O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
Shadmanbekova Kamola,
Farmonov Shahboz
Xorijiy til
fanidan
MUSTAQIL TA’LIMNI TASHKIL ETISH BO‘YICHA
USLUBIY KO‘RSATMA
Тошкент – 2021
Shadmanbekova Kamola, Farmonov Shahboz “Xorijiy til” fanidan mustaqil ta’limni tashkil etish bo‘yicha Sirtqi fakultet talabalari uchun uslubiy ko‘rsatma.-T.TMI, 2021 y
Ushbu uslubiy ko‘rsatma 3 kurs sirtqi 2-oliy talimning barcha yo‘nalishlaridagi talabalari uchun mo‘ljallangan. “Xorijiy til” fanidan mustaqil ta’limni tashkil etish bo‘yicha uslubiy ko‘rsatma fan dasturi va ishchi o‘quv dasturlaridan kelib chiqqan holda ishlab chiqildi. Ushbu uslubiy ko‘rsatma “Xorijiy til” fanini o‘zlashtirish uchun mo‘ljallangan bo‘lib u grammatik testlar, o‘qish, yozish, taqdimotlar bajarish kabi vazifalarni o‘z ichiga olgan.
Ushbu uslubiy ko‘rsatma Toshkent moliya instituti O‘quv –uslubiy kengashida muxokama qilingan va nashrga tavsiya etilgan.
(2021 yil __________№____ son qarori)
Taqrizchilar:
S. Akobirova - TDYuU “Xorijiy tillar” kafedrasi dosenti I. Xaydarov - TMI “Xorijiy tillar” kafedrasi katta o‘qituvchisi.
KIRISH
Oliy ta’limda tayyorlanayotgan mutaxassislarning sifat darajasi ko‘p jihatdan mustaqil ishlarni tashkil etish holatiga bevosita bog‘liq. Chunki barcha fanlar bo‘yicha mustaqil ta’limga ajratilgan mavzular ham bevosita o‘rganilishi shart. Keltirilayotgan jihat sirtqi (ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim negizidagi sirtqi shaklda) ta’limning barcha ta’lim yo‘nalishlarida o‘qitiladigan “Xorijiy til” faniga ham taalluqlidir. Mamlakatimizdagi iqtisodiy taraqqiyotning bugungi bosqichida chet tiliga alohida e’tibor qaratilayotgan bugungi kunda bu fanni chuqur o‘rganish davr talabi xisoblanadi. Shundan kelib chiqqan holda mustaqil ishlashni samarali tashkil etish dolzarb masalalardan biridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |