O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti biznes moliyasi


Download 0.77 Mb.
bet1/216
Sana14.11.2023
Hajmi0.77 Mb.
#1772326
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   216
Bog'liq
Toshkent moliya instituti biznes moliyasi-fayllar.org


Toshkent moliya instituti biznes moliyasi

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
BIZNES MOLIYASI
O‘zbekiston Respublikasi
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
tomonidan o‘quv qo‘llanma sifatida tavsiya etilgan

TOSHKENT
«IQTISOD-MOLIYA»
2019

UO‘K 336:338(075)
KBK 65,290-93ya7
Taqrizchilar: i.f.d. dots. J.X.Ataniyazov;
I.N.Jumayev
S 96 Biznes moliyasi: O„quv qo„llanma / Sh.Sultonov,
Q.Chinqulov, U.G„ofurova, N.Safarova; - T.: «Iqtisod-Moliya», 2019. - 360 b.
O„quv qo„llanma “Biznes moliyasi” fani dasturiga muvofiq yozilgan bo„lib, unda biznes moliyasiga kirish, biznesda moliyaviy qarorlarni qabul qilish asoslari, investitsion baholash usullari, portfel nazariyasi va uning real investitsion qarorlar bilan bog„liqligi, biznesni uzoq muddatli moliyalashtirish uchun mablag„lar manbalari, ikkilamchi kapital bozori (fond bozori) va uning samaradorligi, biznesda kapital qiymati va diskont stavkasini hisoblash, leverej, kapital qiymati va aksiyadorlarning boy (farovon)ligi, dividendiy qarorlar, korporativ restrukturizatsiyalash, startaplarni moliyalashtirish, biznes moliyasining xalqaro jihat (aspekt)lari, kichik biznes moliyasi kabi masalalar talqin qilingan.
Mazkur o„quv qo„llanmaning ayrim boblarini tayyorlashda Toshkent moliya instituti “Moliya” kafedrasi professor-o„qituvchilari M.Po„latova, Sh.Shermuhamedova, Sh.Mannopova, G.Baymuratova, H.Isayevlar bevosita ishtirok etdilar.
Qo„llanma iqtisodiy yo„nalishdagi oliy o„quv yurtlarining talabalari, magistrantlari, ilmiy xodimlari, professor-o„qituvchilari va biznes moliyasi masalalari bilan qiziquvchi barcha o„quvchilarga mo„ljallangan.
UO‘K 336:338(075)
KBK 65,290-93ya7
ISBN 978-9943-13-821-6 © Sh.Sultonov, Q.Chinqulov,
U.G„ofurova, N.Safarova, 2019
© “IQTISOD-MOLIYA”, 2019


KIRISH
Ma‘lumki, mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha ustuvor vazifalarga muvofiq kadrlar tayyorlashning mazmunini tubdan qayta ko‘rib chiqish, xalqaro standartlar darajasida oliy ma‘lumotli mutaxassislar tayyorlashga zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-
apreldagi “Oliy ta'lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2909-sonli qarori hamda 2017-yil 27-iyuldagi “Oliy ma‘lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora- tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3151-sonli qarori qabul qilindi. Mazkur qarorlarda yangi avlod o‘quv adabiyotlarini yaratish va ularni oliy ta‘lim muassasalarining ta‘lim jarayoniga keng tatbiq etish, oliy ta‘lim muassasalarini zamonaviy o‘quv, o‘quv-metodik va ilmiy adabiyotlar bilan ta‘minlash, shu jumladan, eng yangi xorijiy adabiyotlar sotib olish va tarjima qilish, axborot-resurs markazlari fondlarini muntazam yangilab borish, rivojlangan xorijiy davlatlarning eng ilg‘or tajribasini chuqur o‘rgangan holda o‘quv rejalari va fan dasturlari, o‘quv adabiyotlarini xalqaro standartlar asosida zamonaviy, mutlaqo yangi talablar asosida ishlab chiqilishi va bosqichma-bosqich joriy etilishini tashkil qilish ko‘zda tutilgan.
Qo‘lingizdagi ushbu o‘quv qo‘llanma “Biznes moliyasi” fanidan xorijiy adabiyotlar asosida tayyorlangan, mazkur qarorlarning ijrosiga qaratilgan vazifalarning bir in‘ikosi hisoblanadi.
Ushbu o‘quv qo‘llanmada xorijiy mamlakatlar iqtisodiyotining xususiy sektori misolida moliya va investitsiya sohasida qarorlar qabul qilish masalalari ko‘rib o‘tilgan. Moliyaviy qarorlar qabul qilishning har bir bosqichiga tegishli nazariyalar bayon qilingan, so‘ngra esa haqiqiy amaliyot bilan taqqoslangan. Qayerda amaliyot va nazariya bir-biriga mos bo‘lmay qolsa, kitobda ularni “murosaga keltirish”ga va farq qilish sabablarini tushuntrishga harakat qilingan. Kitobda shuningdek, amaliyotda keng qo‘llanilmayotgan ayrim nazariyalarning amaliy ahamiyatiga baho berilgan.
O‘quv qo‘llanma rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyotining xususiy sektoriga bag‘ishlangan bo‘lsada, undagi nazariy qarashlar va amaliy tajriba xohlagan mamlakat, jumladan O‘zbekiston iqtisodiyotining xususiy sektorida tatbiq etilishi mumkin. Bundan tashqari mazkur kitobda iqtisodiyotning davlat sektori tarmoqlariga bevosita aloqador ko‘p masalalar ko‘rilgan.
Kitob o‘quvchilaridan chuqur matematik bilimlarni talab qilmaydi. Biroq, korrelyatsiya, statistik ehtimollar va differensial hisoblar to‘g‘risida birlamchi tasavvurga ega bo‘lsalar foydadan holi emas.
Kitobxonlar har bir bobni qanchalik o‘zlashtirganliklarini baholashlari maqsadida bobning oxirida nazorat savollari shakllantirildi.
Kitobxonlardan —Biznes moliyasi” fanidan o‘zbek tilida adabiyot ilk marta chop etilayotganligini hisobga olishlarini, kitobni takomillashtirish bo‘yicha o‘zlarining fikr-mulohazalarini bayon qilishlarini so‘rab qolamiz. Bildirilgan takliflar kelgusida kitobni mazmun hamda hajm jihatidan takomillashtirilgan holda qayta chop etishda albatta inobatga olinadi.



Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   216




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling