O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universtiteti


Download 1.45 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/7
Sana23.01.2020
Hajmi1.45 Mb.
#95342
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
orta osiyoda diniy tasavvurlar va dinning paydo bolish jarayonlari tarixi
«tabiyot fanlari» fakultеti «gеografiya va uni o’qitish mеtodika, Tarjimai hol, Designing questionarie, 437-guruh Ergasheva Maftuna, dars ishlanma kurs matem, Lesson Goals A, Lesson Goals A

 

O’ZBEKISTON  RESPUBLIKASI 

 OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI  

TERMIZ DAVLAT UNIVERSTITETI 

                                            UDK

: 930.63 575(192) 

                            Qo’lyozma huquqida 



 

NORMATOVA FIRUZA AMONOVNA 

 

O’RTA OSIYODA DINIY TASAVVURLAR VA DINNING 

PAYDO BO`LISH JARAYONLARI TARIXI 

 

 

 

5А 120301-O’ZBEKISTON  tarixi mutaxasisligi bo’yicha magistr 

darajasini olish uchun taqdim etilgan  

 

DISSERTATSIYA 

 

Ish ko’rildi va himoyaga ruxsat berildi. 

 

 

Magistratura bo’lim boshlig’i                                           dot.  E.Qobilov 

Ilmiy rahbar:                                                                 t.f.d. SH. Shaydullaey

 

 

 

Termiz-2013

 

 

                               MUNDRIJA 

 

KIRISH……………………………………………………………….. 

I.  Bob  O`rta  Osiyoda    diniy  qarashlar  va  oilaning    paydo  bo`lishi 

mavzusining tarixshunosligi.................................................................................. 

 1.  Sovetlar  davrida  dinga  munosabat  va  dinning  paydo  bo`lishi  masalasining 

o`rganilishi.......................................................................................... 

2. Mustaqillik davri tarix shunosligi................................................................. 

 

II.  Bob    O`rta  Osiyoda  diniy  tasavvurlarning  paydo  bo`lishiga  doir 

arxeologik manbalar............................................................................................... 

2.1 


Qon 

qarindoshlikka 

asoslangan 

urug`chilik 

davri 

manbalari................................................................................................................... 



2.2        Oila  va  patriarxal  oilalarning  paydo  bo`lishi  va  diniy  tasavvurlar  haqida 

manbalar..................................................................................................................... 

2.3  Qishloq jamoasi davri bo`yicha manbalar........................................................... 

III.  Bob  O`rta  Osiyo  diniy  tasavvurlarning  paydo  bo`lishi  to`g`risida  yangi 

qarashlar................................................................................................................... 

3.1 Diniy qarashlarning xilma xilligi......................................................................... 

3.2  Arxeologik  manbalar  va  dinning  evolyutsion  qarashlarining          shaklanishi. 

(Dafn marosimlari misolida.)..................................................................................... 

IV.Xulosa....................................................................................................... 

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.................................................................                                   

 

  

 

 

 

 


 

                                                    

KIRISH. 

 

Mavzuning  dolzarbligi.  Mamlakatimiz  istiqlolga  erishgach, o’z  tariximizni 

xaqqoniy o’rganishga o’tmishdagi ajdodlarimiz qoldirgan boy tarixiy, madaniy va 

ma’naviy  boyliklardan  baxramant  bo’lishga  keng  yo’l  ochildi.  Mustaqil 

yurtimizning xar bir fuqarosi qalbida o’tmishi va buyuk va xalqning kelajagi ham 

buyuk  bo’lmog’i  zarur degan tuyg’u  mavjud bo’lib tarixiy  merosimizga, bebaxo 

qadiryatlarimizga  xurmat  va  extirom  bilan  qarab  kelinmoqda.  Milliy 

mustaqilligimiz  va  shu  mashaqqatli  yo’lda  yo’lboshchilik  qilgan  muxtaram 

prezidentimiz  I.A.  Karimov  say  xarakatlari  bilan  qisqa  davr  ichida  mustaqil 

O’zbekistonimizning qadimiy va tarixan tarkib topgan qadryatlarimizni tiklashga, 

milliy  madaniy  merosimizni  yanada  boyitishga  bo’lgan  intilishlari,  eng  muhimi 

ming  yilliklarga  borib  taqaladigan  hjaqqoniy  tariximizni  yoritishda  xolislik 

vaizchillik  bilan  yondashishni  alohida  takidlaydilar.

1

  Xaqqoniy  tariximizni 



o’rganish albatta ajdodlariomizning tarixan bosib o’tgan yo’llari ijtimoi hayot tarzi 

bilan  chambar  chas  bog’liqdir.  Chunki  insoniyat  birinchi  navbatda  ijtimoiylik 

bilan  tarkib  topib  jamiyatning  ma’naviy  yangilanishiga  ishtirok  etadi. 

Yurtboshimiz  takidlaganidek  “Jamiyatning  ma’naviy  yangilanishidan  ko’zlangan 

bosh  maqsad  yurt  tinchligi,  vatan  ravnaqi,  xalq  farovonligiga  erishish,  komil 

insonni tarbiyalash ijtimoiy hamkorlik va millatlar aro totuvlik diniy bag’rikenglik 

kabi  ko’p  ko’p  muhim  masalalardan  iboratdir.” 

2

    bu  munosabatlarni  tariximiz 



bilan  bog’laydigan  bo’lsak,  Markaziy  Osiyo  mintaqasi  Yevroosiyo  qit’asida 

joylashgan  bo’lib,  sharq  bilan  g’arbni  bog’lovchi  bo’g’inga,  turli  xalq  va 

elatlarning  shuningdek,  diniy  tizim  va  e’tiqodlarning  doimiy  aloqa  maydoniga 

aylangan. Bunday etnik va diniy turfaxillik natijasida ko’plab dinlarning yo’qolib 

ketishiga qaramay, hozirgi paytda mintaqada yashovchi xalqlarning urf odatlarida 

saqlanib  qolgan.  Bunday  diniy  holatlarni o’ziga xosligi  O’rta Osiyo  xalqlarining 

                                                 

1

 Karimov I.A.Tarixiy xotirasiz kelajk yo’q … Biz kelajagimizni o’z qo’limiz bilan quramiz.T.’’O’zbekiston’ 1999.  



2

 Karimov.I.A. Donishmand xalqimizning mustahkam irodasiga ishonaman Toshkent.2000.11-bet. 



dinlar aro bag’rikengligi asosiy vazifani o’tadi. Shu munosabat bilan mintaqadagi 

dinlar  tarixini  o’rganish  hozirgi  O’rta  Osiyo  xalqlari  madaniyati  va  tarixini 

qolaversa  ularning  turliligi  va  bir  paytning  o’zida  birligi  asosida  diniy  va  milliy 

kelib chiqishni to’laqonli tushuntirish muhim ahamiyat kasb etadi. O’rta Osiyoda 

qadimdan  dinning  vujudga  kelishi  va  diniy  tasavvurlar  haqidagi  qarashlar  bir 

xillik  tizimga  asoslanib  qolgan.  Xususan  tabiat  kuchiga  sig’inish  bilan  vujudga 

kelgan animizim fetishizim, totemizim va magik qarashlardir. Xalqimizning hayot 

tarziga nazar solafigan bo’lsak ijtimoiylik bilan bir vaqtda vujudga kelgan yangi 

diniy  tasavvurlar  mavjudligiga  amin  bo’lamiz.  Eng  asosiysi  Markaziy  Osiyo 

xalqlari  yashash  tarxi  bilan  bog’liq  bo’lgan  hayotiy  qarshlari  ijtimoiy  hayotga 

moslashuvchanligi  tabiat  kuchlari  oldida  ojizligi  va  ularni  o’rganishga  bo’lgan 

intilishlari  yangi  diniy  tasavvurlarning  vujudga  kelishiga  asos  bo’ladi.  Bu  diniy 

qarashlar  esa    insonlarning  jamiyat  taraqqiyotiga  hizmat  qilishiga  zamin 

xozirlagan.  Ma’lumki  diniy  tasavvurlar  so’ngi  paleolit  davriga  oid  bo’lib, 

insoniyatning  hayotga  intiluvchanlik  xissi  va  yashash  tarziga  doimiy  ravishda 

o’zgaruvchanlik munosabatlarida tabiat kuchlaridan madat so’rash jarayoni bilan 

kechgan.  Dissertatsiyada  insoniyatning  ibtidoiy  dinlarning  vujudga  kelishi, 

dinning vujudga kelishida tabiat va jamiyat munosabatlarining aloqadorligi, O’rta 

Osiyo xalqlaring o’troq hayot tarzi va ko’chmanchi hayot tarzi bilan bog’liq diniy 

qarashlar, diniy e’tiqodlar bilan bog’liq bo’lgan dafn marosimlari, ko’p xudolik va 

yakka xudolik asoslari, muammoli vaziyatlari ochib berishga harakat qilingan.  

Mavzuning o’rganilish darajasi.  O’rta Osiyoda ibtidoiy dinlarning vujudga 

kelishi  masalasi  asosan  insoniyatning  hayot  tarzi  bilan  bog’liq  bo’lib,  ibtidoiy 

dinlar  masalasi  chet el va  rus tarixchi olimlar  tomonidan  asoslab berilgan. Urug’ 

jamoasi davridan boshlab diniy tasavvurlar vujudga kelgan bo’lsa, insoniyat hali 

uni  din  tushunchasi  bilan  emas,  balki  kundalik  turmush  tarziga  bog’liqligi  bilan 

izohlagan.  Dafn  marosimlari  esa  o’rta  paleolit  davridan  boshlab  O’rta  Osiyoda 

jumladan Teshiktosh g’oridan topilgan bolaning dafn etilish bilan bog’liqdir. Dafn 

marosimlarining inson ongidan e’tiqod shakliga aylanishi esa insonlarning hayot 

tarzidagi  o’zgarishlar  bilan  kechadi.  Ibtidoiy  odamlarda  diniy  tasavvurlarning 


dastlabki  ko’rinishlari  qoyatosh  suratlarda  namoyon  bo’lgan.  Masalan,  F. 

Lomayev  tomonidan  topilgan  Zarautsoy  qoyatosh  suratlari,  shuningdek 

Sarmushsoy  qoyatosh  suratlari  va  quyi  Zarashonning  shimoliy  o’zani  tarafidan 

Oyoqagitma  makonidan  topilgan  suratlarda  aks  etgan. 

1

  ushbu  suratlarda  ov 



jarayonlari,  tabiatni  qanday  tasavvur  etganligi  ibtidoiy  odamlarning  ong  shuvuri 

haqida  to’laqonli  bilishimizga  imkon  beradi.  Keying  tosh  davrlarida  asosan 

ijtimoiy  hayot  tarzi  bilan  bog’liq  Joytun  madaniyati  asosan    ayol  hudolarning 

vujudga  kelishi,  matriarxat  davri  bilan  bog’liq  dexqonchilikdagi  o’zgarishlar, 

yangiliklar  o’z  navbatida  ajdodlar  ruhiga  ibodat  diniy  tasavvurlarning  vujudga 

kelishi  bilan  izohlanadi.  Ibtidoiy  diniy  tasavvurlarning  o’rganilishiga  ahamiyat 

berilgan  chet  el  olimlaridan  V.M.  Masson,  Tokarev  S.A,  A.Asqarov, 

Sh.Shaydullayev  ilmiy  asarlarida  ochib  berilgan.  Ayna  O’rta  Osiyo  xalqlarining 

diniy  qarashlari  aks  etgan  ko’pgina  manzilgohlar  madaniyatlarida  davriy  nuqtai 

nazardan  o’rganib  chiqilgan.  Yangi  tosh  davri,mis  –  tosh  davri  diniy 

tasavvurlaridan guvohlik beruvchi dafn marosimlarida qabrlardagi inventarlarning 

“boy”  yoki  “kambag’alligini”  ko’rish  mumkin.  Yana  bir  o’ziga  xoslik  sig’inish 

majmualaridagi  altarlarning  vujudga  kelishidir.  Bu  esa  ibodat  marosimlarini  bir 

joyda jamlanishiga asos bo’lgan. Bunday majmualar Yalang’ochtepa, Oynatepa va 

Qoratepada  mavjud  bo’lgan.  Diniy  e’tiqodning  ibodat  turi  yagona  markazda 

alohida  xona  va  unda  maxsus  xizmat  qiluvchilarning  ruxoniylarning  paydo 

bo’lishi  Bronza  davri  bilan  bevosita  bog’liqdir.

2

  Bu  davrga  oid  Sopollitepa 



manzilgohida  olib    borilgan  izlanishlar  natijasoida  Shimoliy  Afg’onistoninig 

dashtli, Marg’iyonaning Gonur yodgoliklri bilan etnomadaniy  jihatdan  bir biriga 

o’xshash  arxealogik  materiallar  taqqoslanganda  Bronza  davri  o’troq  jamoalari 

bilan aloqalari diniy munosabatlari taxlil qilingan. Tosh va metal davrining barcha 

diniy  qarashlari  natijasida  yagona  otashparastlikning  vujudga  kelishiga  alohida 

izoh berilgan.  

 

                                                 



1

 Кабиров Д.Ж. Древнейшая наскалъная живописъ Зараутсая. Первобытное искусство. Н. 1976 г. С. 73-80. 

2

 Шайдуллаев Ш. Узбекистон ҳудудида давлатларнинг пайдо булиши... Т.Ф.Д. дис. Афторефарат. С, 2009. 



 

 

Tadqiqotning  xranologik  doirasi.  Desertatsiya  xranologik  doirasi  asosan 

so’ngi  poleolit  davridan  ya’ngi  mil.av  40-mingyillikdan  mil.av.  I  mingyillgacha 

bo’lgan  davrni  zardushtiylik  dining  vujudga  kelishugacha  bo’lgan  davrni  o’z 

ichiga oladi. O’rta osiyo xalqlari diniy e’tiqodlari asosan Yangi tosh davri (neolif) 

davridan  boshlab  din  e’tiqod  sifatida  namoyon  bo’lgan.  Qon  qarindoshchilikka 

asoslangan  diniy  e’tiqod  ya’ni  oilaning  paydo  bo’lishi  bilan  izohlanadi.  O’rta 

Osiyo  mis  tosh  davri  (eneolit).  Bronza  davrida  diniy  e’tiqodlar  yangi  qarashlar 

bilan bog’liqdir. 

Tadqiqotning  maqsadi.  O’rta  osiyo  xalqlarining  ilk  diniy  tasavvurlari 

shakllanishi,  va  ijtimoiy  hayot  bilan  bog’liq  bo’lgan  o’zgarishlar,  jahon  ibtidoiy 

dinlari bilan solishtirish, diniy tassavurdagi yangilik va o’zgarishlar, eng muhimi 

dafn  ma’rosimlarida  kishilarning  diniy  ong  shakllarini  o’zgarishi  ahamiyatini 

ko’rsatish, hududiy taqqoslash, kerakli xulosalar chiqarishdan iborat. 

 Tadqiqotning  vazifalari  quyidagilardan  iborat.  O’rta  osiyoda  ibtidoiy  dinlar 

va  diniy  qarashlarning  vujudga  kelishini  Sarmishsoy,  Zaraufsoy,  Jayhun, 

Qoratepa,  Geoksur,  Yalong’ochtepa,  Sopollitepa  va  Jarqoton  madaniyatlari 

namoyon

 

bo’lishini  va  ushbu  madaniyatlardagi  vujudga  kelgan  yangi  diniy 



qarashlar  bilan  solishtirish.  O’rta  osiyoda  mavjud  bo’lgan  diniy  tasavvurlarni 

Jahon  xalqlari  ibtidoiy  dinlar  bilan  solishtirish  va  undagi  farqli  tomonlarini 

kengroq  ochib  berish.  Ibtidoiy  diniy  tasavvurlarni  O’rta  osiyo  hududidagi 

manzilgohlar  bo’yisha  va  ilardagi  qabrlar  dafn  marosimidagi  o’zgarish  va 

yangiliklarni chorvador madaniyati bilan bog’liq ravishda o’rganish. 

Tadqiqotning  obyekti  va  predmeti.  O’rta  osiyo  diniy  tasavvurlar  va 

poleolit  davridan  boshlab  vujudga  kelgan  bo’lsa,  dafn  marosimlarini  esa  o’rta 

poleolit  davridan  boshlab  ko’rish  mumkin.  O’rta  osiyo  diniy  tasavvurlar  paydo 

bo’lgan Teshiktosh g’ori , Sarmish soy, sarauf soy manzilgohlari dastlabki diniy 

o’choqlari hisoblanadi. 


Albatta diniy tasavvurlar davrma davr o’zgarib, taraqqiy etib borgan. Bunday 

ijtimoiy  o’zgarishlarni  Jayhun,  Kaltaminor,  Qoratepa  geogsur,  Yalong’och  tepa 

madaniyatlarida  ,  geografik  nuqtai  nazardan  janubiy  O’zbekiston,  janubiy 

Turkmaniston va Tojikiston hududlarida keng miqyosida ochib berilgan. 

Sopollitepa  madaniyatining  barcha  qatlamlarida,  diniy  tasavvurlarni  aniq, 

ravshan  ko’rishimiz  mumkin.  Taraqqiyotning  asosiy  predmeti  sifatida  dinning 

dastlabki  ko’rinishi  va  uni  jamiyatda  alohida  mavqeyga  ega  bo’lishi,  ya’ni 

odamlarning  ijtimoy  hayotida  dinni  mustahkam  o’rin  topishi,  ibodatxonalarninh 

vujudga    kelishi,  din  davlatchilikning  vujudga  kelishi  jarayonidagi  ta’sirini 

nazarda tutadi. 



Tadqiqot  usullari.  Dissertatsiyada  O’rta  Osiyoning  tosh  davri  va  bronza 

davri  madaniyatlari,  ularda  diniy  tasavvurlarining  aks  etish  jarayonlari  olimlar 

tomonidan yozilgan manbalar asosida o’rganildi. Nafaqat O’rta osiyo balki jahon 

madaniyat  manzilgohlari  bilan  bog’liq  yodgorliklar  tahlil  qilinib,  solishtirildi, 

ma’lumotlar umumiylashtirdi. 

Dissertatsiyaning  ilmiy  manbalari.  Dissertatsiya  ishi  O’rta  Osiyo  tosh  va 

bronza  davri  manzilgohlari  hududlaridagi  manzilgohlar  bilan  o’xshashligi, 

Yevropa  olimlarining  diniy  tasavvurlar  bilan  bog’liq  bo’lgan  o’rganilgan  ilmiy 

ekspedidsiyaga tayangan holda asoslab beriladi. 

Ularda aynan Sarmishsoy, Zaraufsoy, Geogsur 1,2 .9 yodgorlari, ilk Tulxor, 

kangurtut, Sopolli, Mo’lali, Bo’ston, Tandiryol, Qo’rg’ontepa, Qumsoy, Jarqo’ton 

madaniyatlari asosiy o’rganilgan manzilgohlardir. 

Himoyaga olib chiqilayotgan asosiy holatlar: 

Ilmiy yangiligi: 

Ishning  aprobatsiyasi  dissertatsiyada  ko’tarib  chiqilgan  asosiy  g’oyalar 

Respublika va mahalliy miqyosida o’tkazilgan bir qator konferentsiyalarda Termiz 

davlat  universiteti  professor-o’qituvchilarningananaviy  yillik  konferentsiyalarida 

doklad qilingan hamda chop etilgan.    



Natijalarning  chop  etilganligi.  Dissertatsiyaning  manbalari  va  unda 

keltirilgan  aosiy  g’oyalar  Respublikamizda  chop  etiladigan  jurnal  va  ilmiy 

to’plamlarda mahalliy nashrlarida o’z aksini topgan.     

Dissertatsiyaning  tuzilishi  va  hajmi.  Dissertatsiya  kirish,uch  bob,  xulosa 

foydalanilgan adabiyotlar qismidan iborat bo`lib, tadqiqotning umumiy hajmi 103 

betdan iborat. 

 

 



  

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

I.  Bob  O`rta  Osiyoda    diniy  qarashlar  va  oilaning    paydo  bo`lishi 

mavzusining tarixshunosligi. 

 

 1.  Sovetlar  davrida  dinga  munosabat  va  dinning  paydo  bo`lishi 

masalasining o`rganilishi. 

Ilmiy    ateistik  targ’ibot  muvoffaqiyatli  bo’lishi    uchun  u,  haqiqatdan  ilmiy 

bo’lishi  ya’ni,  haqiqiy  fan  yutuqlariga  asoslangan  bo’lishi  kerak  yo’qsa  u  ilmiy 

targ’ibot bo’lmaydi va ko’plab xollarda bu aynan shunday ilmiy atestik mavzuga 

oid  ishlar  olib  borishda  tabiiy  fanlar  bilan  ko’plab  fanlar  bilan  bog’liqdir.  Bu 

mavzularni yoritayotganda ilmiy yutuqlarga asoslanib yoritib berilgan ular odatda 

zamonaviy  fan holati  darajasida  turadi  dinning  kelib  chiqishi  masalarida ishlarga 

keng  yo’l  berilmagan.  Bu  jarayonda  etnagrafiya  fani  ilmiy  atestik  targ’iboti 

o’rtasida  bir  qancha  bo’linish  sezilgan  fanlar  orasida  asosan  etnagrafya  ilgarilab 

ketgan. Buni shundan ko’rish mumkinki 

ko’plab  brashuralar    chop  etilgan  lekin  bu  davr  ning  brashuralarini  

qoralamoqchi emasman, ko’plab hollarda bu masalalarda hatoliklar uchrab turadi. 

Bu  brashuralarda    dinga  bog’liq  bo’lgan  masalalar  mavhum  yoritilgan.Misol 

uchun  Malinin  brashurasida  ko’rish  mumkin  unda  dinning  kelib  chiqishi 

brashurasi    keltirilgan.  Dinning  kelib  chiqishi  va  etiqod  Prokofeva  brashurasida 

1955,  Nikoforova  –Dinning  kelib  chiqishi  va  paydo  bo’lishi  mohiyati  –

brashurasida ko’rish mumkin hozirgi zamon etnografiya fani nafaqat dinning kelib 

chiqishi  mohiyatini  balki  uning  paydo  bo’lishi  va  dinning  alohida  formalari, 

marosimlarini o’rganshga imkon beradi. Ilmiy atestik  targ’ibot aniq amaliy natija 

berishi uchun dinni mohiyatini tushuntirish yetarli emas,  buning uchun tushunarli 

urf  odat  marosimlardan  misol  keltirish  kerak.  Bu  ilmiy  bo`linishni  sababi  nima 

degan  savolga  javob  berish  lozim  ko’p  hollarda  bu  ayiblovlar  olimlarni  o’zida 

bo’ladi,  ya’ni    olimlarga  etnogrflarga  bog’liq,  chunki  biz  o’zimizning 

yutuqlarimizni  yetarlicha  ommalashtirmaymiz.  Fan  mulohazalarini  tatrg’ibot 

qilmaymiz haqiqatdan ateistik targ’ibotni olib boradigan odamlar uchun etnagrafik 

adabiyotlarni  topilishi  qiyin  rus  tilida  juda  kam  bori  esa  ommalashmagan  chet el 



adabiyotlari  ham  sifatli  emas.  Dinning  kelib  chiqishi  haqidagi    savollarga  juda 

umumiy  javob  berilgan  elyustratsya  uchun  olingan  materiallar  eski  hollarda 

sifatsiz manba beriladi, bu manbalar amaliyotchi targ’ibotchilarini tayyorlaydigan 

manba emas. Ilmiy ateistik ma`lumotlarda bizni boshlang’ich holati tushunarli bu 

bilan bog’liq bo’lgan yechimini marksistik tarafdorlaridan topsak bo’ladi boshqa 

tariflarda odamlarning tabiy kuchlar oldida kuchsizligini va dinning kelib chiqishi 

sababini  ko’rsatish  mumkin.  Din  bu  insonlarni  ojizligidan  kelib  chiqqan  gap 

dinning  umumiy  kelib  chiqqanida  bo’lganda  edi  masalalar  ancha  yaxshi  hal 

etilgan bo’lar  edi  bu  yerda  targ’ibotchi  metodologik   ilmiy  xulosaga  yondashadi 

va uni rivojlantirgan holda dinga to’g’ri tushuncha bera oladi gap din tarixini va 

etiqodlar  to’g’risida  ketganda  din  ko’pincha    eskirgan  holatlar  va  faktlar  bilan 

chegaralanib  qoladi  masalaga  aniqlik  kiritish  uchun  o’rta  asr  olimlari  qoldirgan 

merosga  tanqidiy  yondashishimiz  kerak

1

.  O’rta  asr  olimlari  ko’p  etibor 



qaratishgan o’rta asr olimlarini o’rgangan ma’lumotlarini ijobiy yondashib kerak 

emas deb chiqarib tashlolmaymiz. 

2

 

O’rta  asr xulosalarini tanqidiy o’rganib chiqib etibor bilan o’zlashtirishimiz 



kerak.  

Yangi  hulosalar  o’rniga  eskilari  bilan  cheklanib  qolgan  qadimgi  davr 

mualliflarining tarixiy mazmunga ega bo’lgan fikirlarini chetga qoldirib qisqacha 

abzorni  fransuz  falsafa  davrining  XVIII  asrning  ikkinchi  yarmidan  boshlasak 

bo’ladi. 

Fransuz  marifatchilarining  asarlarida  bir  qancha  muhim  mulohazalarida 

keltirilgan  lekin  ular  o’shanda  ilmiy  xulosa  emas  balki,  taxminlarga  asoslangan 

lekin  ularga  bizda  qiziqish  saqlangan  din  bu  yolg’on,  bu  yolg’onligini  biz  

Volterdan, Melidan aynan Marishalya ijodida ko’rishimiz mumkin. Lekin dinninig 

kelib  chiqishini odamlardagi  a`zoblar  uqubatlar  qo`rquvda vujudga  kelgan  degan 

XVIII-  asr  olimi  faylasufi  Golbax  -  dinning  vujudga  kelishi  azoblardan  vujudga 

                                                 

1

 Токарев.С.А Религия в истории народов мира.М.1976. 



2

 

Tokarev



 

C.A. 


Опроисхождении и ранних формах релегии с.т 171-172

 

 



kelgan  deb  izohlaydi.  Qayerda  a`zoblar  uqubatlar  bo`lsa  o`sha  yerda  din  bor 

deydi.  XVIII-asrning  ma`rifiy  adabiyotida  muhim  fikrlar  aytilgan.  Ya`ni  din 

qadim vaqtlardan buyon tabiat kuchlarini jonli deb bilish va ularni ilohiylashtirish 

bilan bog’liq. Buni Golbax ham tasdiqlqgan. Volney va Dyupeu asarlarida bu fikr 

bir tomonlama yoritilgan butun din o’zini faqat tabiat kuchlariga yoya olmaymiz. 

XIX- asrning birichi yarmida Grim, Kun Shvart ,Maks Myullerlar maktabi hukm 

surardi.  Rossiyada  bu  maktab  vakillari    Orest  Miller,  Buslayev,Afanassevlardir. 

Bu  maktab  vakillari  XVIII-  asr  Volneem  va  Dyupyuilar  tomonidan  bu  fikrlarni 

rivojlantirishgan.  Tabiat  kuchlari  o`zi  bilmagan  holda  o`zlashtirishgan  dinning 

mohiyati  tabiat  kuchlarini  ilohiylashtirishdan  iborat  ularni  ilohiylashtirish 

sabablari odamlar ularni tushunmagan. Mifalogik maktab tarafdorlari din tarixida 

katta rol o’ynagan dinning ilk ildizlari mifalogik tarafdorlar aqliy jarayonlar bilan 

bog’lashgan  ya’ni  qadimgi  odamlarni  tabiat  hodisalarini  kuzatishgan  qadimgi 

odamlar  tabiat  hodisalarini  tushuntirishga  harakat    qilishgan  ammo  tushunisha 

olmagani uchun ilohiylashtirishgan. Tabiat hodisalari bizning nuqtai nazarimizcha 

odamlar  faqat  tabiatni  kuzatmagan  naturmifologik  maktab  vakillari  din  deganda 

bir  ilohiy  narsani  tushunishgan  dinning  keyingi  etaplarini    qulash  deb  qabul 

qilishgan. Bu maktab vakillari nafaqat diniy etiqodlarini balki xalq ijodi eposlarini 

ertak obrazlarini hattoki xalq maqollarini urf odatlarini qadimgi mifologik dunyo 

qarashini  qulashi  deb  tushundi  din  tarihini  o`rganishda  antropologik  yoki 

evolyutsionistik maktab vakillari ko`proq   qo`llashgan.

1

 Bu maktab vakillari 60-



70  yillarning  oxiridagi  g`arbiy  yevropa  va  rus  fanida  tan  olingan.  Evolyutsionist 

avlodlaridan  E.  Teylor  ,  Lebok,  Gerberd  Spinsor,  Gippirt  Rossiyada  esa  E.N. 

Smirdnov,  N.N.  Haruzin  va  boshqalar  dinning  kelib  chiqishi  va  uning  dastlabki 

formalarini  o`rganishda  evolyutsion  maktab  vakillari  ish  olib  borgan.  Dinni 

O`rganishda  etnografik  manbalar  to`planmoqda  bu  etnografik  manbalar  eng 

ishonchli  urf  odatlari  marosimlari  etnografik  manbalarda  din  qanday  kelib 

chiqqanligini  ko`rish  mumkin  bu  evolyutsion  maktab  vakillarining  xizmati 

shundaki  ular  dinning  kelib  chiqishi  masalasiga  degregatsiya  va  regressiv  nuqtai 

                                                 

1

 Токарев.С.А.О происхождении и ранних формах религии. С .186-190. 



nazardan  yondoshgan  mifologik  maktabdan  farqli  ravishda  masalaga  progres 

nuqtai  nazardan  yondoshgan  ular  dinni  sodda  narsadan  murakkab  jarayonga 

o`tishda tushunishgan ular dinning ildizini oddiy elemintar formalarda qidirishgan 

va  shundan  kelib  chiqqan  holda  dinning  murakkab  formalarini  tushuntirishga 

urunishgan  muhimi  shuki  bu  yo`nalish  tarafdorlari  insoniyat  birligi  fikirida 

bo`lishi  ular  dinning  rivojlanishida  birlik  va  umumiy  qonuniyatda    ko`rish  va 

bularni  butun  insoniyat  uchun  umumiy  qonunlar  bilan  tushuntirishga  urunishgan 

bu ham yaxshi xulosa bu ham ularning xizmati. 

Shuningdek  Teylorda  ko’rishimiz  mumkin  bo`lgan  dinning  kelib  chiqish 

konsepsiyasining ijobiy tomonlarini ko`rishimiz mumkin bular esa fanning muhim 

yutug`i  bo`lgan  evolyutsionistlarning  qarashlari  marksistik  g`oyalarga  ta`sir 

ko`rsatgan. Evolyutsion maktab tomonidan ilgari surilgan tioriya animistik teoriya 

nomini  olgan.  Bu  teoriya  odatda  Teylor  nomi  bilan    bog`liq  chunki  bu  animizm 

atamasini  fanga  kiritgan  shu  kungacha  animistik  tioreya  u  yoki  bu  formada  juda 

keng  tarqalgan  biroq  animistik  tioreya  uning  asosidagi  qarashlar  bizni 

qoniqtirmaydi  ularni  juda  eskirgan  deb  tan  olishga  tog`ri  keladi  nimaga  deganda 

birinchi  navbatda  evolyutsion  maktabning  tuzulishini  asosi  mohiyatan  idialogik 

bo’lgan  Teylor  va  uning  izdoshlari  dinning  kelib  chiqishida  psixologik  va 

individual  holatlardan  chegaralanib  qolishgan.  Ular  odamlarni  psixalogik 

o’rganish qabul qilish jarayonlarini ko’rishgan Teylor va uning izdoshlari iptidoiy 

odamni  ongli  jonzod    deb  tasavvur  qilishgan.  Faylasuflik  qiladigan  yovvoyi 

ibtidoiy  odam  nima  haqida  fikr  yuritgani  haqida  o’ylagan  ibtidoiy  odam  nimani 

tushunmagani  haqida  o’ylagan  kasallik,  uyqu,  hushdan  ketish,  o’lim  holatlari 

tushunarsiz bo’lgan bu haqda tuni kun o’ylagan.

1

 

Shu  hodisalarni  tushuntirishga  urinish  ruh  tanani  tark  etadi  degan  fikrga 



kelgan  Teylor  va  Spenser  agar  odamda  ruh  haqidagi  fikr  bo’lmasa  din  vujudga 

kelmasdi. Dinning ijtimoiy ildizlarini rad etish ijtimoiy jonzodligini rad etish dinni 

rivojlanish  qonuniyatini  rad  etish,  bir  etiqoddan  ikkinchi  etiqodning  kelib 

                                                 

1

 

Tokarev 



 

C.A. 


ю происхождении и ранних формах релегии с.т 174-175

 

 



chiqishini  rad  etish,  antrapologik  maktabning  kamchiliklari  bizni  mustahkam 

bazaga  ega  bo’lishiga  yo’l  qo’ymaydi.  Ular  buning  kamchiliklari  fikiriga 

qo’shilishiga  yo’l  qo’ymaydi  agar  animistik  tioreya  hozirgi  kungacha  juda  katta 

qiziqish  etibor  jalb  qilsa  o’ziga  rus  va  chet  el  fanining  evalyutsion  maktabidan 

keyin paydo bo’lgan yo’nalishlari be e`tibor berilmoqda. Fanda XIX asrning 90-

yillarida  paydo    bo’lgan  yo’nalishlarini    reaksion  deb  qabul  qilingan  so’zsiz 

ko’pgina keraksiz nazyalar shu davrda yuzaga kelgan. Reaksion g’oyalarning shu 

davrda yuzaga kelishi asosli XIX asr va XX asrda shu fanga yo’naltirilgan muhim 

ma’lumotlar  keltirilgan.  XIX  asr  va  XX  asr  boshida  animistik  reaksiya  tanqidi 

zaminida yuzaga kelgan fandagi yo’nalishni treanimistik nazariya deb ataydi lekin 

bular  o’rtasida  umumiy  jihadlar  juda  kam  ularning  umumiy  jihati  shundaki 

animistik  nazariyani  qoniqarsizligini  ko’rsatishgan.  Dinni    qadimiy  formalarini 

topishgan  lekin  buni  ular    ham  bajarishgan  bazi  preanimistik  vakillari  fanga 

qimmatli  hissa  qo’shgan    bular  Konrat  Pres    va  Alfret  Firkand  ularning  hizmati 

shundaki  animistik  nazariyani  bir  tomonligini  soddaligini  ko’rsatishgan.Ular 

animestik  nazariya  nuqtai  nazardan  tushunarsiz  yoki  noaniq  bo’lgan  aniq 

etnografik  faktlarni  ko’rsatishgan  bu  mualliflar  kiritgan  yangilik  shundaki  ular 

dinda ong emas hissiy yondashish ustun kelgan. Dinda odam ko’proq tushunarsiz 

hislardan qo’rqadi fikr yuritishdan ko’ra hislardan qo’rqadi. Mualliflar aytishganki 

marosimdagi harakatni inson ongidagi yuzaga kelgan tasvir emasligini ko’rsatishi 

Maratning  aytishicha  marosimlar  odamlar  ongidagi  boshqa  chuqurroq  impulsif 

ongsiz  effektlardan  yuzaga  keladi.  Fikr  mulohazalaridan  emas  Maratning 

aytishicha iptidoiy din odam tomonidan o’ylangan emas o’ynalgan ya’ni odamlar 

marosimlari  orqali  o’z  dinini  ifodalagan.  Preanimistik  vakillarning  xatolari 

bo’lgan preanimistik ongning chuqurroq tomonini ko`rish preanimistlar insonning 

inson  psixalogiyasini  chuqurroq  o’rgangan,  lekin  alohida  olingan  bir  odamning 

harakterlaridan  kelib chiqqan  ular  dinning  ijtimoiy  ildizlarini tushunishmagan bu 

masalaga  marksistlar  to’g’ri  yechim  topgan.  Dinni  ijtimoiy  tomonini  o’rganish 

masalasiga  bujuaziya  maktablaridan  biri  ham  o’rganishgan  aynan  sotsialistik 

maktab  dinning  ijtimoiy  tomonini  muhimigini  birinchilardan  bo’lib  ko’rsatgan 



burjuaziya olimi, ingliz semit halqi din tarixchisi Roberson Smit u 1884-yidayoq 

nisbatan tor asosda bo’lsa ham qadimgi semit xalqi dinidan chekkaga chiqmagan 

bo’lsada ibtidoiy 

dinlarni  ijtimoiy  ildizlarini  topgan,  masalaning  bu  tomoni  albatta  bujuaz 

dunyo qarashdan chekkaga chiqmagan holda Emil Dryugeymning fransuz ijtimoiy 

maktab  ishlarida  XIX  asrning  80-90  yillari  XX  asrning  10-yilligida  rivojlangan 

Dryugeym va uning shogirdlari qatiy va din ijtimoiy hodisaligiga qatiy turishgan 

va  uni  boshqa  tomondan  o’rganish  mumkin  emas,  induvidual  psixalogiya  kelib 

chiqib  o’rganish  mumkin  emas,  odamni  na  induvidualni  xususiyati  na  tabiatni 

kuzatishlari,  dinni  tushunishga  yordam  bera  olmaydi.  Faqatgina  din  ijtimoiy 

sharoitdan kelib chiqib dinni o’ziga xos hususiyatlarini va mohiyatlarini tushunish 

mumkin bu albatta to’g’ri fikr. Jamiyatni tushunishimiz Dryugeymdan ancha farq 

qiladi  Dryugeym  jamiyatni  psixalogik  hodisa  deb  bilgan  u  jamiyatni  odamlar 

majmuyi  ekanligini  tushunmagan.  Odamlar  ishlab  chiqarishdagi  birligini 

tushunmagan  mavhum  narsa  deya  olmagan.  Ijtimoiy  munosabatlar  bilan  bog’liq 

jamiyatlar  borligini  tushumagan.              Bilimlar  tarixiy  manbalarda  qay  etilgan. 

Baxtga  qarshi  hozirgacha  Vilgelm  Shmid  maktabi  munosib  ravishda  tanqid 

qilinmagan.  Ko’pgina  chet  el  olimlari  bu  maktab  tomonidan  chop  etilgan 

kitoblardagi faktlar tasir ostida. Biroq tasdiq to’liq bo’lmagan tanqid ham Shmid 

Kopperson  tomonidan  keltirilgan  material  sifatsiz  xulosalar    ishonarsiz.  Oxirgi 

vaqtda bu katolik maktab ilmiy davrlarga o’z hurmatini yo’qotgan. Huddi shu kabi 

AQSH  da  paydo  bo’lgan  din  tarixini  o’rganishdagi  pragmatik  yo’nalish  ham 

ijobiy  natija  berolmaydi.  Vilyam  Jeyms  izdoshlari  Hayells  ,  Gud  va  boshqalar  

faylasuf    fragmatiklar  nuqtaiy  nazardan  obektiv  haqiqat  yo’q.  Obekt  insonga  

qanchalik  foydali  bo’sa  shunchalik  haqiqat  nima  odamga  kerak  bo’lsa  o’sha 

to’g’ri. Fan odamga hizmat qiladi yaxshi din odamga hizmat qiladi demak yaxshi, 

odamlar  birorta  Dogmani  tan  olishadimi  demak  bu  haqiqat.  Bunday  teoreyalar  

ijobiy xulosa chiqaraolmaymiz. Bu yo’nalishni Vilgelm Shmid teoreyasidan ko’ra 

Antiilmiyroq  hisoblay  olmaymiz.  Yuqorida  ko’rsatilgan  dinni  kelibchiqishi 

haqidagi fikrlar bizni din haqida hozirgi tushunchalarimizni olib keladi.  



Bu  qilishimiz  kerak  bo’lgan  birinchi  ish  bu  din  deganda  nimani  tushunamiz? 

Bunga rasmiy ta’rif berishimiz kerak.

1

 Bu unchalik oson emas, gap shundagi diniy 



etiqodlar  marosimlar  har-xil  halqlarda  mamlakatlarda  davrlarda  shunchalik  farq 

qiladiki,  ularni  muvofiqlashtirish  mushkul.  Shuning  uchun  ham  dinga    umumiy 

tarif  berish  juda  qiyin.  Burjuaz  olimlar  dinni  har  –  xil  rasmiy  tariflar  berishgan. 

Lekin  ular  dinni  butunlayicha  emas,  alohida  yo’nalishlarini  o’z  ichiga  olishgani 

uchun  tezda  keraksiz  bo’lishgan.  Masalan  ko’pincha  dinni  xudolarga  etiqodday 

tariflashgan,  lekin  xudo  tushunchasi  hamma  dinda  bor  emas.  Bu  tushuncha 

insoniyat tarixiga nisbatan kech paydo bo’lgan, ungacha ko’pgin dinlarga ruhlar, 

jinlar  tushunchasi  bo’lgan.  Ba’zi  olimlar  (masalan  Shleyrmaxer)  dinni  shunday 

tariflaydi,  odamni  uzluksiz  narsaga  tobelik  xissi  Eduard  Feylo  va  uni  izdoshlari 

“din  minumumi”  (  dinlarni  umumiy  jixati  )  bu  manaviy  mavjudod  etiqod. 

Tekshuruvda  bu  tarif  ham  muvofaqiyatsiz  bo’lib  chiqadi:  ma’naviy  mavjudodga 

etiqod  tushunchasi  mavjud  bo’lmagan  ko’pgina    diniy  e’tiqodlar  bor,  masalan 

judugarlik bunda inson o’z kuchiga ishonadi. Dinni boshqacha tarifini Dyurkgeym 

namoyish  qilgan.  Har  bir  din  ilohiy  tushunchasiga  asoslanadi.  Dinning  fikricha 

g’oyalar etiqodlar odamlar harakati predmetlar va odamlarning o’zi ilohiy bo’lishi 

mumkun  .  Dinni  tushunchasida  jon  bor.  “Ilohiy”  tushnchasi  unda  muhum  o’rin 

tutadi. Ammo ilohiy muqaddas tushunchasi hozirgi kunda dinga bog’liq: biz vatan 

oldidagi  muqaddas  burch,  Xalqlarning  muqaddas  do’stligi  haqida  gapirayapmiz. 

Demak,  ilohiy  muqaddas  tushunchasi  juda  keng  qamrovli.  Fransuz  tarixchisi 

Salamon Reynak din mohiyati “Tabu” (taqiq) g’oyasini degan fikrni olg’a surgan. 

Uningcha  dinga  taqiqlangan  jamiyatdan  chiqarishgan  tushunchalar  kiradi.  Bu 

ta’rif  ham  haqiqatdan  yiroqmas,  ammo  bu  ham  nishonga  aniq  tegmagan  chunki 

juda  keng.  Tabu  go’yasi  har  bir  dinni  katta  qismini  tashkil  qilsa  ham.  Shunday 

qilib Burjuaz olimlari taklif qilgan fikrlari juda keng, yoki juda tor. Ham u ham bu 

hatoni cheklab o’tish uchun dinni unga yaqin bo’lgan hodisalardan ajratib turuvchi 

muhim  jihatini  topish  kerak.  Bunday  sifat      ma’lum  u  bir  necha  bor  chet  el  va 

Sovet  olimlari  tomonidan  ko’rsatilgan  bu  g’ayritabiiylik  g’oyasi.  G’ayri 

                                                 

1

 Токарев С.А.О происхожденим м ранних формах религии.С.178-179.  



tabiylikkaishonish  (etiqod)    -  bu  har  bir  dinning  muhim  ajralib  turuvchi  jihati: 

Tabuni  g’ayritabiiy  sanksiyasiga  (jazo)  ishonish  –  tabuni  diniy  qiladi.  Birorta 

predmetni  g’ayrtabiiyligiga  ishonishni  diniy  sig’inish  obektiga  aylantirishi 

mumkin.  Bu  narsa    insonni  harakatlariga  ham  tegishli,  inson  agarda  uni  g’ayri 

qobiliyatlari  g’ayritabiylashtirilsa  dinniy  etiqod  predmetiga  aylanishi  mumkin. 

Shunday  qilib  din  –  bu  insoniy  munosabatlar,  harakatlar,  predmetlar  va  g’oyalar 

yig’indisi.  G’ayritabiylikka  ishonish  bilan  bog’liq.  Bu  dinning  nisbtan  aniqroq 

tarifi:  Dinni  kelib  chiqishining  muamosi  unning  mohiyati  ildizlar  muamosi  biz 

uchun  tushunarli.  Lekin  odamlar  ongida  qanday  konkred  formada  bo’ladi,  qaysi 

konkred  e’tiqodlarga  olib  keladi.  Dinning  aniq  bir  formasi  va  marosimlari  kelib 

chiqishini  anilash  uchun  bu  hodisa  haqidagi  materiallarda  tartib  o’rnatish  kerak, 

ularni  sistemalash  kerak.  Ommabob  kitoblarda  ilmiy  maqolalarda  tez-tez  uchrab 

turadigan  sexr  -  jodu  ,  animizim,  fetishizim,  mifologiya  tushunchasi  zarur,  biz 

ulardan  dini  ma’lum  tomoni  yoki  qismini  ifodalashda  foydalanamiz  lekin  bu 

aynan  alohida  tomonlari  aniq  bir  forma  shakli  emas.  Sexr    -  jodu  animizim, 

animatizim, fetishizim, mifologiya  – bular hammasi har qanday dinning ajralmas 

tashkiliy  qismlaridir.  Ularni  e’tiqod  shakllaridan  alohida  tushuntirishga  urunish 

befoyda.  Animizmni  kelib  chiqish  masalasiga  yechim  toppish  qiyin.  Agarda  bu 

savolga  boshqacha  yondoshsa  ya’ni  animizimga  ruhlarga  ishonishday  qarasak  

Teylor  bergan    javobdan  boshqa  javob  topolmaysiz.  Bu  javob  esa,  yuqorida 

aytilganidek  juda  qoniqarsiz,  chunki  u  idiyalstik,  animistic  etiqodlarni  haqiqiy 

ildizlarini anglash uchun ularni odamlar hayoti bilan bog’liq tomonlarini o’rganish 

kerak.  Biz  shaman  ruhlarini  genezisini  aniq  ravshan  ko’rishimiz  mumkun.  Ko’z 

ongimizda yaratilgan (paydo bo’lgan)  shamaning asosiy va yordamchi ruhlari. Bu 

ruhlar  siymosi  shamaning  sirli  g’ayritabiiy    harakatlarining  ifodasidir.  Maxsus 

etnografik adabiyotni o’rganish bunda hech qanday shubha qoldirmydi. Tabiyatni 

ifodolovchi  ruhlarning  obrazi  umuman  boshqacha,  masalan  suv  alvasti  yoki  jin. 

Jin obrazi odamning o’rmon chakalakzorlaridan qorqish hissini ifodasidan boshqa 

narsa  emas.  Shunda  ham  alohida  odamni,  masalan  rus  dehqoni  shuning  uchun 

o’rmon  bu  dehqonchilikka  halaqit  qiluvchi  faktir,  adashib  qolishi  mumkun 



bo’lgan  joy.  Bu  qorquv  xissi  va  uning  jin  obrazidan  o’z  ifodasini  topishi.  Suv 

alvastisini  obrazi  ham  tushunarli-bu  hafli  suv  elementi  unda  cho’kish  mumkun. 

Shuning  uchun  alvastini  boshqacha  jihatlarga  ega.  Jin-  hazilkash,  hazilashishni 

yoqtiradi, u faqat mast odam yoki yosh bola uchun hafli. Suv alvastisi esa yovuz 

ruh,  odamni  halok  qiladi.  Bu  оbrazlardagi  farq  tushunarli.  Kasalliklar  ruhlarni 

tasirlanishi  alohida  masala.  Rus  halqi  etiqodlaridan  bu  kabi  obrazlarni  kasaliklar 

ko’rinishidan  kelib  chiqish  mumkun.  Bular  “bezgak”  “tutqanoq”  har  biri  o’ziga 

hos  sifatga  ega:  Dafn  marosimi  bilan  bog’liq  obrazlar  mavjud.  O’lganlar  ruhlari 

haqida  tasavurlar  mavjud.ularni  umumiy  ildizda  birlashtirishga  urunish  befoyda. 

Albatta  bitta  umumiy  ildiz  bor-bu  odamning  unga  bosim  o’tqazadigan  kuchlar 

oldidagi  qo’rquv  ular  bilan  kurashda  kuchsizlik,  ilojsizlik.  Ammo  bu    umuman 

dining  ildizi,  faqat  animizimning  emas.  Sexr-joduni  oladigan  bo’lsak  una  ham 

bazi  tasdiqlovchilarham  dinning  eng  qadimgi  iptidoiy  formasiday  ko’rishgan. 

Aslida  sexr-jodu hamma dinda mavjud. Sehr nima? “Sehr” termini har hil olimlar 

tomonidan  har  hilcha  tushuniladi.  Eng  rasm  bo’lgan  tushuncha  (J.Freyzer)  “oltin 

shok”  (daraxt  shoxi)  sehr-jodu  bu  odamni  hech  qanaqa  hodo  yoki  ruhlar 

aralashisiz jodugarlik yordamida o’z maqsadiga erisha olishiga ishonish. Lekin bu 

etiqod  hamma  dinlarda  mavjud:  dindor  qanday  marosim  bajarmasin  uni  kutilgan 

natija berishga ishonadi yoki umid qiladi. Lekin  sehr-jodu marosimlari shunchalik 

ko’pki  ular  inson  faoliyatini  turli  tomonlari  bilan  bog’liqki,  sehr-joduning  kelib 

chiqishi  bir  deyish  mumkun  emas.  Shuning  uchun  sehr-joduni  kelib  chiqsh 

masalasiga  umumiy  yechim  toppish  befoyda.  Agarda  topishga  urunsa  “Freyzer” 

“oltin shok” da berilgan javobdan boshqa javob topolmaymiz. Asardagi javob esa 

psihalogik,  yani  idialistik  harakterga  ega.  sehr-joduni  bir  turli  narsa  deb  tushnsa 

idialistik javobdan boshqa javob berolmaymiz.Aksincha idializim yordamida aniq

fikrda bo’lmagan tadqiqodlarning turlari va ildizlari turlicha bo’lishini ko’rsatadi. 

Huddi  shu  fikr  animizim,  fetishizim,  tabu,  mifalogiya  kabi  tushnchalarga  ham 

taluqli.  Bu  hodisalar  inson  amaliyoti,  faoliyati  bilan  bog’liqligiga  qarab  turlicha 

ildizlarga  ega.  Shuning  uchun  dinning  kelib  chiqishi  masalasi  animizim, 

animatizim,  sehr-jodu,  fetishizim,  mifalogiya  kabi  tushunchalarni  mavhum 



o’rganishda emas,  insonni aniq  bir  faoliyati  bilan bog’liq dinini alohida shaklini 

o’rganishga  bog’liq.  Ushbu  maruzada  dinning  qadimiyligiuni  yuzaga  kelishi 

vaqtida  dingacha  bo’lgan  davri  masalalarida  to’htay  olmaymiz.  Bu  masala 

arhiyalogik,  chunki  insoniyat  tarihining  ilk  bosqichlari  arhiyalogik  materiallar 

asosida  bizga  ma’lum.  Arhiyaloglar  hozirgacha  insonda  din  haqida  tushuncha 

qachon  paydo  bo’lganligi  ustida  bahslashishadi.  Bazilar    bunday  yodgorliklarni 

neandertallardan  kuztishgan,  yani  mustye  davrida  bunga  misol  ayiq  suyaklari 

bilan  to’ldirilgan  qadimigi  qabirlar.  Boshqalar  neandertal  davri  yodgorliklari 

ularda  din  haqida  tushuncha  bo’lganini  isbotlamaydi  degan  fikrda.  Ularning 

fikricha din haqida tushuchalar yuqori paleolit dvrida paydo bo’lgan ishonch bilan 

aytish  mumkun.  Bunga  misol:  Murakkab  dafn  marosimlari  tasviriy  va  haykal 

taroshlik sanati yodgorliklari. Ikkinchi fikr to’g’riroq: din yuqori paleolit davrida 

paydo  bo’lgan.  Etmografiyaning  behisob  faktlari  din  iptidoiy  jamoada,  sinfiy 

jamiyatgacha  mavjud,  bo’lganligini  isbotlaydi.  Dinni  qadimigi  umumiy  shakli 

haqida  savol  berish  befoyda.  Hozirgacha  bunga  urunishadi  lekin  menimcha  bu 

befoyda  bir  kichik  misol  keltiraman.  Malining  “dinni  kelib  chiqish  haqida” 

brashurasida  bu  masala  bo’yicha  ko’pgina  to’g’ri  fikrlar  keltirilgan.  Masalan 

brashurada  dinni    eng  qadimgi  shakli  totemizim  bo’lgan  deyiladi.  Yuqorida 

aytilganidek  totemizim  dinni  qadimiy  shakllaridan  biri.  Burjuaz  fan  olamida 

totemizim  haqida  juda  ko’p  yozilgan.  Ammo  totemizim  ildizlari  haqida 

baxslashishga  va  hozir  ham  baxslashishiyapdi.  Qanday  nazariyalar  bo’lmagan! 

Ular  orasidan  muvafaqiyatsiz  hatto  kulguli  lekin,  ko’pgina  qiziq  nazariyalar 

bo’lgan. Bir necha avlod olimlarining umumiy mehnati zoya ketmadi va burjuaz, 

keyinchalik  Sovet  olimlari  totemezim  dinni  aniq  bir  shakli  degan  tushunchaga 

to’g’ri yo’l topishdi. Moddiy hayot sharoiti iptidoiy odamlarni, o’sha davr odami 

ongini to’ldirishi kerak bo’lgan atrofdagi olamga yo’naltirgan. Albatta totemezim 

masalasi    ohiriga  yechilgan  deb  bo’lmaydi.  Unda  noaniq  narsalar  ko’p  qavm  va 

qabilalar  o’rtasida  o’zaro  yotsirash  bo’lgan.  Bu  yotsirash  o’z  navbatida  tez-tez 

urushlarga  olib  kelgan.  Shunday  qilib  bu  alohida  izlanishlarni  talb  qiladigan  din 

shakli. Aytish mumkunki adabiyotda dafn marosimini aniq ifodalovchi izoh yo’q. 



Shu  kungacha  daf  marosimi  suyever  qarashlar  natijasi  deb  hisoblash  odat  tusiga 

kirgan.  Nimagadir  odamlar  marumlarni  suyever  tasavvurlar  tufayli  marhumlar 

g’ayritabbiy  fazilatlarga  ega  deb  o’ylashgan.  Bu  o’z  yo’naltirishi  bo’yicha  ikki 

tomonlama  instink:  Birinchi  tomondan  hatto  bazi  hayvonda  uchraydigan  tozalik 

ozodalik  instinkga  chizib  boshlagan  murdadan  halos  bo’lish.  Ikkinchi  tomondan 

ijtimoiy bog’liqlik yaqin qarindoshlar o’z qarindoshi bilan ajralmaslikka undovchi  

instink. Ko’p tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki o’lgan maymun onasi ham undan uzoq 

ketmaslikka harakat qiladi.

1

 

 



Download 1.45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling