O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi q. Usmonov, M. Sodiqov


Download 3.12 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/49
Sana02.12.2017
Hajmi3.12 Mb.
#21335
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   49

O‘zbekistonning

Kavkazorti davlatlari 

bilan aloqalari

   1995-yil  5-sentabrda  Gruziya  dav lat 

rah   bari, respublika Parlamenti Raisi 

E. She var na dze rasmiy tashrif bilan O‘zbe-

kistonda bo‘ldi. Bu tashrif O‘zbekis 

ton 


bilan Gruziya o‘rtasidagi qadimiy aloqa larni tiklashda muhim aha-

miyatga ega bo‘ldi. Ikki tomonlama munosabatlarga doir masala lar 

muhokama qilindi va muzokaralar nihoyasida I. Karimov va E. She-

varnadze tomonidan «O‘zbekiston va Gruziya o‘rtasida do‘stlik va 



438

hamkorlik to‘g‘risida shartnoma» imzolandi. Ikki mamlakat o‘rtasi-

da sarmoyalarni o‘zaro himoya qilish va rag‘batlantirish, fan-texni-

ka, bank, qishloq xo‘jaligi, bojxona, xalqaro transport aloqalari, 

erkin savdo va ishlab chiqarish, maorif, madani  yat, sport, sog‘liqni 

saq lash, sayyoh 

lik, atrof-muhit muhofazasi bo‘yicha hamkorlik 

to‘g‘ri sida 20 dan ziyod hukumat lararo va muassasalararo hujjatlar 

im zo lan di.

Mazkur bitimni ro‘yobga chiqarishda O‘zbekiston Respublikasi 

Prezidenti Islom Karimovning 1996-yil may oyida Gruziya Respub-

likasiga rasmiy Davlat tashrifi muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.

Islom Karimovning Gruziyaga safari chog‘ida E. Shevar nadze 

bilan xalqaro Transkavkaz yo‘li, uning Gruziyadan o‘tadigan qis-

mini barpo etish, Gruziyaning Poti bandargohi imkoniyatlari-

dan O‘z be  kiston yuklarini tashishda foydalanish masalalari bo‘yi-

cha ahd 


lashib olindi. I. Karimov va E. Shevarnadze O‘zbekiston 

va Gruziya o‘rtasida hamkorlikni kengaytirish va chuqurlashtirish 

to‘g‘risidagi Deklarat 

siyani imzoladilar. Shuningek, O‘zbekiston 

bilan Gruziya o‘rtasida moliya-sanoat guruhini tuzish, huquq-tar-

tibot, pochta aloqasi, savdo, soliq, bojxona tizimi kabi 15 ga yaqin 

bitimlar imzolandi. Ikki davlat o‘rtasida hamkorlik rivojlanib bor-

moqda.


O‘zbekiston bilan Ozarbayjon o‘rtasida davlatlararo aloqa-

lar yo‘lga qo‘yildi va rivojlanib bormoqda. 1996-yil 27-may kuni 

Islom Karimov boshliq O‘zbekiston davlat delegatsiyasi Ozarbayjon-

da bo‘ldi. Ikki davlat Prezidentlari «O‘zbekiston bilan Ozarbayjon 



o‘rtasida do‘stlik va hamkorlik to‘g‘risida shartnoma» imzoladilar

. 

Ikki qardosh mamla  kat o‘rtasida davlatlararo aloqalar yo‘lga qo‘yil-

di. Safar chog‘ida O‘zbe kis ton bilan Ozarbayjon o‘rtasida savdo-iq-

tisodiy, so liq, bojxona, havo yo‘li, avtomobil va temiryo‘li aloqala-

ri, madaniy va boshqa sohalardagi aloqalarni rivojlantirish bo‘yicha 

20 ga yaqin hukumatlararo hujjatlar imzolandi. Ikki davlat rahbar-

lari xalqaro Transkavkaz yo‘lini barpo etish, uning Ozarbayjondan 

o‘tadigan qismi ni shakllantirish, O‘zbekiston yuklarini Ozarbayjon 

hududi or qa li Yevropa tomon chiqarish, Ozarbayjon bandargohla-

rini ta’mirlash masalalari to‘g‘risida kelishib oldilar. Ikki mamla-

kat tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida o‘zaro maslahatlashuvlar yo‘lga 

qo‘yildi. Imzolangan 20 ga yaqin hujjatlar asosida ikki davlat o‘rtasi-

da o‘zaro hamkorlik rivojlanib bormoqda.


439

O‘zbekistonning

Boltiqbo‘yi davlatlari 

bilan aloqalari

    O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti 

I. Kari movning 1995-yil 6–8-iyun kunlari 

Dav  lat tashrifi bilan Latviya Respub li ka si-

da bo‘lishi muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. 

Mazkur tashrif chog‘ida I. Karimov va Latviya Respublikasi Pre zi-

den ti G. Ulmanis «O‘zbekiston Respublikasi bilan Latviya Respubli-

kasi o‘rtasida do‘stlik va hamkorlik to‘g‘risidagi shartnoma»ni imzo-

ladilar. O‘zbekiston va Latviya hukumati o‘rtasida transport, havo 

aloqasi, sayyohlik hamda ilmiy-texnik sohalar bo‘yicha hamkorlik 

to‘g‘risida bitimlar imzolandi. Latviya Prezidenti G. Ulmanisning 

1996-yil 23-mayda O‘zbekistonga qilgan davlat safari ikki mamlakat 

o‘rtasida aloqalarni yanada chuqurlashtirdi. Ikki Prezident «O‘zbe-

kiston bilan Latviya o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish va 

kengaytirish to‘g‘risida Deklaratsiya» imzoladilar. Hukumatlararo 

fu qa rolik, meh nat, huquq-tartibot, xalqaro avtomobil qatnovi, temir-

yo‘l transporti, madaniyat, bojxona ishida o‘zaro hamkorlik to‘g‘ri-

sida bitimlar imzolandi.

O‘zbekiston Latviyadan elektr mashinalari, uskunalar va ular ning 

ehtiyot qismlari, shakar va qandolatchilik mahsulotlari, efir moyi, 

qora metall sotib olinmoqda. Latviyaga esa rangli metallar, ipak, pax-

ta va boshqa mahsulotlarni eksport qilinmoqda. Toshkentda «Dzin-

tars» Latviya aksionerlik jamiyatining O‘zbekiston–Latviya qo‘sh-

ma korxonasi qurilib, «Volida», «Saodat», «Istiqbol» singari atirlar 

ishlab chiqaril moq da va «Dzintars» firma do‘koni orqali sotilmoq-

da. O‘zbekiston va Latviya tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida o‘zaro 

maslahatlashuv to‘g‘risida Protokol imzolandi. Ikki davlat o‘rtasidagi 

savdo-sotiq o‘sib bormoqda. 1994-yil o‘zaro tovar ayirboshlash 121,8 

million so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, 2012-yilda bu ko‘rsat kich 243,2 

million AQSH dollarini tashkil etdi.

I. Karimovning 1995-yil iyun oyida Litvaga Davlat tashrifi cho-

g‘ida Prezident A. Brazauskas bilan O‘zbekiston Respublikasi bilan 

Litva Respublikasi o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlikni rivoj-

lantirish va chuqurlashtirish to‘g‘risidagi qo‘shma Deklaratsiyani 

imzoladilar. Shuningdek, O‘zbekiston hukumati bilan Litva huku-

mati o‘rtasida ta’lim, fan va texnika, sayyohlik, madaniyat va san’at, 

savdo-iqtisodiy, havo yo‘li va havo transporti sohalarida hamda 

bojxona qonu ni ni buzish hollariga qarshi kurash borasida hamkorlik 

qilish to‘g‘risi da bitimlar imzolandi.


440

O‘zbekiston Litvadan elektr uskunalar va ularning ehtiyot qism-

lari, sut va sut mahsulotlari, mebel sanoati mahsulotlarini sotib 

olib, Litvaga paxta, neft, rangli metallar eksport qiladi. 1994-yilda 

o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi 248,6 million so‘mni tashkil etgan 

bo‘lsa, 2001-yilda bu ko‘rsatkich uch barobarga ko‘paydi. O‘zbe-

kiston Litvaning transport-xo‘jalik kommunikatsiyasi, dengiz yo‘li, 

ayniqsa, Klayped bandargohi orqali o‘z mahsulotlarini jahon bozo-

riga chiqarmoqda.

O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimovning 2002-yil 23–25-sen-

tabr kunlari Litva Respublikasiga tashrif buyurishi ikki davlat o‘rta-

sidagi aloqalarni yangi bosqichga ko‘tardi. «O‘zbekiston bilan Litva 



o‘rtasida davlatlararo munosabatlarning asoslari, do‘stlik va ham-

korlik to‘g‘risida shartnoma», ikki davlat tashqi ishlar vazirliklari, 

bojxona xizmatlari hamda milliy universitetlari o‘rtasida hamkor-

lik to‘g‘risida bitimlar imzolandi. O‘zbekiston–Litva hukumatla-

raro savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha komissiya tuzildi va u fao-

liyat ko‘rsatmoqda. Ikki davlat o‘rtasida tuzilgan shartnomalar asosi-

ga O‘zbekiston va Litva o‘rtasidagi hamkorlik tobora rivojlanib bor-

moqda.

3. Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasida hamkorlik aloqalari

Markaziy Osiyo

respublikalari

o‘rtasidagi hamkorlik

      O‘zbekiston tashqi siyosatining mu him 

yo‘nalishlaridan biri Markaziy Osiyo dagi 

yangi mustaqil davlatlar – Qozo 

g‘iston, 

Qir g‘i ziston, Tojikiston, Turkmaniston 

bilan ham 

korlik, do‘stlik aloqalarini mustahkamlashga qaratilgan. 

Min ta qadagi beshta davlat o‘rtasida o‘xshash jihatlar ko‘p. Tarixi-

miz, madaniyatimiz, tilimiz, dilimizning birligi, tomirlarimiz 

ning 

tu ta shib ketganligi bu mamlakatlar xalqlarini bir-biriga yanada ya qin-



lash  tirishning zaminidir. 

Markaziy Osiyo davlatlari Prezident larining uchrashuvi 1991-yil 

13–15-avgust kunlarida Toshkent shahrida bo‘ldi. Unda uchra shuv 

yakunlari xususida Axborot hamda O‘rta Osiyo va Qozog‘iston res-

publikalararo Maslahat kengashini tuzish to‘g‘risida bitim imzolan-

di. Maslahat kengashining vazifasi beshta mamlakat o‘rtasida iqtiso-

diy hamkorlik qilish uchun shart-sharoit yaratishdan, bozor muno-

sabatlariga o‘tishda min taqa man faat larini himoya qiluvchi kelishil-

gan siyosat yuritishdan, iqtisodiyotning umumiy muam mo lari ni hal 


441

etishga yagona yondashuvlarni ishlab chiqishdan iborat, deb belgi-

landi.

Orol muammolarini

hal qilish tomon

tashlangan qadam

   1993-yil 4-yanvarda I. Karimov tashab-

busi bilan Toshkentda O‘rta Osiyo respub-

lika lari va Qozog‘iston Prezidentlarining 

yi g‘i lishi bo‘lib o‘tdi. Unda Markaziy 

Osiyo atamasi tilga olindi va bundan keyin Markaziy Osiyo deganda, 

O‘rta Osiyo respublikalari va Qozog‘iston tushuniladigan bo‘ldi. 

Uch rashuv qatnashchilari mintaqa davlatlaridagi siyosiy va iqtisodiy 

ahvolni muhokama qildilar. Mintaqa mamlakatlari o‘rtasidagi ikki 

tomonlama va ko‘p tomonlama shartnomalar, savdo-iqtisodiy bitim-

lar qanday bajarilayotganligi tahlil etildi.

Orolni saqlab qolish xalqaro jamg‘armasini tuzish to‘g‘risida 

qa ror qabul qilindi. Jamg‘arma majlislarini Qizil O‘rda, Nukus va 

Tosh hovuzda o‘tkazish zarur, deb topildi. Besh davlat boshliqlari 

ham korlik haqidagi bitimni imzoladilar.

1993-yil mart oyida Qizil O‘rdada Markaziy Osiyo davlatla-

ri bosh liqlarining Rossiya davlat delegatsiyasi ishtirokida anjumani 

bo‘lib o‘tdi. Anjumanda Orol dengizi va Orolbo‘yi muammolarini hal 

etish, Orol mintaqasi ekologiyasini sog‘lomlashtirish va ijtimoiy-iqti-

so diy taraqqiyotni ta’minlash sohasida birgalikda qilinadigan hara-

katlar to‘g‘risida bitim imzolandi. Orol dengizi havzasi muam mo lari 

bilan shugullanuvchi Davlatlararo kengash tuzildi. Orolni qut qarish 



xalqaro jamg‘armasi ta’sis etildi.

1993-yil avgustda Nukusda Orol dengizi havzasi muammola-

ri bilan shug‘ullanuvchi Davlatlararo kengash va Orolni qutqarish 

xalqaro jamg‘armasining qo‘shma majlisi bo‘ldi. 1994-yil 11-yan-

varda Nukusda Markaziy Osiyo mamlakatlari boshliqlarining Ros-

siya Fede r at siyasi davlat delegatsiyasi (Yuriy Yakovlev, RF Bosh 

vaziri o‘rinbosari) ishtirokida konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Konfe-

rensiyada Orol dengizi havzasidagi ahvol bilan bog‘liq ko‘pgina 

masalalar, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi mablag‘lari qan-

day to‘pla na yot gani muhokama qilindi, faoliyati ma’qullandi. Eko-

logik vaziyatni yaxshilash yuzasidan yaqin 3–5 yil ichida bajarilishi 

lozim bo‘lgan muayyan vazifalar belgilandi. Orol dengizini qutqa-

rish bo‘yicha Dav lat lararo kengash Nizomi tasdiqlandi hamda uning 

ijroiya organining rahbari tayinlandi. Bu masalalar bo‘yicha qaror-

lar qabul qilindi.


442

Markaziy Osiyo

Iqtisodiy hamjamiyati

    1994-yil 30-aprelda Cho‘lponota shahri-

da O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qir g‘i zis ton 

o‘r tasida yagona iqtisodiy makon tuzish 

to‘g‘ risida uch tomonlama shartnoma imzolandi. O‘zbekiston, Qo zo-

g‘iston va Qirg‘iziston Prezi  dentlarining 1994-yil iyul oyi boshida 

Almati shahrida bo‘lib o‘tgan uchrashuvida o‘zaro integratsiyani 

ku chaytirish bo‘yicha, Markaziy Osiyo Hamkorlik va taraqqiyot ban-

kini tuzish to‘g‘risida bitimlar imzolandi. Tomonlar Davlat 

lararo 


kengash hamda uning doimiy ijroiya organini, shuning dek, Bosh 

vazirlar kengashi, Tashqi ishlar vazirlari kengashi, Mu dofaa vazirlari 

kengashini ta’sis etdilar. O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘izision 

o‘rtasida Markaziy Osiyo Hamkorlik va taraqqiyot banki tashkil etil-

di. Shu tariqa, Markaziy Osiyo Iqtisodiy hamjamiyati (MOIH) tash-

kil topdi.

1995-yil 15-dekabrda Jambulda Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘z-

bekiston Respublikalari Davlatlararo kengashining navbatdagi majli-

si bo‘ldi. Prezidentlar 2000-yilgacha bo‘lgan iqtisodiy integra tsiya 

 va, birinchi navbatda, sarmoya sarflanishi lozim bo‘lgan loyiha-

lar dasturlarini hayotga joriy etish, kommunikatsiya tarmoqlarini 

rivoj lan tirish masalalarini muhokama etdilar. Integratsiya dasturi-

da 53 ta lo yiha  lar ishlab chiqildi. BMT rahnamoligida harakat qila-

digan Qozo g‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekiston Respublikalarining 

tinch lik ni saqlash kollektiv batalyonini tashkil qilish haqida qaror 

qabul qilin di. Uch davlatning tinchlikni saqlash kollektiv batalyoni 

shakllantirildi.

1997-yil 9–10-yanvar kunlari Bishkekda O‘zbekiston, Qozog‘is-

ton, Qirg‘iziston davlat boshliqlarining kengashi bo‘lib unda uch 

qardosh davlatlar o‘rtasida abadiy do‘stlik haqida shartnoma imzo-

landi. Bu hujjatda o‘zbek, qozoq, qirg‘iz xalqlarining orzu-niyatlari 

o‘z ifodasini topdi. Mazkur shartnoma uch qardosh davlat xalqlari-

ning iqtisodiy, siyosiy, madaniy, ilmiy-texnikaviy hamkor ligini yangi 

asoslarda rivojlantirishga yo‘naltirdi.

1997-yil 12-dekabr kuni Qozog‘iston Respublikasining yangi 

poy  taxti – Astana shahrida Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekiston 

Prezidentlarining kengashi bo‘lib o‘tdi. Kengashda uch mam lakat 

o‘r ta sida energetika, suv zaxiralaridan oqilona foydalanish, oziq- 

ov qat ta’minoti, kommunikatsiya hamda mineral xomashyo zaxira-

lari ni o‘zlashtirish va qayta ishlash sohalari bo‘yicha xalqaro kon-

sorsiumlar tuzish to‘g‘risida muzokara bo‘ldi. Prezidentlar xal qaro 


443

konsorsiumlar tuzish bo‘yicha uch mamlakat hamkorligi tamo yil -

lari konsepsiyasini ma’qulladilar. 1998-yilda Tojikiston Respub likasi 

Markaziy Osiyo Iqtisodiy hamjamiyatiga a’zo bo‘lib kirdi.

2000-yil 20–21-aprel kunlari Toshkentda O‘zbekiston, Qozog‘is-

ton, Qirg‘iziston va Tojikiston Respublikalari Prezidentlarining uch-

ra shu vi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda mintaqaviy hamkorlik va mam la-

kat lar aro munosabatlarga doir masalalar muhokama qilindi. To‘rt 

mamlakat rahbarlari terrorchilik, siyosiy va diniy ekstremizm, xal-

qa ro uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash va mintaqa davlatlari-

ga tah did soladigan boshqa xavf-xatarning oldini olishga qaratilgan 

hamkorlik to‘g‘risida shartnoma imzoladilar.



Markaziy Osiyo

Hamkorlik Tashkiloti

      2001-yil 28-dekabr kuni Toshkentda 

MOIH davlatlari boshliqlarining navbat-

dagi kenga 

shi bo‘lib o‘tdi. Kengashda 

ham kor lik ni rivoj 

lantirish, mintaqada barqarorlik va xavfsizlikni 

ta’min  lash masalalari muhokama qilindi. Mazkur kengashda MOIH 

tash kiloti faoliyatini to‘xtatishga qaror qilindi. Islom Karimov takli-

figa binoan MOIH negizida Markaziy Osiyo Hamkorligi Tashkiloti 

(MOHT) deb, qayta tuzishga kelishib olindi.

2002-yil 28-fevral – 1-mart kunlari Almati shahrida Marka-

ziy Osiyo davlatlari boshliqlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Muzoka-

ralar yakunida Prezidentlar tomonidan Markaziy Osiyo Hamkor-

ligi Tashkiloti huquqiy jihatdan rasmiylashtirildi. MOHTning Raisi 

etib Islom Karimov saylandi. Mazkur tashkilot endi nafaqat iqtisodiy 

munosabatlarni rivojlantirish, shuningdek, siyosiy, ijtimoiy, madaniy 

va bosh qa turdagi aloqalar ko‘lamini kengaytirish masalalari bilan 

shu  g‘ullanadi. Har bir a’zo mamlakatdan bevosita davlat rahbari-

ga hisobot berib turadigan bittadan muvofiqlashtiruvchi vakil tayin-

landi.

2004-yil 28-may kuni Astana shahrida MOHT tashkilotiga a’zo 

mamlakatlar davlat rahbarlarining sammiti bo‘lib o‘tdi. Unda tash-

kilot qamragan mintaqada xavfsizlikni mustahkamlash, umumiy 

bozor barpo etish masalalari muhokama etildi. Muzokaralar yaku-

nida O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston Prezident-

larining qo‘shma bayonoti MOHTga a’zo mamlakatlar o‘rtasida tele-

videniye va radio dasturlarini o‘zaro tarqatish to‘g‘risida bitim imzo-

landi.

2005-yil 6–7-oktabr kunlari Sankt-Peterburg shahrida bo‘lib o‘t-



gan MOHT davlat rahbarlarining sammitida o‘tgan davrda amalga 

444

oshirilgan ishar sarhisob qilindi. Kengashda Markaziy Osiyo umumiy 

bozorini barpo etish konsepsiyasi tasdiqlandi.

O‘zbekiston Prezidenti taklifiga binoan MOHT bilan Yevro-

osiyo Iqtisodiy hamjamiyati (YeOIH) ni birlashtirishga kelishib olin-

di. Ne gaki, ikki tashkilotning maqsad va vazifalari deyarli bir-biri-

ga yaqin edi.

YeOIH

      Rossiya, Belorus, Qozog‘iston, Qirg‘i-

zis ton va Tojikiston o‘rtasida 1995-yilda 

tu zilgan Boj xo na ittifoqi negizida Yevroosiya Iqtisodiy ham jami yati 

tashkil topgan edi. YeOIHning 2006-yil 24–25-yanvar kunlari Sankt-

Peterburg shahrida bo‘lib o‘tgan sammitida O‘zbe kis ton unga a’zo 

bo‘lib kirdi. Mazkur sammitda O‘zbekiston ning Yevrosiyo Iqtisodiy 

hamjamiyatini ta’sis etish to‘g‘risidagi shartno ma  ga qo‘shilishi to‘g‘-

ri si dagi protokol, «YeOIHni ta’sis etish to‘g‘ risidagi shartnomaga 

o‘z gartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘ri 

sida» qarorlar imzo-

landi.


YeOIH a’zo mamlakatlar o‘rtasida integratsiyaning rivojla ni shi-

ga, yagona umumiy bozorning shakllanishiga, Bojxona ittifoqiga, 

erkin savdo zonasining tarkib topishiga ko‘maklashmoqda.

O‘zbekistonning 

Qozog‘iston bilan

hamkorligi

      Markaziy Osiyodagi mustaqil davlatlar 

o‘r ta  sida ko‘p tomonlama hamkorlik bilan 

bir ga ular o‘rtasida ikki tomonlama aloqa-

lar ham yo‘lga qo‘yildi. O‘zbekistonning 

Qo zog‘iston bilan ikki tomonlama munosabatlari 1992-yil 24-iyunda 

Turkiston shahrida O‘zbekiston Prezidentining Qozog‘istonga ras-

miy Davlat tashrifi paytida N.Nazarboyev bilan I. Karimov tomoni-

dan imzo lan gan «O‘zbekiston Respublikasi bilan Qozog‘iston Respub-

likasi o‘rtasida do‘stlik va hamkorlik to‘g‘risidagi shartnoma» asosi-

da mustahkamlanib bormoqda.

Qozog‘iston Prezidenti N. Nazarboyev 1994-yil 10–12-yanvar-

da rasmiy davlat tashrifi bilan O‘zbekistonda bo‘ldi. Ikki Prezident 

«O‘zbekiston bilan Qozog‘iston o‘rtasida tovarlar, xizmatlar, sar-

moya lar va ishchi kuchlarining erkin o‘tib turishini nazarda tutuvchi 

hamda o‘zaro kelishilgan kredit-hisob-kitob, budjet, soliq, narx, boj 

va valuta siyosatini ta’minlash to‘g‘risida shartnoma»ni imzoladilar. 

1998-yil 31-oktabrda «O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida Abadiy 

do‘stik shartnomasi» imzolandi.

O‘zbekiston va Qozog‘iston Prezidentlarining Toshkentda 2000-

yil 20–21-aprel kunlari bo‘lib o‘tgan uchrashuvida ikki davlat chega-



445

ra larini aniq belgilab olishga bag‘ishlandi. Muzokaralar yaku 

ni-

da «O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimov va Qozog‘is-



ton Respublikasi Prezidenti N.A. Nazarboyevning qo‘shma Bayono-

ti» im zolandi. Ikki mamlakat mustaqilligi va chegaralari daxlsizligi-

ni ta’min lashga qaratilgan bu hujjat ikki tomonlama hamkorlik alo-

qa lari ni yanada mustahkamlash va chuqurlashtirishda muhim aha-

mi yat ga ega. «Davlat rahbarlari, – deyiladi qo‘shma Ba yo not da, – 

O‘z  be kis ton Respublikasi bilan Qozog‘iston Respub li kasi o‘rtasidagi 

chegara ikki davlat qardosh xalqlarini birlashtiruvchi tinchlik, do‘st-

lik va yaxshi qo‘shnichilik chegarasi bo‘lib qolishida yakdil dirlar». 

2001-yil 16–17-noyabr kunlari O‘zbekiston Prezidenti I. Karimov 

ras miy tashrif bilan Qozog‘istonda bo‘ldi. Ikki davlat Prezi den tlari 

«O‘z be kiston–Qozog‘iston davlat chegarasi to‘g‘risida shart 

no ma» 


imzo la dilar. 2440 km uzunlikdagi chegaraning 96 foizi belgilab olin-

di. Qolgan qismini kelishuv asosida delimatatsiya qilishga keli shil  di. 

10 oy davomida bu borada tegishli ishlar amalga oshirildi. 2002-yil 

9-sen tabrda Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti N. Na zar boyevning 

taklifiga binoan Islom Karimov Astana shahriga tash 

rif buyurdi. 

«O‘zbekiston–Qozog‘iston davlat chega ra larining alohi da uchastka-

lari to‘g‘risida bitim» imzolandi. Ikki mam lakat o‘r ta si dagi chegara-

ga oid dolzarb masalalar huquqiy jihatdan o‘z yechimi ni topdi. Ikki 

mamlakat o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 2011-yilda 2,7 mil-

liard AQSH dollarini tashkil etdi. 2012-yilda O‘zbe kistonda 178 ta 

o‘zbek–qozoq qo‘shma korxonasi, Qozog‘is 

ton da 120 ta qozoq–

o‘zbek qo‘sh ma korxonasi faoliyat yuritdi.



O‘zbekiston va 

Qirg‘iziston aloqalari

      O‘zbekistonning Qirg‘iziston bi  lan ikki 

tomonlama hamkorligi

 «O‘zbe  kis ton Res-

publikasi bilan Qir 

g‘izis  ton Respublikasi 

o‘rtasida do‘stlik, ham kor lik  va o‘zaro yordam haqida shartnoma» 

asosida yo‘lga qo‘yildi va ri voj  lan tiril moqda. Bu shartnoma Qirg‘izis-

ton Prezidenti A. Akayevning O‘zbekistonga rasmiy Davlat tash rifi 

paytida, Toshkentda 1992-yil 29-sen tabrda I. Karimov va A. Akayev 

tomoni dan imzo lan gan edi. I. Ka ri  movning 1993-yil avgustga Qir-

g‘izistonga qilgan ras miy Dav lat tashrifi paytida O‘sh shahrida «O‘z-

be kiston va Qirg‘iziston o‘rta si da 1994–2000-yil lar ga mo‘ljallangan 

iq ti sodiy integratsiyani rivoj lan tirish to‘g‘ri sida Bayonot» imzolandi. 

Bu hujjat ikkala respublikada ishlab chiqarilgan milliy dasturlarni 

mu vo fiq lash tirish ga, xomashyo va ishchi kuchidan, ilmiy salohiyat-


446

dan unum li foyda la nish ga qaratil gan. Ikki davlat o‘rtasida iqtiso-

diyot, savdo, madaniyat, sog‘liqni saq  la sh, fan va ta’lim, sport va 

tu rizm bo‘yicha hamkorlikni mus tah kam lash haqida bitmlar imzo-

langan.

1994-yil 16-yanvarda O‘zbekiston Prezidenti I.A. Karimov Qir-



g‘i zistonda bo‘ldi. Rasmiy tashrif yakunida tovarlar, xizmatlar, sar-

moya, ishchi kuchlarining erkin yurish, o‘zaro kelishilgan kre-

dit – hisob-kitob, budjet, soliq, narx, bojxona va valuta siyosatini 

belgi lov  chi shartnomalarni imzoladilar. O‘zbekiston va Qirg‘izis-

ton o‘rta 

si da savdo-iqtisodiy hamkorlik, madaniyat, sog‘liqni 

saqlash, fan va ta’lim, sport va turizm bo‘yicha hamkorlikni yana-

da mustah kam lash haqida bitimlar imzolandi. Bu hujjatlar asosi-

da ikki mamlakat o‘r tasidagi ikki tomonlama hamkorlik rivojlanib 

bormoqda. 2000-yil da O‘zbekistonda 22 ta o‘zbek–qirg‘iz qo‘shma 

kor  xo  na  si, Qirg‘izis ton da 62 ta qirg‘iz–o‘zbek qo‘shma korxo n asi 

faoliyat yuritdi. 

2000-yil iyunda Qirg‘izistonda ekstermistik kuchlar tomonidan 

Prezident hokimyayining ag‘darilishi, millatlararo qonli voqealar 

sha roitda O‘zbekiston Prezidenti oqilona yo‘l tutdi. 100 mingdan 

or tiq qochqinlar, xotin-qizlar, bolalar, qariyalarni O‘zbekiston hu -

du di ga qabul qilindi, joylashtirish va barcha zarur narsalar bilan 

ta’ minlandi. Islom Karimov harakatlari natijasida Markaziy Osiyo 

qarama-qarshiliklarning keng ko‘lamli o‘chog‘iga aylanib ketishi-

ning oldi olindi. Jahon hamjamiyati O‘zbe kiston Preziden tining 

qal tis vaziyatda amalga oshirgan oqilona tadbirlarini to‘liq ma’qul-

ladi.


Download 3.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling