O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi Toshkent Moliya Instituti qoshidagi 2-son Akademik litseyi


Download 1.04 Mb.
bet1/5
Sana21.01.2023
Hajmi1.04 Mb.
#1107004
  1   2   3   4   5
Bog'liq
1-amaliy

Mavzu. Qo`shma gaplar,qo`shma gap qismlari va ularni bog`lovchi vositalar,qo`shma gaplar tasnifi.

Mavzu. Qo`shma gaplar,qo`shma gap qismlari va ularni bog`lovchi vositalar,qo`shma gaplar tasnifi.

Reja:

1.Bog`langan qo`shma gaplar haqida umumiy ma`lumot 2.Ergashgan qo`shma gaplar haqida umumiy ma`lumot

3.Bog`lovchisiz bog`langan qo`shma gaplar haqida ma`lumotlar.

Qo‘shma gap haqida umumiy ma’lumot

Ikki yoki undan ortiq sodda gapning mazmun, grammatik va ohang jihatidan birikuvidan tuzilgan gap qo‘shma gap deyiladi: Eshik sekin ochildi-yu, Qalandarovning yuzi ko‘rindi.

Sodda gap tarkibida bitta ega va kesim birligi ishtirok etsa, qo‘shma gap tarkibida ikki va undan ortiq ega va kesim birligi qatnashadi. Qo‘shma gap tarkibidagi sodda gaplar o‘zaro bog‘lovchilar, yuklamalar, ko‘makchilar va fe’l shakllari hamda ohang orqali bog‘lanadi.

Mazmun munosabati va bog‘lovchi vositalarining qo‘llanishiga ko‘ra qo‘shma gaplar 3 xil bo‘ladi: bog‘langan qo‘shma gaplar, ergash gapli qo‘shma gaplar va bog‘lovchisiz qo‘shma gaplar.

Mazmun munosabati va bog‘lovchi vositalarining qo‘llanishiga ko‘ra qo‘shma gaplar 3 xil bo‘ladi: bog‘langan qo‘shma gaplar, ergash gapli qo‘shma gaplar va bog‘lovchisiz qo‘shma gaplar.

Ayrim darsliklarda qo‘shma gaplar quyidagi guruhlarga bo‘linadi:

1) Teng bog‘lovchilar vositasida bog‘langan qo‘shma gaplar. 2) Ergashtiruvchi bog‘lovchilar vositasida bog‘langan qo‘shma gaplar.

3) Bog‘lovchi-yuklamalar vositasida bog‘langan qo‘shma gaplar.

4) Nisbiy so‘zlar vositasida bog‘langan qo‘shma gaplar. 5) Faqat ohang vositasida bog‘langan qo‘shma gaplar.

Ergash va bosh gaplar haqida ma’lumot

Birdan ortiq sodda gaplarning mazmun jihatdan tobe-hokim munosabati asosai, ya’ni birining boshqasiga ergashishidan tuzilgan qo‘shma gap ergash gapli qo‘shma gap deyiladi: Ildiz oziq bersa, novda ko‘karar. Ergashgan gapda bosh gap va ergash gap bo‘ladi.


Download 1.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling