O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi q. Usmonov, M. Sodiqov


Download 3.12 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/49
Sana02.12.2017
Hajmi3.12 Mb.
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   49

Nazorat savollari

1. 1917-yilgi fevral inqilobi Turkistonning ijtimoiy-siyosiy ha yo-

ti  da qanday o‘zgarishlarni yuzaga keltirdi?

2. «Sho‘royi Islomiya» tashkiloti qanday maqsadlar yo‘lida tash-

kil etil gandi? Uning faoliyati haqida nimalarni bilasiz?

3. Qanday kuchlar «Sho‘royi Ulamo» tashkilotini tuzdilar?

4. Nima sababdan «Sho‘royi Islomiya» va «Sho‘royi Ulamo» 

o‘rtasida bo‘ li nish yuz berdi?

5. Umumturkiston musulmonlari I qurultoyida qanday masala-

lar hal qilindi?

6. Umumturkiston musulmonlari II qurultoyi haqida nimalar-

ni bilasiz?

7. Turkistonda Sovet hokimiyati qay tarzda yuzaga keldi?

8. Turkistonda tuzilgan birinchi Sovet hukumati – Xalq Komissar-

lari Soveti tarkibini siz qanday baholaysiz?

9. Turkiston Muxtoriyati tuzilishini taqozo qilgan asosiy omillar 

deb nima lar ni bilasiz?

10. Turkiston Muxtoriyati zimmasiga qanday tarixiy vazifalar 

yuk  langan edi?

11. Turkiston Muxtoriyatini halokatga olib kelgan asosiy sabablar 

nimalardan iborat?

12. Turkiston Avtonom (Muxtor) Sovet Sotsialistik Respub lika si-

ning tuzilishi qanday maqsadlarni ko‘zda tutardi?

13. Nima uchun Farg‘ona vodiysi sovetlar zo‘ravonligiga qarshi 

qurolli harakatning asosiy markazlaridan biriga aylangan?

14. Qarshilik harakatining taniqli namoyandalari kimlar?

15. 1917-yilgi fevral va oktabr o‘zgarishlari ta’sirida Xiva va Bu -

xoroda ijtimoiy-siyosiy vaziyat qay tarzda rivojlanib bordi?

16. «Yosh xivaliklar»ning maqsadi nimalardan iborat edi?

17. Xiva xonligi qanday yo‘sinda tugatildi?

18. «Yosh buxoroliklar» kimlar? Ularning rahnamolaridan kimlar-

ni bilasiz?

19. Buxoro amirligi qanday ag‘darildi?

20. Xiva xonligi va Buxoro amirligi o‘rnida qanday respublika-



259

lar tuzildi?



XII bob. SOVET HOKIMIYATINING O‘ZBEKISTONDA 

AMALGA OSHIRGAN IJTIMOIY-SIYOSIY, IQTISODIY, 

MA’NAVIY-MADANIY TADBIRLARI VA ULARNING 

MUSTAMLAKACHILIK MOHIYATI

(1920–1940-YILLAR)



Tayanch so‘z va iboralar: Shovinistik milliy siyosat. Milliy davlat 

chegaralanishi. O‘zbekiston SSR. Yer-suv islohoti. Industrlashtirish. 

Yop pa siga jamoalashtirish. Xalq xo‘jaligini qayta tiklash. San’at. 

Sa noat. Transport. Paxta yakkahokimligi. Orol fojiasi. Madaniy-ma’-

naviy siyosat, xalq ta’limi. Ilm-fan. «Hujum» harakati. Adabiyot. 

1. Markaziy Osiyoda o‘tkazilgan milliy-davlat chegaralanishi.

O‘zbekiston SSRning tuzilishi

Milliy

siyosat

 

   Turkiston xalqlari o‘z milliy davlat 



chili gi ni 

tik  lash va ri voj lantirishga intildi. 1920-yil yan-

varida bo‘lib o‘tgan Turkiston Kom par tiya si ning 

V o‘lka konferensiyasida Turkiston AS SR MIQ Raisi T. Ris qu lov 

so‘zga chiqib, «Yagona Turkiston g‘o ya si»ni ilgari surdi, aso san, tur-

kiy xalqlardan iborat Turkiston ASSR ni Turk Res publikasi, Turkis-

ton Kompartiyasini Turk Kompartiyasi deb o‘zgarti rishni taklif qildi. 

Bu tak liflar konferen siyada, shuning dek, o‘lka ijtimoiy-siyosiy hayo-

tida, RKP(b) Markazqo‘mi, uning siyosiy byurosi, Sovet hokimiyati 

doiralarida turli bahslarga sabab bo‘l di.

T. Risqulov, N. Xo‘jayev va boshqalardan iborat delegat siya Mos-

kvaga borib, Sovet hukumati oldiga Turkkomissiyani tugatish, Tur-

kistonga o‘z qurolli kuchlariga ega bo‘lish huquqini berish, Sharq 

mamlakatlari bilan aloqa o‘rnatishda Turkiston hukumatiga mus-

taqillik berish kabi talablarni qo‘ydilar. «Turkiston masalasi» bir 

necha bor markazda, RKP(b) Markaziy Qo‘mitasi siyosiy byurosi-

ning 1920-yil mart-iyun oylaridagi majlislarida mu ho kama qilindi. 

RKP(b) Markaz qo‘shini siyosiy byurosi turkiston lik delegatsiya ilti-

mosnomasiga ijobiy baho bermadi. Bu ning aksicha, Sovet hukumati 

va partiya rahbariyati o‘lkadagi vaziyatni zudlik bilan bartaraf etish 

uchun shoshilinch tarzda «RKP(b)ning Tur kiston dagi asosiy vazi-

falari to‘g‘risida» degan nom ostida bir necha qa rorlar qa bul qildi. 



260

Jumladan, o‘lka hayoti ustidan nazoratni kuchaytirish, Sovet hoki-

miyati negizlarini mustah kam lashga qaratil gan «Tur kis ton da hoki-

miyatni tashkil etish to‘g‘ risi da» maxsus qaror qabul qilindi. Unda 

Turkistonda Butun Rossiya Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi, RSFSR 

Xalq Komissarlari Soveti va RKP(b) Markaziy Qo‘mi ta si ning doi miy 

vakolatxonasi bo‘lishi zarur, deb ko‘rsatildi. Unda, shuningdek, fede-

ral hukumat bilan Tur kistonda mahalliy davlat ho kimiyati organlari-

ning vazifalari doirasi aniq-ravshan belgilab qo‘yil di. Shunday qilib, 

o‘lka xalqlarining o‘z taqdirini o‘zi belgilash, o‘z milliy davlatchili-

gini o‘z xohish laricha, huquqiy asos da tashkil qilish borasidagi yana 

bir urinishi barham topdi.



SSSRning tashkil 

etilishi

      Bolsheviklar boshliq sovetlar hokimi ya ti so -

biq imperiya hududlarida vujudga kel gan mus-

taqil so 

vet respublikalari jilo 

vi ni o‘z qo‘liga 

olish maqsadida Sovet Res 

 pub    likalari Ittifoqini tu 

zish  ga, ularni 

RSFSR atrofiga jips lashtirishga asosiy e’tibor qaratdi. RSFSR huku-

mati 1918–1920-yil 

lar da yangi sovet respublikalariga diplo 

ma tik, 

siyosiy-iqtisodiy, har biy, moliyaviy ta’sir o‘tkazib bordi.

1922-yil 26-dekabrda Butun Rossiya Sovetlarining X syezdi so vet 

respublikalarini yagona Sovet davlatiga birlashtirishni zarur deb top-

di. Syezd o‘zi saylagan delegatsiyaga USSR, BSSR va ZSFSR de le-

gatsiyalari bi lan birgalikda «Sovet Sotsialistik Respub likalari Ittifoqi-

ni tashkil etish to‘g‘ ri sidagi Deklaratsiya» loyihasini ishlab chi qish va 

Ittifoq Shartnomasini tayyorlashni topshirdi.

1922-yil 29-dekabrda Moskvada to‘rt respublika vakolatli dele-

gatsiyalarining konferentsiyasi bo‘lib o‘tdi. Konferentsiya SSSRni 

tuzish to‘g‘risida RKP(b) Markaziy Qo‘mitasi plenumi tasdiqlagan 

Deklaratsiya va Shartnoma loyihasini muhokama qilib, uni maqul-

laydi. 30-dekabrda uni to‘rt respublikaning vakolatli delegatsiya lari 

imzoladilar.

1922-yil 30-dekabrda Moskvada Butunittifoq sovetlarining 

I syez di o‘z ishini boshladi. Syezd RSFSR, USSR, ZSFSR va BSSR 

so vetlari syezd lari saylagan vakolatli delegatlari imzolagan SSSRni 

tu  zish to‘g‘risidagi Deklaratsiya loyihasini ko‘rib chiqib, Deklara-

tsiya va Ittifoq Shartnomasini tasdiqlaydi.

Syezd yangi ittifoq – SSSRning yuqori hokimiyat organlari – 

Mar  kaziy Ijroiya Qo‘mitasini va hukumatini tuzdi. SSSR MIQ 4 

nafar rais (har bir respublikadan bittadan) – RSFSRdan M.I. Kali-

nin, Uk raina dan G.I. Pet  rov skiy, Belorussiyadan A.G. Chervyakov, 


261

ZSFSRdan N.N. 

Nari 

manovdan iborat MIQ Rayosatini sayladi. 



V.I. Le nin SSSR hukumati – Xalq Komissarlar Soveti Raisi etib tas-

diqlandi. Shun day qilib, 1922-yil 30-dekabrda SSSR tuzildi.

Bu Ittifoqqa asos solgan dasturilamal hujjatlar va g‘oyalar

teng   lik, barobarlik tushunchalarini aks ettirmasin, biroq amalda u 

hukm  ron Markaz uchun butun-butun xalqlarning taqdir-qismati, 

inon-ix ti yori ni tamomila o‘z tasarrufiga bo‘ysundirishga xizmat qil-

gan tuzoq ro‘lini o‘tab keldi.

Markaziy Osiyoda milliy- 

davlat chegaralanishi

      Ma’lumki, Markaziy Osiyo hududida 

qadim-qadimdan tili, dini, tarixi, mada-

ni   y ati, an’analari bir-biriga juda yaqin 

qar dosh va qondosh xalqlar yashab kelgan. Bu yerda isti qomat qilgan 

o‘zbeklar, turkmanlar, tojiklar, qozoqlar, qirg‘izlar, qoraqal poq  lar-

ning xo‘jalik hayoti, turmush tarzi, udumlari ham bir-biriga o‘x  shash 

bo‘lib, ular ham shu muqaddas ona-zaminni o‘zlarining asl Vatanla-

ri deb bilganlar.

Biroq Sovet hokimiyati arboblari tarixan bir yagona hududda 

ya shab kelgan birodar xalqlarni bir-biridan ajratib tashlash, ular-

ning birlashib, yagona davlat tuzishlariga izn bermaslik uchun bar-

cha choralarni ishga soldi. Turkistonni milliy o‘ziga xoslik, til birligi 

asosida bo‘lib tashlash g‘oyasi ilgari surildi. Markaz buyrug‘ini baja-

rishga da’vat etilgan Turkiston ishlari bo‘yicha Turkkomissiya zim-

masiga o‘lkada, milliy-davlat chegara lanishini o‘tkazish va shu asos-

da, bu hududda, bir qator sovet milliy va mux tor respublikalarini tas-

hkil qilish vazifasi yuklangan edi.

Markaz mo‘ljallayotgan milliy siyosatning mazmuni, mohiyati dan 

xabar dor bo‘lgan Turkistonning ilg‘or ziyolilari, uzoqni ko‘ra bil gan 

do nish mand arboblari o‘lka birligi, yaxlitligini, uning qardosh xalq-

lari jipsli gini zo‘r berib himoya qilishga urindilar. Biroq o‘lka jilovi-

ni qo‘lda mah kam tutgan bolshevik mutasaddlar ularning haqqoniy 

fikrlarini hisobga olmadilar. Aksincha, yagona va mustaqil Turkiston 

g‘oyasi uchun kurashgan vatanparvar kuchlar, milliy ziyolilar millat-

chilikda, turkpa rastlikda va Sovet hokimi yatiga qarshilikda ayblan-

dilar. Shunday qilib, Markaziy Osiyoni milliy-hududiy jihatdan alo-

hida respublikalarga bo‘lib tashlash masalasi bir necha bor Markaz-

da, Turkiston, Buxoro, Xorazm Respub lika lari da, ularning Kompar-

tiyalari plenumlarida, shuning dek, ular ning faoliyatini muvofiqlash-

tirib turuvchi organ – RKP(b) MQ O‘rta Osiyo byurosi plenumi-

da muhokama etilib, mahalliy xalqqa kuchli bosim o‘tkazib boril-



262

di. Shu bilan birga, 1922–1923-yillarda mahal liy millatlarning bir 

qa tor rahbar xodimlari Sovet hokimiyatining Turkis ton, Buxoro va 

Xorazm Respublikalarida olib borilayotgan milliy siyosatiga ochiq-

dan ochiq norozilik bildira boshladilar. Am mo ularning qarashla-

ri noto‘g‘ri topilib, o‘zlari faol siyosiy hayotdan chetlatila boshlan-

di. RKP(b) MQ, uning O‘rta Osiyo byurosi Turkiston, Buxoro va 

Xo razm Kompartiyalari faoliyatiga tazyiq o‘tkazib, milliy-hududiy 

chegaralash o‘tkazish siyo sati ni ma’ qullab qaror qabul qilishlariga 

erishib bordi.

Milliy-hududiy chegaralanish masalasi 1924-yil 5-aprelda RKP(b) 

MQ siyosiy byurosida, 11-mayda RKP(b) MQ O‘rta Osiyo byuro-

sida ko‘rib chiqildi. Unda O‘rta Osiyo Respublikalarida milliy-hu -

du diy chegaralash loyihasini tayyorlovchi maxsus komissiya tu zil  di. 

Loyiha RKP(b) O‘rta Osiyo byurosining 1924-yil 2-iyun da gi yig‘ili-

shida muhokama etilib, ma’qullandi.

Bundan norozi bo‘lgan mahalliy aholi vakillari, xususan, Xo razm 

Respublikasining bir guruh mas’ul xodimlari, chunonchi, XKP MQ 

kotibi Odinayev, Ichki ishlar noziri Abdusalomov, Turkiston va 

Buxoro vakillari: S. Xo‘janov, S. Asfandiyorov va boshqalalar ya go na 

Turkistonni bo‘lib tashlash maqsadga muvofiq emas, deb e’tiroz bil-

dirdilar. Shuningdek, 1924-yil 8-mayda RKP(b) Markaziy Qo‘mi ta-

siga «Xorazmda milliy masalani hal etish to‘g‘risida xat» kelib tush-

di. Bu xatda ham Xorazm Respublikasini bo‘lib yuborish maq sadga 

muvofiq emasligi aytilgan edi. Ha, o‘lka xalqlari milliy che ga ra lanish 

siyosatiga qat’iyan qarshi edilar, biroq mahalliy xalq larning talab va 

takliflari inobatga olinmadi. Aksincha, 1924-yil 12-iyul da RKP(b) 

MQ siyosiy byurosi «O‘rta Osiyo Respub likalarida milliy chegara-

lanish to‘g‘risida»gi masalaga yana qaytib, uni o‘tkazish to‘g‘risida 

qaror qabul qildi. 1924-yil 25-sentabrda RKP(b) MQ siyosiy byuro-

si 9- va 11-oktabrda RKP(b) Markaziy Qo‘mitasi bu masa la ni ko‘rib 

chiqib, milliy chegaralanishni rasmiylashtirishni maqsadga muvofiq, 

deb topdi. Bu qaror 14-oktabrda SSSR Markaziy Ijroiya Qo‘mita-

si tomonidan ham ma’qullandi. Nihoyat, 1924-yilning 27-oktabri-



da bo‘lib o‘tgan SSSR  Marka ziy Ijroiya Qo‘mitasi II sessiyasida 

O‘rta Osiyoda milliy-davlat che ga ralanishi o‘tkazish tadbirlari to‘la 

ma’qullandi.

Shunday qilib, Markaziy Osiyo hududidagi Turkiston ASSR, Bu -

xo ro va Xorazm Respublikalari o‘rnida oltita milliy dav lat bir lash  -

ma lari tashkil etildi.



 O‘zbekiston SSR.



263



 Turkmaniston SSR.



 O‘zbekiston SSR tarkibida Tojikiston ASSR.



  Qirg‘izlar yashagan hududlar RSFSR tarkibida Qoraqirg‘iz 

(Qir g‘ i  zis  ton) muxtor viloyati.



 Qozoqlar yashaydigan tumanlar RSFSR tarkibida Qozog‘iston 

ASSR.



 Qoraqalpoqlar yashaydigan hududlar Qozog‘iston ASSR tarki-



bi da Qoraqal poq muxtor viloyati.

Natijada, yagona Turkiston xalqlari bir-biridan sun’iy ravish da 

uzoq lashtirildi. Bu hol sovetlarga o‘lkada o‘z hokimiyatini mus tah-

kam lash uchun katta imkoniyatlar yaratib berdi.



O‘zbekiston SSR

      1924-yilda Milliy chegaralanish natijasida 



O‘zbekis ton SSR tashkil etildi. O‘zbekiston 

SSR hududida butun hokimiyat O‘zbe kiston SSR Sovetlarining ta’sis 

qurultoyiga qadar Muvaqqat Inqilobiy Qo‘mita ixtiyoriga berildi. 

Sobiq Buxoro Respublikasi Hukumati Raisi, taniqli davlat arbobi 



Fay zulla Xo‘jayev O‘zbekiston SSR In qilo  biy Qo‘mi tasi Raisi etib 

tasdiq landi. O‘zbekiston SSR tar kibiga quyidagi hu dudlar kiritildi:



 sobiq Turkiston ASSRdan 9 ta uyezd, 133 tuman va 7 qishloq 

ok rugi;




 sobiq Buxoro Respublikasining 9 ta tumani;



 sobiq Xorazm Respublikasining 23 ta tumani.

O‘zbekiston SSR tashkil etilgan paytda uning hududi 312 394 

kv · km ni, aholisi 4 mln 447 ming 55 kishini tashkil etar edi. 1926-yil 

ma’lu motlari bo‘yicha milliy tarkibiga ko‘ra aholining 74,2 foizini 

o‘zbeklar, qolganlarini esa boshqa xalqlar vakillari tashkil etar edi.



1924-yil 5-dekabrda Inqilobiy Qo‘mita butun O‘zbekiston xalqi-

ga murojaat qilib, O‘zbekiston SSR tuzilganligini, uning tar kibi ga 

Tojikiston ASSR kiritilganligini ma’lum qildi.  Milliy chegara la nish 

bilan bir vaqtda, iqtisodiy bo‘linish ham o‘tkazildi. Sobiq Turkis-

ton, Buxoro, Xorazm Respublikalariga tegishli barcha boyliklar yan-

gi milliy respublikalar o‘rtasida qayta taqsimlandi. Bu ishlar Sovet 

hukumati tomonidan maxsus tuzilgan O‘rta Osiyo tugatish komis-

siya si boshchiligida amalga oshirildi.

1925-yil 13–17-fevral kunlari Buxoroda O‘zbekiston SSR Sovet -

larining I qurultoyi bo‘lib o‘tdi. «Xalq uyi»da Butuno‘z bek Sovet lari 

I qurultoyi ochildi. Qurultoy «O‘zbekiston Sovet So tsialistik Respu-



blikasi tuzilganligi to‘g‘risidagi Deklarat siya»ni qa bul qildi. Qurul-

toyda Davlat hokimiyati oliy organlari tuzilganligi rasmiy lashtirildi. 



264

O‘zbekiston SSR Sovetlari MIQ raisi lavozimiga farg‘onalik dehqon, 

«Qo‘shchi» uyushmasi rahbarlaridan biri Yo‘ldosh Oxun 

boboyev 


saylandi. O‘zbekiston SSR hukumati – Xalq Komissarlari Kengashi 

Raisi lavozimiga Fayzulla Xo‘jayev tas diq landi. Samarqand shahri 

O‘zbekiston SSRning poytaxti etib bel 

gi  landi. 1930-yilda poytaxt 

Toshkentga ko‘chirilgan.

Milliy chegaralanish davrida O‘rta Osiyoda faoliyat ko‘rsatib 

kel gan partiya, komsomol va xo‘jalik tashkilotlarida ham bir qator 

tashkiliy o‘z ga rishlar amalga oshirildi. Sobiq Turkiston, Buxoro va 

Xo razm Kom munistik partiyalari, komsomol va xo‘jalik tashkilot-

lari, kasaba uyush malari qayta tashkil etildi.

O‘zbekiston Kompartiyasi I ta’sis syezdi 1925-yil 8–12-fev   ral   da 

Buxoroda bo‘lib o‘tdi. Syezdda O‘zbekiston Kommunistik (bolshe-

viklar) partiyasi tashkiliy jihatdan rasmiylashdi. Uning Markazqo‘mi 

saylandi. V.I. Ivan ov va A. Ikromov (1927-yildan birinchi kotib) Mar-

kaziy Qo‘mi taning Mas’ul kotiblari etib say landilar. Shu yili O‘z-

bekiston komsomoli (O‘zLKSM), respublika Kasa ba uyushmalari, 

ularning rahbar organlari ham tuzildi.

1925-yil may oyida O‘zbekiston SSR Sovet Sotsialistik Respublika-

lar Ittifoqi (SSSR) tarkibiga kiritildi. SSSR Konstitutsiya si, uning 

asosiy qonun-qoidalari O‘zbekiston SSR hududida ishlaydigan bo‘l-

di. 1927-yilda qabul qilingan O‘zbekiston SSRning birinchi va 1937-

yil  dagi ikkinchi Konstitutsiyasi ham amalda SSSR Konstitutsiya-

sining ko‘chirma nusxasi edi. Chunki O‘zbekiston qog‘ozda «suve-

ren» respublika bo‘lib, amalda Markazga tobe bir o‘lka edi, xo los. 

U o‘z xalqining milliy manfaatlariga oid biror-bir dolzarb, hayo-

tiy ahamiyatga molik masalani mustaqil hal eta olmasdi. Bino-

ba   rin, Respublikaning ichki va tashqi siyosatiga daxl 

dor barcha 

ma sa  lalar faqat Markaz xohish-irodasi bilangina hal etilardi.

Hatto, O‘zbekistonning ma’muriy-hududiy tuzilishiga oid masalalar 

ham Ittifoq hukumati tasarrufida edi. Masalan, 1929-yilda Tojikis-

ton ASSR O‘zbekiston SSR tarkibidan chiqarilib, Tojikiston SSR-

ga aylantirildi hamda SSSR tarkibiga olindi. Shuningdek, 1936-yil-

ga kelib, avval Qozog‘iston ASSR, keyin RSFSR (1932–1936-yil) 

tar kibi da bo‘lgan Qoraqalpog‘iston muxtor viloyati Muxtor Sovet 

Sotsialistik Respublikasiga aylantirilib, O‘zbekiston SSR tarkibiga 

kiri t ildi. Shunday qilib, qog‘ozda suveren respublika sifatida shakl-

lantirilgan hukmron sovet imperiyasi tarkibiga kirgan O‘zbe kiston 

SSR amalda Markazga to‘la bo‘ysunuvchi, ar zon xomashyo mahsu-


265

lotlari yetkazib beruvchi o‘lka bo‘lib qolaverdi.



2. Sovetlarning O‘zbekistonda yuritgan iqtisodiy siyosati,

uning mustamlakachilik mohiyati

XX asr 20-yillari boshlariga kelganda o‘lka hayoti, yerlik aholi-

ning maishiy-turmush tarzi nochor ahvolda edi. I jahon urushining 

og‘ir asoratlari, yangi sovet tuzumini o‘rnatishda bolshevik hukm-

dor larning mahalliy aholiga nisbatan qo‘llagan zo‘rlik siyosati oqi ba -

tida sanoat izdan chiqqan, transport va aloqa vositalari ishla mayot-

gan, ekin maydonlari payhon bo‘lib ketgandi. O‘lkada ochlik, qash-

shoq lik, ommaviy ishsizlik hukm surardi.

Buning ustiga sovetlar hokimiyati tomonidan ishlab chiqilib 

hayotga zo‘rlik bilan joriy etilgan oziq-ovqat razvyorstkasi dehqonlar-



ning ortiqcha g‘allasini qat’iy belgilangan narxini to‘lab tortib olish 

va u bilan uyg‘un lashgan «harbiy kommunizm» siyosati o‘lka hayoti-

ni yana ham mushkul ahvolga solib qo‘ydi. 

«Yangi iqtisodiy

siyosat»

      1921-yil mart oyida bo‘lib o‘tgan 

RKP(b) X syezdi belgilab bergan «Yangi 

iq ti  so diy siyosat» (NEP)ni joriy etishga 

qa ror qi 

li na di. Bu siyosatning muhim bo‘g‘inlari oziq-ovqat 

razvyorstka sini oziq-ovqat solig‘i bilan almashtirish, savdo-sotiqni 

erkin lash tirish, sa no atda, mayda hunarmandchilik va boshqa soha-

lar da xu su siy tadbirkor likka ruxsat berish, bozorni tartibga solish, 

yollan ma mehnat cheklanishini bekor qilish dan iborat bo‘ldi.

«Yangi iqtisodiy siyosat»ning bosh maqsadlaridan biri – bu deh-

qon xo‘ ja li gini oyoqqa turg‘izish, uni rivojlantirish edi. Negaki, busiz 

sanoatni ham, xalq xo‘jaligining boshqa sohalarini ham yuk sal  tirib, 

yetarli xomashyo bazasini yaratib bo‘lmasdi. Oziq-ovqat solig‘i tala-

biga ko‘ra, ekish mavsumi oldidan yakka dehqon xo‘jaligi bilan dav-

lat o‘rtasida mah sulot yetkazib berish majburiyati to‘g‘risida shartno-

ma tuziladigan bo‘l di. Bu esa dehqonlarni yerdan ko‘ proq hosil olish 

uchun astoydil mehnat qilish ga, o‘z mehnatidan manfaatdor bo‘lish-

ga undardi. Dehqonning ortiq cha g‘allasi tortib olinmaydigan bo‘ldi, 

o‘zi yetishtirgan mahsulotni bozor da erkin so tish huquqi berildi.

1921-yil aprelda Turkiston ASSR Markaziy Ijroiya Qo‘mita-

si oziq-ovqat, yem-xashak va xomashyo razvyorstkasini mahsulot 

so lig‘i bilan almashtirish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Unda 1921–

1922-yillar uchun soliq miqdori belgilandi. Turkiston mehnat kash-

laridan olinadigan soliq markaziy rayonlardan farqli o‘laroq yil oxi-


266

rida yig‘ib olingan hosil miqdoriga qarab emas, balki ekilgan yer-

ning har desyatinasi, shuningdek, qoramol va mayda mollar hi so-

bidan olinadigan bo‘ladi. Bu esa Turkiston dehqonlarning kams i ti-

lishini bildirardi.

Bundan tashqari, Sovet hukumati o‘lkada, birinchi navbatda, 

o‘zi uchun zarur bo‘lgan tarmoqlarni, chunonchi, paxta, qand lavla-

gi, tamaki va bosh  qa texnik ekinlarni rivoilantirishga alohida e’tibor-

ni qaratdi. Yordam ko‘r  satish bahonasida 300 000 dan ortiq ishchi va 

dehqon oilalari Rossiya markaziy rayonlaridan Turkis tonga keltiri-

lib joylashtirildi.

«Yangi iqtisodiy siyosat» asosida sanoatni xo‘jalik hisobiga o‘tka-

zish jarayoni amalga oshirib borildi. Bu esa sanoat korxonalari ishlab 

chiqarishining biroz bo‘lsa-da, jonlanishiga olib keldi. Mayda va o‘rta 

sanoat korxonalari, yirik kooperativ tashkilotlari va ular ning birlash-

malari tad bir korlarga ijaraga berildi. O‘lkada yangi sanoat korxo-

nalari, temiryo‘llar qurildi. Xilkovo sement zavodi, Farg‘ona pillachi-



lik fabrikasi, Toshkent guruch zavodi, Qizilqiya, Xilkovo temiryo‘l 

shoxobchalari shu lar jumlasidandir.

O‘lkada, ayniqsa, paxtachilik va u bilan bevosita bog‘liq bo‘l gan 

pax ta tozalash korxonalari tez sur’atda o‘sdi. Bu Markaz to‘qima  -

chilik sanoati ning o‘zbek paxtasiga talab-ehtiyoji ortib borayotga-

niga ko‘p jihat dan bog‘liq edi. Natijada, paxta ekiladigan maydon-

lar 1924-yilda 1921-yilga nisbatan 3 barobar ko‘paydi. Ish lab turgan 

sanoat korxonalari soni 144 taga yetdi. Birgina paxta tozalash sanoa-

tida yalpi mahsulot ishlab chiqarish 1923-yildagi 23,9 mln so‘mdan 

1924-yilda 57,8 mln so‘mga yet di. Bundan ko‘rina diki, Yangi iqtiso-

diy siyosat asosida Turkiston sanoati tiklanib, sezilarli darajada rivo-

jlana boshladi. Biroq partiya va Sovet hukumati: ««Yangi iqtisodiy 

siyosat» Tur kis tonda sinfiy kurashning keskin lashuviga olib kelmo-

qda, ma hal liy boy lar, milliy burjuaziya qoldiqlari, yirik savdogar-

lar, musulmon ruhoniylari va boshqa ekspluatator unsurlar jonlan-

moqda», – deb ularga qarshi mafkuraviy tashviqot va targ‘ibot 

ishlari ni kuchaytirib yubordi. Bu hol o‘lkada «Yangi iqtisodiy siyo-

sat» yo‘lidan chekinishga olib keldi. Dehqonga berilgan imtiyozlar 

qaytarib olindi. Ular qish loq xo‘jalik artellariga birlashtirila boshlan-

di. Sanoatni milliylash tirish jarayoni avj ol diril di. Ayniqsa, 20-yillar-

ning oxir lariga kelib Ittifoqning, shu jumladan, O‘zbekistonning ijti-

moiy-siyosiy va iqtisodiy-madaniy hayotida ma’mu riy-buyruqbozlik 

bosh  qaruvi tizimi ning kuchayishi natija si da «Yangi iqtisodiy siyosat» 


267

o‘z mazmuni va mohiyatini tobora yo‘qo ta bordi.

XX asrning 20-yillari o‘rtalaridan e’tiboran sovetlarning bu tun 

diq qat-e’ti bori mamlakatni industrlashtirishga qaratildi. VKP(b) 

XIV syezdida (1925) mamlakatni industrlashtirish sotsializmni bar-

po etish ning bosh strategik vazifasi deb belgilandi. Hukmron Mar kaz 

bu asosiy vazifani mamlakatning barcha mintaqalarida, jumla dan, 

O‘zbekis ton da ham jadal sur’atlarda amalga oshirishga kirishdi.

Industrlashtirish jarayoni O‘zbekistonni Markaz ta’siriga olish, 

uning hukmiga yanada bo‘ysundirish uchun qulay imkoni yat lar yara-

tardi. Gap shundaki, zamonaviy sanoat tarmoqlarini vujud  ga kelti-

rish, ishga tushirish respublikaning iqtisodiy taraq qiyoti uchun g‘oyat-

da katta ahamiyat kasb etardi. Biroq bu jarayon juda ko‘p miqdor-

dagi moliyaviy resurslar, pul mablag‘lari, xilma-xil texnik jihoz 

-

lar, ilmiy-texnika salohiyati, ko‘p sonli yu qo ri ma’ lumotli muhan-



dis-texnik xodimlar, malakali ishchi kadrlar va hoka zo omillar bilan 

bog‘liq edi. Bunday salohiyatga O‘zbekis ton mut laqo ega emas edi. 

Negaki respublika bu davrga kelib, xalq xo‘jaligi tarmoq larini qayta-

dan tiklashga arang erishib borayotgan edi. Shu bois, bu minta qada 

industrlashtirish jarayonining tashab buskori va tashkilotchisi bevosita 

Markaz va Kommunistik partiya bo‘l  di. Bu o‘rinda aytish joizki, Itti-

foq hukumati ning rejasida O‘zbe kistonda za mo naviy yirik industrial 

tarmoq lari emas, balki ko‘p roq xom ashyo   ni qayta ishlaydigan sanoat 

korxonalari, tog‘-kon sa noati ni rivojlantirishga asosiy urg‘u berilgan-

di. Negaki, bu hudud Mar kaz uchun ko‘proq xomashyo mahsulotla-

ri yetkazib berishga ixti sos lash tirilishi kerak edi. Shu bois ham asosiy 

e’tibor paxta chilik va u bilan bevosita bog‘liq tarmoqlarni rivojlan-

tirishga qaratilgandi. O‘zbe kistonda 1925-yilda atigi 21 sanoat tar-

mog‘iga taalluqli 149 ta kor xo na mavjud edi, xolos. Ular ham asosan 

qishloq xo‘ja  lik mahsulotlarini qayta ishlashga moslashgan edi.

Industrlashtirish davrida respublikada 17 ta paxta tozalash za -

vodlari bar po etildi. Shuningdek, Toshkent, Samarqand, Buxoro, 

Mar g‘i  lon va Shahrisabzda pillachilik fabrikalari, Farg‘ona va Tosh-

kent to‘qimachilik, Chir chiq elektrokimyo kombinatlari, Tosh kent 

mashinasozlik zavodi va shu singari korxonalar qurildi. O‘sha davr 

rasmiy ma’lumotlariga ko‘ra O‘zbekistonda birinchi besh yillik: 

(1928–1932)da 289 ta va ikkinchi besh yillik (1933–1937) davri da 

189 ta sanoat korxonalari barpo etilgan. Ularning mahsulot ish lab 

chi qarish hajmi ham yil sayin ortib bordi. Chirchiq,




Download 3.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling