O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi q. Usmonov, M. Sodiqov


Download 3.12 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/49
Sana02.12.2017
Hajmi3.12 Mb.
#21335
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   49

«Inog‘omovchilik» guruhi to‘g‘risida gap borganda, unga qo‘ yil -

gan barcha ayblarning to‘liq to‘qib chiqarilganligi ayon bo‘ladi. Ma’-

lumki, Rahim Inog‘omov O‘zKP(b) Markazqo‘mi Matbuot bo‘limi 

mudiri va O‘z SSR Maorif Xalq Komissari vazifa sida faoli yat yuri-

tib kelgan. R. Inog‘o mov o‘zining bir qator nutqlarida O‘zbekiston 

Kompartiyasining mustaqil faoliyat yurita olma yotgan ligiga, markaz 

organlarining o‘lka hayotidagi zo‘ravon ligiga ham alohida urg‘u ber-

gan. Respublikaning bir qator mas’ul xodim laridan N. Mavlonbekov, 



285

I. Isamuhammedov,  M. Aliyev,  Bobo naza rov singa ri hammaslaklar 

Inog‘omov qarashlarini qo‘llab-quvvatlab chiq 

qan dilar. Bunday 

mu  xo  li fatchi chiqishlar hukmron partiya mu tasad dilarining qahri-

ga uch ramasdan qolmasdi, albatta. Shu bois, 1926–1927-yillarda bu 

guruh faoliyati partiya tashkilot larida bir ne  cha bor muhokama qili-

nib, og‘machi guruhbozlikda ayblandi. Ino g‘o mov tarafdorlari vazi-

falaridan olinib, nomlari qoralandi.

«Qosimovchilik» guruhi ham 1929–1930-yillarda sovet hu km    ron 

rejimi tomonidan milliy kadrlarni, ziyolilarni qatag‘on qilish, jazo-

lash maqsadida atayin uyushtirilgan navbatdagi uydirma edi. O‘zSSR 

Oliy Sudining Raisi lavozimida ishlagan S. Qosimov va uning yaqin 

maslak doshlari: N. Alimov, Musaboyev, Sharipov, Siro jid dinov va 

boshqa jami 7 kishi 1929-yilning 2-yarmida «bos ma  chilik» haraka-

tiga yon berganlikda ayblanib qamoqqa olindilar. Ular respublika-

dagi millatchi tashkilotlar bilan aloqa bog‘lagan likda ayblandilar. Bu 

guruhning 4 nafar a’zosi asos siz ayblanib, otib tash landi. Qolganlari 

esa ko‘p yillik qamoq jazosiga hukm qilindi.

Mustabid tuzum hukmdorlari uchun O‘zbekiston singari mil-

liy So vet Respublikasi rahbarlari, xodimlarini to‘la itoatda tutish-

ning birdan bir sharti – bu ularning mustaqil faoliyatiga izn ber-

maslik, vaqti-vaqti bilan silkitib turish, mabodo xato, kamchiliklari 

topil guday bo‘lsa, shafqatsiz jazolash yo‘li edi. Milliy kadrlar faoli-

yatiga nisbatan bunday noinsoniy, g‘ayriqonuniy yondashuv oqiba-

tida res pub likada o‘z ongli hayoti, jo‘shqin faoliyatini sovetlarning 

yolg‘on, soxta g‘oyalari, sotsializm g‘alabasi uchun bag‘ishlagan, shu 

yo‘lda jon fido etib kurashgan bir qator partiya va davlat rahbarla-

ri qata g‘on domiga g‘arq bo‘ldilar. O‘zbekiston rav naqi, xalqining 

baxtu sao dati uchun fidoyilik ko‘rsatgan Akmal Ikromov, Fayzul-

la Xo‘jayev, Abdulla Rahimboyev, Isroil Orti qov, Abdulla Karimov 

va bosh qa o‘nlab mahalliy rahbar kadrlarning qismati, pirovar dida 

ma na shunday fojia ila yakun topdi.

Mustabid tuzum hukmdorlari va ularning chaqqon dastiyor lari-

ning yeng shimarib qilgan «sa’y-harakatlari» natijasida, 1937–1938-

yillar davomida, O‘zbekistonda bir qator yirik aksilinqilobiy tuzil-

malar tuzilgan, faoliyat yuritmoqda, degan soxta ma’lumotlar to‘p-

landi. Mana shunday soxta ma’lumotlar asosida respublika rah barlari 



A. Ikromov va F. Xo‘ja yev boshchiligidagi «Burjua-millatchilik aksi-

linqilobiy tashkiloti mar 

kazi», Abdurauf Qoriyev rahbar bo‘lgan 

«Musulmon ruhoniylarining millatchi isyonkor tashkiloti», «Aksi-



286

linqilobiy o‘ng trotskiychi josuslar tashkiloti markazi», «Buxoro va 

Turkiston baxt-saodati» nomli aksilinqilobiy tashkiloti», I. Ortiqov 

boshliq «Yoshlarning aksilinqilobiy burjua-millatchilik tashkiloti», 

«Ingliz josuslik rezidenturasi», «Yapon josuslik-qo‘poruvchilik rezi-

denturasi» kabi tashkilotlar Sovet hokimi yatiga qarshi faoliyat yurit-

moqda, deb e’lon qilindi, ularni tuzishda gumon qilinganlar qatag‘on 

qilindi.


Eng so‘nggi ma’lumotlar, tarixiy hujjatlarni har tomonlama o‘r-

ga  nish, tahlil qilishlar, surishtirishlar bunday tashkilotlarning respub-

li kada umuman bo‘lmaganligini to‘la tasdiqlamoqda. Demak, bun-

day aksilinqilobiy tashkilotlar qatag‘on tuzumi buyurtmasi aso sida 

markaz va uning jazo organlari tomonidan atayin to‘qib chiqa ril-

gan va hayotga izchil tatbiq etilgan. Buning orqasida ming-minglab 

begunoh insonlar shafqatsiz jazolangan, umrlari xazon bo‘l gan. XX 

asr boshidan 40-yillar gacha 450 ming vatandoshlarimizga nis batan 

«jinoiy ish» ochilganligi ularning hayoti ostin-ustun bo‘lib ketgan-

ligi faktdir.

Faqat 1937–1939-yillarda to‘qib chiqarilgan soxta ayblov bo‘ yi -

cha O‘zbekistonda hammasi bo‘lib 41 mingdan ziyod kishi qa moq qa 

olingan. Ulardan 6 ming 920 nafari otib tashlangan. Jami 37 ming-

dan ortig‘i jazolan gan.

Mustabid tuzum jallodlarining bu bedodligini hech narsa bilan 

oqlab bo‘lmaydi. Yaqin milliy tariximizning bu qorong‘i zulmati, 

xalqimiz dilida mangu o‘chmas armon bo‘lib qoldi. U faqat milliy 

istiqlol tufayligina to‘la yuzaga chiqib, bundan yurtimiz fuqarolari 

chinakam ro‘shnolik ko‘rish baxtiga musharraf bo‘ldilar.



Ziyolilarning qatag‘on qilinishi. Stalincha siyosiy qatag‘ondan 

jami yat  ning sog‘lom kuchlari, milliy ziyolilar eng ko‘p aziyat chekdi

mislsiz qurbonlar berdi. Negaki, totalitar rejim mutasad dilari o‘zlari 

jaholatparast kimsalar bo‘lganligidan ilmu ma’rifat, ziyo ahlini qadr-

lash, e’zozlash o‘rniga ularni xo‘rlash, tahqirlash, kerak bo‘lsa, yo‘q 

qilishni o‘zlariga kasb qilib olgandilar. Shu bois, vaqti-vaqti bilan 

ziyoli kadrlarni qirpichoqdan o‘tkazish, saflarini «yaganalab» turish 

ular uchun odatiy hol bo‘lib qolgandi. Masalan, butun hayoti va ijo-

dini millat baxt-saodati, yurt istiqboli uchun bag‘ishlagan Munavvar 

qori Abdurashidxonov shu davrda avj olgan sovetlar ig‘vo si va bo‘hto-

nining aybsiz qurboni bo‘ldi. Uning rahnamoligida millat ravnaqi va 

istiqloli yo‘lida faoliyat yuritgan, xalqqa ziyo taratib kelgan «Milliy 

istiqlol» tashkilotining 87 a’zosi ustidan sud uyush tirildi. Ularning 


287

49 nafari «Xalq dushmani», «burjua-millatchisi» degan ayblar bilan 

qoralanib, og‘ir jazolarga hukm qilindi.

O‘zbek adabiyotining ustunlari bo‘lgan, noyob ijodi bilan xalq 

mehrini qozongan Abdulla Qodiriy, Abdurauf Fitrat, Abdulhamid 

Cho‘lpon, Usmon Nosir, Mahmud Botu (Xodiyev), Elbek (Mash-

riq Yunusov), G‘ozi Yunus kabi ajoyib iste’dodlar quruq bo‘htonu 

tuhmat lar asosida «xalq dushmanlari» sifatida jismonan yo‘q qilinib, 

yorqin faoliyati so‘ndirildi. Masalan, ulardan biri – professor G‘ozi 

Olim Yunusov 50 dan ziyod asarlar muallifi edi. Arab, fors, nemis, 

ingliz va barcha turkiy tillarni puxta bilardi. U hatto rus, arab va 

nemis tillarida Samarqand Davlat universiteti, Toshkent Pedagogi-

ka instituti hamda Til va adabiyot ilmiy tadqiqot institutida umumiy 

tilshunoslik va til bilimiga kirish kabi maxsus kurslardan ma’ruza-

lar o‘qirdi. Biroq bunday iste’dodlar qatag‘on jallodlari uchun sariq 

cha qa lik qadr-qimmatga ega bo‘lmagan. Mustabid tuzum farmon-

bardorlari, ayniqsa, bunda o‘zbek xalqining milliy ongi, tafakkurini 

yori tish, uning o‘zligini tanitishga fidoyilik qilgan, istiqlol darg‘al a ri 

bo‘lgan jadidizm namoyandalarini yo‘q qilishni o‘z oldilariga maq-

sad qilib qo‘ydilar. Bunga erishdilar ham.

O‘zbekiston hukumatining tashabbusi va sa’y-harakati bilan 

20-yil lar da xorijga o‘qishga yuborilib, yaxshi mutaxassislar, fan ar -

bob   lari bo‘lib yetishgan kishilar atayin qatli om qurbonlari bo‘l dilar. 

Agar Germaniya yoki Turkiyada ta’lim olgan bo‘lsalar, ularga o‘sha 

mamlakatlarning josuslari degan ayb qo‘yildi. Buning uchun ular-

ning uyida, tintuv paytida, chet elda bosilgan kitob topilguday bo‘lsa, 

shuning o‘zi yetarli dalil edi. Axir ular chet el oliy o‘quv yurt lari da 

o‘qigan bo‘lsalar, ularda shunday kitoblar bo‘lishi tabiiy edi. Masa-

laning bunday mantiqiy jihatlari chalasavod jazo organlari vakilla-

rini qiziqtirmagan. Xorijda ta’lim olib, pro fes sorlik unvoniga sazo-

vor bo‘lgan Ahmadjon Ibrohimov, Majid Ibro him, Ibrohim Yorqin, 

Tohir Shokir, Abduvahob Is’hoq, Saida Sher muhammad qizi, Sat-

tor Jabbor, Otajon Hoshim va boshqalar o‘sha davr larda millat faxri 

bo‘lganlar. Ularga ham «xalq dushmani», «chet el josusi» qabilida-

gi tavqi la’nat tamg‘asi bosilib qatli om etildilar. 1937–1939-yillarda 

davlat va jamiyat arboblari, yozuvchi, shoir va olimlardan 5758 kishi 

qamoqqa olinib, ulardan 4811 kishi otib tash langan. 

Stalincha totalitar-mustabid tuzum bedodligi va zulmning had-

dan ziyod kuchayib borishi davomida nafaqat yurtparvar milliy kadr-

lar, fidoyi ziyolilarning hayot tarzi, qismati zavol topdi, balki shu 



288

bilan birga, millionlab yurt fuqarolarining oddiy insoniy qadr-qim-

mati, or-nomusi toptaldi, tahqirlandi. G‘addor tuzum zulm kor lari 

o‘z g‘ayriqonuniy xatti-harakatlarini avj oldirib, bunda har bir in son-

ning yurish-turishi, kundalik mashg‘uloti, muoma la si dan tortib to 

uning qanday tafakkur yuritishigacha bo‘lgan hamma jarayonlarni 

ham o‘z nazoratiga olishga intilganlar. Bundan ko‘zlangan asosiy 

maqsad esa insonlar erki, irodasini jilovlash, uni muayyan chegara 

doirasida ushlab turish va shu yo‘l bilan badkirdor tuzum sha’niga 

dog‘ tushirmaslik, uning soxta obro‘-nufuzini asrash, avaylash edi.

Sovetlar o‘z siyosatidan sal og‘ish, unga zid keluvchi hollarga 

shaf  qat sizlik bilan munosabatda bo‘lardi. Buning oqibatida kishilar 

dunyo qarashi, e’tiqodini o‘z izmiga bo‘ysundirish, uni kommunis-

tik axloq, ilmiy va ateistik tamoyillar ruhida shakllantirish uchun 

kes kin kurash olib borgan sovet mafkurasining respublika mehnat-

kashlarining ma’naviy hayotiga yetkazgan zarari behisob bo‘ldi. Shu 

yo‘l bilan xalq ma’naviy-ruhiy hayotiga asrlar osha muhim hissa 

qo‘shib kelgan butun boshliq ruhoniylar tabaqasi yo‘q qilindi. Din 

peshvolari qattiq ta’qibga olindi. Shunday qilib, stalincha qatag‘on 

respub likamiz hayotining bar cha sohalari uchun qonli fojialar, yo‘qo-

tishlar bilan to‘lib-tosh gan davr bo‘ l di. U millionlab odam lar ning 

taqdir-qismatida aso ratli iz qoldirdi.

Biz, milliy istiqlol davri kishilari yurtimiz ozodligi va mustaqil ligi 

yo‘li da kurashib, qatag‘on qurbonlari bo‘lgan aziz insonlar xotirasini 

doi mo qalbimiz to‘rida saqlamog‘imiz zarur. 

Prezident Islom Karimovning 2001-yil 1-maydagi Farmoni bi lan 

har yili 31-avgust kunini «Qatag‘on qurbonlari» xotirasini nishonlash 

kuni, deb e’lon qilinganligi quvon arlidir. Mazkur far mon asosida 

Toshkent shahrida «Qatag‘on qurbonlari xotirasi» muzeyi barpo etil-

gan, 2002-yil 31-avgust kuni ochildi. Muzey chor Rossiyasi va Sovet 

hukumati davrida Vatan ozod l igi yo‘lidagi faoliyati hamda xatti-ha-

rakati uchun qatag‘on eti lgan vatandoshlar xotirasini abadiylashtirish 

maqsadida tashkil qilingan.

Nazorat savollari

1. Hukmron markazning Markaziy Osiyoda amalga oshirgan mil-

liy-hududiy chegaralash o‘tkazishda qanday maqsadni ko‘zlagan?

2. Markaziy Osiyoda qanday respublikalar tuzildi?

3. O‘zbekiston SSR tasarrufiga qanday hududlar kiritildi?


289

4. Yangi iqtisodiy siyosat qanday maqsadlarda amalga oshirildi?

5. O‘zbekistonda o‘tkazilgan yer-suv islohoti qanday natija berdi?

6. Dehqon xo‘jaliklarini jamoalashtirish jarayoni qanday kechdi?

7. Industrlashtirish siyosati nima?

8. «Quloqlashtirish» nima?

9. O‘zbekistonda qanday oliy o‘quv yurtlari tashkil etildi?

10. Ilm-fanni rivojlantirish borasida qanday tadbirlar ko‘rildi?

11. «Hujum» harakati qanday natija berdi?

12. Ma’naviy-madaniy hayotda qanday o‘zgarishlar sodir bo‘ldi?

13. Ma’muriy-buyruqbozlik, totalitar tizimning shakllanishi, unung 

oqibat larini izohlab bering.

14. Totalitar rejimning mohiyati, belgilari nimalardan iborat?

15. Siyosiy qatag‘onlik nima?

16. Mustabid Sovet hokimyatining O‘zbekistonda yuritgan qata-

g‘on   chilik siyosa ti qanday oqibatlarga olib keldi?

17. Ziyolilarning qatag‘on qilinishi haqida nimalarni bilasiz?


290

XIII bob. IKKINCHI JAHON URUSHI YILLARIDA

O‘ZBEK XALQINING FASHIZM USTIDAN QOZONILGAN 

G‘ALABAGA QO‘SHGAN HISSASI

Tayanch so‘z va iboralar: fashizm. Urushni keltirib chiqargan sa -

bab  lar. O‘zbekistondagi safarbarlik. Urush yillarida sanoat. Qishloq 

xo‘ jaligi. Fan. Maorif. Madaniyat. Baynalmilallik yordami. O‘zbekis-

tonlik jangchilarning jasoratlari. Xotira va qadrlash kuni.

1. O‘zbekistonning urush girdobiga tortilishi, moddiy va

ma’naviy kuchlarning frontga safarbar etilishi

O‘zbekistonning urush 

girdobiga tortilishi

      1939-yil 1-sentabrda fa shist lar Germa-

niyasi qo‘shinlarining Polshaga bostirib 

kirishi bilan ja 

hon tarixidagi eng qonli, 

eng dahshatli qirg‘in bo‘lgan Ikkinchi ja hon urushi boshlanib ketdi. 

Ikkinchi jahon urushini agressiv davlatlar – fashistlar Germa-

niya si, fa shist lar Italiyasi va militaristik Yaponiya boshladilar. Ular 

ora sida Ger maniya fashistlari uyushtiruvchi, yetakchi rol o‘ynadi.

Fashistlar bloki davlatlari tomonidan olib borilgan urush bos-

qinchi lik, adolatsizlik urushi edi. Fashizmga qarshi urushgan dav lat-

lar ado lat uchun kurashdilar. Agressiya qurboni bo‘lgan mamlakat-

larda vatanparvar kuchlar, xalq tomonidan qarshilik ko‘rsatish hara-

kati boshlangach, urushning ozodlik xarakteri yanada kuchaydi.

Angliya va Fransiya hukmron doiralari birinchi jahon urushi-

da qo‘l ga kiritgan hududlarni o‘z tasarrufida saqlab qolishga, Gitler 

qo‘shinlarini Sharqqa, Sovet Ittifoqi tomon yo‘naltirishga intildilar.

Sovet davlatining tashqi siyosati fashistlar Germaniyasini Angliya 

va Fransiyaga qarshi qo‘yishga va ularning harbiy kuchlari zaif lash-

gan paytda zarba berishga qaratilgan edi. 1939-yil 23-avgust da so biq 

SSSR bilan Germaniya o‘rtasida 10 yil muddatga «Hujum qilmaslik 

to‘g‘risida» Shartnoma imzolandi. Shartnomaning maxfiy qo‘shim-

cha bayonnomasiga muvofiq, Germaniya va SSSR o‘zlari ning ta’sir 

doira larini bo‘lib oladilar. Germaniya Boltiqbo‘yi mam 

la kat lari ga 

da’vo qilishdan voz kechadi. Germaniya 1939-yil 1-sentabrda Pol-

sha ga bostirib kirgach, Sovet davlati 1939-yil 17-senta brda o‘z qo‘-


291

shin lari ni G‘arbiy Ukraina va G‘arbiy Belorussiyaga kiri t di va bu 

hu dudlarni o‘z tasarrufiga oldi. 1940-yil iyunda SSSR Bol tiq bo‘yi 

res pub  likalarini ham egalladi.

Ikkinchi jahon urushining dastlabki davridayoq fashistlar Germa-

niya si G‘arbiy va Markaziy Yevropada hukmronlikni qo‘lga kiritdi. 

Ger maniya va Italiya Yevropadagi 10 davlatni – Polsha, Chexoslova-

ki ya, Yugoslaviya, Belgiya, Gollandiya, Lyuksemburg, Daniya, Nor-

ve giya, Avstriya, Fransiyani bosib oldi.

Fashistlar Germaniyasi Yevropaning harbiy, iqtisodiy resurs lari-

ni qo‘l ga kiritib bo‘lgach, 1941-yil 22-iyun yakshanba kuni, tong 

saharda «Hujum qilmaslik to‘g‘risida»gi Shartnomani buzib, urush 

e’lon qil masdan, Sovet Ittifoqiga xoinona hujum boshladi. Germa-

niya bilan hamkorlikda uning ittifoqchilari – Italiya, Fin lyan  diya, 

Vengriya, Ruminiya, Bolgariya ham Sovet Ittifoqiga qarshi urush -

ga kirishdilar.

Sovet xalqining fashizmga qarshi urushi boshlandi. SSSR tarkibi-

da gi barcha respublikalar, shu jumladan, O‘zbekiston ham urush 

girdo biga tortildi. Ikkinchi jahon urushi jahondagi 61 mamlakatni, 

Yer sha ri aholisining 80 foizini, ya’ni 1,7 milliard kishini o‘z girdo-

biga tortdi.

Harbiy safarbarlik. Urushning dastlabki kunlaridayoq O‘zbekis-

tonning moddiy va ma’naviy kuchlarini urushga safarbar etishga kiri-

shil di. O‘rta Osiyo Harbiy okrugi front uchun jangchilar va zobit-

lar tayyorlaydigan o‘choqqa aylantirildi. Bu okrug 1941-yil iyuni-

dan 1942-yil oxirigacha bo‘lgan muddatda harbiy safarbarlik asosi-

da 109 ta harbiy qo‘shilma tuzdi, harakatdagi armiyaga va Oliy Bosh 

qo‘mon donlik qarorgohi zaxirasiga 86 diviziya va brigada jo‘natdi.

1941-yilda O‘zbekiston aholisi jami 6,5 million kishini tashkil

et   gan, ularning yarmini bolalar va keksalar tashkil etgan bo‘lsa,

yaroqli odamlarimizning 50–60 foizi, aniqrog‘i 1 433 230 kishi urushga

safarbar bo‘lgan

39

. O‘zbek xalqi, keksalar, ota-onalar dahshatli sinov

paytida o‘z farzandlarini frontga jo‘natar ekan, ularga mard va

bo tir askar bo‘l, qahramonlarcha jang qil, g‘alaba bilan qayt, deb

nasihat qilib qoldilar.

O‘zbekiston partiya va sovet tashkilotlari front orqasini mustah-

kam  lash, xo‘jalikni harbiy izga tushirish, barcha odamlarni mehnat-

ga safarbar etish, ko‘plab jangovar texnika, qurol-aslaha, o‘q-dori-

39

 I.A. Karimov. Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir. Asarlar to‘plami. 3-jild. 



– T.: «O‘zbekiston». 1996. 80-bet.

292

lar ish lab chiqarishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha shoshilinch tadbirlarni 

amalga oshirdilar.

1941-yilning oxirigacha 300 ga yaqin korxona harbiy izga solin-

di, jangovar texnika, qurollar, o‘q-dori ishlab chiqarishga moslash-

tirib qay ta qurildi. Bu korxonalarda frontga safarbar etilgan erkaklar 

o‘rnini keksalar, xotin-qizlar egalladilar. Respublika Oliy va o‘rta 

max sus o‘quv yurtlari, hunar-texnika bilim yurtlari, fabrika-zavod, 

ta’ limi maktablari urush davri talablariga mos kadrlar tayyorlashga 

yo‘naltirildi. Yakka tartibda va brigada tariqasida hunar o‘rgatish ish-

lari yo‘lga qo‘yildi. Respublikamiz qishloqlarining aholisi front va 

front orqasini oziq-ovqatlar bilan, sanoatni xomashyo bilan ta’min-

lash uchun oyoqqa turdi.

Ko‘chirib keltirilgan 

korxonalarning

joylashtirilishi

   Urush bo‘layotgan va dushman yaqin-

lashib kelayotgan hududlardan muhim 

sa noat kor 

xona larini, kolxoz, sovxoz va 

MTS lar ning mulk larini, madaniy boyliklar 

va o‘quv yurt larini Sharqqa, jumladan, O‘zbekistonga zudlik bilan 

ko‘ chi rib kel 

tirish, joylashtirish ishlari boshlanib ketdi. Fashistlar 

tomonidan vay ron qilingan shaharlar va qishloqlarning aholisi, ota-

onalari halok bo‘lgan bolalar, million-million kishilar ulkan oqim 

bo‘lib ko‘chib kela boshladilar. Kishi   lik tarixida bunday katta ko‘lam-

li mudhish voqea birinchi marta so dir bo‘ldi. O‘zbekistonga yuzga 

yaqin sanoat korxonasi, jumladan, 48 ta mashinasozlik, metall ish-

lash, kimyo va bosh  qa harbiy texnika va mahsulotlar ishlab chiqaruv-

chi yirik zavod larning asbob-uskunalari ko‘chirib keltirildi, zudlik 

bilan bar po etil gan binolarga joylashtirildi va montaj qilindi. Ishchi, 

xomashyo jihozlari bilan ta’minlandi va front uchun mahsulotlar 

ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. Toshkentda joylashtirilgan Rostsel-

mash zavodi «Katyu sha» va minomyot snaryadlari, aviatsiya zavodi 

jangovar sa mo l yot lar yetkazib bera boshladi.

O‘zbek xalqi urushning dastlabki yillarida Rossiya, Ukraina, Belo-

russiya, Moldaviya, Boltiqbo‘yi respublikalaridan ko‘chirilib kel ti-

rilgan kishilarni, shu jumladan, yetim bolalarni o‘z bag‘riga oldi.

1941-yil 3-dekabrda O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Qo‘-

mi   tasining ko‘chirilib keltirilgan fuqarolarni qabul qilish va joylash-

tirish yuza 

si dan maxsus qarori chiqdi. Xalq Komissarlari Soveti 

hu zurida 1941-yil 10-iyulda tuzilgan maxsus Respublika Komis siya-

si va mahal liy sovetlarning ijroiya qo‘mitalari qoshida tuzilgan alo-

hida bo‘lim lar kishilarni hisobga olish va joylashtirish bilan shug‘ul-


293

landilar. Ko‘chi rib keltirilganlar shahar va qishloq tumanlariga joy-

lash tirildi.

O‘zbekiston bo‘yicha 1942-yil bahorigacha ko‘chirib keltirilgan 

716 ming kishi qabul qilinib olindi, ishga joylashtirildi, ular uchun 

ya shash sharoitlari yaratildi.

O‘zbeklar ko‘chirilib keltirilgan ota-onasiz bolalarga alohi-

da g‘amx o‘rlik qildilar, 200 ming dan ko‘proq yetim bolalarni o‘z 

bag‘ri ga oldilar. O‘zbekiston SSR Xalq Komissarlari Soveti qoshi-

da bolalar 

ga yordam ko‘rsatish bo‘yicha maxsus komissiya tuzil-

di. O‘zbekiston Xalq maorifi Komissarligi tashabbusi bilan bolalar-

ni qabul qilish-taqsim lash markazi tuzildi. Respublikamizning bar-

cha viloyatlari, shahar va tumanlarida bolalarni qabul qilish punkt-

lari ochildi, ularda o‘qituvchilar kechayu kunduz navbatchilik qildi-

lar. Militsiya bo‘limlari qoshida 30 dan ortiq bolalar xonalari tash-

kil etil di.

1942-yil 2-yanvarda Toshkent shahrida xotin-qizlar yig‘ilishi bo‘-

lib, unda respublikamizdagi barcha ayollarga qarata murojaat qabul 

qilindi. Murojaatda etim bolalarni o‘z tarbiyasiga olishga da’vat etil-

di. Ko‘plab oilalar 4000  dan ortiq yetim bolalarni o‘zlariga farzand-

likka oldilar, topgan-tutganlarini ular bilan baham ko‘rdilar.

O‘zbekistonga G‘arbiy viloyatlardagi janglarda yarador bo‘lgan 

minglab askar va zobitlar ham olib kelinardi. Ularni qabul qilib olish, 

gospitalga joylashtirish, salomatligini tiklash ishlariga alohida mehri-

bon lik qilindi. Respublikamiz sog‘lomlashtirish markazlaridan biriga 

aylandi. 1941-yil 1-oktabrgacha O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash Xalq 

Komissarligi tizimida 14 950 o‘ringa ega bo‘lgan 47 gospital barpo 

etil  di va zarur uskunalar bilan jihozlandi. Ayni paytda, Moskvadan, 

Ka linin, Rostov-Don va boshqa viloyatlardan 15 900 o‘ringa (krovat-

ga) ega bo‘lgan 48 gospital ko‘chirilb keltirildi, joylashtirildi va ishga 

tushirildi. Jami 39 140 o‘ringa ega bo‘lgan 113 gospital yara dor va 

bemor jangchilarga tibbiy xizmat ko‘rsatdilar. Sog‘ayganlar front ga 

yoki korxonalarda ishlashga jo‘natib qo‘yilardi. Nogiron bo‘lib qol-

ganlarga zarur yordam ko‘rsatildi, holiga yarasha ish bilan ta’min-

lash choralari ko‘rildi.

O‘zbekistonliklar orasida mudofaa fondini tashkil etish, front 

uchun issiq kiyimlar to‘plash harakati keng yoyildi. Ishchilar, kolxoz-

chilar va ziyolilar shaxsiy jamg‘armalarini, qimmatbaho buyumla-

rini mudofaa fondiga topshirdilar. Mudofaa fondiga 650 million 

so‘m pul, 22 million so‘mlik qimmatbaho buyumlar, 55 kilogramm-


294

ga yaqin oltin, kumush va boshqa qimmatbaho buyumlar to‘plan-

di. Bu jamg‘arma hiso biga respublikamizda tank kolonnalari, avia-

tsiya eskadrilyalari, bronepoyezdlar qurilib frontga jo‘natildi. O‘zbe-

kistonlik jangchilarga eshelonlab issiq kiyimlar, mevalar jo‘natib 

turdilar. Davlat harbiy zayom lariga yozilish yo‘li bilan anchagina 

mablag‘lar to‘plandi. Aho li dan issiq kiyimlar tayyorlash uchun jun, 

terilar yig‘ib olindi. Aholiga davlat zayomi, pul-buyum lotereyasi 

sotish hisobiga 4,2 milliard so‘m mablag‘ yig‘ilib g‘alaba manfaatla-

ri yo‘lida foydala nil di.

Xullas, urushning dastlabki yiliyoq O‘zbekistonning butun mod-

diy va ma’naviy kuchlari fashizmga qarshi g‘alaba uchun safarbar 

etil di, hayot harbiy izga tushirildi, xalq Vatan himoyasiga otlandi.


Download 3.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling