O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti «bank ishi» kafedrasi


Download 248.01 Kb.
bet1/2
Sana29.10.2020
Hajmi248.01 Kb.
#137964
  1   2
Bog'liq
KURS ISHI Ziyodullayeva NargizaBI 61



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI

«BANK ISHI » KAFEDRASI
BANK ISHI” FAKULTETI


KURS ISHI

Mavzu: Inflyatsiyaning turlari.

Bajardi: Ziyodullayeva Nargiza Yusuf qizi.
“Bank ishi” fakulteti BI 61 guruh talabasi
Ilmiy rahbar: ________________________

TOSHKENT-2020

Inflyatsiyaning turlari
Kirish……………………………………………………………………………......

1. Inflyatsiyaning mohiyati va uning yuzaga chiqish shakllari……………………...

2. Inflyatsiyaning turlari va shakllari………………………………………………..

3. Inflyatsiyaning iqtisodiy va ijtimoiy oqibatlar……………………………………

4. Inflyatsiyaning barqarorlashtirish usullari………………………………………...

Xulosa……………………………………………………………………………….

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati…………………………………………

Kirish

Mavzuning dolzarbligi. Inflyatsiyaning har tomonlama avj olib ketishi mamlakatda sotsial va iqtisodiy jihatdan qarama-qarshiliklar yuzaga kelishiga olib keladi. Shuning uchun davlat inflyatsiyaning oldini olish, pul muomalasini barqarorlashtirish chora – tadbirlari ishlab chiqadi. Inflyatsiyaga qarshi kurashning asosiy shakllari: inflyatsiyaga qarshi siyosat va pul islohoti hisoblanadi.

Oldingi markazlashgan, rejali boshqaruvga asoslangan iqtisodiy tizimda pul muomalasi rejalashtirish asosida boshqarib kelingan. Aholining daromadi va harajatlarini davlat tomonidan muvofiqlashtirib turilgan. Tovar ishlab chiqarishni kengaytirish, aholiga kreditga tovar berish, baholar tizimini o’zgartirib turish va hakazolar. Barcha jarayonlar davlat tomonidan boshqarilgani uchun pul muomalasi qonuni buzilganda davlat o’z vakolati doirasida narxlarni o’zgartirish yo’li bilan, pul reformasi bilan pul muomalasini tartibga solib kelgan.

Tarix haqiqatda ham bu so`zning har tomonlama xavfli ekanligini kursatdi. Chunki inflyatsiya qandaydir aloxida olingan bozorda tovarlar va xizmatlar narxining o`sishidangina iborat bo’lmasdan, bu umumiqtisod uchun xavfli hodisadir. Inflyatsiya so`zining iqtisodiy ma’nosi - muomalada mavjud bo’lgan tovarlar va ularning bahosiga nisbatan ko’p pul chiqarish dеgan ma'noni anglatadi.

Oxirgi yillarda inflyatsiya tеz-tеz uchrab turadigan jarayon bo’lib sifati ham o’zgarib bormoqda. Buning sababi shundaki, hozirgi kunlardagi inflyatsiya: birinchidan, uzluksiz baholarning oshishiga; ikkinchidan pul muomalasi qonunining buzilishi natijasida umumxo’jalik mеxanizmining ishdan chiqishiga olib kеladi.

Inflyatsiyaning asosiy sababi - bu xalk xo’jaligining turli sohalari o’rtasida vujudga kеlgan nomutanosiblikdir. Bu avvalam bor jamg’arma va istе'mol o’rtasidasidagi, talab va taklif, davlatning daromaddari va xarajatlari o’rtasidagi muomaladagi pul massasi va xo’jaliklarning naxt pulga bo’lgan talabi o’rtasidagi nomutannosibliklardan iboratdir. Inflyatsiyani yuzaga kеltiruvchi omillarga qarab uning sabablarini ichki va tashqi sabablarga bo’lish mumkin. Inflyatsiyaning ichki omillari monеtar-pul siyosati bilan va xo’jalkk faoliyati bilan bog’lik turlariga bulinadi. Inflyatsiyaning tashqi omillariga jahon iqtisodida bo’lgan krizislar, (xom-ashyo, yoqilg’i, valyuta bo’yicha) davlatning valyuta siyosati, davlatning boshqa davlatlar bilan tashqi iqtisodiy faoliyati, oltin va valyuta zaxiralari bilan bo’ladigan noqonuniy opеratsiyalar va boshqalar bo’lishi mumkin.

Kurs ishining maqsadi va vazifalari. Ishning maqsadi iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida inflyatsiyaning hisob kitob tizimi holatining davlat moliyasiga ta`sirini va ularni boshqaruv bo`yicha amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. Bitiruv malakaviy ishining tarkibi. Ish kirish, ikki bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ruyxatidan iborat. Ishning kirish qismida mavzuning dolzarbligi, moxiyati, maqsadi va tarkibi ifodalangan. Ishning birinchi bobi «Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida inflyatsiyani yuzaga kelish shakllari va uni ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari» deb nomlangan bo`lib Inflyatsiyaning mohiyati va uning yuzaga chiqish shakllari, inflyatsiyaning iqtisodiy va ijtimoiy oqibatlari, inflyatsiyaning barqarorlashtirish usullari o`rganilgan. «Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida davlatning inflyatsiya bo`yicha makroiqtisodiy siyosati va uni hisob kitob tizimini boshqarish yo`llari» deb nomlangan ikkinchi bobda davlatimizning pulning qadirsizlanishi va inflyatsiyaga qarshi siyosati, mamlakatining moliya siyosati va inflyatsiya bo`yicha makroiqtisodiy tahlili va uni barataraf etish yo`llari aniqlangan. Bitiruv malakaviy ishining «Davlat moliyasini baquvvatlashtirishda inflyatsiyani kamayttirish shakllari» deb atalgan uchinchi bobida O`zbekiston respublikasining moliya siyosatini takomillashtirishdagi inflyatsiyaga qarshi istiqbollari, iqtisodiyotni barqarorlashtirishda pul - kredit inflyatsiyasining o`ziga xos xususiyatlari tahlil qilingan.

Kurs ishining hajmi: Mazkur kurs ishi kirish, 4 ta reja , xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan tashkil topgan bo’lib, o’z ichiga mavzuga oid 1 ta chizma va 4 ta jadvalni oladi. Umumiy hajmi 40 bet.

1 . Inflyatsiyaning mohiyati va uning yuzag chiqish shakllari.

Inflyatsiya XVIII asrning o`rtalarida muomalaga ta`minlanmagan juda ko`p miqdorda pul chiqarishi natijasida pul tizimidagi inqiroz holat asosida yuzaga

chiqqan. Inflyatsiya (lotincha «inflation» so`zidan olingan va shishish, ko`pchish, ko`tarilish ma`nosini anglatadi) o`z mohiyatiga asosan pulning qadrsizlanishi, tovar va xizmatlarga bo`lgan baholarning muntazam ravishda oshib borishi jarayonini anglatadi. Shuni ta`kidlash lozimki, rivojlangan mamlakatlar tajribasi

inflyatsiya nisbatan me`yor darajasidagi pul massasi holatida ham yuzaga chiqishi mumkin.

Hozirgi zamon inflyatsiyasi nafaqat tovarlar va xizmatlarga bo`lgan baholarni muntazam o`sishi natijasida pulning sotib olish qobiliyatini pasayishi

bilan bir qatorda ishlab chiqarish jarayonidagi nomutanosiblik, pul muomalasi,

moliya hamda kredit sohasidagi salbiy omillar Bilan tasniflanadi. Inflyatsiyaning yuzaga chiqishining asosiy sabablari bo`lib iqtisodiyot tarmoqlari, jamg`arma va iste`mol, talab va taklif, davlat daromadlari va xarajatlari, xo`jaliklarning pul massasi va unga bo`lgan talabi o`rtasidagi mutanosiblik hamda markaziy bankning kredit ekspansiyasi hisoblanadi. Ushbu ta`kidlab o`tgan omillar o`z mohiyatiga asosan inflyatsiyaga, uning darajasiga turlicha ta`sir etishi mumkin.

Inflyatsiya lotincha “inflatio” suzidan olingan bulib “ish”, “burtish”, “Kupchish” degan ma`noni anglatadi. Bu suz XIX asrning urtalaridan boshlab iktisodchilar tomonidan iktisodiy termin sifatida ishlatilguncha kadar, u tibbiyotda xavfli usma kasalini ifodalashda kullanilgan. Tarix xakikatda ham bu suzning har tomonlama xavfli ekanligini kursatdi. Chunki inflyatsiya kandaydir alohida olingan bozorda tovarlar va xizmatlar narxining usishidangina iborat bulmasdan,bu umumiktisod uchun xavfli hodisadir. Inflyatsiya suzining iktisodiy ugirtmasi - muomalada mavjud bulgan tovarlar va ularning bahosiga nisbatan kup pul chikarish degan ma`noni anglatadi.

Iqtisodda inflyatsiyaning yakuni tovarlar bahosining usishiga, koniktirilmagan, lekin kisman tulanishi mumkin bulgan talablarning vujudga kelishga olib keladi. Odatda inflyatsiyaning bu turi klassik inflyatsiya deb yuritilad. Inflyatsiya suzi Pul muomalasi sohasida AQSh ning Shimoliy va Janubiy shtatlari urtasida grajdanlar urushi bulganda muomalaga juda kup mikdorda (450 mln. grin bek) kogoz dollar chikarilgan vaktdan boshlab kullanila boshlagan. Ularning sotib olish kobiliyati ikki yildan keyin 5% foizlargacha tushib ketgan. Agar tarixga e`tibor beradigan bulsak, urush va boshka ofatlar sababli davlat xarajatlarning oshib ketishi, inflyatsiya bilan uzviy boglik. Masalan, Angliyada kuchli inflyatsiya XIX asrning boshida Napoleon bilan urush davrida, Frantsiyada - frantsuz revolyutsiyasi davrida, Rossiyada XIX asrning urtalarida namoyon bulgan. Germaniyada juda yukori sur`atlardagi inflyatsiya 1923 yillarda bulib, muomaladagi pul massasi 496 kvintillion markagacha etgan va pul birligi trillion marta kadrsizlangan. Bu tarixiy misollar kursatadiki, inflyatsiya hozirgi davr jarayoni bulmasdan, tarixan mavjud bulgan jarayondir.

Inflyatsiya va uning rivojlanishi alohida olingan mamlakatda ma`lum xususiyatlarga ega bulishi mumkin. Hozirgi davr inflyatsiyasi, utgan davr inflyatsiyasidan farq qiluvchi xususiyatlarga ega. Oldingi inflyatsiyalar vaktinchalik bulib, ular odatda urush vaktida harbiy xarajatlarni koplash uchun kogoz pullar chikarilishi natijasida yuzaga kelgan. Biror daromad olmasdan turib, ya`ni ishlab chikarish va tovarooborot sur`atlarini oshirmasdan, yoki bu kursatkichlar kamayib ketgan holda davlat tomonidan buladigan xarajatlarni moliyalashtirishning asosiy yullaridan biri kogoz pullarni muomalaga chiqarishdan iborat bulgan. Natijada muomalaga chikarilgan pullar, muomala uchun zarur bulgan oltin mikdoridan oshib ketgan va pulning real kiymati uning nominal kiymatidan tushib ketgan, ya`ni, xakikatda pul birligi uzida kursatilganidan kam oltin mikdorni ifoda kila boshlagan.

Oldingi inflyatsiyalarning yana bir xususiyati shundaki, ular ma`lum davrda namoyon bulgan. Hozirgi davr inflyatsiyasi esa odatda doimiy (xronik) xarakterga ega bulib xujalik hayotining barcha sohalarini kamrab olishi bilan, pul omillaridan tashkari boshka iktisodiy omillarga ta`sir kilishi bilan farklanadi. Oxirgi yillarda inflyatsiya tez-tez uchrab turadigan jarayon bulib sifati ham uzgarib bormokda. Buning sababi shundaki, hozirgi kunlardagi inflyatsiya: birinchidan, uzluksiz baholarning oshishiga; ikkinchidan pul muomalasi konunining buzilishi natijasida umumxujalik mexanizmining ishdan chikishiga olib keladi. XX asr inflyatsiyasining asosiy sababi tovar kamyobligigina bulib kolmasdan, ishlab chiqarish va kayta ishlabchikarishda krizislar mavjudligi bilan ifodalanadi. Xozirgi davr inflyatsiyasi birinchidash; pul talabining tovar taklifidan oshishi natijasida pul muomalasi konunining buzilishi; ikkinchidan; - ishlab chikarishga ketadigan xarajatlar salmogining usishi natijasida tovarlar bahosining oshishi va shu sababli pul massasining ortib borishi bilan ifodalanadi.



1- jadval

Qayd etilishicha, inflyatsiya sur’ati asosan yilning ikkinchi yarmida tartibga solinadigan narxlarning erkinlashtirilishi (21,6 foizga o‘sishi), shuningdek, 2018 yil avgust oyidagi milliy valyuta devalvatsiyasi natijasida tezlashgan. 2018 yil davomida narxlarni yuqori o‘sishi un va non mahsulotlari (24,8 foiz), go‘sht mahsulotlari (23,4 foiz), meva va sabzavotlar (14,5 foiz) hamda yo‘lovchi transporti (13 foiz) sohalarida kuzatildi. 2019 yilning oktyabr-dekabr oylarida choraklik inflyatsiya darajasi 2018 yilning mos davri bilan taqqoslaganda 5,7 foizdan 5 foizgacha sekinlashdi. sabzavotlar (14,5 foiz) hamda yo‘lovchi transporti (13 foiz) sohalarida kuzatildi.



Inflyatsiyaning asosiy sababi - bu xalk xujaligining turli sohalari urtasida vujudga kelgan nomutanosiblikdir. Bu avvalam bor jamgarma va iste`mol urtasidasidagi, talab va taklif, davlatning daromaddari va xarajatlari urtasidagi muomaladagi pul massasi va xujaliklarning nakd pulga bulgan talabi urtasidagi nomutannosibliklardan iboratdir.

Xalqaro amaliyotda iqtisodchi olimlar inflyatsiyaning yuzaga chiqadigan omillar asosan ikki guruhga: ichki va tashqi omillarga ajratadilar. Biz ushbu omillarning mohiyatini yoritishga xarakat qilamiz.

1. Ichki omillarni mohiyatiga asosan pullik (monetar) va pulsiz omillarga

ajratish mumkin. Pullik omillarga davlat moliyasining inqirozi, byudjetning taqchilligini mavjudligi, davlat qarzdorligini ortishi, pul emissiyasi, krdit dastaklarining aylanishini ko`payishi, pul aylanmasining tezligi va boshqalar kiradi. Pulsiz omillarga milliy iqtisodiyot tarmoqlari o`rtasidagi nomutanosiblik, tarmoqlar iqtisodiy rivojlanishdagi bir maromsiz daraja, ishlab chiqarish va xizmat ko`rsatish sohalarida monopoliyaning (oligopoliya) mavjudligi, narx shakllntirishdagi davlat monopoliyasi, markaziy bankning kredit ekspansiya va

boshqa omillarni kiritish mumkin;

2. Tashqi omillar o`z mohiyatiga asosan biron aniq davlat rivojlanishiga ta`sir etadigan dunyoda amalga oshayotgan jarayonlarni aks etadi. Ushbu omillarga turli mamlakatlarda yuzaga chiqadigan soha inqirozlari hisoblanadigan xom-ashyo, energetika, neft`, valyuta inqirozlarni kiritish mumkin. Ushbu omillardan tashqarii biron-bir davlatning boshqa davlatlarga nisbatan olib boradigan davlat miqiyosidagi valyuta siyosatini, yashirin holatda valyuta, oltinni eksportini amalga

oshirilishini ham kiritish mumkin.

Biz quyidagi chizmada inflyatsiyani yuzaga chiqish shakllarini tahlil etamiz. Ushbu chizma tahlilidan ko`rinib turibdiki, inflyatsiya asosan uch yo`nalishda

yuzaga chiqadi. Birinchi yo`nalishda maxsulotlar, ishlar va ko`rsatiladigan xizmatlarga bo`lgan narxlarni asossiz ravishda o`sib ketishi tufayli pul qadrsizlana boshlaydi. Buning natijasida milliy valyutaning xarid qilish qobiliyati tushib ketadi. Ikkinchi yo`nalishda, xorijiy valyutalarga nisbatan milliy valyutanign kursi pasayib ketadi..

1- chizma

Inflyatsiyaning yuzaga chiqish shakllari.


Inflyatsiya yuzaga chiqish shakllari




Mahsulotlar va

xizmatlarga narxni

o`sishi natijasida

pulning qadrsizlanishi



Milliy pul birligining

xorijiy valyutaga

nisbatan kursini

tushishi




Oltin va xorijiy

valyutaning milliy

valyutadagi narxini

ko`tarilishi







Milliy pul

birligining xarid

qilish qobiliyatini

pasayishi




Aholi va xo`jalik

sub`ektlarida xorijiy

valyutaning

jamg`arilishi



Mamlakat aholisida

oltinning to`planishi

(tezavratsiya)

Buning natijasida xo`jalik yurituvchi sub`ektlar va mamlakat aholisi erkin muomaladagi xorijiy valyutalari (AQSh dollari, evro, shveytsariya franki va boshqalarni) jamg`ara boshlaydi. Uchinchi yo`nalishda oltinga bo`lgan milliy pul birligida ifodalangan narx ko`tarilib ketadi. Buning natijasida mamlakat aholisi o`rtasida oltinning to`planib qolishi, ya`ni tezavratsiya amalga oshadi.



2. Inflyatsiyaning turlari va shakllari.
Xalqaro amaliyotda inflyatsiyaning narxlarini o`sishi, ya`ni pullarning miqdori o`sishi jixatidan asosan uch shaklini ajratiladi:

1. Sokin (polzuchaya, umerennaya) inflyatsiya. Ushbu inflyatsiya iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda mavjud bo`lib, ushbu holatda mahsulotlar, bajariladigan ishlar va ko`rsatiladigan xizmatlarga bo`lgan narx-navolar yiliga o`rtacha 3% dan 10% gacha oshishi mumkin. Bu mamlakatlarda muomaladagi pul massasi saqlanib turadi va milliy pul birligining xarid qilish qobiliyati saqlanib turadi.

2. Shiddatli (galopiruyuhaya) inflyatsiya. Ushbu inflyatsiya iqtisodiy rivojlanayotgan mamlakatlarda mavjud bo`lib, ushbu holatda mahsulotlar, bajariladigan ishlar va ko`rsatiladigan xizmatlarga bo`lgan narx-navolar yiliga o`rtacha 10% dan 100% gacha ba`zi holatlarda 200% gacha oshishi mumukin. Buning natijasida muomaladagi pul massasi ko`payadi va milliy pul birliginng xarid qilish qobiliyati tushadi. Mamlakat aholisi o`rtasida pulning moddiylashtirish, ya`ni milliy pul birligini jamg`arishi emas, balki oltin, ko`chmas mulk holatida jamg`arishi jarayoni kuchayadi.

3. Jilovlanmagan (giperinflyatsiya) inflyatsiya. Ushbu inflyatsiya holatida mahsulotlar, bajariladigan ishlar va ko`rsatiladigan xizmatlarga bo`lgan narx-navolar yiliga 1000% dan ortiq yoki oyiga 100% dan ortiq darajada oshadi. Ushbu holatda milliy iqtisodiyotda inqiroz yuzaga chiqadi. Buning natijasida ishlab chiqarish va bozor boshqaruvsiz faoliyat ko`rsataditi, narx-navo va ish haqi o`rtasidagi farq ortadi. Mamlakat aholisi qo`lidagi qog`oz pullarga tovarlar sotib oladi. Bu holat esa muomalada tovar massasi bilan tovar va xizmatlar bilan ta`minlanmagn ortiqcha qog`oz pullarni to`lib-toshishiga olib keladi.

Yuqorida ta`kidlab o`tganimizdek, inflyatsiyaning asosiy sababi odatda bir emas, balki bir nechta bo`lib o`zaro mahkam bog`langan bo`ladi va narx-navoning ko`tarilib borishi bilangina namoyon bo`lib qolmaydi, balki narx-navoni boshqarilishiga ham bog`liq bo`ladi. Ushbu jixatdan quyidagi inflyatsiya shakllari ajratiladi:


1. Oshkora inflyatsiya. Talab tomoniga qaragan makroiqtisodiy tengsizlik doimiy ravishda narx-navoning ko`tarilib borishi bilan ifodalanadigan bo`lsa, bunday inflyatsiya oshkora inflyatsiya deb ataladi. Oshkora inflyatsiya bozor mexanizmini buzmaydi: narx-navo ba`zi bozorlarda ko`tarilishi bilan bir vaqtda boshqa bozorlarda pasayib borishi mumkin. Buning asosiy sababi shundan iboratki, bozor mexanizmlari o`z ta`sirini davom ettirib, milliy iqtisodiyotga baholar to`g`risidagi ma`lumotlarni oshkora etkazib turadi, investitsiyalarni ilgari surib, ishlab chiqarishning kengayishi bilan taklifni rag`batlntirib boradi.

2. Yashirin inflyatsiya. Inflyatsiyaning ushbu turi shunday ko`rinishda bo`ladiki, bunday holatda ba`zi bir iste`mol mahsulotlariga narx-navo ma`muriy tarzda davlat tomonidan o`rnatiladi va tartibga solib turiladi. Bundan asosiy maqsad, davlat tomonidan ba`zi mahsulotlarga narx-navoni «ijtimoiy past» darajada belgilaydi. Yashirin inflyatsiya sharoitida narx-navoning keskin o`sishi kuzatilmasligi mumkin. Lekin milliy pul birligining qadrsizlanishi, mahsulotlar aholi pul mablag`lariga kerakli mahsulotlarni harid qilib bo`lmasligi holatlari paydo bo`ladi.

Iqtisodiyotda yashirin inflyatsiya yuzaga chiqqanda mahsulotlarning narx-navosi hamda aholini daromadlarini o`sishi vaqtincha to`xtatiladi. Yashirin inflyatsiyani vujudga kelishini asosiy sabablaridan biri bu narxlar ustidan ma`muriy nazorat o`rnatishdir. Buning natijasida bozor mexanizmi deformatsiyalanadi. Uning qaysi darajada va o`zgarganligi darajasi va davomiyligi davlat tomonidan olib boriladigan siyosatga hamda tartibga solish shakliga bevosita bog`liq bo`ladi. Ushbu inflyatsiyaning salbiy tomoni shundan iboratki, inflyatsiya davrida ishsizlik darajasi oshadi, chunki ishlab chiqarish rivojlanmaydi. Xorijiy va milliy iqtisodiy nazariyaning qarashlariga asosan milliy iqtisodiyotning balansini buzilishi va uning oqibatida inflyatsiyaning yuzaga chiqishining quyidagi o`rtta omillari mavjud:

- qog`oz pullarning emissiya qilishda va tashqi savdoda davlatning mutloq monopoliyasi;

- hozirgi zamon davlat funktsiyalarini bajarish uchun davlat xarajatlarini ortishi;

- kasaba uyushmalari tomonidan byudjet muassasalari ishchi-xodimlarining ish haqlarini oshirish bo`yicha faoliyati;

- iqtisodiyotda mahsulot ishlab chiqarish, ishlarni bajarish, xizmatlar ko`rsatish sohasida ayrim xo`jalik sub`ektlarining monopoliya (oligopoliya) holatining mavjudligi.

Biz yuqorida ta`kidlab o`tgan omillar nafaqat o`zaro bog`liq, balki ular talab va takliflarning o`sishi yoki pasayishiga turlicha ta`sir ko`rsatadi.

Xorijiy amaliyotda inflyatsiyaning yuzaga chiqishini usullariga asosan quyidagi turlarga ajraniladi: taklif inflyatsiyasi, talab inflyatsiyasi, xarajatlar inflyatsiyasi, kredit inflyatsiyasi, import bilan bog`liq inflyatsiyasi, kutilayotgan inflyatsiyasi.



Taklif inflyatsiyasida ishlab chiqarish xarajatlarini oshishi natijasida mahsulotlar, bajarilgan ishlar va ko`rsatiladigan xizmatlarga bo`lgan narx-navoning o`sishi yuzaga chiqadi. Ushbu inflyatsiya turida monopol holatdagi korxonalar tomonidan ishlab chiqarishda asosiy vositalarni modernizatsiya qilish bilan bir vaqtda ulardan to`liq foydalanmaslik natijasida xarajatlar ortadi. Buning natijasida barcha ishlab chiqarish xarajatlari nisbatan kam chiqarilgan maxsulotlarning narx-navosini o`sishi amalga oshiriladi.

Taklif inflyatsiyasi. Mazkur inflyatsiya doimiy ravihda ishlab chiarish infratuzilmasi bilan bog`liq bo`ladi. Bu inflyatsiyaning sabablari quyidagilar bo`lishi mumkin: har xil jarayonlar va tarkibiy o`zgarishlar tufayli mehnat unumdorligining pasayishi natijasida mahsulot ishlab chiqarishga ketgan xarajatlar oshishi; har xil turdagi innovatsion xizmat turlari paydo bo`ladi va ishlab chiqarishga nisbatan ham mehnat unumdorligida yuqori ish xaqi olishga imkoniyat tug`iladi. Natijada, tovar va xizmatlarga bo`lgan baho oshib boradi; aholini sotsial jihatdan himoyalash maqsadida ish xaqining oshishi.



Inflyatsiyaning o`sishi sur`atlari quyidagicha hisoblanadi:

Joriy yil baholar indeksi–iste`mol tovarlari bazis davr baho indeksi



Inflyatsiya sur`ati = ----------------------------------------------------- x 100 %

Iste`mol tovarlari bazis davr baho indeksi

Yuqoridagi formuladan ko`rinib turibdiki, inflyatsiya sur`atini prognozlashtirish va uning foizi ekvivalenti darajasini bilish uchun joriy yil baholar indeksidan iste`mol tovarlari bazis davr baho indeksini ayirib, sunga olingan natijani iste`mol tovarlari bazis davr baho indeksiga bo`lib, 100 % ga ko`paytirgan taqdirimizdagana inflyatsiya sur`atining real natijasi kelib chiqadi. Hosil bo`lgan yakuniy natijadan mamlakat milliy valyuta kursini himoyalash borasida xukumatning ma`sul idoralari, xususan, Moliya Vazirligi, Iqtisodiyot Vazirligi, Markaziy Bank tomonidan bir qator protektsionistik loyihalar ishlab chiqiladi.



Quyidagi jadvalda bozor iqtisodiyotiga o`tish sharoitida o`z faoliyatlarini yuritayotgan mamlaktlarda inflyatsiya dinamikasi (bazis davrga nisbatan mamlakatda iste`mol va chakana narxlarining o`sishi darajasi, foizlarda (%)).

2- jadval

O`zbekiston Respublikasida 2018-yil davomida inflyatsiyaning asosiy ko`rsatkichlari, (o`tgan yilning mos davriga nisbatan baholarning o`sishi, %da)



Download 248.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling