O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti


Download 4.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/34
Sana20.12.2019
Hajmi4.73 Mb.
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   34

 
8.4. Talab va taklif. Vaqt omili 
 
 
A.  Marshall  talab  va  taklif  qonunini  va  shunga  muvofiq  bahoni 
tahlil  qilishga  alohida  e‘tibor  qaratdi.  U  tahlilni  talabdan  boshladi: 
«Sotilishi  ko‗zda  tutilgan  tovar  miqdori  qancha  ko‗p  bo‗lsa,  unga 
qo‗yiladigan  baho  shuncha  past  bo‗lishi  kerak,  negaki,  u  o‗z  xaridor-

183 
 
larini  topa  olsin...  Baho  pasayganda  talab  qilinadigan  tovarlar  miqdori 
ko‗payadi,  baho  oshganda  esa  –  kamayadi.  Bunda  bahoning  pasayishi 
bilan  talabning  oshishi  o‗rtasida  qat‘iy  o‗rnatilgan  bir  xil  nisbat 
bo‗lmaydi». 
 
O‗z  mohiyatiga  ko‗ra  A.Marshall  Me‘yorli  foydaliliklar  tengligi 
qonuniga asoslangan holda foydalilik funksiyasidan talab egri chizig‗ini 
keltirib  chiqargan  birinchi  iqtisodchi  hisoblanadi.  U  quyidagi 
ko‗rinishda aks ettiriladi: 
 
MU
x
/P
x
=MU
e
/P
e
=…MU
e

 
 
bunda  MU
x
  –  x  tovarning  me‘yorli  foydaliligi,  R
x
  –  o‗sha 
tovarning  bahosi,  MU
e
  –  pulning  me‘yorli  foydaliligi.  Bu  qonunni 
uch  xil  ekvivalentli  shaklda  ifodalash  mumkin.  Iste‘molchi  o‗z 
ehtiyojini  qondirishni  maksimallashtiradi,  agar  u  1)  xarid  qilingan 
barcha  tovarlarning  me‘yorli  foydaliliklarini  tenglashtirsa;  2) 
iste‘mol  qilinadigan  har  bir  juft  tovarning  me‘yorli  foydaliliklari 
nisbatini  va  baholar  nisbatini  tenglashtirsa;  3)  muayyan  bozor 
narxida  sotib  olingan  har  bir  tovarni  pul  qiymatining  me‘yoriy 
foydaliligini tenglashtirsa.  
Iste‘molchi muvozanatga erishdi, P
x
  bahosi  esa pasaymoqda, deb 
faraz  qilaylik.  Unda  MU
x
>P
x
MU
e
  va  muvozanatni  qaytadan  tiklash 
uchun  MU
x
  miqdorini  kamaytirish  maqsadida  x  tovarni  ko‗proq  sotib 
olish  kerak  bo‗ladi.  Haqiqatan  ham  tovarning  bahosi  pasaysa, 
iste‘molchi  uni  sotib  olishni  ko‗paytiradi,  negaki,  bunday  tovarning 
bahosi  pasayganda  iste‘molchi  bir  so‗mga  har  qanday  boshqa  tovarga 
qaraganda  ushbu  x  tovardan  ko‗proq  foydalilik  oladi.  X  tovarning 
xaridi  ko‗paygan  sari  me‘yorli  foydalilikning  pasayishi  MU

pasayishini  kafolatlaydi.  Demak,  iste‘molchi  o‗zining  cheklangan 
daromadlari  va  joriy  narx  doirasida  o‗z  ehtiyojini  doimo  maksimal 
darajada  qondirishga  intilgan  sharoitda  talab  egri  chizig‗ining  teskari 
nishabligi kelib chiqadi. 
Bu  dalil-isbotlar  shu  narsani  ko‗zda  tutadiki,  x  tovarning  narxi 
pasayishi  natijasida  individning  daromadi  ko‗paymaydi,  buning 
natijasida  MU

ning  miqdori  uyg‗unlashish  jarayoni  davomida 
doimiyligi saqlanib qoladi. Lekin individ o‗zining barcha xarajatlarining 
me‘yorli  foydaliligini  yana  tenglashtirishi  bilanoq,  uning  real  daromadi 
oshadi.  Bu  saqlanayotgan  pul  mablag‗larining  me‘yorli  foydaliligini 
pasaytiradi va shu bilan barcha tovarlarning, jumladan x tovarning ham 

184 
 
xaridining  ko‗payishga  olib  keladi.  Bunda  daromad  samarasi  ijobiy 
hisoblanadi  va  biz  x  ga  teskari  nishabli  talab  egri  chizig‗iga  va 
daromadga bog‗liq bo‗lgan ijobiy talabga ega bo‗lamiz.  
Bundan  tashqari  bu  yerda  foydalilik  funksiyalarining  additivligi
27
 
taqozo  etiladi:  individ  sotib  olayotgan  har  bir  tovarning  foydaliligi 
boshqa  tovarlarning  foydaliligiga  bog‗liq  bo‗lmaydi.  Haqiqatda  esa 
ularning  o‗rtasida  bog‗liqlik  amal  qilishi  mumkin,  bunday  bog‗liqlik 
natijasida U – miqdori ko‗payganda MU
x
 ko‗payadi yoki kamayadi. Bu 
tahlilni yana ham murakkablashtiradi. 
Agar  yuqorida  aytilganlarni  chizma  ko‗rinishida  ifodalasak,  unda 
koordinatlarda  (baho,  tovar  miqdori)  Marshall  «kresti»  kelib  chiqadi: 
pastga yo‗naltirilgan D talab egri chizig‗i bilan yuqoriga yo‗naltirilgan S 
taklif  egri  chizig‗ining  kesishishi  (8.2-chzma).  D  egri  chizig‗i 
iste‘molchi  uchun  mazkur  tovarning  me‘yorli  foydaliligining  pasayish 
qonunini  ifodalasa,  S  egri  chizig‗i  me‘yorli  xarajatlarning  oshib 
borishini  ifodalaydi.  Ularning  kesishgan  nuqtasi  muvozanat  bahoni 
bildiradi va ushbu baho xaridorlar sotib olishni, sotuvchilar esa sotishni 
xohlaydigan  tovar  miqdorini  aniqlab  beradi.  Bu  ikki  miqdor  faqat 
muvozanat baho paytida bir-biriga to‗g‗ri keladi. Agar taklif bahosi talab 
bahosi bilan tenglashsa, muvozanat baho vujudga keladi. Rasmdagi P
1
 – 
muvozanat  baho.  Ushbu  bahoda  sotuvchilar  bir  xil  Q
1
  miqdordagi 
tovarni sotishni xohlaydilar, xaridorlar esa sotib olishni.  
 
     P 
 
     
 
 
              P 
1
 
    
           
           0 
 
Q
1
   
             Q  
 
8.2-chizma. Talab va taklif. Bozor muvozanati 
 
Agar  baho  muvozanat  bahodan  yuqori  bo‗lsa,  sotuvchilar  ko‗p 
miqdorda tovar sotishga tayyor, lekin xaridorlar shuncha miqdorda tovar 
                                                             
27
 Additivlik (lat), obyektning miqdor xossasi: uni qanday bo‗lishdan qat‘iy nazar, bir necha bo‗laklarga bo‗lganda, 
shu bo‗laklar qiymatlari yig‘indisiga teng bo‗ladi. Masalan, A ning hajmi uning bo‗laklari hajmlarining yig‘indisiga 
teng. 



185 
 
sotib  olmaydilar  va  natijada  baho  pasayadi.  Agar  baho  muvozanat 
bahodan past bo‗lsa, unda xaridorlar sotib olishni xohlaydigan hajmdagi 
tovarni sotish sotuvchilar uchun foydasi yo‗q va natijada baho pasayadi. 
Bu jarayon sotish bahosi muvozanat bahoga teng bo‗lganda tugallanadi. 
Avval  ko‗rib  chiqqanimizdek,  bozor  qiymati  me‘yorli  foydalilik  va 
Me‘yorli xarajatlar bilan aniqlanadi. 
Demak, D talab egri chizig‗i teskari nishablikka ega, negaki, baho 
oshib  borishi  bilan  odatda,  tovarga  bo‗lgan  talab  kamayadi.  Lekin 
qanday  darajada  kamayadi?  A.Marshall  bu  savolga  javob  berish  uchun 
baho  bo‗yicha  talab  elastikligi  tushunchasini  kiritadi.  Baho  bo‗yicha 
talab  elastikligi  (TE) baho  muayyan darajada  pasayganda, talab qanday 
miqdorda o‗sishini yoki baho muayyan darajada oshganda talab qanday 
miqdorda pasayishini ifodalaydi. Agar baho 1 % ga pasayganda sotish 1 
% ga oshsa, TE=2,5 bo‗ladi, agar bahoning 1 % ga pasayishi sotishni 2,5 
% oshirsa, TE=1 bo‗ladi va hokazo. 
Agar  talab  egri  chizig‗ining  muayyan  bir  uchastkasida  TE=1 
bo‗lsa,  unda  ushbu  uchastkada  bahoning  hech  qanaqa  o‗zgirishi 
mazkur  tovarni  sotishga  ta‘sir  ko‗rsatmaydi.  Agar  shu  uchastkada 
TE<1  bo‗lsa,  unda  sotish  miqdorining  ancha  kamayib  ketishidan 
qo‗rqmasdan  bahoni  pasaytirish  mumkin,  agar  TE>1  bo‗lsa,  unda 
bahoning  bir  oz  pasayishi  sotish  miqdorini  ancha  ko‗paytirishi 
mumkin.  Boshqacha  aytganda,  talab  noelastik  bo‗lganda  foyda 
bahoning o‗sishi hisobiga ko‗payishi mumkin, talab elastikligi paytida 
esa bahoni pasaytirish hisobiga foydani oshirish mumkin. 
Talabning  elastikligi  iste‘moldagi  tovarlarning  bir-birlarining 
o‗rnini  osongina  bosa  olishiga  bog‗liq.  Shuning  uchun  ommaviy 
iste‘mol tovarlariga bo‗lgan talab kam elastik bo‗ladi. 
Ammo  bu  bilan  talab  va  taklif  qonuning  tahlili  tugashi  mumkin 
emas,  negaki,  talab  va  taklifga  vaqt  tushunchasi  ham  o‗z  ta‘sirini 
ko‗rsatadi  va  shu  bois  uni  tahlil  qilish  taqozo  etiladi.  Tekshirilayotgan 
davr  qancha  qisqa  bo‗lsa,  talabning  qiymatga  bo‗lgan  ta‘siri  shuncha 
kuchli  bo‗ladi,  bu  davr  qancha  uzoq  bo‗lsa,  ishlab  chiqarish 
xarajatlarining qiymatga bo‗lgan ta‘siri shuncha kuchayib boradi. 
Shu  sababli  A.Marshall  bir  zumli,  qisqa  muddatli  va  uzoq 
muddatli  muvozanat  turlarini  ajratib  ko‗rsatib  beradi.  Bir  zumli 
muvozanatda taklif o‗zgarmaydi. Bunday sharoitda keskin oshgan talab 
qondirilishi  mumkin  emas  (band  bo‗lmagan  quvvatlardan  foydalanish 
yoki  yangi  quvvatlarni  ishga  tushirish  uchun  vaqt  kerak  bo‗ladi).  Bu 
vaqt ichida tanqis (defitsit) mahsulotlarni ishlab chiqarayotgan tadbirkor 
bahoni  oshirish  hisobiga  qo‗shimcha daromad  olishi  mumkin.  Masalan, 
tirik baliq bozorida baliqqa bo‗lgan talab oshdi, deylik. Baho ko‗tarildi, 

186 
 
lekin  o‗sha  kuni  sotuvchilar  taklifni  ko‗paytira  olmaydilar  (yangisini 
olib  kelishga  ulgurmaydilar).  Shuning  uchun  taklif  egri  chizig‗i  to‗g‗ri 
chiziq (S) ko‗rinishida bo‗ladi. Yuqorida qayd qilib o‗tganimizdek, baho 
oshadi (P
1
dan P
2
ga, 8.3-chizma).                      
 P  
 
 
 
         S 
   
            
          P
2
   
         E1  
    
          P
1
   
 
             D2 
   
    
                        D1 
 
         
                                Q
1
                    Q 
8.3-chizma. Bir zumli bozor muvozanati 
Amal  qilib  turgan  ishlab  chiqarish  quvvatlari  hisobiga  o‗sgan 
talabni  qondirish  uchun  taklifni 
ko‗paytirish  qisqa  muddatli 
muvozanatni ta‘minlaydi. Agar bozorda baliqqa bo‗lgan talab bir necha 
kun  davomida  ancha  yuqori  bo‗lsa,  unda  baliqchilar  qo‗shimcha  ishchi 
kuchi,  ortiqcha  to‗r  va  boshqa  anjomlar  hisobiga  baliq  tutishni 
ko‗paytirishga  harakat  qiladilar.  Natijada  taklif  Q
1
  dan  Q
3
  ga  oshadi 
(8.4-chizma). Baho qanday bo‗ladi? U pasayishga intiladi (P3
8.4-chizma). 
 
     P                                 S 
   
 
 
 
   
 
      
     P
3
  
                 E2        
     P
1
  
            E0  
 D2 
 
 
 
   D1  
 
 
         
                          Q
1
   Q
3
 
     Q  
 
 
 
8.4-chizma. Qisqa muddatli bozor muvozanati 
Uzoq muddatli muvozanatda taklif talabning oshishiga moslasha 
oladi,  chunki  uning  uchun  vaqt  yetarli  bo‗ladi.  Bu  davr  ichida  ishlab 
chiqarish  quvvatini,  ishlab  chiqarishni  tashkil  qilish  uslubini 
o‗zgartirish,  yangi  korxonalarni  ochish,  yangi  texnologiyalarni 

187 
 
qo‗llash mumkin. Sotuvchilarga ustama foyda keltiruvchi yuqori talab 
(D
2
  egri  chizig‗i)  va  shunga  muvofiq  yuqori  narx  (P
4
)  uzoq  muddat 
saqlanib  turgan  sharoitda  baliqchilar  ishlab  chiqarishni  kengaytirish 
maqsadida  ishlab  chiqarish  quvvatini  kuchaytirishga  kirishadilar 
(yangi baliq tutish kemalari,  omborxonalar  va boshqalar quriladi). Bu 
tarmoqqa  yuqori  daromad  tufayli  yangi  ishlab  chiqaruvchilar  kirib 
keladi.  Taklif  (Q
3
  dan  Q
4
  ga)  ko‗payadi,  baho  esa  (P
3
  dan  P
4
  ga) 
pasayadi. (8-4-rasm). 
 

 
 
      
 
 
 
 

 
P
4
 
 
 
   
 E3   
 
 
 
 
 
 
D2 
P
1
 
 
 
 E0  D1   
 
 
  
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
  
                       Q

     Q
4
 
     Q 
 
8.5-chizma. Uziq muddatli bozor muvozanati 
Bu  yerda  A.Marshall  shunday  xulosaga  keladi:  qisqa  muddatli 
davrda  bahoni  shakllantiruvchi  asosiy  kuch  talab  (negaki,  taklif 
o‗zgaruvchan emas), uzoq muddatli davrda esa taklif hisoblanadi. Tovar 
qiymati qisqa muddatli davrda haqiqatan ham eng avvalo xaridorlarning 
xatti-harakati bilan  aniqlanadi  (marjinalizm).  Lekin uzoq  muddatli davr 
mobaynida  baho  o‗rtacha  ishlab  chiqarish  xarajatlari  miqdoriga 
yaqinlashadi  va  taxminan  bir  xil  darajada  bo‗ladi  (klassik  maktab). 
Klassiklarning bu nazariyasi faqat uzoq muddatli davr mobaynida to‗g‗ri 
amal  qilishini  ularning  o‗zlari  ham  yaxshi  anglamaganlar  va  bu  haqda 
o‗z tadqiqotlarida qayd qilib o‗tmaganlar. 
 
Muhokama uchun savollar 
1. Marjinalizmning asosiy g‗oyasi nima? 
2. ―Gossen qonuni‖ning mazmunini tushuntirib bering. 
3. Me‘yorli foydalilik, deganda nimani tushunasiz? 
4.  Marjinalistlar  nazariyasiga  ko‗ra  tovar  bahosi  asosida  qanday 
omil yotadi? 

188 
 
 
 
IX BOB. NEOKLASSIK MAKTAB IQTISODIY QARASHLARI 
 
9.1. Neoklassik maktabining asosiy 
namoyondalari  
Alfred  Marshall  (1842-1924)  neoklassik  mikro 
nazariyaning  otasi  unvoniga  ikki  da‘vogarlardan  biri 
hisoblanadi  (yana  bittasi  Leon  Valras).  Alfred 
Marshall  A.  Smit,  D.  Rikardo  va  J.S.Millning  ijodi 
asosida  bugungi  kunda  ham  joriy  qilingan  iqtisodiy 
nazariya  hamda  iqtisodiy  siyosatning  tarkibiy  asosi 
sifatida  xizmat  qiladigan  tahliliy  tushunchalar  tizimini  rivojlantirdi. 
Uning  fikrlarini  batafsil  o‗rganish  mikroiqtisodiyotdagi  xususiy 
muvozanat  nazariyasini  to‗laroq  tushunishga  imkon  beradi.  Bu  bobda 
keltirilgan nazariyalarni buyuk mutafakkirning asarlariga kichkina kirish 
qismi sifatida qarash lozim. 
Marshall  iqtisodiyotga  matematika  bo‗yicha  bakalavriat  ta‘limi  va 
hayot  sifatini  yaxshilash  haqida  kuchli  gumanitar  fikrlar  bilan  kirib 
keldi.  Uning  oilaviy  muhiti  Angliya  cherkovida  diniy  ordinaturaga 
kirishga chorladi, ammo Kembridjdagi ta‘lim jarayoni uning matematika 
sohasida kuchli bilimga egaligi va tug‗ma qobiliyati borligini ko‗rsatdi. 
Shunung  uchun  u  Kembridjda  matematikadan  dars  berishga  qoldirildi. 
Tez  orada  metafizika,  etika  va  iqtisodiyotdan  ma‘ruza  o‗qishga  jalb 
qilindi.  1860-yillarning  so‗ngigacha  iqtisodiyotga  bo‗lgan  qiziqishini 
rivojlantirib bordi va ruhoniy bo‗lishdan ko‗ra olim-o‗qituvchi bo‗lishni 
afzal  ko‗rdi.  U  Kembridjda  iqtisodiyotni  o‗qitishni  boshladi  va  ikki 
matematik  iqtisodchi  –  Kournon  va  von  Thunen  asarlari  ta‘siri  ostida 
Rikardo hamda J.S.Millning iqtisodiyotini matematikaga tarjima qilishni 
boshladi. 
Marshall  iqtisodiyotni  o‗qishni  tarixan  qulay  vaqtda  boshladi.  Biz 
oldinroq  klassik  nazariya  asoslarining  bo‗linganligi  haqida  ta‘kidlab 
o‗tdik. Maltusning ―Nufus qonuni‖ aholi soni oshishi bilan real ish haqi 
tushib ketishini ko‗rsatdi, ammo Angliya iqtisodiy tarixi bunga qarama- 
qarshi  dalillarni  ko‗rsata  boshladi.  J.S.Mill  ish  haqi  fondi  nazariyasiga 
norozi bo‗ldi va 1869-yilgacha uni rad etdi. Karl Marks klassik nazariya 
asoslarini  yangitdan  tahlil  qildi  va  revolyutsiyani  boshladi.  Germaniya 
Alfred Marshall 
(1842-1924)  

189 
 
tarixiy maktabi va Leslic va Bagehot kabi bir qancha ingliz yozuvchilari 
bir  nechta  klassik  iqtisodiy  nazariyaning  fundamental  asoslariga 
o‗zgartirish kiritdilar. 1871-yilda Jevons va Menger klassik nazariyaning 
faqat  taklifga  e‘tibor  qaratishini  qoraladi.  Marshall  1867-yildan  1890- 
yilgacha  talab  va  taklif  tahlillari  tamoyilini  ehtiyotkorlik  bilan 
rivojlantirdi.
28
 
Jevons o‗z ishlarini chop qilib klassik nazariya obro‗sini to‗kishga va 
iqtisodiy  nazariyada  inqilobiy  burilish  yasashga  shoshildi,  ammo 
Marshall  1890-yilda  o‗zining  ―Iqtisodiyot  tamoyillari‖  kitobini  o‗z 
talabalari  va  hamkasblariga  taqdim  etdi.  Ammo  bu  kitobini  taqdim 
etishdan oldin u o‗zining g‗oyalarini 20 yildan ko‗proq davr mobaynida 
o‗z  talabalariga  va  hamkasblariga  tushuntirishga  harakat  qildi.  Keynes 
aytganidek,  ―Jevons  suv  qaynatadigan  metall  choynakni ko‗rdi  va  yosh 
bolaning  xursand  ovozi  bilan  chinqirdi,  Marshall  ham  bu  metall 
choynakni kordi va mexanizm qurish uchun jimgina ishga o‗tirdi‖. Ya‘ni 
Marshall yaratgan mexanizm tahlili jarayoni bu uning shaxsiyati va o‗zi 
o‗sgan muhitni aks ettiradi. Uning ilk diniy e‘tiqodi, keyinchalik tajribali 
gumanitarizmni  aks  ettirdi.  Marshallning  o‗ylashicha,  iqtisodiyotni 
o‗qish,  o‗rganish  bu  butun  boshli  jamiyatning  yaxshi  darajada 
o‗zgarishini  ta‘minlashi  mumkin  ekan.  Uning  ilmiy  izlanishi  tarixan 
yo‗naltirilgan  iqtisodchilar  hujumlari  bilan  tanishtirdi.  Ya‘ni  bu 
iqtisodchilar ―iqtisodiy nazariya bu hamma joyda va har vaqtda ishlatsa 
bo‗ladigan  mutlaq  haqiqatlar  vujudidir‖  degan  tushunchaga  norozilik 
bildirishgan.  1885-yilda  Kembridjda  bo‗lib  o‗tgan  Marshallning 
professorlikka  saylovidagi  bergan  dastlabki  ma‘ruzasida  u  e‘tiborini 
mana bu tanqidga qaratgan: ―Yolg‗iz universallikka da‘vo qila oladigan 
iqtisodiy ta‘limotning biror-bir qismida hech qanday aqida yo‗q. Bu aniq 
haqiqatning vujudi emas, balki aniq haqiqatni kashf qilish uchun vosita‖. 
Marshall  o‗zining  ilk  matematikaga  oid  bo‗lgan  mashg‗ulotlarini 
o‗zining  mexanizmini  kelib  chiqish  tarixiga  aralashtirib  yuborishga 
harakat  qildi,  ya‘ni  u  vaqtlar  o‗zgarishiga  moslashgan  mexanizm 
qurmoqchi bo‗lgan. Biroq 1848-yildagi J.S.Millning ―qiymat nazariyasi 
to‗liq  bo‗ldi‖  degan  shoshqaloq  xulosasidan  xabardorligi  sababli 
Marshall  o‗zining  iqtisodiyot  uchun  qo‗shgan  hissasini  eskirgan,  deb 
o‗yladi.  U  yana  Jevonsning  o‗ziga  xoslik  va  e‘tiqod  tasdig‗idan  ham 
xabardor bo‗lgan. Jevons qiymat ishlab chiqarish nazariyasining klassik 
                                                             
28
 
History of economic thought. Harry Landreth, David C. Colander 289-290 b.
 
 

190 
 
bahosini  qiymat  talabga  butunlay  bog‗liq,  degan  nazariyaga 
almashtirgan. Albatta, Marshall ham o‗zining g‗oyalari haqiqiy va uzoq 
muddatga  chiday  olishi  mumkinligidan  umid  qilgan.  U  1870-yilgacha 
o‗z  nazariyasining  fundamental  matematik  tuzilishi  ustida  ish  olib 
borishni  boshlagan  va  keyinchalik  taklif  va  talab  analizlarini  chizmalar 
bilan yaqqol ko‗rsatishning asosiy uslublarini o‗rganib chiqan. U 1890-
yilgacha o‗zining kashfiyotini chop etmagan va faqatgina matematika va 
chizmalarni  snoska,  ya‘ni  havola  va  ilova  bilan  birga  ma‘lum  qilgan. 
Marshall  nazariyotchi,  gumanitar,  matematik  va  tarixchining  g‗alati 
aralashmasi.  U  o‗zining  davridagi  uslubiy  munozarani  tushuntirishga 
harakat  qilgan.  Shu  bilan  birga,  bir  vaqtning  o‗zida  narxlarni 
belgilaydigan 
va 
manbaning 
ajratilgan 
miqdoridagi 
kuchlarni 
tushuntirish  uchun  marjinalistlarning  yangi  uskunalar  bilan  eng  zo‗r 
klassik analizlarini nazorat qilgan. 
Marshall  iqtisodiy  nazariyaning  rivojlanishiga  katta  hissa  qo‗shgan 
bo‗lsa  ham  nazariy  va  uslubiy  muammolarda  uslubiy  va  ilmiy  jihatdan 
jiddiy  lavozimni  olishni  rad  qilishi  iqtisodchilarning  keyingi  avlodlari 
muvaffaqiyatga erishishiga sabab bo‗ldi.  
 
Iqtisodiyot ko„lami 
Marshallning  ―Iqtisodiyot  tamoyillari‖  asarining  1-kitob,  1-bobi 
iqtisodiyotning keng va moslashuvchan ta‘rifi bilan boshlanadi: Siyosiy 
iqtisod  yoki  iqtisod  fani  insoniyatning  oddiy  biznesidagi  hayotini 
o‗rgatadi, u insonning yoki jamiyatning moddiy boyligi va unga erishish 
bilan bog‗liq bo‗lgan yakka hamda ijtimoiy harakatlarini tadqiq qiladi. 
Bu  ta‘rifning  qiziqarli  va  kinoyali  jihati  shuki,  unda  u  ikkita 
tushunchaga e‘tiborni qaratayapti, ya‘ni siyosiy iqtisod va iqtisod. Uning 
iqtisodiyotga  bergan  ta‘rifiga  ko‗ra  Marshall  siyosiy  iqtisod 
terminologiyasidan  kengroq  foydalanishni  afzal  ko‗rgan.  Marshallning 
bu  ikkita  terminni  bir  vaqtda  ishlatishi  uning  davridagi  bir  qancha 
metodologik  munozaralarni  aks  ettirgan.  O‗sha  vaqtda  iqtisodiyot 
atamasidan  kengroq  ma‘noga  ega  bo‗lgan  siyosiy  iqtisod  siyosat  va 
iqtisod bir-biriga bog‗liq ekanligini ko‗rsatar edi hamda iqtisod ijtimoiy 
fan  sifatida  ko‗proq  me‘yoriy  qarorlar  bilan  bog‗liq  bo‗lgan.  Ammo 
John  Neville  Keynes  Marshallning  hamkasbi  va  do‗sti  asosan  uslubiy 
muammolarga  qiziqib  1891-yilda  ―Siyosiy  iqtisodning  ko‗lami  va 
metodologiyasi‖  deb  nomlangan  asarini  nashr  etdi.  Bu  asarida  u 
iqtisodiyotning  uchta  tarmog‗ini:  ilmiy  tarmoqni  o‗z  ichiga  olgan 

191 
 
―pozitiv  iqtisod‖,  jamiyatning  qanday  maqsadlarga  erishish  kerakligi 
haqidagi  ―normativ  iqtisod‖,  ijobiy  iqtisodiyot  tarmog‗iga  tegishli 
bo‗lgan  maqsadlari  normativ  tarmoq  tomonidan  aniqlanadigan 
tarmoqlardan  yana  biri  ―Iqtisod  san‘ati‖ni  bir-biridan  aniq  ajratib 
ko‗rsatadi.  Keyns  ―pozitiv  iqtisodning  muhokamasida,  iqtisodiyot  va 
iqtisodiy  fan  siyosiy  iqtisoddan  ko‗ra  afzal,  chunki  bu  nomlar 
iqtisodiyotning  ilmiy  xarakteriga  urg‗u  beradi‖,  degan  fikri  bilan 
ma‘qullaydi.  Rikardo  va  J.S.Milldan  farqli  o‗laroq,  Marshall  ―Siyosiy 
iqtisod‖  nomidan  ko‗ra  ―Iqtisod  tamoyillari‖,  degan  nomni  tanlaydi  va 
siyosiy  iqtisod  atamasini  tushirib  qoldiradi.  Bu  biroz  ironik,  chunki 
uning  o‗zi  e‘tiborini  ilmiy  tarmog‗iga  emas,  balki  ko‗proq  iqtisod 
san‘atiga qaratgan. U ko‗proq amaliy iqtisodga qiziqib, ilmiy tomoniga 
e‘tibor  qaratmagan.  Buning  ikkita  sababi  bor.  Birinchisi,  Marshall 
o‗zining  yondashuvini  Marksning  yondashishidan  farqlantirishni 
xohlagan va ikkinchisi, u Kembrijda iqtisodni alohida fan sifatida qabul 
qilishlariga harakat qilgan. 
Berilgan  ta‘rifning  yana  bir  qiziq  jihati  uning  kengligi  va 
moslashuvchanligidadir,  ba‘zilar  buni  uning  bo‗shashganligi,  deb  ham 
aytishi  mumkin.  Ta‘rifga  asoslanib,  iqtisodiyot  qanday  qilib  siyosiy 
iqtisod,  sotsiologiya,  psixologiya,  antropologiya  va  tarixdan  farqlanishi 
mumkin?  Marshallning  bunday  keng  ta‘rifi  ehtiyotsizlikdan  yoki 
ma‘nosiz  fikrlashdan  emas,  balki  ongli  ravishda  iqtisodni  boshqa 
ijtiomiy  fanlardan  keskin  ajratib  olishga  bo‗lgan  xohishidandir. 
―Iqtisodning ko‗lami  va  metodlari‖ deb  nomlangan  S  ilovada Marshall 
har  bir  fanga  alohida  rivojlanishi  uchun  imkon  berishdan  ko‗ra  yagona 
ijtimoiy  fanni  rivojlantirishning  nisbiy  afzalligi  va  amalga  oshirish 
mumkinligi  haqida  mulohaza  qiladi.  Ijtimoiy  fanlarni  birlashtirish  fikri 
uni  qiziqtirdi  ammo  u  buyuk  Komte  va  Spencerlar  bu  ishni  bajarishga 
harakat  qilayotgan  paytlarida  muvaffaqiyatsizlikka  uchraganini  yodga 
oldi.  Boshqa  tomondan,  u  ijtimoiy  fanlarning  ixtisoslashuvi  orqali  juda 
katta  yutuqlarga  erishganliklarini  kuzatdi.  U  oxir-oqibatda  bu  masala 
ba‘zi bir aniq savollarning bo‗lmaganligi sababli hal bo‗lmayapti, degan 
qarorga keladi. 
Iqtisodiyotning  boshqa  bir  ijtimoiy  fanlar  tarmog‗iga  qaraganda 
ko‗proq  yutuqlari  bor,  chunki  u  boshqalarga  qaraganda  aniqroqdir, 
deydi.  Biroq  uning  ko‗lamini  har  qanday  kengaytirish  uning  ilmiy 
aniqligini  yo‗qotadi  va  kengaytirish  hisobiga  yo‗qotishdan  ko‗ra 
yutuqlari ko‗p bo‗ladimi, kabi savollarni shoshilib hal qilib bo‗lmaydi. 

192 
 
Marshallning  fikriga  ko‗ra  har  bir  iqtisodchi  ko‗lami  jihatidan 
iqtisodni o‗zining moyilligiga mos bo‗lgan tarzda ta‘riflab berishi kerak. 
Ba‘zi iqtisodchilar iqtisodning tor doirasida o‗zlarining eng zo‗r ishlarini 
ko‗proq  bajaradilar,  ba‘zilari  esa  keng  doirada  amalga  oshiradilar. 
Kimki,  iqtisodning  keng  doirasida,  ya‘ni  o‗zlarining  tahlilini  ijtimoiy 
fanlarning  boshqa  sohalari  hisobiga  kengaytirsalar,  ehtiyotkorlik  bilan 
ishlashlari  zarur,  deb  ogohlantiradi,  lekin  bu  bilan  ular  iqtisodga  va 
boshqa ijtimoiy fanlarga katta yutuqlar olib kelishlari mumkin, deydi.  
Marshall  o‗zining  iqtisodiyotning  ko‗lami  muhokamasida  yana  bir 
qiziq masalani, ya‘ni jamiyatning xohish-istaklari hamda uning iqtisodiy 
faoliyat  o‗rtasidagi  munosabatining  murakkabligi  masalasini  o‗rtaga 
tashladi.  Iqtisodga  iqtisodiy  faoliyat  jamiyat  xohish-istagini  qondira 
oladigan  yo‗llarni  o‗rgatadi,  deb  ta‘rif  bersa  bo‗ladimi?  Marshall  bu 
ta‘rifni  rad  etdi,  chunki  xohishlar  mustaqil  ravishda  berilgan,  iqtisodiy 
faoliyat esa unga nisbatan ikkinchi darajali, deb qabul qilinadi. Marshall 
3-kitobining  II  bobidagi  xohish  va  faoliyat  o‗rtasidagi  munosabatlar 
to‗g‗risidagi  muhokamasida  Jevons,  Menger  va  ulardan  avvalgi 
iqtisodchilar 
tomonidan 
noto‗g‗ri, 
deb 
hisoblangan 
xulosani 
to‗g‗rilashga harakat qildi.  U keng  imkon  doirasida  talab  (xohish-istak) 
va  taklif  (faoliyat)  ning  nisbiy  muhimligini  baholadi.  Uning  fikricha, 
bizning  xohishlarimiz  bizning  ichimizda  faoliyatimizdan  mustaqil 
ravishda  paydo  bo‗ladigan  narsa  emas,  balki  aksincha,  bizning  ko‗p 
xohishlarimiz  bizning  faoliyatimizning  to‗g‗ridan  to‗g‗ri  natijasidir.  Bu 
fikrni  2000-yillarga  tatbiq  etadigan  bo‗lsak,  yosh  oilaning  yangi 
avtomobilga  istagini  iqtisodiy  tahlilning  boshlangich  nuqtasi  sifatida 
qarash  xato  bo‗ladi,  chunki  bu  xohish  ularda  oilaning  jamiyatdagi 
o‗rnini  to‗g‗ri  baholashdan  kelib  chiqqan  bo‗lishi  mumkin.  Marshall 
fikriga  ko‗ra  iqtisodchilar  talabning  daslabki  o‗rganish  bosqichidan 
boshlashlari,  faoliyat  va  taklif  bilan  davom  etishlari,  talabga  qaytib 
kelishlari  taklif  etiladi.  Va  bu  ularga  xohish  va  faoliyat  o‗rtasidagi 
murakkab  o‗zaro  bog‗liqlikni  anglashga,  tushunib  yetishga  imkoniyat 
beradi.  Iqtisodiy  tahlil  jarayonida  xohishning  ustunligi  va  faoliyatning 
ustunligidan  birini  tanlashga  to‗g‗ri  kelganda  Marshall  faoliyatni 
tanlagan.  U  klassik  iqtisodiyotda  asosan,  taklif  va  taqqoslashlarni 
ta‘kidlagan, Jevons va Menger bo‗lsa talabga alohida urg‗u bergan:  
―Ko‗plab talab ilmi harakat va faoliyat ilmi sohasidan kelib chiqadi. 
Bu  ikkalasi  bir-birini  to‗ldiradi  yoki  boshqasisiz  to‗liq  bo‗lmaydi. 
Ammo  agar  birortasi  boshqasidan  ko‗ra  ko‗proq  inson  tarixini 

193 
 
tushuntirib beraman, deb da‘vo qilsa bu talab emas, balki faoliyat, ya‘ni 
taklif ilmidir‖ 
Marshallning diniy asoslangan gumanitar qarashlari uni iqtisodning 
bosh  vazifasi  qashshoqlikni  bartaraf  qilishdadir,  deb  o‗ylashga  olib 
keldi. U bu muammolarni yechishning kalitini iqtisodchilarning dalillari 
va  nazariyalarining  ichida,  deb  o‗yladi.  U  o‗zining  iqtisodiy  ta‘limotlar 
tarixini  ko‗rib  chiqishning  B  ilovasida,  klassik  nazariya  asoschisi 
Rikardoni  qattiq  tanqid  ostiga  oldi.  Rikardo  qashshoqlik  qashshoqlikni 
keltirib  chiqarishini  hisobga  olmagan,  chunki  kambag‗alda  sog‗liqqa 
erishish  va  ko‗proq  pul  ishlashga  imkon  beradigan  ish  bilan 
shug‗ullanish  uchun  yetarli  daromad  yo‗q.  Klassik  nazariyachilardan 
farqli  o‗laroq,  Marshall  butun  qalbi  bilan  ishchi  sinflar  farovonligini 
sezilarli darajada oshirishning imkoni borligiga ishonardi.  
U  iqtisod  tor  va  mavhum  fan  sifatida  rivojlanishi  yoki  ijtimoiy 
fanlar  ichida  shakllanishi  kerakmi,  degan  savollarni  muhokama  qilish; 
iste‘molchi nazariyasi talab va taklif nazariyasidan ustun turishi, kerak, 
deb o‗ylagan Me‘yoriy naflilik nazariyasi yozuvchilari savollariga javob 
berish  kabi  muhokamalarni  hal  qilishni  xohlagan.  Odatdagidek, 
Marshall bu masalalarga muvozanatli qaror qabul qilishga kamdan kam 
aniq bir pozitsiyada turgan.
29
 

Download 4.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling