O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi termiz davlat pеdagogika instituti pedagogika fakulteti


Download 0.72 Mb.
bet1/6
Sana21.01.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1106967
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Pedagogik kanfliktlarni bartaraf etishda pedagogik hamkorlik-fayllar.org


O‘ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI
TERMIZ DAVLAT PЕDAGOGIKA INSTITUTI
PEDAGOGIKA  FAKULTETI

Magistratura
mutaxassisligi:

Ta’lim tarbiya nazariyasi va metodikasi

2-BOSQICH 21-14-GURUH TALABASI TASHMAMATOVA SHOIRANING
PEDAGOGIK KONFLEKTOLOGIYA FANIDAN TAYYORLAGAN
KURS ISHI
MAVZU: PEDAGOGIK KONFLIKTLARNI BARTARAF ETISHDA PEDAGOGIK HAMKORLIK
Bajardi: Tashmamatova Sh
Tekshirdi: Nazarova Z
Termiz – 2023
Mavzu: Pedagogik konfliktlarni bartaraf etishda pedagogik hamkorlik
Mundarija:
Kirish. Pedagogik konfliktlar haqida ……………………………………………3
I.BOB.
1.1. Pedagogik konfliktlarning tuzilishi……………………………………………5
1.2. Pedagogik konfliktlarning rivojlanish darajasi va bosqichlari…………………8
II.BOB.
2.1. Pedagogik konfliktologiya ilmiy bilishning maxsus va xususiy metodlari……15
2.2. Pedagogik konfliktlarni bartaraf etishda pedagogik hamkorlikni tashkil qilish 18
Xulosa …………………………………………………………………………….27
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati …………………………………………….28
Kirish.
O`zbekiston Respublikasi o`zining milliy mustaqilligini olgach ta`lim-tarbiya tizimiga e`tiborni kuchayganligi ma`lum. Ta`lim-tarbiya tizimining deyarli barcha sohalari yangilanib, taraqqiy topib hozirgi davr talabiga moslashib kelmoqda.
Oliy o`quv o`rinlarining, jumladan, pedagogik institutlarning o`quv fanlari qayta ko`rib chiqilib ancha yangi fanlar o`quv rejasidan joy olishga muvofiq bo`lishdi. Shu fanlarning ichida «Pedagogik konfliktologiya» fani ham mavjud.
Zamonaviy sharoitlarda uning o`qitilishi o`qituvchining pedagogik madaniyatini rivojlantirishga mo`ljallangan.
O`qituvchi-tarbiyachi yoshlarning etakchisi sifatida maktablarda tom ma`noda o`zining ijodiy vazifalarini to`liq bajarishni ta`minlashi va pedagogik yo`naltirilganligini shakllantirishi kerak.
Pedagogik konflikt bu o`qituvchi bilan o`quvchi o`rtasidagi ziddiyatdir.
O`qituvchi bilan o`quvchi o`rtasidagi kelishmovchilik, tortishuv, mojara bular pedagogik konfliktdir. Pedagog har tomonlama tarbiyalangan, aqliy, aхloqiy, ma`naviy bo`lib, bilim doirasi keng, nutqi ravon, pedagogik bilim mahorat egasi bo`lishi lozim. O`qituvchining pedagogik bilim mahorati asosan sinf, auditoriya mashg`ulotlarida yaqqol ko`rinadi. O`qituvchi bilan o`quvchi, talabalar o`rtasida o`zaro jonli til, fikr olishuv, samimiy munosabat, hurmat izzat, asosiy maqsadga erishishga hamkorlik lozim. Pedagog o`z guruhida nechta bola bo`lsa, ularning har birining xarakterini, oilaviy muhitini, psixikasini, xulqi-atvorini, bilim saviyasini yutug`i va kamchiliklarini o`rganib, keyin shunga qarab har bir bolaga qanday yondashishi lozimligini bilishi kerak. Guruxlarda har-xil toifali bolalar uchraydi. Ularning har – biri o`z xarakteriga ega bo`ladi. Pedagog har bir bolani o`rganib chiqishi, ular bilan yakka (individual) holda yondashib tanishib chiqishi kerak. Ayrim bolalar qobiliyatli, har tomonlama etuk faol bo`lishiga, ayrimlarining qobiliyati sust, layoqatsiz, ayrimlari serjahil bo`ladilar. Guruh rahbarining asosiy vazifasi o`ziga biriktirilgan guruhdagi bolalarga tarbiyaviy ta`sirini tashkil etishi lozim. Sinf rahbari o`quvchilarga kompleks yondashishi lozim. Sinf rahbari ota-onalar bilan hamkorlikda bo`lib, bolalarning bilim darajasi qay darajada ekanini, ularning axloq-odobi, yutuqlari va kamchiliklari ularning tarbiyasi bilan shug`ullanadi. O`qituvchi tomonidan shularga e`tibor berilsa, pedagog bilan o`quvchi o`rtasida konflikt paydo bo`lishni bartaraf etadi. O`quvchi-bilan o`qituvchi o`rtasida kontakt ya`ni masofa bo`lishi lozim. O`quvchi o`qituvchisiga nisbatan hurmat, ehtiromli bo`lishi, kerak. Konfliktologiya, pedagogika, psixoliya, ma`naviyat va sotsiologiya fanlari bilan chambarchas bog`liqdir, va shu fanlar bilan hamkorlikda ish olib boradi. O`quvchilarni har tomonlama tarbiyalaydi. Konfliktologiya shu fanlar bilan birgalikda o`qituvchi bilan o`quvchi o`rtasida munosabatlarni, muomala odobi, bir-birini tushunish, o`qituvchi bilan o`quvchi o`rtasidagi hurmat, izzat, konfliktlarni bartaraf etish ko`nikmalarini o`rgatadi.
Maktablardagi har qanday pedagogik konfliktlar tinch yo`l bilan pedagogning boshchiligida yechilishi va u konfliktlarni bo`ldirmaslikning oldi olinishi zarur bo`ladi.
Maktablarda o`quvchilar o`rtasida yuz beradigan konfliktlar mazmuni bo`yicha har xil bo`lishi tabiy. Maktablarda o`quvchilar o`quvchilar bilan bo`lgan munosabatlarda muloqat tartibini buzib muloqatlar yasashi mumkin. Natijada esa kelishmovchilik, bir-birini tushinmaslik vaziyatlaridan konfliktlar kelib chiqadi. Maktablarda o`quvchilar doim pedagoglar nazoratida bo`ladi va paydo bo`lgan konfliktlar pedagoglar boshchiligida o`z echimini topadi. Ba`zan konfliktlar o`qituvchilar o`rtasida ham bo`ladi, bu esa bir-birini tushunmaslik, biri-ikkinchisining psixik holatini hisobga olmasdan muloqat qilishidan kelib chiqishi bo`lib topiladi.

Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling