O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti samarqand fililali


Download 58.89 Kb.
bet1/6
Sana22.01.2023
Hajmi58.89 Kb.
#1111085
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Мikroiqtisodiyot syllabus 2022 (1)


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI


OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI SAMARQAND FILILALI









TASDIQLAYMAN” _______________
Direktor prof. O. Murtazayev

2022 yil “___”___________









MIKROIQTISODIYOT
FAN SILLABUSI



Shifri

Bakalavriat ta’lim yo’nalishlari nomi

Bilim sohasi:

300 000 Ijtimoiy fanlar, jurnalistika va axborot

Ta’lim sohasi:

310 000 – Ijtimoiy va xulq atvorga mansub fanlar




Ta’lim yo’nalishlar:




60310100

Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo’yicha)




60310100

Iqtisodiyot (qishloq xo’jaligi iqtisodiyoti)




60310100

Iqtisodiyot (oziq ovqat va resurslar iqtisodiyoti)




60310500

Raqamli iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo’yicha)

Bilim sohasi:

400 000 – Biznes, boshqaruv va huquq

Ta’lim sohasi:

410 000 – Biznes va boshqaruv




Ta’lim yo’nalishlar:




60410500

Bank ishi va auditi




60410200

Soliqlar va soliqqa tortish(faoliyat turlari bo’yicha)




60410100

Buxgalteriya hisobi va audit (tarmoqlar bo’yicha)




60410600

Sug’urta ishi




60410800

Statistika (tarmoqlar va sohalar bo’yicha)




60412400

Agrobiznes va investision faoliyat










Samarqand – 2022
FAN TO‘G‘RISIDA MA’LUMOT
Fan kodi: MICROE 6
Fan nomi: Mikroiqtisodiyot
Semestr/yil: 3-semestr/ 2022-2023 o‘quv yili
Kafedra: “Oziq-ovqat va qishloq xo’jaligi iqtisodiyoti” kafedrasi
Soatlar/kreditlar miqdori: 6 ECTS



Ma’ruza

Amaliy mashg‘ulot

Laboratoriya

Mustaqil ta’lim

Jami

34

38

0

108

180



Fan bo‘yicha mashg‘ulotlarning joylashuvi:
Auditoriya vaqti: Dars jadvaliga asosan
Prerekvizitlar:
Fan uchun mas’ul kafedra: “Tarmoqlar iqtisodiyoti” kafedrasi


O‘QITUVChI TO‘G‘RISIDA MA’LUMOT
O‘qituvchilar: Ma’ruza mashg’ulotlari i.f.n., dots. Ahrorov F.B., PhD,. Janzakov B.Q; amaliy mashg‘ulotlar – ass. F.Norbekov, ass. I.Umirov.
Kafedra joylashgan joyi: TDIU SF, 1-o‘quv binosi, 409 A-xona
Telefon: 71-239-28-20 ish telefoni
E-mail: fahrorov@yahoo.com
Talablarni qabul qilish vaqti: Talabalar darsdan tashqari vaqtda o‘qituvchi bilan uchrashish uchun o‘qituvchi elektron pochtasiga xat bilan murojaat qilib uchrashuv vaqtini belgilab olishlari mumkin.


I. Fan tavsifi
Mikroiqtisodiyot iqtisodiy fanlarning muhim yo‘nalishlaridan biri sanalanadi va mazkur kursning maqsadi mikroiqtisodiy nazariyaning asosiy mavzularini chuqurlashtirilgan darajada muhokama va tahlil qilishdir. Kurs iqtisodiyot nazariyasi bo‘yicha boshlang‘ich kurslarni tugatgan va matematikadan ma’lum bilimlarga ega bo‘lgan talabalarga mo‘ljallangan.


II. Fanning maqsadi
Fanni o‘qitishdan maqsad – talabalarga mikroiqtisodiy muammolarni tavsiflash qaysi nazariy modelga mos kelishini tanlash va ularga nazariy modellarni iqtisodiy hodisalarga nisbatan mustaqil qo‘llay olish uchun zarur ko‘nikmalarni shakllantirishdir. Kerakli usullar va natijalarning qo‘llanilishini yaxshiroq nazorat qilish uchun talabalardan keyingi darslarda muhokama qilinishi mumkin bo‘lgan amaliy va vaziyatli topshiriqlarni bajarish talab qilinadi. Shuningdek, darslik yoki boshqa manbalarni mustaqil o‘qish, olingan nazariy bilimlarga asoslanib tadqiqotlar o‘tkazish va olingan ilmiy natijalarga tayanib taqdimotlar o‘tkazish talab qilinadi.
III. Ta’lim berish natijalari

“Mikroiqtisodiyot” bo‘yicha bakalavriat ta’lim bosqichi talabalarining bilim, ko‘nikma va malakalariga quyidagi talablar qo‘yiladi. Talaba:



  • zamonaviy bozor iqtisodiyotining ishlashi va rivojlanishining nazariy asoslari; induksiya va deduksiya, pozitiv va normativ tahlil, iqtisodiy-matematik modellar; iqtisodiy ehtiyoj tushunchasi; resurslarning cheklanganligi va ehtiyojlarning cheksizligi - iqtisodiyotning bosh masalasi talab va taklif modeli asosida taqchil resurslarning taqsimlanish mexanizmi; raqobatlashgan va raqobatlashmagan bozorlarning asosiy xususiyatlari va firmalarning ushbu bozorlardagi harakat qilish qoidalari; ishlab chiqarish jarayoni va ishlab chiqarish omillaridan optimal foydalanish, ishlab chiqarish xarajatlari turlari, tavakkalchilik va uni oldini olish hamda pasaytirish yo‘llari, bozor sharoitida narxlarning qanday shakllanishi; davlatning bozor iqtisodiyotiga aralashish yo‘nalishlari va ularning oqibatlari; mehnat, kapital va er bozorining ishlash mexanizmi haqida tasavurga ega bo‘lishi;

  • iqtisodiyotda tanlov masalasi, muqobil tanlov va muqobil xarajatlar va ularni aniqlash; resurslar va ne’matlarni taqsimlashning bozor mexanizmi: iqtisodiy doiraviy aylanish modeli; talab va taklifni tahlil qilish; talab va taklif elastikligi; iste’molchilarni afzal ko‘rishlari va hatti-harakatlari; individual va bozor talabi; ishlab chiqarish omillari va xarajatlari; raqobatlashgan va raqobatlashmagan bozorlar to‘g‘risida ma’lumotlar to‘plash; bozor sharoitida narxning shakllanishi mexanizmi aniqlash; har xil bozor tuzilmalarida firmalarning harakat qilishini belgilash; bozorning ishlash samaradorligi va unga ta’sir qiluvchi omillar tahlil qilish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi;

foydani maksimallashtirish va raqobatli taklif; ishlab chiqarish omillari bozori; aholi daromadlari va ularni taqsimlanishini Djin koeffitsienti bo‘yicha baholash, raqobatlashgan va raqobatlashmagan bozorda firmalar harakatini tahlil qilish asosida hulosalar chiqarish; davlatning bozor iqtisodiyotiga aralashuvi oqibatlarini tahlil qilish asosida hulosalar chiqarish malakalariga ega bo‘lishi kerak.



Download 58.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling