O`zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti yapon filologiyasi kafedrasi


Download 288 Kb.
Pdf ko'rish
Sana20.05.2020
Hajmi288 Kb.
#108179
Bog'liq
yaponiya madaniyati


 



O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM 



VAZIRLIGI 

 

TOSHKENT DAVLAT SHARQSHUNOSLIK INSTITUTI  

 

YAPON FILOLOGIYASI KAFEDRASI 

 

 



 

 

 



Yaponiya madaniyati‖ 

 

mavzusida yozilgan 



 

 

REFERATI 

 

 

 



 

 

 



Bajardi: Yoqubov U. 

 

                                       Ilmiy rahbar:  Ismatullayeva N.                 



 

 

 



 

 

 



Toshkent – 2014

 



 



Reja 

 

Kirish                                                                                                                          2                                  



1.

 

Yaponiya madaniyati yozuvdan oldingi boshqich.                                                3 



2. Qisqacha tarixiy  ma'lumot                                                                                    7                   

3. Yaponiyaliklarning urf-odati                                                                                 9 

4. Yaponiyaning madaniyatining eng yorqin namunalari                                         11                   

5. Zamonaviy Yaponiyada din                                                                                  15 

 

Xulosa                                                                                                                       16                         



 

Adabiyotlar ro‗yxati                                                                                                 16 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 



 



Kirish 

Yaponiya  madaniyati  nafaqat  Dunyo  madaniyatlari  orasida,  balki  Osiyo 

halqlari  madaniyatlari  orasida  ham  o  ‗ziga  xosligi  bilan  betakror  ko‗rinishi  bilan 

ajralib turadi. U 10-11 asrlardan boshlab uzluksiz rivojlanib kelgan.17asrdan to 19 

asrgacha  ajnabiylar  uchun  yopiq  bo‘lgan.(  Faqatgina  Xitoy  va  Niderlandi 

mamlakatlari  bilan  aloqalar  davom  etgan.)Aynan  mamlakatning  shunday 

izolyatsiya paytida Yaponiyaning milliy o‗ziga xoslilik ijodiy rivojlanishiga turtki 

bo‘ldi. Bir necha asrlardan keyin, Yaponiya Dunyo  mamalakatlariga ochilgandan 

keyin,o‗zining  boy  madaniyati    bilan  dunyoni  hayratga  solib,  Yevropa 

rassomchiligi, me‘morchiligi va adabiyotiga o‘zini ta‘sirini o‗tkazmasdan qolmadi.  

Yaponiya  sivilizaciyasi  qiyin  va  turli  paytlarda  sodir  bo‗lgan  etnik 

kontaktlar 

natijasida 

shakllangan. 

Yapon 

xalqining 



dunyoqarashi 

va 


psixologiyasining shakkanishiga xar doim tabiiy ofatlardan ogoh bo‗lib yashash va 

ishlov  beriladigan  yerlarning  kamligi  va  uning  qimmatbaholigini  anglagan  hayot 

tarzi katta ta ‗sir ko‗rsatgan. Yaponiya madaniyati xind va xitoy madaniyatlaridan 

farqli o‗laroq, o ‗rta asrlarda shakillanishni boshlagani uchun   unga dinamizm va 

tashqi ta‘sirlarga ta‘sirchanligi xos bo‗lgan. 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


 



Yaponiya madaniyati yozuvdan oldingi boshqich. 

Zamonaviy  arheologik  topilmalar  yaponiyada birinchi odam  qoldirgan  izini 

topilgan  vaqtni  yanada  uzoq  vaqtlarga  davrlarga  surib  bormoqda.  Yaponiyaning 

poleolik davri yaqin-yaqingacha zamonaviy tadqiqotchilar uchun hazillik tuyulgan 

bulsa,  yapon  olimlari  uchun  bu  haqiqat  ekanligi  o`tkazilgan  tadqiqotlar  natijasida 

aniqlanmoqda. (vasilevskiy I.D.R 1982 yil 3-4 betlar). 

      Qadimgi  qabilalar  aholi  yashaydigan  joyda  yapon  orollari  Osiyo  materikning 

bir  qismi  bo`lgan.  U  yerda  yashagan  qabilalar  u  yerga  sharq  ,  janubiy  sharq, 

Shimoliy osiyo rayonlaridan kelgan bo`lib bu yerda qolib ketishgan. Ba`zilari esa 

ketishgan. 10 000  yil  oldin  yaponiya  orollariga  ikki  hil  qabilalar  ko`cha  boshladi. 

Bu boshida PROTO-AYNLAR qabilalari keyinchalik esa Avstroneziya qabilalari, 

ular  janubiy  sharqiy  osiyoning  kengliklariga  joylashib  u  yerda  qabilalar 

madaniyatini 

yo`qotmasdan 

o`zlarining 

madaniyatlari 

mavjud 


bo`lgan 

madaniyatga  qo`shib  bordilar.  Poleolit  davrining  minginchi  yillarida  va  Neolid 

davrida  ham  bir  madaniyat  boshqa  madaniyat  bilan  almashinib,  o`zining  azaliy 

hususiyatlarini  yo`qotmangan  edi.  Ya`ni  birinchi  ko`chmanchilar  kelgan  yerlarni 

madaniyat  bilan  yaponiya  orollarida  madanyat  o`hshash  edi.  Yaponiya  orollarida 

asta  sekin  keramika  o`ymakorligi  madaniyati  vujudga  kela  boshladi.  Fanda  u 

DZYOMAN (arqonli naqsh) nomi bilan ataladi. Miloddan avvalgi IV – III asrlarda 

KYU SHU orolining shimoliga va Honshyu orolining janubi g`arbiga korea yarim 

orolidan  PROTO  yapon  qabilalar  ko`cha  boshladi.  Ular  o`zlari  bilan  uy 

hayvonlarini guruch hamda qurg`oshin hamda bronza yasash sirlarini olib keldilar.  

      Miloddan  avvalgi  III  asrda  yaponiya  orollarida  Yangi  Bronza  madaniyati 

tarqala  boshladi.  (yayoy  madaniyati)  bu  davrda  marosimlar  uchun  boronzadan 

qilingan  qilich  va  o`qlar,  10  tadan  yasalgan  oyna  va  qo`ng`iroqlar  tayyorlana 

boshladi.  

      Yapon tilini paydo bo`lishida xitoy – tibet tillarining ta`siri . 

      Qadimgi  xitoy  dunyodagi  eng  qadimgi  sivilizatsiyalaridan  hisoblanadi.  U 

dunyodagi barcha xalqlar madaniyatiga hususan Evropa, Osiyo, Hindiston va h.z. 

kuchli  ta`sir  ko`rsatgan.  Sharqda  yaponiya  va  koreaga  ta`siri  behisob.  Tarixda 

yapon tili filologiyasi xitoy yozuvining juda katta ta`siri asosida paydo bo`lganligi 

ta`kidlanadi.  Aniqlanishicha,  xitoy  irogliflari  yaponiyada  tarqalgungacha 



 

yaponiyada  koreaning  o`z  yozuvi  bo`lmagan.  Yaponiyada  yozuvning  paydo 



bo`lishi  V  asrning  boshlariga  borib  taqaladi.  Buni  arheologik qazilma  (Funayama 

qo`rg`onida topilgan yozuv asoslaydi. Kumomoto prefekturasida topilgan. Kyu syu 

oroli)  ―kimki  ushbu  hanjarni  olib  yursa  unga  uzoq  umr,  ko`p  farzand  va  ko`p 

nabiralar  in`om  etiladi‖  deb  yozilgan.  Aytilishicha  o`sha  zamonlarda  o`yib 

yozilgan  yozuvi  bor  narsaning  qandaydir  ilohiy  kuchi  mavjud  deb  ishonilgan. 

Keyinchalik  bunday  qarash  umuman  matnga  yozuvga  nisbatan  mavjud  bo`lgan. 

Yozuv  birinchi  bor  shox  saroyidagi  zodagonlar  orasida  tarqalagan.  Soliq  hisob  – 

kitobi xitoy tilida olib borilgan. Yaponiyaning eng qadimgi yozma yodgorliklarida 

ta`kidlanishicha,  yapon  tiliga  xitoy  irogliflarini  kirib  kelishi  VII  asrda  tugatiladi. 

Taqqoslab  ko`raylik:  eng  qadimgi  xitoy  yozma  yodgorliklarida  ko`rsatilishicha, 

xitoy  irogliflariga  asoslangan  yozuv  eramizdan  oldingi  ming  yilliklarda  paydo 

bo`lgan. Iroglif – bu shunday belgiki bu tovushni emas balki bir nechta tovushninig 

birligini  va  ushbu  tovushlar  birligida  hosil  bo`ladigan  ma`noni  anglatadi.  Xitoy 

irogliflarining harakteristikasi quyidagicha: 

A. o`zining grafik shakli mavjud. 

B.  aniq  talaffuzga  (tovushga)  ega,  ya`ni  qaysi  yozuvda  u  yoki  bu  iroglif 

qullanishiga qarab unga talaffuz beriladi.  

C. ma`noga ega ya`ni u yoki bu talaffuz orqali belgiga ma`no beriladi. 

      Xitoy irogliflari xitoyda bir talaffuz ya`ni bir o`qilishiga ega. Koreada ham bir 

o`qilishga  ega.  Yaponiyda  esa  ikki  yoki  undan  ortiq  o`qilishiga  ega.    Iroglif 

o`qilishi turli mamlakatlar yozuvida turli xil lekin leksik ma`nosi ko`pincha bir xil 

masalan: 

火 

Xo



 (xitoy tilida)  

Xwa (korea tilida) 

Xi,ka (yapon tilida) 

      Xitoy  belgilarini  yapon  yozuviga  o`zlashtirish  yapon  matnlarini  fiksaksiya 

qilish  uchun  qilingan  va  bu  belgilarni  o`zlashtirish  o`z  matnlarga  moslashtirib 

o`zlashtirilgan.  

      Xitoy  irogliflari  ko`r-ko`rona  emas,  balki  ular  yapon  fonetikasini  Grammatik 

qurilishini belgida  aks  ettirishi  uchun  hizmat  qilishi kerak  edi.  Yapon  yozuvining 



 

paydo  bo`lishi  ikki  prinsipning  qarama-qarshi  turishi  bilan  harakterlanadi.  Bu 



ideografik  va  fonetik  prinsiplaridir.  Bir  qator  irogliflarning  grafik  qisqartilrilishi 

asosida  yapon  fonetik  bo`g`inli  alifbo  ya`ni  ―kani‖  paydo  bo`ldi.  Arheologik 

qazilmalariga  qaraganda  kani  VI  asr  ohirlarida  paydo  bo`lgan.  Arheologlar 

g`ishtda  ―  katakana‖  da  yozilgan  belgilarni  aniqlashdi.  Xitoy  yozuvlarining 

yaponiyaga tarqalishi kanfutsi ta`limoti bilan bog`liq. (VI asrlarda tarqalgan hamda 

V asrda buddizm ham tarqalganligi haqida ma`lumotlar mavjud.  

      Buddizm  o`zi  bilan  o`z  madaniyatini  ham  olib  keldi.  Uning  ta`siri  ―litra‖ 

arhetekturasiga ham ta`sir o`tkazdi. Ikki asr mobaynida (IX – X asrlar) yaponiyda 

sanskritni o`rganish davom etdi. Va ayniqsa uning fonetikasi va bu yapon alfaviti 

(五十音ごじゅうおん)

go‘jyuo‘n  deb  aytishadi.    五十音    Harflari 

joylashishiga o`z ta`sirini ko`rsatdi, bu tartib ikkinchi tilning klassifikatsiyasini aks 

ettiradi.  Yaponiyada  xitoy  irogliflarida  ko`p  asrlar  mobaynida  yaponiyada  o`z 

irogliflari  ixtiro  qilinishiga  olib  keldi.  Yaponlar  o`zi  yaratgan  irogliflar  

kokuji(国字こくじ)    ular  yuzdan  ortiqroq.  Bu  irogliflar  xitoy  irogliflarining 

grafikasidan  olingan,  xitoy  irogliflarini  o`zlashtirish  yapon  tiliga  ham  katta  ta`sir 

o`tkazdi.  Irogliflar  bilan  birga  xitoy  tilining  so`zlari  ilsizmorfemalar  yapon  tilida 

talaffuz  me`yorlariga  asoslangan,  o`qilishini  noqulayligini  o`zgartirish  va  h.z. 

bunday  xitoy  leksik  elementlardan  yaponlar  yangi  so`zlarni  yasashni  boshladilar. 

Xitoy leksik yoki marfinik elementlaridan yapon tiliga kirib keldi. Bunday so`zlar  

o‘n  (音)  deb,  ataladi.  Va  bir  nechta  o‘n    lardan  tashkil  topgan  so`zlar 

kango(漢語)  deb  ataladi.  Va  ular  xitoy  tili  o`zlashtirmalari  yoki  yaponlarning 

o`zlarining  irogliflarining  birligidan  tashkil  topganini  ahamiyati  yo`q.  zamonaviy 

yapon  tilida  kango  yapon  tili  leksikasining  yarmini  tashkil  etadi.  Yaponiya  tarixi 

haqidagi  ma`lumotlarni biz xitoy  manbalardan  topishimiz  mumkin. Ular quyidagi 

xitoy manbalarda  uchraydi. Eng erta materiallar tsyan – Han – shu. Bu davrda eng 

birinchi  yaponiya  haqidagi  eslatma  aytib  o`tilgan.  Bu  eslatma  eramizdan  avvalgi 

birinchi  asrdagi  yaponiyaga  ta`luqli.  Ba`zi  bir  ma`lumotlar  shuningdek  Hou-Han-

shu ikkinchi Han davrining tarixida o`z aksini topgan. Bu eslatma yaponiyaning I 

va II asrlarga ta`luqlidir.  



 

      Uchinchi  xitoy  manbaasi  bu  Veychji.  Bu  Vey  qirolligi  tarixi  haqidadir.  Bu 



tarixda alohida ―Vajen‖ yaponiyaliklar haqida alohida bob mavjud. Bu yaponiyani 

eng to`liq  tasvirlagan xitoy manbaasidir va u eng ishonchliligi bilan  ajralib turadi.  

      Keyingisi Sun-shu xitoydagi V asrda mavjud bo`lgan Sun qirolligi tarixi. ―Sun 

qirolligi tarixi‖ yaponiyaning V asri haqidagi eslatmalarini o`z ichiga oladi. Mana 

shunday  yo`l  bilan  xitoy  manbalari  yaponiyaning  I  asridan  to  bizning 

davrimizgacha ma`lumot beradi.   

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 



...  Uzoqdan  bizning  mamlakatga  ...  Konfutsiy,  Men-dzi,  Djuan-dzi...  Xitoy  allomalari,  dao  ta’limotidan 



tashqari,  ipak...,yashma..va-  bulardan  ham  qimmatliroq  narsa-iyerogliflar  kirib  keldi.  Iyerogliflar  bizning  ustimizdan 

emas, biz iyerogliflarning ustidan g’alaba qozondik... Aks holda bizning tilimiz xitoy tili bo ‘lib qolar edi... Biz nafaqat 

iyerogliflarning  ustidan  g’alaba  qozondik.  Bizning  nafasimiz,  dengiz  shamoli  kabi,  Konfutsiy,  Lao-dzi  ta’limotlarini 

yumshatdi. Buddan ham bundan ist’esno bo ‘lmadi. Bizning kuchimiz buzib, vayron qilishda emas. Bizning kuchimiz 

 o ‘zgartirishda... 

 Akutagawa Ryunoske (1892-1927) 

2. Qisqacha tarixiy ma’lumot. 

Endi  Yaponiya  tarixi  haqida  qisqacha  ma‘lumot  berib  o  ‗tamiz.  Chunki 

nazarimizda tarix va madaniyat o ‗zaro chambarchas bog‘liq. Yaponiya arxipelagi  

10000 yil avval xozirgi k o‗rinishga ega bo‗lgan. 

Keyingi 8000 yil davomida Yomon erasi davom etgan. U davrda  ilk ovch-

yig‘uvchilar yashaganlar. Keyinchalik ular bir qabilani shakillantirishgan.  

Guruchni yetishtirish  Yevroosiyodan  eramizdan avvalgi 300 yilda Yayoy 

davrida  kirib  kelgan.  Yaponiyaning  milliy  shakllanishi  Yamato  davrida,  ya‘ni 

eramizning 3  chi asrlarga to‗g‘ri  keladi, deb hisoblanadi.    Aytishlariga  qaraganda 

Yaponiya  imperiyasi  eramizdan  avvalgi  660  yilda,  Yaponiyaning  birinchi 

imperatori  Dzimmu  taxtga  o‘tirganida  paydo  bo‘lgan.    Birinchi  ming  yillik  ( 

eramizdan  avvalgi  660  yildan  xozirgi  davrga  qadar)  Yaponiya  Koreya  va  Xitoy 

ta‘sirida  rivojlangan,  ular  Yaponiyaga  nisbatan  yuqoriroq  rivojlangan 

civilizatsiyaga ega bo‗lishgan. 

  604 yilda shaxzoda Shotoku birinchi Konstitusiyani qabul qilgan. 7 asrda 

Koreyadan  Yaponiyaga  buddizm  kirib  kelgan.  Natijada  buddizm  davlat  diniga 

aylandi.    Sakkizinchi  asrda  (  Nara  davrida)  Yaponiyaning  birinchi  poytaxti  Nara 

shahri  bo‗ldi,  keyinchalik  Kyoto  shahri  bo‗ldi.    XII  asrdan  to  XIX  asrgacha 

mamlakatni  xarbiy  sinf,  ya‘ni  samuraylar  boshqardi.    XII  asrdan  mamlakatda 

xarbiy tartib o‗rnatilindi. Mamlakatni Syogunlar boshqardi. 

 XV asrda Yaponiyada xalq urishi boshlandi. U urush 100 yil davom etdi.   

XVII  asrlarda  xokimiyat  tepasiga  Tokugava  Iyeyasu  kelib,  mamalakatning 

200yillik  izolyatsiyasi  (  yopilishini)  e‘lon  qildi.  Unda  o‘zaro  aloqalar  Xitoy  va 

Niderlandi bilan davom etgan. 

Lekin  1853  yilda  amerikalik  komandor  Mettyu  Perri  kelishi  bilan 

Yaponiyaning Amerika va Yevropa  bilan aloqalari yaxshilanishni boshladi.  

Yaponiyani  syogunlar  tomonidan  boshqarilishi  1867  yilgacha  davom 


 

etgan.  U  Yaponiyaning  ohirgi  syoguni  Tokugava  Yoshinobu  o‗z  xokimiyatini  



Matsuxito (Meidzi)ga topshirdi.  XVI-XVIIasrlarda portugaliyalik va gollandiyalik 

savdogarlar Yaponiya bilan bir qancha aloqalari bo‗lgan bo‗lsada, bu aloqalar juda 

sust bo‗lib, XIX asrning o‗rtalarigacha AQSH Yaponiya bilan bitim imzolagunga 

qadar Yaponiya butun dunyo uchun deyarni  umuman  yopiq bo‗lgan.   

 XIX  asrning  oxiri    ХХ  asrga  qadar    Yaponiya    bir  qancha  urushlarda 

qatnashib, natijada  1910 yilda Tayvan oroli, Saxalin orollarning yarmi va Koreya 

orollarini o‗ziga qo‗shib oldi. Birinchi Jaxon urushi tugaganidan so‗ng Yaponiyaga 

Germaniyaga  taaluqli  Tinch  okeanidagi    orollarini  qo‗lga  kiritdi.  30-chi  yillarda 

Yaponiya  Xitoy  va  Sobiq  Sovet  mamlakatlari  bilan  joylarda  urush  olib  borgan.  

Ikkinchi  jahon  urishi  Yaponiya  imperatorligi  Amerikani  xarbiy  bazasini  Perl-

Xarborni  7-dekabr1947  yilda  bosib  oldi.    Urush  natijasida  yapon  xarbiylari 

Fransiya va Angliya okkupasiyasidagi Janubiy-Sharqiy Osiyo koloniyalarini tortib 

oldi.  1945  yilda  Yaponiya  urushda  mag‘lub  bo‗lib  1947  yil  3  mayda  Yaponiya 

muntazam xarbiy qismiga ega bo‗lish xuquqidan mahrum bo‗lib, imperator esa o‗z 

xokimiyatini parlamentga topshirdi.  Hozirgi paytga kelib Yaponiyaning Amerika 

qo‗shma shtatlari savdo sotiq va xarbiy masalalar bo‗yicha bir qancha keskinlashib 

bormoqda.  Rossiya  bilan  ham,  Kuril  orolari  borasida  bir  oz  tushunmovchiliklar 

davom etmoqda. 

Yaponiya  xozirgi  kunda    ham  iqtisodiy,  ham  madaniy  tomondan  yuqori 

rivojlangan mamlakatdir. Quyida Yaponiyaning tarixiy davrlari keltirib o‗tilgan: 



Yaponiya tarixining asosiy davrlari 

Paleolit 

Eramizdan avvalgi 8 000yillargacha 

Yomon 


eramizdan  avvalgi    8  000dan  —

eramizdan avvalgi 300gacha 

Yayoy 

eramizdan  avvalgi    300    —eramizning 



300 yillari 

Yamato 


eramizning300  — 593gacha 

Asuka 


593 — 710 

Nara 


710 —794 

Xeiyan 


794 — 1192 

 

10 


Kamakura 

1192 — 1338 

Muromachi 

1338 — 1573 

Adzuchi-Momoyama 

1573 — 1600 

Edo 

1600 — 1868 



Meydzi 

1868 — 1912 

Taishyo 

1912 — 1926 

Shoya 

1926 — 1989 



Xeysei 

1989 —  


 

3. Yaponiyaliklarning  urf-odati. 

Xalq  madaniyati  haqida    ko‗pda  uninig  urf-odati  gapiradi.  Yaponlar- 

xushmuomala  va  bosiq  odalmar.  Ahloq  meyyorlari  ular  uchun  juda  muhim, 

hususan, boshqa halqlar uchun ham muhim bo‗lgani kabi. 

Yaponlar sizdan ular odatlariga rioya etishingizni kutishmaydi, lekin bunga 

ahamiyat bersangiz va rioya qilsangiz sizdan juda minnatdor bo‗lishadi. 

Lekin ular sizdan kutayotgan narsalar juda oddiy va hamma halqlar uchun 

tabiiy ahloq meyyorlari, 

 masalan: 

  Uchrasuv haqida oldindan kelishish ( Aynan hozir qabul qilib, siz bilan 



gaplashishni talab qilmaslik).  

  Kelishilgan  vaqda,  kechga  qolmasdan  kelish.  (  Bu  masalada  yaponlar 



juda talabchan).  

  Agar siz oldindan taklif qilingan joyga borolmay qolsangiz, albatta bu 



haqda habar berib, aytib qo‗yishingiz zarur.  

 



Agar qo‗ng‘iroq qishish paytida boshqa joyga tushib qolsangiz, albatta 

kechirim so‘rash lozim.  

 

Uchrasuv  yoki  majlis  paynida  faqatgina  o‗zingiz  gapirmasdan 



boshqalarga ham so‗z navbatini berishingiz lozim. 

 



Boshqalarning  vaqti  haqida    ham  o‗ylab,  uchrashuvingiz  samarali 

o‗tishiga harakat qiling.   

 

Agar  yaponlarning  biri  ishingizda  yoki  o‗zingizga  yordam  bergan 



 

11 


bo‗lsa albatta unga minnatdorchiligingizni bildiring. 

Shunga qaramasdan, yaponlar ahloqida o‗ziga hosliklari ham ko‗rinadi.  

1.  Yaponiyada  uchrashganda  bosh  egish  odati  hozirgi  zamonda  ham 

saqlanib  qolgan  bo‘lib,  ular  sizdan  buni  kutishmasada,  ular  bilan  uchrashganda 

bosh egib qo ‗ysangiz ayni muddao bo‗ladi.  

2.  Yaponlar xonadonida ham, majlislar zalida ham, eng ulug‗ (yuqori) joy, 

eshikdan  eng  uzoq  joy  (  tokonomaning  oldi)  hisoblanadi.  Agarda  obro‗li 

mehmon,kamtarlik  qilib  yuqoriga  o‗tirishdan  bosh  tortsa  ham,  yuqori  mehmon 

o‗rniga  o‗tirmaganingiz  ma‗qul.  Shunda  siz  hurmatga  sazovor  bo‗lasiz.Agar 

e‘zozli  mehmon  kechga  qolgan  taqdirda,  kelishi  bilan  hamma  o‗rnidan  turishi 

kerak.  

3.  Shunday  fikr  borki,  yaponlar  majlislarda  kam  qaror  chiqarishadi,  deb. 

Qaror chiqarishdan oldin yaponlar chuqur taxlil qilishadi. Lekin qaror qilingandan 

keyin uning ijrosini nihoyatda tezlik bilan amalga oshirishadi. Qaror chiqargandan 

keyin  yaponlar  albatta  o‗zining  qarori  haqida  sizga  habar  beradi.  Agarda  aniq 

javob  berilmasa,  demak,  hali  aniq  qaror  yo‗q.  Agar  yapon  bergan  javobini 

tushunmasangiz, albatta qaytadan so‘rang. 

4.  Yaponliklarning  uylari  odatda  kichik  va  tor  bo‗lib,  shahardan  uzoqda 

joylashgan.  Shuning  uchun  ular  mehmonlarni  uyiga  emas,  restoranlarga  taklif 

qilishadi. Sovg‘a berayotgan paytingizda, ―arzimasa ham‖, degan gaplarni gapirib 

bersangiz yahshi. Mehmonlar kelishsa, albatta ularga dasturhon yoziladi. 

Agarda  sizlarni  yaponcha  restoranga  taklif  qilishsa,  siz  bir  oz 

qiynalishingiz mumkin.Shunda yaponlar albatta sizga yordam berishadi. Masalan, 

oyoq  kiyimni  qayerda  yechish  va  qay  tarzda  qo‗yish  kerakligini  tushuntirib 

berishadi.  Yerga  o‗tirish  tartib  qoidasini,  agarda  yerda  o‗tira  olmasa,  kichik  stul 

olib kelib berishadi. 

Erkak va ayyollarni o‗tirish tartibini ham inobatga olish kerak bo‗ladi. Ular 

xushmuomalik bilan sizga tushunmaganlaringizni tushuntirib berishadi. 

5.    Agar  sizga  biror  ichimlik  taklif  etishsa,  unda,  stakaningizni  bir  oz 

ko‗tarib,  uni  to‗ldirib  bermagunlariga  qadar  uchlab  turishingiz  kerak.  Siz  ham 

huddi  shunday  taklifni  qo‗shnilaringizga  qilishingiz  tavsiya  etiladi.    Stolda 

tayoqchalardan foydalansangiz, quyidagi narsalardan ehtiyot bo‗lishingiz kerak: 



 

12 


 

larni  bir  birining    ustiga  qo‗yish  yoki,guruchning  ichuga  sanchish 



mumkin emas.( bu ularda o‗lim ma‘nosini anglatadi);  

  ovqatni tarelkaning ichida surish va stolda tarelkalarni surush mumkin 



emas;  

 



tayoqchalarni  qo‗lda  ushlab  turib  silkitmoq  va  odamga  qarab  paxsa 

qilish mumkin emas. 

Choy  marosimi,  ―tyanoyu‖  Yaponiyaning  noyob  madaniyatlaridan  biri. U 

matcha  (  ko‘k  choy)  ni  damlashni  va  taklif  etish  marosimi  hisoblanadi.  Choy 

Yaponiyaga taxminan  VIII asrlarda olib kelingan, lekin keng omma orasida qabul 

qilinmagan.  XII  asrlargacha.      XIV  asrga  kelib  choy  damlash  va  uni  boshqalarga 

taklif  qilish  oliy  tabaqali  zadagonlar  davrasida  mashxur  bo‘lishni  bo‘shlagan. 

Ushbu  marosimni  o‘tkazishda    Xitoy  san‘at  asarlarini  va  hunarasarlarini 

bahramand bo‘lish uchun ―syoin‖lar xonalarida uyushtirilgan . U yerdagi sharoin 

shunga mos, tinch va osuda bo‘lgan. 

Samuraylar  xayotini  nazorat  qilgan  urf-  odatlar  va  qarashlar  ta‘sirida 

bunday  choy  marosimlarda  qatnashuvchilarga  rioya  qilishga  majbur  bo‘lgan  

qonun-qoidalar  va  majburiyatlar  shakllandi.    Shunday  qilib  choy  marosimi  paydo 

bo‗ldi.  Choy  marosimining  xozirgi  shakli  XVI  asr  oxirida  Momoyama  davrining 

choy marosimi ustasi Sen-no Rikyu tomonidan kiritilgan.  

Choy marosimi oddiygina choydan bahraman do‘lish marosimi bo‘libgina 

qolmay,  u  budda  ―dzen‖  sektasining  ta‘sirida    shakillangan  bo‘lib,  bu  marosim 

orqali inson ruhi tozalanib, tabiat bilan birlashib ketish uning asosiy maqsadi edi. 



4.Yaponiya madaniyatining eng yorqin namunalari. 

  No  teatrining  dramaturgiyasi.  XIV  asr  oxiri  XV  asr  boshlarida  musiqa,  raqs, 

dramatik harakatlardan iborat Noo teatri vujudga kelgan. U yokyoku nomini olgan. 

Yokyoku  adabiy  asari  ritmik  proza,  she‘r,  notiqlik  va  maishiy  muloqat  nutqidan 

tashkil  topadi.  Demak,  bu  pyesalarda  sahnada  sodir  bo‘layotgan  harakatlarni 

o‘zining xissiyotlarini aktiv ifodalash uchun xorga joy ajratiladi va kelib chiqishiga 

baho  beriladi.  Yokyoku  pyesasi  o‘tkir  ziddiyatlar  asosida  qurilib  shaxs  va  taqdir 

mavzulari  ko‘riladi.  Tarixiy  xronika  va  adabiy  asarlarda  qissa  va  afsonalarga 

o‘xshash  sujetlardan  foydalaniladi.  Noo  teatrining  repertuarlaridagi  ko‘pgina 

pyesalar  XIV  asrning  ikkinchi  yarmi  va  XV  asr  boshlarida  yozilgan.  Yokyoku 


 

13 


pyesasining  taniqli  avtorlari  Kanami  va  uning  o‘g‘li  Dzeami  bo‘lishgan.  Pyesalar 

ichida  eng  taniqlilari:  ―Matsukadzyo‖,  ―Xagoromo‖,  ―Yasima‖,  ―Sumidagava‖, 

―Ataka‖.  Yokyokuning  pyesalari  deklamatsiya  (badiiy  asarni  chiroyli,  ta‘sirchan 

qilib  o‘qish  san‘ati)ning  musiqiy  xarakteriga  aloqador  intonatsiya,  niqoblar, 

kostyumlar, rekvizitlar va boshqalar avtorning ko‘rsatmasiga binoan tuziladi. Noo 

teatrida bosgqa dramatik shakllardan han foydalaniladi masalan, kyogen- unchalik 

katta bo‘lmagan kulgili asar, fars (yengi, sho‘x ba‘zan beadab kichik pyesa) bilan 

o‘xshash katta pyesalar orasida ijro etiladi. Kyogen pyesasida Yaponiyaning XV-

XVI  asrlardagi  turli  jamiyatlarga  xos  bo‘lgan  hayotini  realistik  ko‘rsatadi.  Bu 

pyesaning  maishiy  sujetlari  oddiy  so‘zlashuv  tilida  yozilgan.  Noo  teatrining 

yokyoku  va  kyogen  spektakllari  birgalikda  katta  tematik  va  har  xil  usullarda 

spektakl  qo‘yishga  imkon  beradi.  Kyogenning  qarama-qarshi  maishiy  diologlari 

yokyokuning  nafis  she‘riyati  bilan  mos  keladi.  XVI  asr  oxirlarigacha  kyogen 

o‘qituvchilardan o‘quvchilarga og‘zaki yetib kelgan.  Matnlar tez-tez o‘zgartirilgan 

va  ayrim  ijrolar  uchun  moslashtirilgan.  XVII  asr  oxirlarida  kyogenning 

sepektaklga tegishli  mulohazali fikrlar va izohli matnlar paydo bo‘ldi. Zamonaviy 

yapon  teatrlarida  kyogen  matnlarining  anchasini  ishlab  chiqqan  avtorlardan 

ko‘plari ma‘lum emas.  

    XVI  asrda  dzyoruri-  qo‘g‘irchoq  teatri  paydo  bo‘ldi.yapon  dramaturgiyasining 

bu  turi  asosida  –  xalqning  qadimgi  ertak-qo‘shiqlari,  qo‘g‘irchoq  teatrining 

an‘anaviy spektakllari bilan XVI asrda qo‘shilgan va o‘ziga xos musiqa ohangiga 

ega bo‘lgan. Dzyorurida qissaga oid shakllar saqlanib qolgan. Dzyoruri matnlarida 

hikoyachining personajdagi e‘tirozlarini va so‘zlarini ayrim hollarda ajratish qiyin. 

XVII  asr  oxirida  dzyorurini  dramalashtitish  an‘analari  paydo  bo‘ldi.  Matnda 

ko‘rsatilayotgan  shaxsning  xarakterlarini  ko‘rsatib  beradigan  aniq  dramatic 

shakllar  bo‘lgan.  Yirik  yapon  dramaturgi  Tikamatsu  Mondzaemon  o‘zining 

ko‘pgina (140) pyesasini dzyururi shaklida yozgan (―Kokusenya kassen‖, ―Xeyke 

Nyogo-ga  sima‖  va  boshqalar).  Dzyorurining  shakli  Kabuki  teatridan  ko‘pgina 

narsalarni o‘zlashtirib olgan.  

Kabuki  teatrining  dramaturgiyasi.  XVII  asrning  ikkinchi  yarmida  paydo  bo‘lib, 

spektakllari  raqs  sahnalari  va  matnlardan  tuzilgan.  Senariyda  berilgan  sujetlar 

asosida  yetakchi  aktyorlar  o‘zlari  uchun  matnlar  yozardilar  va  improvizatsiya 


 

14 


jarayonida ko‘p hollarda o‘zgartirar edilar. XVII asrning oxirlarida pardali pyesalar 

yozildi,  professional  dramaturglar  paydo  bo‘ldi.  Odatda  dramaturgalar  muayyan 

teatrlar  uchun  pyesalar  yozishar  edi.  Truppaning  yetakchi  aktyor  va  rahbari  bosh 

dramaturgni yangi reja berishda sahnadagi asosiy sujetlarni o‘zi yozdi, qolganlarini 

uning  assitentlari, kichik  dramaturglar  yozishdi.  Kabuki  teatrining  dramaturgiyasi 

Noo teatridagi Kabuki pyesasining va boshqa teatrlardan, sahnalardan o‘zlashtirib 

o‘zlariga moslashtirdilar. Kabuki teatrining yokyoku dramasi asosida matsubame-

mono va notori-mono nomlari paydo bo‘ldi. Kyogenga ishlov berishdi va kyogen 

shaklidagi  yangi  pyesalar  tashkil  qilindi.  Kabuki  teatrini  ommalashtirish  orqali 

dzyoruri dramaturgiyasi hosil bo‘ldi. Dzyoruri pyesasini qayta ishlashda bir qismi 

gapiruvchi-gidayu,  boshqa  qismi  aktyorga  topshiriladi.  Bunday  pyesalar  maruxon 

kabuki  nomini  oldi.  Kabuki  va  dzyoruri  teatrining  yirik  dramaturgi  Tikamatsu 

Mondzaemo  bo‘lgan.  Kabuki  teatrining  atoqli  dramaturgalari  Namiki  Syodzo, 

Namiki  Gohei,  Sakurada  Dziske.  Ular  zamonaviy  shahar  hayotini  aks  ettiruvchi 

o‘ziga xos  maishiy  dramalar  yozishdi.  Keyinroq  esa ishqiy  poeziya  elementlarini 

rivojlantiruvchi  groteska  (mubolag‘ali  hajviy  tarzda  yozilgan  hayotiy  asar)lar 

paydo bo‘ldi. Bu yo‘nalishning eng yirik dramaturgi Tsuruya Namboku IV (XVIII 

asr  o‘rtalari  XIX  asr  boshlari).  Uning  ―Tokaydo  yotsuya  kaidan‖  pyesasi 

zamonaviy  yapon  teatri  repertuarlarida  saqlanadi.  Kabuki  dramatrurgiyasining 

klassigi  Kavatake  Mokuami  hisoblanadi.  Uning  ijodida  feodalizmning 

parchalanish  davri  va  Yaponiyada  kapitalizmning  rivojlana  boshlashi  aks  etadi  ( 

―Bentenkodzo‖, ―Kotiyama Sosyun‖, ―Sannin kitisa‖ pyesalari). Mokuami tarixiy 

realistic pyesa katsureki-mono va zamonaviy pyesa dzangiri-monolarni yozdi. XIX 

asr  oxiri  XX  asr  boshlarida  sinkabuki  pyesasi  paydo  bo‘la  boshladi,  zamonaviy 

yevropa  drama  shakllariga  o‘xshash.  Tarixiy  va  maishiy  pyesalardan  Okamoto 

Kido  ―Syudzendzi  monogatari‖,  ―Toribeyama  sindzyu‖,  ―Bante  Osarayasiki‖  va 

tarixiy  pyesa  Mayama  Seyka  ―Yoritomono  si‖,  ―Genroku  Tyusingura‖  va 

boshqalar mashxurlikka erishdilar.  

    Zamonaviy  yapon  dramaturgiyasida  yokyoku  va  kyogen  janrlari  saqlanib 

qolgan. Noo tatri repertuarida 250 ta kyogen bo‘lgan, asosiy voqealar guruhlarga 

ajratilgan:  sintoistik  xudolar  haqida,  yirik  feodallar,  xizmatkorlar,  kuyovlar, 

monaxlar  va  boshqalar  haqida  pyesalar.    Kyogen  va  boshqa  pyesalar  orasida  – 



 

15 


―Fukuno  kami‖,  ―Utsubodzaru‖,  ―Suo  otosi‖,  ―Midzukake  muko‖  lar  mashxur. 

Zamonaviy yapon teatrida yangi kyogen tashkil qilishga urinish;lar bo‘lgan, lekin 

bu  pyesalar  teatr  repertuarlariga  chiqmagan.  Ikkinchi  jahon  urushidan  keyin 

kyogen  janri  rivojlanishga  erishdi.  60-yillarda  kyogen  spektakllari  Noo  teatri 

spektakllaridan mustaqil ravishda uyushtirildi. 

 Zamonaviy  singeki  drammasi.  Yaponiyada  XX  asr  boshlarida  yevropa  teatrlari 

ta‘siri ostida paydo bo‘ldi. Ko‘pgina yozuvchilar dramalarni asar shaklida o‘qishga 

mo‘ljallangan  va  sahnaga  yaroqsiz  holda  tuzishdi.  XX  asr  oxirlarida  teatrda 

qo‘yilishi  uchun  yozilgan  singeki  pyesalari  paydo  bo‘ldi.  1926-yilda  ―Tsukidzi 

syogo-kidzyo‖ teatri Tsubouti Syoyoning ―Piligrim‖ pyesasini qo‘ydi. Keyin o‘sha 

yilning  o‘zida  Osanning  ―Do‘zah‖  va  ―O‘g‘il‖,  Musyakodzi  Saneatsuning 

―Xavas‖,  ―Hayot  qiroli‖  va  boshqalar  qo‘yildi.  Singeki  dramaturgiyasining 

rivojlanishiga  30-yillarda  boshlangan  xalq  teatri  uchun  harakatlar  ta‘sir  ko‘rsatdi. 

Pyesalarning  sotsial  qat‘iylik  siyosiy  aktualligi  oldinga  surilishi  talab  qilindi. 

Ayniqsa  Murayama  Tomoyosining  ―Qaroqchilar  to‘dasi  to‘g‘risida  yozuvlar‖ 

(1929)  pyesasi  mashxur.  Kubo  Sakaening  ―vulqon  platosi‖  (1938)  30-yillarning 

eng yaxshi pyesalari qatorida turadi. Ikkinchi jahon urushi davrida hokimiyatning 

repressiyasi  tufayli  singekining  rivojlanishi  to‘xtab  qoldi.  Urushdan  keyingi 

davrlarda  bu janr uchun ko‘tarilish davri bo‘ldi. 40-50-yillar dramaturglari orasida 

Kinosita  Dzyundzi  –  yapon  xalq  og‘zaki  ijodi  asosida  bir  necha  pyesalar  yaratdi. 

Ular  orasida  ―Turna  patlari‖  (1949),  ―Xikoiti  haqida  ertak‖  (1949)  va  boshqalar. 

―Qurbaqaning yutuqlari‖ (1952) o‘tkir satiric pyesasi bor. 

    Yaponiyaning yosh dramaturglari orasida Tanaka Tikao, Kayama Yusi, Misima 

Yukio, Abe Kobo, Xoete Miyomilar bor. 

Rassomchilik.  Yaponiyaning  an‘anaviy  sharq  rassomchiligi  o‘zini  daraxtga 

o‘yililgan  rasm,  xususan,  ukiyoe  janri,  alohida  ahamiyatga  ega.  Bu  janrda  ijod 

qilayotganlar  qatoridan  Sudzuki  Xarinobu,  Kitagawa    Utamaro,  Katsusika 

Xokusay, Utagawa Xirosite va boshqalar.  



Arxitektura.Yaponiyaning  durungi  poytaxtlari    Nara  va  Kioyo    shaharlari  o 

‗zlarining  boy  arxitekturasiga  ega.  Xoryudzi  ibodatxonasi-  Yaponiyaning 

daraxtdan qurilgan eng qadimgi inshoot xisoblanadi. U xozirgi kunda ham o‘zining 

betakror  arxitektura  shakllari  bilan  insonni  lol  qoldiradi.  Kyoto  shahrida 



 

16 


joylashgan  tosh  bog‘i  Ryoandzi  dunyoda  mashhur.  Bundan  tashqari  ―  tilla‖, 

―kimush‖ ibodatxonalari  Kinkakudzi va Ginkakudzi ham dunyoda juda mashhur. 

Zamonaviy yapon arxitekturasining yetuk vakillari ijod qilishmoqda. Bular, Kenzo 

Tange,  Arata  Isodzaki,  Kisyo  Kurokawa,  Tadao  Ando,  Fumixiko  Maki  va 

boshqalar. 

Yaponiyaning  boshqa  madaniyat  turlari.  Gul  aranjirovkasi  madaniyati-  ikebana, 

origami (qog‘ozdan narsa yasash), yapon oshxonasi Yaponiyadan tashqarida, ya‘ni 

dunyo  mamlakatlarida  insonlar  orasida  katta  qiziqish  uygotgan.  Bundan  tashqari 

Yaponiyaning  turli  xil  spor  turlariga,  xususan,  Dzyudo,  karate,  aykidolarga 

qizuquvchilar soni yildan yilga ko‘payib bormoqda.  

Zamonaviy Yaponiyada din. 

Yaponiyaning  Ikkinchi  jahon  urushidagi  mag‘lubiyatidan  so‗ng  xarbiy-

shovinislik  rejalarining  bodmol  bo‗lishi  rasmiy  dinning  asoslariga  putur  yetdi. 

Amerika  xokimiyati  1945  yilda  sinto  dinini  davlandan  ajratish  to‗g‘risidagi 

―derektiva‖  ni e‘lon qilishdi. 1946 yil 1chi yanvarda yapon imperatorining ilohiy 

ildizini  va  yapon  xalqining  boshqa  xalqlardan  ustun  ekanligini  targ‘ib  etuvchi 

oldingi davlat doktrinasini rad qiluvchi ―reskript‖ni  mikado fosh etdi. Maktablarda 

din o‗qitilishi man qilingan. 

Yaponiyaning  zamonaviy  xayotida  din  faqatgina  urf-odatlarda,  marosimlarni 

o‗tgazishdagina ifodasini topgan. 

Diniy  marosimlar  esa,  katta  omma  uchun  madaniy  va  qiziqarli  tomosha  sifatida 

qabul qilinadi.  



 

Xulosa 

Shunday  qilib,  biz,  xindi-xitoy  mintaqasining  madaniyatining  turli  xil 

tomonlarini o‗ziga singdirgan, lekin shu bilan birga o‗zining noyob o‗ziga xosligini 

yo‗qotmagan,  milliy  asosda  shakillangan  Yaponiya  madaniyatini  ko‘rib  chiqdik. 

Rivojlanishning  xamma  bosqichida  Yaponiya  madaniyati  o‗zini  go‗zallikka 

bo‗lgan  nozik  ta‘sirchanligi,  uni  kundalik  xayotga  tadbiq  etish,o‗zinig  tabiyatga 

bo‗lgan  beg‘ubor  munosabati,  dunyoning  ilohiy  va  insoniy  o‗zaro  ta‘sirini  xis 

qilish va anglashi bilan ajralib turgan. 



 

 

17 


Foydalangan adabiyotlar ro‘yhati 

1. Справочник «Страны мира», статья «Япония», 1996 год. 

2. Советский энциклопедический словарь. М., 1987. 

4. Страны мира: краткий полит. - эконом. справочник. М., 1993. 

5. В. М. Хачатурян "История мировых цивилизаций" М. 1996 год 

6. Алпатов В.М. Японский язык. – Языки мира. Монгольские языки. Тунгусо-

маньчжурские  языки. Японский язык. Корейский язык. М. 1997 

7.В.М. Алпатов. Япония: язык и общество. М. Изд. «Муравей», 2003 

8. Жаҳон мамлакатлари. Справочноик. Т. Ўзбекистон. 1990. Ҳаммуаллифлик. 



9. www.ziyonet.uz 

Download 288 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling