O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi davlat universiteti
Download 207 Kb. Pdf ko'rish
|
1-maruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- VALEOLOGIYA ASOSLARI fanidan MA’RUZALAR MATNI
- Annotatsiya
- Nazorat savollari
- Foydalanilgan adabyotlar
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI ZOOLOGIYA VA FIZIOLOGIYA KAFEDRASI VALEOLOGIYA ASOSLARI fanidan MA’RUZALAR MATNI
Qarshi – 2019 2 Ma‟ruzalar matni O„zR Oliy va O„rta maxsus ta‟lim Vazirligi tomonidan tasdiqlangan yangi «Namunaviy dastur» asosida ishchi dasturga mos ravishda yozilgan. Ma‟ruzalar matnidan barcha ta‟lim yo„nalishidagi talabalar foydalanishi mumkin.
Do„stov K.T.
Zoologiya va fiziologiya kafedrasi o„qituvchisi Umedova Sh.N. Zoologiya va fiziologiya kafedrasi o„qituvchisi
Taqrizchilar:
Karimov O.R.
Zoologiya va fiziologiya kafedrasi dotsenti Jovliyev B.X. Zoologiya va fiziologiya kafedrasi katta o„qituvchisi
Ma‟ruzalar matni Biotexnologiya kafedrasining 2019 yil ______________ yig„ilishida muhokamadan o„tgan va fakultet kengashida muhokama qilish uchun tavsiya etilgan.
Biotexnologiya kafedrasi mudiri ___________ dots. O.Karimov
Ma‟ruzalar matni Tabiiy fanlar fakulteti uslubiy komissiyasi tomonidan ko„rib chiqilgan va tavsiya etilgan.
UK raisi:
dots. I. Hayitov
foydalanishga tavsiya qilingan (2019 yil _____________ № ___ - sonli bayonnoma).
Fakultet kengashi raisi:______________dots. B.Boysunov
Kelishildi: O„quv-uslubiy boshqarma boshlig„i _______________ PhD. M.Fayzullayev
3
Valeologiya - salomatlik haqidagi fan bo„lib, inson organizmining rivojlanishi va takomillashishini o„rganish muxim bo„lganligi uchun ta‟lim muassasalarining barcha soxalarida o„z o„rnini egallab bormoqda. Darhaqiqat, davlatimiz mustaqillikka erishgach, vatanimiz poydevorini mustahkamlash, tinchligini himoyalash va saqlash kelajak avlodni qo„lida ekanligini 1- prezidentimiz I.A.Karimov o„z asarlarida va nutqlarida bir necha bor ta‟kidlab o„tganlar. Bugungi kunda ham sog„liqni saqlash masalalariga Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev tomonidan alohida qaratilmoqda. Bu borada ta‟lim sohasining barcha jabh‟alarida yoshlarni salomatligini saqlash, kasalliklarni oldini olish va oilada tibbiy madaniyatni shakllantirish yo„lida bir qancha ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, Valeologiya fanini o„qitish orqali talaba yoshlar orasida sog„lom turmush tarzini yaratish, tibbiy malaka va ko„nikmalarini shakllantirishga xamda ularni oilaga tayyorlash bilan reproduktiv salomatlikni saqlashga erishilmoqda.
SO„Z BOSHI «Valeologiya asoslari» kursining asosiy maqsad va vazifalari – bo„lgusi pedagog kadrlarning sog„ligini saqlash va tiklash soxasida xam bilimga ega bo„lishlarini ta‟minlashdan iboratdir. Salomatlik jarayonini idora etish uchun nafaqat xar bir shaxsning salomatligi xaqida to„liq axborotga ega bo„lish lozim, balki salomatlikka tegishli muammolarni xam bilish zarur. Valeologiya - salomatlik xaqidagi fan bo„lib, rivojlanish va takomillash bosqichlarida barcha ta‟lim soxalarida o„z o„rnini egallayapti. «Valeologiya asoslari» kursini o„qitish O„zR Vazirlar Maxkamasining 2005 yil 25 yanvardagi 30-sonli qarori, Oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligining buyrug„i asosida o„quv rejalarining qo„shimcha fanlar (beshinchi) blokiga kiritilgan. Ushbu ma‟ruzalar matni bo„lajak bakalavriat mutaxassislar uchun uslubiy qo„llanma bo„lib, u yangi o„quv rejalari asosida tuzilgan. «Valeologiya asoslari» kursi nazariy va amaliy bo„limlardan iborat. Umumiy valeologiyaga tegishli ma‟lumotlardan valeologiya kursining ta‟rifi, uning tarixi, rivojlanish bosqichlari ta‟riflandi. So„ng talabalar diqqatiga salomatlik darajalari va xolatlari - salomatlik - norma, kasallik - patologiya va III oraliq - donozologik xolatlar xaqida tushunchalar berildi. Salomatlikni aniqlovchi xozirgi zamon tashxisi va da‟vat etuvchi uslublarga aloxida axamiyat beriladi. Bo„lajak pedagog kadrlar o„zlarining ish faoliyatlarida va oliy yutuqlar sportida va ommaviy sport turlarida qo„llaniladigan uslubiy vositalar jismoniy tarbiya nazariyasiga asoslangan. Shuning uchun oliy o„quv yurtlarida valeologiya kursini o„tishda nafaqat salomatlikni baxolovchi tibbiy-biologik uslublar yordamida pedagog va sportchilarning morfofunksional ko„rsatkichlari aniqlanadi, balki pedagogik testlar yordamida jismoniy sifatlarni rivojlanish darajasini aniqlash, turli axoli guruxlarini sog„lomlashtirish maqsadida qanday jismoniy mashqlardan foydalanish kerakligi xaqidagi savollarga aloxida e‟tibor beriladi. Valeologiya kursining yakuniy qismida xar bir talaba o„zining sog„lomlashtirish dasturini tuzib, unda salomatlik darajasi antropometrik va funksional o„lchovlar asosida baxolanadi va taxlil qilinadi. 4 Jismoniy yuklamalarni rejalashtirish, to„g„ri oziqlanish va badanni chiniqtirish bo„yicha xam tavsiyanomalar beriladi. Quyida Oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan «Valeologiya asoslari» kursining namunaviy o„quv dasturini ayrim qismlari keltirilgan: Kursning maqsadi: a) valeologiya - odamning individual salomatligi xaqidagi fan (kurs) bo„lib, odam organizmini tashkil etuvchi tizimlar, a‟zolar, to„qimalar va xujayralarida kasallik xamda salomatlik xolatlari uchun xos bo„lgan ko„rsatkichlarni o„rgatadi. Valeologiya - odamni salomatligini saqlash, kasallikni oldini olish yo„llarini, aynan sog„liqni saqlashda jismoniy tarbiya vositalari va usullarining ta‟siri, uni axamiyatini o„rgatuvchi fan (kurs)dir. b)
valeologiya - fanlararo, integrativ fan (kurs) sifatida, fiziologiya, anatomiya, genetika, jismoniy tarbiya, ekologiya, pedagogika, psixologiya va tibbiyot fanlarining dalillari asosida vujudga kelganligi va xozirgi kunda faol profilaktik va ilmiy-pedagogik yo„nalishga ega ekanligi ko„rsatiladi. Faning asosiy vazifalari: 1. Valeologiya kursi o„quv darsligi sifatida, odamning sog„lig„ini saqlashda individual taraqqiyotning bosqichlari uchun xos bo„lgan xususiyatlarini xisobga olgan xolda maktabgacha, maktab, vuzlar, o„rta yosh, keksayish va keksalik davrlarni o„z ichiga qamrab oladi. 2. Valeologiya - ilmiy fan sifatida nazariy va amaliy valeologiyaga bo„linib, kengayishi ko„rsatiladi. Nazariy valeologiya tibbiy-biologik, psixologik, ijtimoiy fanlarning bilimlariga asoslanib, sog„liqni saqlashda yoshga qarab o„zgarishlarni, oilaviy va kasbiy yo„nalishlar muammolarini xal etishni vazifa qilib olgan. Amaliy valeologiyaning diagnostika va xususiy amaliy valeologiyaga ajralishi ta‟riflanadi. Tashxisiy (diagnostik) valeologiya - sog„liqni baxolashda miqdoriy o„lchovlarni o„tkazilishi xamda ular asosida tavsiyanomalar berilishi va sog„liqni oldindan da‟vat qila bilish muammolari yechiladi.
5 1-mavzu: VALEOLOGIYA FANINING PREDMETI, VAZIFALARI, TARIXI Reja:
1.Valeologiya kursiga kirish. Nazariy va amaliy valeologiyaning maqsadi, kelib chiqishi, taraqqiyoti. 2.Valeologiya salomatlik xaqidagi fan. 3.Salomatlik - insonning eng katta boyligidir. Salomatlikni saqlash va mustaxkamlash borasida amaliy uslublar yaratish. 4.Salomatlikning tibbiy-biologik va ijtimoiy omillarini o„rganish.
Huquqiy demokratik jamiyat barpo etish yo„lidan borayotgan O„zbekisgon Respublikasi o„z mustaqilligining ilk yillaridanoq sog„lom avlodni tarbiyalash ustuvor nazifalardan deb belgiladi. Sog„lom va yuksak ma‟naviyatli avlod bugungi millatimiz va davlatimiz kelajagi poydevoridir. O„zbekiston Respublikasi 1-Prezidenti I.A.Karimov tashabbusi bilan jismonan baquvvat, ma‟naviy boy, axloqan yetuk, intellektual rivojlangan, yuqori bilimli, har taraflama kamol topgan shaxsni shakllantirishga qaratilgan keng ko„lamli tadbirlarni amalga oshirish maqsadida mamlakatimizda 2000 yilni «Sog„lom avlod yili», 2005 yilni esa «Sihat-salomatlik yili» deb e‟lon qilindi. 2005 yili O„zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 30-sonli qarori bilan «Sihat- salomatlik yili davlat dasturi»ni e‟lon qildi. O„zbekiston Respublikasi Oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi tomonidan «Sihat-salomatlik yili davlat dasturi»ni hayotga tatbiq etilishi va ijrosi yuzasidan zarur chora-tadbirlar rejalashtirildi. Demak, barkamol avdodni tarbiyalash masalasi - davlat siyosati darajasiga ko„tariddi. Salomatlik - insonning eng katta boyligidir. Oliy o„quv yurtlarining asosiy vazifalaridan biri salomatlikni saqlash va mustaxkamlash soxasida nazariy va amaliy bilimlarga ega bo„lgan mutaxassislarni tayyorlashdir. Ammo salomatlik jarayonini idora etilishi, xar bir inson uchun xos bo„lgan shaxsiy salomatlik muammolarini aniq yecha bilish bilan bog„liqdir. Ma‟lumki, salomatlik inson tomonidan, uning biologik va ijtimoiy faoliyatini to„liq va keng miqyosda bajarishi uchun eng asosiy omildir, o„zini namoyon qilishdagi poydevoridir. Afsuski, SNG davlatlarida turli kasalliklarga chalinish xozirgi kunda nixoyatda yuqori darajada bo„lib, gepatit, sil kasalligi, ruxiy kasalliklar, onkologik kasalliklar miqdori ortib bormoqda. Narkomanlar va OIV-infeksiya bilan zararlanganlar soni beto„xtov ko„paymoqda. Shu jumladan, alkogolizm va narkomaniyaning, tamaki chekishning millatlar genofondiga salbiy ta‟sir ko„rsatishi, ularning kamayib va yo„qolib ketish xavfini tug„dirmoqda. Xalqlarning 70% «hali bemor emas, lekin sog„lom ham emas» degan ibora bilan atalishiga loyiq bo„lib qolgan. Insoniyatning ma‟naviy jixatdan yetuk bo„lishida adabiyot, san‟at va dinning axamiyati yetakchi bo„lsa, intellektual rivojlanishda ta‟lim, charbiya va ilmning axamiyati kattadir. Jismoniy jixatdan sog„lom rivojlanishda esa jismoniy tarbiya, sport va sog„liqni saqlash tizimining axamiyati bebaxodir. Keyingi 20 yil mobaynida olimlar tomonidan salomatlik xolati uchun qanday miqdoriy va sifatli ko„rsatkichlarni asos qilib olish zarurligi, salomatlikka xos bo„lgan xamma jarayonlarni qamrab oladigan ta‟rifni shakllantirish, salomatlikni kasallik xolatidan farqlanishi, uchinchi yoki «oralik xolat» uchun xos bo„lgan belgilarni ajratish va qanday yo„llar va vositalar yordamida sog„liqni saqlash va tiklash kabi muammolarni xal etish ustida ilmiy tadqiqotlar o„tkazildi (I.I.Brexman, 1987, G.L.Apanasenko, G.L.Popova, 1998, V.A.Ananev, D.N.Davidenko va boshq., 2001, V.P.Petlenko, D.N.Davidenko, 2001, N.N. Moxnach, 2004). Olimlarning fikriga ko„ra, salomatlikning xolatiga turli omillarning ta‟siri quyidagi miqdoriy ko„rsatkichlar bilan ifodalanadi: irsiyat - 20%, tashqi muxit ta‟siri -20%, turmush tarzi - 50%, tibbiy yordam darajasi - 10%. Demak, odam salomatligi - bu ijtimoiy, tashqi muxit va biologik omillarning o„zaro murakkab munosabatlari natijasidir. Bu borada yangi ilmiy yo„nalish - valeologiya kursi vujudga keldi. Valeologiya so„zi yunoncha «valeo» - so„zidan olingan bo„lib, uning ma‟nosi salomat bo„lish deganidir. Bu atama birinchi marta 1982 yilda I.I. Brexman tomonidan taklif etilgan. Valeologiya – fiziologik asosga ega bo„lgan, tibbiy-pedagogik va ijtimoiy toifadagi fan bo„lib, xam jismonan, xam ruxan sog„lom bo„lgan millat namoyondasini tarbiyalash va takomillashtirish
6 borasidagi zarur omillarni va uslublarni o„rganib, ularni turmushga tatbiq etish kabi vazifalarni o„z zimmasiga oladi. Valeologiyaning asl maqsadi muayyan shaxsning salomatligini iazorat qilish va ta‟minlash orqali oilaning, jamiyatning, millatning va davlatning mustaxkam bo„lishiga asos yaratishdir. Valeologiya fan sifatida tibbiyot, jismoniy tarbiya nazariyasi va amaliyoti, ekologiya, biologiya, psixologiya, xuquqshunoslik, jamiyatshunoslik xamda o„zga fanlarning inson salomatligiga tegishli asoslari jamlamasi sifatida shakllangan. Rossiya Federatsiyasi fanlar akademiyasining akademigi V.P.Petlenkoning ta‟rifiga binoan, valeologiya kursining ro„yobga chiqishi - bu salomatlik to„g„risidagi tafakkurning shiddat bilan olg„a intilishining aksidir. Valeologiya kafedrasi birinchi bor 1987 yilda Leningrad shaxrida vrachlar malakasini oshirish instituti qoshida professor V.P.Petlenko tomonidan tashkil etilgan. Bu fanga oid besh tomlik birinchi ilmiy va o„quv qo„llanma xam V.P. Petlenko qalamiga mansubdir. Valeologiya o„rganadigan va xal qiladigan muammolarni quyidagilar tashkil etadi: 1) salomatlikning tibbiy-biologik va ijtimoiy omillarini o„rganish; 2) salomatlikning shakllanish mexanizmlarini o„rganish; 3) muayyan shaxsning salomatligi darajasini va turmush tarzini baxolash uslublarini yaratish; 4) salomatlikni saqlash va mustaxkamlash borasida amaliy uslublar yaratish; 5) valeologiya ta‟limini o„rgatish borasida nazariy va uslubiy qo„llanmalar yaratish. Valeologiya kursining vazifasi sog„lom yoki kasallikka moyil inson xususiyatlarini taxlil qilish va o„rganishdan iborat bo„lsa, uning maqsadi xar bir inson salomatligini shakllantirish, saqlash va mustaxkamlash to„g„risidagi nazariy va amaliy bilimlar bilan qurollantirishdir. Valeologiya tibbiyot xodimlarining, faylasuflarning, ta‟lim
soxasi namoyondalarining, ekologlarning, madaniyatshunoslarning va boshqalarning inson salomatligini saqlash va mustaxkamlash yo„lidagi intilishlari va yutuqlarini jamlashtiradi. Valeologiya - salomatlikning nazariy va amaliy asoslaridir. Salomatlik xaqidagi nazariya nafaqat tibbiy-biologik konsepsiyalar asosida yaratiladi, balki jismoniy tarbiya va sport nazariyasiga xam asoslanadi. Jismoniy tarbiya va sport bilan shug„ullanish jismonan sog„lom va xayotiy faoliyatning barcha turlarini qodir shaxsning oliy darajada shakllanishiga ijobiy ta‟sir ko„rsatadi. Ikkinchi tomondan, u tarbiyaviy axamiyatga ega: shaxs dunyoqarashining kengayishini, ma‟naviy, ijtimoiy va biologik barkamollikka erishishini, kasalliklarga chalinmaslik xususiyatiga ega bo„lishini ta‟minlovchi asosiy omillardan biridir. Jismoniy tarbiya va sport bilan shug„ullanishning rivojlanayotgan organizmga ijobiy ta‟siri zaminida organizmdagi xamma a‟zolar, tizimlar va yaxlit organizmning ichki va tashqi muxitlar ta‟siriga, ijtimoiy xayotda yuz beradigan o„zgarishlarga keng miqyosda moslashish xususiyatlarining shakllanishi yotadi. Kam xarakatlik (gipokineziya) sharoitida voyaga yetgan bolalar va o„smirlar organizmi va a‟zolarining moslashuv xususiyati qoniqarli darajada bo„lmaydi. Shu sababli ular organizmi tashqi va ichki muxitning xamda faoliyatning turli va keskin o„zgarishlariga o„z vaqtida yetarli darajada moslasha olmaydi. Natijada bolalar organizmida turli xil patologik jarayonlar va kasalliklar kelib chiqadi Bu xol ayniqsa, voyaga yetgan ayollar a‟zolarining xomiladorlikka xos bo„lgan yuqori va uzluksiz ortib boruvchi faollikni bajarishga moslasha olmasligi oqibatida ko„plab kasalliklar kelib chiqishiga sabab bo„ladi. O„z o„rnida bunday ayollardan tug„ilgan avlodlarning xam xayoti mobaynidagi moslashuv xususiyatlari cheklangan bo„lishi mumkin. Valeologiyaning ta‟lim tizimidagi ulug„vor maqsadi - xar bir shaxsda o„ziga nisbatan emotsional va ijtimoiy jixatdan muxim, mantiqiy, dunyoviy rivojlanishning bir namoyondasi sifatida baxo berishni o„rgatishdir. Talabalarga sog„lom turmush tarzini o„rgatish va mustaxkamlash deganda faqat salbiy urf-odatlardan voz kechishnigina emas, balki xarakat faolligiga asoslangan valeologik madaniyatni xam da‟vat etish ko„zda tutiladi. Namangan Davlat Universiteti «Fiziologiya» kafedrasida birinchi marotaba bakalavriat talabalari uchun valeologiya kursi bo„yicha ish dastur ishlab chiqildi. Dasturda valeologiya kursining o„rganilishi ikki qismga bo„lingan: nazariy valeologiya va amaliy valeologiya. Nazariy valeologiya tibbiy-biologik, pedagogik, psixologik, ijtimoiy fanlarning ilmiy asoslariga tayangan bo„lsa, amaliy valeologiya o„z navbatida yana ikkita bo„limga ajraladi. Tashxisiy valeologiya salomatlikni o„lchov ko„rsatkichlarini aniqlash bilan chegaralansa, xususiy amaliy valeologiya organizmni sog„lomlashtirish muammolarini xal etadi. Umumiy tushunchalardan valeologiya so„zining ta‟rifi, uning maqsadi, vazifalari, kelib chiqishi va taraqqiyoti ko„rib chiqiladi. So„ng, «salomatlik», «kasallik», «oralik» yoki chegaralanuvchi xolatlar xaqidagi tushunchalar talabalar etiboriga tavsiya etiladi. 7 Valeologiya – insonning atrof-muhit bilan o„zaro ta‟siridagi uning jismoniy, ruhiy va ma‟naviy salomatligi haqidagi; tug„ilish paytidan boshlab to yoshi o„tib qariguncha salomatligini saqlash va mustahkamlash haqida, kasallikning oldini olish, kasallikdan keyin salomatlik holatiga qaytish, sog„lom hayotni uzaytirish haqidagi bilimlarning amaliy qo„llani-shidagi majmuadir (Tel L.Z., 2001). Valeologiya fanining predmeti – insonning individual salomatligi va salomatligining zahiralari, shuningdek, sog„lom turmush tarzidir. Valeologiyaning profilaktik tibbiy fanlardan eng muhim farqlanishi ham shunda, chunki ularning tavsiyalari kasalliklarning oldini olishga qaratilgan. Valeologiyaning obekti – amalda sog„lom bo„lgan, shuningdek, kasallik oldi holatida bo„lgan insondir, o„zining yashashining psixofiziologik, ijtimoiy-madaniy va boshqa jihatlarining butun cheksiz turli- tumanligini qamrab turgan holida. Aynan shunday inson to kasallangan kishilar toifasiga o„tmaguncha sog„liqni saqlash sohasining e‟tiboridan tashqarida qoladi. Valeologiya esa sog„lom yoki xavf guruhida qolgan insonga e‟tibor qaratib, asosan sog„lom turmush tarziga o„tish orqali salomatlikni saqlash uchun inson organizmining funksional zahiralaridan foydalaniladi. Valeologiyaning usuli inson salomatligining zahiralarini oshirish yo„llarini tadqiq etishdir, u salomatlikka intilishni shakllantirish, sog„lom turmush tarziga o„tish va hokazolarning vositalarini, usullarini va texnologiyalarini izlashni o„z ichiga oladi. Valeologiya inson salomatligining holatini o„rganuvchi boshqa fanlardan tubdan farq qiladi. ushbu farq shundan iboratki, valeologiya e‟tiborining markazida salomatlik va sog„lom inson turadi, gigiyenaning e‟tibori markazida esa insonning yashash muhiti va hayotiy faoliyatining sharoitlari turadi. Bugungi kunda respublikamiz fuqarosining salomatligini va har tomonlama rivojlanishini jismoniy tarbiya va sportsiz tasavvur etib bo„lmaydi. Bolalarning jismoniy tarbiya va sport bilan shug„ullanishlarini to„g„ri tashkil etish – ularning salomatligi hamda noqulay tashqi sharoitlarga moslashuvining ko„rsatkichlariga hal qiluvchi darajadagi ta‟siri to„g„risidagi ilmiy asoslangan ma‟lumotlar mavjud. Jismoniy tarbiya va sport bilan shug„ullanish bolalarda va o„smirlarda ezgulikka ishonch va tetiklikni rivojlantiradi, Vatanga muhabbat va vatanparvarlik tuyg„usini tarbiyalaydi. Tibbiyot naqadar mukammal bo„lmasin, u har bir kishini barcha kasalliklardan xalos etaolmaydi. Insonning o„zi o„z salomat-ligining yaratuvchisidir, shuning uchun ilk yoshidan faol va sog„lom turmush tarzini yuritib, chiniqish, jismoniy tarbiya va sport bilan shug„ullanish, shaxsiy va ijtimoiy gigiyena qoidalariga rioya qilish va shunday qilib oqilona yo„llar bilan haqiqiy har tomonlama rivojlanishiga erishish yaxshi bo„ladi. zamonaviy jamiyat sharoitida, shunga xos bo„lgan ijtimoiy- iqtisodiy, ilmiy-texnik rivojlanishining xususiyatlarini va qadriyat ustuvorligining anchagina o„zgarganligini hisobga olgan holda, aholining salomatligini mustahkamlash muammosi – birinchi darajadagi ahamiyatga ega bo„lgan muammodir. Valeologiyani individning, jamiyatning va umuman tabiatning salomatligi haqidagi fan sifatida ijtimoiy fanga va individual fanga bo„lish mumkin. Individual valeologiya alohida muayyan bir odamning salomatligini saqlash, rivojlantirish va tiklashga qaratilgan. Ijtimoiy valeologiya – bu jamiyatning salomatligini, jismoniy, ruhiy, ma‟naviy, iqtisodiy va ijtimoiy salomatligini saqlash va tutib turishdir (Tel L.Z., 2001). Insonning jismoniy ahvoli yuzasidan g„amxo„rlik qilish bizning ekologik nuqtai nazardan og„ir bo„lgan davrimizda alohida ahamiyat kasb etadi. Borgan sari ko„proq insonlar o„z salomatligini saqlashga, uni yaxshilashga e‟tibor bera boshlaydi. Bunday vazifaga erishish vositasi sog„lom turmush tarzi bo„ladi. Sog„lom turmush tarzi o„zi nima degan savolga javob berish uchun uning barcha tarkibiy qismlarini ko„rib chiqish lozim. Biz tahlil qilgan ishlarning mualliflari ularning turlicha sonini qayd etadi. Lekin bir nechta asosiy qismlarni ajratish mumkin, sog„lom turmush tarzini yuritish aynan shularning poydevoriga quriladi. Ularga quyidagilar kiradi: 1. Sog‟lom ovqatlanish. 2. Jismoniy faollik. 3. Organizmning umumiy gigiyenasi. 4. Chiniqish. 5. Zararli odatlardan voz kechish. Valeologiyani individning, jamiyatning va umuman tabiatning salomatligi haqidagi fan sifatida individual valeologiya va ijtimoiy valeologiyaga bo„lish mumkin.
8 Ijtimoiy valeologiya, I.E.Shkondinaning fikricha (2007), bu – jamiyatning ham jismoniy, ham ruhiy, ma‟naviy, iqtisodiy va ijtimoiy salomat-ligini saqlash va tutib turishdir. Uni quyidagilarga bo„lish mumkin:
a) tibbiy-biologik valeologiya, u umumiy gigiyenani, ijtimoiy psixogigiyenani (oila, jamoa, umuman jamiyatning psixogigiyenasi), sport, ekologik jihatlarini o„z ichiga oladi; b) iqtisodiy valeologiya jamiyatning va uning ayrim vakillarining turmush darajasini, aholining bandlik darajasini, sanoat ishlab chiqarish darajasini va hokazolarni ko„rib chiqadi; v) ijtimoiy valeologiya jamiyatning ijtimoiy tuzilishini, ta‟limning darajasini, ilmiy salohiyatini, ijtimoiy tashkilotlar, madaniyat va san‟atning darajasini ko„rib chiqishga qaratilgan. Xo„jalikning istalgan sohasi, inson faoliyatining istalgan turi, istalgan kasbi o„z mohiyatiga ko„ra valeologiyaga bog„liq ekanligini sezish qiyin emas. Valeologiyaning e‟tibor markazida turgan obekt – bu, birinchidan – sog„lom inson; ikkinchidan – uning butun atrofi va ta‟sir etuvchi omillar; uchinchidan – patologik jarayonning rivojlanish sabablari, organizmni salomatlik holatiga qaytarish mexanizmlari, himoya-mosla-shuv mexanizmlari, boshqacha aytganda – davolanish va normaga qaytish jarayonlari; to„rtinchidan – profilaktik va sog„lomlashtirish chora-tadbir-lari; va nihoyat beshinchidan – qarishning mexanizmlari va alomatlari hamda qarilik patologiyasining, ham umuman qarishning oldini olishning ehtimoliy yo„llari. Hozirgi zamonaviy tibbiy salomatlik ahvolini saqlab qolishga emas, asosan yuzaga kelgan kasallikni davolashga qaratilgan. I.I.Brexmanning fikricha (1987), “Birgina maqsadga – salomatlikka erishishni ta‟kidlagan holda tibbiyot aslida asosan kasaliklarni davolash bilan shug„ullanadi. Lekin kasalliklarni davolash har doim ham salomatlikka olib kelmaydi. Bundan tashqari, inson organizmida ko„pincha nafaqat boshidan kechirgan kasalligining izlari, balki davolashning izlari ham qoladi”. Bilimlar idrok etilishi uchun qulay zaminga kelib tushishi ham naqadar muhim: istalgan odam shifokorning tavsiyalarini tushunish uchun hech bo„lmasa boshlang„ich darajada o„z organizmining tuzilishi va vazifalari bilan tanish bo„lishi kerak. Bu yyerdagi ahvol ham unchalik yaxshi emas. Ma‟lumot yetishmasligi turli mish-mishlarga olib keladi – tibbiyot sohasida ham xuddi shunday. Tibbiy va gigiyenik bilimlar yetishmasligi noto„g„ri fikrlarni, turli sektalar, tabiblar, ekstrasenslarni yuzaga keltiradi... An‟anaviy sog„lomlashtirish choralari bilan birga hozirgi paytda yangi, noan‟anaviy usullar paydo bo„lgan, ular muayyan insonga qaratilgan bo„lib, oqilona jihatlari mavjud. Davolashning muayyan usullari turlicha bo„lishi mumkin. Eslang-chi, ba‟zilar qo„lini qo„yib davolaydi, boshqalari – uqalashning alohida turi bilan, uchinchilari – sovuqqa o„rganish, to„rtinchilari – issiq bilan, beshinchilari – ma‟lum parhez tutish va hokazolar bilan davolaydi. Bundan ularning har biri o„z usulini ta‟kidlab, uni yolg„iz samarali usul deb e‟tirof etadi. Ko„rinib turibdiki, ushbu davolash usullari yordam beradigan bemorlar doirasi ham ayni bir xil. Bundan shu davolash usullarining o„ziga xos emasligi haqidagi xulosa kelib chiqadi. Boshqacha aytganda, ushbu davolash usullarining barchasi organizmning umumiy himoya kuchini oshirishga qaratilgan, bu profilaktik jihatdan maqbul bo„lib, valeologiya nuqtai nazaridan ma‟lum ahamiyatga ega. Shuning uchun valeologiyaning tarkib topishi va rivojlanishi faqatgina yangi “modali” fanni yaratish emas, dolzarb vazifadir.
Valeologiya fanining tarixi XX asrning ikkinchi yarmida tibbiyot nazariyasi aholining salomatligiga erishish uchun amalda sog„lom kishining sog„lig„ini muhofaza qilishga e‟tiborini qaratish lozimligi holatiga duch keldi. XX asrning 60-yillari oxirida S.M. Pavlenko (Rostov shahri) va S.F. Oleynik (Lvov shahri) «sanologiya» deb nom olgan ilmiy yo„nalishga asos soldilar. Sanologiya «organizmning kasallikka qarshi turishi to„g„risidagi umumiy ta‟limot» deb ta‟riflangan. Ushbu qarshi turishning negizida «sanogenez», ya‟ni favqulodda qo„zg„atuvchining ta‟sirida yuzaga keladigan moslashuv mexanizmlarining dinamik majmui yotadi. Sanogenezning kontsepsiyasi tibbiy jamoatchilik tomonidan tegishlicha baholanmagan va deyarli 20 yilga unutilgan edi. Favqulodda, ekstremal sharoitlarda ishlaydigan shaxslarning (g„avvoslar, kosmonavtlar) tibbiy ta‟minoti bilan shug„ullanuvchi harbiy tibbiyot vakillari sanogenezning muammosi rivojlanishiga muhim hissa kiritganlar. Ilk bora bevosita ko„rsatkichlari bo„yicha miqdoriy baholanishiga ega bo„lgan muayyan kategoriya sifatida sog„liqni N.M. Amosov ko„rsatgan edi. O„zining «Salomatlik 9 haqidagi fikrlar» (1978 yil) asarida u organizmning zaxira imkoniyatlari bilan belgilanishi mumkin bo„lgan «sog„liqning miqdori» degan atamani taklif qildi. Metodologik yondashuvi qanchalik to„g„riligiga qaramay, uning muayyan uslubiyotda (barcha a‟zolar va tizimlarning funksional zaxiralarini baholashda) amalga oshirilishi haqiqatdan uzoq. Zamonaviy tushunchasida insonning salomatligi to„g„risidagi fanning yaratuvchisi deb haqli ravishda Vladivostok shahrida ishlagan I.I. Brexman hisoblanadi, u ilk bora (1982 yil) amalda sog„lom bo„lgan kishilarning salomatligini saqlash va mustahkamlashning metodologik asoslarini shakllantirgan. Brexman individ sog„lig„ining sifatini va miqdorini diagnostika qilish, etiologiyasini o„rganish yo„li bilan butun sog„liqni saqlash strategiyasini o„zgartirish zarurligi haqidagi fikrga keldi. O„zi asoslab bergan yangi ilmiy yo„nalishni «valeologiya» deb nomlab (lotinchadan «valeo» – sog„lom bo„lish), u 1987 yilda ushbu muammo yuzasidan birinchi monografik asarni nashr etdi. Ushbu asar «Valeologiya – sog„liq haqidagi fanga kirish» bo„lib, unda muallif sog„liq to„g„risidagi fan yagona tibbiyot bilan cheklanmasdan, balki bir necha fanlarni jamlab, shuningdek ekologiya, biologiya, psixologiya va boshqa fanlarning asosida shakl lanishi lozim, deb ta‟kidlagan. Valeologiyaning asoschisi shuningdek V.P. Kaznacheyev (1977) bo„lib, uning fikricha, tibbiyot kasallikning sabablari, kasalliklarning mohiyati, ularning profilaktikasi va davolanishi haqidagi masalani qo„yadigan bo„lsa, u yoki bu dardlarga olib kelishi mumkin bo„lgan sabablarning oldini olishga qaratilgan bo„lsa, valeologiya esa sog„liq mohiyatining vazifalarini (valeologiya), salomatlik sabablari, omillari va mexanizmlarining vazifalarini qo„yadi, deb hisoblagan edi. Prof. V.P. Kulikovning ko„pchilik nashrlari shaxsiy salomatlikning turli jihatlariga bag„ishlangan. Uning tomonidan ilk bora shaxsiy salomatlikning uch o„lchovli modeli taklif etilgan. XX asrning oxirida valeologiya, ya‟ni o„z ilmiy qiziqishlarining markaziga shaxsiy salomatlikni qo„ygan ilmiy yo„nalish 20 yilga to„ldi. Tibbiyotda paydo bo„lgan yo„nalishdan boshlangan valeologiya tez orada tibbiy fanlarning doirasidan chiqib ketib, jamlanma fanga aylandi va o„zining maxsus tadqiqot fanlari bo„lgan bir nechta ilmiy yo„nalishlarni shakllantirdi. Tibbiyotda bu shaxsiy salomatlikning mexanizmlari, ushbu mexanizmlarni boshqarish imkoniyatlari bo„lsa, pedagogikada – shaxs-ning o„z salomatligini qo„rish jarayoniga jalb etilishining qonuniyatlaridir. Aynan ushbu holat, ya‟ni o„z tadqiqot predmetining mavjudligi tibbiy va pedagogik valeologiyaning mustaqil ilmiy fanlar sifatida ajralib chiqishiga sabab bo„ldi. Oxirgi nashrlardan biz valeologiya «norma» to„g„risidagi ta‟limot shakllantirilganda, yuzaga kelganligini bilib oldik. Bunda ma‟lum bo„li-shicha, I.I. Brexmanga faqat «valeologiya» atamasining o„zigina tegishli ekan. Valeologiya – bu shaxsiy salomatlikning mohiyatini, mexanizmlari va namoyon bo„lishini, uning diagnostikasi va bashoratlanishining uslublarini, shuningdek sog„liqning darajasini oshirish, individning hayoti va ijtimoiy moslashuvining sifatini yaxshilash maqsadida sog„liq mexanizmlarini optimallashtirish yo„li bilan sog„liqni tuzatish uslublarini o„rganadigan fandir. V.N. Vaynerning fikricha (2001), valeologiya predmeti insonning shaxsiy salomatligi hamda sog„lig„ining zaxiralari, shuningdek sog„lom turmush tarzidir. Tavsiyalari asosan, kasalliklarning oldini olishga qaratilgan profilaktik tibbiy fanlardan valeologiyaning eng muhim farqlaridan biri ham shunda.
Valeologiya fanining maqsadi, muammolari va vazifalari Aytishlaricha, baxt-saodatimizning o„ndan to„qqiz qismi salomat-ligimizga bog„liqdir. Faqat sog„lom kishigina to„laqonli mehnat qilib, oilasiga va jamiyatga eng katta foyda berishga layoqatli bo„ladi. Shu munosabatda aholining yosh paytidanoq salomatligini mustahkamlashga qaratilgan davlatimizning siyosati alohida ahamiyat kasb etadi. Xo„sh, salomatlikni uzoq yillar mobaynida qanday qilib saqlab qolish mumkin? Ko„pchiligimiz bu jihatdan an‟anaviy tavsiyalarga o„rganib qolganmiz. Nisbatan yangi bo„lgan «valeologiya» ilmiy yo„nalishini esa kam kishilar biladi. «Valeo» - «sog„lom bo„lish, salomat yurish» deganidir. Bu insonning imkoniyatlari to„g„risidagi fandir. Oldingi asrning 80-yillarida tibbiy fanlar doktori professor I.I. Brexman «valeologiya» atamasini kiritgan. Tibbiyot, biologiya, gigiyena, jismoniy tarbiya va psixologiya, ekologiya, parhezlash hamda inson, uning organizmi, ichki dunyosi va hayotiy muhiti to„g„risidagi boshqa fanlarning birikkan negizida yuzaga kelgan jamlanma fan sifatida paydo bo„lgan valeologiya 1987 yildan boshlab
10
tibbiyotga yaqin fan bo„lib kelmoqda. 90-yillar valeologiyaning sog„lom kishining salomatligi to„g„risi-dagi bilimlar tizimi sifatida qaror topishi va yanada rivojlanishining davri bo„lib qoldi. Valeologiya – bu salomatlik, sog„lom turmush tarzi to„g„risida, organizmning tez o„zgaradigan hayot holatlari va hodisalariga muvofiq javobi to„g„risida, shuningdek insonning shaxsiy salomatligi to„g„risidagi fandir. Uning markaziy muammosi kishining o„z sog„lig„iga munosabati hamda individual rivojlanish jarayonida salomatlik madaniyatining tarbiyalanishidir. Valeologiya – insonga tashqi va ichki muhitning o„zgaruvchan omillari ta‟sir etishi sharoitlarida uning jismoniy, biologik, psixologik, jamoat-madaniy jihatdan rivojlanishining barqarorligini va sog„lig„ining saqlanishini ta‟minlaydigan organizmning genetik va fiziologik imkoniyatlari to„g„risidagi fandir. Valeologiyaning vazifasi inson salomatligi bo„lib, u fiziologik mexanizmlar, muhitning sharoitlariga moslasha olish, o„z-o„zini tashkil etish, o„z-o„zini rivojlantirish va o„z-o„zini saqlash qobiliyati bilan belgi-lab berilgan hayot sifatining kategoriyasidir. Valeologiyaning ob‟yyekti nisbatan sog„lom inson yoki kasallik oldi holatida bo„lgan inson bo„ladi. Profilaktik tibbiyot bilan birgalikda valeologiya zamonaviy davrning global muammolaridan biri – inson salomatligini saqlash va mustahkamlash muammosining hal etilishiga o„z hissasini kiritadi. Valeologiya negizida, profilaktik tibbiyot, gigiyena va sanologiyadan farqli ravishda inson organizmining umuman hamda alohida tizimlarining dinamik imkoniyatlari to„g„risidagi tasavvur yotadi. Salomatlik ehtiyoji umumiy tusga ega, u ham alohida individga, ham umuman jamiyatga xos bo„ladi. Sog„liqning ahvoli insonlar hayotining barcha sohalariga ta‟sir etadi. U insonning jismoniy, psixik va aqliy layoqatining yuqori salohiyatini ta‟minlaydi va uning to„laqonli yashashining garovi bo„ladi. Aholining salomatligi jamiyat iqtisodiy rivojlanishining dinamikasiga nihoyatda ulkan ta‟sir ko„rsatadi, uning ijtimoiy-etik yetukligining, davlatning o„z fuqarolarining sog„lig„i uchun qayg„urishi darajasining o„lchovi bo„lib xizmat qiladi. Bularning hammasi shaxsga o„zining salomatligi, avlodlarining salomatligi hamda u yordam berishi mumkin va lozim bo„lgan kishilarning (keksalar, nogironlar va hokazolar) salomatligiga nisbatan ma‟lum mas‟uliyatni yuklaydi. O„z salomatligiga e‟tibor berish, uning buzilishlarining individual profilaktikasini ta‟minlay olish, sog„lom turmush tarzi kishining umumiy madaniyatining ko„rsatkichlari bo„ladi. Valeologiyaning rivojlanishi inson ongi va mavjudligining yangi sohalaridan biri – valeologik madaniyatni aniqlashga imkon berdi.
Valeologiyaning asosiy vazifalari: 1. Shaxsiy salomatlikning mohiyati to„g„risidagi tasavvurlarni ishlab chiqish va amalga oshirish, uni o„rganishning modellarini, uni baholashning va bashorat qilishning uslublarini izlash. 2. Individ salomatligining miqdoriy baholanishi asosida aholining salomatligining ahvoli ustidan skrining va monitoring nazorati tizimlarini ishlab chiqish. 3. «Salomatlik psixologiyasini» shakllantirish. 4. Shaxsiy salomatlikni shakllantirish, saqlash va mustahkamlash metodologiyasi va uslublarini ishlab chiqish. 5. Salomatlik darajasini oshirish yo„li bilan kasalliklarning birlamchi va ikkilamchi profilaktikasini ta‟minlash. 6. Populyatsiyalar salomatligining darajasini shaxsiy salomatlik orqali oshirish dasturlarini ishlab chiqish. Valeologiyaning uslublari: salomatlik darajasining diagnostikasi, individ salomatligini bashorat qilish va uni boshqarish. Shunday qilib, shaxsiy salomatlikning mohiyatini aniqlash, muayyanlashtirish – valeologiyaning asosiy metodologik muammosidir. Valeologiyani o„rganish jarayonida zamonaviy ta‟lim tizimining valeologik tahlili bilan, turli o„quv yurtlari uchun ta‟lim jarayonining valeologik asoslarini ishlab chiqish bilan, bolalar, o„smirlar, yoshlar va kattalarning mos holda maktabgacha tarbiya ta‟lim muassasalari, maktablar, o„rta maxsus va oliy o„quv yurtlari hamda diplomdan keyingi ta‟lim institutlari sharoitida valeologik ta‟lim olishining nazariyasi va metodologiyasini yaratish bilan bog„liq masalalar ko„rib chiqiladi. 11
Zamonaviy ta‟lim tizimining valeologik tahlilining natijalari an‟anaviy (avtoritar-reproduktiv) ta‟lim usulining patogen xususiyatlari haqida tasavvur beradi. Ta‟lim va tarbiyaning valeologik asoslarini o„zlashtirish ularni nafaqat bolalar, o„smirlar va yoshlarning ta‟lim olishining yuqori darajasini ta‟minlaydigan, balki ularning salomatligini shakllantirishning muhim vositasi bo„lib chiqadigan turli fanlarni o„qitish metodologiyasi bilan qurollantiradi. Valeologiyani o„rganish sog„lom turmush tarzining mohiyatini (uning asosiy tarkibiy qismlari va ularning o„zaro bog„lanishini) ochib beradi, individ salomatligining uning turmush tarziga bog„liqligini ko„rsatadi, ushbu bog„lanishni inson hayotining yosh davrlari jihatidan namoyon bo„lishini oydinlashtiradi. Dasturda salomatlikning ma‟naviy va pedagogik jihatlariga tubdan muhim ahamiyat beriladi. Shu munosabatda insonning madaniy yashash muhitining, tarbiyasidagi xususiyatlarining turmush tarzi xususiyatlari hamda salomatligining ahvoli bilan bog„lanishi ko„rib chiqiladi.
1.Valeologiya fani haqida tushuncha bering. 2.Sog„lom va yuksak ma‟naviyatli avlodni tarbiyalashda valeologik tamoyillar qanday ahamiyat kasb etadi 3. Sog‟lom turmush tarzining tarkibiy qismlariga nimalar kiradi? 4. “Sog‟liqning miqdori” degan atama kim tomonidan fanga kiritilgan? 5.Sog„lom avlodni shakkllantirishda respublikamizda qanday qaror va farmoyishlar qabul qilindi?
1.Мирзиёев Ш.М. Жисмоний ва маънавий етук ёшлар – эзгу мақсадларимизга етишда таянчимиз ва суянчимиздир мавзусида Камолот ёшлар ижтимоий ҳаракатининг IV қурултойидаги нутқи. Халқ сўзи. 2017 й. 2. Каримов И.А. Юксак маънавият - енгилмас куч. – Тошкент.: Маънавият, 2008. - 176 б. 3.Vaieology: lectures course / I.I.Burak [etc.]. - Vitebsk: VSMU, 2008. - 164 p. 4.Arziqulov R.U. Sog„lom turmush tarzi asoslari. T.; I-II jild. 2005.- 256, 245 bet. 5..Brexman I.I. Valeologiya – nauka o zdorovye. – M.: Fizkultura i sport, 1988. – S. 108. 6. Vayner E.N. Valeologiya. – Uchebnik dlya vuzov. M. Flinta: Nauka, 2002. - 416 s. 7. Iskandarov T.I.. Isaxanov V.I. Zdoroviy obraz jizni: vostochniye traditsii i sovremennost. – T., 1989. - S.118.
Download 207 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling