O’zbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan byudjeti
daromadlarining asosiy parametrlari
17
, foizda
№
Ko’rsatkichlar
2012
yil
2013
yil
2014
yil
2015
yil
1. Davlat byudjeti daromadlari
57,1
69,4
60,9
60,5
2.
Davlat
maqsadli
jamg’armalari
daromadlari
29,7
33,2
33,7
35,7
3.
O’zbekiston Respublikasi Tiklanish
va
taraqqiyot
jamg’armasi
daromadlari
13,2
6,3
4,7
3,8
Konsolidatsiyalashgan byudjetning jami
daromadlari
100,0
100,0
100,0
100,0
Dastlab ayrim ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarni aniq manbalar bilan
ta’minlash maqsadida davlat byudjeti tarkibidan ma’lum maqsadlarga
mo’ljallangan byudjetdan tashqari maqsadli fondlar shakllangan. Masalan,
davlat byudjeti tarkibiga kiruvchi “ijtimoiy sug’urta fondi” negizida byudjetdan
tashqari Pensiya jamg’armasi tuzilgan. Bu va shu kabi boshqa fondlar davlat
byudjetidan ajralib chiqqani bois adabiyotlarda “nobyudjet fondlar” yoki
“byudjetdan tashqari fondlar” deb yuritilgan. Shuningdek, yangi Byudjet
kodeksining qabul qilinishi va amalga kiritilishigacha bo’lgan oxirgi o’n
yilliklar davomida “Byudjet tizimi to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi
Qonunining 20-moddasi bilan bir qator jamg’armalarning davlat byudjetida
konsolidatsiyalanishi (jamlanishi) belgilab berildi va ular byudjet nazariyasi va
amaliyotida “davlat maqsadli jamg’armalari” degan umumiy nom oldi.
So’nggi yillarda davlat byudjeti bilan bir qatorda, davlat maqsadli
jamg’armalarining mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishdagi ahamiyati
yanada ortib bormoqda. Davlat maqsadli jamg’armalari milliy daromadni
taqsimlash mahsulini aholi qatlamlariga etkazishning ishonchli vositasiga
aylangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |