O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Samarqand davlat universiteti «tasdiqlayman»


Download 180 Kb.
Sana04.11.2020
Hajmi180 Kb.
#140694
Bog'liq
Orfografiya


O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

Samarqand davlat universiteti

«TASDIQLAYMAN»

O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor:



-------------------SOLЕYEV A.

----- --------------------2019-yil




Filologiya fakulteti




Amaliy tilshunoslik, o ‘zbek tili va adabiyotini oʻqitish metodikasi kafedrasi

ORFOEPIYA, ORFOGRAFIYA VA PUNKTUATSIYA MASALALARI

Bilim sohasi: 100000 – Gumanitar


Ta’lim sohasi: 120000 – pedagogika
Ta’lim yo‘nalishi: 5120100 – Filologiya va tillarni o‘qitish

(o ‘zbek tili)

O‘zbek filologiyasi talabalari uchun

Jami o‘quv yuklamasi: 120

Ma’ruza: - 26 soat

Amaliy mashg‘ulot: 20 soat

Seminar mashg‘uloti: - 20 soat

Mustaqil ta’lim- 54 soat



Samarqand – 2019
“Orfoepiya, orfografiya va punktuatsiya masalalari” fanining ishchi-o‘quv dasturi ishchi o‘quv reja va o‘quv dasturiga muvofiq ishlab chiqildi.
Tuzuvchilar:

Narziyeva M. – SamDU o‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi o‘qituvchisi, f.
Taqrizchilar:

Muhiddinova B.- SamDU o‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi dotsenti, f.f.n.

Turniyozov B. SamDCHTI dotsenti, f.f.n.

“Orfoepiya, orfografiya va punktuatsiya masalalari” fanining ishchi-o‘quv dasturi O‘zbek tili va adabiyotini oʻqitish metodikasi kafedrasi a’zolarining 2019-yil

---avgustdagi yig‘ilishida muhokama etilgan, fakultet ilmiy va uslubiy kengashida muhokama qilish uchun tavsiya qilingan (1-bayonnoma).

Kafedra mudiri prof. Mirzayev I.K.
“Orfoepiya, orfografiya va punktuatsiya masalalari” fanining ishchi-o‘quv dasturi filologiya fakulteti o‘zbek filologiyasi yoʻnalishi ilmiy kengashida muhokama etilgan va foydalanishga tavsiya qilingan (2019-yil -- -------dagi 1-bayonnoma).

Fakultet ilmiy kengashi raisi prof.Eltazarov J.

Fakultet o‘quv-uslubiy kengashi raisi prof.Abdiyev M.

Kelishildi:

O‘quv- uslubiy boshqarma boshlig‘i dots.Aliqulov B

Kirish
Oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun mo‘ljallangan “Orfoepiya, orfografiya va punktuatsiya masalalari” fani og‘zaki va yozma nutq savodxonligiga erishishning zaruriy talablarini hamda tilning sintaktik qurilishi bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, yozma nutqni to‘g‘ri, ifodali, aniq bayon qilishda muhim vosita sanalgan tinisn belgilari va ular bilan bog‘liq atamalar to‘g‘risida muhim tushunchalar beradi.

Orfografiya va orfoepiya adabiy tilimizni takomillashtirishda, uni muntazam bir shaklga solishda muhim ahamiyatga ega.Orfoepiya bilan orfografiya og‘zaki va yozma nutqni bir-biriga yaqinlashtirishga, milliy adabiy tilning birligini yaratishga xizmat qiladi.

Til va nutq masalasi, ular o‘rtasidagi bog‘lik va farq, nutqning og‘zaki va yozma shakllarining paydo bo‘lishi hamda o‘rganilishi, og‘zaki nutqda sodir bo‘ladigan o‘zgarishlar,ularning yozma nutqda o‘z ifodasini topishi hozirgi kunimizga qadar dolzarb mavzulardan biri bo‘lib kelmoqda.

Respublikamizda 1989-yil 29-oktabrda o‘zbek tiliga davlat tili huquqi berilgan, 1991-yil 31-avgustda esa mamlakatimiz sobiq sho‘rolar hukmronligidan qutilib, mustaqillikka erishgan, 1993-yil 2-sentabrda “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish to‘g‘risida”gi qonun qabul qilingan, 1995-yil 24-avgustda “O‘zbek tilining asosiy imlo qoidalari”, tasdiqlangan va eng asosiysi, 2010-yildan e’tiboran davlat tiliga va yangi alifboda ish yuritishga o‘tilgan bo‘lsa-da, bir qator korxonalarda hujjatlar, ish qog‘ozlarini yangi davr talabida yuritishga o‘tish biroz qiyinchilik bilan kechmoqda. Buning bir qancha obyektiv va subyektiv sabablari bor, albatta. Ulardan biri yangi alifbo va imlo qoidalari asosida davlat tilida ish yuritish bo‘yicha maxsus o‘quv qo‘llanmalari, uslubiy ishlarning kamligi bo‘lsa, ikkinchidan, bu sohada ish yurituvchi mutaxassis-xodimlar tayyorlashning hali keng tus olmaganligidir.

Orfografiya, orfoepiya, punktuatsiya bo‘yicha dastlabki bilimlar umumta’lim maktablari, litsey va kasb-hunar kollejlarida berilmoqda. Chunki bu o‘quv yurtlarini tugatgan har bir yosh tegishli ma’lumotga egaligi to‘g‘risidagi hujjatni qo‘lga olgach, mustaqil hayotga qadam qo‘yadi, Jamiyatning qaysi bir sohasida o‘z bilim va ko‘nikmalariga tayanib faoliyat olib boradi. O‘zbek adabiy tilining qo‘llanish doirasini yanada kengayishiga o‘z hissalarini qo‘shadi. Shunga ko‘ra oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun “Orfoepiya, orfografiya va punktuatsiya” kursining kiritilishi hamda o‘qitilishi har tomonlama maqsadga muvofiqdir. Shuningdek, bu kurs akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida keyingi yillarda o‘tila boshlagan “Hozirgi oz‘bek adabiy tili” fanining “Fonetika” bo‘limida berilgan bilimlarini yanada chuqurlashtirish uchun xizmat qiladi.

Mazkur kurs talabalarga orfoepik va fonetik hodisalar, imlo, tinish belgilarining asosiy qoidalari haqida yetarlicha ma ‘lumot beradi.

Fanning maqsad va vazifalari

“Orfoepiya, orfografiya va punktuatsiya masalalari” fani o‘tilishidan ko‘zda tutilgan asosiy maqsad talabalarni nutqning shakllari, asosiy imlo qoidalari, o‘zbek yozuv tarixi,yozma nutqda tinish belgilarini qo‘llash jihatlarini o‘rgatish, ularni yetuk mutaxassislar bo‘lib yetishishlariga yaqindan yordam berishdir.

“Orfografiya, orfoepiya va punktuatsiya masalalari” fanining vazifalari:

-o‘zbek adabiy tili me’yorlari, nutqning shakllari, Orfoepiya va orfografiya meyorlarini o‘rgatish, bu sohadagi dolzarb muammolarni aniqlash;

-O‘zbek yozuvi tarixi, O‘zbek tilining asosiy imlo qoidalalari haqida talabalarga ma’lumot berish;

--Punktuatsiya haqida, tinish belgilarining qo‘llanish o‘rni haqida bilim berish.


Fan bo‘yicha talabaning malakasiga qo‘yiladigan talablar

Talabalar – bo‘lg‘usi bakalavr-mutaxassislar “Orfoepiya, orfografiya va punktuatsiya masalalari” fanini o‘rganish jarayonida quyidagilar haqida ma’lum tushuncha va tasavvurlarga ega bo‘lishi lozim:

-O‘zbek adabiy tilining orfoepik me‘yorlari haqida;

-o‘zbek tili imlosining nazariy asoslari va tamoyillari;

-o‘zbek yozuvi tarixi;

- o‘zbek tili uslubshunosligi, o‘gzaki so‘zlashuv uslubi, ommabop uslub, rasmiy-ish qog‘ozlari uslubi, badiiy uslub, ilmiy uslublarning o‘ziga xos jihatlarini farqlashi hamda o‘z nutqida qo‘llay bilishi;

- yozma nutqda tinish belgilaridan samarali foydalana olish, uni o‘z faoliyatida ijodiy rivojlantira bilish va mavjud muammolar bo‘yicha yechimlar qabul qilish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi lozim.

Fanning o‘quv rejadagi boshqa fanlar bilan bog‘liqligi

“Orfoepiya, orfografiya va punktuatsiya masalalari” fani leksikologiya, morfologiya, sintaksis, uslubshunoslik kabi filologik fanlar, universitetda o‘tiladigan barcha mutaxassislik fanlari bilan bevosita bog‘liqdir. Chunki bugungi talaba ertangi pedagog-murabbiydir. U yosh avlodga o‘zi mutaxassis bo‘lgan fandan ta’lim beradi. Shuning uchun pedagog-mutaxassislarning nutqi ravon, tushunarli, ta’sirli bo‘lishi talab etiladi. Talabalar bu fan orqali o‘zbek tilining boy leksik imkoniyatlaridan kengroq foydalanish, terminlarni tanlash, terminlar yaratish, o‘zbek xalqining davlatchilik, hujjatchilik borasidagi an’analarini o‘rganib, boy tarixi, madaniyatidan xabardor bo‘libgina qolmasdan, ulardan unumli foydalanishni ham o‘rganadilar.


Fanni o‘qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalardan foydalanish

“Orfoepiya, orfografiya va punktuatsiya masalalari” fani 26 soat ma’ruza, 20 amaliy mashg‘ulot, 20 soat seminar, 54 soat mustaqil ish tarzida o‘qitiladi. Mashg‘ulotlarda ta’lim sifati va samaradorligini oshirish uchun quyidagilarga e’tibor qaratiladi: yuqori ilmiy-pedagogik darajada dars berish, darslarni savol-javob tarzida qiziqarli tashkil qilish, ilg‘or pedagogik texnologiyalardan va multimediali vositalardan foydalanish, talabalarni o‘ylantiradigan, fikrlashga undaydigan muammolarni ular oldiga qo‘yish, talabchanlik, talabalar bilan individual ishlash, talabalarni erkin muloqot yuritishga, ilmiy izlanishga jalb etish va boshqalar.

“Orfoepiya, orfografiya va punktuatsiya masalalari” kursini loyihalashtirishda quyidagi asosiy konseptual yondashuvlardan foydalaniladi:

Dialogik yondashuv natijasida talabalarning o‘z-o‘zini faollashtirishi, o‘z-o‘zini, bilimini ko‘rsata olishi kabi ijodiy faoliyati kuchayadi.

Hamkorlikdagi ta’limni tashkil etish orqali demokratik, tenglik, ta’lim oluvchi faoliyati mazmunini shakllantirishda va erishilgan natijalarni baholashda birgalikda ishlashni joriy etishga e’tibor qaratiladi.

Muammoli ta’lim, ya’ni ta’lim mazmunini muammoli tarzda taqdim qilish orqali ta’lim oluvchi faoliyati faollashtiriladi.

Axborot taqdim qilishning zamonaviy vositalari va usullarini qo‘llash, ya’ni yangi kompyuter va axborot texnologiyalaridan o‘quy jarayonida foydalanish.

O‘qitishning usullari va texnikasi. Ma’ruza(kirish, mavzuga oid, vizuallash), muammoli ta’lim, keys-stadi, pinbord, paradoks va loyihalash usullari, amaliy ishlar.

O‘qitishni tashkil etish shakllari. Dialog, polilog, muloqot hamkorlik va o‘zaro o‘rganishga asoslangan frontal, kollektiv va guruh.

O‘qitish vositalari. O‘qitishning an’anaviy shakllari(darslik, ma’ruza matni) bilan bir qatorda, kompyuter va axborot texnologiyalari.

Kommunikatsiya usullari. Talabalar bilan operativ teskari aloqaga asoslangan bevosita o‘zaro munosabatlar.

Teskari aloqa usullari va vositalari. Kuzatish, blis-so‘rov, joriy va yakuniy nazorat natijalari tahlili asosida o‘qitish diagnostikasi.



Boshqarish usullari va vositalari. O‘quv mashg‘uloti bosqichlarini belgilab beruvchi texnologik xarita ko‘rinishidagi o‘quv mashg‘ulotlarini rejalashtirish, qo‘yilgan maqsadga erishishda o‘qituvchi va talabalarning birgalikdagi harakati, faqat auditoriyadagina emas, shu bilan bir qatorda, auditoriyadan tashqari mustaqil ishlarning nazorati.

T.r.

Mavzular nomi

Jami soat

Ma’ruza mashg‘u-loti

Amaliy

mashg‘u-lot

Seminar

Musta-qil ta’lim

1.

Kirish.Til va nutq

8

2




2

4

2.

Nutq shakllari

8

2

2




4

3.

Orfoepiya haqida ma‘lumot

8

2

2




4

4.


O‘zbek adabiy tilining orfoepik me ‘yorlari

10

2

2

2

4

5.

Urg‘u va ohang

8

2




2

4

6.

Orfografiya haqida ma‘lumot

8

2




2

4

7.

O’zbek yozuvi tarixi

12

2

2

4

4

8.

O‘zbek alifbosi haqida ma‘lumot

10

2

2

2

4

9.

O‘zbek tili imlosining nazariy asoslari va tamoyillari

14

2

4

2

6

10.


Punktuatsiya-fikrni yozma mukammal ifodalash vositasi

6

2







4

11.

Tinish belgilarining gap oxirida qo‘llanishi

10

2

2

2

4

12.

Tinish belgilarining gap ichida qo‘llanishi

10

2

2

2

4


13.

Tinish belgilarining qo‘shaloq qo‘llanishi

8

2

2




4

Jami:

120

26

20

20

54

Monitoring va baholash. O‘quv mashg‘ulotida ham, butun kurs davomida ham o‘qitishning natijalarini rejali tarzda kuzatib borish. Kurs oxirida test topshiriqlari, og‘zaki va yozma ish variantlari yordamida talabalarning bilimini baholash. Nazorat topshiriqlari, tarqatma materiallar, test tizimi hamda tayanch so‘z va iboralar asosida JB va YB sinovlari o‘tkazish.

Orfoepiya, orfogragiya va punktuatsiya masalalari ” fanidan mashg‘ulotlarning mavzular va soatlar bo‘yicha taqsimlanishi:

Filologiya (o‘zbek tili va adabiyoti).


Asosiy qism: fanning uslubiy jihatdan uzviy ketma-ketligi

“Orfoepiya, orfografiya va punktuatsiya masalalari” fani bo‘yicha mavzular mantiqiy ketma-ketlikda joylashtirildi. Har bir mavzuning mohiyati asosiy tushunchalar va tezislar orqali ochib beriladi. Bunda talabalarga DTS asosida mavzular bo‘yicha yetkazilishi zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmalar to‘la qamrab olinishiga e’tibor qaratildi. Shuningdek, mavzularning dolzarbligi, ularning ish beruvchilar talablari va ishlab chiqarish ehtiyojlariga mosligi, mamlakatimizda bo‘layotgan ijtimoiy-siyosiy va demokratik o‘zgarishlar, iqtisodiyotning erkinlashtirilishi, iqtisodiy-huquqiy va boshqa sohalardagi islohotlarning ustuvor masalalarini qamrab olish, fan va texnologiyalarning so‘nggi yutuqlarini hisobga olishga ham e’tibor berildi.



Amaliy mashg‘ulotlar uchun tavsiya etiladigan mavzular

1. Kirish.Nutq shakllari

Qo‘llanadigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondashuv, muammoli ta’lim, nilufar guli, baliq skeleti, munozara, o‘z-o‘zini nazorat.

Adabiyotlar: A1, A2, A3, A5, Q3, Q13, Q14, Q17.

2. Orfoepiya haqida ma‘lumot

Qo‘llanadigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondashuv, muammoli ta’lim, nilufar guli, baliq skeleti, munozara, o‘z-o‘zini nazorat.

Adabiyotlar: A4, A5, A6, Q7, Q11, Q19, Q20.

3. O‘zbek adabiy tilining orfoepik me‘yorlari

Qo‘llanadigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondashuv, muammoli ta’lim, nilufar guli, baliq skeleti, munozara, o‘z-o‘zini nazorat.

Adabiyotlar: A1, A3, A5, A8, A13, Q2, Q3, Q5.

4. O‘zbek yozuvi tarixi

Qo‘llanadigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondashuv, muammoli ta’lim, nilufar guli, baliq skeleti, munozara, o‘z-o‘zini nazorat.

Adabiyotlar: A4, A5, A6, Q4, Q5, Q8, Q9.

5. O‘zbek alifbosi haqida ma‘lumot

Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondashuv, muammoli ta’lim, Venn diagrammasi, baliq skeleti chizmasi.

Adabiyotlar: A1, A5, A6, A7, A8, A10, Q5, Q6, Q8, Q9, Q11.

6. O‘zbek tili imlosining nazariy asoslari va tamoyillari

Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondashuv, muammoli ta’lim, baliq skeleti chizmasi, aqliy hujum.

Adabiyotlar: A1, A5, A6, A7, A8, A10, Q5, Q6, Q8, Q9, Q11.

7.Tinish belgilarining gap oxirida qo‘llanishi

Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondashuv, muammoli ta’lim, qanday chizmasi, aqliy hujum.

Adabiyotlar: A2, A3, A4, A5, A6, A7, A8, A10, Q3, Q4, Q8, Q7, Q9, Q15.

8.Tinish belgilarining gap ichida qo‘llanishi

Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondashuv, muammoli ta’lim, qanday chizmasi, aqliy hujum.

Adabiyotlar: A2, A3, A4, A5, A6, A7, A8, A10, Q3, Q4, Q8, Q7, Q9, Q15.



  1. Tinish belgilarining qo‘shaloq qo‘llanishi

Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondashuv, muammoli ta’lim, qanday chizmasi, aqliy hujum

Adabiyotlar: A2, A3, A4, A5, A6, A7, A8, A10, Q3, Q4, Q8, Q7, Q9, Q15.



Mustaqil ta’limni tashkil etishning shakl va mazmuni

“Orfoepiya,Orfografiya va punktuatsiya masalalari” fani bo‘yicha talabalarning mustaqil ta’limi o‘quv jarayonining bevosita tarkibiy qismi bo‘lib, uslubiy va axborot resurslari bilan to‘la ta’minlangan.

Talabalar auditoriya mashg‘ulotlarida o‘zbek adabiy tilining qonun qoidalari bilan tanishadilar, mavzuga doir eng muhim ma’lumot, bilim va tushunchalarni olishadi. Auditoriyadan tashqarida esa talabalar darslarga tayyorlanishadi, tavsiya etilgan asosiy adabiyotlarni konspektlashtiradi, uyda ishlash uchun berilgan materiallarni o‘zlashtirishadi. Bundan tashqari, berilgan ayrim mavzularni chuqurroq o‘zlashtirish uchun qo‘shimcha adabiy manbalar, badiiy va ilmiy adabiyotlardan foydalanishadi, referatlar, talabalar ilmiy anjumanida chiqish qilish uchun ma’ruzalar tayyorlashadi. Mustaqil ta’lim natijalari reyting tizimi asosida baholanadi.

Uyga vazifalarni bajarish, qo‘shimcha adabiyotlardan yangi bilimlarni mustaqil o‘rganish, kerakli ma’lumotlarni izlash, ularni topish, internet tarmoqlaridan foydalanib ma’lumotlar to‘plash va ilmiy izlanishlar olib borish, ilmiy to‘garaklarda yoki mustaqil ravishda ilmiy manbalardan foydalanib, maqola va ma’ruzalar tayyorlash kabi faoliyat talabalarning darslardan olgan bilimlarini chuqurlashtiradi, ularning ilmiy fikrlash va ijodiy qobiliyatini rivojlantiradi.

O‘tilgan materiallarning o‘zlashtirilishi, konspektlar, uy vazifalarini tekshirish va baholash mashg‘ulot olib boruvchi o‘qituvchi tomonidan har bir dars davomida olib borilsa, referatlar jadval asosida himoya qilinadi.

“Orfoepiya, orfografiya va punktuatsiya masalalari” fanidan mustaqil ish majmuasi semestr davomida o‘tiladigan materiallarni qamrab oluvchi quyidagi o‘n mavzuga bo‘lib berildi:





T.r

Mustaqil ta’lim mavzulari

Topshiriqlar

Bajarish muddati

1.

Kirish.Til va nutq. Ularning chambarchas bog‘liqligi va tafovutlari.Til va nutqqa oid tilshunoslar bildirgan fikrlar va izohlar

Adabiyotlardan konspekt qilish. Individual topshiriqlarni bajarish.

1-hafta

2.

Og‘zaki va yozma nutq shakllari



Adabiyotlardan konspekt qilish, topshiriqlarni bajarish.

2-hafta


3.

Orfoepiya haqida tushuncha



Adabiyotlardan konspekt qilish, topshiriqlarni bajarish.

3-hafta

4.

O‘zbek adabiy tilida uchraydigan orfoepik hodisalar va ularning turlari haqida ma‘lumot berish

Adabiyotlardan konspekt qilish, topshiriqlarni bajarish.

4-hafta

5.

O‘zbek adabiy tilida urg‘u va ohangning ahamiyati

Adabiyotlardan konspekt qilish, topshiriqlarni bajarish.

5-hafta

6.

Orfografiya haqida ma‘lumot.Orfografiyaning o‘zbek adabiy tilida tutgan o‘rni

Adabiyotlardan konspekt qilish, topshiriqlarni bajarish.

6-8-hafta

7.

O‘zbek yozuvi tarixi haqida ma‘lumot to‘plash, o‘zbek xalqi tarixi davomida murojaat qilgan yozuvlari (arab, lotin, kirill) haqida

Adabiyotlardan konspekt qilish. Individual topshiriqlarni bajarish.

9-10-hafta

8.

O‘zbek tilining asosiy imlo qoidalari haqida ma‘lumot.Qo‘shib yozish va ajratib yozish.Juft so‘zlar va takroriy sozlar imlosi

Adabiyotlardan konspekt qilish. Individual topshiriqlarni bajarish.

11-12-hafta

9.

O‘zbek alifbosi, yangi alifbo haqida ma ‘lumotlar keltirish.Yangi alifboga kiritilgan yangiliklar va o‘zgartirishlar

Adabiyotlardan konspekt qilish. Individual topshiriqlarni bajarish.

13-14-hafta

10

Punktuatsiya-tinish belgilarining asosiy qoidalari.Tinish belgilarining gap oxirida, gap ichida kelishi va ularning ahamiyati

Adabiyotlardan konspekt qilish. Individual topshiriqlarni bajarish.

15-hafta


Dasturning informatsion-uslubiy taminoti

“Orfoepiya, orfografiya va punktuatsiya masalalari” fanini o‘qitish jarayonida ta’limning zamonaviy metodlari, pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash nazarda tutilgan. Ma’ruza va seminar mashg‘ulotlarida BBB, “Qanday”, aqliy hujum, guruhli fikrlash, kichik guruhlar musobaqalari, Venn diagrammasi, klaster usuli, baliq skeleti, “Nima uchun” chizmalari va boshqalardan foydalaniladi.


Orfoepiya, orfogfafiya va punktuatsiya masalalarifanidan talabalar bilimini reyting tizimi asosida baholash mezoni

“Matn tahriri va o‘zbek tilida ish yuritish” fani bo‘yicha reyting jadvallari, nazorat turi, shakli soni hamda har bir nazoratga ajratilgan maksimal ball, shuningdek joriy va yakuniy nazoratlarning saralash ballari haqidagi ma’lumotlar birinchi mashg‘ulotda talabalarga yetkaziladi.

Fan bo‘yicha talabalarning bilim saviyasi va o‘zlashtirish darajasining Davlat ta’lim standartlariga muvofiqligini ta’minlash uchun quyidagi nazorat turlari o‘tkaziladi:

- joriy nazorat (JN) – talabalarning fan mavzulari bo‘yicha bilim va amaliy ko‘nikmalari darajasini aniqlash va baholash usuli. Joriy nazorat amaliy mashg‘ulot davomida og‘zaki so‘rov, suhbat, nazorat ishi, uy vazifalarini tekshirish, test o‘tkazish va boshqa shu kabi shakllarda o‘tkaziladi.

- yakuniy nazorat (YN) – semestr yakunida fan bo‘yicha nazariy bilimlar va amaliy ko‘nikmalarning talabalar tomonidan o‘zlashtirish darajasini baholash usuli. Yakuniy nazorat asosan tayanch tushuncha va iboralarga asoslangan “Yozma-og‘zaki” sinov tarzida o‘tkaziladi. Shunda talabalarning ham og‘zaki, ham yozma nutqlari sinovdan o‘tkaziladi. Bundan tashqari, yil yakuni bo‘yicha talabalar YDA sinovidan ham o‘tadilar.

Talabaning bilim saviyasi, ko‘nikma va malakalarini nazorat qilishning reyting tizimi asosida uning “Orfoepiya, orfografiya va punktuatsiya masalalari” fani bo‘yicha o‘zlashtirish darajasi ballar orqali ifodalanadi. Talabaning semestr davomidagi o‘zlashtirish ko‘rsatkichi 100 ballik tizimda baholanadi. Bu ball baholash turlari bo‘yicha quyidagicha taqsimlanadi: JN – 70 ball, YN – 30 ball.




Ball

Baho

Talabalarning bilim darajasi

86-100

A’lo

Xulosa va qaror qabul qilish. Ijodiy fikrlay olish. Mustaqil mushihada yurita olish. Olgan bilimlarini amalda qo‘llay olish. Mohiyatini tushuntirish. Bilish, aytib berish. Tasavvurga ega bo‘lish.


71-85

Yaxshi

Mustaqil mushohada yurita olish. Olgan bilimlarini amalda qo‘llay olish. Mohiyatini tushuntirish. Bilish, aytib berish. Tasavvurga ega bo‘lish.

55-70

Qoniqarli

Mohiyatini tushuntirish. Bilish, aytib berish. Tasavvurga ega bo‘lish.

0-54

Qoniqarsiz

Aniq tasavvurga ega bo‘lmaslik. Bilmaslik.


Nazoratlar davomida quyidagilarga rioya etiladi:

- fan bo‘yicha saralash bali 55 balni tashkil etadi. Talabaning saralash balidan past bo‘lgan o‘zlashtirishi reyting daftarchasiga qayd etilmaydi;

- talabalarning“Terminologiya va davlat tilida ish yuritish asoslari” fanidan mustaqil ishi joriy va yakuniy nazoratlar jarayonida tegishli topshiriqlarni bajarishi va unga ajratilgan ballardan kelib chiqqan holda baholanadi;

- fan bo‘yicha JNga ajratilgan umumiy balning 55 foizi saralash bali hisoblanib, undan kam ball to‘plagan talaba YNga kiritilmaydi.

- JN bo‘yicha 55 va undan yuqori ball to‘plagan talabalar fanni o‘zlashtirgan hisoblanadi va fan bo‘yicha YNga kirmasliklariga ruxsat etiladi;

- YN kalendar tematik rejaga muvofiq dekanat tomonidan tuzilgan reyting nazorat jadvallari asosida o‘tkaziladi. YN semestrning oxirgi 2 haftasi mobaynida o‘tkaziladi;

- JNda saralash balidan kam ball to‘plagan va uzrli sabablarga ko‘ra nazoratlarda qatnasha olmagan talabaga qayta topshierish uchun navbatdagi shu nazorat turigacha, so‘nggi JN uchun esa YNgacha bo‘lgan muddat beriladi;

- talabaning semestrda JN turlari bo‘yicha to‘plagan ballari ushbu nazorat turlari umumiy balining 55 foizidan kam bo‘lsa yoki semestr davomida JN va YN turlari bo‘yicha to‘plagan ballari yig‘indisi 55 baldan kam bo‘lsa, talaba akademik qarzdor deb hisoblanadi;

- talaba nazorat natijalaridan norozi bo‘lsa, fan bo‘yicha nazorat turi natijalari e’lon qilingan vaqtdan boshlab bir kun mobaynida fakultet dekaniga ariza bilan murojaat etishi mumkin. Bunday holda fakultet dekanining taqdimnomasiga ko‘ra rektor buyrug‘I bilan uch a’zodan kam bo‘lmagan tarkibda apellatsiya komissiyasi tashkil etiladi;

- apellatsiya komissiyasi talabalarning arizalarini ko‘rib chiqib, shu kunning o‘zida xulosasini bildiradi;

- baholashning o‘rnatilgan talablar asosida belgilangan muddatlarda o‘tkazilishi hamda rasmiylashtirilishi fakultet dekani, kafedra mudiri, o‘quv-uslubiy boshqarma hamda ichki nazorat va monitoring bo‘limi tomonidan nazorat qilinadi.


Talabalar JNdan to‘playdigan ballar mezoni

T.r.

Ko‘rsatkichlar

JN ballari

Maksimal

1-JN

2-JN

1.

Darslarga qatnashganlik va o‘zlashtirish darajasi. Amaliy mashg‘ulotlardagi faolligi, amaliy mashg‘ulot daftarlarining yuritilishi va holati.

15

0-7

0-8

2.

Mustaqil ta’lim topshiriqlarining o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi. Mavzular bo‘yicha uy vazifalarining bajarilishi va o‘zlashtirish darajasi.

10

0-5

0-5

3.

Yozma nazorat ishi, og‘zaki savol-javoblar yoki test savollariga berilgan javoblar.

10

0-5

0-5




Jami JN ballari

35

17

18


Yakuniy nazoratda “Yozma-og‘zaki” tarzda o‘tkazilgan sinov bo‘yicha baholash mezoni

YN “Yozma-og‘zaki” shaklda belgilanib, 30 ballik tizimda baholash tarzida o‘tkaziladi. Yakuniy nazoratda “Yozma-og‘zaki” shaklida amalga oshirilganda, sinov ko‘p variantli usulda amalga oshiriladi. Har bir variantda oltita topshiriq bo‘lib, ulardan biri mustaqil ishga doir, ikkitasi nazariy mavzularga, qolgan uchtasi amaliy mashg‘ulotlar bilan bog‘liq bo‘ladi.

Har bir topshiriq 0-5 ball oralig‘ida baholanadi. YNda talaba maksimal 30 ball to‘plashi mumkin.

Variantda berilgan topshiriqlarning har biri uchun qo‘yilgan o‘zlashtirish ballari qo‘shilib, yig‘indi YN bo‘yicha talabaning o‘zlashtirish bali hisoblanadi.



Tavsiya etiladigan adabiyotlar ro‘yxati

Asosiy adabiyotlar


  1. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. . – T.: O‘zbekiston, 2008.

  2. Mirziyoyev Sh.Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz.-T.:O‘zbekiston, 2017 484b

  3. АбдуллаевМ. vа бошқ. Мустақиллик. Изоҳлиилмий-оммабоплyғат. – Т.: Шарқ, 1998.

  4. АбдураҳмоновҒ., МамажоновС. Ўзбек тили ва адабиёти. –Т.: Ўзбекистон, 2002.

  5. Nurmonov A. va boshqalar.O‘zbek tili fonologiyasi va morfonologiyasi. Toshkent, 1990

  6. Nurmonov A.O‘zbek tilshunosligi tarixi.Toshkent, 2002.


II. Qo‘shimcha adabiyotlar



  1. Турсунова З. Матн яратиш технологияси.-Т.:Фан, 2008.

  2. Турсунов У., Мухторов А., Раҳматуллаев Ш. Ҳозирги ўзбек адабий тили. – Т.: Ўзбекистон, 1992.

  3. Шоабдураҳмонов Ш. Ва бошқалар. Ҳозирги ўзбек адабий тили. – Т.: Ўқитувчи, 1980.

  4. Ўзбек тилининг имло луғати. – Т.: Фан, 1976.

  5. Ўзбек тилининг изоҳли луғати. 2 томли. – М.: Рус тили, 1981. 15. Ҳожиев А. Лингвистик терминларнинг изоҳли луғати. – Т.: Ўқитувчи, 1985.

  6. Ҳозирги замон ўзбек тили. – Т.: Фан, 1957, 127-141-бетлар.

  7. Абдуллаев Й. Совға. – Т.: Ўқитувчи, 1996.

  8. Абдуллаев Й. Ҳамроҳим. – Т.: Ўқитувчи, 1996.

  9. Абдумажидов Ғ. «Ўзбекистон Республикасининг Давлат тили ҳақида»гиҚонунига шарҳлар. – Т.: Адолат, 1999.

  10. Аминов М., Мадвалиев А., Маҳкамов Н., Маҳмудов Н. Иш юритиш. Амалий қўлланма. – Т.: ЎзМЭ, 2000.

  11. Бобур Заҳириддин Мuҳаммад. Бобурнома. –Т.: Юлдузча, 1990.

  12. Boltayev M. Lotin yozuviga asoslangan yangi o‘zbek alifbosi va imlosi. – T.: O‘qituvchi, 2003.

  13. Boltayev M. Lotin yozuviga asoslangan yangi o‘zbek alifbosi va imlosi. –T.: 2006. Internetdagi manzili: www.samdu.uz/files/web/index.htm

  14. Davlat tilida ish yuritish, hujjatchilik va atamashunoslik. Tuzuvchi: Boltayev M. – Samarqand, SamDU nashri, 2007.

  15. Karimov S.A., Mahmadmurodov Sh., Karimova O.N. Nutq madaniyati va davlat tilida ish yuritish. –T.: O‘zbekiston, 2003.

  16. Маҳмудов Н.М. ва бошқалар. Маданий-маърифий ишлар. Русча-ўзбекча атамалар луғати. –Т.: Қомуслар бош таҳририяти, 1990.

  17. Мираҳмедова З. Ўзбек тилининг анатомия терминологияси ва уни тартибга солиш муаммолари. – Т.: Фан, 20

  18. O‘zbekiston Respublikasining Qonuni. Davlat tili haqida(Yangi tahrirda). Ona tili – davlat tili. – Т.: Adolat, 2004.

  19. O‘zbekiston Respublikasining Qonuni. Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish to‘g‘risida. Ona tili – davlat tili. – Т.: Adolat, 2004.

  20. Ўзбек тили илмий-техникавий терминологиясини тартибга солиш принциплари. – Т.: Фан, 1991.

  21. Ўзбек орфографиясининг асосий қоидалари. – Т.: Фан, 1956.

  22. O‘zbek tilining asosiy imlo qoidalari. O‘zbek tilining imlo lug‘ati. Tuzuvchilar – Hojiyev A., Rahmatullayev Sh. – Т.: O‘qituvchi, 1996, 6-27-betlar.

  23. O‘zbek tilining imlo lug‘ati. – T.: O‘qituvchi, 1995.

  24. Қораев С., Ғуломов П., Раҳимбеков Р. Географик терминлар ва тушунчалар изоҳли луғати. – Т.: Ўқитувчи, 1979.

  25. Ҳомидий Ҳ., Абдуллаева Ш., Иброҳимова С. Адабиётшунослик терминлари луғати. –Т.: Ўқитувчи, 1967.

  26. Ҳотамов И., Саримсоқов Б. Адабиётшунослик терминларининг русча-ўзбекча изоҳли луғати. –Т.: Ўқитувчи, 1979.




Download 180 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling