bo‘lib qoldilar. 1877-yilda 

Tosh kent shahar hokimi raisligida har bir toifa bo‘ yicha saylovchilar 

yig‘ini bo‘lib o‘tdi va Dumaga 71 noib (глaсный) say landi. Dumaga 

Toshkentning 80 mingdan ortiq aho li yashay digan Eski shahar qis-

midan, ya’ni tub yerli aholidan atigi 21 na far noib say lan di, aksa-

riyat noiblar esa 4 mingga yaqin kishi yashay di gan yangi shahar qis-

midan saylandi. Bu holat bosh qa ruv ning mustam lakachilik mohiya-

tini yaqqol ochib beruvchi da lil dir.

Toshkent shahar Dumasi farmoyish beruvchi organ bo‘lib, uni 

sha  har hokimi oqsoqol boshqargan. Turkiston general-gubernatori 

tomo nidan Duma oqsoqoli (гoлoвa) etib shahar hokimi polkovnik 

E.P. Pukalov tayinlandi. Noiblar orasidan ijro etuvchi hokimiyat- 

shahar boshqarmasi (mahkamasi) tuzildi. 

Toshkent shahar Dumasi ma’muriy va o‘quv binolari, yo‘l quri-

li shi, obodonlashtirish, suv ta’minoti va boshqa shahar xo‘jaligi bilan 

bog‘liq ishlar bilan shug‘ullanardi. Jumladan, 1892-yilda shaharda 



telefon  aloqasining yo‘lga qo‘yilishi, 1901-yilda ot tortuvchi tram-

vay yo‘lining, 1912-yilda elektr toki bilan yuruvchi tramvay yo‘ li ning 

bar po etilishi, ko‘chalarni yorituvchi elektr lampochkalarining o‘r-

na tilishi kabilarni Toshkent shahar Dumasining ijobiy ishlari qatori-

ga kiritish mumkin.

Turkiston

general-

gubernatorlari

♦ K.P. fon Kaufman

♦ G.A. Kolpakovskiy

♦ M.G. Chernyayev

♦ N.O. Rozenbax

♦ A.B. Vrevskiy

♦ S.M. Duxovskiy

♦ N.A. Ivanov

♦ P.N. Tevyashov

♦ D.I. Subbotich

♦ N.I. Grodekov

♦ P.I. Mishchenko

♦ A.V. Samsonov

♦ Flug, Marson

♦ A.N. Kuropatkin

1867–1881

1881–1882

1882–1884

1884–1889

1889–1898

1898–1901

1901–1904

1904–1905

1905–1906

1906–1908

1908–1909

1909–1913

1913–1916

1916–1917

O‘lkada tashkil etilgan politsiya va sud idoralari ham mustam la-

ka chilik tartibini mustahkamlashga, mahalliy aholining har qanday 


213

no ro zi lik harakatini bo‘g‘ish va bostirishga qaratilgan edi. Chorizm-

ning ma’muriy idora usuli o‘lkani iqtisodiy o‘zlashtirish, aho lini ma’-

na viy jihatdan tobelikda saqlash, ruslashtirish siyosati bilan uy g‘un -

lashtirilgan edi.

2. Mustamlakachilarning iqtisodiy,

ma’naviy-madaniy siyosati va amaliyoti

Rossiya hukumati Turkistonni iqtisodiy jihatdan batamom bo‘y-

sun  dirish, uning boyliklarini tashib ketish, rus sanoatini xomashyo 

bi lan ta’minlovchi o‘lkaga va tayyor mahsulotlar sotiladigan bozorga 

aylan tirish siyosatini yuritdi. Bu siyosatni Rossiya dvoryan-pomesh-

chik lari va burjuaziyasi qo‘llab-quvvatladi, ular o‘lkani zuluk ka bi 

so‘ rishga kirishib ketdilar.

Rossiya to‘qimachilik sanoati uchun keltirilayotgan Amerika 

pax tasi uchun yiliga 30–40 million so‘m boj to‘lab kelgan. Shu bois-

dan, Turkistonni paxta xomashyosi yetishtiradigan bazaga aylantirish 

Ros siya agrar siyosatining bosh maqsadi, deb belgilandi. Xonliklar 

davrida davlat mulki hisoblangan katta-katta yer maydonlari Rossiya 

davlati xazinasiga tegishli, deb e’lon qilindi. Vaqf mulklari ham asta-

sekin davlat ixtiyoriga olindi. Xususiy mulk hisoblangan yerlar ham 

davlat mulkiga aylantirildi, ularni ilgarigi egalariga merosiy ravishda 

foydalanishga berildi va soliq solindi. Ijaraga yer olib, undan amalda 

foydalanib kelayotgan xonadonlarga o‘sha yer lar meros qilib birik-

tiril di va ularga soliq solindi. Shu tariqa, o‘lkaning barcha hosildor 

yerlari Rossiyaning daromad manbayga aylantirildi. Yer soli g‘i XIX 

asr oxirida 4 million so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, 1916-yilda 38 mil-

lion  so‘mdan oshib ketdi.

Podshoh ma’muriyati Turkistonning doimiy egasi bo‘lish uchun 



«ko‘chi rish» siyosatini qo‘lladi. Fon Kaufman tashabbusi bilan 1875-

yildayoq Avliyoota tumanida Rossiyadan ko‘chirib keltiril ganlar hiso-

biga 8 ta rus qishlog‘i vujudga keldi. 1886-yilda qabul qilingan «Tur-

kiston o‘lkasini boshqarish haqidagi Nizom»ga muvofiq rus dehqon-

larini ko‘chirib keltirish va joylashtirish kuchayib ketdi. Rossiya 

hukumatining  «Osiyo Rossiyasida bo‘sh yotgan yerlardan» foyda-

lanish borasida yaratgan imkoniyatidan foydalangan kam yerli yoki 

yersiz rus xonadonlari, kazaklar ma’muriyatning ijozatisiz Turkis-

tonga boyish maqsadida oqib kela boshladi. Shu tariqa, Sirdaryo, 

Farg‘ona, Samarqand viloyatlarida 1910-yilga kelib 124 ta rus qish-



214

log‘i vujudga keldi, ularda 70 mingga yaqin ko‘chib kel ganlar yashar-

di. Ko‘chib kelganlar mahalliy aholiga qarashli sersuv va hosildor 

yerlarni ham egallay boshlaydilar, yer-suv masalasida ular o‘rtasi-

da noro zi lik, to‘qna shuvlar bo‘ldi. Rus ma’murlari ko‘chib kelgan 

kazaklarga tayanish, mahalliy aholi g‘alayon ko‘targuday bo‘lsa, 

ularning yordamida bostirish maqsadida, Turkistonda dehqonchilik 

qiluvchi rus kazaklarini qurollantirdi. Ular amalda cho rizm uchun 

zaxira qo‘shinga aylantirildi. 

Mustamlakachilar o‘lkada, xususan, Farg‘ona viloyatida paxta 

plan  tat siyalari tashkil etdi, sug‘oriladigan ekin maydonlarini kengay-

tirdi. 1885–1916-yillarda paxta ekiladigan yer maydoni 40 ming 

ta nobdan 550 ming tanobga ko‘paydi. Hosildorlikni oshirish maq-

sadida 1884-yilda tajriba-urug‘chilik stansiyasi ochildi. Tolasi sifat-

li urug‘lik chigiti yaratildi. Paxtachilikda pishiq tolali va hosildor 

«Amerika» navini ekish keng tarqaldi, boshqa ekin maydonlari yildan 

yilga qisqartirib borildi. Qishloq xo‘jaligida pilla yetishtirish ko‘pay-

tirildi, qand lavlagi, kartoshka, karam ekinlarini ekish o‘zlash tirildi. 

Vinochilik, asalarichilik paydo bo‘ldi. 1867–1896-yillarda Rossiya 

imperiyasi xazinasiga 150 million so‘m sof daromad tushdi.

Podshoh ma’muriyati Turkistonni Rossiyaning bir qismiga ay lan -

tirish, uning janubiy chegaralarida harbiy istehkomlar qurish, boy-

liklarni va yetishtirilayotgan xomashyoni tashib ketish maqsadi-

da temiryo‘l qurilishini boshlab yubordi. 1880–1889-yillarda zudlik 

bilan Krasnovodsk, Ashxabod, Marv, Chorjo‘y, Kushka, Buxoro, 

Samarqand, Toshkent, Qo‘qon, Andijon shaharlarini bog‘lovchi O‘r-

ta Osiyo temiryo‘li qurildi. 1890–1905-yillarda Toshkent–Orenburg 

temiryo‘li qurilib, Turkiston Rossiyaning markazi bilan bog‘landi. 

1915-yilda  Buxoro–Qarshi  va  Termiz–Qarshi–Shahri sabz–Kitob 

temiryo‘li qurildi. Temiryo‘llar qurilishi munosabati bilan Rossiya-

dan ko‘plab ishchilar, injener-texnik xodimlar ko‘chib kelish di va 

ular qadimiy Turkiston shaharlariga joylashtirildi. Ular joylash-

tirilgan qism Yangi shahar, yerli aholi yashaydigan qism Es ki shahar 

deb ataladigan bo‘ldi. Yangi shaharlar, jumladan, Skobelev (hozirgi 

Farg‘ona) shahri vujudga keldi.

Turkiston Rossiyaning markazi bilan temiryo‘l orqali bog‘ lan-

gach, rus kapitali (sarmoyalari) o‘lkaga oqib kela boshladi. Tur kiston 

xomashyo bazasida savdo-sanoat yuritish, zavod-fabrikalar qurishga 

intiluvchilarga Rus-Osiyo banki, Moskva Savdogarlar banki, Ros-

siya Davlat banki pul qarz berib turdi. Natijada, bir qator zavo d-


215

lar, savdo shohobchalari, oziq-ovqat ishlab chiqaruvchi korxonalar 

qu ril di. Paxta va uni xarid qilish bilan shug‘ullanuvchi 30 ta savdo 

shohob chasi vujudga keldi. 1913-yilda tuzilgan «Besh bosh» degan 

paxta-yog‘ shirkati Turkistonda 29 ta paxta zavodi qurdi



Download 3.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling