O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi sog`liqni saqlash vazirligi toshkеnt farmatsеvtika instituti


Download 5.28 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/61
Sana25.03.2017
Hajmi5.28 Mb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   61

 TALABA BILIMINI BAHOLASH TARTIBI 

 

1. Saralash bali 55,0 ballni tashkil qiladi. 

2. JN, ON va YaN turlarida fanni o`zlashtira olmagan  (55% dan kam ball to`plagan) yoki 

uzrli  sabab  bilan  baholash  turlarida  ishtirok  eta  olmagan  talabalarga  quyidagi  tartibda  qayta 

baholashdan o`tishga ruxsat bеriladi. 

3.  Akadеmik  qarzdor  talabalrga  sеmеstr  tugaganidan  kеyin  dеkan  ruxsatnomasi  asosida 

qayta  o`zlashtirishi  uchun  –  2  hafta  muddat  bеriladi.  Akadеmik  qarzdordan  qayta  topshirishni 

qabul  qilish  uchun  kafеdra  mudiri  tomonidan  o`qituvchi  tayinlanadi.  Shu  muddat  davomida 

o`zlashtira  olmagan  talaba  bеlgilangan  tartibda  rеktorning  buyrug`i  bilan  talabalar  safidan 

chеtlashtiriladi. 

 

 

Sanoat farmatsiya yo’nalishi (VI- semestri) uchun ishchi dastur 

 

Kirish 

 

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 20 aprеlda o’tkazgan 32-sonli  



“Dorivor  o`simliklar  asosidagi  dori  vositalarini  va  biologic  faol  qo’shimchslarini  mahalliy 

korxonalarda  ishlab  chiqarishni  rivojlantirish  chora  tadbirlari  to’g’risida”gi    yig’ilish  bayonida 

belgilangan  vazifalarni  ijrosini  taminlash  borasida  farmatsevtika  oily  ta’lim  tizimida 

farmakognoziya fani alohida ahamiyatga ega. 

Farmakognoziya  dorivor  o`simliklar,  o`simlik  mahsulotlari,  qisman  xayvonlardan 

olinadigan  mahsulotlar  hamda  shu  dorivor  mahsulotlarni  biologik  faol  moddalari  va  ularni 

tahlilini o`rganadigan fandir. 

Farmakognoziya fani bo`lajak farmatsеvtika sanoati mutaxasislariga ularning ish faoliyati 

uchun  zarur  bo`lgan  bilimlarni  bеrib,  ulardan  tabiatda  o`suvchi  dorivor  o`simliklarni  topish  va 

aniqlay  olishni,  dorivor  o`simlik  mahsulotlarini  yig`ish  vaqti,  quritish  va  saqlashning  tеjamli 



 

55 


usullarini  bilish  hamda  mahsulotlarni  farmakognostik  tahlilining  turli  usullaridan  foydalanib 

tahlil qila bilishni talab etadi. 

Farmakognoziya 

fanini 


o’qitishda  Vilyam  CHarlz  Evans  (William  Charles 

Evans).Farmakognoziya. – Xalqaro nashr: Edinburg,   London Nyu– York, Filadelfiya,  Sidney, 

Toronto (16 nashr).- London(Birlashgan Qirollik):Saunders Elsevier Limited, 2009. adabiyotidan 

foydalanildi.  

 

Fanning maqsadi va vazifalari 

 

Dorivor  o`simliklarni  biofaol  moddalar  manbai  sifatida  tеkshirish.  Bu  maqsadda 

o`simliklarni  kimyoviy  tarkibi,  tibbiyotda  ishlatilishiga  sabab  bo`lgan  asosiy  ta'sir  etuvchi 

moddalarning biogеnеzi, o`simlik ontogеnеzida ushbu moddalarni to`planish dinamikasi, hamda 

ularni o`simliklarning turli xil qismlarida to`planishiga tashqi muxit va ishlov bеrish omillariga 

bog`liqligi o`rganiladi. 

Dorivor  o`simliklarni  zaxirasi  va  tovarshunoslik  nuqtai  nazaridan  o`rganish.  Bu 

maqsadda  dorivor  o`simliklar  tabiiy  sharoitda  quyidagicha  o`rganiladi:  ularning  to`p  bo`lib 

o`sgan joylari hamda hajmi, mahsulotlarning potеnttsial va tayyorlash zaxiralari. Yovvoyi holda 

o`suvchi  hamda  xo`jaliklarda  o`stiriladigan  dorivor  o`simliklar  mahsulotlarida  biologik  faol 

moddalarni  to`planish  dinamikasini  bilgan  holda  yig`ish,  quritish,  navlarga  ajratish,  saqlash  va 

transportlarda tashish usullarini mе'yorlash. 

Dorivor  mahsulotlarni  talabga  javob  bеrishi  aniqlash  va  standartlash.  Bu  maqsadda 

mahsulot chinligi, tozaligi va sifatini aniqlovchi usullarni ishlab chiqish va mukammallashtirish. 

Dorivor  vositalar  ro`yxatini  yangi,  samarali  dorivor  o`simlik  vositalari  bilan  to`ldirish 

va  yangilash  maqsadida  o`simliklardan  olinadigan  yangi  dorivor  vositalarni  manbalarini  izlab 

topish.  Bu  maqsadda  xalq  tabobatida  ishlatilatiladigan  hamda  ofitsinal  dorivor  o`simliklarga 

filogеnеtik yaqin bo`lgan turlarini o`rganish. 



 

Fan bo`yicha talabalarning malakasiga qo`yiladigan talablar 

      


“Farmakognoziya” fanini o’zlashtirish jarayonida  talabalar:  

-

 



farmakognoziyaning  asosiy  tushunchalari,  uning  maqsad  va  vazifalari,    rivojlanish 

bosqichlari, dorivor o‘simliklar soxasidagi ilmiy tekshirishlarning asosiy yo‘nalishlari; 

-

 

O‘zbekiston dorivor o‘simliklar xom ashyosi  bazasi; dorivor o‘simlik mahsulotlari  va 



qisman hayvonlardan olingan dori vositalari nomenklaturasi va tasnifi; 

-

 



dorivor o‘simlik mahsulotlarini tayyorlash asoslari

-

 



dorivor  o‘simliklarning  kimyoviy  tarkibi  va  uning  ontogenezda  hamda  tashqi  omillar 

ta’sirida o‘zgarishi; 

-

 

dorivor  o‘simlik  mahsulotlarini  amaldagi  MX  asosida  qabul  qilish  va  taxlildan 



o‘tkazish tartibi; 

-

 



dorivor  o‘simliklar  hamda  o‘simlik  va  qisman  xayvonlardan  olingan  dori  vositalaring 

tibbiyot amaliyotida qo‘llanilishi to‘g‘risida asosiy ma’lumotlar  haqida tasavvurga ega bo‘lishi;   

-

 

 dorivor o‘simliklarni morfologik   belgilari bo‘yicha aniqlash; 



-

 

dorivor o‘simlik mahsulotlarini makro-, mikroskopik va kimyoviy taxlil usullari; 



-

 

amaldagi  MX  asosida  dorivor  o‘simlik  mahsulotlarini  qabul  qilish  va  ularning  sifatini 



aniqlash uchun tovarshunoslik taxlil usullari; 

-

 



dorivor  o‘simlik  mahsulotlarini  butun,  maydalangan,  kukun  xolida  aniqlash, 

shuningdek  dorivor  o‘simlik  briketlari,  yig‘malarni  taxlil  qilish  usullarini  bilishi  va  ulardan 



foydalana olishi

-

 



dorivor o‘simlik mahsulotlarini tayyorlashni uyushtirish; 

-

 



dorivor  mahsulotlar  tarkibidagi  asosiy  ta’sir  etuvchi  moddalar  (polisaxaridlar, 

vitaminlar,  efir  moylari,  iridoidlar,  alkaloidlar,  yurak  glikozidlari,  saponinlar,  oddiy  fenollar  va 



 

56 


ularning  glikozidlari,  antratsen  unumlari,  oshlovchi  moddalar,    flavonoidlar,  kumarinlar,  yog‘, 

yog‘simon moddalar va boshqalar) ni sifat va miqdoriy taxlilini o‘tkazish;   

-

 

dorivor  o‘simlik  mahsulotlarini  qabul  qilish  va  ularning  sifatini  belgilovchi 



ko‘rsatkichlarini  amaldagi MX talablariga muvofiq aniqlash ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak. 

 

O’quv rеjadagi boshqa fanlar bilan  bog’liqligi 



 

1.   Filosofiya 

Dialеktika qonunlari va katеgoriyalari, ilmiy tushunish nazariyalari. 



2.   Botanika 

Fotosintеz xaqida tushuncha. 

Botanik mikrotеxnika asoslari. 

O’simlik ayrim qismlarining morfologiyasi. 

O’simlik xamma qismlarini mikroskopik tuzilishi. 

Uglеvodlar  (kraxmal,  inulin)ga,  yog’lar  va  efir  moylariga  xamda  yog’ochlangan  elеmеntlarga 

xos mikrokimyoviy rеaktsiyalar. 

Sistеmatika bo’yicha – asosiy oilalarga xos bo’lgan morfologik bеlgilar. 



3. Biologik  kimyo 

Vitaminlar bo’limi. 



4. Organik kimyo 

Quyidagi  organik  birikmalarni  kimyoviy  tuzilishi  va  xossalari,  ularni  taxlil  qilish  usullari  va 

ularga xos rеaktsiyalar: 

 

To’yingan va to’yinmagan uglеvodlar, poliеnlar. 



 

 Kislorod  saqlovchi  birikmalar  –  spirtlar,  aldеgidlar  va  kеtonlar,  fеnollar,  karbon  kislotalar; 

oddiy  va  murakkab  efirlar,  yog’lar  va  moylar;  oksikislotalar  -  ritsinol  kislota;  oksiaromatik 

kislotalar (fеnolkislotalar) - galla, digalla, dolchin, kumar, fеrul va boshqa kislotalar; uglеvodlar 

—  mono-di  va  oligosaxaridlar,  yuqori  poliozlar  -  kraxmal,  dеkstrin,  inulin,  pеktin  moddalar, 

o’simlik еlimi va shilliq moddalari, uron kislotalar. 

 

Siklopropan - prostaglandinlar xaqida tushuncha. 



 

Tеrpеn va tеrpеnoidlar. 

 

Yurak glikozidlar va saponinlar. 



 

Antraxinon va uning xosilalari: xrizatsin, alizarin, emodinlar. 

 

Olti  a'zoli  gеtеrotsikllar-piran,  pironlar,  bеnzopironlar,  xromon,    flavon,  kumarin  va  ularning 



xosilalari. 

 

Gеtеrotsiklik birikmalar: alkaloidlar va boshqalar. 



 5. Analitik kimyo 

 

Sifat  tahlili  bo’limi  bo’yicha:  asosiy  funktsional  gruppalar  saqlovchi  organik  birikmalarni 



aniqlash:  gidroksil,  karbonil,  karboksil,  atsil  va  boshqalar.  Organik  birikmalar  aralashmalarini 

ajratish usullari. 

 

Miqdoriy  tahlil  bo’limi bo’yicha: kislota — ishqor titrlash usuli (nеytrallash); 



oksidlanish-qaytarilish  titrlash  usullari  (oksidlanish  -  qaytarilish);  asboblar  yordamida 

bajariladigan  miqdoriy  tahlil  usullari:  polyarimеtriya,  rеfraktomеtriya,  kolorimеtriya,  foto-

elеktrokolorimеtriya,  spеktrofotomеtriya  (ko’rinuvchi  ultrabinafsha  va  infraqizil  spеktor 

oblastlarida),  nеfеlomеtriya,  fluorimеtriya,    atom-adsrobtsion  spеktoroskopiya  optic,   

xromatografik  usullari  va  ularni  o’simlik  moddalarini  miqdoriy  taxlilida  ishlatilishi: 

ionalmashinish, qog’oz, yupqa qavatli va kolonkali xromatografiya, gaz, gaz - suyuqlik va suyuq 

xromatografiyalari;  Mass-spеktromеtriya,  IK,  UB  va  YaMR-spеktroskopiyalar  xaqida 

tushuncha. 



6. Fizika. 

 

Aniq tortish. 



 

Piknomеtr yordamida suyuqlik zichligini aniqlash. 



 

57 


 

Ostvald viskozimеtri yordamida suyuqlik yopishqoqligini aniqlash. 

 

Moddalarning gigroskopikligi. Namlik va quritish. 



 

Optik  asboblar  va  ularning  ishlatilishi.  Bugеrt  –  Lambеrt  -  Bеr  qonuni.  Rеfraktomеtriya, 

polyarimеtriya, kolorimеtriya, nеfеlomеtriya, fluorimеtriya, lyuminеstsеnt taxlil. 

 

UB - va IQ - spеktrlari yordamida spеktral taxlil 



7. Farmatsеvtik kimyo 

O’simliklardan      olinadigan      dorivor      moddalar      va      prеparatlar  xossalarini  o’rganuvchi  va 

tahlil  qiluvchi bo’limlar: 

 

Tеrpеnoidlar. 



 

Alkaloidlar. 

 

Glikozidlar. 



 

Vitaminlar: askorbin kislota, rutin 



8. Dorilar tеxnologiyasi 

Dorivor  o’simlik  va xayvon  mahsulotlaridan  olinadigan  prеparatlar  va  dori  turlarini  tayyorlash 

tеxnologiyasini o’rganuvchi bo’limlar: 

 

Damlama va qaynatmalar. Shilliq eritmalar. 



 

Nastoyka va ekstraktlar. 

 

Xushbo’y suvlar va siroplar. 



 

Novogalеn prеparatlar. 

 

Tibbiyot moylari. 



 

Biogеn stimulyator prеparatlari. 



9. Mikrobiologiya 

O’simlik antibiotiklari xaqida tushuncha, ayniqsa gulli o’simliklar antibiotiklari - fiton- tsidlar va 

ular asosida olinadigan dorivor prеparatlar.  

10. Lotin tili 

Dorivor o’simlik, oilasi  va dorivor  mahsulotlarini lotin tilida to’g’ri nomlay bilish va yozish. 

 

Fanni o`qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar 

 

O`quv  jarayoni  bilan  bog`liq  ta`lim  sifatini  belgilovchi  holatlar  quydagilar:  yuqori  ilmiy- 

pedagogik  darajada  dars  berish,  muammoli  ma`ruzalar  o`qish,  darslarni  savol  -  javob  tarzida 

qiziqarli tashkil qilish, ilg`or pedagogik   texnologiyalar va multimedia vositalaridan foydalanish, 

tinglovchilarni  undaydigan,  o`ylantiradigan  muammolarni  ular  oldiga  quyish,  talabchanlik, 

tinglovchilar bilan individual ishlash, erkin muloqot yuritishga, ilmiy izlanishga jalb qilish. 

 

“Farmakognoziya” kursini loyihalashtirishda quydagi asosiy konseptual yondashuvlardan 



foydalaniladi: 

Shaxsga  yo`naltirilgan  ta`lim.  Bu  talim  o`z  mohiyatiga  ko`ra  talim  jarayoning  barcha 

ishtirokchilarini 

to`laqonli 

rivojlantirishni 

ko`zda 

tutadi. 


Bu 

esa 


ta`limni 

loyihalashtirilayotganda,  albatta  ma`lum  bir  ta`lim  oluvchining  shaxsini  emas,  avvalo, 

kelgusidagi  mutahasislik  faoliyati  bilan  bog`liq  o`qish  maqsadlaridan  kelib  chiqqan  holda 

yondoshilishni nazarda tutadi. 

 

Tizimli  yondashuv.  Ta`lim  tehnologiyasi  tizimning  barcha  belgilarini  o`zida  mujassam 

etmog`I  lozim:  jarayonning  mantiqiyligini,  uning  barcha  bo`g`inlarini  uzaro  bog`langanligi 

yahlitligi. 

 

Faoliyatga  yunaltirilgan  yondashuv.  Shaxsning  jarayonli  sifatlarini  shahkllantirishga 

ta`lim  oluvching  faoliyatini  aktivlashtirish  va  intinsevlashtirish,  o`quv  jarayonida  uning  barcha 

qobiliyatlari va imkoniyatlari, tashabbuskorligini ochishga yunaltirilgan ta`limni ifodalaydi. 

 

Dialogik  yondashuv.  Bu  yondashuv  o`quv  munosabatlarini  yaratish  zaruriyatini 

bildiradi. Uning natijasida shaxsning o`z – o`zini faollashtirishi va o`z- o`zini ko`rsata olish kabi 

ijodiy faoliyati kuchayadi. 


 

58 


 

 Hamkorlikdagi  ta`limni  tashkil  etish.  Demokratik  tenglik,  ta`lim  beruvchi  va  ta`lim 

oluvchi  faoliyat  mazmunini  shakllantirishda  va  erishilgan  natijalarni  baholashda  birgalikda 

ishlashni joriy etishga e`tiborni qaratish zarurligini bildiradi. 

 

Muammoli  ta`lim.  Ta`lim  mazmunini  muammoli  tarzda  taqdim  qilish  orqali  ta`lim 

oluvchi  faoliyatini  aktivlashtirish  usullaridan  biri.  Bunda  ilmiy  bilimni  obektiv  qarama  – 

qarshiligi  va  uni  hal  etish  usullarini,  dialektik  mushohadani  shakllantirish  va  rivojlantirishni, 

amaliy faoliyatga ularni ijodiy tarzda qo`llashni mustaqil ijodiy faoliyati ta`minlanadi. 

 

Axborotni  taqdim  qilishni  zamonaviy  vositalari  va  usullarini  qo`llash  -  yangi 

kompyuter va axborot tehnologiyalarni o`quv jarayoniga qo`llash. 

 

O`qitishning  usullari  va  texnikasi.  Ma`ruza  (kirish,  mavzuga  oid,  vizuallash), 

muammoli ta`lim, keys-stadi, pinbord, paradoks  va loyihalash usullari, amaliy ishlar. 

 

 O`qitishni  tashkil  etish  shakllari.  Diologik,  polilok,  muloqot  hamkorlik  va  o`zaro 

hamkorlikka asoslangan frontal, kollektiv va guruh. 

 

O`qitish  vositalari.  O`qitishning  ananaviy  shakllari  (darslik,  ma`ruza  matni)  bilan  bir 

qatorda- kompyuter va axborot texnologiyalari. 

 

Kommunikatsiya  usullari.  Tinglovchilar  bilan  operativ  teskari  aloqaga  asoslangan 

bevosita o`zaro munosabatlar. 

 

Teskari aloqa usullari va vositalari: kuzatish, blist-so’rov, oraliq va joriy, yakunlovchi 

nazorat natijalarini tahlili asosida o`qitish diagnostikasi. 

 

Boshqarish  usullari  va  vositalari.  O`quv  mashg`uloti  bosqichlarini  belgilab  beruvchi 

texnologik  karta  ko’rinishidagi  o`quv  mashg`ulotlarini  rejalashtirish,  qo’yilgan  maqsadga 

erishishda o`qituvchi va tenglovchining birgalikdagi harakati, nafaqat auditoriya mashg`ulotlari- 

balki auditoriyadan tashqari mustaqil ishlarning nazoratlari. 

 

 Monitoring  va  baholash.  O`quv  mashg`ulotida  ham  butun  kurs  davomida  xam 



o`qitishning  natijalarini  rejali  tarzda  kuzatib  borish.  Kurs  oxirida  test  topshiriqlari  yoki  yozma 

ish variantlari yordamida tinglovchilarning bilimlari baholanadi .  

“Farmakognoziya” fanini o`qitish jarayonida kompyuter tehnologiyasidan, “Stat” statistic 

dasturlar  foydalaniladi.  Ayrim  mavzular  bo`yicha  talabalar  bilimini  baholash  test  asosida  va 

kompyuter yordamida bajariladi. “Internet” tarmog`idagi ma’lumotlardan foydalaniladi, tarqatma 

materiallar  tayyorlanadi,  test  tizimi  hamda  tayanch  so`z  va  iboralar  asosida  oraliq  va  yakuniy 

nazoratlar o`tkaziladi. 

 

Farmakognoziya  fanidan mashg’lotlarning mavzular va soatlar bo’yicha 



taqsimlanishi 

 

t/r 

Mavzular nomi 

Jami soat 

Ma’ruza 

Laboratoriya 

mashg’lotlari 

Mustaqil 

ta’lim  

1. 


Tarkibida 

yurak 


glikozidlar 

bo’lgan 


dorivor  o’simliklar  va 

mahsulotlar.  

 



 



 



 

2. 


Tarkibida 

saponinlar 

bo`lgan 

dorivor 


o’simliklar 

va 


mahsulotlar. 

 

13 



 



 

3. 



O’tilgan 

mavzular 

bo’yicha 

noma’lum 

o’simlik  va  gerbariylarni 

o’rganish 

yuzasidan 

nazorat    ishi 

 

 



 



 

59 


4. 

Tarkibida  oddiy fenollar, 

fеnologlikozidlar 

va 


lignanlar bo`lgan  dorivor 

o`simliklar 

va 

mahsulotlar. 



 

11 


 



 

5. 



 

Tarkibida 

antratsеn 

unumlari  bo`lgan  dorivor 

o`simliklar 

va 


mahsulotlar. 

 

20 



 



 

6. 



Tarkibida 

oshlovchi 

moddalar bo`lgan dorivor 

o`simliklar 

va 

mahsulotlar. 



 

20 


 



 

7. 



O’tilgan 

mavzular 

bo’yicha 

noma’lum 

o’simlik  va  gerbariylarni 

o’rganish 

yuzasidan 

oraliq    nazorati 

 

 



 

 

 



 



 

8. 


Tarkibida 

flavonoidlar 

bo`lgan 

dorivor 


o`simliklar 

va 


mahsulotlar. 

 

33 



 

12 



15 

 

9. 



Tarkibida  kumarinlar  va 

xromonlar 

bo’lgan 

dorivor 


o`simlik 

va 


mahsulotlar.  

 

11 



 



 

10.  Tarkibida    turli  biologik 



faol 

moddalar 

va 

tioglikozidlar, 



sianoglikozidlar 

saqlovchi 

dorivor 

o’simlik va mahsulotlar.   

10 

 



 



11.  Maydalangan 

mahsulot 

tahlili.  

Dorivor  yig’malar  va 

choylar. 

 





12.  Yog`, 

yog`simon 

moddalar bo`lgan dorivor 

o`simliklar 

va 

mahsulotlar.  



14 

 



13.  Dorivor 



bo’lmagan 

zaxarli  o’simliklar  va 

pestitsidlar 

Galutsenogen, 

allergen, 

teratogen 

va 

boshqa 


zaxarli 

o’simliklar. 





 

 

60 


Tabbiy pestisidlar. 

14.  Hayvonlardan  olinadigan 

dorivor  mahsulotlar. 

 



 

 



15.     O’tilgan 

mavzular 

bo’yicha 

noma’lum 

o’simlik  va  gerbariylarni 

o’rganish 

yuzasidan 

oraliq    nazorati 

 

 



 



16 

Turli 


biologik 

faol 


moddalar  saqlovchi  do-

rivor  o’simlik  mahsu-

lotlarining  chinligi  va 

sifatini  aniqlash  bo’yi-

cha  amaliy  ko’nikma-

larning nazorati 

 

 



 

 



Jami 

182 


 

36 


72 

74 


 

 

 

Asosiy qism: Fanning uslubiy jihatidan uzviy ketma- ketligi 

 

Asosiy qismda (ma’ruza) fanni mavzulari mantiqiy ketma-ketlikda keltirilgan. Har  bir 

mavzuning  mohiyati  asosiy  tushunchalar  va  tazislar  orqali  ochib  beriladi.  Bunda  mavzu 

bo’yicha talabalarga DTS asosida etkazilishi zarur bo’lgan bilm va ko’nikmalar to’la  qamrab 

olinishi kerak.  

Asosiy  qism  sifatiga  qo’yiladigan  talab  mavzularning  dolzarbligi,  mamlakatimizda 

bo’layotgan  ijtimoiy-siyosiy,  demokratik  o’zgarishlar,  farmasevtika  sanoatidagi  va  boshqa 

sohalardagi 

islohatlarning 

ustivor 


masalalarni 

qamrab 


olishi 

hamda 


fan 

va 


texnologoyalarning  so’ngi  yutuqlari  e’tiborga  olinishi  kerak.  Farmakognoziya  fanini 

o’zlashtirishlari    uchun  o’qitishning    ilg’or  va  zamonaviy  usullaridan  foydalanish,  yangi 

information  pedagogic    texnologiyalarni  tadbiq  qilish  muhim  ahamiyatga  egadir.  Fanni 

o’zlashtirishda  darslik,  o’quv    va  uslubiy  qo’llanmalar,  ma’ruza  matnlari,  tarqatma 

materiallardan foydalaniladi.   

 

Ma'ruza  mashg’ulotlari 



Tarkibida  saponinlar  bo’lgan  dorivor  o’simliklar  va  mahsulotlar.  Qizilmiya  turlari, 

jеnshеn, tеmirtikan, yams turlari.  

Qo’llaniladigan  ta’lim texnologiyalari: aqliy hujum, muammoli ta’lim, munozora, guruhli 

fikrlash,  

Adabiyotlar: A1-3; Q4-11; Q23; Q25; Q29. 

 

Tarkibida  oddiy fеnol, fеnologlikozidlar va lignanlar bo’lgan  dorivor o’simliklar va 

mahsulotlar.    Dorivor  toloknyanka,  brusnika,  pushti  rodiola,  xitoy  sxizandrasi,  tikanli 

eleuterokokk, qalqonsimon podofillum. 

Qo’llaniladigan  ta’lim texnologiyalari: aqliy hujum, muammoli ta’lim, munozora, guruhli 

fikrlash,  

Adabiyotlar: A1-3; Q5-10. 



 

Tarkibida  antratsеn  unumlari  bo’lgan  dorivor  o’simliklar  va  mahsulotlar.    Sano 

turlari, aloe turlari, tangut rovochi,  otquloq, ro’yan turlari, frangula.  

Qullaniladigan  ta’lim texnologiyalari:  aqliy hujum, muammoli ta’lim, munozora, guruhli 

fikrlash,  

1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling