O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi davlat universiteti


Fonetik uslubiyat. Nutq tovushlarining uslubiy xususiyatlari


Download 0.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/7
Sana10.12.2020
Hajmi0.6 Mb.
1   2   3   4   5   6   7

 Fonetik uslubiyat. Nutq tovushlarining uslubiy xususiyatlari 

    1)  asir,  devon  kabi  so‘zlardagi  tovushlarning  noto‘g‘ri  (asr,  divan  kabi) 

talaffuz  qilinishi  oqibatida nutqda tushunmovchilik  yuzaga  keladi.            


 

12 


    2)  –da,  -va,  -qa  (yoki  -q)    kabi  bo‘g‘inlardan  keyin  yana  shunday  tovushlar 

bilan  boshlanadigan  so‘zlarni  keltirish  nutqiy  g‘alizlikni  keltirib  chiqaradi: 

So‘zlarning  gapda qo‘llanishi  va vazifalari... 

 Urg‘uning uslubiy xususiyatlari 

-

uslubiy  mazmun  paydo  bo‘lishiga  olib  keladi:    Siz  ahmoq  odam  emassiz 



jumlasida    ahmoq  so‘zidan  keyin  to‘xtam  (pauza)  qilinsa,  fikr  qaratilgan 

shaxsning  ham  ahmoq,  ham  odam  emasligi  ifodalanishi  mumkin:  Siz  ahmoq,  

odam emassiz. 

   Grammatik uslubiyat.   Morfologik  uslubiyat 

Ot turkumiga xos uslubiy xususiyatlar  

1. Kelishik qо‘shimchalarining uslubiy xususiyatlari.  

Kelishik  qо‘shimchalari  о‘zaro almashib qо‘llanishi  mumkin:   

1)  –ni  va  –dan  qо‘shimchalari  almashib qо‘llanishi mumkin:  Qani, oshdan (ni) 

oling, mehmon.  

2)  –ni  va  –ga    qо‘shimchalari  almashib  qо‘llanishi  mumkin:  Gapingizga 



(gapingizni) tushunmadim. 

3)  –ni  va  –da    qо‘shimchalari  almashib  qо‘llanishi  mumkin:  Dalani  (da) 



aylandim.  

4)  –ning  va  –dan  qо‘shimchalari  almashib  qо‘llanishi  mumkin:  kelganlarning 

biri – kelganlardan biri. 

5) kelishik  qо‘shimchalari  va kо‘makchilar  almashib  qо‘llanadi: 

   a) –ga  qо‘shimchasi о‘rnida uchun kо‘makchisi qо‘llanadi: Ukamga oldim – 

Ukam uchun oldim. 

   b)  –da    qо‘shimchasi  о‘rnida  bilan  kо‘makchisi  qо‘llanadi:  Xatni  qalamda 



yozdi – Xatni qalam bilan yozdi. 

   v)  –dan    qо‘shimchasi  о‘rnida  orqali  kо‘makchisi  qо‘llanadi:  Xabarni 



radiodan eshitdik – Xabarni radio orqali eshitdik.  

 

13 


   g) –ni  qо‘shimchasi о‘rnida haqida kо‘makchisi qо‘llanadi:  Akasi kelganini 

gapirdi – Akasi kelgani haqida gapirdi.  

2.  Egalik  qо‘shimchalarining  uslubiy  xususiyatlari.  1)  otlarda  qо‘llangan 

egalik  qо‘shimchasi  qaratqich  kelishigi  qо‘shimchasining  mavjudligini, 

qaratqich  kelishigi  qо‘shimchasi  esa  egalik  qо‘shimchasining  mavjudligini 

kо‘rsatib turadi: maktab hovlisi, bizning maktab. 

2)  egalik  (qarashlilik  ma’nosi)  –niki  qо‘shimchasi  yordamida  ham  ifodalanishi 

ham  mumkin,  faqat  bu  qо‘shimcha  shaxs-son  kо‘rsatmaydi:  Bizning  maktab  – 



maktab bizniki.  

3)  qaratqichli  birikmalarda  shaxs  almashib  qо‘llanishi  ham  mumkin:  Mening 



uyim shu yerda – Kaminaning uyi shu yerda.  

3.  Ot  yasovchi  qо‘shimchalarning  uslubiy  xususiyatlari.  Bu  qо‘shimchalar 

orasida о‘zaro sinonim bо‘lgan qо‘shimchalar ham uchraydi:   adabiyotshunos – 



adabiyotchi, mehnatkash – mehnatchi.   

  Sifat turkumiga xos uslubiy xususiyatlar 

1. Sifatlardagi qiyosiy darajani yasovchi –roq qо‘shimchasi о‘rnida        –mtir, -



imtil,  -ish  qо‘shimchalari  qо‘llanishi  mumkin:  kо‘kroq  –  kо‘kish,  qoraroq  – 

qoramtir. 

2.  Sifat  yasovchi  qо‘shimchalar  orasida  sinonimlik  hodisasi  kо‘plab  uchraydi: 



aybdor  –  aybli,  serg‘ayrat  –  g‘ayratli,  chopqir  –  chopag‘on,  beg‘ubor  – 

g‘uborsiz, bama’ni – ma’nili.  

3. Bu qо‘shimchalar orasida antonimlik  hodisasi ham uchraydi:  suvli – suvsiz. 



  Olmosh turkumiga xos uslubiy xususiyatlar 

1.  U,  bu,  shu  olmoshlari  о‘rnida bir  sо‘zi (yoki bir xil sо‘zlari) qо‘llanadi: Bir 



(shunday)  chamanki,  atrofida  bulbullar  giryon.  Bir  xil  (shunday)  odamlar 

tushunmaydi.  

2.  Men    olmoshi  о‘rnida  kamina  sо‘zi,  siz   о‘rnida о‘zlari sо‘zi qо‘llanadi: Bu 



ishda kaminaning zarracha tajribasi yо‘q. Siz va’da bergan edingiz  – О‘zlari 

va’da bergan edilar. 

 

14 


3.  Ilmiy  ishlarda,  rasmiy  hujjatlarda,  yig‘ilishlarda  men  olmoshining о‘rnida biz  

olmoshi  ishlatiladi:  Bizning  (mening)  bu  ilmiy  ishimizda  kо‘rsatish 



olmoshlarining xususiyatlari haqida sо‘z yuritiladi. 4. Hurmatni ifodalash uchun 

sen    olmoshi  о‘rnida  siz    olmoshi  ishlatiladi.  Siz  bugun  kelasizmi?    Aksincha 

hurmatsizlikni  ifodalash  uchun  esa  sen  olmoshiga  kо‘plik  qо‘shimchasi 

qо‘shiladi:  Senlar buni tushunmaysanlar. 

5.  Kо‘rsatish  olmoshlari  ta’kidlash,  ajratish  ma’nolarini  ifodalaydi:  Kitob  –  bu 



dono maslahatchi. 

 Fe’llarga xos uslubiy xususiyatlar 

1. Shaxs-son qо‘shimchalarining sinonimiyasi: 

1)  fe’lning  2-shaxs  birlik  qо‘shimchasi  о‘rnida  2-shaxs  kо‘plik  qо‘shimchasi 

qо‘llanadi:  Amaki, ertaga kelasizmi? 

2)  fe’lning  1-shaxs  birlik  qо‘shimchasi  о‘rnida  2-shaxs  birlik  qо‘shimchasi 

ishlatiladi:  Tabiatning ishlariga hayron qolasan kishi. 

3)  2-shaxs  kо‘plik  о‘rnida  1-shaxs  kо‘plik  qо‘shimchasi  qо‘llanadi:  Bolalar, 



bugun diktant yozamiz. 

4)  2-shaxs  kо‘plik  о‘rnida  3-shaxs  birlik  qо‘shimchasi  ishlatiladi:  U  norozi 



ohangda dedi: - Shunaqa ish bilan hazillashib bо‘ladimi? 

2. Zamon qо‘shimchalarining sinonimiyasi:  

1)  hozirgi  zamon  davom  fe’li    о‘rnida  hozirgi-kelasi  zamon  shakli  qо‘lla-nadi: 



Butun qishloq ular haqida gaplashishadi (gaplashishyapti).  

2)  kelasi  zamon  о‘rnida  hozirgi  zamon  shakli  qо‘llanadi:  Ertaga  terimga 



tushyapmiz.  

3)  hozirgi  zamon  о‘rnida  о‘tgan  zamon  shakli  keladi:  Qarasam,  yugurib 



kelayotibdi. 

3. Mayl qо‘shimchalari sinonimiyasi: 

1) ijro  maylidagi  fe’l buyruq mayli  о‘rnida keladi:  Qani, ketdik, bolalar. 

2) ijro  mayli  shart mayli  о‘rnida keladi:  Kelaman dedingmi, kelish kerak. 

4. Nisbat qо‘shimchalari sinonimiyasi: 


 

15 


1)  birgalik  nisbati  qо‘shimchasi  kо‘plik  qо‘shimchasiga  sinonimdir:  Ular 

kelishdi – Ular keldilar. 

2)  nisbat  qо‘shimchalari  ichida  о‘zaro  sinonimlikni  hosil  qiladiganlari  ham  bor: 



-l, il,-n, -in, -sh, -ish; -t, -tir, -dir, -ir, -giz; -kiz, -kaz, -qiz, -qaz. 

5. Fe’l yasovchi qо‘shimchalar sinonimiyasi:  

1) ba’zi yasama fe’llar  iboralarga  sinonim bо‘ladi:  gulladi – gulga kirdi. 

2)  qо‘shimcha  yordamida  yasalgan  fe’llar  qо‘shma  fe’llarga  sinonim  bо‘ladi: 

himoyaladi – himoya qildi. 

3)  fe’l  yasovchilar  о‘zaro  sinonim  bо‘ladi:  sizlamoq  –  sizsiramoq,  suvsamoq- 



suvsiramoq. 

Sintaktik uslubiyat 

Gap bо‘laklarining uslubiy xususiyatlari 

1)  sifatlovchi  aniqlovchilar  ot  bilan  ifodalansa,  majoziy  ma’no  ifodalaydigan 

bо‘lib  qoladi:  Kumush  choyshab  yopib  dalalar,  qor  qо‘ynida  uxlab  yotadi. 



(Uyg‘un) 

2)  sifatlovchi  aniqlovchilar  turli  sо‘z  turkumlaridan  tuzilib,  sifatlash  vazifasini 

bajargan  ibora  va  sо‘z  birikmalari  bilan  ifodalanadi:  Osmon  о‘par  tog‘lar, 



bag‘ri keng inson, cheki yо‘q qirlar, fikri tiniq insonlar. 

3)  sifatlovchi-aniqlovchi  takroriy  sо‘zlar bilan ifodalanganda ma’no kuchayishi 

yuz beradi: Baland-baland binolar tez uchray boshladi.  



4)  izohlovchi  ham  uslubiy  vazifa  bajaradi.  Ma’lumki,  izohlovchi  laqab, 

qarindoshlik,  о‘xshatish  kabi  ma’nolarni  ifodalash  uchun  xizmat  qiladi.    Bunda 

ma’lum  shaxsga  nisbatan  munosabat  seziladi,  ya’ni  uslubiy  ma’no  yuzaga 

keladi:  Mamajon  quruq,  Ali  tajang,  Soli  sovuq  va h. О‘xshashlik ma’nosidagi 

izohlovchi  jumlaga  kо‘tarinkilik(pafos)  xususiyatini  kiritadi:  ona-Vatan, 

gulchalar-qizchalar.  

5)  ajratilgan  bо‘laklar  jumla  tarkibidagi  ayrim  bо‘laklarga  urg‘u  berish,  ularni 

alohida  ajratib  kо‘rsatish,  shaxs  va  narsa  haqida  qо‘shimcha  ma’lumot  berish, 

belgi-xususitlarni  ta’kidlash  kabi  vazifalarni  bajaradi:  Biz,  yoshlar,    ota-

bobolarimiz merosini kо‘z qorachig‘iday asrashimiz lozim. 


 

16 


6)  undalmalar    ham  turli  uslubiy  vazifalarni  bajaradi.  Ular  gap  boshida  va 

о‘rtasida  kelsa,  chaqiriq  va    murojaatni  ifodalaydi:  Uka,  mening  yо‘qligimni 



bilintirma.    Gap  oxirida  kelgan  undalma    tinglovchiga  nisbatan  hurmat, 

muhabbatni  ifodalaydi:  Tuprog‘ingni zar bilarman,  ona-Vatanim!   Bulardan 

tashqari  undalmalar  iltimosni,  sо‘zlovchining  his-tuyg‘usini,      kuchli  ehtirosini, 

kо‘tarinki  holatni,  piching va kinoyani  ifodalash uchun ham xizmat  qiladi.   

7)  kirish  sо‘z  va  kirish  birikmalar  sо‘zlovchining  о‘z  fikriga  bо‘lgan 

munosabatini  bildiradi.  Bu  munosabat    sifat,  son,  olmosh, fe’l va modal sо‘zlar 

yordamida  ifodalanib,  gumon,  tasdiq,  inkor,  fikr  tartibi,  fikr  izohi,  e’tiborni 

tortish, xulosa, ikki fikrni о‘zaro bog‘lash kabi ma’nolarni aks ettiradi:  U bugun 



kelmaydi, shekilli.  

 Ayrim gap turlari о‘rtasidagi sinonimiya 

1) ayni  bir fikr  gapning  har xil  turlari  bilan  ifodalanadi:   

a) sodda gap bilan: Har kim ekkanini о‘radi. b) qо‘shma gap bilan: Kim nimani 

eksa, shuni о‘radi.   

2)  bir  bosh  bо‘lakli  va  ikki  bosh  bо‘lakli  gaplar о‘zaro sinonim bо‘ladi:  Bugun 



ketamiz – Biz bugun ketamiz.  

3) darak va sо‘roq gap sinonim  bо‘ladi: Vatanni kim sevmaydi – Vatanni hamma 



sevadi. 

Qо‘shma gaplarning uslubiy xususiyatlari 

1)  bog‘langan  qо‘shma  gaplar  tarkibida  biriktiruv  va  zidlov  bog‘lovchilari 

о‘rnida  –u,  -yu,  -da    yuklamalari  sinonim  holatda  qо‘llanishi  mumkin:  Havo 

bulutlashdi  va  yomg‘ir  yog‘a  boshladi.  Havo  bulutlashdi-yu,  yomg‘ir  yog‘a 

boshladi.  

2)  ega,  kesim,  tо‘ldiruvchi,  aniqlovchi  ergash  gapli  qо‘shma  gaplar  sodda 

gaplarga  sinonim  bо‘ladi:  Shunisi  aniqki,  biz  bugun  yо‘lga  chiqa  olmaymiz  -  

Bizning bugun yо‘lga chiqa olmasligimiz aniq.  

3)  sabab,  maqsad,  о‘xshatish  ergash  gaplarning  kesimlari  sifatdosh,  harakat 

nomi,  ot  bilan  ifodalansa,  sodda  gaplarga  sinonim  bо‘ladi:  Tog‘  etagi  juda 


 

17 


gо‘zal edi, gо‘yo chiroyli gilam tо‘shalganday  – Chiroyli gilam tо‘shalganday 

tog‘ etagi juda gо‘zal edi.  

4)  payt,  sabab,  shart,  tо‘siqsiz,  natija,  ravish  ergash  gaplarni  о‘z  doirasida 

sinonimlari  bilan  almashtirish  mumkin:   

U kelsa (kelgan paytda, kelar ekan), hamma ketib bо‘libdi. 

5)  bog‘lovchisiz  qо‘shma  gaplar  bog‘langan  va  ergashgan  qо‘shma  gaplarga 

sinonim  bо‘ladi: Qor yog‘di – don yog‘di (Qor yog‘sa, don yog‘adi. Qor yog‘di-

yu, don yog‘di). 

 Kо‘chirma va о‘zlashtirma gaplarning uslubiy xususiyatlari  

     Birovlarning  hech  о‘zgarishsiz  berilgan  gapi  (kо‘chirma  gap)  о‘zgalarning  

mazmuni  saqlanib,  shakli  о‘zgartirilgan  holda  berilgan  gapi  (о‘zga  gap)  bilan 

sinonimik  holatda  bо‘ladi:  О‘qituvchimiz    dedi:  “Topshiriqlarni  о‘z  vaqtida 



bajaring” – О‘qituvchimiz topshiriqlarni о‘z vaqtida bajarish lozimligi haqida 

gapirdi. 

     Kо‘chirma  gap  о‘zlashtirma  gapga  aylantirilganda  quyidagi  о‘zgarishlar  yuz 

beradi:   

1.    Kо‘chirma  gap  birikmali  tо‘ldiruvchiga  aylanadi:  “Hamma  yig‘ildi”,  -  dedi 



navbatchi.   Navbatchi hammaning yig‘ilganini aytdi. 

2.  Kо‘chirma  gap  tarkibidagi  undalma  vositali  tо‘ldiruvchiga  aylanadi



Rasulbek, biz bilan yuring”, - deb taklif qildi dо‘sti.  Rasulbekka dо‘sti о‘zlari 

bilan  yurishni taklif qildi. 

3. Kо‘chirma gap tarkibida  kirish sо‘z vazifasida kelgan undovlar, taqlid sо‘zlar 

tushiriladi:  “Voy,  qо‘rqib  ketyapman”,  -  dedi  xotini.  Xotini  qо‘rqib 

ketayotganini aytdi.  

gapiring.  13.  Shaxs-son  qо‘shimchalarining  uslubiy  xususiyatlari  haqida 

gapiring.  14.  Mayl  qо‘shimchalarining  uslubiy  xususiyatlari  haqida  gapiring.  15. 

Nisbat  qо‘shimchalarining  uslubiy  xususiyatlari  haqida  gapiring.  16.Fe’l 

yasovchi  qо‘shimchalarning  uslu-biy  xususiyatlari  haqida  gapiring.  17.  Gap 

bо‘laklarining    uslubiy  xususiyatlari  haqida  gapiring.  18.  Ayrim  gap  bо‘laklari 

о‘rtasidagi  sinonimiya  haqida  gapiring.  19.  Qо‘shma  gaplarning    uslubiy 


 

18 


xususiyatlari  haqida gapiring. 

I.2.  SO’ZLASHUV VA RASMIY USLUBNING XUSUSIYATLARI 

    So‘zlashuv  uslubi 

    Uyda,    ko‘chada,  insonlarning  o‘zaro  so‘zlashuvida  qo‘llanadigan  uslub  

so‘zlashuv    uslubi  deb  ataladi.  Bu  uslubning        adabiy  til  meyorlariga  rioya 

qiladigan  ko‘rinishi  adabiy  so‘zlashuv  uslubi  deb  yuritilsa,  bunday  meyorlarga 

rioya  qilinmaydigan  ko‘rinishi  oddiy  so‘zlashuv  uslubi  deb  ataladi.  So‘zlashuv 

uslubidagi  nutq  ko‘pincha  dialogik  shaklda  bo‘ladi.  Ikki    yoki  undan  ortiq 

shaxsning luqmasidan  tuzilgan  nutq dialogik  nutq deyiladi. 

     So‘zlashuv uslubida  ko‘pincha  turli  uslubiy   bo‘yoqli   so‘zlar, grammatik  

vositalar,  tovushlar    tushib  qolishi,  orttirilishi  mumkin:  Kep  qoling!  Obbo, 

hamma  ishni   do‘ndiribsiz-da. Mazza qildik.   Ketaqo-o-ol! 

     So‘zlashuv  uslubida    gapdagi  so‘zlar  tartibi  ancha  erkin  bo‘ladi,  piching, 

qochiriqlar,  kinoyalar  ko‘plab ishlatiladi. Ko‘proq sodda gaplar, to‘liqsiz gaplar, 

undalmali  gaplardan  foydalaniladi. 

Rasmiy nutq – ixcham nutq shakli. Hozirgi o‘zbek adabiy tilida rasmiy 

uslubning  qo‘llanish  ko‘lami  O‘zbekiston  Respublikasining  «Davlat  tili 

haqida»gi  Qonuni  qabul  qilingandan  keyin  va  davlat  mustaqilligi  qo‘lga 

kiritilgandan so‘ng g‘oyatda kengaydi va yangicha mazmun kasb etdi.  

Xalqaro doiralarda olib boriladigan diplomatik munosabatlar, davlatni 

boshqarishning  zamonaviy  usullari,  ijtimoiy-siyosiy  va  gumanitar 

sohalarda jahonning ilg‘or andozalari va texnologiyalarining mamlakatimiz 

hayoti va xalq xo‘jaligiga tatbiq etilishi, respublikamiz hududidagi barcha 

ma’muriy idoralar va korxonalar, tashkilotlar va muassasalarda muomala 

vositasi  sifatida  o‘zbek tilining amal qilishi qonuniy asosga qo‘yilib, ish 

yuritish  shu  tilda  olib  borilishi  natijasida  o‘zbek  tilini  bilishga  va 

o‘rganishga bo‘lgan talab yanada kuchaydi. O’zbekiston Respublikasining 

«Normativ-huquqiy  hujjatlar  to‘grisida»gi  (14.12.2000  y.  N  160-11) 

Qonuniga  binoan  mamlakatimizda  ish yuritishning yagona davlat tizimini 

joriy  etish  huquqiy  asosga  qo‘yildi  va  muayyan  tartibga  keltir ildi.  O‘z 


 

19 


navbatida,  rasmiy  doiralarda  bo‘ladigan  munosabatlarda,  xalqaro 

minbarlarda  o‘zbek  tilidan  foydalanishning  o‘ziga  xos  uslubi  ham 

takomillashib  bormoqda.  Yurtboshimiz  I.A.Karimov  ta’kidlaganlaridek, 

«davlat  tilining  xalqaro  miqyosda  ham  faol  muloq ot  vositasiga  aylanib 

borayotgani  e’tiborlidir.  Xususan,  xorijiy  mamlakatlar  rahbarlari  bilan 

bo‘ladigan  uchrashuv  va  suhbatlar,  muzokaralar,  tegishli  hujjatlarni 

imzolash 

marosimlarida, 

nufuzli 

sammitlarda, 

rasmiy 

matbuot 


anjumanlarida  o‘zbek  tilining  o‘rni  va  ahamiyati  ortib  borayotgani 

hammamizga g‘urur-iftixor bag‘ishlaydi».

2

 

Bemalol  aytish  mumkinki,  keyingi  o‘tgan  yigirma  yilga  yaqin  vaqt 



mobaynida mamlakatimiz hayotining barcha jabhalarida o‘zbek tili nafaqat 

davlat tili, balki ham rasmiy, ham o‘zaro muloqot tili sifatida o‘z mavqeini 

mustahkamladi.  Qisqa  vaqt  ichida  qonunlar,  farmonlar,  farmoyishlar, 

qarorlar,  buyruqlar,  nizomlar  singari  davlat  ahamiyatiga  molik  huquqiy 

hujjatlarni  muayyan  bir  uslubda  yaratish  va  shakllantirish  asta -sekinlik 

bilan  yo‘lga  qo‘yildi.  Rasmiy-huquqiy  hujjatlarning  yozilishida  ularning 

har 

birining 



xususiy, 

ayni 


paytda, 

barcha 


rasmiy 

uslubda 


shakllantiriladigan  hujjatlar  talabiga  mos  keladigan  umumiy  me ’yorlari 

takomillashdi. 

Aslida  davlat  miqyosida  amalda  bo‘lgan  har  bir  huquqiy  hujjatning 

qat’iy  meyorlar  asosida  yaratilishi  ham  umumtil  madaniyatining  tarkibiy 

qismidir.  Hujjatlar  qanchalik  tushunarli  tilda  yozilsa,  uslubi  qanchalik 

ravon  bo‘lsa,  uni  tushunish,  binobarin,  ijrosini  ta’minlash  va  unga amal 

qilish  ham  shunchalik  oson kechadi. Shuning uchun ham bugungi kunda 

faol  amalda  bo‘lgan  o‘zbek  tili  rasmiy  uslubni  zamon  talablaridan  kelib 

chiqib tadqiq etish, uning xulosalari va natijalarini ommalashtirish o‘zbek 

tili  madaniyatining  yanada  takomillashuviga  hamda  uning  barch a 

jabhalarda foydalanishiga qulay imkoniyatlar yaratilishiga xizmat qiladi.  

To‘g‘ri, o‘zbek tilining rasmiy uslub tilshunosligimizda ilmiy tadqiqot 

                                                 

2

 



Karimov  I.A. Yuksak ma’naviyat  – yengilmas kuch. –Toshkent:  Ma’naviyat,  2008, 86-b. 

 

20 


obyekti bo‘lgan. 1987 yilda D.Boboxonova «Hozirgi o‘zbek adabiy tilining 

rasmiy-ish uslubi» mavzusida nomzod lik dissertatsiyasini himoya qilgan.  

Dissertatsiya  muallifi  o‘zbek  tilshunosligida birinchi bo‘lib rasmiy uslub 

doirasidagi hujjatlar ro‘yxatini batafsil keltiradi va ularning har birining bir 

uslub  ichida  yana  o‘z  shakllanish  uslubi  (podstillari)  mavjudligini 

ta’kidlaydi.  Masalan:  hukumat  qarorlari,  farmonlar,  farmoyishlar, 

chaqiriqlar,  qonunlar,  buyruqlar,  nizomlar,  yo‘riqnomalar,  diplomatik 

hujjatlar,  xalqaro  shartnomalar,  kelishuvlar,  rasmiy  xabarlar,  notalar, 

ultimatumlar, elchilik  konvensiyalari, sud-protsessual hujjatlari, kodekslar, 

chaqiriq  qog‘ozlari,  ishonch  qog‘ozlari,  ijro  varaqalari,  ajrimlar,  sud 

varaqalari, yuridik dalolatnomalar, raddiyalar, tavsiyanomalar, tashqariga 

chiqmaslik  haqida  tilxat,  ayblov, ayblov nutqi, sudning alternativ qarori,  

hukm,  davlat  tashkilotlari  o‘rtasidagi  yozishmalar,  dalolatnoma,  

bayonnoma,  tushuntirish  xati,  ma’lumotnoma,  tarjimai  hol,  tavsifnoma, 

ariza va boshqalar.  

Bitiruv  malakaviy  ish  ushbu  rasmiy  hujjatlarning  har  birining  o‘ziga 

xos  va  umumuslubiy  xususiyatlarini  leksik-semantik,  morfologik  va 

sintaktik  jihatdan  tahlil  etganligi  bilan  ilmiy  ahamiyatga  ega.  Buning 

ustiga, mazkur uslubning o‘zigagina xos bo‘lgan xususiyatlar uni o‘zbek 

tilidagi  boshqa  funksional  uslublar  bilan  taqqoslash  orqali  ochib 

berilganligi  ham  e’tiborga  molikdir.  Masalan,  leksik-semantik-stilistik 

jihatdan  olib  qaraganda ushbu uslubga oid matnlarda badiiy uslubga xos 

bo‘lgan,  voqelikni,  inson  hissiyoti,  fikri  va  harakatlarini  obrazli 

tasvirlashga yo‘naltirilgan badiiy tasvir vositalari uchramasligi, binobarin, 

o‘xshatish,  epitet,  jonlantirish,  metafora,  mubolag’a,  litota  va  boshqa 

vositalar, poetik leksika elementlari, chama sonlar, gumon olmoshlari, juft 

so‘zlarning qo‘llanishi xos emasligi; morfologik jihatdan esa  -(i)m, -(i)ng,  

-(i)miz,  -(i)ngiz,  -(i)nglar,  -laring  kabi egalik ko‘rsatkichlarining mutlaqo 

ishlatilmasligi,  -a/-y,  -(i)b  singari  ravishdosh  shakllari  qo‘llanilmasligi; 

sintaktik jihatdan esa undov va so‘roq gaplarning, shaxsi ma’lum, shaxsi 



 

21 


noma’lum,  shaxsi  umumlashgan gaplarning xos emasligi rasmiy uslub va 

boshqa  funksional  uslublarga  doir  matnlardagi  faktlarni  qiyoslash orqali 

dalillanganligi  bugungi  o‘zbek  tilshunosligi  va  o‘zbek  tili  stilistikasi 

taraqqiyoti nuqtai nazaridan ham ilmiy qimmatga ega.  

Ammo  mazkur  tadqiqotning  yuzaga  kelganiga  salkam  chorak  asrga 

yaqin vaqt o‘tdi. Ish sobiq kommunistik mafkura hukmron bo‘lgan davrda 

yozilganligini  inobatga  olish lozim.  Bitiruv malakaviy ish   muallifi rasmiy 

uslubning  shakllanishida  rus  tili muhim rol o‘ynaganligini, ko‘plab hujja t 

turlari  rus  tilidan  o‘zbek  tiliga  tarjima  qilinganligini  ta’kidlaydi.  Shu 

mazmundagi  fikrlar  «O‘zbek  tili  stilistikasi»  asarida  ham  uchraydi: 

«O‘zbek  adabiy  tilida  rasmiy  hujjatlar  stili  rus  tilining  ta’sirida  yanada 

takomillashdi, ishlatilish doirasi yanada kengaydi lug’at tarkibi yangi so‘z 

va  terminlar  bilan  boyidi».  Qarashlar  o‘z  davri  va  qisman  hozirgi  davr 

nuqtai  nazaridan  ham  to‘gri,  albatta.  Shu  bilan  birga,  keyingi  o‘n 

yilliklarda,  ayniqsa,  mustaqillik  davrida  ona  tilimizning  rasmiy  uslub 

doirasida amal qilish xususiyatlari mazkur uslubda shakllanadigan hujjatlar 

mazmuniga  bog’liq  tarzda  jiddiy  o‘zgardi,  imkoniyatlari  batamom 

kengaydi. Ushbu fikrning to‘gri ekanligini  Sh.Ko‘chimov tomonidan 1995 

yilda «O‘zbekiston Respublikasi qonunlarining tili» mavzusida nomzodlik,  

2004 yilda «Huquqiy normalarni o‘zbek tilida ifodalashning ilmiy-nazariy 

muammolari»  mavzusida  himoya  qilingan  doktorlik  dissertatsiyalari 

materiallari  ham  tasdiqlaydi.  Mazkur  ishlarda  huquqiy  davlat  qurishda, 

fuqarolarning  huquqiy  ongi  va  huquqiy  madaniyatini  shakllantirishda 

qonunchilik  texnikasi,  qonunlarning  ifoda  usuli  masalalari  muhim 

ahamiyat kasb etib, qonunlarning xalqaro standartlar darajasida mukammal 

ishlab  chiqilishining  asosiy  omili  ushbu  sohadagi  meyoriy  hujjatlar  tilini 

ona  tilimizning  o‘z  xususiyatlaridan  kelib  chiqib  tayyorlash  ekanligi 

ta’kidlangan.  Tilshunosligimizda  funksional  uslublar,  xususan,  rasmiy 

uslub sohasida olib borilgan bu tadqiqotlar mazkur uslubning o‘zbek tilida 

allaqachon  shakllanib  bo‘lganligini  ko‘rs atadi.  Uning  mustaqil  uslub 



 

22 


sifatida  shakllanganligi  lisoniy  va  nolisoniy  omillar  yaxlitligi  yaqqol 

ko‘rinadi. 

Bu  uslubda  shakllanadigan  hujjatlarga  xos  bo‘lgan  rasmiylik  barcha 

nolisoniy  omillarning  markazida  turuvchi  va  til  elementlarini  tanlovchi, 

saralovchi, birlashtiruvchi va, o‘z navbatida, matnda ularni o‘rniga qarab  

joylashtiruvchi yadroviy kuch sanaladi.  

Rasmiylik  tushunchasiga  bog’liq  tarzda  uslubning  o‘ziga  xos 

xususiyatlari  namoyon  bo‘ladi  va  ular  boshqa  funksional  uslublar  bilan 

taqqoslaganda  yana  ham  oydinlashadi.  Xo‘sh,  bu  o‘ziga  xosliklar 

nimalardan iborat? 

Birinchi navbatda, matnda bayonning aniq bo‘lishi talab etiladi. Ushbu 

uslubda  shakllangan  matnda  noaniqlikka,  izohtalab  o‘rinlarga  yo‘l 

qo‘yilmasligi lozim. Fikr va mazmun sodda, aniq va  tushunarli tilda bayon 

qilinishi  kerak:  O’zbekiston  Respublikasida  davlat  hokimiyati  xalq 

manfaatlarini ko‘zlab va O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi hamda 

uning  asosida  qabul  qilingan  qonunlar  vakolat  beradigan  idoralar 

tomonidangina  amalga  oshiriladi.  (O’zR  Konstitutsiyasi,  7-modda). 

Aniqlik talabi uning ilmiy uslub bilan mushtarak jihatidir.  

Matnning  ravon,  sodda  va  tushunarli  bo‘lishi  taqozo  etiladi.  Buning 

yorqin  dalili  «O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi» matnidir. Nima 

uchun mazkur hujjat tilida shu tamoyilga qat’iy rioya qilingan? Hujjatning 

«Davlat suvereniteti» deb nomlangan I bobiga ko‘z yugurtiramiz: 1-modda. 

O‘zbekiston  suveren  demokratik  respublika.  Davlatning  «O‘zbekiston 

Respublikasi» va «O‘zbekiston» degan nomlari bir ma’noni anglatadi. 2-

modda. Davlat xalq irodasini ifoda etib, uning manfaatlariga xizmat qiladi.  

Davlat  organlari  va  mansabdor  shaxslar  jamiyat  va  fuqarolar  oldida 

mas’uldirlar. 3-modda. O‘zbekiston Respublikasi o‘zining milliy-davlat va 

ma’muriy-hududiy  tuzilishini,  davlat  hokimiyati  va  boshqaruv 

organlarining  tizimini  belgilaydi,  ichki  va  tashqi  siyosatini  amalga 

oshiradi.  O‘zbekistonning  davlat  chegarasi  va  hududi  daxlsiz  va 



 

23 


bo‘linmasdir.  4-modda.  O‘zbekiston  Respublikasining davlat tili o‘zbek 

tilidir. O‘zbekisto n Respublikasi o‘z hududida istiqomat q iluvchi barcha 

millat  va  elatlarning  tillari,  urf-odatlari  va  an’analari  hurmat  qilinishini 

ta’minlaydi,  ularning  rivojlanishi  uchun  sharoit  yaratadi.  5-modda. 

O‘zbekiston Respublikasi qonun b ilan tasdiqlanadigan o‘z davlat ramzlari 

–  bayrog’i,  gerbi  va  madhiyasiga  ega.  6-modda.  O‘zbekiston 

Respublikasining  poytaxti  –  Toshkent  shahri.  Matndagi  bu  ravonlik  va 

soddalik  uning  barcha  aholi  qatlamlari  uchun  mo‘ljallanganligi  va 

mazmunini bilishi shart qilib qo‘yilganligi bilan izohlanadi. 

Keltirilgan  ushbu misol rasmiy uslubga xos bo‘lgan qisqalik va aniqlik 

uchun ham dalil bo‘la oladi. 

Konstitutsiyaning 57-moddasini ko‘zdan kechiramiz: Konstitutsiyaviy 

tuzumni zo‘rlik bilan o‘zgartirishni maqsad qilib qo‘yuvchi, respublikaning 

suvereniteti,  yaxlitligi  va  xavfsizligiga,  fuqarolarning  konstituts iyaviy 

huquq va erkinliklariga  qarshi chiquvchi, urushni. ijtimoiy. milliy, irqiy va 

diniy adovatni targ’ib qiluvchi, xalqning sog’ligi va ma’naviyatiga tajovuz 

qiluvchi,  shuningdek  harb iylashtirilgan  birlashmalarning,  milliy  va  diniy 

ruhdagi siyosiy partiyalarning hamda jamoat birla shmalarining tuzilishi va 

faoliyati  ta’qiqlanadi.  Anglashiladiki,  bu o‘rinda matn  qurilishi sodda va 

qisqa  emas,  aksincha.  Ammo  uslub  ravon  va  aniq.  Bu  kabi  holatlar 

qonunlar  matniga  ham  xos  xususiyat  sanaladi.  Bundan  shunday  xulosa 

kelib  chiqadiki.  Rasmiy  uslub  uchun  matnda  qatnashgan  gaplar 

qurilishining  sodda  yoki  murakkab  bo‘lishi  asosiy  o‘lchov  emas,  balki 

aniqlik  va  ravonlik  muhim.  Xullas,  fikrning  aniq  bo‘lishi,  maqsadning 

qisqa  va  lo‘nda  bayon  etilishi,  izohga  yo‘l  qo‘yilmaslik  ham  rasmiy 

uslubga xos bo‘lgan xususiyatlardir.  

Rasmiy uslubda har bir matn hujjat mazmun-mohiyatidan kelib chiqib,  

ma’lum  reglament,  ya’ni  tartib  va  qoidalar  asosida  shakllantiriladi.  Shu 

tarzda ariza, qaror, bildirishnoma, ma’lumotnoma, shartnoma, tabriknoma 

singari  turli  xarakterdagi  rasmiy  hujjatlarning  har  birining  o‘ziga  xos 



 

24 


bayon etish qolipi. standart, shablon abzaslar va jumlalar vujudga keladi.  

Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling