O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi davlat universiteti


So’zlashuv va rasmiy uslubning sintaktik xususiyatlari


Download 0.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/7
Sana10.12.2020
Hajmi0.6 Mb.
#163159
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
ozbek tilining vazifaviy usullarini oquvchilarga orgatish


So’zlashuv va rasmiy uslubning sintaktik xususiyatlari 

  So’zlashuv uslubining o’zi ikki turga bo’linadi:   

  1) adabiy so’zlashuv uslubi;   

  2) oddiy so ’zlashuv uslubi;  

  Ma’lum adabiy til me’yorlariga   bo’ysungan, tartibga solingan 

so’zlashuv uslubiga adabiy so’zlashuv uslubi deyiladi.   

Adabiy  tilning  og’zaki  shakli  adabiy  so’zlashuv  orqali  amal  qiladi. 

Radioeshittirishlari,  televideniye  ko’rsatuvlari  shunday  uslubda  olib 

boriladi.  



Adabiy  til  me’yorlariga  doimo  amal  qilavermaydigan  erkin 

muloqot shakli oddiy so’zlashuv uslubi sanaladi.   

  Oddiy  so’zlashuv  uslubida  nutqiy vositalarni tejashga intilish bilan 

birga, bunga teskari bo’lgan nutqiy ortiqchalikka ham yo’l qo’yiladi.  

  Oddiy so’zlashuv uslubida gap bo’laklarining tartibi ham ancha erkin 

bo’ladi. Ba’zan shevaga xos so’zlar, qqo’pol dag’al so’zlar ham kuzatiladi, 

lekin  bularni  qo’llash  so’zlovchining  madaniy  nutq  sohibi  emasligini 

ko’rsatadi.  Shuning  uchun  siz  oddiy  so’zlashuv  nutqingizda  ham 

o’zingizning yuksak madaniyatingizni nomoyish eting. Shunday so’zlardan 

gaplar tuzingki, uning egasi, kesimi va ikkinchi darajali bo’laklari ham o’z 

o’rnida  ishlatilsin.  (keyingi  bo’limda  faol  misollardan  namunalar 

keltiriladi)  

Rasmiy  uslub  doirasida  shakllanadigan matnlarning sintaktik  qurilishi 

ham  o‘ziga  xos.  Darak  gaplar,  ayniqsa,  uning  qo‘shma  gap  shakli  ko‘p 

ishlatiladi.  Yoyiq  va  murakkab  so‘z  birikmalari  mahsuldor  hisoblanadi, 

murakkab tipdagi nomlar keng qo‘llaniladi. Gap tuzilishida o‘zbek tilidagi 

odatdagi  meyorga  amal  qilinadi  va yuqorida sanalgan jihatlari bilan  ilmiy 

uslubga o‘xshab ketadi.  


 

36 


Rasmiy  uslubda  shakllantirilgan  barcha  meyoriy  hujjatlar  uchun 

izchillik  xos  xususiyat.  Matndagi  har  bir  gap,  ha r  bir  xatboshi,  har  bir 

modda  yoki  paragraf  mantiqiy ketma-ketlikda joylashtiriladi, keyingi fikr 

oldingi fikrdan kelib chiqadi yoki unga chambarchas bog ’langan bo‘ladi. 

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi matni bunga yaqqol misol bo‘la 

oladi. Muqaddimadan keyingi oltita bo‘limda qonunning mohiyati izchil va 

qat’iy tartibda joylashtirilgan: qonunda ko‘zda tutilgan asosiy prinsiplar, 

fuqarolarning  huquqlari,  erkinliklari  va  burchlari,  jamiyat  va  shaxs, 

ma’muriy-hududiy  va  davlat  tuzilishi,  davlat  hokimiyatining  tashkil 

etilishi,  Konstitutsiyaga  o‘zgartishlar  kiritish  tartibi  tarzida.  Boshqa 

qonunlar, ayniqsa, hajmi birmuncha yirik bo‘lgan qonunlar avval umumiy 

qoidalar,  qonunda  ko‘zda  tutilgan  asosiy  holatlar  va  yakuniy  qoidalar 

tartibida muayyan izchillikda shakllantirilgan.  

Rasmiy  hujjatlarda  bayonning  izchil  bo‘lishi  har  bir  matnning  o‘ziga 

xos  tarzdagi  shablonlarni,  standart  jumlalarni  ham  keltirib chiqaradi. Ish 

yuritishda  keng  tarqalgan  hujjat-ariza  misolida  fikrni  tasdiqlash mumkin. 

Ariza bir kishi tomonidan tashkilot, korxona yoki muassasa rahbari nomiga 

yozilishi,  ariza  yo‘llangan  tashkilot,  korxona, muassasa va uning  rahbari 

nomining aniq ko‘rsatilishi, arizachining turar joyi  yoki ish joyi, vazifasi, 

ismi  va  otasining  ismi  ko‘rsatilishi;  undan  so‘ng  Ariza  degan  yozuv, 

arizaning  mazmuni,  agar  lozim  bo’lsa,  arizaga  ilova  qilinishi  mumkin 

bo‘lgan  hujjatlar  ro‘yxati,  arizachining  imzosi,  ismi-familiyasi,  ariza 

yozilgan vaqtining yozilishi shablonlikning yaqqol namunasidir. Arizaning 

meni,  vazifasiga  (lavozimiga)  qabul  qilishingizni  so‘rayman,  hujjatlarni 

(ma’lumotnomani)  ilova  qilaman  singari  jumlalar  esa  barcha  arizalarda 

uchraydigan standart elementlar sanaladi.  

Matnlarda  izchillikka  mos  ravishda  qat’iylik  ham  hukmron  bo‘ladi: 

O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  I.  A.  Karimovning  ma’ruzasidagi 

konseptual qoidalar va xulosalar ma’qullansin hamda ular Oliy Majlisning 

kelgusi  faoliyatida  inobatga  olinsin.  Ma’ruzaning  ...  dasturiy  xulosalari 



 

37 


prokuratura,  boshqa  huquqni  muhofaza  qilish  organlari,  sudlar  f aoliyati 

uchun asos qilib olinsin. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga 

...  mustaqillik  va  demokratiya  qo‘lga  kiritgan  yutuqlarni  himoya  qilish, 

ijtimoiy  adolat,  fuqarolar  tinchligi  hamda  totuvligini  ta’minlash  ishlarini 

kuchaytirish  tavsiya  etils in  (O’zR  Prezidenti  I.  A.  Karimovning  ikkinchi 

chaqiriq Oliy majlisining  oltinchi sessiyasidagi ma’ruzasi yuzasidan  O’zR 

Oliy  majlisining  2001  yil  29  avgust  qarori).  Misoldagi  inobatga  olinsin, 

asos  qilib  olinsin,  tavsiya  etilsin  kabi  jumlalar  ana  shu  qat’ iyatni  ta’min 

etuvchi lisoniy vositalardir. 

Shuningdek,  ta’kidlash  ottenkasini  yuzaga  keltiruvchi  grammatik 

vositalar  ham  shu  uslubga  xos  matnlarda  faol  uchraydi:  birinchidan, 

ikkinchidan,  maqsadida:  I),  2),  3)...;  maqsadida...  belgilansin,  amalga 

oshirils in,  ta’minlansin;  belgilab  qo‘yilsinki,  belgilansinki,  tomonidan... 

amal  qilinsin,  qonuniga  muvofiq...  kiritilsin,  yuklansin,  almashtirilsin, 

hisoblansin 

kabi. 


Prezident 

Farmonlari,  qarorlar  kabi  hujjatlar 

preambulasida gap oxiri rag’batlashtirish maqsadid a, yaratish maqsadida, 

mustahkamlash  maqsadida,  kuchaytirish  maqsadida,  qonuniga  muvofiq, 

qaroriga  muvofiq,  quyidagi  o‘zgartishlar  kiritilsin,  belgilab  qo‘yilsinki, 

belgilansinki  kabi  jumlalardan  so‘ng  ikki  nuqta  qo‘yiladi  va  hujjatning 

moddalari yoki birinchidan, ikkinchidan... tarzida, yoki raqamlar, nuqtali 

vergullardan  so‘ng  kichik  harflar  bilan  davom  ettiriladi  va  gap  buyru q 

mayli shaklidagi belgilansin, amalga oshirilsin, ta’minlansin, amal qilinsin, 

kiritilsin.  yuklansin,  almashtirilsin,  hisoblansin  fe’llari bilan yakunlanadi. 

Ayrim gap bo‘laklari takrori ham shu o‘ziga xosliklarning bir ko‘rinishidir. 

Konstitutsiyaning  muqaddimasida  shu  holat  mavjud:  O’zbekiston  xalqi: 

inson  huquqlariga  va  davlat  suvereniteti  g’oyalariga  sodiqligini  tantanali 

ravishda  e’lon  qilib,  hozirgi  va  kelajak  avlodlar  oldidagi  yuksak 

mas’uliyatini  anglagan  holda,  o‘zbek  davlatchiligi  rivojining  tarixiy 

tajribasiga tayanib, demokratiya va ijtimoiy adolatga sadoqatini namoyon 

qilib,  xalqaro  huquqning  umum  e’tirof  etilgan  qoidalari  ustunligini  tan 


 

38 


olgan  holda,  respublika  fuqarolarining  munosib  hayot  kechirishlarini 

ta’minlashga intilib, insonparvar demokratik huquqiy davlat barpo etishni 

ko‘zlab,  fuqarolar  tinchligi  va  milliy  totuvligini  ta’minlash  maqsadida, 

o‘zining muxtor vakillari siymosida O‘zbekiston Respublikasining, mazkur 

Konstitutsiyasini qabul qiladi. Ushbu gaplardan rasmiy uslubda ravishdosh 

va sifatdosh oborotlarning faolligini ham kuzatish mumkin.  

Rasmiy uslub uchun shaxssiz gaplar xos: O‘zbekiston Respublikasida 

davlat hokimiyati xalq manfaatlarini ko‘zlab va O‘zbekiston Respublikasi 

Konstitutsiyasi  hamda  uning  asosida  qabul  qilingan  qonunlar  vakolat 

bergan  idoralar tomonidangina amalga oshiriladi (Konstitutsiya). Mazkur 

Farmonni bajarish bilan bog’liq sarf-xarajatlar respublika budjeti hisobidan 

amalga  oshirilsin  (Prezident  Farmoni).  Ishlab  chiqarishga  joriy  etilgan 

yangi  texnologik  jihozlar  besh  yil  muddatga mulk solig ’idan ozod etilsin 

(Prezident Farmoni) kabi.  

Prezident va hukumat farmonlari va qarorlarini so‘zsiz hayotga tatbiq  

etilishiga  da’vat  ohangi  mana  shu  so‘z  shakllari  va  jumlalar  orqali 

ro‘yobga  chiqariladi.  Bu  kabi  davlat  ahamiyatiga  ega  bo‘lgan  hujjatlar 

O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  yoki  Hukumat  rahbari  tomonidan 

imzolanadi  va  ko‘pincha  bajaruvchisi,  bajarish  muddati  va  nazorat 

qiluvchisi aniq ko‘rsatilgan bo‘ladi. 

Har  bir  hujjat  o‘ziga  xos  kompleksga  -  preambula,  asosiy  qism  va 

xulosa  singari  tarkibiy  qismlarning  qat’iy  tartibiga  ega  bo‘lishi,  birinchi 

qismda  hujjat  nima  asosda  tuzilayotgani  ko‘rsatilishi,  ikkinchi  qismida 

xulosalar,  takliflar,  iltimoslar,  qarorlarning  bayon  etilishi  ham  ularning 

sintaktik xususiyatlari sanaladi.  

Rasmiy  uslubga  xos  bayonning  og’zaki  shakli  bo‘lishi  ham  mumkin. 

Aytaylik,  ushbu  uslubda  yozilgan  matnlar  radio  yoki  telev ideniye  orqali 

o‘qib  beriladi.  Matn  so‘zma-so‘z  o‘qilgani  tufayli  bunda  rasmiylik 

ottenkasi, asosan, saqlanib qoladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 

turli  bayramlar  munosabati  bilan  xalqqa  qilgan  murojaati,  tabriklari  va 



 

39 


ularning diktorlar tomonid an o‘qib berilishi bunga yaqqol misoldir.  

Ba’zan  esa  rasmiy  doiralarda,  turli  xarakterdagi  yig‘ilishlarda  ham 

uning ishtirokchilari tomonidan chiqishlar amalga oshiriladi. Bu chiqishlar 

avvaldan tayyorlangan yoki tayyorlanmagan bo‘lishi ham mumkin. Shunga 

qarab  uning  rasmiy  ottenkasi  ham  o‘zgaradi.  Rasmiylik  va  norasmiylik 

aralash holda namoyon bo‘ladi. Binobarin, so‘z va jumlalar ham ana shu 

vaziyatga  mos  ravishda  tanlanadi.  Bu  vaziyatdan  kelib  chiqadigan 

majburiylikdir.  Lekin  rasmiy  uslub  meyorlarini  bila  turib,  unga  xos  til 

elementlarini  boshqa uslublarda qo‘llash maqsadga muvofiq emas. Ammo 

ma’lum  stilistik  maqsadlarni  ko‘zda  tutib,  masalan,  badiiy  uslub  va 

so‘zlashuv uslublarda atayin qo‘llash boshqa gap. 

Rasmiy uslubga xos bo‘lgan leksik-grammatik xususiyatlarni ko‘zdan 

kechirib  shunday  xulosaga  kelish  mumkinki,  mazkur  uslubda  kitobiylik 

ottenkasi kuchli. 

Rasmiy  uslubga  xos  bo‘lmagan  xususiyatlar  quyidagilar:  subyektiv 

munosabat, stilistik jihatdan ma’no ottenkalari kuchsiz yoki kuchli bo‘lgan 

so‘zlar.  Ushbu  uslub  uchun  jargonlar,  oddiy  so‘zlashuvga  xos  so‘zlar, 

emotsional-ekspressiv bo‘yoqqa ega bo‘lgan so‘zlarning ishlatilishi meyor 

sanalmaydi  va  shu  jihati  bilan  boshqa  uslublardan  keskin  farq  qiladi. 

Ko‘chirma  gaplar  yoki  o‘zlashtirma  gaplar,  kiritma  gaplar,  modal 

ma’nodagi gaplar qo‘llanilmaydi. 

Rasmiy  uslub  doirasida  qaraladigan  har  bir  janr  yoki  hujjat  nafaqat 

mazmunan,  balki  shaklan  ham  sezilarli  darajada  bir -biridan  farq  qiladi. 

Shuning uchun o‘rganishni osonlashtirish maqsadida L.G.Barlas ularni  ikki 

katta 

janrga: 


qonunchilikka 

oid 


(zakonodatelniy) 

va 


idoraviy 

(kanselyarskiy)  janrlarga  bo‘lib,  bu  bilan  rasmiy  uslub  janrlari  tahlilini 

angchagina  osonlashtirgan  edi.  Darhaqiqat,  qonunchilik  va  uning  ijrosi 

bilan  bog’liq  hujjatlar  ham,  idoraviy hujjatlar ham lisoniy xususiyatlariga 

ko‘ra bir-biridan jiddiy farqlanib turadi. 

Idoraviy shtamplarni L.G.Barlas quyidagi tiplarga ajratgan edi: rasmiy 



 

40 


munosabatlarga  daxldor  bo‘lgan  shaxslar  nomlari  (arizachi,  javobgar, 

davogar),  hujjatlar  nomlari  (farmon,  farmoyish,  qaror,  buyruq), 

hujjatlarning  tarkibiy qismlari (kun tartibi, qatnashdi, eshitildi, qaror qildi), 

rasmiy  uslubda  ixtisoslashgan  umumxalq  tili  elementlari  (shaxs -jismoniy 

shaxs, yuridik shaxs; tomonlar - axdlashuvchi tomonlar) kabi. Bu standart 

va  ixtisoslashgan  jumlalar,  boshqa  uslublarda,  masalan, so’zlashuv yoki 

badiiy  uslubda  ham  qo‘llanishi  mumkin.  Ammo  ularning  bu  uslublarda 

faollashishiga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi.  

Shunday  qilib,  o‘zbek  tili  funksional  uslublari  orasida  rasmiy  uslub 

alohida  mavqega  ega  va  bu  alohidalik  unda  lisoniy  va  nolisoniy 

omillarning  uyg’unligida,  leksik-grammatik  elementlarning  mazkur 

uslubda xoslanishida namoyon bo‘ladi.  



II.2.   SO’ZLASHUV VA RASMIY NUTQNING FAOL 

NAMUNALARI 

So’zlashuv uslubining namunalari nihoyatda ko’p.   

1.  Abdulhamid  Cho’lponning  “Kecha  va  kunduz”  romanidan 

olingan og’zaki so’zlashuv uslubiga xos quyidagi parchani keltiramiz.   

  So’fi  yana  past  toifa  oldida  muborak  og’zini  ochib,  aziz  tilini 

qaldiratmoqqa majbur bo’ldi: 

-  Badbaxt fitna! Qo’yasanmi  – qo’ymays anmi, axir?! 

“Hubbuli vatani minal imon” deganlar – “Vatanni sevish imondan”,  

axir!  Bilmasang,  bekor  –  da!  Vatani  yo’q  –  dunyoda  lo’li  xolos.  Mani 

bevatan deb bildingmi?    

So’fi biroz qizib ham ketdi. 

-Bu  hovli  –  joy  otangdan  qolgani  uchun  o’zimniki  deysanmi  yo? 

Unday  desang,  boshput  olib,  o’risvoyning  religa  tushib,  “hayt”  deb... 

Makkatilloga jo’nab qolaman. Hovling boshingdan qolsin, fitna!   

Bu safar Qurvonbibi yalinib  – yolvorib zo’rg’a tinchitdi.   



2.  Mirza  Karimning  ”Mohlar  oyim”  romanidan olingan og’za ki 

so’zlashuv uslubiga xos parchani keltiramiz.   

 

41 


  Darvoza zulfini tushib, eshik qiya ochildi, oppoq ro’molga o’ralgan 

kampirning mushtdekkina boshi ko’rindi.  

 -Voy  –  oy,  o’lay,  kimsan,  yo’lovchimisan  yoki...  Kir,  kir, 

bo’yginangdan tasaduq... 

   Adolat yurishga holi qolmay, o’zini kampir bag’riga otdi.  

  -Hay, hay, yiqitvoray deding-ku... Oyog’ingdan oyoq qolmabdi-ya? 

Kel, qo’lingni ber, jonim. Ko’taray desam jonim yarimta...  

    -Onajon... 

    - Voy – oy, ona degan tillaringdan o’rgilay. Nima bo’ldi, jonim?  

    Kampir  darvozani  yopayotib,  ko’cha  tarafga  nazar  tashladi.  Shu 

mahal  uch  otliq  otlarini  niqtagancha  Quva  tomon  choptirib  o’tishdi. 

Kampirning  yuragi  shuv  etdi.  Darrov  ko’ngliga  kelgan  o’yni  quvib 

chiqarmoqchiday,  ko’ylagi  yoqasini  ko’tarib,”puf-puf”  ladi.  Adolatni 

suyab uyiga olib kirdi. Uni yonboshlatib, sekin o’rnidan turdi.  

   -  Bolam,  kechagi  ko’mochim  bor.  Oqshomda  chavati  qilgandim, 

tatigin, xo’pmi, o’zingga kelasan...  

Rasmiy  nutqning  namunalari  nihoyatda  ko‘p.  Hukumat  qarorlari, 

farmonlar,  farmoyishlar,  chaqiriqlar,  qonunlar,  buyruqlar,  nizo mlar, 

yo‘riqnomalar,  diplomatik  hujjatlar,  xalqaro  shartnomalar,  kelishuvlar, 

rasmiy  xabarlar,  notalar,  ultimatumlar,  elchilik  konvensiyalari,  sud -

protsessual hujjatlari, kodekslar, chaqiriq qog‘ozlari, ishonch qog‘ozlari, 

ijro varaqalari, ajrimlar, sud varaqalari, yuridik dalolatnomalar, raddiyalar,  

tavsiyanomalar, tashqariga chiqmaslik haqida tilxat, ayblov, ayblov nutqi,  

sudning  alternativ  qarori,  hukm,  davlat  tashkilotlari  o‘rtasidagi 

yozishmalar, dalolatnoma, bayonnoma, tushuntirish xati, ma’lumotnoma, 

tarjimai  hol,  tavsifnoma,  ariza  kabi  yozma  nutq namunalarining ayrimlari 

hammaning ish faoliyati uchun zarur hisoblanmaydi. Shunday rasmiy nutq  

namunalari  borki,  ular  har  qanday  o‘rta,  o‘rta  maxsus,  oliy  ma’lumotli 

kishilarning ish faoliyatida hamisha kerak bo‘ladi.   

Ish  qog‘ozlari  deb  ataluvchi  rasmiy  nutq  namunalari  ma’lum  bir 



 

42 


an’anaga,  qolipga,  tartibga  asosan  yoziladi.  Lekin  hammaning  bir  xil 

yozishi  mumkin  emas.  Har  kimning  shart-sharoiti  boshqacha  bo‘ lganligi 

sababli  har  kim  o‘ziga  xos  bo‘lgan  mazmunni,  shaklni  kiritadi.  Ish 

qog‘ozini yozuvchi kishi rasmiy nutq namunalarining mazmuniy, shakliy, 

ifodaviy va boshqa tur xususiyatlarini bilish talab qilinadi.   

Ish  yuritishning  bevosita  asosini  hujjatlar  ta shkil  qiladi.  Biron-bir 

korxona,  muassasa  yoki  tashkilotning  faoliyatini  bugungi  kunda  ana shu 

hujjatlarsiz  mutlaqo tasavvur qilish mumkin emas. Mazmunan, hajman va 

shaklan 

xilma-xil 

bo‘lgan 

hujjatlar 

katta-yu 

kichik 


mehnat 

kollektivlarining,  umuman  kishilik  jamiyatining  uzluksiz  faoliyatini 

tartibga solib turadi. Zero, hujjatlar kechagina paydo bo‘lgan narsa emas, 

kishilik  jamiyati  shakllanishi  bilanoq  bu  jamiyat  a’zolari  o‘zaro 

munosabatlaridagi  muayyan  muhim  holatlarni  muntazam  va  qat’iy  qayd 

etib borishga ehtiyoj sezganlar. Ana shu ehtiyojga javob sifatida, tabiiyki,  

ilk, ibtidoiy hujjatlar yuzaga kelgan.  

Bobilning 

miloddan 

avvalgi 


1792—1750 

yillardagi 

shohi 

Xammurapining  adolatpesha  qonunlar  majmui  (kodeksi),  undan  ham 



qadimroq  shoh  Ur-Nammu  (miloddan  avvalgi  2112—2094  yillar)ning 

qonunlari  va  boshqa  manbalarning  mavjudligi  «hujjatlar»  deb  ataladigan 

tartibot  vositalarining  nechog‘lik  olis  va  murakkab tarixga ega ekanligini 

ko‘rsatadi.  Albatta,  kishilik  jamiyatining  taraqqiyoti,  ijtimoiy-iqtisodiy 

tuzumlarning  almashina  borishi,  aniqrog‘i,  kishilar  o‘rtasidagi  ijtimoiy, 

iqtisodiy  va  siyosiy  munosabatlarning  takomillasha  borishi  barobarida 

hujjatlar  ham  takomil  topib  borgan.  Bugungi  kunda  fanga  tariximizning 

turli  davrlarida  o‘rxun-yenisey,  sug‘d,  eski  uyg‘ur,  arab  va  boshqa 

yozuvlarda  bitilgan  juda  ko‘plab   hujjatlar,  umuman  yozma  manbalar 

ma’lum. 


Sharqda  X–XIX  asrlarda  yorliq,  farmon,  noma,  bitimlar,  arznoma, 

qarznomalar,  tilxat  yoki  mazmunan  shunga  yaqin  hujjatlar  nisbatan  keng 

tarqalgan. Yorliqlar mazmunan xilma-xil  bo‘lgan: xabar, tavsif, farmoyish, 


 

43 


bildirish,  tasdiqlash  va  h.  k.  Bu  o‘rinda  To‘xtamishxonning  1393 -yilda 

polyak  qiroli  Yagayloga  yo‘llagan  yorlig‘i,  Temur  Qutlug‘ning  1397 -

yildagi  yorlig‘i,  Boburning  otasi  Umarshayx  Mirzoning  marg‘ilonlik  Mir  

Sayid  Ahmad  ismli shaxsga 1469-yilda bergan yorlig‘i, Toshkent hokimi 

Yunusxo‘janing 1797-yil 2-iyunda Peterburgga – Rossiya podshosiga o‘z 

elchilari  orqali  yuborgan  yorlig‘i  va  boshqalarni  eslab  o‘tish  mumkin. 

Mazkur  davr  yorliqlarida  o‘ziga  xos  lisoniy  qolip  shakllangan,  yorliqlar 

matn  jihatidan  an’anaviy  tarkibiy  qismlarga  ega  bo‘lgan.  Masalan,  eslab 

o‘tilgan yorliqlarning birinchisi – «To‘xtamish so‘zim Yag‘aylag‘a» deb,  

ikkinchisi  —  «Temur  Qutlug‘  so‘zum»  deb,  uchinchisi  esa  —  «Sulton 

Umarshayx  Bahodur  so‘zim»  deb  boshlangan.  Bayonda  ham  muayyan 

qolip  bor,  shuningdek,  albatta,  yorliq  raqam  qilingan  sana  va  joy 

ko‘rsatilgan. 

XIX  asrda  Qo‘qon  xonligida  keng  tarqalgan hujjatlardan biri «patta» 

lardir. Pattada ma’lum kishiga muayyan miqdordagi pul, mahsulo t, urug‘  

(don)  yoki  boshqa  narsalarni  berish  lozimligi  haqidagi  ma’lumot  aks 

ettirilgan.  Patta  matnlarida  ham  o‘ziga  xos  doimiy  tarkib  va  muayyan 

nutqiy  qolip  turg‘unlashgan.  Umuman,  o‘tmish  hujjatlaridagi  muayyan 

turg‘un  tarkib  va  nutqiy  qolip  o‘zbek  (turkiy)  hujjatchiligi  uzoq  tarixiy 

tajriba va tadrijiy takomil mahsuli ekanligining dalilidir.  

Oktabr  inqilobidan  keyin  yangi  ijtimoiy-siyosiy voqelik yuzaga keldi, 

bu voqelik, tabiiyki, ijtimoiy-iqtisodiy hayotning hech bir istisnosiz barcha 

sohalarida o‘z aksini topa boshladi. Ma’lumki, hujjatchilik ham mohiyatan 

ijtimoiy  hodisa  sifatida  ana  shu  yangi  voqelik  ruhiyatida  qayta  qurildi, 

rivojlantirildi.  O‘sha  yillardayoq  V.I.Lenin  va  Sovet  hukumati 

hujjatchilikka,  idoraviy  ish  yuritish  asnolarini  takomillashtirishga alohida 

e’tibor  berdi.  Mehnatni  ilmiy  tashkil  qilish  muammolariga  bag‘ishlab, 

1921-yilda  o‘tkazilgan  I  Butun  Rossiya  konferensiyasi  kun  tartibiga 

boshqarish  mehnatini  ilmiy  tashkil  qilish  va  hujjatlar  bilan  ishlash 

masalasi,  shuningdek,  mamlakatda  b u  ishlarni  muvofiqlashtiruvchi  va 



 

44 


yo‘lga solib turuvchi maxsus tashkilot tuzish masalasi ham kiritilgan edi. 

Ana shunday e’tibor va munosabat oqibatida bu sohada juda ko‘p tashkiliy -

tadbiriy ishlar amalga oshirildi.  

Respublikamizda  ham  ana  shu  sohani  yo‘lga  qo‘yish  uchun  ilk 

harakatlar qilindi. O‘zbekiston Respublikasining inqilobiy komiteti 1924-

yilning  31-dekabrida 48-raqamli muhim bir qaror qabul qildi. Bu qarorning 

nomini aynan keltiramiz:  «Ishlarni o‘zbek tilida yurgizish ham O‘zbekiston 

Respublikasining  inqilobiy  komiteti  huzurida  markaziy  yerlashtirish 

hay’ati  va  mahallalarda  muzofot  yerlashtirish  hay’atlari  tuzilish(i) 

to‘g‘risida».  Ushbu  qaror,  unda  ta’kidlanishicha,  sho‘ro  idoralarining 

ishlarini yerli xalqqa yaqinlashtirish va ishchi-dehqonlarni s ho‘ro tuzulish 

ishiga aralashtirish maqsadi bilan qabul qilingan.  

Qarorda hukumat, kooperativ, xo‘jalik idoralari va boshqa muassasa,  

tashkilot  va  korxonalar  respublikaning  bulist  (volost)  ham  uyaz  (uyezd) 

doiralarida  butun  yozuv  ishlarini  faqat  o‘zbek  tilidagina  yurgizishga 

majbur  etish  vazifasi  qo‘yiladi.  Buning  uchun  korxona,  tashkilot  va 

muassasalarda  «ishlarni  o‘zbek  tilida  yurguzish  bo‘lmalari(ni)  tashkil 

qilmoq», yo‘riqnomalar nashr qilish, «yerlik xalqdan amaliy ishchilar (ish 

yuritish  bo‘yicha)  tayyorlamoq»  va  boshqa  tashkiliy  ishlarni  amalga 

oshirish  lozimligi  mazkur  qarorda  maxsus  ko‘rsatib o‘tilgan. Bu qarorni 

joriy  qilish  yuzasidan,  tabiiyki,  muayyan  ishlar  amalga oshirila boshladi, 

xususan maxsus ish qog‘ozlari tayyorlandi. Lekin 30-yillarning 2-yarmidan 

boshlab  o‘zbek  tiliga  bo‘lgan  e’tibor  rasman  susayib  borgan.  O‘sha 

murakkab  tarixiy  jatuman,  xalqlarning  milliy  o‘zliklarini  anglashlaridan 

hokimiyatning dahshatli darajadagi qo‘rquvi, bu qo‘rquv hukmron bo‘lgan 

qatag‘on davrining achchiq samarasi hech kimga sir emas. 

Aytish lozimki, yaqin o‘tmishimizda barmoq bilan sanarli miqdordagi 

hujjatlar o‘zbek tilida yozilgan. Ammo bu hujjatlarning  tilini  sof o‘zbekcha 

deb 

aytish 


ancha 

qiyin. 


Yaqin-yaqinlargacha 

«Berildi  ushbu 

ma’lumotnomani falonchiyevga shul haqdakim, haqiqatan ham bu o‘rtoq 


 

45 


shul  joyda  yashab  turadi»  qabilidagi  20-yillarda  rus  tilidan  andoza  olish 

tufayli shamoyil topgan ma’lumotnomalar yozib kelindi.  Rus tilida mazkur 

matnning asli «Дана настоящая справка Иванову в том, что товарищ 

Иванов действително проживает по такому-то адресу» tarzida, bu matn 

(o‘zicha) til nuqtai nazaridan benihoya tugal, lo‘nda va benuqson. Ammo  

o‘zbek  tilida  ayni  so‘z  tartibini  saqlashning  o‘ziyoq  o‘zbek  tilining 

tabiatiga  mutlaqo  zid.  Rus  tilidan  bunday  andoza  olish  (aytish  kerakki, 

bunday hol boshqa tillarda, masalan, tatar tilida ham kuzatiladi), biron -bir 

darajada bo‘lsin, o‘zini oqlay olmaydi. Umuman, o‘zbek hujjatchiligining 

boy va uzoq tariximizning ilk  bosqichlaridan ibtido olgan  an’anasi mavjud  

bo‘lsa-da, Oktabr inqilobidan keyin respublikamizda hujjatchilik bevosita 

o‘zbek tili negizida rivojlantirilmadi. Bu sohadagi asosiy yo‘nalish nusxa 

ko‘chirishdan  iborat  bo‘lib  q oldi.  Ana  shuning  va  boshqa  bir  qancha 

omillarning  oqibati  natijasida  o‘zbek  tilining  rasmiy  ish  uslubi  deyarli 

takomil topmadi.  

Muassasa, tashkilot, korxona va birlashmalardagi ishni ishlab chiqarish 

taraqqiyotiga  muvofiq  tashkil  etishda,  umuman,  boshqar uv  sohasida 

hujjatlarning  o‘rni  va  ahamiyati  beqiyosdir.  Boshqaruv  sohasidagi 

kamchiliklarning  asosiy  sabablaridan  biri  ayni  soha  xodimlarining 

ko‘pchiligida  nazariy  va  amaliy  tayyorgarlikning  bo‘shligidir,  ular 

muassasa, tashkilot va korxonalarda qabul qilingan hujjatlar bilan ishlash 

yo‘riqlari,  usullari  va  yo‘llari  majmuini  yetarli  darajada  bilmaydilar. 

Ba’zan  hujjatlarga  jiddiy  munosabatda  bo‘linmaydi,  unga  shunchaki  bir 

qog‘ozbozlik,  nokerak  va  ortiqcha  bir  ish  sifatida  qaraladi.  Bu  albatta, 

nomaqbul munosabatdir. Mukammal va oqilona tashkil etilgan hujjatchilik 

har  qanday  idoradagi  ish  yuritishning  asosi  ekanligini  bugungi  kunda 

isbotlab o‘tirishning mutlaqo hojati yo‘q.  

Barchaga  ma’lumki,  har  qanday  hujjat  muayyan  axborotni  u  yoki  bu 

tarzda  ifodalash  uchun  xizmat  qiladi,  demak,  har  qanday  hujjatdagi 

birlamchi va asosiy unsur, bu tildir. Albatta, bunda til qonun -qoidalariga 



 

46 


rioya  qilish  kerak.  Kichkinagina  bir  misol:  bizda  o‘zbek  tilida  bitilgan 

hujjatlarda sana raqam qilinar ekan, masalan, «12-oktabr 1989-yil» tarzida 

yozish rus tilidan ko‘chirish oqibatida odat bo‘lib qolgan. Rus tilida «12 

октября  1989  года»  tarzida  yoziladi  va  bu  rus  tilining  tabiati  va 

qonuniyatlariga  to‘la  muvofiq  keladi.  Ayni  iboraning  o‘zbek  tilidagi 

ma’nosi  ham  aslida  «1989-yilning  12-oktabri»  demakdir. Shunday ekan, 

o‘zbek  tilining  o‘z  tabiati  va  qonun-qoidalari  asosida  «1989-yilning  12-

oktabri»  yoki,  juda  bo‘lmaganda,  «1989-yil  12-oktabr»  tarzida  yozish 

kerak. Bu-ku bir misol. Hujjatlarda so‘z va gap tartibi bilan aloqador, so‘ z 

qo’llash  bilan  bog‘liq  juda  ko‘p  muammolar  borki,  ularni  faqat  ayni  til 

tabiatidan  kelib  chiqib  hal  etmoq  lozim.  Aksincha  yo‘l  tutish,  biron -bir 

darajada bo‘lsin, o‘zini oqlay olmaydi.  

Tom  ma’nodagi  o‘zbek  hujjatchiligini  bugungi  kun  talablari  asosida 

shakllantirish  va  rivojlantirish  uchun  ham  markazlashtirilgan  holda  katta 

ishlarni  amalga  oshirish,  aniq  tashkiliy  tadbirlar  belgilash  kerak.  Rus 

hujjatchiligida bugun tarkib topgan anchayin mukammal sistemaga qanday 

tashkiliy  ishlar,  aniq  chora-tadbirlar  oq ibatida  erishilgan bo‘lsa, ana shu 

tashkiliy-tadorikiy ishlarni bizda ham tezlik bilan boshlab yubormoq lozim.  



Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling