O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi q. Usmonov, M. Sodiqov


Download 3.12 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/49
Sana02.12.2017
Hajmi3.12 Mb.
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   49

TASSRning

 tuzilishi

    Sovet hukmdorlarining yana bir hiy  la korligi va 

ustomonligi shunda ko‘ ri na diki, ular Turkiston 

Muxtoriyati tajriba sidan muhim xulosa chiqarib, 

bu hudud da o‘ziga xos Sovet muxtor respub likasini tuzish yo‘lini tut-

dilar.  Bundan ko‘z da tutilgan bosh maqsad – Tur   kis tonning kela-

jakda mustaqil, suve ren davlat bo‘  lib, ajralib chiqib ketishiga izn ber-

maslik edi. Sovetlar ishlab chiqqan rejaga ko‘ra, 1918-yilning 20-apre-

lidan 1-mayigacha Tosh kent da bo‘lib o‘tgan o‘lka Sovet larining V 

qurultoyida Turkiston Avtonom Sovet Sotsialistik Respub 

likasi 

(TASSR) tuzildi va RSFSR tarkibiga kiritildi. Sinfiylik tamoyillariga 



asoslangan o‘ziga xos dav 

lat bosh 

qa ruvida hokimiyat funksiyalari 

bu tun  lay sovetlar va ular ning organlari ixtiyorida edi. Qurultoyda 

res pub likaning ho 

kimiyat organlari: Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi 

(MIQ) va Xalq Ko missarlari So veti (XKS) saylandi. MIQning jami 

36 a’zosidan ati gi 9 nafari ma hal liy millat vakillari edi. Avtonom res-

publika MIQning Raisi etib bolshevik P.A. Kobozev saylandi. Bolshe-

vik F.I. Kolesov bosh chiligi da 16 kishidan iborat tuzilgan XKS tarki-

biga ham 3 nafar ma hal liy aholi vakillari kiritilgan edi, xolos.

1918-yil iyunda 2 ming nafar bolsheviklarni o‘z safida bir lash-

tir  gan  Turkiston Kompartiyasi  tuzildi. 1919-yil martda Tur 

kis ton 


Kompartiyasi huzurida Turor Risqulov raisligida O‘lka Musulmon-

lari byurosi tuziladi. Musbyuroning organi – «Ishtiro kiyun» ga ze ta-

si nashr etila boshlandi, unda Turkiston ma’murlarining shovinistik 

siyosati fosh etila bordi.

1918-yil oktabrda bo‘lgan o‘lka Sovetlarining VI qurultoyida 

TASSR Konstitutsiyasi qabul qilindi. Unda Turkistonni RSFSRning 



242

«ajral mas, tarkibiy qismi» ekanligi, o‘lka xalqlarining barcha ha yotiy 

masalalari uning mas’ulligida ekanligi qonunlashtirildi. 

Turkistonda Sovet hokimiyatining tobora kuchayishi, uning yak-

ka hukm ronligining ortib borishi, o‘lka hayotining hamma jab ha-

larining qattiq markazlashtirilishi, qattiqqo‘l iqtisodiy tadbir lar ning 

o‘tkazilishi faqat mahalliy aholi qatlamlarining keskin norozi li giga 

sabab bo‘lib qolmasdan, boshqa siyosiy muxolifatchi kuch larni ham 

harakatga keltirdi. 1919-yil 19-yanvarda harbiy ko missar K. Osipov 

uyushtirgan isyon nati ja sida,  Toshkentda 14 nafar Tur kis ton Xalq 



Komissarlarining otib o‘ldirilishi ham buning aniq ifodasi bo‘lgan-

di. Ammo tezlikda o‘zlarini o‘nglab olishga ulgirgan bol she vik lar va -

ziyatni o‘z foydalariga o‘zgartirib, Sovet hokimi yatini yana saqlab 

qo lishga muvaffaq bo‘ldi. Hokimiyat or gan lari yan gi kadrlar bilan 

to‘ldirildi. Rahbarlik lavozimlariga mahalliy millat vakillari ham jalb 

etila bordi.

Moskva Sovet Turkistonida o‘z ta’sirini kuchaytirish, uni har to -

mon   lama o‘ziga qaram qilish maqsadida 1919-yil kuzida Tosh kent ga 

alohida favqulodda vakolatlar berilgan Turkkomissiya (Sh. Elia va – 

Rais, V. Bokiy, F. Goloshchekin, V. Kuybishev, M. Frunze, Ya. Rud-

zutak)ni yubordi. Uning zimmasiga katta vazifalar yuklan gan edi. 

Uning butun faoliyati TASSR sovet va partiya qurilishi ishlarini 

jadal sur’atlar bilan olib borish, yan gi tuzumni chuqur ildiz ot tirish 

edi.


Bu davrda mahalliy xalq orasidan chiqqan, sovet va partiya qu ri-

lishida ancha tajriba orttirgan, chiniqqan T. Risqulov, N. To‘raqu lov, 

A. Rahi m boyev, N. Xo‘jayev, Q. Otaboyev, A. Ikro mov, S. Se giz boyev 

kabi yurt arboblari u yoki bu rahbarlik mansab larida faoli yat yurit-

gan bo‘lsalar-da, ammo ularning inon-ixtiyori mos kvalik hukmdor-

lar tizginida bo‘lgan.



4. Xorazm va Buxoroda demokratik harakatlarning o‘sib borishi. 

Xiva xonligi va Buxoro amirligining yemirilishi

Rossiyada 1917-yilda yuz bergan fevral inqilobiy o‘zgarishi cho-

ri  zmning yarim mustamlaka o‘lkalari hisoblangan Xiva xonligi va 

Buxoro amirligida ham aks-sado bermay qolmadi. Avvalo, bu tobe 

davlat larning Rossiya ta’siridan xalos bo‘lishiga intilishi ko‘zga tash-

lansa, ikkinchi tomondan, mahalliy xalqning demokratik erkin liklar 

va huquqlarga ega bo‘lish sari harakatlari faollashdi.


243

Xorazmda «Yosh xivaliklar» harakati xonlikdagi siyosiy vaziyatni 

o‘zgartirish va bir qator demokratik o‘zgarishlarni yuzaga chiqa rishga 

otlandilar. Yosh xivaliklar yetakchilari ishlab chiqqan mani 

festda 

konstitutsion monarxiya tuzish, xonning vakolatlarini chek lash, iqti-



sodiyot, ta’lim va madaniy hayot jabhalarini isloh qilish talablari ilga-

ri surilgandi. Xivada ijtimoiy-siyosiy vaziyat keskin tus olayotganidan 

cho‘chigan Asfandiyorxon 1917-yil 5-aprel kuni ma ni festni imzolash-

ga majbur bo‘ldi. Manifest talab lariga ko‘ra, xon likda konstitutsion 

monar xiya tuzumi o‘rnatildi. Ay ni paytda, tar kibi 30–50 kishidan 

iborat ruhoniylar va savdo-sanoat ahli vakillaridan saylangan Majlis 



va Nozirlar Kengashi tuziladi. Ular xalq vakilligi boshqaruvi organ-

lari sifatida xon hokimiyati vakolatlarini ma’lum darajada chekla-

di. Manifestga muvofiq yosh xivalik larning taniqli rahbari Bobooxun 

Salimov Majlis Raisi, Matmurodov esa Nozirlar Kengashi Raisi etib 

say landilar. Xon xazinasi va uni tasarruf qilish ustidan nazorat o‘r-

natildi. Xon temiryo‘llar qurish, pochta-telegraf o‘rnatish, yangi jadid 

maktablari ochish to‘g‘risida va’dalar berdi. Biroq Xiva xoni va uning 

atrofidagi mutaassib kuchlar bu demok ratik o‘zgarishlarni yo‘qqa chi-

qa rish, eski tartiblarni qayta tiklash payida bo‘ladilar.

1917-yil iyunda Asfandiyorxon Rossiya Muvaqqat hukumati ning 

Xivadagi vakili, general Mirbadalov yordamiga tayanib, Mat muro-

dov boshliq «Yosh xivaliklar» rahbarlarini qamoqqa oladi. Bu par -

tiya ning faoliyati qonunga xilof, deb e’lon qilinadi. «Yosh xivalik-

lar»ning ko‘plari qo‘lga olinib jazolanadi. Qolganlari xonlik hududi-

ni tark etadilar.



Xiva xonligining 

tugatilishi

    1917-yil kuzida Rossiyada ro‘y ber  gan oktabr 

o‘z garishi, Turkistonda mus ta bid Sovet hokimiya-

tining o‘rna tilishi da vomi da Xivada ham demo k-



ratik hara kat yangi bosqichga qadam qo‘ydi. Demokratik kuchlar, 

aholining kambag‘al tabaqalari faol harakatga kela boshladi. (Qo‘n-

g‘irot, Ko‘h na Urganch, Xo‘jayli, Taxta, Por su bekliklari). Buning 

ustiga mam lakatni boshqara olmay qolgan xonning 1918-yil yanvari-

da turkmanlar sar dori  Junaidxonni Xivaga chaqirishi va uni Bosh 

Qo‘mondon etib tayin 

lashi ham vaziyatni yanada chigal 

lashtirib 

yubor di.  Junaidxon tez orada Asfandiyorxonni qatl ettirib, o‘rniga 

uning tog‘asi, irodasiz Said Abdulloni nomiga xon qilib ko‘tarib, 

amal da yakka hukmdor bo‘lib oldi. Junaidxonning harbiy diktaturasi 

zulmidan og‘ir aziyat chekkan ko‘plab aholi qo‘shni Turkistonga 

qochib o‘ta boshladi. Ularning ko‘plari sovetlar tayyorlagan Qizil 


244

Qo‘shinlar safini to‘l dirib bordi. Bularning ham masi sovetlarga qo‘l 

keldi. Amudaryo bo‘limi   (To‘rtko‘l)da N. Shaydakov va N. Shcher-

ba  kov bosh  chi ligida shimoliy va janubiy harbiy guruhlar tuzilib, xon-



lik tu zumini ag‘darishga shay qilib qo‘yildi.

 Darhaqiqat, Turkiston 

Sovet rahnamolari yo‘l-yo‘riqlari asosida harakatga kelgan qizil qo‘-

shinlar va shuningdek, o‘zbek va turk man aholisidan tashkil top gan 

qo‘zg‘olonchi dastalar 1919-yil dekabri oxirlaridan Junaid xon reji-

miga qarshi harbiy yurish boshlaydilar. Bu kuchlar Junaidga ketma-

ket zarbalar berib, birin-ketin xonlik hududlarini qo‘lga kiritib bor-

dilar. 1920-yil 2-fevralda Xiva egallan di. 

Junaidxon qolgan-qutgan qo‘shini bilan Qoraqum sahrosiga che-

kinadi. Qo‘g‘irchoq xon Said Abdullo taxtdan voz kechadi. Shu tari-

qa, sovetlar kuchi bilan Xiva xonligi ag‘darildi va 5 kishidan iborat 

Inqi lobiy Qo‘mita tuzildi. Uning tarkibiga «Yosh xivaliklar» va turk-

man urug‘-qabilalaridan vakillar kiritildi. Inqilobiy Qo‘mita Raisi 

etib «Yosh xivaliklar» rah bari D. Sultonmurodov saylandi. Tez orada 

«Yosh xivaliklar» ishlab chiq qan manifest e’lon qilindi.

1920-yilning 27–30-aprel kunlari Xivada bo‘lib o‘tgan xalq vakil-

lari  Butun Xorazm  qurultoyi xonlik tugatilganligi va Xorazm Xalq 



Sovet Respublikasi tuzilganligini e’lon qildi. Qurultoy XX asrning 

muvaq qat  Konstitutsiyasini qabul qildi. Qurultoy, shuning 

dek, 15 

kishidan iborat hukumat – Xalq Nozirlar Kengashini sayladi.

«Yosh xivaliklar» rahbarlaridan Polvonniyoz Yusupov uning birin-

chi raisi bo‘ldi.



Manifestda

nazarda

tutilgan

tadbirlar

♦ Xon va uning hukumati tomonidan mamlakatni mut laq 

boshqarishni butkul barham topdirish.

♦ Xiva xoniga, shahzodalar va vazirlarga tegishli bo‘lgan 

mablag‘lar va mulklarni xalq mulki deb e’lon qilish.

♦ Kambag‘allar hayotini yaxshilash yo‘lida yirik zamindorlar 

yerlaridan foydalanish.

♦ Bolalarni bepul o‘qitish uchun xonlikning hamma joyida 

maktablar ochish.

 ♦ Shaharlar va aholi manzilgohlarida bepul shifoxonalar va 

sog‘lomlashtirish muassasalari ochish.

♦ Xiva xoni va beklari tomonidan kambag‘al aholidan tortib 

olingan yerlar, mulk va boshqa narsalarni qaytarib berish. 

♦ Majburiy mehnatga jalb qilish (begor)ni butunlay yo‘q 

qilish. 

 


245

1920-yil iyunda Rossiya bolshevik rahbarlari ko‘magida Xora zm 

Kompartiyasi tashkil etilib, uning hukmronlik mavqeyi oshib bor-

di. So vet Rossiyasi ayni paytda, yangi tug‘ilgan Xorazm Xalq Sovet 

Respublikasini o‘z ta’sir doirasiga olish maqsadida 1920-yil 13-sen-

tabrda XXSR bilan Ittifoq shartnomasi tuzdi. Bu shartnoma bilan 

birga ikkala respublika o‘rtasida imzolangan harbiy-siyosiy va iqti-

sodiy kelishuvlar asosida Xorazm Xalq Sovet Respublikasiga Sovet 

Rossiyasi tomonidan tegishli harbiy, iqtisodiy va madaniy yordam 

ko‘rsatish ko‘zda tutilgan edi. Biroq «katta og‘a»ning bun day yor-

dami zamirida Xorazm Xalq Sovet Respublikasi ichki ish lari ga ara-

lashish, uning siyosatini o‘z manfa atlariga bo‘ysun dirish maq sadlari 

yotardi. Faqatgina 1921-yil davomida Xorazm Xalq Sovet Respub-

likasida uch marta (mart, sen tabr, noyabrda) hukumat o‘zgarishi 

yasalib, uning Moskvaga ma’qul kelmagan tarkibi o‘zgar ti ril di. O‘z 

xalqining milliy manfaatlarini ko‘zlab si yo sat yurit  gan  P. Yusupov, 



M. Ibni yaminov, O. Muham mad rahimov bosh bo‘lgan hukumat tar-

kibi bekor qilindi, uning rahbarlari asos siz qo ra landi, so‘ngra turli 

jazolarga tortildi.

1923-yil oktabrida bo‘lib o‘tgan IV Butun Xorazm Sovetlari 

qurul  toyi Xorazm Xalq Sovet Respublikasini Xorazm Sovet Sotsia-

listik Respub 

likasi deb e’lon qildi va respublikaning yangi Kon   s-

titutsiyasini qabul qildi. Unda Xorazmda sovetlar rahbarligida amal-

ga oshirilgan jiddiy o‘zgari shlar tufayli bu respublika endilikda o‘z 

taraqqiyotining yangi, sotsialistik bosqichiga kirganligi alonida ta’ki -

dlandi. Konstitutsiya yerga bo‘lgan xu su siy mulkchilikni bekor qildi, 

barcha yerlar umumxalq mulki deb e’lon etildi. Vaqf mulklari mao-

rif nozirligi ixtiyoriga olindi. Xorazm xalq larining xohish-iroda siga 

zid tarzda amalga oshirilgan bu xil tadbirlar va eng aso siysi, respubli-

ka boshqaruvi tobora Sovetlar hukmronligi qo‘l osti ga o‘tishi, piro-

vardida voha aholisining umumiy noroziligining ku chayib borishiga 

sabab bo‘ldi.

Buxoro amirligining 

ag‘darilishi

    Buxoro amirligida ham ijtimoiy-siyo siy 

vaziyat Xiva xonligiga o‘x 

shash tarzda 

ke ch di. Amir lik ham Ros si  ya   ga tobe, vas-

sal davlat edi.

Ichki siyosatda mustaqil bo‘lgan amirning mutlaq hokimiyati 

hukm surib, bundan oddiy xalq ommasi behad zulm tortib kelardi. 

XX asr bosh larida bu yerda ham amirlik tuzumiga qarshi demokra-

tik hara katlar yuzaga kela bordi. Mamlakatning ilg‘or, taraqqiypar-



246

var ziyoli yoshlaridan tashkil topgan «Yosh  buxoroliklar» tashkilo-

ti bu harakat  larga yetakchilik qildi. o‘z saflarida Abduvohid Burho-

nov, Fay zulla Xo‘jayev, Abdurauf Fitrat, Sadriddin Ayniy, Muhit-

din Man  surov, Po‘latxo‘ja Usmonxo‘jayev kabi yurt fidoyilarini bir-

lash tirgan «Yosh buxoroliklar» harakati keng xalq manfaatlari foy -

dasiga mu 

him siyosiy o‘zgarishlarni ro‘yobga chiqarishga intildi. 

Yosh buxoroliklar ishlab chiqqan islohotlar loyihasida mamlakatda 

kon stitutsion monarxiya tuzumi o‘rnatish, ijtimoiy-siyosiy erkin liklar 

jo riy qilish, maorif ishini yaxshilash masalalariga alohida urg‘u beril-

gandi.


Keng xalq ommasi tazyiqi va yosh buxoroliklarning islohot ta  lab   -

lari asosida amir 1917-yil 7-aprelida ba’zi yon berishlar bilan ma n i-



fest chiqa rishga majbur bo‘ldi.

Manifestda

berilgan

va’dalar

♦ Soliqlarni tartibga solish.

♦ Turli ijtimoiy tabaqalar vakillaridan iborat Majlis 

tashkil qilish.

♦ Maorif, tibbiyot, sud tizimlarini yaxshilash.

♦ Ma’muriy boshqarish ishlarini takomillashtirish.

 

Biroq amirlikning mutaassib, hukmron doiralari tish-tirnoqlari 



bilan bunga qarshilik ko‘rsatdilar. Ular islohot tarafdorlariga nisba-

tan ochiqdan ochiq shahar ko‘cha lari da qirg‘in uyushtirdilar. Ko‘plab 

islohotchilar Buxoroni tark etish ga majbur bo‘ldilar.

Turkistonda mustabid Sovet hokimyatining o‘rnatilishi Buxoro 

amir ligi uchun ham jiddiy siyosiy vaziyatni vujudga keltirdi. Bolshe-

vik  lar chegara dosh Buxoroni ham o‘z mo‘ljaliga oldilar. Xususan, 

1918-yil martida «Kolesov voqeasi» nomi bilan tarixga kirgan qon-

li voqea bunga aniq misol bo‘ladi. Turkiston Sovet Respublikasi 

Hu ku mati Raisi F.I. Kolesov Buxoroga ochiq tazyiq o‘t kazib, 1918-

yil 2-mar ti da Kogon temiryo‘li yoqalab qizil qo‘sh   inlar interven-

siyasini uyush tirdi. Bunga javoban Buxoro amiri xal qni g‘azovotga 

chorlab, o‘z qo‘shin lari va g‘azabga kelgan aho lini urushga safar-

bar etdi. Oqibatda, Kolesov sharmandalarcha mag‘  lub bo‘ladi. Bu 

esa amir va uning arkoni davlatiga barcha demok ratik kuch lardan 

qonli o‘ch olish uchun bahona bo‘ldi. Ay niq sa, «Yosh buxoroliklar» 

ayov siz qir g‘in qilindi. Bolshe viklarning bu avan tyurasi «Yosh buxo-

roliklar» uchun g‘oyatda qimmatga tushdi. F. Xo‘ ja yev  ning guvohlik 

berishi cha, bu qirg‘inda «Yosh buxoroliklar», ularning tarafdorlari-



247

dan 1,5 ming kishi qurbon bo‘lgan.

Sovet mutasaddilari Buxoroda sun’iy inqilob tayyorlash, bu ning 

uchun Turkistondan panoh topgan ko‘p son li buxorolik muho jir larni 

ishga solish, ulardan ko‘plab inqilobchi kuchlar yetishtirish va ularni 

tashkillashtirish harakatida bo‘ldilar. 1918-yil sentabrida Tosh kentda 

Buxoro muhojirlari tomonidan Bu xoro Kompartiyasi va uning Mar-

kaziy Qo‘mitasi tuziladi (uning raisi A. Yoqubov, o‘rin bo  sari M. Qul-

muhammedov). 1920-yil yan 

varida Tosh 

kentda F. Xo‘ 

 ja yev bosh-

chiligida «Yosh buxorolik in qilob  chilar partiya si ning Turkiston Mar-

kaziy byurosi» tashkil eti la di va Turk komissiya, RSFSR hukumati 

tomonidan e’tirof qilinadi.

«Yosh buxoroliklar» partiyasi ishlab chiqqan 



dasturda tez vaqt 

ichi da despotik tuzumni tugatish, mamlakatda demokratik res publika 

tuzish va keng xalq ommasining tub manfaatlarini ko‘z lab ko‘plab 

ijtimoiy-demok ratik o‘zgarishlarni amalga oshirish vazi falari bayon 

etilgan edi.

«Yosh buxoroliklar» tashabbusi bilan 1920-yil iyundan Tosh-

kent da chiqa boshlagan «Uchqun» gazetasida ham ilg‘or demok ratik 

g‘oyalar ilgari surildi. Buxoro xalqi amirning hokimi mutlaq tuzu-

mini ag‘darib tashlash uchun faol kurashga da’vat etib borildi.

Sovet hokimiyatining asl maqsadi Buxoro amirligini ag‘darish 

edi. Uning rasmiy hujjatlari, ko‘rsatmalarida amirlikka qarshi kurash 

quyidan, mahalliy kuchlar tomonidan boshlanishi uqdirilgan edi. 

Shu bilan birga, amirlikni ag‘darish uchun zarur harbiy tayyorgarlik 

ham ko‘rildi. Frunze boshliq Turkiston fronti qo‘mon do nligi tomo-

nidan 1920-yil iyun o‘rtalaridayoq zamonaviy qurol-aslahalar bilan 

qurollangan Qizil Qo‘shinlar Buxo ro chegara lariga keltirib qo‘yil-

gan edi. Ayni paytda, amirlikni ag‘da rish uchun M. Frunze, V. Kuy-

bishev, N. To‘raqulov, N. Husainov, F. Xo‘jayev lar dan iborat Har-



biy-inqilobiy byuro tashkil etildi.

1920-yil 29-avgustda Chorjo‘yda amir tuzumiga qarshi g‘ala-

yon boshlandi va Beshim Sardor boshchiligidagi kuchlar avvaldan 

belgilangan kelishuvga binoan, darhol Sovet hukumatidan «yor dam 

so‘rab» murojaat qildi. Bu Sovet Qo‘shinlarining Buxoroga qar shi 

urush harakatlari boshlashiga bahona bo‘ldi.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Sovet Qo‘shini ixtiyorida shu davr-

da 10 ming qizil askar, 40 ta to‘p, 230 ga yaqin pulemyot, 10 ta zirhl i 

avtomobil, 5 ta zirhli poyezd va 12 ta samolyot bor edi. Shu n ing dek, 

Turkiston fronti qo‘shini bilan birga hujum harakat lari da 5 mingga 



248

yaqin buxorolik «inqilobchi tuzilmalar» ham ishtirok etdilar.

Amir lashkari son jihatidan ko‘p bo‘lgani bilan (20 mingga yaqin), 

biroq uning qurollanish darajasi qizillarga nisbatan ancha zaif edi. 

Hujumga tashlangan Sovet Qo‘shinlari amirlikning Chor jo‘y, Qarshi, 

Kitob, Shahrisabz

 va boshqa hududlarini egallab, Bu xo ro tomon siljib 

bordilar. Shahar ko‘p bor havodan bombardimon qilindi. Uning 

ko‘p lab noyob osori-atiqalari, tarixiy obidalari vayron etildi.

Amir Olimxon 1920-yil 2-sentabrda Buxoroni tark etishga maj-

bur bo‘ldi. Poytaxt Sovet Qo‘shinlari tomonidan egallangach, hoki-

miyat Muvaqqat Butun Buxoro Inqilobiy Qo‘mitasi qo‘liga o‘tdi.

1920-yil 14-sentabrda BKP MQ va Muvaqqat Butun Buxoro 

In qi lo   biy Qo‘mitasining birlashgan majlisi bo‘ldi. Majlisda A. Muhit-

dinov boshchiligida qonun chiqaruvchi oliy organ Butun  Buxoro 

Inqilobiy Qo‘mitasi va Fayzulla Xo‘jayev raisligida Xalq Nozirlar 

Kengashi (hukumat) tuzildi

. O‘sha yilning 6–8-oktabr kunlarida 

I Butun Buxo ro qurultoyi bo‘lib o‘tdi. Unda Buxoro Xalq Sovet 



Respub li ka  si tash kil etilganligi e’lon qilindi.

1921-yil 4-martda Moskvada BXSR va RSFSR o‘rtasida Itti-

foq shartnomasi va iqtisodiy bitim imzolandi. Bu esa Rossiya Fe de-

rat siyasi va uning Turkistondagi vakolatli namoyandalariga Buxo ro 

Respub likasi ichki ishlariga bevosita aralashish, u yerdagi o‘zga rish-

larni nazorat etish va uni aniq sotsialistik maqsadlar sari yo‘nal tirish 

uchun keng imkoniyatlar ochib berdi. Shuningdek, Buxoro Xalq Sovet 

Respublikasining asosiy rahbar tashkiloti – Buxoro Kompartiya si, 

RKP(b)ning viloyat tashkiloti maqomida fa oli yat yurit di.

RKP(b) MQ 1922-yil mayida «Turkiston–Buxoro ishlari ha qi-

da» qaror qabul qildi. Unda O‘rta Osiyoda, jumladan, Buxoroda 

ja dal lik bilan «sotsialistik tuzumni mustahkamlash» qat’iy uqtiril-

di. Shuningdek, RKP(b) MQning 1923-yil 12-iyunda qabul qilgan 

Buxoro masalasiga doir maxsus qarori ham bu davlatning ichki ishla-

riga qo‘pollik bilan aralashish edi. Negaki, unda Buxoroning rivoj-

lanish jarayonini «sotsialistik izga» burib yuborish maqsadi ko‘zda 

tutilgandi. Buxoro xalqining tub milliy manfaatlari yo‘lida fi doyilik 

bilan faoliyat yuritgan, inqilobiy harakat larning faol ishti rok chilari-

dan bo‘lgan A. Fitrat, M. Aminov, Otaxo‘jayev, Yoqubzoda va bosh-

qalar Moskva vakillarining talabi bilan respublika hukumati tarkibi-

dan chetlatildi.

Buxoro XSRning 1921-yil sentabrda qabul qilingan Konstitutsiya-

si ham RSFSR Konstitutsiyasi andozasida tuzilgan edi. Hu kmron 


249

Markaz tashabbusi bilan 1923-yil martida O‘rta Osiyo Iqtisodiy 

Kengashining tuzilishi va uning tarkibiga Buxoro XSRning ham jalb 

qilinishi, uning iqtisodiy mustaqilligining asta-sekin qo‘l 

dan boy 

berilishiga sabab bo‘ldi. Moskva tazyiqi ostida bu hududda sotsia-

listik o‘zgarishlar izchil amalga oshirildi. 1924-yil sentabrda bo‘ lib 

o‘tgan V Butun Buxoro qurultoyi BXSRni Buxoro Sovet Sotsial is tik 



Respub likasi deb e’lon qildi. 

5. Turkistonda Sovet tuzumiga qarshi qurolli harakat

Qurolli harakatning 

yuzaga kelish sabablari

    Turkistonning ya 

qin o‘tmishi ta 

ri  xi   da 

yor qin sahifa ochgan, fojiali vo 

qea  larga 

to‘ lib-toshgan Sovet hoki 

mi  yatiga qarshi 

ko‘tarilgan bu qurolli harakatning mazmun-mohi yatini sovet mus-

tamlakachilari muttasil buzib, soxtalashtirib kel  dilar. U sovet tarix-

shunosligida «bosma chi lar hara kati», «aksilin qilobiy kuchlar bosqi-

ni», «bir to‘da yurt buz g‘un   chilari harakati» sin gari nomlarda ta’rif-

lab kelindi. Biroq xalqimiz 

da «oyni etak bilan yopib bo‘lmaydi» 

de yilganidek, ulug‘ ajdodlari mizning Vatan, elu yurt erki, ozodligi va 

mustaqilligi uchun olib bor gan bu mardona ku rashi to‘g‘risidagi tari-



xiy haqiqat milliy istiq lol sharofati bilan to‘liq tiklanib, o‘z haqqo-

niy, xolis bahosini topdi. Bu harakat sovetlar mafkurasi to‘qib chiqar-

gan shunchaki «bosma chilar» harakati emas, balki Sovet hokimiyati-

ning zo‘ravon likka asoslangan siyosati va amaliyotiga qurolli qarshi-

lik ko‘rsatish harakatidir.

Xo‘sh, bu harakatning Turkiston zaminida yuzaga kelishining 

mu him ijtimoiy omillari, sabablari nimalardan iborat edi? Nega



Download 3.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling