O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi q. Usmonov, M. Sodiqov


Download 3.12 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/49
Sana02.12.2017
Hajmi3.12 Mb.
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   49

O‘zbekiston va

Yaponiya hamkorligi

      O‘zbekiston sharqning eng rivojlangan 

mam lakati – Yaponiya bilan ham ham-

korlik qilmoqda. Yaponiya 1991-yil dayoq 

O‘z be  kis  ton mustaqilligini tan oldi, 1992-yilda o‘zaro dip 

lo matik 

alo qa lar o‘rnatildi. 1994-yil 16–19-may kunlari O‘z bekis  ton Prezi-

denti Islom Karimov boshliq davlat delegatsiyasi rasmiy tashrif bilan 

Yaponiyada bo‘ldi. Safar paytida «O‘zbekiston bilan Yaponiya o‘rta-

sida munosabatlarning asosiy prin sip lari haqida qo‘shma Bayonot», 

tashqi ishlar bo‘yicha munosabatlar haqida hujjat imzolandi. O‘zbe-

kiston delegatsiyasi mashhur «Pana sonic» konsernida bo‘ldi va uning 

rah bari yati bilan O‘zbekistonda filial ochishga kelishildi. Res pub-

lika miz shahar larida «Panasonic» mahsulotlarini sotish yo‘lga qo‘yil-

di. Yaponiya O‘zbe kis tonga 100 mln AQSH dollari hajmida be g‘araz 

yor dam berdi.

O‘zbekistonda Yaponiyaning mashhur «Mitsui», «Mitsu 

bishi», 


«Sumitoto», «Tomen», «Marubeni», «Nishe Ivai» kor 

 po ra tsiya-

larining doimiy vakolatxonalari faoliyat ko‘rsatmoqda. Ular bilan 

O‘zbekiston Tashqi iqtisodiy vazirligi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risi-



456

da bitimlar imzolangan. Yaponiya hukumati, o‘nlab firma va kom-

pa  niya  lar Ko‘kdumaloq, Sho‘rtan neft-gaz konini o‘zlashtirish da, 

Bu xo ro da neftni qayta ishlash zavodini qurishda, Farg‘ona neftni 

qayta ishlash zavodini ta’mirlashda, telealoqa tarmoqlarini ta’mir-

lashda o‘z sar moyalari bilan qatnashdi.

O‘zbekiston Yaponiya bilan hamkorlik qilishga alohida e’ti-

bor berayotganligi sababli 1999-yil aprel, 2001-yil may oylari-

da Yapo niya ning «Keydzay Doyukay» korporativ rahbarlar uyush-

masining Prezidenti Koichi Minaguchi boshchiligidagi delegat-

siya O‘zbekis ton ga tashrif buyurdi. «Keydzay Doyukay» uyush-

masi ta shab busi bilan Yaponiya O‘zbekistonga imtiyozli kreditlar 

ajratmoqda.

Yaponiya hukumatining «Taraqqiyotga rasmiy yordam» dasturi 

doi ra  sida O‘zbekistonda telekommunikatsiya, transport infra tuzil-

ma si va ta’lim sohalaridagi loyihalar ijrosi uchun 560 mln AQSH 

dollari miqdorida imtiyozli davlat krediti berildi. Yaponiya xalqaro 

ham korlik banki esa yoqilg‘i-energetika va to‘qimachilik sohala-

ri uchun O‘zbekistonga 720 mln AQSH dollari miqdorida kredit 

berdi.


O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov 2002-yil 28–31-iyul kun-

lari Yaponiya hukumatining taklifiga binoan rasmiy tashrif bilan 

Yaponiyada bo‘ldi. Yaponiya Bosh vaziri Dzunitiro Koidzumi va 

Im pe rator Akixito bilan samimiy uchrashuvlar, suhbatlar bo‘lib o‘tdi. 

Tashrif natijasida O‘zbekiston Respublikasi va Yaponiya o‘rtasida:

• do‘stlik, strategik sheriklik va hamkorlik to‘g‘risida Qo‘shma 

bayonot;

• iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish va O‘zbekistondagi islohot-

larni qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida Qo‘shma Bayonot;

• ikki mamlakat Tashqi ishlar vazirliklari hamkorligi, O‘zbekis-

ton Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining «Mitsubishi», «Mitsui», 

«Marubeni», «Nishe Ivai» korporatsiyalari bilan hamkorligi, O‘zbe-

kis ton Tashqi iqtisodiy faoliyat banki bilan «Bank of Tokio-Mitsu-

bishi» o‘rtasida imtiyozli kredit borasidagi va boshqa jami 14 ta hujjat 

im zolandi.

Safar natijasida O‘zbekiston bilan Yaponiya o‘rtasidagi ham kor  -

lik yangi, strategik bosqichga ko‘tarildi.

1995–2010-yillarda Yaponiyaning O‘zbekiston iqtisodiyoti-

ga kirit  gan kredit lari miqdori 2,3 mlrd AQSH dollarini tashkil etdi. 

O‘zaro tovar ayirboshlash hajmi yildan yilga oshib bormoqda.



457

O‘zbekistonda 10 dan ortiq O‘zbekiston–Yaponiya qo‘shma kor-

xo na lari barpo etildi va faoliyat ko‘rsatmoqda. 2000–2010-yillarda 

Yaponiya granti asosida 206 nafar o‘zbekistonlik yoshlar Yapo niya da 

ta’lim olib, magistr darajasiga ega bo‘ldilar.

O‘zbekiston Tinch okean havzasi mamlakatlari – Malayziya va 



Indoneziya bilan davlatlararo aloqalar o‘rnatdi. Bu borada O‘zbekis-

ton Prezidenti I. Karimov boshliq davlat delegatsiyasining 1992-yil 

iyun oyidagi Malayziya va Indoneziyaga safari muhim ahamiyatga 

ega. Safar kunlarida O‘zbekiston va Malayziya o‘rtasida iqtisodiy 

va texni kaviy hamkorlik to‘g‘risida bitimlar imzolandi. Shuningdek, 

O‘zbekiston va Indoneziya o‘rtasida diplomatik aloqalar o‘rnatish 

bo‘yicha qo‘shma axborot, ikki tomonlama munosabatlar bo‘yicha 

qo‘shma bayonot, iqtisodiy va texnikaviy hamkorlik to‘g‘risida bitim 

imzolandi.

1995-yil 8–10-aprel kunlari Indoneziya Respublikasi Preziden-

ti Suxarto rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘ldi. Muzokaralar 

nihoyasida O‘zbekiston Prezidenti I. Karimov va Indoneziya Prezi-

den ti Suxarto «O‘zbekiston Respublikasi bilan Indoneziya Respub-

likasi o‘rtasidagi munosabatlar va hamkorlik tamoyillari to‘g‘risida 

qo‘shma bayonnoma» imzoladilar. Ikki mamlakat hukumatlari o‘rta-

si da gi sayyohlik sohasidagi hamkorlik haqidagi memorandum hamda 

ikki mamlakat poytaxtlari oralig‘ida samolyotlar qatnovini yo‘lga 

qo‘ yish to‘g‘risidagi hukumatlararo bitim imzolandi.

O‘zbekistonning Osiyo va Okeaniya mintaqasidagi Vyetnam 

So tsialistik Respublikasi, Kambodja, Tayland, Avstraliya va boshqa 

mam lakatlar bilan siyosiy-diplomatik aloqalari yo‘lga qo‘yildi, iq ti-

so  diy va madaniy hamkorligi rivojlanib bormoqda.



5. O‘zbekistonning AQSH va Yevropa mamlakatlari bilan 

hamkorligi

O‘zbekiston va 

AQSH aloqalari

      O‘zbekiston bilan Amerika Qo‘shma 

Shtat   lari o‘rtasida davlatlararo aloqalar 

mus  ta   qil    likning dastlabki yillaridayoq yo‘lga 

qo‘yil di. 1992-yil 15–16-fevral kunlari AQSH Davlat kotibi Jeyms 

Beyker O‘zbekistonga rasmiy tashrif buyurdi va ikki davlat o‘rtasida 

diplomatik aloqalar o‘rnatildi. 1992-yil 16-mart kuni Toshkentda 

birinchi bo‘lib AQSHning elchixonasi ochildi. 1993-yil 14-sentabrda 

AQSH Davlat departamentining maxsus topshiriqlar bo‘yi cha elchisi 


458

Strob Talbot O‘zbekistonda bo‘ldi va O‘zbekiston Prezidenti bi lan 

hamkorlik qilish masalalarida suhbatlashdi. 1995-yil 6-aprelda AQSH 

Mudofaa vaziri Uilyam Persi O‘zbekistonga keldi, O‘zbe kis ton ning 

NATO «Tinchlik yo‘lida hamkorlik» dasturida ishtiroki muhokama 

qilindi. AQSH armiyasi o‘quv-mashq markazida tinchlikni ta’min-

lash maqsadida o‘tkazilgan harbiy mashqlarda O‘zbekiston qurolli 

kuchlari bo‘linmasi ishtirok etdi. O‘zbekiston bilan AQSH o‘rtasida 

sarmoyalarni rag‘batlantirish va o‘zaro himoya qilish to‘g‘risida, ikki 

yoqlama soliq olmaslik to‘g‘risida shartnomalar tuzilgan. Toshkent–

Nyu-York o‘rta si da bevosita havo yo‘li ochildi. 

O‘zbekistonda 1996-yil boshlarigacha Amerikalik sarmoya dorlar 

ishtirokida 200 ta o‘zbek–amerika qo‘shma korxonalari tashkil top di 

va faoliyat ko‘rsatdi. Bular orasida Navoiy viloyati Zarafshon vo diy-

si da gi Muruntovda AQSHning «Newmont Mayning» Korpora t siyasi 

bilan ham korlikda tog‘ jinslaridan oltin va kumusb ajratib oluvchi 

«Zarafshon–Newmont» qo‘shma korxonasi barpo etildi. Bu korxo-

nada 2002-yil ga cha 83 tonna oltin tayyorlandi.

O‘zbekiston Prezidenti I. 

Karimovning 1996-yil 23–28-iyun 

kun  lari da AQSHda bo‘lishi O‘zbekiston va Amerika munosabatlari-

ni yangi pog‘onaga ko‘tardi. I. Karimov AQSH Prezidenti B. Klinton 

bilan uchrashdi. Ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlarni chuqur-

lash tirish, tomonlar manfaatiga daxldor bo‘lgan siyosiy, iqtisodiy

xavfsizlik masalalari muhokama etildi. I. Karimov bilan B. Klinton 

uchrashuvi ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlarga siyosiy zamin 

hozirladi. 1996-yil 25-iyun kuni O‘zbekistonning AQSHdagi elchixo-

nasi ochildi.

2001-yilda O‘zbekistonda AQSH bilan hamkorlikda amalga oshi-

ri la yotgan loyihalar soni 70 tadan ortdi. AQSH sarmoyasi ish ti rokida 

respublikainizda barpo etilgan 305 ta qo‘shma korxona sa noat, qishloq 

xo‘jaligi, to‘qimachilik, gaz-kimyo, neft, oltin qazib olish, transport, 

kom munikatslya va ta’lim sohalarida samarali faoli yat ko‘rsatmoq-

da. «Za raf shon–Newmont», «O‘z-Texaco», «O‘z-keys mash», «O‘z-

keystrak tor», «O‘z-Eksayd», «BiEyAy»ning Xo‘ja 

obod gaz ombori 

qu ri lishi, «ABB Lummus Global» bilan hamkorlikdagi Sho‘rtan gaz-

kimyo majmuasi shular jumlasidandir. O‘zbe kiston ning AQSH bilan 

savdo aylanmasi 300 min AQSH dolliardan oshdi.

2001-yil 11-sentabr kuni xalqaro terroristlar AQSHda sodir 

et gan fojiali voqealar paytida O‘zbekiston birinchilardan bo‘lib, 

AQSH hu kumatining xalqaro terrorizmga qarshi aksilterror kaolit-



459

siya tuzish haqidagi taklifi tarafdori bo‘lib chiqdi. 2002-yil 11-14-

mart kunlari O‘z bekiston Prezidenti Islom Karimov boshliq davlat 

delegatsiyasi Prezi dent Jorj Bush taklifiga binoan rasmiy davlat tas-

hrifi bilan AQSHda bo‘ldi. AQSH Prezidenti J. Bush va martaba-

li hukumat va kil lari Islom Karimovni Oq uyda obro‘-e’tiborli meh-

mon sifatida kutib oldi. Tomonlar xalqaro ahvol, Markaziy Osiyo-

dagi jarayonlar, xalqaro terrorizmga qarshi kurash, harbiy va har-

biy-texnikaviy, iq ti so diy hamkorlik masalalarida fikr almashdilar. 

Tashrif yakunida «O‘zbekiston bilan AQSH o‘rtasida o‘zaro she-



riklik va hamkorlik asos lari to‘g‘risida deklaratsiya», ilmiy-texni-

kaviy tadqiqot lar, yadroviy ma teriallar va texnologiyalar tarqalishi-

ning oldini olish da hamkorlik, moliya, qishloq xo‘jaligiga oid qator 

hujjatlar im zolan di. 

AQSHni sinovli damlarda qo‘llab-quvvatlagani uchun Preziden-

timiz  Islom Kariniov Amerika jamoatchiligi tomonidan «Xalqaro 



miq yosdagi lider» mukofoti bilan taqdirlandi. Bu mukofot Ame   ri  ka 

xalqining O‘zbekiston xalqiga hurmat-e’tiborining tim sol i dir.



O‘zbekistonning

Yevropa mamlakatlari 

bilan hamkorligi

        O‘zbekiston Respublikasining ja 

hon 

ham  ja miya tiga integrat si ya la shu vi da Yev      -



ro  pa Ittifoqi mamlakatlari bilan o‘za 

 ro 


man faatli aloqalarni yo‘lga qo‘ 

yish va 


to bo ra chuqurlashtirish alohida o‘rin tutadi. 1996-yil 21-iyun da Flo-

rensiya shahrida imzolangan O‘zbekiston bilan Yevropa Ittifoqi o‘r-

ta sidagi «Sheriklik va ham kor lik to‘g‘risidagi bitim», uning 1999-yil 

1-iyulda kuchga kirishi mam lakatimizning Yevropa Ittifoqi mam-

lakatlari bilan o‘zaro muno sa bat larining huquqiy negi ziga aylandi.

O‘zbekistonning Yevropa Ittifoqi mamlakatlari bilan siyosiy, iqti-

so  diy, ilmiy-texnik va madaniy-gumanitar aloqalari yildan yilga 

ri vojlanib, chuqurlashib bormoqda. Respublikamizda Yevropa Ittifo-

qiga a’zo mamlakatlarning 145 firma va kompaniyasi vakolatxonala-

ri akkreditat siya qilindi. Yevropalik sarmoyadorlar ishtirokida tash-

kil etilgan 491 ta korxona ishlayapti, ulardan 111 tasi 100 foizlik Yev-

ropa kapitaliga ega. 1995–2002-yillarda Yevropa Ittifoqi mamla-

katlarining firma va kom pa niyalari respublikamizda umumiy qiy-

mati qariyb 8 mlrd AQSH dollariga teng yirik sarmoyaviy loyihalar-

ni amalga oshirishda qatnashdi. 2002-yilda O‘z bekis tonning Yevropa 

Ittifoqi mamlakatlari bilan mahsulot ayirboslilash hajmi 1 mlrd 65,8 

mln AQSH dollarini, 2003-yil yanvar–oktabr oylari yakunlari bo‘yi-

cha esa 910,6 mln AQSH dollarini tashkil etdi.


460

O‘zbekistonning Yevropa Ittifoqining a’zosi, ulkan iqtisodiy va 

ilmiy-texnikaviy salohiyatga ega bo‘lgan Germaniya bilan o‘zaro 

man faatli aloqalari kengayib bormoqda. O‘zbekiston Prezidenti 

I. Karimov ning Germaniyaga 1993-yil 28-aprel kuni boshlangan va 

besh kun davom etgan rasmiy tashrifi O‘zbekiston bilan Germaniya 

o‘rtasida munosabatlarni yo‘lga qo‘yishda muhim ahamiyatga ega 

bo‘ldi. I. Karimov GFR Federal Prezidenti Rixard fon Vayzenker 

va Fideral kansler Gelmut Kol bilan samimiy, o‘zaro tenglik aso-

sida suhbatlashdi. Ikki davlat o‘rtasida madaniy hamkorlik to‘g‘ri-

sida, sarmoyalar qo‘yishni amalga oshirish va o‘zaro himoya qilish-

ga ko‘mak lashish to‘g‘risida, ilmiy tadqiqotlar va mutaxassislar fon-

dini tashkil etish to‘g‘risida bitimlar imzolandi. «Deutsche Bank», 

«Mersedes-Benz» va «Simens» kompaniyalarining rahbarlari bilan 

uchrashuvlar bo‘ldi, ular bilan hamkorlik qilish haqida kelishib olin-

di. Safar natijalariga ko‘ra, O‘zbek–Germaniya hamkorligi masa-

la   lari bo‘yicha hukumatlararo komissiya tuzildi. Toshkentda ikki 

tomonlama savdo-iqtisodiy palata tashkil etildi, GFRning elchixo-

nasi ochildi. 1994-yil 1-sentabrda GFRning o‘sha paytdagi poytaxti 

Bon nda O‘zbekiston Respublikasining Yevropada birinchi elchixo-

nasi ochildi. Hozirgi paytda elchixona Germaniyaning yangi poytax-

ti Ber lin shahrida faoliyat yuritmoqda. «Toshkent–Frankfurt» havo 

yo‘li ochildi, O‘zbekistonda «Deutsche Bank»ning bo‘limi fao li yat 

ko‘r satmoqda.

Germaniyaning «Heidelberg» firmasi O‘zbekistonda nashriyot- 

mat baa sohasida hamkorlik qilayotgan yirik kompaniyadir. «Heidel-

berg» firmasi asbob-uskunalari bilan Yangiyo‘l kitob fab rika si, Tosh-

kent va Nukus poligrafiya kombinatlari, Samarqanddagi «Tong» 

nash riyoti qayta jihozlandi. O‘zbekistondagi «Rastr» va «Gro teks» 

matbaa korxonalari «Heidelberg» firmasi texnologiyasi asosida ish-

la moq da. Natijada maktablar uchun darslik, o‘quv qo‘llanmalari va 

bosh qa turdagi nashriyot mahsulotlari ishlab chiqarish ancha yax shi-

lan  di. 2001-yilda O‘zbekiston–Germaniya–Rossiya hamkorligi dagi 

«Naman  gan qog‘oz» qo‘shma korxonasi qurilib ishga tushi rildi.

O‘zbekiston Prezidenti I.A. Karimovning 2001-yil 2–5-aprel kun-

lari Germaniya Federativ Respublikasiga, Germaniya Federal kans-

leri Gerxard Shrederning 2002-yil 9–10-may kunlari O‘zbekis ton-

ga qilgan rasmiy safarlari O‘zbekiston–Germaniya o‘rtasidagi o‘zaro 

manfaatli hamkorlikni yangi bosqichga ko‘tardi. Ikki mam lakat tad-

birkorlari va rasmiy doiralari o‘rtasida aloqa lar kengayib bormoqda. 



461

1997-yilda O‘zbekistonda 55 ta Germaniya kompaniya si ning vakola-

txonalari faoliyat yuritgan bo‘lsa, 2001-yil da bu ko‘rsatkich 80 taga 

yetdi. Ularning eng yiriklari «Xobas TAPO», «Xiva Karpet» va bosh-

qalardir. 2003-yilda germa 

ni yalik sar 

mo yadorlar ishtirokida yen-

gil sanoat, oziq-ovqat sanoati, qishloq xo‘ ja  ligi mahsulotlarini qay-

ta ishlash, farmatsevtika sanoati, tran sport va boshqa sohalarda tas-

hkil etilgan 138 ta korxona faoliyat ko‘r  sat  di, ulardan 40 tasi yuz 

foizlik Germaniya kapitaliga ega. O‘zbe kistonga kiritlayotgan Ger-

maniya sarmoyalari hajmi 2001-yil da yoq 1 mlrd AQSH dollaridan 

oshdi. Ikki mamlakat o‘rtasidagi sav do aylanmasi 2001-yilda 283,3 

mln AQSH dollarini tashkil etdi. 

Samarqanda 2009-yilda «MAN Avto-Uzbekiston» O‘zbe kis  ton–

Germaniya qo‘shma korxonasi barpo etildi. Zavodda 15–50 ton na-

lik yuk ko‘tarish quvvatiga ega bo‘lgan zamonaviy MAN avto mo bil-

lari ishlab chiqish yo‘lga qo‘yildi. 2010-yilda korxonada 480 dona 

yuk mashinasi ishlab chiqarilgan bo‘lsa, 2011-yilda bu ko‘rsatkish 

658, 2012-yilda mingan ortiqni tashkil qildi. Germaniya Federativ 

Respub likasi O‘zbekistonning Yevropadagi eng yirik iqtisodiy ham-

koridir.


O‘zbekiston bilan Fransiya o‘rtasida munosabatlarni o‘rnatish va 

rivojlantirish muhim ahamiyatga ega. 1993-yil 28–30-oktabr kun-

lari O‘zbekiston delegatsiyasining Fransiyaga rasmiy tashrifi ikki 

davlat o‘rtasidagi hamkorlikka asos soldi. Prezident I. Karimov Fran-

siya Prezidenti F. Mitteran, Fransiyaning boshqa rahbarlari hamda 

jamoatchilik vakillari bilan do‘stona suhbat va samarali muzokaralar 

yuritdi. F. Mitteran qabul marosimida nutq so‘zlab: «Hozirgi siyosiy 

vazi yatda Markaziy Osiyoda yetakchi o‘rinni egal lab turgan mustaqil 

O‘zbekiston Sharq bilan G‘apb o‘rtasida ishonchli ko‘prik bo‘lishi 

mumkin. Ko‘p asrlik tarix, teran an’ana larga ega bo‘lgan, inso niyat-

ning faxriga aylangan allomalarni yetkazib bergan O‘zbe kis ton doi-

mo fransuzlarning diqqatini tortib kelgan. Bu tashrifdan keyin shu-

ni ishonch bilan aytish mumkinki, mamlakatingiz biz uchun yana-

da ya qin bo‘lib qoldi», – deb ta’kidla gandi. Bu Vatanimiz to‘g‘ri-

sida, uning shon-shuhratini ulug‘lovchi xolisona, olijanoblik bilan 

berilgan baho dir. Safar natijasida Parijda «O‘zbekiston Respublikasi 



va Fransiya Respublikasi o‘rtasida do‘stlik va hamkorlik to‘g‘risida 

shart noma», madaniyat, ilmiy-texnikaviy va maorif sohasida ham-

korlik qilish to‘g‘ risida bitim, sarmoyalarni o‘zaro rag‘bat lan ti rish va 

himoyalash to‘g‘ risida bitim imzolandi.


462

Mamlakatimiz rahbarining Parij Xartiyasini imzolashi respubli- 

ka mizda demokratiyaning yanada rivojlanishi, shuningdek, O‘zbe kis-

ton ning Yevropa va boshqa taraqqiy etgan mamlakatlar bilan yana -

da yaqinlashuvi uchun muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. O‘zbe kiston 

Mil liy banki bilan Fransiyadagi yirik «Credit Commercial de Fran-



ce» ban ki o‘rtasida muddaolar haqida bitim imzolandi, unda Buxo-

roda neft ni qayta ishlash zavodi qurish loyihasini pul bilan ta’min-

lash ko‘zda tutildi. Taniqli «Elf-akiten» neft-kimyo konserni, «Tex-

nip» firmasi va boshqa kompaniyalar bilan Buxoroda neftni qayta 

ishlash zavodi qurishga kelishildi. Fransiya va O‘zbekiston o‘rta  sida 

savdo-sotiq hisob-kitoblarini ta’minlab turgan «Credit Commercial 

de France» banki zavod qurilishini ham mablag‘ bi  lan ta’minladi. 

O‘zbe kis ton bu bankka mablag‘ qo‘ydi, u hamkorlik uchun kafolat 

bo‘lib turibdi.

1994-yil 25–27-aprel kunlari Fransiya Prezidenti F. Mitteran-



ning O‘zbekistonga qilgan rasmiy tashrifi chog‘ida imzolangan ikki 

mamlakat tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi hamkorlik to‘g‘risi-

da, O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasida fuqarolarning erkin harakati 

haqi dagi bitimlar, shuningdek, havo transporti sohasida hamkor-

lik to‘g‘risidagi deklaratsiyalar imzolandi. O‘zbekiston bilan Fran-

siya o‘rtasida iqtisodiy, ilmiy, madaniy, aloqalar kengayib bormoqda. 

Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlash, oziq-ovqat, neft va gaz 

sanoati, qurilish va boshqa sohalarda hamkorlik qilinmoqda.

O‘zbekiston xalqaro ishlarda katta tajriba va nufuzga ega bo‘lgan 

Buyuk Britaniya bilan ham hamkorlik qilmoqda. 1993-yil 22–25-

noyabr kunlari O‘zbekiston Prezidenti I. Karimov boshliq res pub li-

kamiz delegatsiyasining rasmiy tashrif bilan Buyuk Britaniya va Shi-

moliy Irlandiya birlashgan qirolligida bo‘lishi ikki mamlakat o‘rta-

sidagi hamkorlik tarixida buyuk voqea bo‘ldi. Mamlakatimiz rahba-

rining qirolicha Yelizaveta II, Bosh vazir J.Meyjor bilan sami miy, 

ochiq o‘zaro manfaatli suhbatlari, muzokaralari bo‘lib o‘tdi. Safar 

samarali bo‘ldi. «O‘zbekiston Respublikasi bilan  Buyuk Brita 



niya 

qirolligi o‘rtasida o‘zaro iqtisodiy aloqalar to‘g‘risida shartnoma», 

sarmoyalarni o‘zaro rag‘batlantirish va himoyalash to‘g‘risida bitim, 

havo yo‘llarini ochish to‘g‘risida bitim, ikki mamlakat hududi 

da 


fuqa rolarning erkin yurishi haqida memorandum imzolandi. «Tosh-

kent–London» havo yo‘lida samolyot qatnovining yo‘lga qo‘yi lishi 

aloqalarni yaxshilashda muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. 1996-yil ning 

bosh larida O‘zbekistonda Britaniya Kengashi bo‘limining ish bosh-



463

lashi hamkorlikni mustahkamlash va kengaytirish yo‘lida xizmat qil-

moqda.

O‘zbekistonning Finlyandiya, Avstriya, Belgiya, Shveytsariya, Ita-



liya, Ispaniya, Gretsiya, Polsha, Vengriya, Chexiya, Slovakiya, Xor-

vatiya, Bolgariya kabi Yevropa mamlakatlari bilan si yo siy, diploma-

tik, iqtisodiy va madaniy aloqalari o‘rnatildi va kengayib bormoqda. 

Shveysariyaning Altendorf shahrida «O‘zbekis ton» Savdo uyining 

ochilishi muhim voqea bo‘ldi. Bu maskan bugun gi kunda savdo uyi-

gina bo‘lib qolmay, O‘zbekis tonning Yevropa va jahonda biznes va 

savdo markazi hisoblanadigan mamlakat – Shvey tsa riya dagi vakolat-

xonasiga ham aylandi.

O‘zbekiston bilan Yevropa Ittifoqi o‘rtasida aloqalarning yo‘lga 

qo‘yilishi mamlakatimizning Yevropa mamlakatlari bilan hamkor-

ligini yangi bosqichga ko‘tardi.

O‘zbekiston Oliy Majlisi bilan Yevroparlament o‘rtasida ham 

aloqalar o‘rnatildi. Bu aloqalar O‘zbekiston Parlamenti bilan Yevro-

pa rlament o‘rtasida 1998-yilda tuzilgan hamkorlik qo‘mitasi daraja-

sida kengayib bormoqda.

O‘zbekiston tashqi siyosatida iqtisodiy omillar hal qiluvchi rol 

o‘ynaydi. Xorijiy mamlakatlardan respublikaga ilg‘or texnologiyalar, 

sarmoyalar kirib kelishi, ko‘plab qo‘shma korxonalarning qurilishi 

oqilona tashqi siyosatning natijasidir.



2003-yilda respublikamizda xorijiy sarmoya ishtirokida barpo etil-

gan 2087 ta qo‘shma korxona jahondagi 80 mamlakatdan kelgan she-

riklari bilan birgalikda faoliyat ko‘rsatdi. Ular 386,7 mlrd so‘m hajmi-

da iste’mol mollari, eksport uchun sifatli tovarlar ishlab chiqardi, aho-

liga xi zmat ko‘rsatdi. Jahondagi 80 dan ortiq xorijiy bank bilan o‘zaro 

munosabatlar o‘rnatilgan. Mustaqillik yillarida O‘zbekistonga kiritil-

gan


Download 3.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling