O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti


Download 8.29 Kb.
Pdf ko'rish
bet17/39
Sana17.02.2017
Hajmi8.29 Kb.
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   39

Nazorat savollari 
1.
 
Pul muomalasining mazmunini tushuntiring.  
2.
 
Muomala uchun zarur bo‗lgan pul miqdori qanday omillarga bog‗liq?  
3.
 
Inflyatsiyaning mazmunini va turlarini tushuntiring. 
4.
 
Katta  giperinflyatsiya  qanday  qilib  turg‗unlikka  olib  kelishi  mumkinligini 
tushuntiring. 
5.
 
Kreditni nima zarur qilib qo‗yadi? Kredit tushunchasining mazmunini bayon qiling.  
Mustaqil ish mavzulari va topshiriqlari 
1.
 
Kreditning asosiy turlarini sanab ko‗rsating va ularning tavsifini bering.  
2.
 
Markaziy va tijorat banklarining vazifalarini ko‗rsating. 
Tavsiya etiladigan adabiyotlar 
1.
 
Karimov  I.  Barcha  reja  va  dasturlarimiz  vatanimiz  taraqqiyotini  yuksaltirish, 
xalqimiz farovonligini oshirishga xizmat qiladi: 2010  yilda mamlakatimizni  ijtimoiy-

 
 
104 
 
iqtisodiy  rivojlantirish  yakunlari  va  2011  yilga  mo‗ljallangan  eng  muhim  ustuvor 
yo‗nalishlariga  bag‗ishlangan  O‗zR  Vazirlar  Mahkamasining  majlisidagi  ma‘ruza, 
2011 yil 21 yanv./I.A.Karimov.-T.: O‗zbekiston, 2011.- 37- bet.   
2.
 
Sh.Sh.Shodmonov,  U.V.G‗afurov,  G.T.Minavarova,  M.Sh.Xalilov.  «Iqtisodiyot 
nazariyasi»  fanidan  ta‘lim  texnologiyasi.  Uslubiy  qo‗llanma.  «Iqtisodiy  ta‘limda 
o‗qitish texnologiyalari» seriyasidan. – T.: TDIU, 2010, 329 bet. 
3.
 
Karimov  I.A.  Jahon  moliyaviy-iqtisodiy  inqirozi,  O‗zbekiston  sharoitida  uni 
bartaraf etishning yo‗llari va choralari. – T: O‗zbekiston, 2009. – 56 b. 
4.
 
Karimov  I.A.  Mamlakatimizni  modernizatsiya  qilish  va  yangilashni  izshil  davom 
ettirish – davr talabi. //‗ Xalq so‗zi, 2009 yil 14 fevral. 
5.
 
Shodmonov Sh., G‗afurovU. Iqtisodiyot nazariyasi. - T.: «» nashriyoti, 2005 
6.
 
Bekmurodov  A.Sh.,  G‗afurovU.  O‗zbekistonda  iqtisodiyotni  liberallashtirish  va 
modernizatsiyalash:  natijalar  va  ustuvor  yo‗nalishlar.  O‗quv  qo‗llanma.  Toshkent.  – 
2008 y. 
7.
 
O‗zbekiston 
Respublikasi 
qonuni. 
Monopolistik 
faoliyatni 
belgilash 
to‗g‗risida.1996 yil 2 iyul, «Iqtisod va hisobot» 2-son, 1996, 24-25 betlar. 
8.
 
O‗zbekiston Respublikasi qonuni. Tabiiy monopoliyalar to‗g‗risida (yangi  tarriri). 
O‗zbekistonning yangi qonunlari. T-22., «Adolat», 2000. 
9.
 
Sh.Shodmonov,  T.Ziyaev,  M.Yaxshieva  ―Iqtisodiyot  nazariyasi‖  fanidan  test  va 
savollar to‗plami, -T.: TDIU, 2005. 
10.
 
www.stat.uz 
11.
 
www.uza.u 
12.
 
www.seep.uz    
 
 

 
 
105 
 
15-MAVZU. BOZOR MUNOSABATLARINI TARTIBGA SOLISh, DAVLATNING 
IQTISODIYOTDAGI ROLI 
Darsning o„quv maqsadi: talabalarda davlatning milliy iqtisodiyotini tartibga solishdagi 
roli,  iqtisodiyotni  davlat  tomonidan  tartibga  solish,  uning  maqsadi  va  vazifalari,  davlatning 
iqtisodiyotga ta‘sir qilish usullari va vositalari to‗g‗risida tushuncha hosil qilishdan iborat. 
Mavzuni o„rganish bilan bog„liq tayanch iboralar 
Iqtisodiyotni  davlat  tomonidan  tartibga  solish(IDTS),  IDTS  maqsadi,  davlatning 
iqtisodiy  vazifalari,  IDTS  usullari,  bevosita  usullar,  bilvosita  usullar,  aholi  daromadlari, 
ijtimoiy to‗lovlar,  ijtimoiy siyosat. 
Asosiy savollar 
1. Davlatning milliy iqtisodiyotini tartibga solishdagi roli  
2. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish, uning maqsadi va vazifalari  
3. Davlatning iqtisodiyotga ta‘sir qilish usullari va vositalari 
1.Davlatning milliy iqtisodiyotini tartibga solishdagi roli  
Milliy  iqtisodiyotning  samaradorligi  ko‗p  omilli  ko‗rsatkish  bo‗lib,  bunda 
samaradorlikning  erishilgan  darajasi  ko‗p  jihatdan  iqtisodiyotdagi  davlat  yoki  bozor 
tizimining  tutgan  roliga  bog‗liq  bo‗lishi  mumkin.  Chunki  ancha  yuqori  samaradorlikka, 
birinchidan,  bozorning  tartibga  solish  usullari  orqali;  ikkinchidan,  iqtisodiyotni  faqatgina 
yagona  markazdan  ongli  ravishda  markazlashgan boshqarish  yo‗li  bilan; uchinchidan,  takror 
ishlab  chiqarish  jarayonida  davlatning  aralashuvi  va  bozor  usullarini  uyg‗unlashtirish  orqali 
erilishiladi.  Hozirgi  davrda  Respublikamizning  milliy  iqtisodiyoti  rivoji  uchun  ko‗proq 
uchinchi yo‗l xarakterli xisoblanadi.  
Iqtisodiy  tafakkur  tarixidan  birinchi  marta  davlatning  iqtisodiyotdagi  roli  masalasi 
A.Smit  tomonidan  ilmiy  asosda  ko‗rib  chiqilgan.  Uning  "Xalqlar  boyligining  tabiati  va 
sababalarini  tadqiq  qilish  haqida"  (1776  yil)  degan  kitobida  bozor  usullari  orqali 
iqtisodiyotning o‗z-o‗zini tartibga solishning zarurligi ta‘kidlab o‗tilgan. A.Smitning fikrisha 
xususiy tovar ishlab chiqaruvchilar bozori davlat nazoaratidan to‗liq ozod bo‗lishi zarur. Ana 
shundagina  ishlab  chiqaruvchilar  iste‘molchilar  talabiga  mos  ravishda  ishlab  shikarishni 
tashkil  qilish  imkoniga  ega  bo‗ladi.  Bunda  bozor  vositasida  tartibga  solish,  har  qanday 
chetdan  aralashishsiz  ishlab  chiqaruvchilarni  butun  jamiyat  manfaatlari  uchun  xarakat 
kilishga majbur kiladi.  
A.Smit  davlatning  iqtisodiy  jarayonlariga  har  qanday  aralashuvi  oxir  oqibatda  faqat 
vaziyatni  yomonlashtiradi  deb  xisoblaydi.  Masalan,  davlat  tomonidan  belgilangan  tashqi 
savdo tartib -qoidalari milliy iste‘molchilarga  faqat zahar keltirishi mumkin. Haqiqatdan ham 
importga boj to‗lovi (poshlinasi) milliy ishlab chiqaruvchilarga ustunlik berib, ularning chet el 
sheriklariga  nisbatan  raqobatlashuv  qobiliyatini  oshiradi.  Ammo  bu  oxir  oqibatda  ishlab 
chiqarishning ancha yuqori xarajatlari va past sifatini saqlab qolishiga olib keladi. Bunda past 
sifatli  va  narxi  qYAIMat  tovarlarni  sotib  olishga  majbur  bo‗lgan  milliy  iste‘molchilar 
yutqazadi.  
A.Smitning  "Tinch  qo‗yish"  nazariyasi,  1923  -  1933  yillarda  bozor  iqtisodiyotiga 
asoslangan  deyarli  barcha  mamlakatlarni  qamrab  olgan  iqtisodiy  inqiroz  davrida  tanqidga 
ushradi.  Iqtisodiy  tanazzul  va  ommaviy  ishsizlik  davlatning  iqtisodiy  jarayonlarga 
aralashuvini kushaytirishni taqazo qildi.  
Davlatni  iqtisodiyotdagi  rolini  oshirish  masalasi  Djon  M.Keynsning  "Ish  bilan 
bandlilik,  protsent  va  pulning  umumiy  nazariyalari"  nomli  kitobida  o‗z  aksini  topdi  (1936).  
Bu  kitobda  muallif  davlat  fiskal  va  kreditli  tartibga  solish  vositalaridan  foydalanib, 
jamiyatning  yalpi  talabini  rag‗batlantirishni  va  aholining  ish  bilan  bandligini  ta‘minlashi 
zarurligini  isbotlaydi.  Amalda  gap  davlatning  uzluksiz  ravishda  krizisga  qarshi  siyosat 
o‗tkazishi,  iqtisodiy  inqirozning  salbiy  oqibatlarini  tugatish  va  sanoat  siklining  o‗zgarishini 
yo‗qotish haqida ketadi. Keyns nazariyasi ancha tugal shaklda AQShda amalga oshirildi.  
Urushdan keyingi davrda Keyns nazariyasidagi ko‗rsatmalar u yoki bu darajada bozor 
iqtisodi amalda ustun bo‗lgan barcha mamlakatlarda foydalaniladi. Shu bilan birga davlatning 

 
 
106 
 
iqtisodiyotdagi  rolining  yanada  ko‗proq  oshib  borishi  ro‗y  berdi.  Hozirgi  davrda  davlat 
tomonidan  tartibga  solishni  muhim  maqsadi  sifatida  nafaqat  sikliga  qarshi  tartibga  solish  va 
ish  bilan  bandlilikni  ta‘minlash,  balki  iqtisodiy  o‗sishning  yuqori  darajasini  va  yaxlit  takror 
ishlab chiqarish jarayonini optimallash-tirishni rag‗batlantirish tan olinadi.  
Ma‘muriy  buyruqbozlikka  asoslangan  tizimdan  bozor  iqtisodiyotiga  o‗tish  sharoitida 
davlatning  milliy  iqtisodiyotga  aralashuvini  nima  belgilab  beradi?-  degan  savol  tug‗ilish 
tabiiy.  
Birinchidan,  davlat  o‗ziga  milliy  iktisodiyotda  bozor  vositasida  o‗z  -  o‗zini  tartibga 
solish  orqali  bajarish  mumkin  bo‗lmagan  yoki  samarali  bajarish  mumkin  bo‗lmagan 
vazifalarni oladi. Bunga mudofaani ta‘minlash, mamlakatda ishki tartibni saqlash va aholining 
kam ta‘minlangan qismini ijtimoiy rimoyalash kabilarni misol qilib keltirish mumkin.  
Ikkinchidan,  bozor  iqtisodi  sharoitida  rususiy  ishlab  chiqarish  va  iste‘mol  bir  qator 
ijobiy va salbiy oqibatlarni tug‗diradi.  
Bu  oqibatlar  bevosita  uchinchi  shaxs  manfaatida  aks  etadi  va  demak  kishilarning 
alohida  guruhi  va  umuman  jamiyat  manfaatiga  ta‘sir  qiladi.  Masalan,  shiqitli  texnologiyaga 
asoslangan  ishlab  chiqarishlarda  tozalash  qurilmalariga  xarajatlarni  tejash,  xususiy  ishlab 
chiqaruvchilar  nuqtai  nazaridan  (u  yoki  bu  korporatsiya  yoki  individual  ishlab  chiqarishga) 
foydali, atrof  muritni ifloslanishiga olib  kelishi esa  boshqa  kishilar uchun  qo‗shimsha  salbiy 
oqibatga ega.  
Davlat  yakka  tadbirkor  yoki  istemolshidan  farqli,  jamiyat  manfaatini  ifodalab, 
qo‗shimsha  ijobiy  samarani  rag‗batlantirishga  va  aksincha  salbiy  samara  bilan  bog‗liq 
faoliyatni tartibga solishi va sheklashga xarakat qilishi zarur.  
Uchinchidan,  davlatning  iqtisodiy  jarayonlariga  aralashuvi  shu  sababli  ro‗y  beradiki, 
individual  istemolshilar  hamma  vaqt  u  yoki  bu  tovarni  iste‘mol  qilishning  oqibatlarini 
ob‘ektiv  baholay  olmaydi.  Shu  nuqtai  nazardan,  davlat  foydali  iste‘molni  kengaytirish  va 
aksincha  sog‗lik uchun  zahar  tovarlar iste‘molini  sheklash  vazifasini  o‗z zYAIMasiga oladi. 
Masalan,  davlat  tamaki  mahsulotlari  yuqori  aksiz  (egri)  solig‗ini  o‗rnatilib,  bir  tomondan 
o‗zining daromadini oshirsa, boshqa tomondan shu mahsulotni   sotib olish talabini sheklaydi.  
To‗rtinshidan,  davlat  o‗z  zYAIMasiga  bozorning  tabiatidan  kelib  chiqadigan  ayrim 
rolatlarni qisman yengillashtirish vazifasini oladi. Bozor hamma uchun to‗lovga qobil talabini 
qondirishga  teng  imkoniyatni  ta‘minlaydi.  Ammo  bu  bozorning  milliy  boylikni  ijtimoiy  - 
adolatli  taqsimlashni  ta‘minlashini  bildirmaydi.  Bunday  sharoitda  davlat  aholining  kam 
ta‘minlangan  qatlamini  turmush  darajasi  haqida  g‗amxo‗rlik  qilishi,  pulsiz  (yoki  imtiyozli  ) 
bilim berish, tibbiy xizmat ko‗rsatish va shu kabilarni o‗z zYAIMasiga oladi.  
Beshinshidan, 
hozirgi 
sharoitda 
iqtisodiy 
o‗sishning  barqaror  izshilligini 
rag‗batlantirish vazifasi ham davlatning zYAIMasiga tushadi.  
2.Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish, uning maqsadi va vazifalari.  
Bozor  xo‗jaligi  sharoitida  iqtiyosodiyotni  davlat  tomonidan  tartibga  solish 
qonunshilik, ijro etish va nazorat qilish xarakteridagi tadbirlar tizimidan iborat bo‗ladi.  
Iqtisodiyotni  davlat  tomonidan  tartibga  solish  (IDTS)  ning  ob‘ektiv  imkoniyati 
iqtisodiy  rivojlanish,  ishlab  chiqarish  va  kapital  to‗planishi  ma‘lum  darajaga  erishganda 
vujudga keladi. Iqtisodiy rivojlanishda qiyinshiliklar o‗sib va ziddiyatlar to‗planib borishi bu 
imkoniyatlarni  haqiqatga  aylantirishni  zarur  qilib  qo‗yadi.    Hozirgi  sharoitda    IDTS  takror  
ishlab  chiqarish  jarayoniga  tegishli  bir  qator  vazifalarni  hal  qilishga  qaratiladi.  Bular 
jumlasiga iqtisodiy o‗sishni rag‗batlantirish, bandlilikni tartibga solish, tarmoq va mintaqaviy 
tuzilmalardagi ijobiy siljishlarni qo‗llab -quvvatlash, eksportni rimoya qilish kabilarni kiritish 
mumkin.    IDTS  mexanizmi  to‗g‗risidagi  to‗laroq    tasavvurga  ega  bo‗lishi  uchun  uning 
maqsadi,  vazifalari  va  tartibga  solish  usullari    hamda  vosita  yoki  dastaklarini  to‗laroq 
tavsiflash  lozim.    IDTSning  asosiy  maqsadi  iqtisodiy  va  ijtimoiy  barqarorlikni  ta‘minlash, 
mavjud  tuzumni  mustarkamlash  (mamlakat  ishida  va  xalqaro  maydonda)  va  uni  o‗zgarib 
turuvchi sharoitga moslashtirish hisoblanadi. Bu  asosiy maqsaddan bir qator aniq maqsadlar 
kelib chiqadi. Ular jumlasiga iqtisodiy siklni barqarorlashtirish; milliy xo‗jaliklarning tarmoq 

 
 
107 
 
va  mintaqaviy  tuzilishini  takomillashtirish,  atrof-  murit  holatini  yaxshilash  kabilarni  kiritish 
mumkin. IDTS maqsadi  uning  vazifalarida aniq namoyon  bo‗ladi. Bozor  xo‗jaligi  sharoitida 
davlatning  iqtisodiy  vazifalari  asosan  bozor  tizimining  amal  qilishini  yengillashtirish  va 
rimoya qilish maqsadiga ega bo‗ladi. Bu sohadagi davlatning iqtisodiy vazifalaridan quyidagi 
ikki turini ajratib ko‗rsatish mumkin:  
Bozor tizimining samarali amal qilishiga imkon tug‗diruvchi huquqiy asos va ijtimoiy 
muhitni ta‘minlash; 
Raqobatni rimoya qilish.  
Davlatning  boshqa  vazifalari iqtisodiyotni  tartibga  solishning  umumiy tamoyillaridan 
kelib chiqadi. Bu yerda davlatning ushta vazifasi alohida ahamiyatga ega:  
-
 
Daromad va boylikni qayta taqsimlash;  
-
 
Resurslarni qayta taqsimlash; 
Iqtisodiyotni  barqarorlashtirish  ya‘ni  iqtisodiy  tebranishlar  vujudga  keltiradigan 
inflyatsiya  va  bandlilik  darajasi  ustidan  nazorat  qilish  hamda  iqtisodiy  o‗sishni 
rag‗batlantirish. 
Davlat  bozor  iqtisodiyotining  samarali  amal  qilishining  shart  -  sharoiti  hisoblangan 
huquqiy asosni ta‘minlash vazifalarini o‗z zimmasiga oladi. Bozor iqtisodiyoti uchun zaruriy, 
huquqiy  asosni  quyidagi  tadbirlar  taqoza  qiladi:  xususiy  korxonalarga  qonuniy  mavqeini 
berish;  xususiy  mulkchilik  huquqini  aniqlash  va  shartnomalarga  amal  qilishini  kafolatlash; 
korxonalar,  resurslarni  yetkazib  beruvshilar  va  iste‘molchilar  o‗rtasidagi  munosabatalarni 
tartibga  soluvchi  qonuniy  bitimlarni  ishlab  chiqarish  va  shu  kabilar.  O‗zbekiston 
Respublikasining  korxonalar,  tadbirkorlik  va  aksionerlik  jamiyatlari  to‗g‗risidagi  qonunlari 
hamda  ularga  kiritilgan  qo‗shimsha  va  tuzatishlar,  mulkni  davlat  tasarrufidan  chiqarish  va 
xususiylashtirish  buyisha  tadbirlari  bozor  iqtisodiyoti  uchun  zaruhiy,  huquqiy  asosni 
ta‘minlashga  qaratilgan.    Davlat  tomonidan  ijtimoiy  muritni  ta‘minlash  o‗z  ishiga  ishki 
tartibni  saqlash  mahsulot  sifati  va  og‗riligini  o‗lshashga  standartlar  belgilash  tovarlar  va 
xizmatlar  ayirboshlashini  yengillashtirish  uchun  milliy  pul  tizimini  muammoga  kiritish 
kabilarni  oladi.    Raqobat  bozor  iqtisodiyotida  asosiy  tartibga  soluvchi  mexanizm  bo‗lib 
xizmat  qiladi.  Bu  shunday  kushki,  u  xaridorlar  amriga  yoki  iste‘molchilar  erkinligiga  ishlab 
chiqaruvchi  va  resurslarni  yetkazib  beruvshilarni  bo‗ysundiradi.  Raqobat  sharoitida  ko‗plab 
xaridorlar  tomonidan  bildirilgan  talab  va  sotuvshilarning  taklifi  bozor  narxlarini  belgilaydi. 
Bu  shuni  bildiradiki,  ishlab  chiqaruvchilar  va  resurslarni  yetkazib  beruvshilar  faqat  bozor 
orqali  hisobga  oladigan  iste‘molchilar  xorishiga  moslashishi  mumkin.  Bozor  tizimining 
irodasiga  bo‗ysunuvshi,  raqobatlashuvshi  ishlab  chiqaruvchilar  foyda  olishni  va  o‗z 
mavqeilarining mustarkamlashini kutadi, kim bozor qonunlarini buzsa, zahar ko‗radi va oxir 
oqibatda sinadi. Raqobat sharoitida xaridor - bu xo‗jayin, bozor ularning gumashtasi, korxona 
esa ularning xizmatkori hisoblanadi.  
Monopoliya raqobatning o‗rnini almashtirganda,  sotuvshilar bozorga ta‘sir ko‗rsatishi 
yoki  undagi  narxlarni  o‗z  manfaatlarini  ko‗zlab    o‗zgartirish  mumkin.  Monopoliyalar 
o‗zlarining takliflari umumiy hajmini tartibga solish layoqatidan foydalanib, mahsulot hajmini 
sun‘iy sheklash orqali ularga ancha yuqori narx belgilash va shu orqali ancha barqaror foyda 
olishi mumkin.  Bozor munosabatlari rivojlangan sharoitda monopoliyalar ustidan ikki usulda 
nazorat  o‗rnatiladi.  Birinchi  usulda,  texnologiya  va  iqtisodiy  sharoitlar  «raqobatli  bozor 
mavjud  bo‗lish  imkoniyatini  yo‗qqa  chiqaradigan  tabiiy  monopoliyalari  deb  nomladigan 
tarmoqlarda  davlat  narxlarini  tartibga  soladi  va  ko‗rsatiladigan  xizmatlarga  standartlarni 
o‗rnatadi.  Transport,  aloqa,  elektr-energiya  ishlab  chiqarish  va  boshqa  ijtimoiy 
foydalanishdagi  korxonalar  ma‘lum  darajada  shunday  tartibga  solinadi.  Ikkinchi  usulda, 
samarali ishlab chiqarish juda ko‗pshilik bozorlarda raqobat rivojining juda yuqori darajasida 
ta‘minlanishi  sababli  davlat  raqobatini  kushaytirish  va  rimoya  qilish  maqsadida 
monopoliyalarga qarshi qonunlar qabul qiladi. 
Bizning  Respublikada  ham  monopol  faoliyatni  sheklash,  tovarlar  bozorida  raqobatni 
rivojlantirish,  iste‘molchilar  va  tadbirkorlar  manfaatini  rimoya  qilishga  qaratilgan  qator 

 
 
108 
 
qonunlar  qabul  qilingan.  Bozor  tizimi  kishilarning  tabiiy  qobiliyati,  orttirgan  bilimi  va 
malakasi hamda mulkka egaligini hisobga olib, ularning yuqori daromad olishini ta‘minlaydi. 
Shu bilan birga jamiyatning moddiy-vositalarga ega bo‗lmagan, bilim va malaka darajasi past, 
layoqati  ham  yuqori  bo‗lmagan  a‘zolari,  qariyalar,  nogironlar,  ishsizlar  yolg‗iz  va 
qahamog‗ida  bolalari  bo‗lgan  ayollar  juda  kam  daromad  oladi  yoki  bozor  tizimi  doirasida 
ishsizlar kabi umuman daromadga ega bo‗lmaydi. qisqasi, bozor tizimi pul daromadlarini va 
milliy  mahsulotni  jamiyat  a‘zolari  o‗rtasida  taqsimlashda  birmunsha  tengsizliklarni  keltirib 
chiqaradi. Shu sababli davlat o‗z zYAIMasiga daromadlar tengsizligini kamaytirish vazifasini 
oladi. Bu vazifa bir qator tadbir va dasturlarda o‗z ifodasini topadi.  
Birinchidan,  transfert  to‗lovlari  orqasi  murtojlarni,  nogironlarni  va  birovning 
qahamog‗ida  bo‗lganlarni  nafaqalar  bilan  ishsizlarni  ishsizlik  nafaqalari  bilan  ta‘minlaydi. 
Ijtimoiy ta‘minot dasturlari orqali pensionerlar va qariyalarga moliyaviy yordam ko‗rsatiladi.  
Bu  barcha  dasturlar  davlat  byudjeti  mablag‗larini,  jamiyatning  kam  daromad  olgan 
yoki umuman daromadga ega bo‗lmagan a‘zolari hisobiga qayta taqsimlaydi.  
Ikkinchidan,  davlat  bozorni  tartibga  solish  yo‗li  bilan  ya‘ni,  talab  va  taklif  ta‘sirida 
o‗rnatiladigan  narxlarni  o‗zgartirish  yo‗li  bilan  ham  daromadlarning  taqsimlanishiga  ta‘sir 
ko‗rsatadi. Me‘yordagi oziq-ovqat tovarlariga o‗rnatiladigan imtiyozli narxlar va ish haqining 
eng  kam  (minimal)  darajasi  haqidagi  qonunshilik  davlatning,  aholining  ma‘lum  qatlami 
daromadlarini oshirishga qaratilgan tadbirlarining yana bir misolidir.  
Davlat jamiyat a‘zolari o‗rtasida daromadlarni qayta taqsimlashda soliq tizimidan ham 
keng foydalanadi (soliq imtiyozlari orqali).  
5.  Bozor  mexanizmining  resurslarni  qayta  taqsimlashdagi  layoqatsizligi  ikki  rolatda 
ko‗rinadi,  ya‘ni  raqobatli  bozor  tizimi,  1)  ma‘lum  tovarlar  va  xizmatlarning  kam  miqdorini 
ishlab  chiqaradi;  2)  ishlab  chiqarishi  o‗zini  oqlagan  ayrim  tovarlar  va  xizmatlarga 
resurslarning har qanday turini ajratish holatida bo‗lmaydi.  
Resurslarni  qayta  taqsimlanishi  tovarlarni  ishlab  chiqarish  yoki  iste‘mol  qilish  bilan 
bog‗liq  foyda  yoki  zahar,  uchinchi  tomonga,  ya‘ni  bevosita  xaridor  yoki  sotuvshi 
hisoblanmaganlar  tomonga  "joyini  o‗zgartirsa"  vujudga  keladi.  Bu  qo‗shimsha  samara  deb 
ataladi,  chunki  u  bozor  qatnashshisi  hisoblanmaganlar  xissasiga  to‗g‗ri  keluvshi  foyda  yoki 
zaharni ifodalaydi. Bunga atrof muritning ifloslanishini misol qilib keltirish mumkin. Kimyo 
korxonasi  o‗zlarining  sanoat  shiqitlarini  ko‗l  yoki  daryoga  oqizsa  bu  sho‗miluvshilar, 
baliqshilar va atrofdagi aholiga - zahar keltiradi.  
Ishlab chiqaruvchi esa murofaza inshoat va uskunalar o‗rnatmaganligi hisobiga ishlab 
shikarish xarajatlarining ancha past darajasini ta‘minlaydi. Davlat resurslarining nomutanosib 
taqsimlanish vujudga keltiradigan bu holatlarni tartibga solish uchun qonunchilik tadbirlarini 
qo‗llaydi, yoki maxsus soliq va jarimalardan foydalanadi.  
Masalan, atrof  -  murit  va  suv ravzalarining  ifloslanishini  taqiqlovshi  yoki  cheklovchi 
qonunlar,  ishlab  chiqaruvchilarni  o‗zlarining  sanoat  chiqitlarini  ishlab  chiqarish  jarayonida 
ifloslangan  suvni  tozalovchi  qurilmalar  sotib  olish  va  o‗rnatish  bilan  yo‗qotishga  majbur 
qiladi.    Boshqa  holda  davlat  maxsus  soliqlarni  kiritish  yordamida,  atrof-  muhitni 
ifloslantiruvni korxonalarga boshqalarga keltirishi mumkin bo‗lgan zararni yuklashga xarakat 
qiladi.    Davlat  bir  qator  yo‗llar  bilan  resurslarning  nomutanosib  taqsimlanishi  keltirib 
chiqaradigan oqibatlarni yumshatishga ham xarakat qiladi.  
Birinchidan,  iste‘molchilarning  aniq  tovar  va  xizmatlarni  xarid  qilish  qobiliyatini 
oshirish  yo‗li  bilan  ularning  talabi  kengaytirildi.  Malasan,  bizning  Respublikamizda 
isloratlarning  dastlabki  davrida  oziq-ovqat  mahsulotlariga  talon  tizimi  joriy  etilishi  past 
daromadli  oilalarning  oziq-ovqat  mahsulotlariga  bo‗lgan  talabini  oshiradi  va  shu  orqali 
resurslarning nomutanosib taqsimlanishini bartaraf qiladi.  
Ikkinchidan,  davlat  taklifni  oshirish  maqsadida  ishlab  chiqarishni  subsidiyalashi 
mumkin.  Subsidiyalar  ishlab  chiqaruvchilarning  zaharlarini  qisqartiradi  va  mahsulotlarni 
ishlab chiqarishda resurslarning yetishmasligi bartaraf qilanadi.  

 
 
109 
 
Uchinchidan,  davlat  ayrim  tovarlar  va  ijtiomiy  ne‘matlarni  ishlab  chiqaruvchisi 
sifatida  chiqadi.  Bunday  tarmoqlar  davlat  mulkchiligiga  asoslanadi  va  davlat  tomonidan 
bevosita boshqariladi yoki ularni moliyalashtirishni davlat o‗z zimmasiga oladi.  
Bular  fan,  ta‘lim,  soliqni  saqlash,  milliy  mudofaa,  favqulodda  ro‗y  beradigan  tabiiy 
rodisalarga qarshi kurash ishki tartibni saqlash shular jumlasidandir.  
Davlat,  byudjet  mablag‗lari  hisobiga  resurslarni  xususiy  sohada  qo‗llanilishdan 
bo‗shatadi, hamda ularni ijtimoiy ne‘mat va xizmatlar ishlab chiqarishga yo‗naltirish mumkin. 
Shunday  qilib,  davlat  mamlakat  milliy  mahsuloti  tarkibida  muhim  o‗zgarishlarni  amalga 
oshirish maqsadida resurslarni qayta taqsimlaydi. 
Iqtisodiyotni barqarorlashtirish, ya‘ni iqtisodiyotning barcha sohalarini resurslar bilan 
ta‘minlash,  to‗liq  bandlilik  va  narxlarning  barqaror  darajasiga  erishishda  yordam  berish 
hamda iqtisodiy o‗sishni rag‗batlantirish davlatning eng muhim vazifasi hisoblanadi.  
Iqtisodiyotda  to‗liq  bandlilikni  ta‘minlash  uchun  umumiy  sarflar,  ya‘ni  xususiy  va 
davlat  sarflarining  hajmi  yetarli  bo‗lmasa  davlat  bir  tomondan  ijtimoiy  ne‘matlar  va 
xizmatlarga  o‗z  xarajatlarini  ko‗paytiradi,  boshqa  tomondan  xususiy  sektorning  sarflarini 
rag‗batlantirish iaqsadida soliqlarni qisqartiradi.  
Agar  jami  sarflar  to‗liq  bandlilik  sharoitida  taklif  hajmidan  oshib  kesa,  bu  narxlar 
darajasining  ko‗tarilishiga  olib  keladi.  Jami  sarflarning  mazkur  ortiqsha  darajasi  inflyatsion 
xarakter  kasb  etadi.  Bunday  holda  davlat  soliqlarni  oshirish  orqali  xususiy  sektor  sarflarini 
qisqartirish  va  shu  yo‗l  bilan  ortiqsha  sarflarni  tugatishga  xarakat  qiladi.  Iqtisodiyotda 
ishsizlik mavjud bo‗lganda davlat sarflarining ko‗payishi jami sarflar, ishlab chiqarish hajmi 
va  bandlilikning  o‗sishiga  olib  keladi.  O‗z  navbatida,  soliqlarning  qiskarishi  yoki  transfert 
to‗lovlarining ko‗payishi daromadlarni ko‗paytiradi. Bu daromadlar shaxsiy sarflarni o‗sishini 
rag‗batlantirishga xizmat qiladi.  
Davlat  o‗z  ishlab  chiqarishini  moliyalashtirishdan  tashqari  ijtiomiy  sug‗urta  va 
ijtimoiy  ta‘minotning  bir  qator  dasturlarini  amalga  oshiradi,  iqtisodiyotning  xususiy  va 
kooperativ sektorida daromadlarni qayta taqsimlaydi. Davlat tartibga soluvchi xarakterga ega 
bo‗lgan  bir  qator  vaziyatlarni  ham  amalga  oshiradi.  Bularga  atrof  -  muritni  rimoya  qilish, 
aholi sog‗lig‗ini saqlash, bo‗sh ishchi o‗rinlariga ega bo‗lishning teng sharoitini ta‘minlash va 
ma‘lum  sohalarda  narx  belgilash  amaliyoti  ustidan  nazorat  qilish  va  shu  kabilarni  kiritish 
mumkin.  

Download 8.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling