O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat univesiteti texnika va kasbiy ta’lim fakulteti


Download 1.13 Mb.
Pdf ko'rish
Sana21.10.2020
Hajmi1.13 Mb.
#135240
Bog'liq
tanqidiy fikrlash asoslari


 

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM 

VAZIRLIGI TERMIZ DAVLAT  UNIVESITETI 

TEXNIKA VA KASBIY TA’LIM   FAKULTETI 

Q.X.M.S.DQ.I.T. YO’NALISHI 3-KURS 

305-GURUH TALABASI 

DONAYEV SIROJIDDIN

NING 

TA’LIM  TEXNOLOGIYALARI  FANIDAN 

 

 



 

              

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

Qabul qildi:                       

  

 

      

NORPO’LATOVA  X

 

                    Topshirdi

:                                                        DONAYEV S

 

Termiz- 2015 

 


 

 



 

Mavzu   Tanqidiy  fikrlash  asoslari. Sinkveyn uslubi. 

Reja : 

 

Kirish 

I.Asosiy qism 

1.O‘qituvchilarda tanqidiy fikrlashni shakllantirishning nazariy asoslari 

 2.Tanqidiy fikrlashining pedagogik- psixologik asoslari 

3.Tanqidiy fikrlashni rivojlantiruvchi faol metodlar 

4.Tanqidiy fikrlashning rivojlanish muhitini yaratish 

5.   Sinkvey  uslubi   

II.Xulosa 

 

III.Foydalanilgan adabiyotlar 

 

 

 



 

 

 



 

 

 

 

 

 

 

                                        

 

 

 

                                                  

 

 



 

 

Kirish 

О„zbekiston 

Respublikasi 

Prezidenti 

I.A.Karimovning 

О„zbekiston 

Respublikasi  Oliy  majlisi  Qonunchilik    palatasi  va  Senatining  2010  yil  27  yanvar 

kuni bо„lib о„tgan qо„shma  majlisidagi “Mamlakatni modernizatsiya qilish va kuchli 

fuqarolik jamiyati barpo etish- ustivor maqsadimiz” hamda Vazirlar mahkamasining 

2010  yil  29  yanvar  kuni  bо„lib  о„tgan  majlisidagi  “Asosiy  vazifamiz-Vatanimiz 

taraqqiyotini  va  xalqimiz  faravonligini  yanada  yuksaltirish”  mavzularidagi 

ma‟ruzalari  mazmun-mohiyati  va  undagi    xulosalarni  о„rganish  yuzasidan  Vazirlar 

mahkamasining  2010  yil  23  fevraldagi  101-F  –sonli  farmoyishi  bilan    bilan 

tasdiqlangan  tashkiliy  tadbirlarni  amaliyotga  joriy  etish    jamiyatimizdagi  kun 

tartibidagi bosh masalalardan biridir. 

Prezidentimiz о„z ma‟ruzasida “ ....mamlakatni modernizatsiya qilish va kuchli 

fuqrolik  jamiyati    barpo  etish  ustivor  maqsadimiz”  degan

1

  fikr  mulohazalaridan 



jamiyatimizda  barkamol  avlodni  tarbiyalash  ta‟limning  asosiy  vazifalardin  biri 

ekanligi gavdalanidi 

Respublika  Prezidenti  I.A.Karimov  shunday  degan  edilar:  «Ta‟lim-tarbiya 

tizimidagi  islohotlar  boshlangan  dastlabki  yillarda  men  jahon  tajribasi  va  hayotda 

о„zini  kо„p  bor  oqlagan  haqiqatdan  kelib  chiqib,  agar  bu  maqsadlarimizni 

muvaffaqiyatli  ravishda  amalga  oshira  olsak,  tez  orada  hayotimizda  ijobiy 

ma‟nodagi,  «portlash  effekti»ga,  ya‟ni,  yangi  ta‟lim  modelining  kuchli  samarasiga 

erishamiz …. 

Prezidentimiz о„z ma‟ruzasida “ ....mamlakatni modernizatsiya qilish va kuchli 

fuqrolik  jamiyati    barpo  etish  ustivor  maqsadimiz”  degan

2

  fikr  muloxazalaridan 



jamiyatimizda  barkamol  avlodni  tarbiyalash  boshlang„ich  ta‟limning  asosiy 

vazifalardin  biri  ekanligi  gavdalanidi.  Ayniqsa,  bо„lajak  boshlang„ich  sinf 

о„qituvchlari ta‟lim va tarbiyaning tub maqsadi kuchli fuqarolik  jamiyatining barpo 

etilishiga xizmat qilishi asosiy maqsadimiz ekanligi Sharqona tarbiya mazmunida  his 

                                           

 

 



 

 



 

etilishi zaruriyati mavjuddir. 

О„rta  asr  Sharqining  buyuk  mutafakkirlari  Xorazmiy,  Forobiy,  Ibn  Sino 

nazariya va amaliyoti tasdiqlaganki, bolaning mustaqil  Tanqidiy fikrlashi jarayonida 

о„zlashtirilgan  bilimlar  biror  bir  manbadan  tayyor  holda  olingan  bilimlar  bilan 

qiyoslaganda  katta  afzallikka  ega.  Tо„liqroq  va  tezroq  rivojlangan  bu  bilimlar 

о„quvchilar  e‟tiqodiga  aylanadi  va  ularning  tafakkuri  hamda  faol  amaliy  Tanqidiy 

fikrlashi quroliga aylanadi. 

Tanqidiy  fikrlash  masalalarini  tadqiq  etish  bilan  kо„plab  zamonaviy  olimlar, 

pedagoglar, psixologlar va metodistlar shug„ullanadi. 

Xususan,  V.V.Davidov,  M.G.Davletshin,  I.Y.Lerner,  A.M.Matyushkin, 

M.I.Mahmutov,  S.Rajabov,  D.Shodiyev,  E.G„oziyev,  A.M.Umronxо„jayev  ishlarida 

muammoli  ta‟lim  tamoyillarida  umumlashtirish  turlari  va  ularning  tuzilishi,  о„quv 

jarayonini  tashkil  etish  ochib  beriladi,    tanqidiy  fikrlashining  tuzilishlari,  aqliy 

faoliyatning  umumlashgan  usullarini  shakllantirish  yо„llarini  belgilovchi  alohida 

komponentlarning о„ziga xos

 

xususiyatlari tahlil etiladi. Bu tadqiqotlarda maktabning 



bosh  maqsadi  sifatida  bola  shaxsi  oyoqqa  turishini  ta‟minlash,  uning  qobiliyatlarini 

ochib  berish,  о„qishga  istak  va  uquvni  shakllantirish,  bо„lajak  boshlang„ich  sinf 

о„quvchilarini  tanqidiy  fikrlash  tanqidiy  fikrlashining  barcha  komponentlarini 

egallashga yо„naltirish asosida tizimli

 

ta‟limga tayyorlash va shaxsni har tomonlama 



faollashtirish  oldinga  suriladi.  Bu  maqsadlarni  tugal  konsepsiya  sifatida  amalga 

oshirish  an‟anaviy  didaktik  tizimlarning  barcha  bо„g„inlarini  takomillashtirish,  shu 

jumladan  о„quvchilarning  faol  Tanqidiy  fikrlashini  shakllantirishning  motivlari, 

metodlari  va  tashkiliy  vositalarini  ta‟minlash  uni  inson  taraqqiyotining  turli  yosh 

bosqichlarida chuqur tadqiq etish zaruriyatini talab etadi. 

О„z tanqidiy fikrlashini maqsadga qaratish va motivlashtirish qobiliyatiga ega 

bо„lish,  о„z  istak-mayllarini  faol  boshqarishga  qobillik,  har  bir  daqiqa  о„z  shaxsini 

takomillashtirishda foydalanish uchun vaqtni qadrlash eng muhimdir   



       O‘qituvchilarda  tanqidiy  fikrlashni  shakllantirishning  nazariy 

asoslari  

Tanqidiy  fikrlashining  ijodiy  manbalari  qadim  zamonlarga  borib  taqaladi. 



 

 



 

Faolligining  yaxshi  xotiralashga  imkon  yaratishi,  narsalar,  jarayonlar  va  hodisalar 

mohiyatiga  chuqur  kirib  borishiga  yordam  berishi  kо„hna  zamonlardayoq  ma‟lum 

bо„lgan. 

Yaqin va О„rta Sharqda yashab ijod etgan о„rta asr mutafakkirlari tabiiy-ilmiy 

asarlarida  ilmning  turli  tomonlari,  uning  prinsiplari,  tuzilishi,  mezonlari,  ilmning 

inson aqliy rivoji va ta‟limi bilan bog„liqligiga jiddiy qiziqish borligini kuzatamiz. 

Xorazmiy,  Forobiy,  Beruniy,  Ibn  Sino,  ularning  safdoshlari  va  izdoshlari 

gnoseologik  qarashlarining  xarakterli  xususiyati  shundan  iboratki,  inson  ongida 

predmet  timsoli  (obrazi)ni  mavhumlashtirish  jarayoni  ular  e‟tiborini  doimo  jalb 

etgan,  buning  natijasida  mazkur  predmet  mohiyati  va  о„ziga  xosligi  tushunchasi 

ishlab chiqilgan va shakllangan. 

Predmet  va    manbalari  qanaqa,    jarayoni  qanday  bosqichlardan  iborat,    va 

amaliy  faoliyat  о„rtasidagi  munosabatlar  qanday  -  о„rta  asrlik  qariyb  barcha  buyuk 

Sharq  mutafakkirlari  e‟tiborini  jalb  etgan    masalalarining  tо„liq  bо„lmagan  tartibi 

mana shulardan iborat. 

Xorazmiy  "hissiyot"    "mantiqiy  mulohazalar"  vositasidan  aniq  farqlagan: 

dastlabki  xususiyni  ,  "mayda",  "mantiqiysi"  esa  mohiyatan  о„rganadi,  ahamiyatli, 

biroq ular aloqador. 

Fikrlash  nazariyasi  kurtagi  fan  paydo  bо„lishi  bilan  yuzaga  keldi  va  uzluksiz 

rivojlanmoqda.  Xorazmiy  bu  nazariyaning  rivojlanishiga  muhim  hissa  qо„shdi.  U 

tajriba  -  kuzatish  va  eksperimental    metodini  samoviy  jismlar  harakati,  shuningdek, 

yer  sathidagi  punktlarni  jadval  kо„rinishida  ilk  bor  ilmiy  asosladi,  induksiya  va 

deduksiya  jihatidan  yagona,  alohida  va  umumiyning  birligi  prinsipini  aniqlashtirdi: 

xususiy  xoldan  alohida  xoldagi  tenglamaga  (olti  tenglama)  о„tdi,  lekin  umumiy 

(qonuniy)  turgacha  yetmadi,  hozirgi  paytda    va  amallarda  hamma  e‟tirof  etgan 

umumilmiy  metod bо„lgan  matematik  masalalarni hal etishning  algoritmik  metodini 

ishlab chiqdi. 

Forobiy fanlarga bilimlarni о„zlashtirish va tо„plashning zarur vositasi sifatida 

muhim ahamiyat berdi, ularni egallashni esa savodxonlik kо„rsatkichi deb hisobladi. 

Uning  aytishicha,  hissiyot  a‟zolari,  yurak  va  miya  inson  tug„ilgandan  ato 


 

 



 

etilgan,  boshqalar  bilim,  turli  xil  aqliy  va  axloqiy  xususiyatlar:  xarakter  belgilari, 

ta‟lim  olish  va  boshqalar  inson  hayotiy  tanqidiy  fikrlashi  jarayonida  egallanadi.  U 

inson  xarakterining  turli  xususiyatlari  va  axloqiy  fazilatlari:  dadillik,  mardlik, 

dо„stlik,  saxiylik,  zukkolik,  haqqoniylik  va  hokazolarni  belgilar  ekan,  ular  shaxsni 

tarbiyalash va о„z-о„zini tarbiyalash natijasi deb hisoblaydi. Mutafakkirning fikricha, 

aqliy  va  xulqiy  sifatlar  tarbiyasi  ikki  xil  usullar  (metodlar)  bilan:  shaxsni  kamol 

toptirishga  yо„naltirilgan  ixtiyoriy  harakatlar va kuch  bilan  majbur qilish  jarayonida 

amalga oshirilishi mumkin. 

Forobiy asarlarida (5, 6) didaktika masalalari, ta‟limning nazariy muammolari, 

bilimlarni  egallashning  falsafiy,  fiziologik  va  psixologik  asoslari  keng  kо„rib 

chiqilgan.  Uning  uchun  obyekt  va  subyektning  о„zaro  aloqasi,  kishi  shaxsining 

murakkab fiziologik-psixik jarayonlari va boy ma‟naviy olami muhimdir. Jumladan, 

olimning  fikricha  inson  ma‟naviyatining  oliy  pog„onasi  ruh,  aql  va  tafakkur  bо„lib, 

ular inson  tanqidiy fikrlashiga xos bо„lgan о„ziga xos shakllarda namoyon bо„ladi. 

Forobiy  tanqidiy  fikrlashini  tashkil  etish  masalalari  bо„yicha  bir  qator  muhim 

tavsiyalarni  ishlab  chiqdi.  Yaxshi  nazoratchi  bо„lish  uchun,  deydi  u,  uch  narsaga 

rioya qilish zarur:  

1.  ma‟lum bir fan asosiga yotgan barcha prinsiplarni yaxshi bilishi  kerak; 

2.  ushbu  aniq  fanga  doir  mana  shu  prinsip  va  ma‟lumotlardan  zarur  xulosalar 

chiqara olish kerak, ya‟ni muhokama etish qoidalarini egallash lozim; 

3.  haqiqatni yolg„ondan farqlash va xatolarini tо„g„rilash uchun xato nazariyalarni 

inkor etishni  va boshqa mualliflar mulohazalarini tahlil etish zarur. 

Beruniyning  ilmiy  merosida  u  ishlab  chiqqan  tabiatni  о„rganish  va  uning  ilmiy 

metodi  katta  о„rin  egallaydi.  Beruniy  ilmiy  metodining  xarakterli  xususiyatlari  va 

asosi  olimning  obyektivligi  va  oqilona  yondashuvi,  kuzatish,  tajribalar,  og„zaki  va 

yozma yodgorliklarni о„rganish dalillarga tanqidiy yondashuv, ularni aqliy xulosalar 

shaklida  mantiqiy  umumlashtirish,  haqiqatni  aniqlash  maqsadida  qiyoslashdan 

iboratdir. 

Abu  Rayhon  Beruniy  о„z

 

asarlarida  (2)  ta‟kidlashicha  ta‟lim  izchil,  kо„rgazmali, 



maqsadga  qaratilgan  bо„lishi  lozim  va  muayyan  tizim  bо„yicha  olib  borilishi  kerak. 

 

 



 

Uning  fikricha,  kо„rgazmalilik  ta‟limni  ancha  qulay,  aniq  va  qiziqarli  qiladi. 

Kuzatuvchanlik va fikrlashni rivojlantiradi. 

Ibn  Sino  (X-XI  asrlar)    tanqidiy  fikrlashining  turli  xillarining  keng  manzarasini 

ochib  berdi.  Ularni  ruhning  xilma-xil  kuchlari  deb  tasvirladi  va  bu  kuchlarning 

anchagina  qismini  ilohiy  ibtido  hukmi  ta‟siridan  ajratib  oldi.  U  qadimgi  (antik) 

an‟anaga muvofiq ruhni uch kо„rinish: nabotot, hayvonot va aqlga ajratadi. Birinchisi 

ikki  kuch  -  harakatlantiruvchi  va  qabul  qiluvchiga  bо„linadi.  Qabul  qiluvchi  о„z 

navbatida  tashqari  va  ichkaridan  qabul  qiluvchiga  ajraladi.  Birinchisiga  besh  yoki 

sakkiz hissiyot tegishlidir. 

Ibn  Sinoning  ilmiy  merosi  (1)  ulkan  va  insoniyat  bilimlarining  barcha  sohalarini 

egallaydi.  Uning  dadaktik  prinsiplari  mohiyati  quyidagicha:  ta‟lim  osondan 

murakkabga qarab borishi kerak. U bolalarning mayl va qobiliyatlarini hisobga olgan 

holda amalga oshirilishi lozim, mashqlar bolaning imkon darajasida bо„lishi kerak va 

ta‟limni jismoniy mashqlar bilan uyg„unlikda olib borish lozim. 

Ibn  Sinoning  muhim  pedagogik  prinsipi  uning  inson  aqli  hayoti  oqimiga  ta‟sir 

etadi  degan  tasavvuridir,  chunki  inson  hayvondan  aynan  aqli  mavjudligi,  demakki, 

о„zi qilayotgan xatti-harakatni anglash imkoniyatiga egaligi bilan farqlanadi. Bolada 

atrof-muhit yetakchi rol о„ynashi haqidagi qarashlari Ibn Sino pedagogik fikriyotida 

muhim ahamiyatga egadir. 

 

Tanqidiy fikrlashining pedagogik- psixologik asoslari. 

О„quvchilar  tanqidiy  fikrlashini  о„rganishda  zamonaviy  didaktika  о„qish 

jarayonida  о„quvchilar  psixik  tanqidiy  fikrlashi  bilan  shug„ullanuvchi  ta‟lim 

psixologiyasi  yutuqlaridan  foydalanadi.  О„quv  materiali  yosh  va  mazmunga  bog„liq 

holda  bu  faoliyatning  о„ziga  xosligi  ta‟lim  jarayoni  psixologik  qonuniyatlarini 

о„rnatadi,  tanqidiy  fikrlashida  о„quvchilarning  individual  va  tipik  xususiyatlarini 

kо„rib chiqadi. 

О„zlashtirish  jarayonida  tahliliy-sintetik  faoliyat,  shuningdek  qiyoslash, 

mavhumlashtirish,  umumlashtirish  va  aniqlashtirish  kabi  fikriy  operatsiyalar  muhim 

rol о„ynaydi. 



 

 



 

Tahlil - bu,  predmetni qismlarga fikran bо„lishdir. 

Sintez - alohida elementlar yoki qismlarni bir butunga fikran birlashtirishdir. 

Jumladan,    bitta  о„nlik  va  ikkita  birlikdan  iborat  son  necha  deb  ataladi  degan 

о„qituvchining savoliga javob berib, о„quvchilar sintezdan foydalanadi (О„n va ikkita 

bir 12 sonini tashkil etadi); 25 sonida nechta о„nliklar va birliklar bor degan savolga 

javob berib, о„qvchilar sonlar tahlilini amalga oshiradi. 

Taniqli 


psixologlar 

(N.A.Menchinskaya, 

D.N.Bogoyavlenskiy, 

M.G.Davletshin,  E.G„oziyev,  G„.Shoumarov  va  boshqalar)  о„quvchilar  tahliliy  - 

sintetik  tanqidiy  fikrlashining  umumiy  qonuniyatlarini  tadbiq  etib,  shuni 

kо„rsatdilarki, ta‟limning boshlang„ich bosqichida tahlil sintezdan ortda qoladi yoki, 

aksincha,  oldin  keladi,  mohiyat  kо„rinishini  qamrab  olmaydi.  Buning  natijasida 

umumlashtirish ham tо„laqonli bо„lmaydi, nomuhim, tasodifiy belgilarga asoslanadi. 

Boshlang„ich sinf о„quvchilari kо„pincha ahamiyatli belgilar sifatida tashqi, tasodifiy, 

eng yorqinlarini ajratishadi. 

Ta‟lim  bosqichlarining  murakkablashib  borishi  bilan  о„quvchilar  tahliliy  - 

sintetik  darajasining  oshishi  kuzatiladi.  Tahlil  sekin-asta  kо„rgazmali  -  amaliydan 

(obyektlarni  fikran  ,  mazkur  obyektlar  bilan  amaliy  harakatlar  jarayonida  amalga 

oshirilayotganda)  kо„rgazmali  obrazli  (  kо„rgazmali  obrazlar  yordamida  amalga 

oshirilayotganda)  va  sо„zli  -  mantiqiyga  (  mavhum  tushuncha  va  mulohazalar 

shaklida amalga oshirilganda) tomon rivojlanadi. Sintez, shuningdek, ancha tо„liq va 

kо„p tomonlama bо„ladi. 

Qiyoslash - bu, о„xshashliklar (umumiy xususiyatlarni ajratish) va tafovutlarni 

(har  bir  qiyoslanayotgan  obyektlarning  о„ziga  xos  xususiyatlarini  ajratish)  ular 

о„rtasida      obyektlarini  qiyoslash.  Bu  operatsiya  boshqa  barcha  asosiy  fikriy 

operatsiyalar  asosiga  yotadi.  Boshlang„ich  sinf  kursi  qiyoslash  -  sonlarni,  ifoda  va 

sonlarni, ikki ifodani, masalalarni va boshqalarni qiyoslash, undan foydalanish uchun 

keng imkoniyatlar ochadi. 



Umumlashtirish  -  о„rganilayotgan  obyektdan  umumiy,  muhimni  va 

mavhumdan nomuhimni ajratishdir. 

Yetakchi  psixologlar  tomonidan  umumlashtirishni  shakllantirishga  oid 


 

 



 

quyidagi 

qoida 

ishlab 


chiqilgan:  о„quvchilarda  tо„g„ri 

umumlashmalarni 

shakllantirishning  zaruriy  qoidasi  muhimning  doimiyligida  tushuncha,  xususiyat  va 

dalillarning nomuhim belgilarini о„zgartirishdir. Bu qoida tasavvur va tushunchalarni 

shakllantirishda  о„ta  muhim  ahamiyatga  ega.  Jumladan,  о„quvchilarga  tо„g„ri 

tо„rtburchak  haqida  tasavvur  berish  uchun    bu  tushuncha  uchun  nomuhim  bо„lgan 

belgilarni:  rangi  (turli  rangdagi  tо„g„ri  tо„rtburchaklarni  olish)  u  tayyorlangan 

materiali,  tekislikdagi  holati,  tomonlari  uzunligining  nisbatini  о„zgartirish  kerak. 

Barcha muhim belgilarni о„zgartirmay qoldirish zarur: barcha burchaklarni tо„g„ri  va 

qarama-qarshi  tomonlarni  har  xil  qilib  qoldirish  kerak.  Hamma  hollarda  noma‟lum 

harf  X  (iks,  nomuhim  belgi)  bilan  belgilash  shunga  olib  keladiki,  a  +  2  =  7 

kо„rinishidagi  ifoda  tenglama  hisoblanmaydi:  bu  holda    tо„g„ri    umumlashmani 

shakllantirish tenglamada lotin alifbosidagi turli harflar bilan noma‟lumni belgilashga 

yordam beradi. 

Umumlashtirishlar  qabul  qilish  bilan  bog„liq  bо„lgan  oddiy  shakllardan  to 

ilmiy  umumlashtirmalarga  qadar  rivojlanadi.  Umumlashmalar  tо„g„riligi  va  uni 

о„quvchilar  egallashining  mezoni  bо„lib  о„zlashtirilgan  operatsiyalarni  kо„chirib 

о„tkazish, ya‟ni ulardan yangi sharoitlarda foydalanish xizmat etadi. 

Zamonaviy  didaktika  va  psixologiya  mana  shu  kо„chirib  о„tkazish 

muammosiga katta e‟tibor beradi. 

Umumlashtirish  mavhumlashtirish    obyektidan  bir  xususiyatini  chiqarib 

tashlash va boshqasini ajratib olishdan iborat fikriy operatsiya bilan yaqin aloqadadir, 

bu  xususiyatlar  о„rganilayotgan  predmet  va  hodisalar  mohiyatiga  kirishga  imkon 

beradi.  Jumladan,  о„quvchilarda  "uchburchak"  tushunchasini  shakllantirishda 

tomonlari  va  burchaklarining  nisbiy  о„lchovlari,  tekislikdagi  holati  va  boshqa  shu 

kabi  belgilar  chiqarib  tashlanadi,  faqat  bittasi  -  uchta  burchakli  mazkur  tipdagi 

geometrik figuralar mavjudligi ajratib olinadi. 

Ta‟limning  dastlabki  bosqichlaridayoq  о„quvchilarning  mavhumlash-tirishga 

qobiliyati  namoyon  bо„ladi.  О„qituvchi  rahbarligidagi  ta‟lim  chog„ida  bu  qobiliyat 

rivojlanadi, 

mavhumlashtirish 

shakli 


ham 

murakkablashadi 

hissiy 


kо„rgazmalilikdan  fikriylikka  о„tiladi,  u  ikkinchi  signal  sistemasi  yordamida 

 

10 


 

 

tushuncha hosil qiladi. 



Mavhumlashtirishga  yaqin  fikriy  operatsiya  aniqlashtirish  nomini  olgan. 

Aniqlashtirish ikki shaklda namoyon bо„ladi: 

1. Umumiyda yagona, xususiyga fikriy о„tish sifatida; 

2.Mavhumiydan  -  umumiyga,  aniq-xususiyga  uning  turli  xususiyat  va 

belgilarini topish orqali yetishish, mavhum-umumiyni aniq mazmun bilan tо„ldirish, 

boyitish sifatida. 

Dialektikada  mavhumiylik  va  aniqlashtirish  birligini  о„rnatadi.  Bu  birlik 

о„zaro  aloqadagi  fiziologik  asosi  bilan  ikki  signal  tizimiga  ega.  Aniqlashtirish 

yordamida  ilmiy  mavhumiylik  mazmuni  ochiladi,  ular  aniq  predmetlarning  alohida 

tomonlarini  boshqalardan  mavhumlashtirib  aks  ettiradi.  Mavhumlashtirishda 

predmetlar о„z butunligini yо„qotadi;  esa aniq bо„lganda real voqelikdagi predmet va 

hodisalar tomonlarini bir butunlikda ochib bergandagina haqqoniy bо„ladi. Bilimlarni 

chinakam egallashga mavhum tushunchalar bir qator dalillarda aniqlashtirilgandagina 

erishiladi. 

Ta‟lim  jarayonida  aniqlashtirish  ikki  shaklda:  hissiy  kо„rgazmali  vositalar 

(predmetlar,  rasmlar,  chizmalar  va  boshqalar)  va  sо„zli  -  mavhum  shakl  (hikoya, 

tushuntirish, maxsus topshiriqlarni hal etish) yordamida amalga oshiriladi. 

O‟qitishning  muhim  masalalaridan  biri  о„quvchilarga  aqliy  faoliyat  usullari 

yordamida  ta‟lim  berishdir.  Aqliy  faoliyat  usullariga  fikriy  operatsiya  usullari  - 

umumlashtirish,  mavhumlashtirish  va  boshqalar  kiradi.  Xususiydan  umumiyga 

umumlashtirish  usuli  (induktiv  yо„l  bilan),  masalan,  quyidagi  amallar  tartibida  aks 

etishi mumkin:  

a) topshirilgan predmetlarni solishtirish; 

 b)  ularning  har  biri  uchun  umumiy  bо„lgan  barcha  belgilarni  ajratish  va 

nomini aytish; 

 v)  predmetlarni  ushbu  belgilarga  kо„ra  birlashtirish.  Umumlashtirishni 

deduktiv  yо„l  bilan  amalga  oshirilgan  holatda  (umumiydan  xususiyga)  о„quvchilar 

tushunchani,  aytaylik  tо„g„ri  tо„rt  burchakni  oldindan  bilib  topshirilgan  geometrik 

figuralardan  uni  tanlab  olishi  va  umumiy  belgilarini  aytishi  lozim.  Yangi 


 

11 


 

 

topshiriqlarni  hal  etishga  ongli  ravishda  kо„chirib  о„tkazish  aqliy  faoliyat  usulini 



о„zlashtirganlik kо„rsatkichi bо„lib xizmat qiladi. 

Aqliy  faoliyat  usullari  о„quv  ishlari  usullari  bilan  uzviy  bog„liqdir.  О„quv 

ishlari usullari  muayyan  amallar,  kо„rsatmalar,  tavsiyalar,  qoida va  hokazolar tartibi 

kо„rinishida  ifodalanadi.  Ularning  masalasi  -  muayyan  masalalarni  hal  etishda 

о„quvchilar tashabbusini bо„g„may, umumiy yо„nalish berishdadir. 

Ta‟lim  jarayonida  о„quvchilarning  aqliy  rivojlanishi,  ularning  faol  va 

mustaqilligi,  ijodiy  yondashuv  kо„p  jihatdan  о„quvchilarning  о„quv  ishlari  va  aqliy 

faoliyat usullarini egallashga bog„liq. 

 

Tanqidiy fikrlashni rivojlantiruvchi faol metodlar 

 

Tanqidiy  fikrlashni  о„stirishga  xizmat  qiladigan  metodlar  «Demokratik  ta‟lim 



uchun» konsorsiumi tomonidan amalga oshiriladigan «Tanqidiy fikrlash uchun о„qish 

va yozish» loyihasi doirasida ishlab chiqilgan. 

 

Konsorsium  a‟zolari:  Xalqaro  о„qish  uyushmasi,  Xobart  va  Uilyam  Slims 



kollejlari  va  Shimoliy  Ayova  shtat  universiteti  hisoblanadi.  Bu  loyihani  Nyu–

Yorkdagi  Ochiq  jamiyat  instituti    va  Markaziy  Osiyo  tо„g„risidagi  Markaziy  va 

Sharqiy Yevropadagi Soros fondi mablag„ bilan ta‟minlaydi. 

 

Bu  paragrafda  metodlar  mazmuni  mazkur  loyiha  materiallariga  muvofiq 



ravishda yoritiladi. 

 

Tanqidiy  fikrlashning  faol  metodlarini  ishlab  chiqishda  quyidagi  asoslardan 



kelib chiqadilar: Tanqidiy fikrlash nima?  

Fikrlash  –  о„qish,  yozish,  sо„zlash  va  eshitishga  о„xshash  jarayon.  U 

shunday faol, muvofiqlashtiruvchi jarayonki, uning tarkibida biror haqiqat yotadi.  

Fikrlash kontekstdan tashqarida hosil qilinadigan kо„nikma emas. 

Tanqidiy  fikrlash  ta‟limiy  dastur  yoki  kundalik  hayotning  umumiy 

kontekstidan yiroqlashgan sharoitda о„rganilishi lozim bо„lgan hodisa ham emas.  

Braun (1989) ta‟kidlaydiki, vazifa va real hayot maqsadlariga bog„lanmagan 

о„quv  kо„nikmalari  ta‟lim  oluvchilarga  obyektiv  testlarni  yaxshi  topshirish 

imkoniyatini berishi mumkin, lekin ular bu kо„nikmalarni yangi vaziyatlarda qо„llay 



 

12 


 

 

olmaydilar. 



Rixer  ta‟biri  bо„yicha  о„rganish  va  fikrlashning  ta‟rifi  kognitiv  psixologiya, 

falsafa  va  multmedia  madaniyati  ta‟limi  sohasidagi  tadqiqotlar  natijalariga 

asoslanadi. 

Bu tadqiqotlarning asosiy natijalari: 

1.  Samarali  va  muttasil  о„rganish  asosida  talabalarning  axborotlarni 

о„zlashtirish,  sintezlashi  va  ularni  tо„la  egallash  faolligi  yotadi  (Anderson  va  unga 

hammualliflar, 1985). 

2.  О‘rganish  jarayoni  fikrlash  faoliyatining  turli  tuman  kо‘rinishlaridan 

foydalangandagina muvaffaqiyatliroq bо‘ladi. Bunda jarayon yanada ongli ravishda 

о‘zlashtiriladi). 

3.  О‘rganish  va  tanqidiy  fikrlash  talabalarning  aniq  vazifalarga  nisbatan 

yangi bilimlarni qо‘llash imkoniyatlariga ega bо‘lgan taqdirda rivojlanadi. 

4.  О‘rganish  talabalarning  oldingi  bilimlari,  tajribalariga  tayangandagina 

mustahkamlanadi.  Bular  talabalarning  bilgan  bilimlarini  yangi  axborotlar  bilan 

bog‘lash imkoniyatini beradi). 

5.  Tanqidiy  fikrlash  va  о‘rganish  g‘oya  va  tajribalarning  turli-tumanligini 

pedagoglar  tushungan  va  qadrlagan  vaqtdagina  amalga  oshadi.  Tanqidiy  fikrlash 

«yakkayu  yagona  tо‘g‘ri  javob»ni  qabul  qiladigan  mentalitet  jarayonida  yuz 

bermaydi. 

Tanqidiy fikrlashning rivojlanish muhitini yaratish 

 

Tanqidiy  fikrlashni  rivojlantirish  oson  ish  emas.  Bu  muayyan  yosh  davrida 



tugallangan  va  esdan  chiqariladigan  vazifa  ham  emas.  Shu  bilan  birga  tanqidiy 

fikrlashni rivojlantiradigan yagona yо„l ham yо„q. 

 

Lekin  tanqidiy  fikr  shakllanishiga  yordam  beruvchi  muayyan  о„quv  tо„plami 



mavjud. Uning uchun: 



talabalarga fikr yuritish uchun imkoniyat berish; 



turli-tuman g‘oya va fikrlarni qabul qilish; 



talabalarning о‘kuv jarayonida faolligini ta’minlash; 



talabalarni kulgiga qolmaslikka ishontirish kerak; 


 

13 


 

 



har  bir  talabaning  tanqidiy  fikr  yuritishga  qodir  ekanligiga    ishonch  hissini 

uyg‘otish; 



tanqidiy fikrlashning yuzaga kelishini qadrlash lozim. 

Shu munosabat bilan talabalar: 

 

о‘ziga ishonchni orttirish va о‘z fikri hamda g‘oyalarining qadrini tushunish; 

 

о‘quv jarayonida faol ishtirok etish; 

 

turli fikrlarni e’tibor bilan tinglash; 

 

о‘z hukmlarini shaqllantirishga hamda undan qaytishga tayyor turishi lozim. 

Vaqt. Tanqidiy fikrlash vaqt talab qiladi. 

Pirson,  Xansen,  Gordon  (1979)lar  ta‟kidlashlaricha  о„z  fikrlarini 

shakllantirish  gо„yo  avvalgi  g„oya,  tasavvur,  uchrashuvlar  va  tajribalarni  arxeologik 

jihatdan tadqiq qilishga olib keladi. Shuning uchun ham: 

 

fikrlarini о‘z sо‘zlari bilan ifodalash; 



 

о‘zaro tanqidiy fikrlar almashish; 

 

о‘z g‘oyalarini ifodalay olish va konstruktiv takliflarga javob ola bilish; 



 

fikrlarni  muayyan  g‘oyalar  qiyofasida,  qulay  muhitda  amalga  oshira  olish  va 



о‘z g‘oyalarini tо‘la va aniq ifodalay olish.  

Izn. Tanqidiy fikrlashda erkinlik bо„lishi uchun talabalar ma‟qul va noma‟qul 

narsalarni  aytish,  ular  haqida  fikrlash,  ijod  qilish  uchun  ruxsat  olishlari  lozim. 

Talabalar  mumkin  bо„lgan  holatlarni  anglab  olishgach,  tanqidiy  tahlil  qilishga  faol 

kirishadilar. 

 

Tanqidiy  tahlilga  izn  olish  onglilik  tamoyiliga  asoslanadi.  Bunda  tahlil  va 



haddan  oshish  orasidagi  farq  aniqlab  berilishi  lozim.  Tanqidiy  fikrlashga  izn  berish 

fikrlash uchun maqsad bо„lib, dо„stona hamda samarali sharoitda kechadi. 



 

Rang-baranglilik.  Talabalarning  fikrlash  jarayonida  turli  fikrlar  va  g„oyalar 

paydo bо„ladi. 

 

Rang-barang  fikr  va  g„oyalar  yakkayu-yagona  javobdan  voz  kechilgandagina 



mavjudligi  yuzaga  keladi.  Fikrlarni  ifoda  qilish  chegaralanganda  talabalarning 

fikrlashiga  chek  qо„yiladi.  Faqat  birgina  javob  lozim  bо„lgan  taqdirda  xilma-xil 

vosita va jarayonlardan foydalanish joizki, uning yordamida talabalar ana shu javobni 


 

14 


 

 

topa olsin. 



 

Faollik.  Tanqidiy  fikrlash talabalarning  faolligi  bilan bevosita bog„liq.  Odatda, 

talabalar  sustkash  tinglovchilar  bо„lishadi,  chunki  ularda  о„qituvchi  bilimli  yoki 

kitobda  u  borayotgan  bilimlar  mavjud,  shu  tufayli  ular  bilim  olishlariga  о„qituvchi 

mas‟ul degan tasavvurda bо„ladilar. О„quv jarayonida talabalarning

 faol ishtiroki va 

о„qishga  о„zlarining  mas‟ul  ekanligini  his  qilish  tanqidiy  fikrlashda  kutilgan 

natijalarni  beradi.  Talabalarni  fikr  yuritishga,  о„z  g„oyalari  va  fikrlari  bilan  о„zaro 

о„rtoqlashishga da‟vat etish kabi pedagogik yondoshuv ularning faolligini о„stiradi. 

 

Mixali  Chikjentmixaliy  (1975)  ta‟kidlaydiki,  talabalar  о„sha  murakkab 



darajadagi о„kuv jarayonida faol ishtirok etishsa, bilish jarayonida qatnashganligidan 

katta bahra oladilar va о„zlarida chuqur qoniqish hissini sezadilar. 



 

Tavakkalchilik    Erkin  fikrlilik  tavakkalchilikka  asoslanadi.  Uning  bilim 

faoliyatida  qо„rqmay  tavakkal  qiluvchi  insonlarni  rag„batlantirib  turish  joizdir. 

Fikrlash  jarayonida  «ahmoqona  g„oyalar»  aql  bilan  tuzilmagan  birikma  va 

tushunchalar  ilgari  surilgan  holatlar  ham  bо„lishi  mumkin.  О„qituvchi  uni  о„quv 

jarayonini tabiiy holati sifatida talabalarga tushuntirishi lozim. 

 

Qadrlash.  Tanqidiy  fikrlash  omillaridan  biri  talabalarning  fikrlash  jarayonini 

qadrlashlaridir.  Tashkil  etilgan  fikrlash  jarayonida  talabalar  о„z  g„oyalari, 

tasavvurlarining  о„qituvchi  tomonidan  qadrlanayotganini  tushungan  chog„dagina 

chuqur mas‟uliyat va e‟tiborga yarasha javob qaytaradilar.  

 

Talabalar о„z fikrlash jarayonini qadrlashni namoyish qilishga harakat qiladilar, 



unga va uning oqibatlariga nisbatan jiddiy munosabatda bо„la boshlaydilar. 

 

Qimmatlilik.  Fikrlash  jarayonini  tashkil  etish  davomida  talaba  о„zining  fikri, 

tanqidiy  tahlil  natijalari  qimmatli  ekanligini  ongiga  singdirishi  zarur.  О„qituvchi 

talabalardan  muayyan  materialni  shunchaki  qayta  ishlashni  talab  qilganda  tayyor 

qoliplardan,  andozalardan  voz  kechish  lozim  bо„ladi.  Bu  esa  talabada  о„zgalar 

g„oyalarini mexanik tarzda qayta fikrlash eng muhim va qimmatli ekanligiga ishonch 

hosil qilishiga olib keladi. Aslida talabaga о„z fikri, о„ziga taalluqli bо„lgan g„oya va 

tasavvurlar  qimmatli  ekanligini  kо„rsata  olish  zarur.  Talabaning  о„zi  ham  о„z 

fikrlarining  qimmatli  ekanligiga  ishonch  hosil  qila  olishi  zarur.  U  о„z  fikrini 



 

15 


 

 

tushuncha  va  masalani  muhokama  qilish  jarayonida  о„ta  muhim  va  yechimga  hissa 



qо„shadi deya  tan olishi kerak. 

 

О‘zaro  fikr  almashinuvi.  Fikrlash  jarayoni  talabalarning  о„zaro  fikr 

almashuvini  kо„zda  tо„tadi.  Talabalarning  о„zaro  fikr  almashinishi  ularning  bir-

biridan  о„rganishdagi  о„rtoqchiligiga  asos  soladi.  Talabalardan  fikrlovchi  sifatida 

о„zlaridagi fikrni ham oddiy xatoni ham boshqalarga ochib berish talab etiladi. 

 

О„zaro fikr almashishda talabalardan diqqat bilan tinglash, о„zining qarashlarini 



tinglovchiga zо„rlab о„tkazish va sо„zlovchilarni tuzatib turishdan о„zini tiyib turishi 

ham  talab  etiladi.  Bunga  javoban  talabalar  boshqalarning  yalpi  fikrlaridan 

foydalanish  imkoniyatiga  ega  bо„ladilar.  Keng  doiradagi  munozara  oqibati  о„laroq 

talabalar  о„zlariga  tegishli  bо„lgan  g„oyalarni  tahlil  qilish  va  uni  aniqlashga  yanada 

qobiliyatlari orta boradi, hamda ularni о„z bilimlari va hayotiy tajribalarida yaratgan 

g„oyalar tizimiga tirkab boradi. Fikrlash jarayonini tashkil etishda  uni о„tkazishning 

bir necha modellari mavjud. Ular: 

  о‘ziga ishonch hosil qilish; 

  ishda faol ishtirok etish; 

  о‘rtoqlar va о‘qituvchi bilan fikr almashish;; 

  о‘zgalar fikrini tinglay olish

 

Tanqidiy  fikrlashni  ta’minlovchi  savollar.  Tanqidiy  fikrlash  jarayonida 

axborotni    tahlil  qilish  va  izohlash,  g„oyalarni  tahlil  qilish,  о„rganilayotgan 

hikoyalarni  о„z  taxminiy  rejalari  bilan  qayta  tuzib  chiqishga  qaratilgan  savollardan 

foydalaniladi. Qо„llanmada tahlil qilinayotgan bu masalalar Senders (1969) ifodalari 

va  Blum  tizimli    savollaridan  olindi.  Bu  savollar  turli  darajadagi  qiyinchilikda 

fikrlashning  turli  kо„rinishlarini  ta‟minlashda  vosita  bо„lib  xizmat  qiladi.  Eslab 

qolishga  yordam  beradigan  yoki  rasmiy  savollar  eng  quyi  darajadagi  savollarga 

taalluqlidir.  Baholash  yoki  hukm  chiqarish  beriladigan  savollar  fikrlashni 

ta‟minlaydigan ikkinchi sathdagi savollar sifatida qa 

 

 



 

 

16 


 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



                                         T a nqidiy tekshirib kо‘rish 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

Танқидий текшириб 

кўриш 

Кўчириш+изоҳлаш, 

ахборотларни янги 

шаклга кўчириш+ғоялар, 

фактлар ва қадриятлар 

орасидаги алоқаларни 

аниқлаш 

 

Хотира 



(формал сатқ), 

ахборотни билиш ва 

чорлаш 

Таҳлил. 


Ялпи тушуниш ва 

англашни ҳал қилиш 

маъносида 

бўлинмаларни қараб 

чиқиш 

Синтез. Нодир ёки 



бетакрор шаклларда 

тизиб чиқиш, янги 

синарийлар,  шартлар 

ва натижалар яратиш 

 

 



 

Баҳо.  Тушуниш  ва 

бошқаларга 

баҳоларнинг 

таъсири. 

 



 

 



Татбиқ.  Саволларни 

тартибга  келтириш,  муаммони 

ечиш 


 

17 


 

 

Rasmiy  darajadagi  shakliy  sath  savollari  faktologik  axborotlar  olish  maqsadida 



beriladi. Ular faqat mexanik eslashni va talabalarda yaxshi javob berish uchun qisqa 

muddatda ma‟lum predmetlar bо„yicha qisqacha bilimni talab qiladi.  

 

Axborotlarni  bir  shakldan  ikkinchi  shaklga  kuchirish  talabalardan  uni  kuchim 



(tranformatsiya) qilishni talab qiladi. Kо„chirish savollari talabalarga о„rganayotgan, 

tavsiflagan  va  kо„rgan  vaziyatlari,  sahnalari  va  voqealarini  о„zlari  namoyish  eta 

olishlari  uchun  beriladi.  Kо„chirish  savollari  talabalarni  axborotlarni  qayta  ishlash 

yoki  boshqa  shakllarga  kо„chim  qilishga  ilhomlantiradi.  Talabalarga  sezish,  kо„rish 

(sensor)  tajribasini  yaratish,  shundan  sо„ng  esa  boshqalarga  о„z  kо„rganlarini 

yetkazish  uchun  uni  e‟lon  qilish  zarur.  Bu  fikrlashga  tortishning  faol  ijodiy 

jarayonidir. 

 

Talabalarga  g„oyalar,  faktlar,  qaydlar  va  qadriyatlar  orasidagi  bog„lanishlarni 



ochish uchun izohlashga qaratilgan savollar beriladi. 

 

Sendrs  izohlashni  talab  etadigan  savollarga  fikrlashni  yuqori  darajaga 



kо„taradigan  tayanch  savollari  deb  qaraydi,  boshqalar  esa  (Vogn  va  Estes) 

tushunishning о„zigina izohlashdir, deb hisoblaydilar. 

 

Tatbiq  qilishga  qaratilgan  savollar  uqish  (talaffuz)  jarayoni  yoki  о„rganish 



tajribasida  uchraydigan  mantiq  muammolarini  yechish  va  chuqur  о„rganish  uchun 

imkoniyat beradi. 

 

Tahlil  etishga  qaratilgan  savollar  talabalardan  u  yoki  bu  voqeaning  ahamiyati 



yetarli darajada yaxshi yoritilganmi, yо„qmi degan savolga javob berishga undaydi. 

 

Sintez qilishga qaratilgan savollar yangicha fikrlash asosida ijodiy muammolarni 



hal  qilishga  da‟vat  etadi.  Sintez  savollari  talabalarga  о„zining  barcha  bilim  va 

tajribalarini  muammoning  ijodiy  yechilishida  foydalanishga  imkon  beradi.  Sintez 

savollari muqobil ssenariylar yaratishni ham taqozo qilishi mumkin. 

 

Baholash  savollari  yaxshi  va  yomon,  adolat  yoki  adolatsizlik  tо„g„risida  hukm 



chiqarish uchun beriladi. 

 

Baholash  savollari  talabalarga,  axborotlar  sifatini,  yangi  axborotlarga  nisbatan 



о„z munosabatini baholay olishi, ularni qadrlay olishi uchun beriladi. 

 

Tanqidiy fikrlashni rivojlantirishda mualliflari fikrlash jarayonini tashkil etishda 



 

18 


 

 

idrok qilishning 4 о„rinni farqlaydilar: 



 

Yaxlitligicha  idrok  etish.  Mavzu  yoki  fan  tо„g„risida  umumiy  bilimni 

mujassamlantirgan idrokdir. 



 

Izohli  idrok  etish.  Bu    Blum  izohlari  darajasiga  aynandir.  Idrokning  bu  turida 

talaba  g„oya  va  hodisalarning  о„zaro  aloqalarini  yoritadi,  uning  mohiyatini 

muhokama  qiladi,  fanning  turli  sohalariga  oid  g„oya  va  axborotlarni  hatto  tashqi 

jihatdan bog„liq hodisalarni birlashtiradi. 



 

Shaxsiy idrok etish. Talabalar о„zlarida avvaldan mavjud bо„lgan shaxsiy tajriba 

va bilimlarni yangi bilimlar bilan bog„lab tushunish jarayoni aks ettiradi. 



 

Tanqidiy  idrok  etish.  Mazmunni  bir  tomonga  qо„yib,  uni  tahlil  qilish,  uning 

nisbiy  qimmatini,  tо„g„riligini,  foydaliligini  va  talabalarning  bilishi,  tushunishi  va 

qabul qilishi doirasida uning ahamiyatini baholashdir. 

 

Shunday qilib, axborotlarni chorlash, о„ylab kо„rish va fikrlash metodikalaridan 



foydalanish quyidagi muhim vazifalarni yechish imkoniyatini beradi: 

  talabalarga maqsadlarini anglab olishga yordam beradi; 

  mashg‘ulotlarda ularning faolligini ta’minlaydi; 

  samarali munozaraga chorlaydi; 

  talabalarning  о‘zlari  savollar  tuzishi  va  uni  savol  tarzida  bera  olishi  uchun 

yordam beradi; 

  talabalarga о‘z shaxsiy bilimlarini ifoda qilishga yordam beradi; 

  talabalarning shaxsiy mutolaasi motivatsiyasini qо‘llab-quvvatlaydi; 

  har qanday fikrlarga bо‘lgan hurmat kayfiyatini yaratadi; 

  talabalarda personajlarga nisbatan tuyg‘ularni о‘stirishga yordam beradi; 

  talabalar qadrlanadigan fikrlashga sharoit yaratadi; 

  talabalarning tanqidiy jalb qilinishiga bir qator umidlar bildiriladi. 

Klasterlarga bо‘lish. Bu pedagogik strategiya bо„lib, talabalarning u yoki bu 

mavzu  bо„yicha  erkin  va  bemalol  о„ylashlariga  yordam  beradi.  U  faqat  g„oyalar 

orasidagi  bog„lanishlarni  fikrlashni  ta‟minlaydigan  tuzilmani  aniqlab  olishni  talab 

qiladi. U fikrlashning oddiy shakli emas, balki miya faoliyati bilan zid bog„liqdir. 

 

Klasterlarga  bо„lishdan  axborotlarni  chorlash  bosqichida  ham,  fikrlash 



 

19 


 

 

bosqichida ham foydalaniladi. U muayyan mavzu sinchiklab о„rganilguncha fikrlash 



faoliyatini  ta‟minlashda  foydalanilishi  mumkin.  Klasterlarga  bо„lish  talabalarning 

tasavvurlarini  yangi  bog„lanishlari  yoki  ularning  grafik  ifodalari  kо„rinishlarini 

ta‟minlovchi  sifatida  ham  о„tganliklarini  yakunlash  vositasi  sifatida  qо„llanilishi 

mumkin.  Bu  о„z  bilimlariga,  muayyan  mavzu  tо„g„risida  tasavvuriga  va  uni 

tushunishga yо„l ochadigan nazardagi strategiyadir. 

 

Klasterlarga bо„lish quyidagi usullarda amalga oshiriladi: 



1.  Hushingizga  kelgan  barcha    fikrlarni  yozib  olish.  Bu  fikrlarni  muhokama 

qilmang, shunchaki yozib olavering.  

2.  Xatni  (matnni)  kechiktiradigan  imlo  va  boshqa  omillarga  ham  parvo 

qilmang. 

3.  Sizga  berilgan  vaqt  nihoyasiga  yetmagunga  qadar  yozishdan  tо„xtamang. 

Miyangizga  fikr  kelishi  tuxtab  qolsa,  toki  yangi  fikrlar  kelgunga  qadar  qog„ozda 

nimalarnidir chizib о„tiring. 

4.  Imkoni  boricha,  bog„lanishi  mumkin  bо„lgan  g„oyalarni  tizib  chiqing, 

g„oyalarning oqimi sifati va ular orasidagi aloqalarni chegaralab qо„ymang. 

 

Klasterlarga bо„lish, ayrim tadqiqotchilarning ta‟biricha, bu juda moslashuvchan 



strategiyadir.  Uni  individual  tarzda  ham  guruhda  ham  qullash  mumkin.  Guruh 

faoliyatida u guruh g„oyalarining tirgovichi sifatida xizmat qiladi. Bu esa talabalarni 

har bir amalda bо„lgan bog„lanishlarga, aloqalarga yaqinlashtiradi. 

 

Sinkveyn. Axborotlarni qisqacha bayon qilish, murakkab g„oyalarni, sezgilarni, 

tasavvurlarni bir necha sо„zlar vositasida bayon qilish imkoniyati muhim malakadir. 

Bu  boy  tushunchalar  zahirasi  asosidagi  uylangan  refleksiyani  talab  qiladi.  Sinkveyn 

bu  she‟r  bо„lib,  u  biror  voqea  munosabati  bilan  yoziladigan  yoki  refleksiya 

qilinadigan qisqa ifodalarda axborot va materiallarning sintezlanishni talab etadi. 

Sinkveyn  sо„zi  fransuzcha  sо„z  bо„lib,  besh  degan  tarjimani  beradi.  Demak, 

sinkveyn besh qatordan iborat she‟rdir. 

Sinkveynni yozib chiqish qoidasi quyidagicha: 

1.Birinchi qatorda bir sо‘z bilan  mavzu  yoziladi  (odatda ot  turkumidagi  oid 



sо‘z bilan).  

 

20 


 

 

2. Ikkinchi qatorda mavzu ikki sо‘z bilan tavsif qilinadi (sifat turkumiga oid 



ikki sо‘z bilan). 

3.  Uchinchi  qatorda  ushbu  mavzu  bо‘yicha  hatti-harakatlar  uch  sо‘z  bilan 

tavsif etiladi. 

4. Tо‘rtinchi qatorda temaga aloqadorlikni kо‘rsatuvchi 4 sо‘zdan iborat gap 

(ibora) yoziladi. 

5.  Beshinchi  qator  mavzu  mohiyatini  takrorlovchi  bir  sо‘zdan  iborat 

sinonimdir 

 

 

                                                           

XULOSA 

Talabning tanqidiy fikrlashini shakllantirish jarayonida amalga oshirilar ekan, bu 

ikki  tomonni  keskin  ajratmaslik  kerak,  biroq  bunday  farqlash,  bizning  fikrimizcha, 

tanqidiy  fikrlashini  shakllantirish  muammosini  hal  qilishga  ancha  maqsadga 

yunaltirilgan holda yaqinlashishga imkon beradi. 

Talaba    shaxsini  rivojlantirishda,  shuningdek,  ikki  yо„nalishni  ajratib  kо„rsatish 

mumkin:  fikrlashni  rivojlantirish  va  takomillashtirish  hamda  shaxsning  muayyan 

sifatlarini shakllantirish. Rivojlantirish, fikrlashni biz  tanqidiy fikrlashining bо„g„ini 

deb  hisoblaganimiz  uchun  bu  vositalar  guruhi  quyida  batafsil  kо„rib  о„tildi. 

Shaxsning muayyan sifatlarini shakllantirishga kelganda esa, bunda mustaqil ishlash, 

tadqiqot  topshiriqlarini  bajarish,  ijodiy  ishlar  singari  vositalar  qо„llaniladi,  ular 

mustaqillikni  shakllantirishga,  faollikka,  ijodiy  yondashuvga  qiziqish  va  boshqa 

shaxs sifatlariga maxsus yо„naltirilgandir. 

Tanqidiy  fikrlash  jarayonida  axborotni    tahlil qilish va izohlash,  g„oyalarni tahlil 

qilish,  о„rganilayotgan  hikoyalarni  о„z  taxminiy  rejalari  bilan  qayta  tuzib  chiqishga 

qaratilgan savollardan foydalaniladi. 

Shaxs  о„z  fikrini  bayon  etishi,  boshqalarni  tushunishida  tafakkur  muhim  ahamiyat 

kasb  etadi.  Shuning  uchun  tafakkurning  turlari:  mantiqiy,  nazariy.  amaliy, 

konvergent,  divergent,  produktivreproduktiv,  kо„rgazmali  harakat,  kо„rgazmali 


 

21 


 

 

obrazlini  bilish,  tafakkur  shakllari:  tushuncha,  hukm,  xulosalarni  bilish,    tafakkur 



operatsiyalari:  analiz,  sintez,  taqqoslash,  umumlashtirish,  mavhumlashtirishni  bilish 

zarur.  Mustaqil  fikrlash  –  talaba-yoshlarda  atrof-borliq  tо„g„risida  xolis  va  obyektiv 

tasavvurlarning  shakllanishi  uchun  psixologik  shart-sharoit    bо„lib,  yoshlarda 

mustaqil fikrlash qobiliyatini о„stirish va erkin fikrlashni tarbiyalash muhimdir. 

 

        


 

 

 



Foydalanilgan adabiyotlar rо‘yxati: 

 

I.A.Karimov  “Mamlakatni modernizatsiya qilish va kuchli fuqarolik jamiyati 



barpo etish- ustivor maqsadimiz” . О„zbekiston Respublikasi Oliy majlisi 

Qonunchilik  palatasi va Senatining 2010 yil 27 yanvar kuni bо„lib о„tgan 

qо„shma  majlisidagi ma‟ruzasi. Adolat gazetasi. Toshkent- 2010 yil, 29 yanvar. 

№4 (761) 1-3 betlar 

1.  Karimov I.A.  О„zbekistonning о„z istiqlol va taraqqiyot yо„li» T., 

«О„zbekiston», 1992. 

2.  Karimov I.A.  «О„zbekiston kelajagi buyuk davlat» T., «О„zbekiston», 1992. 

3.  Karimov I.A.  Xalqimizning otashqalb farzandi. T., «О„zbekiston». 1992. 

4.  Karimov I.A.  О„zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, mafkura. T., «О„zbekiston», 

1993  


5.  О„zbekiston Respublikasining «Ta‟lim tо„g„risida» qonuni. 1997.   

6.  A‟zamjon Xoliqov Pedagogik mahorat. T.”Iqtisod moliya” 2010. 

7.  Musurmonova.O. “Oila ma‟naviyati milliy g„urur” Toshkent: О„qituvchi 1996 

8.  Mavlonova  R.,  Xoliqberdiyev  K.,  Tо„rayeva  O.  Pedagogika.  “О„qituvchi”, 

Toshkent, 2008 y. 

9.  Zaxarina  M.S.  Temurova  S.X.  “О„qituvchilik  kasbiga  kirish  kursiga  metodik 

kо„rsatmalar”. Toshkent 1990 y. 


 

22 


 

 

10. Ochilov M “Muallim qalb me‟mori”. О„qituvchi», Toshkent 2003 y 



11.  Mavlonova.R. 

D.Abdurahimova. 

“Pedagogik 

mahorat”. 

О„quv 

qо„llanma.”Fan va texnologiyalar” Toshkent 2009 y. 



12.  Zaxarina  M.S.  Temurova  S.X. «О„qituvchilik kasbiga  kirish  kursiga  metodik 

ko‟rsatmalar». Toshkent 1990 y.  

13.  Ishmuxammedov  R.  “Pedagogik  mahoratni  shakllantirishning  mazmun  va 

yо„llari”  “Xalq ta‟lim” J. 1997 yil. 



Download 1.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling