O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi q. Usmonov, M. Sodiqov


Download 3.12 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/49
Sana02.12.2017
Hajmi3.12 Mb.
#21335
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   49

Skobelev uyezdida xalq g‘alayonlari, 10-iyul yakshanba kuni Eski 

Marg‘ilondagi chiqishlar bilan boshlandi. To‘plangan kishilar soni 

25 mingtagacha yetgan. Qattiq to‘qnashuvda ikki mirshab o‘ldiril -

gan, bir necha oqsoqol kaltaklangan. Xalq bilan yomon munosabat da 



224

bo‘lgan boylar ham o‘ldirilgan. Boylarning uylari va ma’  muriy bino-

lar vayron qilinib, podsho rasmi yirtilib, oyoq ostiga tashlangan. Bu 

yerga jazo polki yetib kelib, qo‘zg‘olonchilarga qar shi o‘t ochib, 63 

kishini o‘ldirib, ko‘pchilikni yarador qilgan.

1916-yilgi qo‘zg‘olonning eng kuchli nuqtasi Jizzax qo‘zg‘olo-



ni  bo‘ldi. Jizzax shahri aholisi 13-iyul kuni safarbarlikka cha qiril-

ganlar ro‘yxatini talab qilib, oqsoqol va mingboshi mah 

kama siga 

to‘p landi lar. Oqsoqolni o‘ldirib, mingboshi mahkamasini vayron qil-

dilar, ro‘yxat ni topib olib, yondirib tashladilar. Nazir Hoji eshon Jiz-

zax begi deb e’lon qilinadi. Qo‘zg‘olonni bostirish uchun yetib kel-

gan jazo otryadi katta zarbaga uchradi. Qo‘zg‘olonchilar safi kenga-

yib bordi. Nazir Hoji eshon boshchiligida qo‘zg‘olon chilar yan  gi 

shahar tomon yurdilar. Jazo otryadi bilan qo‘zg‘olon chilar o‘rtasi-

da bo‘lgan to‘qna 

shuvda ikkala tomondan ham ko‘p qur 

bonlar 


bo‘ldi. Qo‘zg‘olonchilar telefon simlarini uzib, neftli baklarni yon-

dirib, binolarni vayron qildilar. Lomakino bekatida temiryo‘l ko‘p-

ri gi, rels lar buzib tashlandi. Obruchevo, Kurapotkino, Rostovsovo 

te mir  yo‘l bekatlari ham vayron qilindi, 6 ta temiryo‘l ko‘prigi buzib 

tashlandi.  Bog‘don volostida ham Abdurahmon jevachi bosh chi li gi-

dagi kuchlarning g‘alayonlari boshlanib, ular Jizzax tomon yur di lar. 

21-iyul kuni Jizzax yaqinida qo‘zg‘olonchilar bilan jazo otraydi o‘r-

tasida to‘qna shuv sodir bo‘ldi. Pulemyotdan o‘qqa tutil gach, qo‘zg‘o-

lon chilar yengildi. Ab du rah mon jevachi, Nazir Hoji eshonlar qo‘lga 

olinib, o‘lim jazosiga hukm qilindi.

Turkiston general-gubernatori Jizzax qo‘zg‘olonini bostirish uchun 

polkovnik Ivanov boshchiligida oltita to‘pi bor 13 rota askar, 300 kishi-

lik kazak otryadi, 2 artilleriya qismi va 3 rota sapyorlarni sa far bar eta-

di. Jazo otryadi qo‘zg‘olonni shafqatsizlarcha bostirdi. Omon qolgan 

Jizzax aholisi jazirama cholga haydaldi. Jizzax ishi bo‘ yi  cha 1000 kishi 

hibsga olindi, 151 kishi sud qilinib, turli mud dat larga qamaldi.

1916-yilgi qo‘zg‘olon butun Turkistonga yoyildi, dehqonlar va 

kam ba g‘al lar qo‘zg‘olonni harakatga keltiruvchi asosiy kuch bo‘la di. 

Qo‘zg‘olon bostirilgan bo‘lsa-da, mustamlakachilar ham ancha gina 

kuchlaridan ajraldi lar. Shuning uchun ham 1916-yil 13-de kabr da IV 

Davlat Dumasida so‘zga chiqqan A.F. Kerenskiy «Urush frontlariga 

yangi bir front – Turkiston fron ti qo‘shildi», – deb va zi yat    ga jiddiy 

va xolis baho bergan edi.

General-gubernator imperatorga yo‘llagan mutlaqo maxfiy axbo-

rotida 97 rus askari o‘ldirilib, 86 tasi yarador bo‘lganini va 76 askar 


225

bedarak yo‘ qol ganini, 7 rus amaldori, rus aholisidan 2 325 ki shi o‘l-

dirilib, 1 384 kishi bedarak yo‘qolganini yozgan. Ammo u Tur   kiston 

frontida o‘z talafotini aniq yozgani holda vahshiyona o‘ldiril 

gan 

mahalliy aholi hisobini ber maydi. Haqiqatan esa Tur kiston aholisi-



dan 673 ming kishi o‘ldirilgan, 300 mingdan ortiq aho li xorijga chi-

qib ketgan.

Qo‘zg‘olon o‘lkadagi Rossiya mustamlakachilik tizimining ta gi 

bo‘ sh za 

mi nda ekanligi va uning ustunlari qimirlay boshla 

gani ni 


ham   da Turkiston xalqlarining vatanparvarligi, g‘ururi so‘nma gan li -

gi ni amalda namoyon etdi.



4. Jadidlar harakatining vujudga kelishi,

ularning islohotchilik faoliyati

Turkistonda o‘rnatilgan mustamlakachilik zulmi XIX asr oxiri – 

XX asr boshlarida yanada kuchaydi, mahalliy xalqni iqtisodiy jihat-

dan talash, ezish bilan birga, ularni jaholatda tutib turish, ma’naviy 

qashshoq lantirishga intilar edi. Mustamlakachilar shu maq  sadda o‘l-

kaga chinovniklar, harbiylar, bankirlar, savdo-sanoat chilar, mu han -

dis-texniklar, ruhoniylar, ilmiy kuchlar, ishchilardan iborat malay-

larini safarbar etgan edi. Zolimlar qan chalik urinmasin, ma hal  liy 

aholining hurlik, ozodlik uchun intilishi 

ni so‘ndirolmadi, milliy-

ozod lik harakati kuchayib bordi. Tarixiy vaziyat millat ravna 

qini 


o‘ylov chi ziyolilar, mahalliy burjuaziya vakillari, ulamolar orasidan 

xalqni uyg‘otish, milliy ongini oshirish, birlashtirish uchun kurashuv-

chi kuchlarni tayyorlab yetishtirdi, jadidlar harakati vujudga keldi. 

Jadid larning asosiy g‘oya va maqsadlari Turkistonni o‘rta asrlarga 

xos qoloqlik va diniy xurofotdan ozod etish, shariatni isloh qilish, 

xalqqa ma’rifat tarqatish, Buxoro va Xivada parlament, demokratik 

res publika tizimini o‘rtanish orqali ozod va farovon jamiyat qurilish-

dan iborat edi. 

Sharq bilan G‘arbni taqqoslab, musulmonlar va turkiylar dun yo  si, 

xu susan, Rossiya tasarrufiga olingan musulmonlarning ja hon taraq-

qi yoti dan uzilib qolayotganini qrim-tatar farzandi Ismoil Gaspira-

li (1851–1914

) birinchilardan bo‘lib angladi. U turkiy xalq lar ma’-

naviyat-ma’rifat orqali taraqqiy topgan mamlakatlar daraja si ga ko‘ta-

rish harakatini boshlab berdi. Ismoil Gaspirali maorifni is loh qilish, 

maktablarda dunyoviy fanlarni o‘qitish masalasini ko‘ tar di. U 1884-

yilda Qrimdagi Boqchasaroy shahrida jadid maktabiga asos soldi.


226

«Jadid» arabcha so‘z bo‘lib «yangi» degan ma’noni bildira-

di. Ismoil Gaspirali o‘zi tashkil etgan maktab o‘quvchilari uchun 

o‘quv das turi tuzdi va darsliklar yozdi. U 40 kun ichida 12 o‘quvchi-

ning savodini chiqariyb, tezda shuhrat qozondi. «Tarjimon» gazeta-

sini chi  qarib, o‘z g‘oyalarini yoydi. 1898-yilda «Rahbari muallimin 

yoki mual limlarga yo‘ldosh» kitobini nashr etib, jadid maktablari-

ning qurilishi, dars o‘tish mazmuni, jihozlanishi, sinov va imtihonlar 

olish usullarini bayon etib berdi.

Ismoil Gaspirali g‘oyalari Turkistonga ham kirib keldi. U 1893-

yilda  Turkistonga kelib, ilg‘or ziyolilar bilan uchrashdi, Buxoroda 

amir huzurida bo‘lib, bitta jadid maktabi ochishga rozilik oldi. Tur-

kistonlik ziyolilar jadidchilikni yoqlab maorifni isloh qilish, «Usu-

li jadid» maktablarini tashkil etishga kirishdilar. 1898-yilda Qo‘qon-

da Salohiddin domla, 1899-yilda Andijonda Shamsiddin domla va 

Tosh kentda Mannon qori jadid maktabiga asos soldilar. 1903-yilda 

Turkistonda 102 ta bosh lang‘ich va 2 ta o‘rta jadid mak tab lari fa oliyat 

ko‘rsatdi.

Turkiston jadidlariga Mahmudxo‘ja Behbudiy, Abduqodir Shaku-

riy, Munavvar qori Abdurashidxonov, Abdulla Avloniy va bosh-

qa o‘nlab milliy ziyolilar rahnamolik qildilar. Ular dastlab maori-

fni isloh qilish yo‘lidan bordilar. XIX asr oxiri – XX asr bosh lari-

da Buxoro, Samarqand, Toshkent, Farg‘ona, Qo‘qon, Namangan, 

Xiva va boshqa shaharlarda dastlabki jadid maktablari ochildi. «Usu-

li jadid» maktablari tarmog‘i kengayib bordi, ularda diniy ta’limot 

bilan birga tibbiyot, hikmat, kimyo, nujum, handasa kabi dunyoviy 

bilimlar o‘rgatildi, sa vod chiqarish tezlashtirildi.

Talabalarga Turkiston, turkiylar tarixini o‘rgatishga alohida e’ti-

bor berildiki, bu ularning milliy ongini uyg‘otishga, jamiyatni etnik 

jihatdan birlashtirishga xizmat qilardi. M. Behbudiyning «O‘z urug‘i 

otini bilmagan, yetti otasini tanimagan qul – manqurtdir!» degan 

so‘z lari talabalarni milliy o‘zligini anglashga chaqirar edi. Munavvar 

qorining «Adibi avval», «Adibi soniy», M. Behbudiyning «Kitobat 

ul-atfol», «Bolalar maktubi», «Muxtasar tarixi islom», «Jug‘ rofiya», 

A. Avloniyning «Adabiyot», «Birinchi muallim», «Tur kiy gulustoni», 

«Maktab gulistoni» kabi darsliklari milliy maktab va milliy tarbiya-

ni yuqori saviyaga ko‘tarishga xizmat qildi. Jadid maktablarida har 

tomonlama bilimli, ma’naviy yetuk, o‘z xalqining tarixini va dunyo 

ishlarini yaxshi o‘zlashtirgan kadrlar tayyorlab chiqarildi.

Jadidlar yoshlarni chet ellarga o‘qishga yuborish tashabbusi bilan 



227

chiq dilar. Boy tabaqaning ilg‘or vakillari jadidlarning bu harakatini 

ma’qullab, mablag bilan ko‘maklashdilar. Ko‘pgina umidli yoshlar 

Germaniya, Misr, Turkiya va Rossiyaning markaziy shaharlariga 

o‘qish ga yuborildi. 1910-yili Buxoroda mudarris Hoji Rafiy va bosh-

qalar «Bolalar tarbiyasi» xayriya jamiyatini tashkil etib, 1911-yilda 

15 ta, 1912-yilda 30 ta talabani Turkiyaga o‘qishga jo‘natdi. 1909-

yilda Munavvar qori tuzgan «Jamiyati xayriya» ham moddiy jiha-

tdan kam ta’minlangan talabalarga yordam berar, yoshlarni chet elga 

o‘qishga yubo rish ga yordamlashar edi.

Jadidlar Turkistonda milliy matbuotga asos soldilar. 1906-yil 

27-iyunda Toshkentda jadidlarning dastlabki gazetasi – «Taraq qiy» 

nashr etiladi. Munavvar qori 1906-yilda «Xurshid» («Quyosh») gaze-

tasini tashkil etib, unga o‘zi muharrirlik qildi. Gazeta xalqning o‘z 

haq-huquqlarini tanishiga, milliy uyg‘onishga xizmat qildi. Ammo 

mustam lakachi ma’murlar tezda gazetani chiqarishni man qildilar. 

M. Behbudiy  1913-yilda  «Samarqand» gazetasi va «Oyina» jurnali-



ni

 chiqara boshladi. U «Nashriyoti Behbudiya» xususiy nashriyoti-

ni, uning huzurida «Kutubxonai Behbudiya»ni tashkil etdi. Gazeta 

va jurnalda millat va ona yurt dardi, xalqni ma’rifatli qilish, erkin-

ligini ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan dolzarb maqolalar chop 

etilardi. Ular Rossiya imperiyasi tasarrufidagi turkiy xalqlarga, Eron, 

Afg‘oniston, Hindiston, Turkiyagacha borib yetardi.

Taraqqiyparvar o‘zbek ziyolilarining yetakchisi Asadullaxo‘ja 

o‘g‘li Ubaydullaxo‘ja 1913-yilda «Taraqqiyparvar» deb nom olgan 

ziyo li larning firqasini tuzadi va 1914-yilda firqaning «Sadoi Tur-

kis ton», «Sadoi Farg‘ona» gazetalari chiqariladi. Bu gazetalar sahi-

falarida e’lon qilingan maqolalar ommani mustabid tuzumga qarshi 

qo‘zg‘atishga xizmat qildi.

Jadidlar milliy teatrga ham asos soldilar. Munavvar qori rahna-

mo li gida 1913-yilda musulmon drama san’ati havaskorlari jamiyati  – 

«Turon» teatr truppasi tuzildi. 1914-yil 27-fevralda Toshkentdagi 

«Kolizey» teatri binosida o‘zbek milliy teatrining birinchi rasmiy ochi-

lish marosimi bo‘ladi. Munavvar qori o‘zbek milliy teatrining birin chi 

pardasini ochar ekan shunday degan edi: «Turkiston tilida hanuz bir 

teatr o‘ynalmag‘onligi barchangizga ma’lumdir... Teatr ning asl ma’no-

si «ibratxona» yoki «ulug‘ lar maktabi» degan so‘zdir. Teatr sahnasi har 

tarafi oynaband qilingan bir uyga o‘xshaydurki, unga har kim kirsa 

o‘zining husn va qabihini, ayb va nuq so nini ko‘rib ibrat olur». O‘sha 

kuni sahnada M. Behbudiyning  «Padar kush» pyesa si namoyish etildi. 


228

Unda islom dinining Turkiston dagi buzilishlari tas virlanib, tamosha-

bin e’tiborini najot yo‘li maorif, maorifni esa «pok langan din» bera 

oladi, degan g‘oyaga qaratadi. «To‘y», «Zaharli hayot», «Juvonboz», 

«Baxtsiz kuyov» pyesalarida xotin-qizlarning huqu q sizligi, ko‘pxotin-

lik, majburiy nikoh oqibat lari kabi muammolar yori tiladi. Milliy teatr 

san’ati odamlarga millat da mavjud bo‘lgan qu surlar va ijobiy tomon-

larni tushunturuv chi oyna bo‘lib xizmat qildi.

Jadidlar matbuoti va teatrida ayrim mutaassib ruhoniylarning 

po raxo‘rligi, axloqsizligi ham qattiq tanqid ostiga olindi. Abdurauf 



Fitrat «Munozara» nomli asarida Buxoro ulamolarining nodonligi va 

poraxo‘r ligini ochib tashladi. «Hind sayyohining sarguzashtlari» asa-

rida esa Buxo ro, Qarshi va boshqa shaharlardagi iqtisodiy tanazzulga 

ayrim ruhoniy larning o‘z mavqeyini suiiste’mol qilgan liklarini asosiy 

sabab qilib ko‘r satdi. Jadidchi jurnalist va dramaturg lar nashavand-

lik, kashandalik, zino garlik, fohishalik kabi illatlarni qoralashdi.

Jadidlar ijtimoiy va hududiy birlik to‘g‘risidagi masalalarni ko‘-

tarib, xalqni milliy va diniy birlikka, jipslashishga, hududiy birlikka 

chaqirdi, ijtimoiy ongni XX asr darajasiga ko‘tarishga intildilar. 

Jadidlarga, bir tomondan, mutaassib ruhoniylar, ikkinchi tomon-

dan, mustamlakachi ma’murlar qarshilik ko‘rsatdilar. Mutaassib 

ruho  niylar jadidlar ko‘targan barcha yangiliklarga qarshi chiqishdi. 

Ular jadidlarni padarkushlar, maktablari haqida esa: «Bu xil maktab-

da o‘quvchi-talabalar birinchi yili gazeta o‘qiy boshlaydi, ikkinchi 

yili ozodlikni talab qilishadi, uchinchi yili esa janobi oliylarini taxt-

dan ag‘darib, turmaga tiqib qo‘yishadi», – der edilar. Mutaassib-

lar tarixni tasvirlash, o‘qitish be’manilik, dahriylik deb hisoblash di. 

M. Behbudiy ularni fosh qilar ekan, «Qur’oni Karim» ham, Mu ham-

mad payg‘ambar (s.a.v.)ning hadislari ham tarixga daxldor ekanligini, 

«Qur’oni Karim»ning chorak qismi tarixiy ma’lumot lardan iborat li-

gi ni asoslab beradi.

Mustamlakachi ma’murlar jadidlar harakatini jilovlash chora lari-

ni ko‘rdilar. Ular ustidan nazorat o‘rnatilib, gazeta va jur nal lari man 

etilar, nashriyotlari buzib tashlanar, kitob do‘konlari, qiroatxonalar 

yopib qo‘yilar edi. Ayniqsa, 1905–1907-yillardagi Rossiya inqilobi-

dan keyin qatag‘on kuchaydi. Bu inqilobdan mahalliy burjuaziya va 

zamindorlarning bir qismi qo‘rqib ketib, mus tam lakachi ma’mur-

lar panohiga intildilar. Jadidlardan o‘ng qanot ajralib chiqib, reak-

siya lageriga qo‘shildilar. Qadimchilar deb atalgan bu guruh Rossiya-

ning obro‘si bizning obro‘yimiz, xudodan qo‘rq, podshohni hurmat 



229

qil, podshohning amiri fuqarolar uchun vojibdur, deb chiqdilar. Ular 

islohotlarga qarshi chiqib, qadimgi tartiblarni himoya qildilar. Ular 

panturkizm – turkiy xalqlarni Turkiya dav lati qo‘li ostida birlash-

ti rish, panislomizm – islom dini dagi barcha xalqlarni birlashtirish 

g‘oyalari soyasida qolib ketdilar.



Jadidlar tobora olg‘a yurdilar. Mustamlakachilarning jadid chi   lik 

harakatiga nisbatan qo‘llagan zo‘ravonlik choralari jadidlarni ma’-

naviy-ma’ rifiy islohot dan siyosiy qarshilik ko‘rsatish darajasiga ko‘-

tarilishiga olib keldi. Dastlabki siyosiy uyushma va partiyalar vu judga 



keldi.

XIX asr oxiri va XX asr boshlarida Turkistonda maydonga kel gan 



jadidchilik madaniy-ma’rifiy, milliy, ijtimoiy-siyosiy harakat edi

. U 

o‘sib, mustamlakachilarga qarshi ko‘tarilgan milliy-ozodlik ha ra ka-



tining mafkurasiga aylandi.

Nazorat savollari

1. O‘zbek xonliklarida josuslik ishlari bilan shug‘ullangan Rossiya 

elchi lari, ekspeditsiyasi haqida nimalarni bilasiz?

2. Rossiya imperiyasi nima uchun xonlik chegaralarida harbiy 

is tehkomlar qurdi? Shunday istehkomlar qayerlarda barpo etilgan?

3. O‘rta Osiyo masalasida ingliz–rus raqobati qanday bordi?

4. Rossiya imperiyasi bosqini qanday boshlandi?

5. Chimkentdagi janglar qanday bordi?

6. Toshkent mudofaasi haqida nimalarni bilasiz?

7. Amir lashkar Alimqul jasorati haqida so‘zlab bering.

8. Jizzax mudofaasi, jang natijalarini bilasizmi?

9. Turkiston general-gubernatorligi qachon tuzildi, uning hu dud-

larini bilasizmi?

10. Zirabuloq jangi haqida nimalarni bilasiz?

11. Samarqand qo‘zg‘oloni haqida so‘zlang.

12. Kaufman bilan Amir Muzaffar o‘rtasida qachon shartnoma 

tu  zildi, uning shartlarini bilasizmi?

13. Kaufmanning Xiva xonligiga yurishi, uning natijalari haqi-

da so‘z lang.

14. Gandimiyon shartnomasi qachon tuzildi, uning shartlarini 

bi la sizmi?

15. Qo‘qon xonligida ko‘tarilgan qo‘zg‘olonlarning sabablari, 

rah  bar lari, natijalarini bilasizmi?


230

16. Qo‘qon xonligining taqdiri nima bo‘ldi?

17. Mustamlakachilar qanday idora usulini joriy etdilar?

18. Mustamlakachilarning iqtisodiy siyosati va amaliyoti haqida 

nimalarni bilasiz?

19. Mustamlakachilar ma’naviy-madaniy sohada qanday siyosat 

yuritdilar?

20. Milliy ozodlik harakati, deganda nimani tushunasiz, uning 

sa bab lari nimada?

21. Toshkent qo‘zg‘olonining sabablari, natijalarini bilasizmi?

22. Andijon qo‘zg‘oloni haqida nimalarni bilasiz?

23. Qanday voqea 1916-yilda Turkistonda qo‘zg‘olon ko‘ta rili-

shi ga turt ki bo‘ldi, uning asosiy sababi nimada edi?

24. Jizzax qo‘zg‘oloni haqida nimalarni bilasiz?

25. 1916-yilgi qo‘zg‘olonning ahamiyati nimada?

26. Jadidlar harakati nima va u Turkistonda qachon boshlangan?

27. Kimlar Turkistonda jadidlar harakatiga rahnamolik qildilar?

28. Mahmudxo‘ja Behbudiy faoliyati haqida so‘zlang.

29. Munavvar qori Abdurashidxonov faoliyati haqida nimalar-

ni bilasiz?

30. Jadidlar qanday gazeta va jurnallarni nashr etganlar?

31. Jadidlar qanday g‘oya va maqsadlarni ilgari surishgan?



231

XI bob. TURKISTONDA SOVET HOKIMIYATINING 

O‘RNATILISHI VA UNGA QARSHI QUROLLI HARAKAT

Tayanch so‘z va iboralar: 1917-yil fevral inqilobi. Ikki hokimiyat-

chilik. Jadidlarning faollashuvi. «Sho‘royi Islomiya». «Sho‘ royi Ula-

mo». Turkiston o‘lka musulmonlari sho‘rosi. Oktabr davlat to‘ntari-

lishi. Turkiston Xalq Komissarlari Soveti. Shovinistik siyosat. Turkis-

ton Muxtoriyati. TASSR. Qurolli harakat. Qo‘rboshi. Yosh xivaliklar. 

Xiva xonligining ag‘darilishi. XXSR. Yosh buxoroliklar. Buxoro amir-

ligining ag‘darilishi. BXSR.

1. Rossiyada 1917-yil fevral inqilobi.

Uning Turkiston ijtimoiy-siyosiy hayotiga ta’siri.

«Sho‘royi Islomiya», «Sho‘royi Ulamo»

 

1917-yilgi fevral inqilobi 



va Turkiston

    Rossiyada 1917-yil fevra lida burjua-

de mo k ratik inqilob sodir bo‘ldi, ko‘p 

asrlik Romanovlar sulolasi hukmronligi 

ag‘ da rildi. Monarxiya siyosiy tuzumining barham topishi Rossiya 

im periyasi va uning turli hududlarida ham ijtimoiy-siyosiy vaziyat-

ning keskin o‘zgarishiga olib keldi. Buning natijasida Ros siya da tarix-

da kamdan kam uchraydigan hodisa – ikki hokimi yat chilik vujud ga 

keldi:

♦ burjuaziya vakillaridan iborat Muvaqqat hukumat;



♦ ishchi, askar, dehqon deputatlari Sovetlari.

Burjuaziya Muvaqqat hukumati mamlakatni yuqoridan turib 

bosh   qaradigan organ sifatida faoliyat yuritib, asta-sekinlik bilan 

ho ki miyat murvatlarini o‘z qo‘liga olishga intildi. Ishchi, askar, deh  -

qon deputatlari Sovetlari – Petrograd Soveti esa hokimiyatni qu yi -

dan bosh qarishda qatnashib bordi. 

Rossiya imperiyasining mustamlakachilik asorati ta’sirida bo‘ lib 

kel gan Turkiston o‘lkasi hayotida ham sezilarli tarixiy voqealar so dir 

bo‘ldi. Mustamlakachilik boshqaruv organi – Turkiston ge neral-gu-

ber  na tor ligi tugatildi. Uning o‘rniga Rossiya Muvaqqat hukumati-

ning 1917-yil 7-apreldagi qaroriga binoan kadet N.N. Shchep 

kin 


raisligida 9 kishi dan (4 na fari tub yerli aholi vakil lari) iborat Rossiya 

232

Muvaq qat hukumatining Turkiston Qo‘mitasi tashkil etildi. Viloyat-

larda harbiy-gubernatorlik tizimi barham topib, viloyat komissarla-

ri instituti vujudga keldi. Shuningdek, Rossiyada faoliyat yuritayot-

gan bolsheviklar, men sheviklar va eserlar partiya larining Turkiston-

dagi mahalliy tashkilotlari yetakchi ligida o‘l kaning bir qator yirik 

shaharlarida ishchi, askar deputatlari Soveti tash kil topdi. Tez orada 

mahalliy aholi vakillaridan iborat musul mon ishchi va askar depu tat-

lari Sovetlari ham tuzila bosh landi. Muvaq qat hukumat ning 1917-yil 

may oyi boshlarida chi qar gan farmoniga bi noan, Turkistondan jalb 

qilingan mardikorlar o‘z ona yurt lariga qaytib kela bosh ladi.

Yurt istiqboli va istiqloli uchun qayg‘uruvchi vatanparvar, hur-

riyatparvar kuchlar harakat qila boshladi va tashkiliy jihatdan uyusha 

bordi. Bu jarayonda ozod va mustaqil Turkiston uchun ko‘p yillar 

fidoyilik bilan kurashib kelgan jadidlar harakatining rahnamolari 

alohida o‘rin tutdiUlar mahalliy aholining siyosiy ongini o‘stirish, 

hal qiluvchi kurashlarga yetaklab borish maqsadida o‘lkaning ko‘p-

lab shaharlarida vaqtli matbuot nashrlari – gazeta va jurnallar chiqa-

ra boshladilar. Masa lan, Toshkentda «Xurshid», «Sadoi Turkiston», 

«Turk eli», «Najot», «Ken 

gash», «Sho‘royi Is 

 lom», Samarqandda 

«Oyina», «Hurriyat», Buxo roda «Turon», «Bu xo roi sha rif», Qo‘qon-

da «Sadoi Farg‘ona», «Tirik so‘z» nomli matbuot nashrlari o‘z sahi-

fa  larida markazdagi siyosiy vazi yatni, joylardagi ahvolni, o‘tkir ijti-

moiy-siyosiy masalalarni yoritishda, mahalliy aho li ommasini siyo-

siy-g‘oyaviy jihatdan tayyorlab borishda muhim rol o‘ynadi.

 Abdulla Avloniy tomonidan Toshkentda 1917-yil aprelidan 

chiqarila boshlagan «Turon» gazetasining ilk sonida «Yashasin xalq 



jumhuriyati!»  shi ori birinchi bor yangragan edi. Unda aniq maq-

sad-maslak: «Musul 

monlar orasida ko‘p yillardan buyon davom 

etgan umumga zo‘rlik, bid’at odat larni bitirmak, kelajakda bo‘la-

digan jumhuriy idoraga xalqni tay yorlamoq» g‘oyasi ilgari surilgan 

edi. Shuningdek, Munavvar qorining «Najot» gazetasining 1917-yil 

26-mart sonida bosilgan «Hurriyat berilmas, olinur!» degan xitobi 

ham jadid larning xalq ozodligi va istiqloli yo‘lida jiddiy kurashga bel 

bog‘la ganliklaridan dalolat berardi. 


Download 3.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling