O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi q. Usmonov, M. Sodiqov


Download 3.12 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/49
Sana02.12.2017
Hajmi3.12 Mb.
#21335
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   49

Eneolit va 

bronza 

davri

mehnat 

qurollari

♦ Eritilgan mis, qalay aralashmasi quyiladigan tosh va loy 

qoliplar.

♦ Bronza qotishmasidan tayyorlangan bolta, o‘roq, ketmon, 

tesha.

♦ Misdan, bronzadan yasalgan igna, nayza, xanjar, qilich.



♦ Misdan yasalgan taqinchoq, bezak va boshqa buyumlar.

♦ Yer haydaydigan omoch.

♦ Yog‘och arava.


35

Zamon bobo madaniyati bir urug‘ jamoasining moddiy va ma da-

niy me rosi hisoblanadi. Zamonbobo makoni va qabristoni O‘z be kis-

ton tarix shunosligidagina emas, jahon tarixi fanida ham mashhurdir.

Eneolit va bronza davriga xos yana bir yodgorlik Zarafshon vo -

diy sida Tojikiston Respublikasining O‘zbekiston bilan chegaradosh 

qishlog‘i Sarazmdan topildi. Bu makonning maydoni 

90 gektar bo‘-

lib, odam lar uzoq yillar davomida istiqomat qilganlar, dehqonchilik 

bilan shug‘ullanganlar. Sarazmda xom g‘ishtdan yasalgan bir xona-

li, ko‘p xonali uylar, ikkita ibodat xona va qishloq ko‘chalari ochil-

di. Qazish malar natijasida uylar o‘rtasida oilaviy e’ti qod joyi, duma-

loq shakl da ishlangan olovxona (altar), tarozi toshlari, to‘qimachi-

lik dast goh i ning qismlari, urchuq toshlar, pichoq, xanjar, qarmoq, 

igna va bigizlar, sopol idish parchalari, mis oyna, taqin choqlar topil-

di. Metall buyumlar yasash keng tarqalganligi aniqlandi. Bu davr-

da kulol chi likda charx dastgohidan foydalanilgan. Sug‘d o‘lkasining 

Zamonbobo va Sarazm yod gor lik   lari bobodehqonlarimizning soy va 

daryo etaklari da gi zax kash yerlar da yuritgan dehqonchilik xo‘jaligi 

haqida qim mat  li ma’lumot beruvchi makonlardir.

1969–1974-yillarda A. Asqarov rahbarligidagi arxeologlar guruhi 

Surxon daryo viloyati Muzrabod vohasida, qidiruv ishlari olib borib, 

Sopollitepa yodgorligini topib o‘rgandilar. Sopollitepa 4 gektar cha-

ma sidagi tepalikdan iborat bo‘lib, uning markaziy qismini baland 

qal’a tashkil etadi. Sopollitepaning markaziy qismi kvadrat shakli da 

bo‘lib (82Ѕ82), atrofi yirik xom g‘ishtdan qilingan uch qator mudo-

faa devorlari bilan o‘ralgan, devorning qalinligi o‘rtacha 1,6 m, ba’zi 

joylarda 2 m bo‘lgan. Qal’aning o‘rta qismi bo‘sh may don dan iborat 

bo‘lgan, qal’a ichkarisidagi uylarni 8 kvartalga bo‘   lib tu ruv chi 6 ta 

ko‘cha qilingan. Qal’a darvozasi uning janubiy tomoniga joylashgan-

ligi, uylarning devorlari va poli bir ne cha bor somon suvoq qilingan-

ligi, har bir uyda mo‘rili o‘choq, o‘ch oq yonida supa, ba’zi xonalar-

da sandal o‘txonalari borligi aniqlanadi.

Sopollitepadan 150 

ta qabr ochilgan, ulardan sopol idishlar, 

bron     za, kumush, oltin va qimmatbaho toshlardan yasalgan bezaklar, 

bronza mehnat qurollari topilgan. Sopollitepadan 20 ga yaqin sopol 

pishi ra digan xumdon, vaza, ko‘za, xurmacha, choynak, piyola, kosa, 

to g‘ora, xum, lagan va boshqa 40 ga yaqin xildagi yaxshi pishirilgan 

nafis, jarangdor, yengil idishlar topilgan. Xonalardan tosh yorg‘u-

choq lar, o‘g‘irlar, urchuqlar va paykonlar, arpa, bug‘doy va tariq 

don lari topilgan.



36

Sopollitepadagi tadqiqotlar odamlarning bug‘doy go‘ja, umoch, 

qaynatma sho‘rva kabi ovqatlar pishirib iste’mol qilganini, ipakdan 

va paxtadan kiyimlar tikib kiyishganini ko‘rsatadi. 

Erkaklar va ayol lar o‘rtasidagi mehnat taqsimoti haqida ma’lu mot -

lar olindi, erkaklar sug‘orma dehqonchilik, chorvachilik, kulol chi  lik, 

binokorlik bilan shug‘ullangan, ayollar esa uy ishlari, bola tarbiyasi 

bilan band bo‘l gan. Urug‘ jamoasiga erkaklar boshchilik qilgan.

Sopollitepa madaniyati odamlarning sug‘orma dehqonchilik 

ma daniyatini shakllantirganini isbotlab berdi. Kulolchilik rivojla nib, 

idishlar kulolchilik char xi  da tayyorlangan. Qabrlardan topilgan mato-

lar, sopolli tepaliklar, paxta va ipakdan foy da la nil gan. Bu mato  lar 

ajdodlarimiz bundan qariyb 3,5 ming yil avval paxta va ipak yetish-

tirishni bilganliklaridan dalolat beradi. Shuningdek, metall bilan 

ishlash hunarmandchiligi ham rivoj 

lan ganligi aniqlandi. Sopolli-

tepa madaniyati o‘lkamizda sha har lar ning vujudga kelishi uchun ilk 

zaminlar bronza davridayoq mavjud bo‘lganligini ko‘rsatadi.

1953–1961-yillarda M.E. 

Voronets boshliq arxeologlar guru-

hi Na   man  gan viloyatining Chust shahri yaqinidagi Buvanamozor 

deb ataladigan buloq yoqasidan mil. avv. 2-ming yillik oxiriga oid 

ma kon    ni topib o‘rgandilar. Izlanish natijasida yana Dalvarzinte-

pa, Qora  qo‘r g‘on, To‘raqo‘rg‘on, Chimboy, Ashqoltepa va bosh qa 

o‘n dan or tiq yodgorliklar topib o‘rganildi. Ularning barchasi Chust 

madaniyati nomi bilan tarix faniga kirdi. Chust madaniyati odamlar -

ning qishloq-qishloq bo‘lib yashaganligidan dalolat beradi.

Chust madaniyatiga mansub yodgorliklarda qo‘lda yasalgan gul-

don, sopol tovoqlar kabi bukilgan turli shakldagi idishlar, piyola lar, 

xur  mosimon idishlar ko‘p uchraydi, ularga qizil va qora rang larda 

uch  burchak, romb shakllari tushirilgan.

Tadqiqotlar chustliklarning asosiy mashg‘uloti sug‘orma deh qon-

chilik ekanligini ko‘rsatadi. Ketmon, tosh yorg‘uchoq, hovoncha, 

o‘roq simon pichoq, bronza o‘roqlardan foydalanishgan.

Topilgan ashyolar chustliklar bug‘doy, arpa, suli ekib dehqon-

chi  lik qilganini, yerni ketmon bilan ishlaganini, daryolarni bo‘g‘ib 

sun’iy kanallar orqali dalalarga suv chiqarganini, uzunligi bir necha 

o‘n chaqirimdan iborat kanal qurganligini ko‘rsatadi. Shuningdek, 

ov  chilik va baliqchilik ham qadimgi chustliklarning turmushida mu -

him o‘rin egallagan.

Chust madaniyatida metall bilan bog‘liq hunarmandchilik 

yax shi ri 

voj lan  ganligini topilgan metall buyumlar ham yaqqol 



37

ko‘rsata di. Tosh qoliplarda oyna, o‘roq, pichoq va bigizlar quy-

ma holda yasal gan. Qazish vaqtida ot uzangilari va suvlig‘i, bila-

guzuk, halqa, qar 

moq, pay 

konlar, suyak va toshdan yasalgan 

qurollar topilgan. Chust lik lar ha yo ti da to‘qimachilik hunarman-

dchiligi ham ancha rivoj lan gan ligi ma’ lum bo‘ldi. Buni yodgor-

liklardan topilgan 13 xil mato, ur chuq tosh lar, moki, suyak taroq-

lar va to‘qimachilik dast goh lari dan bil sa bo‘ladi.

Shun day qilib, Chust madaniyati Farg‘ona vodiysida qadimgi 

deh qonchilik madaniyati shakllanganligini ko‘rsatuvchi misol bo‘lib 

xiz  mat qiladi. Chustliklarning olovga e’tiqod qilganliklari ularda 

diniy tasav vurlarning shakllanganligini ko‘rsatadi.

Bronza davriga oid manzilgohlar hozirgi Xorazm va Qoraqal po-

g‘is ton hududlaridan ham topilib o‘rganilgan. Amudaryo etaklarida-

gi Tozabog‘yob kanali yaqinidan topilgan Tozabog‘yob ma da ni yati, 

Amirobod kanali etak laridan topilib o‘rganilgan Amirobod mada-



niyati shular jumlasiga kiradi. Bu manzilgohlarda yasha  gan odamlar-

ning o‘t roq holda urug‘ jamoa bo‘lib yashaganligi, sug‘or  ma dehqon-

chilik va chorvachilik bilan shug‘ul langanligi aniq landi.

Mamlakatimiz shimolidagi cho‘l va dasht joylarida chorvador 

urug‘ jamoalari va qabilalar yashagan. Ularda chorvachilik xo‘jalik-

ning asosiy tarmog‘i bo‘lgan. Otliq cho‘ponlar qoramol, qo‘y, echki-

lar dan iborat podalarni uzoq yerlardagi yaylovlarga haydab borgan-

lar. Chorvadorlar yil fasllariga mos joylarga ko‘chib yur gan lar, nov-

da dan to‘qilgan uylar, ho‘kizlar qo‘shilgan g‘ildirakli arava 

lar dan 


foyda  lanib uzoq-uzoqlarga ham bora olganlar. Bu jara yon turli qabi-

la lar uchrashuvini, tanishuvini ta’min ladi. Ular o‘zaro fikr lasha di-

gan, aloqa qiladigan bo‘ldilar, bir-birlarini tushunish uchun umumiy 

so‘zlar topdilar. Asta-sekin bir nechta qabilalardan o‘za ro tu shu narli 

tilda gaplashadigan odamlarning katta guruhi – elatlar shakllanadi.

Bronza davri oxirlarida chorvador qabilalarning o‘z podalarini 

hay    dab o‘troq dehqon jamoalari yashaydigan vohalarga tinch yoki 

zo‘r lik bilan kirib borganligi ham kuzatiladi. Natijada, etnik jarayon-

lar kuchayib, shimol va janub qabilalarining dastlabki aralashuvi yuz 

berib, hozirgi zamon o‘zbek va tojiklarining dastlabki etnik qatlarni 

shakllana boshlaydi.

Miloddan avvalgi birinchi ming yillik boshlarida ajdodlarimiz 

temir dan mehnat qurollari, qurol-yaroqlar, bezakli buyumlar yasash-

ni o‘zlashti radilar va temirdan foydalanish keng tar qaladi. Odamlar 

ha yo  ti da temir davri boshlanadi.


38

Temirdan yasalgan omoch, ketmon, belkurak va boshqa meh-

nat qurol    lari ancha keng maydonlarni haydash, to‘g‘onlar qurish, 

kanal va ariqlar qazib suv chiqarish imkonini berdi. Bular dehqon-

chilikning yuksalishiga olib keladi. Temirning kashf etilishi hunar-

mandchilikni yanada yuqori pog‘o na ga ko‘tardi. Temirdan qattiq va 

o‘tkir pichoq lar, o‘roqlar yasa lishi mehnat unumdorligini oshirishga 

yor dam ber gan. Uy-joy qurilishi birmuncha yaxshilandi. 10–20  tadan 

xonasi bo‘l  gan katta maydonli uylar qurilishi bilan birga g‘isht dan, 

sinchdan alohi  da bir oilaga mo‘ljallangan uylar qurish keng tar qaldi. 

Shu tari qa, odamlarning turmush tarzi ham o‘zgarib bordi, yashash 

birmun cha yaxshilandi, odamlar umri uzaydi. Bular aholining ko‘pa-

yishini ta’minladi.

Demak,  mamlakatimiz odam paydo bo‘lgan ilk mintaqalardan 



biridir. Vatanimizda odamlar qariyb million yillardan beri yashab 

kelmoqdalar. Ular o‘z taraqqiyotida ibtidoiy to‘da, urug‘ jamoasidan 

iborat uzoq tarixiy yo‘lni bosib o‘tdilar. Yashash uchun kurashib, 

od diy tosh qurollari yasashdan metallni kashf etishgacha, metalldan 

mehnat qurollari, uy-ro‘zg‘or va turli xil bezak buyumlari yasash gacha 

ko‘tarildilar. Yalang‘och holda yashashdan jun, paxta, pilla tolasidan 

kiyim tikib kiyishgacha, g‘orlarda yashashdan uy-joy qurish, qishloq-

qishloq bo‘lib yashashgacha bo‘lgan uzoq ijtimoiy rivoj lanish davrini 

boshdan kechirdilar. Ibtidoiy to‘daning o‘sib urug‘chilik jamoasiga 

ko‘tarilishi insoniyat taraqqiyotida sodir bo‘l gan tub ijtimoiy o‘zga-

rish bo‘ldi. Odamlar bir-birini taniydigan, mu lo qot da bo‘ladigan, bir 

urug‘ga, avvalo, ona urug‘iga, keyinroq ota urug‘iga uyushib, bir joy-

da, birgalikda mehnat qilib yashaydigan bo‘l di, mushkuli osonlashib 

bordi. Turmush tarzida termachilik va ovchilik o‘rnini chorvachilik, 



dehqonchilik, hunarmandchilik egalladi. Mehnat unumliroq bo‘lib 

bordi. Ajdodlarimiz tabiatdan tayyor narsalarni o‘zlashtirish xo‘jali-

gi o‘rniga iste’mol qilinadigan mah sulot lar ni o‘zlari ishlab chiqara-

digan xo‘jalik yaratdilar.

Ibtidoiy jamoa tuzumida jamoa a’zolari ishlab chiqarish vositalari-

ga, uy-joylarga, mehnat qurollariga birgalikda egalik qilgan, mehnat 

qilishda va mehnat mahsullaridan foydalanishda teng bo‘lganlar.



Sug‘orma dehqonchilikning kashf etilishi natijasida o‘troq dehqon-

chilik madaniyati shakllandi. Chorvachilik dehqonchilikdan ajra lib 

chiqdi. Vatanimizning ko‘pgina hududlari – Xorazm, Surxon daryo, 

Zarafshon, Farg‘ona va boshqa vohalari sivilizatsiya taraq qiyotining 

markazlariga ay lan di. Cho‘l va dashtlarda yashovchi chor va dor urug‘ 



39

jamoalari ko‘chmanchilik turmush tarziga o‘ta bordilar va ko‘ch-

manchilarga aylan dilar. O‘troq dehqon jamoalari bilan chorva dorlar 

o‘rtasida aloqalar, mahsulot ayirboshlash jarayoni o‘sib bordi. Ishlab 

chiqarish xo‘jaligining vujudga kelishi, mehnat unum 

dorligining 

ortishi urug‘doshlar o‘rtasida ijtimoiy tengsiz likning, mulkiy taba-

qalarning vujudga kelishi, urug‘chilik jamoa sining yemirilishi uchun 

zamin tayyorladi.

1–2-jadvallardagi ma’lumotlarga e’tibor bering.



1-jadval

 

Mezolit__davri__mil.avv.__12–7-ming__yillar__Qo‘shilish,__Obishir'>Mezolit 



davri  

mil.avv. 

12–7-ming 

yillar 

Qo‘shilish, 

Obishir,  

Machay, 

100 tagacha 

makon 

topilgan 

Ibtidoiy jamiyatning davrlari, yurtimizda topib 

o‘rganilgan manzilgohlar 

Paleolit davri 3–2,5 mln – 12 minginchi yillar 

Ilk bosqichi 

3–2,5 mln – 

100 ming 

yillar avval 

Selung‘ur 

g‘ori yosh 

mil.avv.  

1,5 mln yil 

Ko‘lbuloq 

yoshi  

200 ming 

 yil 

O‘rta 

bosqich 100–

40-ming 

yillar avval 

Teshiktosh 

Omonqo‘ton, 

Obirahmat, 

Xo‘jaxayr, 

Uchtut 

 50 tacha 

makon 

topilgan 

So‘ngi 

bosqich 

mil.avv.  

40–12-ming 

yillar 

Samarqand, 

Xo‘ja G‘or, 

Shug‘nov  

30 tagacha 

makon 

topilgan 

Neolit davri 

mil.avv. 6–4-ming 

yillar, Jayxun, 

Kaltaminor, 

Sazag‘on, Uchtut 

(neolit shahtalar) 

Eneolit davr 

mil.avv. 

4 minginchi 

yillar 

Zamonbobo, 

Sarazm 

Bronza davri 

mil. avv. 3–2-ming 

yillar Sopollitepa, 

Jarqo‘ton, 

Tozabog‘yob, 

Chust 

40

2-jadval

Davrlar

Odamlarning kashfiyotlari

Paleolit

ilk bosqichi

O‘rta

bosqichi

So‘nggi 

bosqichi

Toshdan uchi o‘tkir qirrali, tuxumsimon qurollar, daraxt shoxlaridan tayoq va so‘yil kabi

 

qurollar yasaldi. Termachilik, ovchilik.

Olovdan foydalanishning o‘zlashtirilishi. Chaqmoq toshdan qo‘l chopqichi, pichoq, teshuvchi

 

bigizlar yasaldi.

Urug‘ jamoasi (matriarxat) shakllandi, chayla va 

yerto‘lalar qurildi. Arralovchi, shiluvchi,

 

teshuvchi tosh qurollari, igna, nayza uchlari, qarmoq yasaldi. Baliq ovlash o‘zlashtirildi.

 

Haykaltaroshlik, tasviriy san’at, suyak taqinchoqlar yasash vujudga keldi.

Mezolit

Neolit

Eneolit

Bronza

O‘q-yoy (kamon), irg‘ituvchi nayza qurollari yasaldi. Yakka ovchilik, daydi hayot yuzaga

 

keldi. Hayvonlarni qo‘lga o‘rgatila boshlandi, boshoqli o‘simliklarni yetishtirish o‘rganildi.

 

Qoyatosh suratlari paydo bo‘ldi.

Tosh bolta, pona, iskana,

 motiga (ketmon-techa), tosh moslamali suyak o‘roq, don yanchgich,

 

sopol idishlar yasaldi. Dehqonchilik, chorvachilik, hunarmandchilik vujudga keldi. Suvda

 

suzish moslamalari yasaldi. Uy-joy qurilishi va o‘troqlashuv boshlandi. Ip yigiruvchi urchuq,

 

to‘quv dastgohlari vujudga keldi. Jun va o‘simlik tolasidan kiyimlar tikildi. Ishlab chiqarish

 

xo‘jaligi shakllandi.

Mis kashf etildi, misdan bolta, o‘roq, nayza uchlari, xanjar kabi qurollar, taqinchoq va

 

bezak 

buyumlari yasaldi. Patriarxatga o‘tildi.

Bronza ixtiro qilindi. Metalldan bolta, o‘roq, ketmon, tesha, nayza, pichoq, qilich, xanjar,

 

zargarlik buyumlari yasaldi. Omoch, g‘ildirak, kulolchilik charxi, arava yasaldi. Ustaxonalar

 

paydo bo‘ldi. Hayvonlardan transport sifatida foydalanish o‘zlash 

tiril 

di. Yorg‘uchoq, o‘g‘ur,

 

charx-urchuq yasaldi. Chorvachilik dehqonchilikdan ajralib chiqdi. O‘troq dehqonchilik,

 

sug‘orm’a dehqonchilik, savdo aloqalari vujudga keldi. Shaharlar paydo bo‘ldi. Turli ijtimoiy

 

tabaqalar, mulkiy tengsizlik vujudga keldi. Shahar davlatlari shakllandi.

41

Nazorat savollari

1. Vatanimiz hududida ibtidoiy odamlar manzilgohlarini topib 

o‘r gangan olimlardan kimlarni bilasiz?

2. Ibtidoiy odamlar hayotiga oid qanday asarlarni bilasiz?

3. Ibtidoiy jamiyat qanday davrlarga bo‘linadi va nima uchun?

4. Paleolit davriga doir odamlar manzilgohlari qayerlarda va 

kimlar tomonidan topib o‘rganilgan?

5. Paleolit davrida odamlar nimalarni kashf etishgan?

6. Urug‘chilik jamoasi qaysi davrda shakllandi, uning bosqichla-

rini bilasizmi?

7. O‘q-yoy qachon kashf etildi, uning inson hayotidagi ahamiyati 

nimada?


8. Mezolit davriga oid odamlar manzilgohlari qayerlarda, kimlar 

tomonidan topib o‘rganilgan?

9. Neolit davri manzilgohlarini sanang, ularni topib o‘rgangan 

olimlar kimlar?

10.  Neolit davrida odamlar nimalarni kashf etishgan?

11.  Ishlab chiqarish xo‘jaligi nima, u qachon shakllandi?

12.  Dehqonchilik, chorvachilik, hunarmandchilik qachon vujud-

ga keldi?

13. Bronza davrida odamlar hayotida qanday yangiliklar sodir 

bo‘ldi?


14. O‘troq dehqonchilik, sug‘orma dehqonchilikning shaklla-

nishi haqida nimalarni bilasiz?

15. Bronza davriga oid manzilgohlarni, ularni topib o‘rgangan 

olimlarni bilasizmi?



42

III bob. O‘ZBEK DAVLATCHILIGINING SHAKLLANISHI VA 

DASTLABKI TARAQQIYOT BOSQICHLARI

Tayanch so‘z va iboralar: O‘zbek davlatchiligi: shakllanishi, ri voj  -

lani shi. Qadimgi Xorazm. Baqtriya. Sug‘diyona. «Avesto». To‘ma ris. 

Shiroq. Spitamen. Ellinizm. Yunon-Baqtriya. Qang‘a. Davan. Ku shon  -

lar. Xioniylar. Buyuk Ipak yo‘li.

O‘zbek davlatchiligi qachon paydo bo‘lgan, qanday bosqichlarni 

bo  sib o‘tgan, davlat qurilishida qanday tajribalarimiz bor? Bu savol-

larga asosli javob berish har bir talabaning burchidir.

«Davlatchilik bugungi kunda o‘ta siyosiy masala bo‘lib turibdi. 

Ne  ga deganda, O‘zbekistonda davlatchilik bo‘lmagan, deb orqavarot-

dan tashviqot yuritayotgan, shu fikrni ongimizga singdir moqchi bo‘-

la yot gan, kerak bo‘lsa, xalqaro jamoatchilikni shunga ishontirish-

ga urinayotgan kuchlar hali bor... O‘zbek tarixchilarining bugun gi 

kun  da gi asosiy vazifasi mana shu da’voning puch ekanligini isbot-

lash, davlatchiligimizning ilmiy nuqtayi nazardan asoslangan tarixi-

ni yaratishdir»

11

.

Mustabid Sovet hokimiyati davrida yozilgan tarixiy asarlarda, 



dars lik va qo‘llanmalarda O‘rta Osiyoda, hozirgi O‘zbekiston hu du-

di da davlatchilik tizimi bo‘lganligi haqida yozilgan, ammo tilga 

olin gan davlatlarga to‘g‘ridan to‘g‘ri o‘zbek xalqi, o‘zbek jamiyati 

bi lan bog‘liq holda, Vatanimizda uzluksiz kechgan jarayon sifatida 

qaralmagan. Yurtimizda shakl langan, qariyb uch ming yil davomi-

da faoliyat yuritgan davlatlar bir kichik hudud yoki hokimiyat tepa-

sida turgan hukmdor nomi bilan atalgan, davlatning asosiy man-

bayi, mohiyati, ya’ni qaysi xalqning davlati ekanligi ochib berilma-

gan, to‘g‘rirog‘i ochib berishni xohlamaganlar. 

1. Davlat tuzilmalarining shakllanish shart-sharoitlari

Mehnat qurollarining takomillashishi natijasida yerga ishlov be rish 

yaxshilanib, ekin maydonlari kengayib, odamlarning mehnati unum -

11

 Karimov I.A. Asarlar to‘plami. 7-jild. – T.: «O‘zbekiston». 1999. 139-



bet.

43

liroq bo‘lib bordi. Temirning kashf etilishi, undan yasalgan meh-

nat qurollari qish loq xo‘jaligi va hunarmandchilikning tez o‘sish ga 

olib keldi. Odam larning daryolarni bo‘g‘ib, to‘g‘onlar qurib, ka nal    lar 

qazib yerlarga suv chiqarish imkoniyati kengaydi. O‘rgatilgan ishchi 

hayvonlar qo‘shilgan temir tishli omochlar bilan yer haydash ning 

o‘zlashtirilishi hosildorlik oshishini, ko‘proq mah 

sulotlar yetish-

tirish ni ta’minladi. Bu odamlar turmushini ancha yaxshiladi, umrini 

uzaytirdi, aholi son jihatdan ko‘payib bordi.

Urug‘chilik munosabatlari ham o‘zgarib boradi. Ikki urug‘ a’zo-

laridan tashkil topgan er-xotin – juft oilalar vujudga keladi. Kat-

ta patriar xal oilalar urug‘ jamoalaridan ajralib chiqadi, ularga urug‘ 

jamoalariga qarashli yerlardan chek yerlari ajratib beriladi. Shu tari-

qa urug‘ jamoasining umumiy xo‘jaligi oilalar jamoasiga bo‘linadi. 

Bunday oilalar jamoasi ishlab chiqarish jamoalari, deb ham ataladi.

Katta oila jamoasining oqsoqoli bir vaqtning o‘zida oila jamoa-

si uchun diniy va dunyoviy boshliq, piri ustoz va murabbiy bo‘lgan. 

Urug‘ yoki qish  loq oqsoqoli esa butun qishloq ahlining boshlig‘i 

hisob  langan. Oq soqollar kengashi qo‘lida diniy va dunyoviy hoki-

miyat jamlangan bo‘lib, u jamoa faoliyatiga oid barcha masalalarni 

hal qilgan. Ishlab chiqarish jamoalari tarkibini tashkil etgan har bir 

oila o‘z xususiy mulkiga ega bo‘lgan.

«Avesto»da 

jamiyat

tarkibining 

bo‘linishi

♦ «Nmana» – katta patriarxal oila.

♦ «Vis» – «nmana»lar birikuvi natijasida shakllangan 

urug‘ jamoasi.

♦ «Varzana» – «vis»lar birikuvidan vujudga kelgan. 

yirik qo‘shni jamoa.

♦ «Zantu» – qabila uyushmasi.

 «Daxyu» – qabilalar ittifoqi.

 

Xususiy mulkning kelib chiqishi, o‘z navbatida, mulkiy tabaqa-



la nishni keltirib chiqardi. Xususiy mulk, avvalo, jamoa oqsoqollari, 

har biy boshliqlar, mo‘tabar shaxslar qo‘lida to‘plana boshladi. Ular 

yerning hosildor qismini egalladilar, ko‘plab chorva mollariga ega 

bo‘l dilar. Oqsoqollar oila jamoalarini, urug‘ va qabila ishlarini bosh-

qargani uchun jamoachilar ularga yetishtirgan hosillarining, chor-

va mol larning bir qismini berishga majbur bo‘lgan oqsoqollar o‘z 

iste’ moli dan ortib qolgan bunday mahsulotlarni mis, oltin, kumush 

buyum larga ayirbosh qilganlar.



44

Qabilalar o‘rtasida yaxshi yer va yaylovlar, chorva mollari uchun 

urushlar kelib chiqqan. Qabiladosh jangchilar urush harakat lariga 

boshchilik qilish uchun o‘z harbiy yo‘lboshchilarini saylagan 

lar. 

Urushda qo‘lga kiritilgan o‘ljaning ko‘p qismi yo‘lboshchiga ham   da 



oqsoqolga berilgan. Shu tariqa oqsoqollar va yo‘lboshchilar jamiyat-

da alohida, ustun mavqega ega bo‘lib, ularni zodagonlar, deb atash-

gan. Keyinchalik, zodagonlar o‘z o‘g‘illariga nafaqat boyligini, mul-

kini, shuningdek, o‘z lavozimlarini ham meros qilib qoldirganlar. 

Zodagonlar jamoa, urug‘ va qabilalar ustidan o‘z hukmronligini 

o‘rnatganlar.

Ishlab chiqarish jamoalarining paydo bo‘lishi asta-sekin ortiq-

cha mah 


sulotlarni  ayirboshlashni hamda ijtimoiy mehnat taqsi-

motini keltirib chiqaradi. Jamoa a’zolari ishlab chiqarishning o‘zlari-

ga qulay sohasini tanlab oladilar. Shu tariqa, dehqonchilikdan chor-



va chilik, keyinroq hunarmandchilik mustaqil xo‘jalik turlari sifati-

da ajralib chiqadi. Ayrim ishlab chiqarish jamoalari deh qon chilik 

bilan, bosh qa lari chorvachilik yoki hunarmandchilik bilan shug‘ul-

lana  dilar. Ular o‘rtasida dehqonchilik, chorvachilik va hunar mand-

chilik mahsulot larini o‘zaro ayirboshlash kengayib boradi. Bu esa, 

o‘z navbatida, savdogar lar tabaqasini, ilk shaharlarning muhim bel-

gilaridan biri sifatida bozorlarni keltirib chiqaradi. Ja miyat ning ijti-

moiy-iqtisodiy hayo tida tovar ayirboshlash yuz beradi, dastlabki sha-

harlar paydo bo‘ladi.



Download 3.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling