O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat transport universiteti “temir yo‘l transporti muhandisligi” fakulteti


Download 185.49 Kb.
Pdf ko'rish
Sana23.05.2022
Hajmi185.49 Kb.
#694176
Bog'liq
LABORATORIYA ISHI No2(2)
tarix mustaqil ish shayboniyxon, 10-taqdimot, Ўрта аср китоблар маданияти; ривожланиш йўллари, 6 китоб тарихи, No6-Mavzu - uz, 14-15-labaratoriya Jamshid


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA 
MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI 
 
TOSHKENT DAVLAT TRANSPORT UNIVERSITETI 
 
“TEMIR YO‘L TRANSPORTI MUHANDISLIGI” 
FAKULTETI 
 
“TABIIY FANLAR” kafedrasi 
 
 
 
 
 
 
TOSHKENT – 2021
 


LABORATORIYA ISHI №2
 
Anorganik birikmalarning asosiy sinflari: oksidlari, asoslar. 
Ularning nomenklaturasi, olinishi, xossalari va ishlatilishi 
Asboblar va reaktivlar: 1. Shisha kosa; 2. Na metalli; 3. Probirkalar; 4. 
H
2
O; 5. Kipp apparati; 6. Probirkalar; 7. CaCO
3

8. HCl; 9. HNO
3
; 10. Sn metalli; 11. NaOH. 
Ishdan maqsad: Оksid, asoslar, kislota hamda tuzlarning olinishi va 
xossalarini tajriba yordamida ko‘rish.
Ishni bajarish: Metall oksidini olish. 
Yuzasi katta bo‘lgan shisha kosa olinadi va shu kosa ichiga Na metalli 
bo‘lakchasi qirqib solinadi va bo‘lakcha yuza qismining rangi va holati 
o‘zgarishi kuzatiladi. Havo kislorodi natijasida natriy metalli natriy oksidga 
aylanadi. Reaksiya tenglamasini yozing va oksid hosil bo‘lish jarayonini 
tushuntiring. 
Metall gidrooksidini olish. 
Yuqorida hosil bo‘lgan metall oksidining ustiga ko‘p miqdorda suv 
solinadi va shiddatli reaksiya kechayotganligi kuzatiladi. 
Nima sababdan reaksiya shiddatli kechadi, sababini izohlab bering. 
Kalsiy oksidi yordamida so‘ndirilgan ohak hosil qilish.
Probirkaga 2-3 gr kalsiy oksidi solinadi va ustiga suv quyilib yaxshilab 
chayqatiladi. Kalsiy oksidi suvda yaxshi eriganligi sababli oq rangli eritma 
hosil bo‘ladi. Reaksiya tenglamasini yozing. 
Kipp apparati yordamida kislotali oksid hosil qilish. 
Buning uchun Kipp apparati orqali probirka CO
2
gazi bilan to‘lganligini 
isbotlash maqsadida gugurt chaqib, probirkaga yaqinlashtiriladi, gugurt 
o‘chib qoladi, demak, probirka CO
2
gazi bilan to‘lgan bo‘ladi. Kipp 
apparatida kechayotgan jarayonni tushuntiring va hosil bo‘lgan CO

gazining 
qanday guruhga taalluqligini ayting. 
CaCO
3
 + HCl = CaCl
2
 + H
2
O + CO
2
 
Karbonat kislotasini hosil qilish.
Yuqorida probirkada hosil qilingan gazni suv bilan reaksiyaga kiritib, 
karbonat kislotasini olamiz. 
CO
2
 + H
2
O = H
2
CO
3
 
Karbonat kislota qaysi guruxga kirishini izohlab bering. 
Stannit kislota hosil qilish. 
Probirkaga qalay solinadi va ehtiyotkorlik bilan konsentratsiyalangan 
nitrat kislota eritmasi quyiladi, natijada qiyin eriydigan stannit kislota hosil 
bo‘ladi. 
Sn + 4HNO
3
 = H
2
SnO
3
 + 4NO
2
 + H
2

 
 


Qalay oksidining amfoterligini ko‘rsatish. 
Qalay (II) oksidi kislotalarda va ishqorlarda yaxshi eriydi, chunki u 
amfoterlik xossasiga ega. Shu sababli 2 ta probirka olib, ularga qalay 
metallini solamiz. Ikkinchi probirkaga natriy ishqori eritmasidan solib 
kuzatamiz. 2 ta probirkada ham reaksiya kechadi. Buning sababini 
tushuntiring va reaksiyalar tenglamasini yozing. 
 
SnO + 8HNO
3
 = Sn(OH)
2
 + 2NO
2
 + 4H
2

SnO + 2NaOH = Na
2
SnO
2
 + H
2

Nazorat savollari 
1. Oksid nima? 
2. Amfoter oksidlar deb qanday oksidlarga aytiladi? 
3. Asosli oksidlar deb qanday oksidlarga aytiladi? 
4. Qaysi metallarning oksidlari amfoter xususiyatga ega? Bu oksidlarning 
formulalarini yozing. 
5. Qanday birikmalar asos deb ataladi? 
6. O‘yuvchi ishqorlar nima? 
7. Kislotalar deb qanday moddalarga aytiladi? 
8. Kislotalar necha xil bo‘ladi? 
9. Kislotalar qanday ionlarga parchalanadi?,
10. Qanday moddalar tuz deb ataladi? 
11. Tuzlar necha xil bo‘ladi? 

Download 185.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling