O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


Download 1.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/68
Sana03.09.2023
Hajmi1.61 Mb.
#1672373
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   68
Bog'liq
Jahon iqtisodiyotining globallashuvi Isadjanov 2019 @iqtisodchi

 
 



SO„Z BOSHI
O‗zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning 
muhim bir jihatlaridan biri bu ochiq iqtisodiyotni shakillantirish uchun zarur bo‗lgan 
siyosiy, huquqiy va iqtisodiy masalalarni xal qilish va o‗zaro keng qamrovli jahon
xo‗jaligiga integratsiyalashuv, hamda xalqaro moliyaviy – iqtisodiy tashkilotlar, chet 
davlatlar bilan o‗zaro ikkitomonlama va ko‗ptomonlama savdo-iqtisodiy aloqalarni 
rivojlantirish va chuqurlashtirish bo‗ldi.
O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev tomonidan imzolangan 
―2017-2021 yillarda O‗zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor 
yo‗nalishi bo‗yicha Harakatlar strategiyasida‖ mamlakatimizni globallashuv 
sharoitida xalqaro iqtisodiy munosabatlarda faol ishtirokchi sifatida qatnashish 
ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi.
O‗zbekiston Respublikasi iqtisodiyotiga o‗zining salmoqli ta‘sirini 
o‗tkazadigan jahon iqtisodiyoti rivojlanishining muhim tendensiyasi bu uning 
globallashuvidir. 
«Jahon iqtisodiyoti globallashuvi» fani ixtisoslik fanlari qatoriga kiradi.
Fanni egallashda quyidagi jarayonlar va hodisalar haqida tushunchalar va 
ma‘lumotlar beriladi: jahon iqtisodiyotining globallashuvining xususiyatlari va 
rivojlanish omillari, jahon iqtisodiyoti global muammolari mohiyati, transmilliy 
korporatsiyalar va ularning globallashuv jarayonlarda tutgan o‗rni, jahon iqtisodiyoti 
globallashuvidagi ziddiyatlar va tahdidlar, baynalminallashuv, transmilliylashuv va 
globallashuv 
jarayonlari, 
jahon 
iqtisodiyoti 
globallashuvining 
rivojlanish 
indikatorlari, jahon iqtisodiyoti globallashuvi rivojlanishining ekologik va 
innovatsion omillari. 
―Jahon iqtisodiyoti globallashuvi‖ fani magistrantlarni nazariy bilimlar, amaliy 
ko‗nikmalalar, iqtisodiy hodisa va jarayonlarga uslubiy yondashuv hamda ilmiy 
dunyoqarashini shakllantirish vazifalarini bajaradi. 
O‗quv qo‗llanma tarkibi mantiqan uning maqsadidan kelib chiqqan holda 
mazkur fanning predmetining asoslarini, nazariy va amaliy jihatlarini uzviy bog‗liq 
holda yoritishga qaratilgan. 




Download 1.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling