3. O’zbekistonda pensiya ta’minoti tizimining huquqiy-me’yoriy
asoslari
1992 yil 8 dekabrdagi O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining o’n
birinchi sessiyasi o’n ikkinchi chaqirig’ida qabul qilingan O’zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyasining 39-moddasida: “Har kim qariganda, mehnat
layoqatini yo’qotganda, shuningdek boquvchisidan mahrum bo’lganda va
qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ijtimoiy ta’minot olish huquqiga ega.
Pensiyalar, nafaqalar, ijtimoiy yordam boshqa turlarining miqdori rasman
belgilab qo’yilgan tirikchilik uchun zarur eng kam miqdordan oz bo’lishi
mumkin emas”
11
, deb ko’rsatilgan.
“Keksalarni e’zozlash yili” Davlat dasturiga muvofiq hamda 100 yoshga
to’lgan va undan oshgan shaxslarga munosib e’tibor qaratish, shuningdek,
pensionerlar, 1941-1945 yillardagi urush va mehnat fronti faxriylarini manzilli
ijtimoiy himoya qilish va moddiy qo’llab- quvvatlashni kuchaytirish maqsadida
2015 yil 14 aprelda qabul qilingan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining
“Keksalarni ijtimoiy himoya qilish va moddiy qo’llab-quvvatlashni yanada
kuchaytirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi PF-4715-son
Farmoniga ko’ra yoshi 100 ga to’lgan va undan oshgan fuqarolar pensiyasiga
2015 yilning 1 mayidan boshlab, har oyda eng kam ish haqining 100 foizi
miqdorida qo’shimcha to’lov to’lash belgilandi. Bunda 100 yoshga to’lgan va
undan oshgan fuqarolar pensiyasiga har oyda to’lanadigan qo’shimcha to’lov
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari
Pensiya jamg’armasi mablag’lari hisobidan moliyalashtiriladi. Yoshi 75 ga
to’lgan va undan oshgan fuqarolardan ularga tayinlangan pensiya va
nafaqalarning hisoblanishi, shuningdek, qonunchilikda ko’zda tutilgan
imtiyozlarning qo’llanilishi to’g’riligini tekshirish natijalariga ko’ra aniqlangan
ortiqcha to’langan pensiya va nafaqalar miqdori 2015 yil davomida hisobdan
chiqarildi. Shuningdek, uy-joy-kommunal xizmatlar haqini to’lash bo’yicha har
Do'stlaringiz bilan baham: |