O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universtiteti
Download 1.45 Mb. Pdf ko'rish
|
orta osiyoda diniy tasavvurlar va dinning paydo bolish jarayonlari tarixi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ilmiy rahbar: t.f.d. SH. Shaydullaey Termiz-2013
- KIRISH……………………………………………………………….. I. Bob O`rta Osiyoda diniy qarashlar va oilaning paydo bo`lishi
- II. Bob O`rta Osiyoda diniy tasavvurlarning paydo bo`lishiga doir
- III. Bob O`rta Osiyo diniy tasavvurlarning paydo bo`lishi to`g`risida yangi
- Mavzuning o’rganilish darajasi.
- Tadqiqotning xranologik doirasi.
- Tadqiqotning maqsadi.
- Tadqiqotning obyekti va predmeti.
- Dissertatsiyaning ilmiy manbalari.
- Himoyaga olib chiqilayotgan asosiy holatlar: Ilmiy yangiligi: Ishning aprobatsiyasi
- Natijalarning chop etilganligi.
- 1. Sovetlar davrida dinga munosabat va dinning paydo bo`lishi masalasining o`rganilishi.
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI TERMIZ DAVLAT UNIVERSTITETI : 930.63 575(192) Qo’lyozma huquqida NORMATOVA FIRUZA AMONOVNA O’RTA OSIYODA DINIY TASAVVURLAR VA DINNING PAYDO BO`LISH JARAYONLARI TARIXI 5А 120301-O’ZBEKISTON tarixi mutaxasisligi bo’yicha magistr darajasini olish uchun taqdim etilgan DISSERTATSIYA Ish ko’rildi va himoyaga ruxsat berildi. Magistratura bo’lim boshlig’i dot. E.Qobilov Ilmiy rahbar: t.f.d. SH. Shaydullaey Termiz-2013 MUNDRIJA KIRISH……………………………………………………………….. I. Bob O`rta Osiyoda diniy qarashlar va oilaning paydo bo`lishi mavzusining tarixshunosligi.................................................................................. 1. Sovetlar davrida dinga munosabat va dinning paydo bo`lishi masalasining o`rganilishi.......................................................................................... 2. Mustaqillik davri tarix shunosligi.................................................................
2.1
Qon qarindoshlikka asoslangan urug`chilik davri manbalari................................................................................................................... 2.2 Oila va patriarxal oilalarning paydo bo`lishi va diniy tasavvurlar haqida manbalar..................................................................................................................... 2.3 Qishloq jamoasi davri bo`yicha manbalar...........................................................
3.1 Diniy qarashlarning xilma xilligi......................................................................... 3.2 Arxeologik manbalar va dinning evolyutsion qarashlarining shaklanishi.
IV.Xulosa....................................................................................................... Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.................................................................
KIRISH. Mavzuning dolzarbligi. Mamlakatimiz istiqlolga erishgach, o’z tariximizni xaqqoniy o’rganishga o’tmishdagi ajdodlarimiz qoldirgan boy tarixiy, madaniy va ma’naviy boyliklardan baxramant bo’lishga keng yo’l ochildi. Mustaqil yurtimizning xar bir fuqarosi qalbida o’tmishi va buyuk va xalqning kelajagi ham buyuk bo’lmog’i zarur degan tuyg’u mavjud bo’lib tarixiy merosimizga, bebaxo qadiryatlarimizga xurmat va extirom bilan qarab kelinmoqda. Milliy mustaqilligimiz va shu mashaqqatli yo’lda yo’lboshchilik qilgan muxtaram prezidentimiz I.A. Karimov say xarakatlari bilan qisqa davr ichida mustaqil O’zbekistonimizning qadimiy va tarixan tarkib topgan qadryatlarimizni tiklashga, milliy madaniy merosimizni yanada boyitishga bo’lgan intilishlari, eng muhimi ming yilliklarga borib taqaladigan hjaqqoniy tariximizni yoritishda xolislik vaizchillik bilan yondashishni alohida takidlaydilar. 1 Xaqqoniy tariximizni o’rganish albatta ajdodlariomizning tarixan bosib o’tgan yo’llari ijtimoi hayot tarzi bilan chambar chas bog’liqdir. Chunki insoniyat birinchi navbatda ijtimoiylik bilan tarkib topib jamiyatning ma’naviy yangilanishiga ishtirok etadi. Yurtboshimiz takidlaganidek “Jamiyatning ma’naviy yangilanishidan ko’zlangan bosh maqsad yurt tinchligi, vatan ravnaqi, xalq farovonligiga erishish, komil insonni tarbiyalash ijtimoiy hamkorlik va millatlar aro totuvlik diniy bag’rikenglik kabi ko’p ko’p muhim masalalardan iboratdir.” 2 bu munosabatlarni tariximiz bilan bog’laydigan bo’lsak, Markaziy Osiyo mintaqasi Yevroosiyo qit’asida joylashgan bo’lib, sharq bilan g’arbni bog’lovchi bo’g’inga, turli xalq va elatlarning shuningdek, diniy tizim va e’tiqodlarning doimiy aloqa maydoniga aylangan. Bunday etnik va diniy turfaxillik natijasida ko’plab dinlarning yo’qolib ketishiga qaramay, hozirgi paytda mintaqada yashovchi xalqlarning urf odatlarida saqlanib qolgan. Bunday diniy holatlarni o’ziga xosligi O’rta Osiyo xalqlarining
1 Karimov I.A.Tarixiy xotirasiz kelajk yo’q … Biz kelajagimizni o’z qo’limiz bilan quramiz.T.’’O’zbekiston’ 1999. 2 Karimov.I.A. Donishmand xalqimizning mustahkam irodasiga ishonaman Toshkent.2000.11-bet. dinlar aro bag’rikengligi asosiy vazifani o’tadi. Shu munosabat bilan mintaqadagi dinlar tarixini o’rganish hozirgi O’rta Osiyo xalqlari madaniyati va tarixini qolaversa ularning turliligi va bir paytning o’zida birligi asosida diniy va milliy kelib chiqishni to’laqonli tushuntirish muhim ahamiyat kasb etadi. O’rta Osiyoda qadimdan dinning vujudga kelishi va diniy tasavvurlar haqidagi qarashlar bir xillik tizimga asoslanib qolgan. Xususan tabiat kuchiga sig’inish bilan vujudga kelgan animizim fetishizim, totemizim va magik qarashlardir. Xalqimizning hayot tarziga nazar solafigan bo’lsak ijtimoiylik bilan bir vaqtda vujudga kelgan yangi diniy tasavvurlar mavjudligiga amin bo’lamiz. Eng asosiysi Markaziy Osiyo xalqlari yashash tarxi bilan bog’liq bo’lgan hayotiy qarshlari ijtimoiy hayotga moslashuvchanligi tabiat kuchlari oldida ojizligi va ularni o’rganishga bo’lgan intilishlari yangi diniy tasavvurlarning vujudga kelishiga asos bo’ladi. Bu diniy qarashlar esa insonlarning jamiyat taraqqiyotiga hizmat qilishiga zamin xozirlagan. Ma’lumki diniy tasavvurlar so’ngi paleolit davriga oid bo’lib, insoniyatning hayotga intiluvchanlik xissi va yashash tarziga doimiy ravishda o’zgaruvchanlik munosabatlarida tabiat kuchlaridan madat so’rash jarayoni bilan kechgan. Dissertatsiyada insoniyatning ibtidoiy dinlarning vujudga kelishi, dinning vujudga kelishida tabiat va jamiyat munosabatlarining aloqadorligi, O’rta Osiyo xalqlaring o’troq hayot tarzi va ko’chmanchi hayot tarzi bilan bog’liq diniy qarashlar, diniy e’tiqodlar bilan bog’liq bo’lgan dafn marosimlari, ko’p xudolik va yakka xudolik asoslari, muammoli vaziyatlari ochib berishga harakat qilingan.
kelishi masalasi asosan insoniyatning hayot tarzi bilan bog’liq bo’lib, ibtidoiy dinlar masalasi chet el va rus tarixchi olimlar tomonidan asoslab berilgan. Urug’ jamoasi davridan boshlab diniy tasavvurlar vujudga kelgan bo’lsa, insoniyat hali uni din tushunchasi bilan emas, balki kundalik turmush tarziga bog’liqligi bilan izohlagan. Dafn marosimlari esa o’rta paleolit davridan boshlab O’rta Osiyoda jumladan Teshiktosh g’oridan topilgan bolaning dafn etilish bilan bog’liqdir. Dafn marosimlarining inson ongidan e’tiqod shakliga aylanishi esa insonlarning hayot tarzidagi o’zgarishlar bilan kechadi. Ibtidoiy odamlarda diniy tasavvurlarning
dastlabki ko’rinishlari qoyatosh suratlarda namoyon bo’lgan. Masalan, F. Lomayev tomonidan topilgan Zarautsoy qoyatosh suratlari, shuningdek Sarmushsoy qoyatosh suratlari va quyi Zarashonning shimoliy o’zani tarafidan Oyoqagitma makonidan topilgan suratlarda aks etgan. 1 ushbu suratlarda ov jarayonlari, tabiatni qanday tasavvur etganligi ibtidoiy odamlarning ong shuvuri haqida to’laqonli bilishimizga imkon beradi. Keying tosh davrlarida asosan ijtimoiy hayot tarzi bilan bog’liq Joytun madaniyati asosan ayol hudolarning vujudga kelishi, matriarxat davri bilan bog’liq dexqonchilikdagi o’zgarishlar, yangiliklar o’z navbatida ajdodlar ruhiga ibodat diniy tasavvurlarning vujudga kelishi bilan izohlanadi. Ibtidoiy diniy tasavvurlarning o’rganilishiga ahamiyat berilgan chet el olimlaridan V.M. Masson, Tokarev S.A, A.Asqarov, Sh.Shaydullayev ilmiy asarlarida ochib berilgan. Ayna O’rta Osiyo xalqlarining diniy qarashlari aks etgan ko’pgina manzilgohlar madaniyatlarida davriy nuqtai nazardan o’rganib chiqilgan. Yangi tosh davri,mis – tosh davri diniy tasavvurlaridan guvohlik beruvchi dafn marosimlarida qabrlardagi inventarlarning “boy” yoki “kambag’alligini” ko’rish mumkin. Yana bir o’ziga xoslik sig’inish majmualaridagi altarlarning vujudga kelishidir. Bu esa ibodat marosimlarini bir joyda jamlanishiga asos bo’lgan. Bunday majmualar Yalang’ochtepa, Oynatepa va Qoratepada mavjud bo’lgan. Diniy e’tiqodning ibodat turi yagona markazda alohida xona va unda maxsus xizmat qiluvchilarning ruxoniylarning paydo bo’lishi Bronza davri bilan bevosita bog’liqdir. 2 Bu davrga oid Sopollitepa manzilgohida olib borilgan izlanishlar natijasoida Shimoliy Afg’onistoninig dashtli, Marg’iyonaning Gonur yodgoliklri bilan etnomadaniy jihatdan bir biriga o’xshash arxealogik materiallar taqqoslanganda Bronza davri o’troq jamoalari bilan aloqalari diniy munosabatlari taxlil qilingan. Tosh va metal davrining barcha diniy qarashlari natijasida yagona otashparastlikning vujudga kelishiga alohida izoh berilgan.
1 Кабиров Д.Ж. Древнейшая наскалъная живописъ Зараутсая. Первобытное искусство. Н. 1976 г. С. 73-80. 2 Шайдуллаев Ш. Узбекистон ҳудудида давлатларнинг пайдо булиши... Т.Ф.Д. дис. Афторефарат. С, 2009.
so’ngi poleolit davridan ya’ngi mil.av 40-mingyillikdan mil.av. I mingyillgacha bo’lgan davrni zardushtiylik dining vujudga kelishugacha bo’lgan davrni o’z ichiga oladi. O’rta osiyo xalqlari diniy e’tiqodlari asosan Yangi tosh davri (neolif) davridan boshlab din e’tiqod sifatida namoyon bo’lgan. Qon qarindoshchilikka asoslangan diniy e’tiqod ya’ni oilaning paydo bo’lishi bilan izohlanadi. O’rta Osiyo mis tosh davri (eneolit). Bronza davrida diniy e’tiqodlar yangi qarashlar bilan bog’liqdir.
shakllanishi, va ijtimoiy hayot bilan bog’liq bo’lgan o’zgarishlar, jahon ibtidoiy dinlari bilan solishtirish, diniy tassavurdagi yangilik va o’zgarishlar, eng muhimi dafn ma’rosimlarida kishilarning diniy ong shakllarini o’zgarishi ahamiyatini ko’rsatish, hududiy taqqoslash, kerakli xulosalar chiqarishdan iborat. Tadqiqotning vazifalari quyidagilardan iborat. O’rta osiyoda ibtidoiy dinlar va diniy qarashlarning vujudga kelishini Sarmishsoy, Zaraufsoy, Jayhun, Qoratepa, Geoksur, Yalong’ochtepa, Sopollitepa va Jarqoton madaniyatlari namoyon
qarashlar bilan solishtirish. O’rta osiyoda mavjud bo’lgan diniy tasavvurlarni Jahon xalqlari ibtidoiy dinlar bilan solishtirish va undagi farqli tomonlarini kengroq ochib berish. Ibtidoiy diniy tasavvurlarni O’rta osiyo hududidagi manzilgohlar bo’yisha va ilardagi qabrlar dafn marosimidagi o’zgarish va yangiliklarni chorvador madaniyati bilan bog’liq ravishda o’rganish.
poleolit davridan boshlab vujudga kelgan bo’lsa, dafn marosimlarini esa o’rta poleolit davridan boshlab ko’rish mumkin. O’rta osiyo diniy tasavvurlar paydo bo’lgan Teshiktosh g’ori , Sarmish soy, sarauf soy manzilgohlari dastlabki diniy o’choqlari hisoblanadi.
Albatta diniy tasavvurlar davrma davr o’zgarib, taraqqiy etib borgan. Bunday ijtimoiy o’zgarishlarni Jayhun, Kaltaminor, Qoratepa geogsur, Yalong’och tepa madaniyatlarida , geografik nuqtai nazardan janubiy O’zbekiston, janubiy Turkmaniston va Tojikiston hududlarida keng miqyosida ochib berilgan. Sopollitepa madaniyatining barcha qatlamlarida, diniy tasavvurlarni aniq, ravshan ko’rishimiz mumkin. Taraqqiyotning asosiy predmeti sifatida dinning dastlabki ko’rinishi va uni jamiyatda alohida mavqeyga ega bo’lishi, ya’ni odamlarning ijtimoy hayotida dinni mustahkam o’rin topishi, ibodatxonalarninh vujudga kelishi, din davlatchilikning vujudga kelishi jarayonidagi ta’sirini nazarda tutadi. Tadqiqot usullari. Dissertatsiyada O’rta Osiyoning tosh davri va bronza davri madaniyatlari, ularda diniy tasavvurlarining aks etish jarayonlari olimlar tomonidan yozilgan manbalar asosida o’rganildi. Nafaqat O’rta osiyo balki jahon madaniyat manzilgohlari bilan bog’liq yodgorliklar tahlil qilinib, solishtirildi, ma’lumotlar umumiylashtirdi.
bronza davri manzilgohlari hududlaridagi manzilgohlar bilan o’xshashligi, Yevropa olimlarining diniy tasavvurlar bilan bog’liq bo’lgan o’rganilgan ilmiy ekspedidsiyaga tayangan holda asoslab beriladi. Ularda aynan Sarmishsoy, Zaraufsoy, Geogsur 1,2 .9 yodgorlari, ilk Tulxor, kangurtut, Sopolli, Mo’lali, Bo’ston, Tandiryol, Qo’rg’ontepa, Qumsoy, Jarqo’ton madaniyatlari asosiy o’rganilgan manzilgohlardir.
Respublika va mahalliy miqyosida o’tkazilgan bir qator konferentsiyalarda Termiz davlat universiteti professor-o’qituvchilarningananaviy yillik konferentsiyalarida doklad qilingan hamda chop etilgan. Natijalarning chop etilganligi. Dissertatsiyaning manbalari va unda keltirilgan aosiy g’oyalar Respublikamizda chop etiladigan jurnal va ilmiy to’plamlarda mahalliy nashrlarida o’z aksini topgan.
foydalanilgan adabiyotlar qismidan iborat bo`lib, tadqiqotning umumiy hajmi 103 betdan iborat.
I. Bob O`rta Osiyoda diniy qarashlar va oilaning paydo bo`lishi mavzusining tarixshunosligi. 1. Sovetlar davrida dinga munosabat va dinning paydo bo`lishi masalasining o`rganilishi. Ilmiy ateistik targ’ibot muvoffaqiyatli bo’lishi uchun u, haqiqatdan ilmiy bo’lishi ya’ni, haqiqiy fan yutuqlariga asoslangan bo’lishi kerak yo’qsa u ilmiy targ’ibot bo’lmaydi va ko’plab xollarda bu aynan shunday ilmiy atestik mavzuga oid ishlar olib borishda tabiiy fanlar bilan ko’plab fanlar bilan bog’liqdir. Bu mavzularni yoritayotganda ilmiy yutuqlarga asoslanib yoritib berilgan ular odatda zamonaviy fan holati darajasida turadi dinning kelib chiqishi masalarida ishlarga keng yo’l berilmagan. Bu jarayonda etnagrafiya fani ilmiy atestik targ’iboti o’rtasida bir qancha bo’linish sezilgan fanlar orasida asosan etnagrafya ilgarilab ketgan. Buni shundan ko’rish mumkinki ko’plab brashuralar chop etilgan lekin bu davr ning brashuralarini qoralamoqchi emasman, ko’plab hollarda bu masalalarda hatoliklar uchrab turadi. Bu brashuralarda dinga bog’liq bo’lgan masalalar mavhum yoritilgan.Misol uchun Malinin brashurasida ko’rish mumkin unda dinning kelib chiqishi brashurasi keltirilgan. Dinning kelib chiqishi va etiqod Prokofeva brashurasida 1955, Nikoforova –Dinning kelib chiqishi va paydo bo’lishi mohiyati – brashurasida ko’rish mumkin hozirgi zamon etnografiya fani nafaqat dinning kelib chiqishi mohiyatini balki uning paydo bo’lishi va dinning alohida formalari, marosimlarini o’rganshga imkon beradi. Ilmiy atestik targ’ibot aniq amaliy natija berishi uchun dinni mohiyatini tushuntirish yetarli emas, buning uchun tushunarli urf odat marosimlardan misol keltirish kerak. Bu ilmiy bo`linishni sababi nima degan savolga javob berish lozim ko’p hollarda bu ayiblovlar olimlarni o’zida bo’ladi, ya’ni olimlarga etnogrflarga bog’liq, chunki biz o’zimizning yutuqlarimizni yetarlicha ommalashtirmaymiz. Fan mulohazalarini tatrg’ibot qilmaymiz haqiqatdan ateistik targ’ibotni olib boradigan odamlar uchun etnagrafik adabiyotlarni topilishi qiyin rus tilida juda kam bori esa ommalashmagan chet el adabiyotlari ham sifatli emas. Dinning kelib chiqishi haqidagi savollarga juda umumiy javob berilgan elyustratsya uchun olingan materiallar eski hollarda sifatsiz manba beriladi, bu manbalar amaliyotchi targ’ibotchilarini tayyorlaydigan manba emas. Ilmiy ateistik ma`lumotlarda bizni boshlang’ich holati tushunarli bu bilan bog’liq bo’lgan yechimini marksistik tarafdorlaridan topsak bo’ladi boshqa tariflarda odamlarning tabiy kuchlar oldida kuchsizligini va dinning kelib chiqishi sababini ko’rsatish mumkin. Din bu insonlarni ojizligidan kelib chiqqan gap dinning umumiy kelib chiqqanida bo’lganda edi masalalar ancha yaxshi hal etilgan bo’lar edi bu yerda targ’ibotchi metodologik ilmiy xulosaga yondashadi va uni rivojlantirgan holda dinga to’g’ri tushuncha bera oladi gap din tarixini va etiqodlar to’g’risida ketganda din ko’pincha eskirgan holatlar va faktlar bilan chegaralanib qoladi masalaga aniqlik kiritish uchun o’rta asr olimlari qoldirgan merosga tanqidiy yondashishimiz kerak 1 . O’rta asr olimlari ko’p etibor qaratishgan o’rta asr olimlarini o’rgangan ma’lumotlarini ijobiy yondashib kerak emas deb chiqarib tashlolmaymiz. 2
kerak. Yangi hulosalar o’rniga eskilari bilan cheklanib qolgan qadimgi davr mualliflarining tarixiy mazmunga ega bo’lgan fikirlarini chetga qoldirib qisqacha abzorni fransuz falsafa davrining XVIII asrning ikkinchi yarmidan boshlasak bo’ladi. Fransuz marifatchilarining asarlarida bir qancha muhim mulohazalarida keltirilgan lekin ular o’shanda ilmiy xulosa emas balki, taxminlarga asoslangan lekin ularga bizda qiziqish saqlangan din bu yolg’on, bu yolg’onligini biz Volterdan, Melidan aynan Marishalya ijodida ko’rishimiz mumkin. Lekin dinninig kelib chiqishini odamlardagi a`zoblar uqubatlar qo`rquvda vujudga kelgan degan XVIII- asr olimi faylasufi Golbax - dinning vujudga kelishi azoblardan vujudga
1 Токарев.С.А Религия в истории народов мира.М.1976. 2
Tokarev C.A.
Опроисхождении и ранних формах релегии с.т 171-172
kelgan deb izohlaydi. Qayerda a`zoblar uqubatlar bo`lsa o`sha yerda din bor deydi. XVIII-asrning ma`rifiy adabiyotida muhim fikrlar aytilgan. Ya`ni din qadim vaqtlardan buyon tabiat kuchlarini jonli deb bilish va ularni ilohiylashtirish bilan bog’liq. Buni Golbax ham tasdiqlqgan. Volney va Dyupeu asarlarida bu fikr bir tomonlama yoritilgan butun din o’zini faqat tabiat kuchlariga yoya olmaymiz. XIX- asrning birichi yarmida Grim, Kun Shvart ,Maks Myullerlar maktabi hukm surardi. Rossiyada bu maktab vakillari Orest Miller, Buslayev,Afanassevlardir. Bu maktab vakillari XVIII- asr Volneem va Dyupyuilar tomonidan bu fikrlarni rivojlantirishgan. Tabiat kuchlari o`zi bilmagan holda o`zlashtirishgan dinning mohiyati tabiat kuchlarini ilohiylashtirishdan iborat ularni ilohiylashtirish sabablari odamlar ularni tushunmagan. Mifalogik maktab tarafdorlari din tarixida katta rol o’ynagan dinning ilk ildizlari mifalogik tarafdorlar aqliy jarayonlar bilan bog’lashgan ya’ni qadimgi odamlarni tabiat hodisalarini kuzatishgan qadimgi odamlar tabiat hodisalarini tushuntirishga harakat qilishgan ammo tushunisha olmagani uchun ilohiylashtirishgan. Tabiat hodisalari bizning nuqtai nazarimizcha odamlar faqat tabiatni kuzatmagan naturmifologik maktab vakillari din deganda bir ilohiy narsani tushunishgan dinning keyingi etaplarini qulash deb qabul qilishgan. Bu maktab vakillari nafaqat diniy etiqodlarini balki xalq ijodi eposlarini ertak obrazlarini hattoki xalq maqollarini urf odatlarini qadimgi mifologik dunyo qarashini qulashi deb tushundi din tarihini o`rganishda antropologik yoki evolyutsionistik maktab vakillari ko`proq qo`llashgan. 1 Bu maktab vakillari 60- 70 yillarning oxiridagi g`arbiy yevropa va rus fanida tan olingan. Evolyutsionist avlodlaridan E. Teylor , Lebok, Gerberd Spinsor, Gippirt Rossiyada esa E.N. Smirdnov, N.N. Haruzin va boshqalar dinning kelib chiqishi va uning dastlabki formalarini o`rganishda evolyutsion maktab vakillari ish olib borgan. Dinni O`rganishda etnografik manbalar to`planmoqda bu etnografik manbalar eng ishonchli urf odatlari marosimlari etnografik manbalarda din qanday kelib chiqqanligini ko`rish mumkin bu evolyutsion maktab vakillarining xizmati shundaki ular dinning kelib chiqishi masalasiga degregatsiya va regressiv nuqtai
1 Токарев.С.А.О происхождении и ранних формах религии. С .186-190. nazardan yondoshgan mifologik maktabdan farqli ravishda masalaga progres nuqtai nazardan yondoshgan ular dinni sodda narsadan murakkab jarayonga o`tishda tushunishgan ular dinning ildizini oddiy elemintar formalarda qidirishgan va shundan kelib chiqqan holda dinning murakkab formalarini tushuntirishga urunishgan muhimi shuki bu yo`nalish tarafdorlari insoniyat birligi fikirida bo`lishi ular dinning rivojlanishida birlik va umumiy qonuniyatda ko`rish va bularni butun insoniyat uchun umumiy qonunlar bilan tushuntirishga urunishgan bu ham yaxshi xulosa bu ham ularning xizmati. Shuningdek Teylorda ko’rishimiz mumkin bo`lgan dinning kelib chiqish konsepsiyasining ijobiy tomonlarini ko`rishimiz mumkin bular esa fanning muhim yutug`i bo`lgan evolyutsionistlarning qarashlari marksistik g`oyalarga ta`sir ko`rsatgan. Evolyutsion maktab tomonidan ilgari surilgan tioriya animistik teoriya nomini olgan. Bu teoriya odatda Teylor nomi bilan bog`liq chunki bu animizm atamasini fanga kiritgan shu kungacha animistik tioreya u yoki bu formada juda keng tarqalgan biroq animistik tioreya uning asosidagi qarashlar bizni qoniqtirmaydi ularni juda eskirgan deb tan olishga tog`ri keladi nimaga deganda birinchi navbatda evolyutsion maktabning tuzulishini asosi mohiyatan idialogik bo’lgan Teylor va uning izdoshlari dinning kelib chiqishida psixologik va individual holatlardan chegaralanib qolishgan. Ular odamlarni psixalogik o’rganish qabul qilish jarayonlarini ko’rishgan Teylor va uning izdoshlari iptidoiy odamni ongli jonzod deb tasavvur qilishgan. Faylasuflik qiladigan yovvoyi ibtidoiy odam nima haqida fikr yuritgani haqida o’ylagan ibtidoiy odam nimani tushunmagani haqida o’ylagan kasallik, uyqu, hushdan ketish, o’lim holatlari tushunarsiz bo’lgan bu haqda tuni kun o’ylagan. 1
kelgan Teylor va Spenser agar odamda ruh haqidagi fikr bo’lmasa din vujudga kelmasdi. Dinning ijtimoiy ildizlarini rad etish ijtimoiy jonzodligini rad etish dinni rivojlanish qonuniyatini rad etish, bir etiqoddan ikkinchi etiqodning kelib
1
C.A.
ю происхождении и ранних формах релегии с.т 174-175
chiqishini rad etish, antrapologik maktabning kamchiliklari bizni mustahkam bazaga ega bo’lishiga yo’l qo’ymaydi. Ular buning kamchiliklari fikiriga qo’shilishiga yo’l qo’ymaydi agar animistik tioreya hozirgi kungacha juda katta qiziqish etibor jalb qilsa o’ziga rus va chet el fanining evalyutsion maktabidan keyin paydo bo’lgan yo’nalishlari be e`tibor berilmoqda. Fanda XIX asrning 90- yillarida paydo bo’lgan yo’nalishlarini reaksion deb qabul qilingan so’zsiz ko’pgina keraksiz nazyalar shu davrda yuzaga kelgan. Reaksion g’oyalarning shu davrda yuzaga kelishi asosli XIX asr va XX asrda shu fanga yo’naltirilgan muhim ma’lumotlar keltirilgan. XIX asr va XX asr boshida animistik reaksiya tanqidi zaminida yuzaga kelgan fandagi yo’nalishni treanimistik nazariya deb ataydi lekin bular o’rtasida umumiy jihadlar juda kam ularning umumiy jihati shundaki animistik nazariyani qoniqarsizligini ko’rsatishgan. Dinni qadimiy formalarini topishgan lekin buni ular ham bajarishgan bazi preanimistik vakillari fanga qimmatli hissa qo’shgan bular Konrat Pres va Alfret Firkand ularning hizmati shundaki animistik nazariyani bir tomonligini soddaligini ko’rsatishgan.Ular animestik nazariya nuqtai nazardan tushunarsiz yoki noaniq bo’lgan aniq etnografik faktlarni ko’rsatishgan bu mualliflar kiritgan yangilik shundaki ular dinda ong emas hissiy yondashish ustun kelgan. Dinda odam ko’proq tushunarsiz hislardan qo’rqadi fikr yuritishdan ko’ra hislardan qo’rqadi. Mualliflar aytishganki marosimdagi harakatni inson ongidagi yuzaga kelgan tasvir emasligini ko’rsatishi Maratning aytishicha marosimlar odamlar ongidagi boshqa chuqurroq impulsif ongsiz effektlardan yuzaga keladi. Fikr mulohazalaridan emas Maratning aytishicha iptidoiy din odam tomonidan o’ylangan emas o’ynalgan ya’ni odamlar marosimlari orqali o’z dinini ifodalagan. Preanimistik vakillarning xatolari bo’lgan preanimistik ongning chuqurroq tomonini ko`rish preanimistlar insonning inson psixalogiyasini chuqurroq o’rgangan, lekin alohida olingan bir odamning harakterlaridan kelib chiqqan ular dinning ijtimoiy ildizlarini tushunishmagan bu masalaga marksistlar to’g’ri yechim topgan. Dinni ijtimoiy tomonini o’rganish masalasiga bujuaziya maktablaridan biri ham o’rganishgan aynan sotsialistik maktab dinning ijtimoiy tomonini muhimigini birinchilardan bo’lib ko’rsatgan burjuaziya olimi, ingliz semit halqi din tarixchisi Roberson Smit u 1884-yidayoq nisbatan tor asosda bo’lsa ham qadimgi semit xalqi dinidan chekkaga chiqmagan bo’lsada ibtidoiy dinlarni ijtimoiy ildizlarini topgan, masalaning bu tomoni albatta bujuaz dunyo qarashdan chekkaga chiqmagan holda Emil Dryugeymning fransuz ijtimoiy maktab ishlarida XIX asrning 80-90 yillari XX asrning 10-yilligida rivojlangan Dryugeym va uning shogirdlari qatiy va din ijtimoiy hodisaligiga qatiy turishgan va uni boshqa tomondan o’rganish mumkin emas, induvidual psixalogiya kelib chiqib o’rganish mumkin emas, odamni na induvidualni xususiyati na tabiatni kuzatishlari, dinni tushunishga yordam bera olmaydi. Faqatgina din ijtimoiy sharoitdan kelib chiqib dinni o’ziga xos hususiyatlarini va mohiyatlarini tushunish mumkin bu albatta to’g’ri fikr. Jamiyatni tushunishimiz Dryugeymdan ancha farq qiladi Dryugeym jamiyatni psixalogik hodisa deb bilgan u jamiyatni odamlar majmuyi ekanligini tushunmagan. Odamlar ishlab chiqarishdagi birligini tushunmagan mavhum narsa deya olmagan. Ijtimoiy munosabatlar bilan bog’liq jamiyatlar borligini tushumagan. Bilimlar tarixiy manbalarda qay etilgan. Baxtga qarshi hozirgacha Vilgelm Shmid maktabi munosib ravishda tanqid qilinmagan. Ko’pgina chet el olimlari bu maktab tomonidan chop etilgan kitoblardagi faktlar tasir ostida. Biroq tasdiq to’liq bo’lmagan tanqid ham Shmid Kopperson tomonidan keltirilgan material sifatsiz xulosalar ishonarsiz. Oxirgi vaqtda bu katolik maktab ilmiy davrlarga o’z hurmatini yo’qotgan. Huddi shu kabi AQSH da paydo bo’lgan din tarixini o’rganishdagi pragmatik yo’nalish ham ijobiy natija berolmaydi. Vilyam Jeyms izdoshlari Hayells , Gud va boshqalar faylasuf fragmatiklar nuqtaiy nazardan obektiv haqiqat yo’q. Obekt insonga qanchalik foydali bo’sa shunchalik haqiqat nima odamga kerak bo’lsa o’sha to’g’ri. Fan odamga hizmat qiladi yaxshi din odamga hizmat qiladi demak yaxshi, odamlar birorta Dogmani tan olishadimi demak bu haqiqat. Bunday teoreyalar ijobiy xulosa chiqaraolmaymiz. Bu yo’nalishni Vilgelm Shmid teoreyasidan ko’ra Antiilmiyroq hisoblay olmaymiz. Yuqorida ko’rsatilgan dinni kelibchiqishi haqidagi fikrlar bizni din haqida hozirgi tushunchalarimizni olib keladi. Bu qilishimiz kerak bo’lgan birinchi ish bu din deganda nimani tushunamiz? Bunga rasmiy ta’rif berishimiz kerak. 1 Bu unchalik oson emas, gap shundagi diniy etiqodlar marosimlar har-xil halqlarda mamlakatlarda davrlarda shunchalik farq qiladiki, ularni muvofiqlashtirish mushkul. Shuning uchun ham dinga umumiy tarif berish juda qiyin. Burjuaz olimlar dinni har – xil rasmiy tariflar berishgan. Lekin ular dinni butunlayicha emas, alohida yo’nalishlarini o’z ichiga olishgani uchun tezda keraksiz bo’lishgan. Masalan ko’pincha dinni xudolarga etiqodday tariflashgan, lekin xudo tushunchasi hamma dinda bor emas. Bu tushuncha insoniyat tarixiga nisbatan kech paydo bo’lgan, ungacha ko’pgin dinlarga ruhlar, jinlar tushunchasi bo’lgan. Ba’zi olimlar (masalan Shleyrmaxer) dinni shunday tariflaydi, odamni uzluksiz narsaga tobelik xissi Eduard Feylo va uni izdoshlari “din minumumi” ( dinlarni umumiy jixati ) bu manaviy mavjudod etiqod. Tekshuruvda bu tarif ham muvofaqiyatsiz bo’lib chiqadi: ma’naviy mavjudodga etiqod tushunchasi mavjud bo’lmagan ko’pgina diniy e’tiqodlar bor, masalan judugarlik bunda inson o’z kuchiga ishonadi. Dinni boshqacha tarifini Dyurkgeym namoyish qilgan. Har bir din ilohiy tushunchasiga asoslanadi. Dinning fikricha g’oyalar etiqodlar odamlar harakati predmetlar va odamlarning o’zi ilohiy bo’lishi mumkun . Dinni tushunchasida jon bor. “Ilohiy” tushnchasi unda muhum o’rin tutadi. Ammo ilohiy muqaddas tushunchasi hozirgi kunda dinga bog’liq: biz vatan oldidagi muqaddas burch, Xalqlarning muqaddas do’stligi haqida gapirayapmiz. Demak, ilohiy muqaddas tushunchasi juda keng qamrovli. Fransuz tarixchisi Salamon Reynak din mohiyati “Tabu” (taqiq) g’oyasini degan fikrni olg’a surgan. Uningcha dinga taqiqlangan jamiyatdan chiqarishgan tushunchalar kiradi. Bu ta’rif ham haqiqatdan yiroqmas, ammo bu ham nishonga aniq tegmagan chunki juda keng. Tabu go’yasi har bir dinni katta qismini tashkil qilsa ham. Shunday qilib Burjuaz olimlari taklif qilgan fikrlari juda keng, yoki juda tor. Ham u ham bu hatoni cheklab o’tish uchun dinni unga yaqin bo’lgan hodisalardan ajratib turuvchi muhim jihatini topish kerak. Bunday sifat ma’lum u bir necha bor chet el va Sovet olimlari tomonidan ko’rsatilgan bu g’ayritabiiylik g’oyasi. G’ayri
1 Токарев С.А.О происхожденим м ранних формах религии.С.178-179. tabiylikkaishonish (etiqod) - bu har bir dinning muhim ajralib turuvchi jihati: Tabuni g’ayritabiiy sanksiyasiga (jazo) ishonish – tabuni diniy qiladi. Birorta predmetni g’ayrtabiiyligiga ishonishni diniy sig’inish obektiga aylantirishi mumkin. Bu narsa insonni harakatlariga ham tegishli, inson agarda uni g’ayri qobiliyatlari g’ayritabiylashtirilsa dinniy etiqod predmetiga aylanishi mumkin. Shunday qilib din – bu insoniy munosabatlar, harakatlar, predmetlar va g’oyalar yig’indisi. G’ayritabiylikka ishonish bilan bog’liq. Bu dinning nisbtan aniqroq tarifi: Dinni kelib chiqishining muamosi unning mohiyati ildizlar muamosi biz uchun tushunarli. Lekin odamlar ongida qanday konkred formada bo’ladi, qaysi konkred e’tiqodlarga olib keladi. Dinning aniq bir formasi va marosimlari kelib chiqishini anilash uchun bu hodisa haqidagi materiallarda tartib o’rnatish kerak, ularni sistemalash kerak. Ommabob kitoblarda ilmiy maqolalarda tez-tez uchrab turadigan sexr - jodu , animizim, fetishizim, mifologiya tushunchasi zarur, biz ulardan dini ma’lum tomoni yoki qismini ifodalashda foydalanamiz lekin bu aynan alohida tomonlari aniq bir forma shakli emas. Sexr - jodu animizim, animatizim, fetishizim, mifologiya – bular hammasi har qanday dinning ajralmas tashkiliy qismlaridir. Ularni e’tiqod shakllaridan alohida tushuntirishga urunish befoyda. Animizmni kelib chiqish masalasiga yechim toppish qiyin. Agarda bu savolga boshqacha yondoshsa ya’ni animizimga ruhlarga ishonishday qarasak Teylor bergan javobdan boshqa javob topolmaysiz. Bu javob esa, yuqorida aytilganidek juda qoniqarsiz, chunki u idiyalstik, animistic etiqodlarni haqiqiy ildizlarini anglash uchun ularni odamlar hayoti bilan bog’liq tomonlarini o’rganish kerak. Biz shaman ruhlarini genezisini aniq ravshan ko’rishimiz mumkun. Ko’z ongimizda yaratilgan (paydo bo’lgan) shamaning asosiy va yordamchi ruhlari. Bu ruhlar siymosi shamaning sirli g’ayritabiiy harakatlarining ifodasidir. Maxsus etnografik adabiyotni o’rganish bunda hech qanday shubha qoldirmydi. Tabiyatni ifodolovchi ruhlarning obrazi umuman boshqacha, masalan suv alvasti yoki jin. Jin obrazi odamning o’rmon chakalakzorlaridan qorqish hissini ifodasidan boshqa narsa emas. Shunda ham alohida odamni, masalan rus dehqoni shuning uchun o’rmon bu dehqonchilikka halaqit qiluvchi faktir, adashib qolishi mumkun bo’lgan joy. Bu qorquv xissi va uning jin obrazidan o’z ifodasini topishi. Suv alvastisini obrazi ham tushunarli-bu hafli suv elementi unda cho’kish mumkun. Shuning uchun alvastini boshqacha jihatlarga ega. Jin- hazilkash, hazilashishni yoqtiradi, u faqat mast odam yoki yosh bola uchun hafli. Suv alvastisi esa yovuz ruh, odamni halok qiladi. Bu оbrazlardagi farq tushunarli. Kasalliklar ruhlarni tasirlanishi alohida masala. Rus halqi etiqodlaridan bu kabi obrazlarni kasaliklar ko’rinishidan kelib chiqish mumkun. Bular “bezgak” “tutqanoq” har biri o’ziga hos sifatga ega: Dafn marosimi bilan bog’liq obrazlar mavjud. O’lganlar ruhlari haqida tasavurlar mavjud.ularni umumiy ildizda birlashtirishga urunish befoyda. Albatta bitta umumiy ildiz bor-bu odamning unga bosim o’tqazadigan kuchlar oldidagi qo’rquv ular bilan kurashda kuchsizlik, ilojsizlik. Ammo bu umuman dining ildizi, faqat animizimning emas. Sexr-joduni oladigan bo’lsak una ham bazi tasdiqlovchilarham dinning eng qadimgi iptidoiy formasiday ko’rishgan. Aslida sexr-jodu hamma dinda mavjud. Sehr nima? “Sehr” termini har hil olimlar tomonidan har hilcha tushuniladi. Eng rasm bo’lgan tushuncha (J.Freyzer) “oltin shok” (daraxt shoxi) sehr-jodu bu odamni hech qanaqa hodo yoki ruhlar aralashisiz jodugarlik yordamida o’z maqsadiga erisha olishiga ishonish. Lekin bu etiqod hamma dinlarda mavjud: dindor qanday marosim bajarmasin uni kutilgan natija berishga ishonadi yoki umid qiladi. Lekin sehr-jodu marosimlari shunchalik ko’pki ular inson faoliyatini turli tomonlari bilan bog’liqki, sehr-joduning kelib chiqishi bir deyish mumkun emas. Shuning uchun sehr-joduni kelib chiqsh masalasiga umumiy yechim toppish befoyda. Agarda topishga urunsa “Freyzer” “oltin shok” da berilgan javobdan boshqa javob topolmaymiz. Asardagi javob esa psihalogik, yani idialistik harakterga ega. sehr-joduni bir turli narsa deb tushnsa idialistik javobdan boshqa javob berolmaymiz.Aksincha idializim yordamida aniq, fikrda bo’lmagan tadqiqodlarning turlari va ildizlari turlicha bo’lishini ko’rsatadi. Huddi shu fikr animizim, fetishizim, tabu, mifalogiya kabi tushnchalarga ham taluqli. Bu hodisalar inson amaliyoti, faoliyati bilan bog’liqligiga qarab turlicha ildizlarga ega. Shuning uchun dinning kelib chiqishi masalasi animizim, animatizim, sehr-jodu, fetishizim, mifalogiya kabi tushunchalarni mavhum o’rganishda emas, insonni aniq bir faoliyati bilan bog’liq dinini alohida shaklini o’rganishga bog’liq. Ushbu maruzada dinning qadimiyligiuni yuzaga kelishi vaqtida dingacha bo’lgan davri masalalarida to’htay olmaymiz. Bu masala arhiyalogik, chunki insoniyat tarihining ilk bosqichlari arhiyalogik materiallar asosida bizga ma’lum. Arhiyaloglar hozirgacha insonda din haqida tushuncha qachon paydo bo’lganligi ustida bahslashishadi. Bazilar bunday yodgorliklarni neandertallardan kuztishgan, yani mustye davrida bunga misol ayiq suyaklari bilan to’ldirilgan qadimigi qabirlar. Boshqalar neandertal davri yodgorliklari ularda din haqida tushuncha bo’lganini isbotlamaydi degan fikrda. Ularning fikricha din haqida tushuchalar yuqori paleolit dvrida paydo bo’lgan ishonch bilan aytish mumkun. Bunga misol: Murakkab dafn marosimlari tasviriy va haykal taroshlik sanati yodgorliklari. Ikkinchi fikr to’g’riroq: din yuqori paleolit davrida paydo bo’lgan. Etmografiyaning behisob faktlari din iptidoiy jamoada, sinfiy jamiyatgacha mavjud, bo’lganligini isbotlaydi. Dinni qadimigi umumiy shakli haqida savol berish befoyda. Hozirgacha bunga urunishadi lekin menimcha bu befoyda bir kichik misol keltiraman. Malining “dinni kelib chiqish haqida” brashurasida bu masala bo’yicha ko’pgina to’g’ri fikrlar keltirilgan. Masalan brashurada dinni eng qadimgi shakli totemizim bo’lgan deyiladi. Yuqorida aytilganidek totemizim dinni qadimiy shakllaridan biri. Burjuaz fan olamida totemizim haqida juda ko’p yozilgan. Ammo totemizim ildizlari haqida baxslashishga va hozir ham baxslashishiyapdi. Qanday nazariyalar bo’lmagan! Ular orasidan muvafaqiyatsiz hatto kulguli lekin, ko’pgina qiziq nazariyalar bo’lgan. Bir necha avlod olimlarining umumiy mehnati zoya ketmadi va burjuaz, keyinchalik Sovet olimlari totemezim dinni aniq bir shakli degan tushunchaga to’g’ri yo’l topishdi. Moddiy hayot sharoiti iptidoiy odamlarni, o’sha davr odami ongini to’ldirishi kerak bo’lgan atrofdagi olamga yo’naltirgan. Albatta totemezim masalasi ohiriga yechilgan deb bo’lmaydi. Unda noaniq narsalar ko’p qavm va qabilalar o’rtasida o’zaro yotsirash bo’lgan. Bu yotsirash o’z navbatida tez-tez urushlarga olib kelgan. Shunday qilib bu alohida izlanishlarni talb qiladigan din shakli. Aytish mumkunki adabiyotda dafn marosimini aniq ifodalovchi izoh yo’q. Shu kungacha daf marosimi suyever qarashlar natijasi deb hisoblash odat tusiga kirgan. Nimagadir odamlar marumlarni suyever tasavvurlar tufayli marhumlar g’ayritabbiy fazilatlarga ega deb o’ylashgan. Bu o’z yo’naltirishi bo’yicha ikki tomonlama instink: Birinchi tomondan hatto bazi hayvonda uchraydigan tozalik ozodalik instinkga chizib boshlagan murdadan halos bo’lish. Ikkinchi tomondan ijtimoiy bog’liqlik yaqin qarindoshlar o’z qarindoshi bilan ajralmaslikka undovchi instink. Ko’p tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki o’lgan maymun onasi ham undan uzoq ketmaslikka harakat qiladi. 1
Download 1.45 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling