O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi q. Usmonov, M. Sodiqov


Download 3.12 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/49
Sana02.12.2017
Hajmi3.12 Mb.
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   49

  chet el investitsiyalari 30 mlrd AQSH dollaridan oshdi. O‘z be-

kis ton ja hon dagi 140 mamlakat bilan savdo-sotiq qilmoqda. Har yilgi 

tovar ayirboshlash hajmi 6–8 mlrd AQSH dollarini tashkil etmoqda. 

Ilg‘or mam lakatlar kadrlar tayyorlashda, bank sohasida va bosh qa-

ruvda, axborot tarmoqlarini yo‘lga qo‘yish da, yetakchi birjalar bilan 

aloqalar o‘rnatishda, qonunchilik tajribasini o‘rganishda respublika-

mizga ko‘maklashmoqdalar.

Xulosa qilib aytganda, O‘zbekistonda tarixiy jihatdan qisqa bir 

davrda xalqaro munosabatlarni yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish bobi-

da asrlarga arziydigan ishlar amalga oshirildi. O‘zbekiston o‘zin ing 

tinchliksevar, yaxshi qo‘shnichilik, o‘zaro foydali hamkorlikka qara-


464

tilgan siyosati va faoliyati bilan butun dunyoga tanildi, jahon hamja-

miyatida o‘zining munosib o‘rnini egalladi, uning mavqeyi yildan 

yilga mustahkamlanib bormoqda.



Nazorat savollari

1. XXI asr bo‘sag‘asida xalqaro vaziyatda qanday o‘zgarishlar 

sodir bo‘ldi?

2. Xavfsizlikka qanday omillar tahdid solmoqda?

3. O‘zbekistonning geosiyosiy jihatdan qulay imkoniyatlari nima-

lardan iborat?

4. Qanday geosiyosiy jihatlar O‘zbekistonga qiyinchiliklar tug‘-

dirmoqda?

5. Mustaqil tashqi siyosat yuritish borasida qanday huquqiy 

za minlar yaratildi?

6. O‘zbekistonning tashqi siyosati qanday tamoyillarga tayanadi?

7. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 17-moddasini 

daf ta rin  gizga yozib oling.

8. Dunyodagi qaysi davlatlar Toshkentda o‘z elchixonalarini 

ochgan?

9. Qaysi mamlakatlarda O‘zbekistonning elchixonalari faoliyat 



ko‘r  sat moqda?

10. O‘zbekiston nima uchun jahon hamjamiyatiga qo‘shilish 

yo‘li dan bormoqda?

11. O‘zbekistonning BMT bilan aloqalari haqida so‘zlab bering.

12. O‘zbekistonning YeXHT bilan hamkorligi haqida nimalar-

ni bilasiz?

13. O‘zbekistonning UNESCO bilan hamkorligi haqida so‘zlab 

bering.


14. Shanxay hamkorlik tashkilotining tuzilishi va faoliyati haqi-

da nimalarni bilasiz?

15. MDH qachon tashkil topdi, unga qaysi respublikalar a’zo 

bo‘lib kirdi?

16. MDH faoliyati haqida nimalarni bilasiz?

17. O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida davlatlararo munosa ba t lar-

ning o‘rnatilishi haqida so‘zlab bering.

18. Markaziy Osiyo respublikalari o‘rtasida aloqalarning yo‘lga 

qo‘yilishi haqida nimalarni bilasiz?

19. Orol muammosini hal qilish yo‘lida qanday tadbirlar amal-

ga oshi ril moqda?


465

20. O‘zbekistonning Qozog‘iston bilan hamkorligi haqida so‘lab 

be ring.

21. O‘zbekiston va Turkmaniston aloqalari haqida so‘lab bering.

22. O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasidagi hamkorlik aloqalari 

ha qi da referat yozing.

23. O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi aloqalar haqida nimalarni 

bi la  siz?

24. O‘zbekiston bilan Janubiy Koreya Respublikasi o‘rtasida qan-

day sohalarda hamkorlik qilinmoqda?

25. O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasida o‘zaro manfaatli aloqalar 

nimalarda o‘z ifodasini topmoqda?

26. O‘zbekiston bilan AQSH o‘rtasidagi hamkorlik haqida nima-

larni bilasiz?

27. Siz yashayotgan viloyat, shahar va tumanda chet el sarmoya-

lari ishtirokida qanday qo‘shma korxonalar tuzilgan? Ular faoliyatini 

o‘rganing va referat yozing.


466

XOTIMA

 Aziz talaba, Siz mazkur darslikni qo‘lga olib, uni mutolaa qilib, 

dono xalqimizning necha ming yilliklar bilan bo‘ylasha oladigan, 

o‘ziga xos betakror tarixi, betimsol osori-atiqalari, yuksak ma’naviy 

qadriyat lari bilan tanishib chiqdingiz. Shubhasizki, buning natijasida 

tarixiy xotirangiz, tasavvur olamingiz yanada boyidi, aqlu zehningiz, 

yanada charxlandi. Eng muhimi, Siz ulug‘ ajdodlarimiz tomonidan 

yaratilgan noyob, tarixiy merosni o‘rganish barobarida o‘zligingiz-

ni tanish, kimlarning qonuniy vorislari, davomchilari ekanligingizni 

yana bir bor anglab yetishga musharraf bo‘ldingiz.

Shu o‘rinda, muhtaram Yurtboshimizning «Haqqoniy tarixni bil-

mas  dan turib, o‘zlikni anglash mumkin emas», degan donishmando-

na so‘zlari beixtiyor yodga keladi. Ha, haqqoniy tarix tom ma’ noda 

bi lim lar manbai, ma’naviyat negizi, qolaversa, chinakam tarbiya 

mak tabi dir.

Ne baxtki, milliy mustaqillikka erishganimiz tufayli ona tarixi-

miz to‘g‘risidagi chin haqiqat yuzaga chiqdi, uning qiyofasini to‘sib 

kelgan g‘uborlar, «oq» va «qora» dog‘lar butkul supirib tashlandi. 

Buning orqasida katta tarix yaratgan xalqimizning yuksak dahosi, 

ne-ne buyuk ajdodlarimizning yorqin siymosi, ularning mangulikka 

daxldor o‘lmas merosi yangidan to‘la kuch bilan namo yon bo‘ldi.

Yurtboshimiz Islom Karimov ta’kidlaganidek, «Biz oldimiz 

ga 

qo‘ygan buyuk maqsadlarni amalga oishirishda o‘tgan yigirma ikki 



yil davomida erishgan va jahon tan olgan yutuq va marralar – mil-

liy demokratik davlat qurish, iqtisodiyotimizni yangi asnoda tash-

kil etish, hayotimiz darajasi va qishloqlarimiz, butun mamlakatimiz-

ning qiyo fa si tobora ochilib, obod bo‘lib borayotganini ko‘z o‘ngimi-

zda o‘tkzadigan bo‘lsak, qani, ayting, aziz do‘stlarim, qadrdonlarim, 

istiq lolga erishmasdan turib, bunday yuksak natijalarga yetib bori shi-

miz mumkinmikin? Bunga javob bitta: yo‘q va yana yo‘q»

52

.



Qo‘lingizdagi ushbu darslik ham milliy istiqlol sharofati bilan 

tu g‘ilgan bebaho imkoniyatdan foydalanib, Vatan tarixiga yangi-

52

 I. Karimov. Mustaqillik – barcha ezgu reja va marralarimizning mustah-



kam mezoniqir. – T.: «O‘zbekiston». 2013. 5–6-betlar.

467

cha tamoyillar nuqtayi nazaridan yondashilib, asrlar silsilasini xolis, 

haqqoniy va ilmiy asosda o‘rganilib yaratildi. Siz uning sahifa lari ni 

qunt bilan o‘rganib, bu azim yurt bag‘rida uzoq davrlar davomi da yuz 

bergan xilma-xil tarixiy jarayonlarni, voqea, hodisa larni ko‘z o‘ngin-

gizdan birma-bir o‘tkazdingiz hamda ularning ne chog‘lik murakkab, 

ziddiyatli kechganligiga guvoh bo‘ldingiz.

Ayni chog‘da ne-ne ulug‘ tarixiy siymolarimizning o‘z kindik 

qonlari to‘kilgan shu muqaddas yurt uchun, uning erki, ozodligi, va 

mus taqilligi uchun fidoyilik bilan kurashganligiga, o‘z ongli hayoti, 

faoliyatini shu olijanob maqsadlarga baxshida etganligiga amin bo‘l-

din giz. Buyuk bobokalonlarimizning boy ilmiy, madaniy meros yara-

tib, yurt dovrug‘ini dunyoga ma’lumu mashhur etganligini ang lab, 

o‘zingizda iftixor tuyg‘usini his qildingiz. 

Xullas, o‘z Vatanimiz tarixini puxta bilish navqiron – avlodi miz-

ning Sizdek namoyandalari uchun bamisoli suv bilan havo dek zarur . 

Negaki, tarixiy xotira Sizni shu muborak Vatanni farzand yang lig‘ 

sevish, uning har bir siqim tuprog‘ini ko‘zga to‘tiyo etish, ona yurt 

xizmatiga kamarbasta bo‘lish, uning sarhadlarini har qanday yovuz 

kuchlardan, g‘animlardan himoyalash, kerak bo‘lsa, aziz jonni ham 

fido qilishga chorlaydi. Bunda ulug‘ ajdodlarimizning ibrati, jasorati 

Sizga ruhiy madadkor bo‘ladi.

Bizu siz Vatanimiz tarixini chuqur, asosli o‘rganish orqaligina 

milliy istiqloldek bebaho ne’matning qadrini yanada teran tushuna-

miz. Mustaqillik bizning qo‘limizga osonlik bilan kelmaganligi-

ga, unga erishish yo‘li og‘ir, mashaqqatli kechganligiga jonli guvoh 

bo‘lamiz. Binobarin, istiqlol ne’matini avaylab asrash, uni non kabi, 

jon kabi ulug‘lash, bugina emas, uni mustahkamlash va kuchaytirish 

borasida doimo sa’y-harakatda bo‘lish har birimiznin, fuqarolik bur-

chimiz bo‘lmog‘i ayni muddaodir. Siz, minnatdor o‘g‘il-qizlari miz, 

buni hamisha yodingizda tutmog‘ingiz lozim.

 


468

MUHIM VOQEALAR SOLNOMASI

Mil. avv. VII asr 

Qadimgi Xorazm va Baqtriya ilk davlat 

tuzilma lari ning vujudga kelishi.

Mil. avv. 

545–330-yillar 

O‘rta Osiyo Eron ahomaniylar hukmronligi 

ostida. 

Mil. avv. 522-yil

Marg‘iyonada ahomaniylarga qarshi Frada 

bosh chi li gi da qo‘zg‘olon.

Mil. avv. 329-yil

Iskandarning O‘rta Osiyoga bostirib kirishi.



Mil. avv. 

329–328-yillar 

O‘rta Osiyo xalqlarining Spitamen

boshchi ligida Iskandar qo‘shinlariga qarshi 

kurashi.


Mil. avv. 

312–250-yillar

O‘rta Osiyoda salavkiylar davlatining 

hukmron ligi. 

Mil. avv. 

250–140-yillar

Yunon–Baqtriya davlatiga asos solinishi,

ri voj  la nishi va inqirozi.

Mil. avv. 

III–II asrlar

Qang‘ davlatining tashkil topishi, rivoj lanishi.



Mil. avv. II asr – 

mi lo  diy III asrlar

Davan (Farg‘ona) davlatining tashkil topishi, 

rivoj  lanishi.

Milodiy I–III asrlar Kushonlar podsholigi davri.

305-yil

Xorazmda afrig‘iylar sulolasi – afrig‘iylar 

dav la ti vujud ga keldi.

V–VI asrlar 

(420–579-yillar)

Eftaliylar sulolasi hukmronligi. 

551–745-yillar 

Markaziy Osiyo xalqlari Turk xoqonligi 

tarki  bida.

603-yil

Turk xoqonligining g‘arbiy va sharqiy 

qismlarga bo‘linib ketishi.

VII asrning

ikkinchi yarmi

Arablarning O‘rta Osiyoga harbiy yurishlari



469

705–715-yillar

Arablarning Movarounnahrni zabt etishi. 

Qutayba ibn Muslim hukmronligi.

776–784-yillar

Muqanna qo‘zg‘oloni.



806–810 yillar

Rofe ibn Lays boshchiligidagi qo‘zg‘olon.



821–873-yillar 

Xurosonda tohiriylar sulolasi hukmronligi.



864–892 yillar

Movarounnahrda Nasr I ibn Ahmad Somoniy 

hu km ronligi.

873–901-yillar

Xurosonda safforiylar hukmronligi.



874–907-yillar

Ismoil Somoniy hukmronligi.



995-yil 

Xorazmda afrig‘iylar sulolasining tugatilishi.



995–997-yillar 

Xorazmda Ma’mun ibn Muhammad 

hukmronligi.

997–999-yillar 

Xorazmda Ali ibn Ma’mun hukmronligi.



999–1005-yillar 

Buxoroning Nasr Bug‘roxon tomonidan zabt 

etili shi. Mova rounnahrda qoraxoniylar 

hu km  ronligi o‘rna tilishi.



998–1030-yillar

Mahmud G‘aznaviy hukmronligi.



999–1017-yillar 

Xorazmda Ma’mun ibn Ma’mun hukmronligi.



1040-yil

Dandanakon jangi.



1043-yil

Saljuqiylarning Xorazmni zabt etishi.



1077–1097-yillar

Xorazmda Anushtegin hukmronligi.



1097–1127-yillar

Xorazmda Qutbiddin Muhammad 

hukmronligi.

XII asrning

birinchi yarmi 

Qoraxitoylarning Movarounnahrga bostirib 

kirishi.

1118–1157-yillar

Saljuqiy Sulton Sanjar hukmronligi.



1127–1156-yillar

Xorazmshoh Alouddin Otsiz ibn Qutbiddin 

Mu ham mad hukmronligi.

1141-yil 

Qatvon cho‘lida Sulton Sanjar qo‘shin lar ining 

qora xitoy lar tomonidan tor-mor qilinishi.

1156–1172-yillar

Xorazmshoh El-Arslonning hukmdorlik davri.



470

1172–1200-yillar

Xorazmshoh Alovuddin Takashning 

hukm ronlik davri.

1200–1220-yillar

Alovuddin Muhammad Xorazmshoh 

hukm ronligi.

1219-yil 

Chingizxon xorazmshohlar saltanatiga qarshi 

yurish boshladi.

1219–1220-yillar

Mo‘g‘ullar tomonidan O‘tror, Buxoro va 

Samarqand shaharlarining bosib olinishi. 

Temur Malik tomo ni dan Xo‘jand shahrining 

mudofaa qilinishi.

1221-yil 

Mo‘g‘ullar tomonidan Termiz, Balx, Urganch 

shaharlari, Xuroson va Afg‘onistonning zabt 

etilishi.



1220–1231-yillar

Xorazmshoh Jaloliddin Manguberdining 

mo‘g‘ul lar ga qarshi kurashi.

1225–1238-yillar

Savdogar Mahmud Yalavoch Movarounnahr 

(Chig‘atoy ulusi) noibi.

1227–1347-yillar

Chig‘atoy ulusi.



1238-yil

Buxoroda Mahmud Torobiy qo‘zg‘oloni.



1239–1289-yillar

Mahmud Yalovochning o‘g‘li Mas’ud bek ning 

Chig‘atoy ulusiga noibligi.

1337-yil

Xurosonda sarbadorlar harakatining 

bosh lanishi.

1336-yil 9 aprel

Amir Temur tavalludi.



1360–1361-yillar 

Mo‘g‘uliston xoni Tug‘luq Temurning 

Mova run nahrga hujumi. 

1365-yil 

Ilyosxo‘janing Movarounnhrga yurishi.



1365–1366-yillar 

Samarqandda sarbadorlar qo‘zg‘oloni.



1370–1405-yillar 

Sohibqiron Amir Temurning hukmronlik 

davri.

1386–1388-yillar 

Amir Temurning uch yillik harbiy yurishlari.



1389–yil 

Amir Temurning To‘xtamishga qarshi urishi, 

Jizzaxda tor-mor qilishi.

1391-yil 

Qunduzcha yonidagi jang.



471

1392–1396-yillar

Amir Temurning besh yillik harbiy yurishlari.



1394–1395-yillar

Amir Temurning To‘xtamishga qarshi 

uchin chi yuri shi.

1398-yil 

Amir Temurning Hindistonga harbiy yurishi.



1398–1004-yillar 

Amir Temurning yetti yillik harbiy yurishi.



1402-yil 

Anqara jangi.



1405-yil 18-fevral

Amir Temurning vafoti.



1409–1449-yillar 

Samarqandda Ulug‘bek hukmronligi.



1417-yil

Buxoroda Ulug‘bek madrasasi qurulishi.



1417–1422-yillar

Samarqandda Ulug‘bek madrasasi qurilishi.



1428-yil 

Ulug‘bekning pul islohoti.



1428–1429-yillar 

Ulug‘bek rahbarligida Samarqand 

rasad xonasi ning bunyod etilishi.

1441–1501-yillar 

Alisher Navoiyning hayoti va faoliyati. 



1449-yil 

Mirzo Ulug‘bekning fojiali vafoti. 



1451–1469 yillar 

Movarounnahr va Hirotda temuriy shahzoda 

Abu Said Mir zo hukm ron ligi.

1455–1536-yillar 

Kamoliddin Behzodning hayoti va faoliyati.



1469–1494-yillar 

Movarounnahrda temuriy Sulton Ahmad 

Mirzo hukm ron ligi.

1483–1530-yillar

Zahiriddin Muhammad Boburning hayoti va 

faoliyati.

1500–1501-yillar

Shayboniyxon tomonidan Samarqand va 

Buxo roning egallanishi. 

1507-yil

Hirotning Shayboniyxon tomonidan 

egallanishi. 

1510-yil

Shayboniyxonning Eron shohi Ismoil I

Sa fa viy bilan Marv yaqinida bo‘lgan jangda 

halok bo‘lishi.



1510–1530-yillar

Ko‘chkunchixonning Movarounnahrda

hu km  ronligi.

1512-yil

Xiva xonligining tashkil topishi.



472

1533–1540-yillar

Buxoro xoni Ubaydullaxon hukmronligi.



1538-yil 

Ubaydullaxon tomonidan Xorazmning zabt 

etilishi.

1551–1556-yillar

Navro‘z Ahmad (Baroqxon) hukmronligi.



1557–1598-yillar

Abdullaxon II hukmkonligi va markaz lashgan 

davlat tuzilishi.

1588-yil 

Toshkentda Abdullaxon II ga qarshi 

qo‘zg‘olon.

1598–1601-yillar

Shayboniyxonlarning so‘nggi xoni

Pirmuhammad II hukm  ron ligi.

1601–1605,

1605–1611-yillar

Ashtarxoniylar Boqi Muhammad va

Vali Muham mad hukm ronligi.

1602–1623-yillar 

Xiva xoni Arab Muhammadxon hukmronligi.



1611–1642-yillar

Buxoro xonligida Imomqulixon (Ashtar xoniy) 

hukm ronligi.

1613-yil

Toshkentda Imomqulixonga qarshi xalq 

qo‘zg‘oloni.

1616-yil 

Xivada Arab Muhammadxon madrasasining 

quri lishi.

1623–1643-yillar 

Xivada Asfandiyorxon hukmronligi.



1643–1663

Xivada Abdulg‘ozi Bahodirxon hukmronligi.



1645–1681-yillar

Buxoroda Abdulazizxon hukmronligi.



1663–1686-yillar

Xivada Anushaxon hukmronligi.



1681–1702-yillar 

Buxoroda Subxonqulixon hukmronligi.



1681-yil 

Qoraqalpoq qo‘zg‘oloni.



1688-yil 

Xorazmning Buxoro xonligiga qo‘shib oli ni shi. 



1688–1702-yillar 

Xivada Shohniyoz eshik og‘asining 

hukm ronligi. 

1702–1711-yillar 

Buxoroda Ubaydullaxon II ning hukmronligi. 



1702–1714-yillar 

Xivada Arab Muhammad II hukmronligi. 



1708–1709-yillar 

Samarqand va Buxoroda xalq qo‘zg‘olonlari. 



473

1709-yil 

Shohruxbiy tomonidan Qo‘qon xonligining 

tashkil etilishi.

1711–1747-yillar

Buxoro xonligida Abulfayzxon hukmronligi.



1719–1726-yillar

Xivada Sherg‘ozixon madrasasi qurildi.



1740-yil

Eron shohi Nodirshoh O‘rta Osiyoga yurishi 

qilib, Buxoro amirligi va Xiva xonligini zabt 

etdi. 


1756-yil, dekabr

Buxoro xonligi Buxoro amirligiga aylantirildi. 

Man g‘it lar sulolasi hokimyat tepasiga keldi. 

1756–1758-yillar 

Buxoroda mang‘it amir Muhammad 

Rahim xon hukm ronligi.

1770–1790-yillar

Qo‘ng‘irot urug‘idan Mahmud Amin Inoq ning 

Xivada hokimyatni egallashi.

1785–1800-yillar 

Buxoroda amir Shohmurod hukmronligi.



1801–1810-yillar

Qo‘qon xonligida Olimxon hukmronligi.



1800–1826-yillar 

Buxoroda mang‘itlardan Amir Haydar 

hukm ronligi.

1804–1806-yillar 

Xivada Eltuzarxon hukmronligi.



1822–1841-yillar 

Qo‘qonda Muhammad Alixon (Ma’dalixon) 

hukm ron ligi.

1827–1860-yillar 

Buxoroda amir Nasrulloxon hukmronligi.



1842-yil

Amir Nasrulloning Qo‘qonni bosib olishi. 



1864–1910-yillar 

Xiva xonligida Muhammad Rahimxon II 

(Feruz) hukm ron  ligi.

1845–1858-yillar 

Qo‘qon xoni Xudoyorxonning birinchi 

hukm ronlik dav ri. 

1853-yil 

Rossiya qo‘shinlari tomonidan Oqmasjid 

shahrining bosib olinishi.

1855–1856-yillar 

Qoraqalpoqlar qo‘zg‘oloni. 



1860–1885-yillar 

Buxoro amiri Muzaffarxon hukmronligi. 



1863-yil 

Xudoyorxonning Qo‘qonda ikkinchi marta 

taxtni egal lashi.


474

1864-yil 

Rossiya qo‘shinlarining Avliyoota, Turkiston 

va Chim kent shaharlarini bosib olishi.

1865-yil

14–17-iyun 

Toshkent shahri Rossiya qo‘shinlari 

tomonidan bosib olindi.

1865–1875-yillar 

Xudoyorxonning Qo‘qonda uchinchi marta 

hukm ron ligi.

1867-yil 11-iyul 

Turkiston general-gubernatorligi va Tur kiston 

okru gi  ning tashkil topishi. 

1868-yil 2–3-iyun

Buxoro amiri qo‘shinlarining Zirabuloqdagi 

mag‘lu bi yati.

1868-yil 23-iyun 

Buxoro bilan Rossiya o‘rtasida tuzilgan 

bitimga ko‘ra Buxoroning vassal davlatga 

aylantirilishi. 



1868-yil 

Toshkentda birinchi tipografiya va 

litografiya lar qurib ish ga tushirildi.

1870-yil 

Toshkentda kimyo laboratoriyasi ochildi. 

Tosh kentda bi rin  chi bor shahar nizomi joriy 

qilin di. Toshkentda Turkis ton ommaviy 

kutubxonasi tashkil etildi.

1873-yil 29-may 

Rossiya tomonidan Xiva xonligi tobe qilindi. 



1873-yil 12-avgust 

Xiva bilan Rossiya o‘rtasida Gandimiyon 

shart noma si tuzildi.

1873–1876-yillar 

Farg‘ona vodiysida Po‘latxon qo‘zg‘oloni. 



1876-yil 19-fevral 

Qo‘qon xonligining tugatilishi va uning 

hududi da Tur kis   ton general-gubernatorligi 

tarkibida Farg‘ona vilo ya  tining tashkil eti lishi. 



1880-yil 

O‘rta Osiyoda temiryo‘l qurilishiga kirishildi. 



1881-yil 

Kaspiy orti viloyatining tashkil etilishi.



1885–1910-yillar 

Buxoro amiri Sayid Abdulahad hukmronligi.



1886-yil 

Farg‘onada bug‘ yordamida ishlaydigan

birin chi paxta toza lash zavodining qurilishi 

1887-yil 

Zarafshon okrugi Samarqand viloyatiga aylan-

tirildi. 

1888-yil 

Temiryo‘l Samarqandgacha yetkazildi. 



475

1891–1892-yillar

Turkiston o‘lkasiga rus dehqonlarining

ommaviy ko‘ chi  rib keltirilishi.

1892-yil, iyun 

Toshkent qo‘zg‘oloni («Vabo isyoni»).



1894-yil 

Buxoroda birinchi rus-tuzem maktabining 

ochilishi. 

1895–1899-yillar 

Samarqand–Andijon temiryo‘lining qurilishi.



1898-yil, may 

Andijonda Dukchi eshon qo‘zg‘oloni.



1899-yil

Samarqand–Toshkent temiryo‘li ishga

tushi rilishi. 

1890–1906-yillar 

Toshkent–Orenburg temiryo‘lining qurilishi. 



1907-yil 17-aprel 

Toshkentda ikkinchi Davlat dumasiga 

saylovlar. 

1908-yil 

Qadimshunos V.L. Vyatkin tomonidan 

Ulug‘bek rasadxo nasi (Samarqand) xarobalari 

kavlab topildi.




Download 3.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling