O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti


Download 171 Kb.
Sana26.11.2020
Hajmi171 Kb.
#153055
Bog'liq
Тилшунослик назарияси 1-курс


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS

TA’LIM VAZIRLIGI

SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI

Ro‘yxatga olindi: TASDIQLAYMAN

№ ________________ SamDU o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori _______

2019- y. “___” _______ prof. A.Soleyev

“__” ____ 2019-yil

«TILSHUNOSLIK NAZARIYASI»

fanidan
ISHCHI O‘QUV DASTURI

(1-kurs)
Bilim sohasi: 100000 – Gumanitar soha



Ta’lim sohasi: 120000 – Gumanitar fanlar

Ta’lim yo‘nalishi: 5120100 – Filologiya va tillarni o‘qitish (o‘zbek filologiyasi)


Samarqand – 2019

Fanning ishchi o‘quv dasturi namunaviy o‘quv, ishchi o‘quv reja va o‘quv dasturiga muvofiq ishlab chiqildi.


Tuzuvchi:

S.A.Karimov. – SamDU o‘zbek tilshunosligi kafedrasi professori, f.f.d.

S.M.Umirova. – SamDU o‘zbek tilshunosligi kafedrasi o‘qituvchisi, f.d. (PhD)
Taqrizchilar:

Abdiyev A. – SamDU professori, f.f.d.
Fanning ishchi o‘quv dasturi SamDU o‘zbek tilshunosligi kafedrasining 2019-yil 22-iyundagi 14-son yig‘ilishida muhokamadan o‘tgan va fakultet kengashida muhokama qilish uchun tavsiya etilgan.
Kafedra mudiri: prof. Pardayev A.B.
Fanning ishchi o‘quv dasturi o‘zbek filologiyasi fakulteti o‘quv-uslubiy kengashida muhokama etilgan va foydalanishga tavsiya qilingan (2019-yil ___ iyuldagi ___-sonli bayonnoma).
Fakultet o‘quv-uslubiy

kengashi raisi prof. Abdiyev M.
Fanning ishchi o‘quv dasturi o‘zbek filologiyasi fakulteti Ilmiy kengashida muhokama etilgan va foydalanishga tavsiya qilingan (2019-yil ___iyuldagi ___-sonli bayonnoma.
Fakultet Ilmiy

kengashi raisi prof. Eltazarov J.

Kelishildi:

O‘quv uslubiy boshqarma boshlig‘i Aliqulov B.
I.O‘quv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy ta’limdagi o‘rni

O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovning “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asari, 2016-yil 13-maydagi “Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetini tashkil qilish to‘g‘risida”gi Farmoni (PF-4947) hamda “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”dan kelib chiqqan holda tilshunoslik sohasining predmeti, maqsadini yoritish, fan doirasida o‘rganiladigan asosiy masalalarning mazmun-mundarijasini belgilash, talabalarda tilning grammatik strukturasi, til va jamiyat, til va tafakkur munosabatlari, shuningdek, tilshunoslik metodlariga oid bilim va ko‘nikmalar hosil qilish, tilshunoslik tarixining eng muhim bosqichlari borasida tasavvur hosil qilish, asosiy lisoniy ta’limotlar va maktablar, yo‘nalishlar haqida ma’lumot berish muhim vazifalardan biridir.



II. O‘quv fanining maqsadi va vazifalari

Fanni o‘qitishning maqsadi tilshunoslik sohasining predmeti, vazifalarini yoritish, fan doirasida o‘rganiladigan asosiy masalalarning mazmun-mundarijasini belgilash, tilning ijtimoiy tabiati, shakllanish jarayoni, taraqqiyoti, til va jamiyat, til va tafakkur munosabati, til sathlari, dunyo tillari tavsifi, tasnifi, tilshunoslik maktablari, lingvistik tahlil metodlari, lisoniy universaliyalar va til strukturasi haqida ma’lumot berishdan iborat.

Fanni o‘qitishda O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining 2016-yil 13-maydagi PF-4947 raqamli farmonida ta’kidlanganidek, o‘zbek tili, uning o‘ziga xos xususiyatlari, ilmiy-nazariy, falsafiy-estetik asoslarini, zamonaviy ta’lim texnologiyalarini chuqur o‘zlashtirgan, davr talablariga javob beradigan yuksak malakali ilmiy va pedagog kadrlar tayyorlash; “Tilshunoslik nazariyasi” fanining vujudga kelishi va rivojlanishi bo‘yicha bilimlarni o‘zlashtirish va mustahkamlash; talabalarda tilshunoslik bo‘yicha boshlang‘ich bilim ko‘nikmalarini hosil qilish; tilning ijtimoiy tabiati, til sathlari, tilshunoslik fani bo‘limlari, tilshunoslikda faol qo‘llanadigan terminlar mohiyatini anglash, tilshunoslikning nazariy masalalariga ilmiy yondashuvni shakllantirish; tilshunoslik fanining tarixi, tilshunosik maktablari va yo‘nalishlari, tilshunoslik metodlari, lisoniy universaliyalar, lingvistik ta’limotlar va til strukturasi haqida bilim berish vazifalarini amalga oshirish nazarda tutiladi.

Fan bo‘yicha talabalarning bilim, ko‘nikma va malakalarga quyidagi talablar qo‘yiladi. Talaba:

- Tilning ijtimoiy tabiati, til va jamiyat munosabati, til va tafakkur munosabati, lison va nutq munosabati, asosiy lisoniy munosabatlar, til birliklari va nutq birliklarining o‘zaro mutanosibligi, tilning semiotik tabiati, tilning ramzlar tizimi sifatidagi ta’rifi, til sathlari, lisoniy paradigma asoslari, lisoniy tasnif asoslari, tilning tarixiy taraqqiyoti va o‘zgaruvchanligi, dunyo tillari va tillar tasnifi, tilshunoslikning ijtimoiy fanlar bilan bog‘liqligi, tilshunoslikning tabiiy fanlar bilan bog‘liqligi, qadimgi asrlar tilshunosligi, o‘rta asrlar tilshunosligi, Evropa uyg‘onish davridagi tilshunoslik haqida tasavurga ega bo‘lishi;

- tilshunoslikning ijtimoiy va tabiiy fanlar kesimida paydo bo‘lgan yangi chegaradosh fanlarni, qiyosiy-tarixiy tilshunoslik nazariyalari va metodlarini, sotsiolingvistik nazariyalar va metodlarni, struktur tilshunoslik nazariyalari va metodlarini bilishi va ulardan foydalani olishi;

- tillarning tipologik tasnifini faktik material asosida yoritish, til tiplari, til tiplarining asosiy belgilarini farqlash, morfologik tasnifni agglyutinativ va flektiv tillar misolida tahlil qilish, morfologik shakllarning xilma-xilligi, tillarning morfologik tipologiyasini tahlil qilish, geneologik tasnifni til oilalari va til guruhlari asosida izohlash, agglyutinativ tillar, flektiv tillar, qardosh tillar va qardosh bo‘lmagan tillar o‘rtasidagi munosabatni yoritish, lisoniy va nutqiy birliklarning o‘zaro munosabatini tahlil qilish, tilni umumiy, nutqni xususiy hodisa sifatida izohlash, til-tafakkur-nutq munosabatini mustaqil asoslash, tilshunoslik nazariyasi masalalari haqida mustaqil fikr yurita olish, diaxron tadqiqot metodlaridan foydalanish, sinxron tadqiqot metodlarini qo‘llay olish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak.
Fanning o‘quv rejadagi boshqa fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi va uslubiy jihatdan uzviy ketma-ketligi
«Tilshunoslik nazariyasi» asosiy ixtisoslik fani hisoblanib, 1-va 8-semestrlarda o‘qitiladi. «Tilshunoslik nazariyasi» dasturini amalga oshirish o‘quv rejasida keltirilgan «Tilshunoslik va tabiiy fanlar», «Sotsiolingvistika», «Turkiy tillarning qiyosiy-tarixiy grammatikasi», «Falsafa» fanlarida o‘rganiladigan muammolar borasida yetarli bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishni talab etadi.

Asosiy qism sifatiga qo‘yiladigan talab mavzularning dolzarbligi, ularning ish beruvchilar talablari va ishlab chiqarish ehtiyojlariga mosligi, mamlakatimizda bo‘layotgan ijtimoiy-siyosiy va demokratik o‘zgarishlar, iqtisodiyotni erkinlashtirish, iqtisodiy-huquqiy va boshqa sohalardagi islohotlarning ustuvor masalalarini qamrab olishi hamda fan va texnologiyaning so‘nggi yutuqlari e’tiborga olinishi tavsiya etiladi.


Fanning ishlab chiqarishdagi o‘rni

Talabalarda tilshunoslik bo‘yicha boshlang‘ich bilimlarni shakllantirish; tilshunoslikda faol qo‘llaniladigan terminlarni o‘zlashtirish va tilshunoslikka oid nazariy masalalarning hal qilinishi va yoritilishi, umumiy tilshunoslik fanining shakllanish bosqichlari, xususan, antik davr, o‘rta asrlar Yevropa va Sharq tilshunosligining shakllanishi va taraqqiy topishi, XIX boshlarida qiyosiy-tarixiy tilshunoslikning tarkib topishi va uning negizida umumiy tilshunoslik fanining o‘z maqomiga ega bo‘lishi, XX asr boshlaridan e’tiboran struktural tilshunoslik va uning yo‘nalishlariga asos solinishi borasida muayyan bilimga ega bo‘lish va ularni amaliyotda tatbiq etish muhim ahamiyat kasb etadi.



Fanni o‘qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar

«Tilshunoslik nazariyasi» fanini o‘zlashtirishda o‘qitishning ilg‘or va zamonaviy usullaridan foydalanish, yangi informatsion-pedagogik texnologiyalarni tatbiq qilish muhim ahamiyatga egadir. Dasturda ko‘rsatilgan mavzular ma’ruza, amaliy mashg‘ulot, seminar mashg‘ulotlari shaklida olib boriladi, shuningdek, fanning dolzarb masalalari talabalarga mustaqil ta’lim sifatida o‘zlashtirish uchun beriladi. Fanni o‘zlashtirishda darslik, o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar, ma’ruza matnlari, tarqatma materiallar, texnik vositalardan foydalaniladi. Ma’ruza, amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlari zamonaviy pedagogik texnologiyaning «Klaster», «Bumerang», «Keys-stadi», «Matbuot konferetsiyasi» singari metodlari orqali hamda slaydlar, multimedia namoyishlari bilan o‘tkaziladi.


III. Asosiy qism

Tilshunoslik nazariyasi

1-modul. «Tilshunoslikka kirish» fani mazmuni.

1-mavzu. Fanning maqsadi, vazifalari.

Tilshunoslik mustaqil fan sifatida. Tilshunoslik fanining tushunchaviy terminologik apparati. Tilning ijtimoiy, biologik, fiziologik tabiati. Til kishilar o‘rtasidagi aloqa quroli sifatida. Qiyosiy-tarixiy tilshunoslikning vujudga kelishi. Intralingvistika. Ekstralingvistika.



2-mavzu. Tilning ijtimoiy mohiyati.

Til va jamiyat. Til taraqqiyotining jamiyat taraqqiyoti bilan bog‘liqligi. Kishilik tarixida urug‘dosh til, qabila tili. Elat, xalq, millat tili. Tilning ijtimoiy vazifalari: emotiv, akkumulyativ, estetik, metalisoniy va b. tilning jamiyatdagi ko‘rinishlari. Og‘zaki va yozma nutq. Yozuv va savodxonlik muammolari. Me’yorlashtirilgan tillar. Adabiy til va shevalar. Jamiyatning tilga va tilning jamiyatga ta’siri. Tillarning chatishuvi masalasi. Kreol tillar. Pijin tillari. Substrat va superstat hodisasi. Millatlararo tillar. Xalqaro tillar. Sun’iy til.



2-modul. Til va tafakkur masalalari.

3-mavzu. Til va tafakkur.

Til birliklari va mantiqiy tushunchalarning o‘zaro munosabati. Tafakkur – tashqi moddiy olamning kishilar miyasida aks etishi. Tafakkur mahsuli tildagi so‘zlar, so‘z birikmalari va jumlalar ekanligi. Til qurilishi qonunlari va tafakkur qonunlari (birliklari).



4-mavzu. Til-tafakkur-nutq munosabati

Til va nutqiy faoliyat. Nutq faoliyati. Og‘zaki va yozma nutq. Lisoniy va nutqiy birliklar. Til birliklarining alohida alohida tizim sifatida o‘zaro mutanosibligi. Lisoniy paradigma va lisoniy munosabatlarning asoiy turlari. Lisoniy tasnif asoslari.



5-mavzu. Til – ramzlar tizimi.

Tilning semiotik tabiati. Til birliklarining tizim sifatidagi munosabati. Til strukturasi elementlar – til sathlari. Tilshunoslik fani bo‘limlari. Tilning fonetik tuzilishi, morfologik qurilishi, so‘z yasalishi va lug‘at tarkibi. Yozuv. Yozuv tarixidan. Yozuv turlari. Piktografik, ideografik, logografik va fonografik yozuvlar. O‘rta Osiyo xalqlari tomonida qo‘llangan yozuvlar. Yozuvning hozirgi ko‘rinishlari.



3-modul. Til taraqqiyoti. Dunyo tillari.

6-mavzu. Tillarning shakllanishi va taraqqiy qilishi.

Tilning paydo bo‘lishi haqidagi farazlar. Tilning tarixiy taraqqiyoti va o‘zgaruvchanligi. Tillarning o‘zaro ta’siri va rivojlanishi. Sinxronik va diaxronik o‘zgarishlar. Tildagi tarixiy-fonetik o‘zgarishlarni o‘rganuvchi soha qiyosiy-tarixiy tilshunoslik ekanligi. Qardosh tillardagi (slavyan, german, roman tillari, turkiy tillar) tarixiy fonetik o‘zgarishlar. Qiyosiy fonetikaning vazifalari.



7-mavzu. Dunyo tillari. O‘lik tillar. Tillarning geneologik va tipologik tasniflari. Til oilalari. Til guruhlari. Turkiy tillari oilasi. Qo‘shimchali va qo‘shimchasi tillar. Qo‘shimcha turlari.

«Tilshunoslikka kirish» fanidan mashg‘ulotlarning mavzular va soatlar bo‘yicha taqsimlanishi:


t/r

Mavzular nomi

Jami

soat

Ma’ruza

Amaliy

1

Fanning maqsadi, vazifalari.

4

2

2

2

Tilning ijtimoiy tabiati.


4

2

2

3

Og‘zaki va yozma nutq.


4

2

2

4

Til va tafakkur.

4

2

2

5

Til-tafakkur-nutq munosabati

4

2

2

6

Til ramzlar tizimi

4

2

2

7

Tilshunoslik fani bo‘limlari. Fonetik sath.

8

4

4

8

Leksik sath. Lug‘at tarkibi.

8

4

4




Morfemik va morfologik sath

8

4

4

9

Yozuv. Yozuv tarixidan.

4

2

2

10

Tillarning shakklanish va taraqqiy qilishi

8

4

4

11

Dunyo tillari va tillar tasnifi.

8

4

4




Jami

68

34

34



MA’RUZA MASHGULOTLARI

1-modul. «Tilshunoslikka kirish» fani mazmuni.

1-mavzu: Fanning maqsadi, vazifalari.

Tilshunoslik mustaqil fan sifatida. Tilshunoslik fanining tushunchaviy terminologik apparati. Tilning ijtimoiy, biologik, fiziologik tabiati. Til kishilar o‘rtasidagi aloqa quroli sifatida. Qiyosiy-tarixiy tilshunoslikning vujudga kelishi. Intralingvistika. Ekstralingvistika

Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondoshuv, muammoli ta’lim. Blis, munozara, o’z-o’zini nazorat.
2-mavzu: Tilning ijtimoiy mohiyati.

Til va jamiyat. Til taraqqiyotining jamiyat taraqqiyoti bilan bog‘liqligi. Kishilik tarixida urug‘dosh til, qabila tili. Elat, xalq, millat tili. Tilning ijtimoiy vazifalari: emotiv, akkumulyativ, estetik, metalisoniy va b. tilning jamiyatdagi ko‘rinishlari.

Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondoshuv, muammoli ta’lim. Blis, munozara, o’z-o’zini nazorat.
3-mavzu: Og‘zaki va yozma nutq.

Og‘zaki va yozma nutq. Yozuv va savodxonlik muammolari. Me’yorlashtirilgan tillar. Adabiy til va shevalar. Jamiyatning tilga va tilning jamiyatga ta’siri. Tillarning chatishuvi masalasi. Kreol tillar. Pijin tillari. Substrat va superstat hodisasi. Millatlararo tillar. Xalqaro tillar. Sun’iy til.

Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondoshuv, muammoli ta’lim. Blis, munozara, o’z-o’zini nazorat.
2-modul. Til va tafakkur masalalari

4-mavzu: Til va tafakkur.

Til birliklari va mantiqiy tushunchalarning o‘zaro munosabati. Tafakkur – tashqi moddiy olamning kishilar miyasida aks etishi. Tafakkur mahsuli tildagi so‘zlar, so‘z birikmalari va jumlalar ekanligi. Til qurilishi qonunlari va tafakkur qonunlari (birliklari).

Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondoshuv, muammoli ta’lim. Blis, munozara, o’z-o’zini nazorat.
5-mavzu: Til-tafakkur-nutq munosabati.

Til va nutqiy faoliyat. Nutq faoliyati. Og‘zaki va yozma nutq. Lisoniy va nutqiy birliklar. Til birliklarining alohida alohida tizim sifatida o‘zaro mutanosibligi. Lisoniy paradigma va lisoniy munosabatlarning asoiy turlari. Lisoniy tasnif asoslari.

Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondoshuv, muammoli ta’lim. Blis, munozara, o’z-o’zini nazorat.
6-mavzu: Til – ramzlar tizimi.

Tilning semiotik taiati. Til birliklarining tizim sifatidagi munosabati. Til strukturasi elementlar – til sathlari.

Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondoshuv, muammoli ta’lim. Blis, munozara, o’z-o’zini nazorat.
7-mavzu: Tilshunoslik fani bo‘limlari.

Tilshunoslik fani bo‘limlari. Tilning fonetik tuzilishi. Fon va fonema. Tilning fonetik sathi.

Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondoshuv, muammoli ta’lim. Blis, munozara, o’z-o’zini nazorat.
8-mavzu: Morfologik va leksik sath. Lug‘at tarkibi.

Tilning morfologik qurilishi, so‘z yasalishi va lug‘at tarkibi. Lug‘at turlari.

Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondoshuv, muammoli ta’lim. Blis, munozara, o’z-o’zini nazorat.

9-mavzu: Yozuv. Yozuv tarixidan.

Yozuv. Yozuv tarixidan. Yozuv turlari. Piktografik, ideografik, logografik va fonografik yozuvlar. O‘rta Osiyo xalqlari tomonida qo‘llangan yozuvlar. Yozuvning hozirgi ko‘rinishlari.

Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondoshuv, muammoli ta’lim. Blis, munozara, o’z-o’zini nazorat.
3-modul. Til taraqqiyoti. Dunyo tillari.

10-mavzu: Tillarning shakklanish va taraqqiy qilishi.

Tilning paydo bo‘lishi haqidagi farazlar. Tilning tarixiy taraqqiyoti va o‘zgaruvchanligi. Tillarning o‘zaro ta’siri va rivojlanishi. Sinxronik va diaxronik o‘zgarishlar. Tildagi tarixiy-fonetik o‘zgarishlarni o‘rganuvchi soha qiyosiy-tarixiy tilshunoslik ekanligi. Qardosh tillardagi (slavyan, german, roman tillari, turkiy tillar) tarixiy fonetik o‘zgarishlar. Qiyosiy fonetikaning vazifalari.

Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondoshuv, muammoli ta’lim. Blis, munozara, o’z-o’zini nazorat.
11-mavzu: Dunyo tillari va tillar tasnifi.

Dunyo tillari. O‘lik tillar. Tillarning geneologik va tipologik tasniflari. Til oilalari. Til guruhlari. Turkiy tillari oilasi. Qo‘shimchali va qo‘shimchasiz tillar. Qo‘shimcha turlari.



Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondoshuv, muammoli ta’lim. Blis, munozara, o’z-o’zini nazorat.
«TILSHUNOSLIK NAZARIYASI» FANI BO‘YICHA

MASHG‘ULOTLAR TAQVIM-TEMATIK REJASI:

    1. MA’RUZALAR




t/r

Mavzular nomi

Soat

O‘tish vaqti

1

Fanning maqsadi, vazifalari.

2




2

Tilning ijtimoiy tabiati.


2




3

Og‘zaki va yozma nutq.


2




4

Til va tafakkur.

2




5

Til-tafakkur-nutq munosabati

2




6

Til ramzlar tizimi

2




7

Tilshunoslik fani bo‘limlari. Fonetik sath.

4




8

Leksik sath. Lug‘at tarkibi.

4







Morfemik va morfologik sath

4




9

Yozuv. Yozuv tarixidan.

2




10

Tillarning shakklanish va taraqqiy qilishi

4




11

Dunyo tillari va tillar tasnifi.

4







Jami

34





1.2. Amaliy mashg‘ulotlar


t/r

Amaliy mashg’ulotlar nomi va mazmuni

Soat

O‘tish vaqti

1

Tilning ijtimoiy tabiati.

2




2

Tilning ijtimoiy vazifalari.


2




3

Me’yorlashtirilgan tillar. Adabiy til va shevalar. Kreol tillar. Pijin tillari. Tillarning chatishuvi masalasi.


2




4

Til va tafakkur.


2




5

Til va nutq munosabati.

2




6

Tilning semiotik tabiati. Til – ramzlar tizimi.

2




7

Til sathlari.

4




8

Tilning leksik-semantik sathi.

4




9

Grammatik sath. Til birliklarining alohida tizim sifatida o‘zaro mutanosibligi.

4




10

Nutqning fonetik bo‘linishi. Nutq jarayonidagi o‘zgarishlar. Fraza, takt, sintagma. Fonetik o‘zgarishlar. Morfologik qayta bo‘linish.

2




11

Til taraqqiyotidagi ichki va tashqi omillar.

4




12

Yozuv va uning tarixiy ko‘rinishlari.

4







Jami

34





MUSTAQIL TA’LIMNI TASHKIL ETISHNING SHAKL VA MAZMUNI

«Tilshunoslik nazariyasi» fanini o‘rganuvchi talabalar auditoriyada olgan nazariy bilimlarini mustahkamlash va leksikografiyaning nazariy masalalarini tahlil qilishda muayyan ko‘nikma hosil qilish uchun mustaqil ta’lim tizimiga asoslanib, kafedra professor-o‘qituvchilari rahbarligida mustaqil ish bajaradilar. Bunda ular qo‘shimcha adabiyotlarni o‘rganib hamda internet saytlaridan foydalanib, referatlar, ilmiy ma’ruzalar tayyorlaydilar, amaliy mashg‘ulot mavzusiga doir uy vazifalarini bajaradilar, ko‘rgazmali qurollar va slaydlar hozirlaydilar.

- amaliy mashg‘ulotlarga tayyorgarlik;

- seminar mashg‘ulotlariga tayyorgarlik;

- darslik va o‘quv qo‘llanmalar bo‘yicha fan boblari va mavzularini o‘rganish;

- tarqatma materiallar bo‘yicha ma’ruza qismini o‘zlashtirish;

- maxsus adabiyotlar bo‘yicha fan bo‘limlari yoki mavzular ustida ishlash;

- o‘quv, ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan fan bo‘limlari va mavzularini chuqur o‘rganish


MUSTAQIL TA’LIMNI TASHKIL ETISHNING SHAKLI VA MAZMUNI

Mustaqil ta’lim uchun quyidagi topshiriqlarni bajarish tavsiya etiladi:





Mavzu

soati

1.

Tilning tizim sifatidagi mohiyati.

6

2.

Tilshunoslik va semiotika.

6

3.

Sharq mutafakkirlarining til shakllanishiga oid qarashlari.

6

4.

Til oilalari: Hind-Yevropa tillar oilasi. Roman tillari.

6

5.

Leksemaning semantik tabiati; leksema va semema.

6

6.

Lug‘aviy sath taraqqiyotining ichki va tashqi manbalari.

6

7

Lug‘aviy birliklarning qo‘llanish doirasiga ko‘ra guruhlanishi: iste’mol doirasi chegaralangan va keng iste’mol qatlami.

6

8

Terminlar mohiyati.

8

9

Frazemalarning semantik turlari: omonim, sinonim, antonim iboralar.

6

10

Grammatika – til gap qurilishini o‘rganuvchi soha sifatida. Morfologiya va sintaksis.

8




JAMI

64


«Tilshunoslik nazariyasi» fanidan talabalar bilimini reyting tizimi asosida baholash mezoni. Reyting baholash tizimi
«Tilshunoslik nazariyasi» fanidan talabalar bilimini baholash O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2018-yil 9-avgustdagi 19-018-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan «Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimi to‘g‘risida»gi Nizom asosida amalga oshiriladi.

Mazkur fandan talabalar bilimini nazorat qilish oraliq va yakuniy nazorat turlarini o‘tkazish orqali amalga oshiriladi.

Talabalar bilimini baholash 5 baholik tizimda amalga oshiriladi.

Talabalarning bilimi quyidagi mezonlar asosida:

talaba mustaqil xulosa va qaror qabul qiladi, ijodiy fikrlay oladi, mustaqil mushohada yuritadi, olgan bilimini amalda qo‘llay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatini tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) bo‘yicha tasavvurga ega deb topilganda – 5 (a’lo) baho;

talaba mustaqil mushohada yuritadi, olgan bilimini amalda qo‘llay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatni tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) bo‘yicha tasavvurga ega deb topilganda – 4 (yaxshi) baho;

talaba olgan bilimini amalda qo‘llay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatni tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) bo‘yicha tasavvurga ega deb topilganda – 3 (qoniqarli) baho;

talaba fan dasturini o‘zlashtirmagan, fanning (mavzuning) mohiyatini tushunmaydi hamda fan (mavzu) bo‘yicha tasavvurga ega emas deb topilganda – 2 (qoniqarsiz) baho bilan baholanadi.



Baholashni 5 baholik shkaladan 100 ballik shkalaga o‘tkazish

JADVALI

5 baholik shkala

100 ballik shkala




5 baholik shkala

100 ballik shkala




5 baholik shkala

100 ballik shkala

5,00 — 4,96

100

4,30 — 4,26

86

3,60 — 3,56

72

4,95 — 4,91

99

4,25 — 4,21

85

3,55 — 3,51

71

4,90 — 4,86

98

4,20 — 4,16

84

3,50 — 3,46

70

4,85 — 4,81

97

4,15 — 4,11

83

3,45 — 3,41

69

4,80 — 4,76

96

4,10 — 4,06

82

3,40 — 3,36

68

4,75 — 4,71

95

4,05 — 4,01

81

3,35 — 3,31

67

4,70 — 4,66

94

4,00 — 3,96

80

3,30 — 3,26

66

4,65 — 4,61

93

3,95 — 3,91

79

3,25 — 3,21

65

4,60 — 4,56

92

3,90 — 3,86

78

3,20 — 3,16

64

4,55 — 4,51

91

3,85 — 3,81

77

3,15 — 3,11

63

4,50 — 4,46

90

3,80 — 3,76

76

3,10 — 3,06

62

4,45 — 4,41

89

3,75 — 3,71

75

3,05 — 3,01

61

4,40 — 4,36

88

3,70 — 3,66

74

3,00

60

4,35 — 4,31

87

3,65 — 3,61

73

3,0 dan kam

60 dan kam

ONda 60 balldan past ball to‘plagan talaba fanni o‘zlashtirmagan hisoblanadi. ON ni o‘zlashtirmagan talabalarga qayta topshirish imkoniyati beriladi. ON bo‘yicha olinadigan yozma ishlarni tekshirish kafedra mudiri rahbarligida tashkil etiladi va kafedrada o‘quv yilining oxirigacha saqlanadi.


YaNni baholash

Yakuniy nazorat «Tilshunoslik nazariyasi» fanining barcha mavzularini qamrab olgan bo‘lib, oraliq nazoratdan 60 balldan past ball to‘plagan talabalar yakuniy nazoratga qo‘yilmaydi. Yakuniy nazorati o‘tkazilishidan maqsad talabalarning fan bo‘yicha o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari, ya’ni bilim darajasi yoki muammolarni yechish ko‘nikmalari va malakalari aniqlanadi. YaN ishlari yozma ravishda o‘tkazilishi nazarda tutilgan, nazorat savollari ishchi o‘quv dasturi asosida tayyorlanadi. Yakuniy nazoratni topshira olmagan talaba o‘zlashtirmagan hisoblanadi va YaNga kiritilmaydi. YaNni o‘zlashtirmagan talabalarga qayta topshirish imkoniyati beriladi. YaN bo‘yicha olinadigan yozma ish variantlari kafedra mudiri rahbarligida tuziladi va dekanatlarga topshiriladi. Yakuniy nazorati fan bo‘yicha o‘quv mashg‘uloti olib bormagan o‘qituvchi tomonidan o‘tkaziladi. Yakuniy nazorati ham yuqorida keltirilgan 100 ballik jadval asosida baholanadi.

Talaba nazorat natijalaridan norozi bo‘lsa, fan bo‘yicha nazorat turi natijalari e’lon qilingan vaqtdan boshlab bir kun mobaynida fakultet dekaniga ariza bilan murojaat etishi mumkin. Bunday holda fakultet dekanining taqdimnomasiga ko‘ra rektor buyrug‘i bilan 3 (uch) a’zodan kam bo‘lmagan tarkibda apellyatsiya komissiyasi tashkil etiladi.

Apellyatsiya komissiyasi talabalarning arizalarini ko‘rib chiqib, shu kunning o‘zida xulosasini bildiradi. Baholashning o‘rnatilgan talablar asosida belgilangan muddatlarda o‘tkazilishi hamda rasmiylashtirilishi fakultet dekani, kafedra mudiri, o‘quv-uslubiy boshqarma hamda ichki nazorat va monitoring bo‘limi tomonidan nazorat qilinadi.

Yakuniy nazorat «Yozma ish» shaklida amalga oshiriladi, sinov ko‘p variantli usulda o‘tkaziladi. Har bir variant 5 ta nazariy savoldan iborat. Nazariy savollar fan bo‘yicha tayanch so‘z va iboralar asosida tuzilgan bo‘lib, fanning barcha mavzularini o‘z ichiga qamrab olgan.

Har bir nazariy savolga yozilgan javoblar bo‘yicha o‘zlashtirish ko‘rsatkichi 20 ball oralig‘ida baholanadi. Talaba maksimal 100 ball to‘plashi mumkin. Yozma sinov bo‘yicha umumiy o‘zlashtirish ko‘rsatkichini aniqlash uchun variantda berilgan savollarning har biri uchun yozilgan javoblarga qo‘yilgan o‘zlashtirish ballari qo‘shiladi va yig‘indi talabaning yakuniy nazorat bo‘yicha o‘zlashtirish bali hisoblanadi. Yangi baholash nizomiga asosan 100 ballik shkala, 5 baholik shkala o‘tkaziladi.



Foydalaniladigan adabiyotlar roʻyxati

1.Rahbariy adabiyotlar:

1. Мирзиёев Ш. Буюк келажагимизни мард ва олижаноб халқимиз билан бирга қурамиз. – Тошкент: Ўзбекистон. 2017.

2.Мирзиёев Ш. Қонун устуворлиги ва инсон манфаатларини таъминлаш – юрт тараққиёти ва халқ фаровонлигининг гарови. – Тошкент: Ўзбекистон, 2017.

3. Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2017 йил 7 февралдаги ПФ-4947-сонли «Ўзбекистон Республикасини янада ривожлантириш бўйича Ҳаракатлар стратегияси тўғрисида»ги Фармони.

4. Каримов И.А. Адолатли жамият сари. – Тошкент: Ўзбекистон, 1998.

5.Каримов И.А. Юксак маънавият – енгилмас куч. – Тошкент: Маънавият, 2008.



2.Asosiy adabiyotlar:

  • Abduazizov A.Tilshunoslik nazariyasiga kirish. -Toshkent, 2010.

  • Ирисқулов И.Тилшуносликка кириш. -Тошкент, 2009.

  • Rasulov R.Umumiy tilshunoslik. -Тoshkent, 2013.

  • Тилшунослик назарияси ва методологияси. Тузувчи: Ҳ. Дадабоев. –Тошкент, 2004.

  • Хolmanova Z. Tilshunoslikka kirish. -Toshkent, 2007.


3.Qo‘shimcha adabiyotlar:

  • Абдуазизов А., Шереметова А. Общее языкознание. - Тошкент, 2004.

  • Баскаков Н. А., Содиқов А. С., Абдуазизов А. Умумий тилшунослик. -Тошкент, 1979.

  • Бушуй А.М., Сафаров Ш. Тил қурилиши: таҳлил методлари ва методологияси. - Тошкент: Фан, 2007.

  • Гельб И.Е. Опыт изучения письма (Основы грамматологии). -М.,1982.

  • Историяписьма. -М., 1979.

  • Козлова М.С. Философия и язык. -М., 1972.

  • Нeъмaтoв Ҳ., Бoзoрoв O. Тил вa нутқ. -Тошкент, 1993.

  • Нурмонов А., Йўлдошев Б. Тилшунослик ва табиий фанлар. -Тошкент, 2001.

  • Нурмонов А. Структур тилшунослик: илдизлари ва йўналишлари. -Андижон, 2006.

  • Nurmonov A.Lingvistik tadqiqot metodologiyasiva metodlari.-Toshkent, 2010.

  • Рaҳмaтуллaeв Ш. Тил қурилишининг aсoсий бирликлaри. -Тошкент, 2002.

  • Рaҳмaтуллaeв Ш. Систем тилшунослик асослари. -Тошкент, 2007.

  • СоссюрФ. де. Курс общей лингвистики. Труды пообщему языкознанию. -М. 1977.

  • Филин Ф.П. Очерки по теории языкознания. -М., 1982.

  • Шайкевич А.Я., Абдуазизов А.А., Гурджиева Е.А. Введение в языкознание. -Тошкент: Ўқитувчи, 1989.

  • Щитка Н.Н., Юсупова К.Н. Введение в языкознание. –Тошкент, 2006.

  • Якушин Б.В. Гипотезы о происхождении языка. -М., 1984.

  • Ҳoжиeв A. Тилшунoслик тeрминлaрининг изoҳли луғaти. -Тошкент, 2002.

4.Elektron manbalar

  • Тилшунослик назарияси. ЎУМ. ЎзМУ, 2011. Ўзбек филологияси факультети кутубхонаси.

  • www. literature.uz

  • www. genhis philol.ru.

  • http://en.wikipedia.org/wiki/Structuralism

  • http://www.brocku.ca/english/courses/4F70/struct.html

  • www. literature.uz

  • www. genhis philol.ru

  • http://en.wikipedia.org/wiki/Structuralism

  • http://www.brocku.ca/english/courses/4F70/struct.html






Download 171 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling