O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi Samarqand iqtisodiyot va Servis instituti Z. Niyozov, A. Karimova


Download 0.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/8
Sana30.08.2020
Hajmi0.68 Mb.
#128168
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
bank-moliya faoliyatiga doir 555 ta atamalar izohli lugati


O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim 

vazirligi 

 

Samarqand iqtisodiyot va Servis instituti 

 

Z.Niyozov, A.Karimova 

 

 

 

 

 

 

Bank-moliya faoliyatiga doir 555 ta atamalar izohli 

lug’ati  

 

(Oliy o’quv yurtlari va o’rta maxsus kasb-hunar kollejlari  

talabalari xamda, malaka oshirish kurslari tinglovchilari 

uchun mustaqil ishlashga doir ilmiy, uslubiy, lug’aviy to’plam) 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Samarqand-2009

 

 

  

 

2

 



 

 

So’z boshi 

 

Bank-moliya  faoliyatiga  doir  555  ta  atamalar  izohli 

lug’ati:  (Oliy  o’quv  yurtlari  va  o’rta  maxsus  kasb-xunar 

kolLejlari  talabalari  uchun  mustaqil  ishlashga  doir  ilmiy, 

uslubiy  va  lug’aviy  manbalar  tuplami)  To’plovchilar:  Zuhur 

Niyozov, Aziza Karimova – Samarqand, 2008. - 90 b. 

 

 Mamlakatimiz 

mustaqillikka 

erishgandan 

keyin 

bosqichma-bosqich 



bozor 

iqtisodiyotiga 

o’tib 

bormoqda. 



Jamiyatda  bozor  iqtisodiyoti  qonuniyatlari  joriy  qilinmoqda. 

Bozor 


iqtisodiyotiga 

xizmat 


qiluvchi 

infratuzilma 

shakllantirilmoqda 

va 


birinchi 

navbatda 

bank 

tizimini 



rivojlantirishga 

 

katta 



e’tibor 

berilmoqda. 

Brtboshimiz 

ta’kidlaganidek,  banklar  iqtisodiyot  lokomotivlariga  aylanib 

bormoqda.  Mamlakatimizda  bank  tizimini  tobora  takomillashib, 

xalqaro  bank  andozalariga  moslasha  borib,  jahon  bank  tizimiga 

integrasiyalashib 

bormoqda. 

Mamlakatimizda 

faoliyat 

yuritayotgan  qator  banklar  jahonning  eng  nufuzli  moliyaviy 

tashkilotlari tomonidan e’tirof etilmoqda. 

 

Bugungi  kunda  mamlakatimiz  bank  tizimi  malakali 



mutaxassislar  bilan  ta’minlanishi  maqsadida  o’nlab  oliy  o’quv 

brtlari  va  ko’plab  kasb-hunar  kollejlari  «Bank  ishi»,  «Moliya  va 

kredit» yo’nalishlari bo’yicha mutaxassislar tayyorlanmoqda. 

 

Ammo bugungi kunda ushbu yo’nalishlar bo’yicha o’zbek 



tilida  nashr  etilgan  darsliklar,  o’quv  qo’llanmalari  va  boshqa 

adabiyotlarni  yetishmasligi  asosiyo  muammolardan  biri  bo’lib 

qolmoqda. 

 

Banklarning  kelib  chiqishi  va  rivojlanishi  tarixi  g’arb 



mamlakatlari 

bilan 


bog’liqligi 

sababli, 

bank 

faoliyatida 



qo’llanilayotgan  aksariyat  atamalar  va  so’zlar  yevropa  millatlari 

tillariga mansub. ularning ayrimlari xalq orasida keng tarqalgan va 

ko’pchilikka  tanish.  masalan,  aksiya,  balans,  byudJet,  valyuta, 

inflyasiya,  ipoteka,  kredit  va  lizing  kabilar.  Ammo  atamalarning 

ko’pchiligi  endi  bank  faoliyati  bilan  tanishayotgan  talabalar  va 

boshqa  qiziquvchilarga  notanish.  Ularning  ma’nosini  esa  asosan 

rus tilida nashr etilgan adabiyotlardan topish mumkin. 


 

3

 



Ular  lug’atga bank  faoliyatiga keng qo’llaniladigan 555 ta 

atama  va  tushunchalar  kiritilgan  va  ularning  mazmun-mohiyati 

o’zbek tilida imkon qadar yoritib berilgan.    

Lug’at oliy o’quv brtlari va kasb-hunar kollejlari talabalari 

uchun mo’ljallangan, undan bank faoliyati bilan qiziquvchilar ham 

foydalanishlari mumkin. 

Ushbu  lug’at  mualliflarning  bu  sohadagi  ilk  urinishlari 

bo’gani  bois,  ayrim  nuqson  va  kamchiliklardan  xoli  bo’lmasligi 

mumkin. Bildirilgan fikr va mulohazalar mamnuniyat bilan qabul 

qilinadi. 

 

Taqrizchilar:  AT  «Paxtabank»  Samarqand  viloyat 

boshqarmasi boshlig’i i.f.n. B.N. Nasriyev. 

Samarqand  bank  kolleji  «Bank  ishi»  kafedrasi  mudiri 

Sh.Q. Boboyev. 

 

 

 



 

Lugat “Bank va jamgarma ishlari” kafedrasiining majlisida muxokama 

kilingan (bayonnoma № 1  3 sentyabr 2008 yil) va chop etishga tavsiya 

qilingan. 

 

Lugat Samarqand iqtisodiyot va Servis instituti ilmiy-uslubiy Kengashida 

muxokama qilingan (bayonnoma № 2 -  24 Sentyabr 2008 yil) va chop 

etishga tavsiya qilingan. 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 


 

4

Kirish 



 

Mamlakatimiz    bozor  iqtisodiyoti  sharoitida  o’tgandan 

Keyin  banklar  muhim  o’rin  egallagan.  Bank  tizimini  isloh  qilish 

va  erkinlashtirish  zamirida  iqtisodiyotni  rivolantirish,  xalqaro 

bank  tizimiga  mos  keluvchi  banklar  faoliyatini  takomillashtirish 

muhim vazifalardan biri hisoblanadi. 

O’zbekiston  Respublikasining  «Davlat  tili  to’g’risida»gi 

Qonunining ijrosi bo’lajak mutaxassislarni o’zbek tilida o’qitishni 

taqoo qilmoqda. Shu tufayli, oliy va o’rta maxsus o’quv yurtlarida 

fanlar o’zbek tilida o’qitilmoqda. 

Iqtisodiy  fanlarni  o’zbek  tilida  o’qitish  shuni  ko’rsatadiki, 

hali  bir  qancha  iqtisodiy  atama,  tushuncha  va  iboralar  o’zining 

ilmiy va nazariy izohi va tarjimasiga ega emas. 

Ushbu  ishning  maqsadi  oliy  va  o’rta  maxsus  o’quv  yurti 

talabalariga,  malaka  oshirish  kulliyoti  tinglovchilari  va  iqtisodchi 

mutaxassislarga  iqtisodiy  fanlarni  o’zlashtirish  uchun  yordam 

berishdan iborat. 

Ushbu  lug’at  555  so’zdan  iborat  bo’lib,  «Bank  ishi» 

yo’nalishi  bo’yicha  ta’lim  olayotgan  talabalar  uchun  ko’mak 

beradi.  Bank  sohasiga  taalluqli  bo’lgan  tayanch  so’z  va 

iboralardan  iborat  bo’lgan  mazkur  lug’atda  har  bir  so’zga  aniq 

tarif  berilgan  va  o’zbek  tili  alifbosi  harflari  ketma-ketligi  asosida 

tuzilgan. 

 

 



 

  

 



 

 

 

 

 

 

 

5



Absolyut  (mutloq)  miqdorlar  -  kuzatilayotgan  

miqdor  birliklarini  qo’shish  yoki  ayirish,  boshqacha 

aytganda  hajm  va  miqdor  ko’rsatkichi  bo’lib,  ular 

statistik  to’plamning  miqdori  va  hajmini  ifodalaydi. 

Absolyut  ko’rsatkichlar  natural,  mehnat  va  pul 

o’lchamlariga bo’linadi. 

 

Agent  -  yuridik  yoki  jismoniy  shaxs  bo’lib, 

firmaning  hisobidan  yoki  uning  nomidan,  uning 

xizmatchisi  bo’lmay  turib,  boshqa  shaxsning  topshirig’i 

bo’yicha operasiyalarni  amalga oshiruvchi shaxs.  



Amerika  Depozitar  tilxati  (ADR-  Amyerisan 

Dyepozitori 

Ryesyeipts) 

– 

bu 


AQSh 

bankida 


Deponentlangan 

chet 


el 

aksiyalarga 

erkin 

ayirboshlanadigan  tilxatdir.  Hozirgi  vaqtda  ushbu 



investisiya  yordamida  AQShda  chet  el  qimmatli 

qog’ozlari bilan savdolar amalga oshiriladi. 

 

Aksiya - bu  fransuzcha  «action» so’zidan  olingan 

bo’lib,  u  aksiyadorlik  jamiyatining  ustav  fondiga 

muayyan  hissa  qo’shganlik  guvohlik  beruvchi,    uning 

egasiga  foydaning  bir  qismini  olish  va  odatda  ushbu 

jamiyatini  boshqarishda  ishtiroq etish  huquqini beruvchi 

qimmatli qog’ozdir.  

 

Aksiyador - aksiyani o’z hisobidan, ya’ni mavjud 

bo’sh  mablag’lariga  sotib  olib,  jamiyatning  nizom 

fondini  tashkil  etishda  ishtirok  etuvchi  korxona, 

tashkilot,  bank  va  boshqa  moliya  tashkilotlari  yoki 

alohida fuqarolardir.  

Aksiyadorlik  jamiyati  -  ko’rsatilgan  nominal 

qiymatga  teng  aksiyalarning  muayyan  miqdoriga 

bo’lingan 

nizom 


fondiga 

ega 


bo’lgan 

hamda 


 

6

majburiyatlari  bo’yicha  faqat  o’z  mol-mulki  bilan 



javobgar bo’ladigan jamiyat. 

Aksiyalarninig  bonusli  emissiyasi  -  aksiyalarni 

aksiyadorlar  o’rtasida  bepul  tarqatish 

maqsadida 

muamalaga chiqarish. 



Aktivlarni  diversifikasiya  qilish  -  aktivlar  turini 

o’zgartirib, 

ularni 

 

ko’paytirish. 



Aktivlarni 

diversifikasiya qilish tizimi kredit oluvchining moliyaviy 

ahvoli,  kreditlarni  qaytara  olish  layoqati  va  garovning 

mavjudligi kabi omillarga qarab amalga oshiriladi. 



Aktiv  pul  oboroti  -  bu  to’lov  jarayonlarida 

bevosita ishtirok etayotgan harakatdagi pul massasidir.   



Aksioner  bank  –  aksioner  jamiyat  kabi  ochiq 

turdagi  yoki  yopiq  turdagi  aksioner  banklar  bo’lishi 

mumkin. Aksionerlar safiga kirish aksiyalarni sotib olish 

yo’li bilan amalga oshiriladi. 



Aktiv  -  1.bu  buxgalterlik  balansininig    xo’jalik 

mablag’larining  holati  aks  etiriladigan  chap  tomoni. 



2.jismoniy  yoki  huquqiy  shaxsga  tegishli  mol-mulk 

yig’indisi:  asosiy  vositalar,  ishlab  chiqarish  moddiy 

zahiralari, nomoddiy aktivlar, pul mablag’lari, moliyaviy 

qo’yilmalar.  



Aktiv  operasiyalari – bu banklarning  foyda olish 

va  bank  likvidligi  (to’lovga  qobiliyati)ni  ta’minlash 

maqsadida o’z mablag’larini xo’jaliklar va aholi extiyoji 

uchun joylashtirilishi tushuniladi. 

 

Akkreditiv  (lot.  accredo  -  ishonaman)  –  pul 

hisob-kitob  hujjati;  bank  majburiyati.  1)  Tomonlar 

o’rtasida 

tuzilgan 

shartnomaga 

asosan 


amalga 

oshiriladigan  hisob-kitob  turi  bo’lib,  unga  ko’ra  qarz 

beruvchi  (kreditor) belgilangan  muddatlarda, kelishilgan 


 

7

shartlar  asosida  kelishuvda  ko’rsatilagn  bank  orqali 



o’ziga  tegishli  to’lovlarni  olib  boradi;  2)  jamg’arma 

bankining  aholiga  ko’rsatiladigan  xizmat  turlaridan  biri; 

bank 

bo’limining 



tegishli 

bir 


shaxsga 

ma’lum 


imqdordagi so’mlarga beradigan buyrug’i, maxsus blank 

vositasida 

amalga 

oshiriladi. 



Bulardan 

tashqari 

akkreditiv  turli  shaxslarga  joylashgan  korxonalarning 

mulkiy  munosabatlarida,  xalqaro  hisob-kitoblarida  keng 

qo’llaniladi. 

 

Akkreditasiya 



to’g’risida 

guvohnoma 

Markaziy bankning  vakolatxona akkreditasiyalangani  va 



ro’yxatdan o’tganini tasdiqlovchi yozma hujjati. 

   


Aksept  (lat.  acceptus  –  rozilik  berilgan)  –  1)  pul, 

hisob-kitob, tovar hujjatlarini yoki tovar haqini to’lashga 

rozilik  berish  yoki  to’lashga  kafillik;  2)  taklif  etilgan 

shartlarda  shartnoma  tuzishga  rozilik.  Aksept  yetkazib 

berilgan tovarlar ichki va xalqaro tovar-pul muomalasida 

ko’rsatiladigan  xizmat  uchun  haq  to’lash  shakllaridan 

biri sifatida keng qo’llaniladi; 3) Veksel, chek va boshqa 

qimmatbaho  qog’ozlar,  shuningdek  tovar  hujjatlari 

bo’yicha hisob-kitob qilish shakli.  

Akseptlash – to’lovga rozilik berish. 

Akseptlangan  Veksel  -  to’loviga  rozilik  berilgan 

veksel. 


Akseptlangan  tratta  -  to’loviga  rozilik  berilgan 

o’tkazma veksel. 



Akseptlanmagan  tratta  -  to’loviga  rozilik 

berilmagan o’tkazma veksel. 

 

Aqor 

– 

ko’chmas 



mulk, 

yer-suv, 

zamin 

tushunchalarini anglatuvchi ijtimoiy atama.  



 

8

Amvol  –  arab.  so’zidan  olingan  bo’lib,  xususiy 

shaxsga  qarashli  mulk,  mol-dunyo,  kapital  degan 

ma’noni anglatadi. 



Amortizasiya  -  1.asta-sekin  eskirayotgan  asosiy 

fondlar  qiymatini  ishlab  chiqarilayotgan  mahsulot 

qiymatiga  o’tkazish.  2.asosiy  fondlar  qiymatini  ular 

vositasida  ishlab  chiqariladigan  mahsulot  va  hizmatlar 

tannarxiga  asta-sekin  o’tkazish  hamda  eskirgan  asosiy 

fondlarninig  o’rnini  keyinchalik  qoplash  maqsadida 

to’plab boriladigan pul mablag’lari.  

Amortizasiya fondi - eskirgan asosiy fondlarninig 

o’rnini keyinchalik qoplash maqsadida pul mablag’larini 

to’plab borishga muljallangan fond. 

Amortizasiyalanadigan  qiymat  –  bu  aktivning 

moliyaviy 

hisobotlarda 

ko’rsatilgan 

boshlang’ich 

qiymatidan  uning  taxminiy  tugatish  qiymatini  ayirgan 

holdagi summasidir 

Analitik  schyotlar  -  sintetik  schyotlardagi 

(sintetik  schyotga  qarang)  ma’lumotlarni  tavsilotlab, 

aniqlashtirib ko’rsatuvchi schyotlarga aytiladi.  

Analitik  hisob  -  analitik  schyotlar  yordamida 

amalga oshiriladigan hisob. 

          Avans  -  korxonaning  bajariladigan  ish,  yetkazib 

beriladigan  mol-mulk,    ko’rsatiladigan  xizmatlar  va 

boshqalar 

uchun 


to’lanadigan 

to’lovlar 

hisobiga 

beradigan dastlabki pul summasi.  

 

Avizo  –  (ital.  aviso)-  bank,  tijorat  amaliyotida 

hisob-kitob  harakatlarining  bajarilganligi    to’g’risida 

rasmiy 

xabarnoma. 



Bir 

konragent 

tomonidan 

ikkinchisiga  jo’natiladi.                Avizo  yordamida  banklar 

o’z mijozlarini hisob varaqalari bo’yicha kirim va kredit 


 

9

qaydlari,  hisob  varaqasidagi  qoldiq  mablag’lar,  pul 



o’tkazmalarini  to’lash,  chek  talabnomasi  akkreditiv 

ochish  va  boshqa  harakatlar  to’g’risida  xabardor  qiladi. 

Tovar  jo’natuvchi  tomonidan  tovarni  qabul  qiluvchiga 

tovar jo’natilgani haqidagi xat ham avizo deb ataladi.  



Aralash  tadbirkorlik  -  bu  bitta  yuridik  shaxs  va 

bir necha jismoniy shaxs mulkini birlashtirish yo’li bilan 

tashkil qilinadigan faoliyat. 

Aylanma aktivlar - korxonalar va tashkilotlarning 

buxgalterlik  balansi  aktiv  qismida  aks  etiriladigan 

me’yorga  solinadigan  va  me’yorga  solinmaydigan 

aylanma mablag’lar.    



Aylanma  qaydnomalar  -  banklarda  hisob 

axborotlarga 

kompyuterlarda 

buxgalteriya 

ishlovi 

berilsa,  ya’ni  analitik  va  sintetik  hisob  ma’lumotlari 

avtomatik  tarzda  solishtirilsa  bunday  usul  bilan  balans 

schyotlari  bo’yicha  oborotlar  yig’iladi  va  aylanma 

qaydnomalar tuziladi. 

Aylanuvchanlik  -  bu  qimmatli  qog’ozning 

bozorida  harid  qilishga  va  sotilishga,  shuningdek 

ko’pchilik  hollarda  boshqa  tovarlar  muomalasini 

osonlashtiruvchi 

mustaqil  to’lov  vositasi  sifatida 

qo’llanishga qodirligidir. 



Audit  –  xo’jalik  faoliyatini  tekshirish,  taftish  va 

tahlil qilish. 



Auditor  –  malaka  Sertifikatiga  ega  bo’lgan 

jismoniy  yoki yuridik shaxsdir. 



Auditorlik  faoliyati  -auditorlik  tashkilotlarning 

auditorlik  tekshiruvlarini  o’tkazish  va  boshqa  shu  bilan 

bog’liq  professional  xizmat  ko’rsatish  borasidagi 

tadbirkorlik faoliyati tushiniladi. 



 

10

 



Auditorlik  tekshiruvi  –  moliyaviy  hisobot  va 

boshqa 


moliyaviy 

axborot 


tug’riligi 

va 


qonun 

hujjatlariga 

mosligini 

aniqlash 

maqsadida 

xo’jalikyurituvchi  subyektlarning  moliyaviy  hisobotini 

hamda  u  bilan  bog’liq  moliyaviy  axborotni  auditorlik 

tashkilotlari tomonidan tekshirishdir. 

 

Auditning  maqsadi  -  taqdim  qilinayotgan 

hisobotlar  tug’riligi,  mavjud  holatni  aks  ettirishi,  uning 

qonuniyligi  hamda  moliyaviy  hisobot  va  buxgalteriya 

hisobi talablariga mos kelishini aniqlashdan iborat. 



Asosiy  vositalar  –  bu  moddiy  ishlab  chiqarish 

sohasida  va  ishlab  chiqarishga  taalluqli  bo’lmagan 

sohada  uzoq  muddat  davomida  (bir  yildan  ortiq) 

harakatda  bo’ladigan  hamda  ijaraga  topshirilib  ham 

foydalaniladigan moddiy aktivlardir. 

Asosiy  vositalarning  eskirishi  -  bu  asosiy  vosita 

obyektlarining 

dastlabki 

imkoniyatlarini 

yo’qotganliklarini  tasniflovchi  jarayondir  (Jismoniy  va 

ma’naviy). 

 

Aholi  pul  jamg’armalari  -  bu  aholining  iste’mol 

maqsadlariga  vaqtincha  ishlatilmay  bo’sh  turgan,  kredit 

muassasalarining  birida  yoki  aholining  o’z  qo’lida 

yig’ilgan daromadlarining bir qismidir. 

      



Badal  –  1.biror  narsa  evaziga  to’lanadigan  haq. 

2.Keyinchalik:  biror  tashkilot,  jamiyat  kabilarga  a’zo 

bo’lgan  shaxsning  o’z  jamiyatini  iqtisodiy  jihatdan 

qo’llab-quvvatlash maqsadida unga to’lab turadigan puli, 

a’zolik haqqi. 


 

11

Bank  –  bu  pul  mablag’larini  yig’uvchi,  sag’lab 

beruvchi,  kredit-hisob  va  boshqa  har  xil  vositachilik 

operasiyalarini bajaruchi moliyaviy muassasadir. 



Banknot  -  bank  biletlari,  markaziy  emissiya 

banklari  tomonidan  chiqariladigan  pul  belgilari.  Xozirgi 

kunda ular qog’oz pullarning asosiy turi hisoblanadi.  

Bank aksiyadori – bank aksiyalariga ega  bo’lgan 

yuridik va jismoniy shaxs. 



Bank  akkreditivi  -  bankninig  mijoz  topshirig’iga 

ko’ra  uning  hisobidan  topshiriqnomada  ko’rsatilgan 

shartlarda  va  summa  doirasida  jismoniy  va  huquqiy 

shaxslarga to’lovlar o’tkazish majburiyati. 



Bank  aksepti  -  bankning  to’lov  hujjatlarini 

to’lashga 

rozilik 

bildirishi, 

ularning 

to’lanishini 

kafolatlash shakli.  

Bank 

binefisiar 

to’lov 



operasiyasini 

yakunlovchi bank. 



Bank   boshqaruvi -  bank  faoliyatini tashkil etadi 

va  unga  tezkor  rahbarlikni  amalga  oshiradi,  markaziy 

bank  lisenziyasi  asosida  bankning  ustavdagi  maqsadlari 

va  vazifalari  bajarilishini  ta’minlaydi;  bank  mijozlariga 

ko’rsatilgan  hizmatlar  bo’yicha  foiz  stavkalari  va 

vositachilik  haqqi  miqdorlarini  ishlab  chiqadi  va  bank 

Kengashi bilan kelishib oladi. 

Bank  Depoziti  -  hususiy  shaxs,  korporasiya, 

davlat  tashkiloti  nomidan    bankga  saqlash  uchun 

topshirilgan pul mablag’lari.  

Bank  diskonti  -  bankining  veksellarni  hisobga 

olish operasiyalari uchun belgilangan hisob foizi.  



Bank  inisiator  -  to’lov  operasiyasini  boshlovchi 

bank.  


 

12

Bank ichki nazorati – bankda o’tkaziladigan  har 

bir 

operasiya 



tekshirilib, 

ularning 

qonuniy 

rasmiylashtirilishi  hamda  mablag’lar  va  boyliklar  but 

saqlanishi tegishlicha nazorat qilinishi ta’minlashdir. 

Banklar  inspeksiyasi  -  bank 

nazoratining 

bevosita  joylarda  banklarning  haqiqiy  moliyaviy 

ahvolini  va  bank  faoliyatiga  o’ziga  xos  bo’lgan  havf-

hatarlarini  aniqlash  maqsadida  bank  faoliyatini  nazorat 

tartibida tekshirishni ko’zda tutuvchi turi(uslubi)dir. 



Bank 

ishtiroqidagi 

qimmatli 

qog’ozlar 

komissiyasi  -  bu  qimmatli  qog’ozlarni  mijozdan  o’z 

mablag’larini  hisobiga  sotib  olish  yoki  o’z  portfelidan 

qimmatli qog’ozlarni sotish nazarda tutiladi. 

Bank  hisobvarag’i  -  bu  bank  hisobvarag’i 

shartnomasini  tuzish  orqali  bank  mijoz  (hisob  varaq 

egasi)  hisob  varag’iga  kelib  tushgan  pul  mablag’larini 

qabul  qilish,  mijozning  hisob  varag’idagi  tegishli 

mablag’larni  o’tkazib  berish  va  hisobvarag’i  bo’yicha 

boshqa  operasiyalarni  amalga  oshirish  to’g’risidagi 

farmoyishlarni  bajarish  vazifalarni  o’z  zimmasiga  olishi 

natijasida  bank  bilan  mijoz  o’rtasida  vujudga  keladigan 

munosabatlardir. 

Bank    kapitali  -  banklarga  jalb  qilingan  va  ular 

tomonidan  kredit  hisob-kitob  va  boshqa  operasiyalar 

uchun foydalanadigan pulli kapitallar yig’indisi.  

Bank  kliringi  - banklarninig o’zaro talabnoma  va 

majburiyatlarni  hisobga  olish  asosida  mollar,  qimmatli 

qog’ozlar  va  xizmatlar  uchun  naqd  pulsiz  hisob-kitob 

qilish tizimi.        



 

13

Bank  krediti  -  kreditning  asosiy  shakli  bo’lib, 

unda  pul  mablag’lari  vaqtincha  foydalanish  uchun 

banklar tomonidan beriladi. 



Bank 

operasiyalari 

banklarning 



pul 

mablag’larini  jalb  etish  va  ularni  joylashtirish,  pullarni 

muomalaga  kiritish  va  ularni  muomaladan  chiqarish, 

hisob-kibotlarni amalga oshirish va hoqazo operasiyalari 

bilan shug’ullanadilar. Bank operasiyalariga passiv bank 

operasiyalari,  aktiv  bank  operasiyalari  va  komissiya 

(vositachi) operasiyalari kiradi. 


Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling