O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi baxmal iqtisodiyot va turizm texnikumi


Download 321.13 Kb.
bet1/14
Sana18.06.2022
Hajmi321.13 Kb.
#764542
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
RASHIDOV J
Трансмиллий корпорация 2bob, Трансмиллий корпорация 2bob, Масала ва машклар туплами (1), 5-6 yoshlilarning maktab talimiga etukligini organish, 1-amaliy mashg'ulot javoblar , din tarixi, 111111111111111111111111111111111111111111111111111111111111111111, Ambitious, ЭЮ нинг механик кисмларини инерция моментларини хисоблаш, 03. Sibelius 6 va 8 elektron nota muharrirlari, 03. Sibelius 6 va 8 elektron nota muharrirlari, 5.P.P.o`qitish metod.5-amaliy mashg`ulot, 35 mavzu shk, Multimedia vositalar, 2 5193201835569057478

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI HUZURIDAGI BAXMAL IQTISODIYOT VA TURIZM TEXNIKUMI
" Xarajatlarni turkumlash va mahsulot tannarxini kalkulyatsiya qilish "
mavzusidagi
BITIRUV MALAKAVIY ISHI

BAXMAL 2022


MUNDARIJA
Kirish……………………………………………………………………………….


I BOB Kalkulatsiyaning mazmun-mohiyati.
1.1Buxgalteriya hisobining usullari.
1.2 Kalkulatsiya. Kalkulatsiya usullari va turlari


II - BOB Ishlab chiqarish xarajatlarini kalkulatsiya moddalari bõyicha tahlili
2.1 Ishlab chiqarish xarajatlari kalkulatsiyasi
2.2 Xarajatlarni hisobga olish va mahsulotning tannarxini kalkulatsiya qilish tizimini turkumlash


III BOB Ko'p tarmoqli fermer xo'jaliklarida ishlab chiqarish xarajatlari hisobi va mahsulot tannarxini kal'kulyatsiya qilishni takomillashtirish masalalari.
3.1 Ko'p tarmoqli fermer xo'jaliklarida ishlab chiqarish xarajatlarini moliyaviy hisobot shakllarida umumlashtirish xususiyatlari


3.2 Ko'p tarmoqli fermer xo'jaliklarida ishlab chiqarish xarajatlari hisobi va mahsulot tannarxini kal'kulyatsiya qilishni takomillashtirish.


XULOSA.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Respublikamiz mustaqillikka erishganidan so'ng iqtisodiyotning barcha sohalarini rivojlangan mamlakatlar tajribasiga asoslangan holda rivojlantirish zaruriyati tug'ildi. Mustaqillikning ilk yillarida Prezidentimiz tomonidan belgilab berilgan iqtisodiyotni rivojlantirishning ustuvor yo'nalishlari bugungi kunga kelib o'zining ijobiy natijalarini bermoqda.
Shu jumladan, "Mamlakatimiz qishloq xo'jaligida ham chuqur tarkibiy o'zgarishlar amalga oshirilmoqda. Murakkab ob-havo sharoitiga qaramasdan, fermer va dehqonlarimizning fidokorona mehnati va omilkorligi tufayli o'tgan yili mo'l hosil etishtirildi - 7 million 500 ming tonnadan ziyod g'alla, 3 million 350 ming tonnadan ortiq paxta xirmoni barpo etildi. Ta'kidlash kerakki, bunday mo'l hosil asosan qishloq xo'jaligida ishlab chiqarishni jadallashtirish, selektsiya ishlarini yaxshilash, g'o'za va boshoqli don ekinlarining rayonlashtirilgan navlarini joriy qilish, zamonaviy agrotexnologiyalarni o'zlashtirish evaziga ta'minlandi. Mamlakatimizda bug'doydan gektaridan o'rtacha 55 tsentner hosil olingani, ayrim tumanlarda bu ko'rsatkich 60-77 tsentnerni tashkil etgani, hech shubhasiz, fermerlarimizning ulkan yutug'idir".
Respublikamizda keyingi yillarda iqtisodiyotni modernizatsiyalash va diversifikatsiyalash jarayonlariga yanada kengroq e'tibor berilmoqda. Bu borada Respublikamiz iqtisodiyotining xususiyatli tomonlarini e'tiborga olgan holda, hamda iqtisodiy taraqqiyotimizning rivojlanib borishiga tartki bo'layotgan xo'jalik yurituvchi sub'ektlarda xarajatlar hisobini o'sib borayotgan iqtisodiy talablarga moslashtirish, moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibini takomillashtirish maqsadida 1999 yil 5-fevralda Vazirlar Mahkamasining 54-son va 2003 yilning 15 oktyabrida 444 son Qarori bilan mazkur Nizomga kiritilgan o'zgartirish va qo'shimchalar bu mavzuning iqtisodiyotdagi ahamiyatlilik darajasining oshib borayotganligidan dalolat bermoqda.
Qishloq xo'jaligini ilmiy asosda yuksaltira olgan davlat boy, iqtisodiy qudratli hamda engilmas bo'ladi. O'zbekistonimiz ana shunday istiqboli buyuk mamlakatdir. Jamiyatda islohotlarni o'tkazishdan maqsad, xalq turmushini farovon qilish va yurt qudratini oshirishdan iborat. Shunday ekan, Respublikamiz istiqbolini tub o'zgarishlarsiz, ya'ni islohotlarsiz tassavvur qilib bo'lmaydi. Bunday islohotlar hozirgi kunda qishloq xo'jaligi sohasida ham ildamlab bormoqda. Buning isboti o'laroq, O'zbekiston Respublikasining "Dehqon xo'jaligi to'g'risida", "Fermer xo'jaligi to'g'risida" va "Qishloq xo'jaligi kooperativ (shirkat xo'jalik)lari to'g'risida"gi Qonun hujjatlarining qabul qilinishi bu borada muhim dastur bo'lib hisoblanadi.
Fermer xo'jaliklarida buxgalteriya hisobini tashkil qilish sohasidagi jahon tajribalariga milliy andozalar talablariga tayangan holda buxgalteriya hisobini tashkil qilish, mavjud tajribalarga suyanib mulkchilikning yangi bo'g'ini hisoblangan fermer xo'jaliklarida buxgalteriya hisobining soddalashtirilgan shakllarini qo'llash va fermer xo'jaligini qanday mulk evaziga tashkil etishning afzalligini ko'rsatib berish bitiruv malakaviy ishi mavzusini tanlashning, uni dolzarbligini va katta nazariy hamda amaliy ahmiyatga ega ekanligini ko'rsatib turadi.
Yuqoridagi fikrlar, fermer xo'jaliklarida ishlab chiqarish xarajatlari hisobi borasida hanuzgacha muhim va o'z echimini kutayotgan zaruriy masalalar mavjudligi va shu bois, bu borada buxgalteriya hisobi tizimida jiddiy ilmiy izlanishlar olib borish zarurligini taqozo etadi. Bu esa, bitiruv malakaviy ishi mavzusining naqadar dolzarb ekanligini ko'rsatmoqda.
BMI ob'ekti va predmeti. BMI ob'ekti sifatida mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan fermer xo'jaliklari va ularda ishlab chiqarish xarajatlari hisobiga oid iqtisodiy ma'lumotlari hisoblanadi.
Tadqiqotning predmeti bo'lib, Respublikamiz fermer xo'jaliklarida ishlab chiqarish xarajatlari hisobini yuritish va mahsulot tannarxini aniqlash tartibini takomillashtirish masalalari hisoblanadi.
BMI maqsadi va vazifalari. Bitiruv malakaviy ishining maqsadi - fermer xo'jaliklarida ishlab chiqarish xarajatlari hisobi hamda ular mahsuloti tananarxi kalkulyatsiyasini amalga oshirishning nazariy va amaliy jihatlarini o'rganish hamda uni takomillashtirish masalalarini tadqiq etishdan iboratdir.
Yuqorida qo'yilgan maqsadga erishish va bitiruv malakaviy ishi mavzusining mazmunini ochib berish uchun malakaviy ishda quyidagi vazifalarni o'rganishni maqsad qilib oldik:

  • Bozor munosabatlari sharoitida ko'p tarmoqli fermer xo'jaliklarining iqtisodiyotda tutgan o'rni, ahamiyati va ular faoliyatining o'ziga xos xususiyatlarini o'rganish;

  • Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida ko'p tarmoqli fermer xo'jaliklarida ishlab chiqarish xarajatlari hisobini tashkil etishning maqsadi, vazifalari va me'yoriy asoslarini tadqiq etish;

  • Ko'p tarmoqli fermer xo'jaliklarida ishlab chiqarish xarajatlarini buxgalteriya hujjatlari va schyotlarida aks ettirish xususiyatlarini o'rganish;

  • Ko'p tarmoqli fermer xo'jaliklarida mahsulot tannarxini shakllanishi va uni kalkulyatsiya qilish tartibini tadqiq etish;

  • Ko'p tarmoqli fermer xo'jaliklarida ishlab chiqarish xarajatlarini moliyaviy hisobot shakllarida umumlashtirish xususiyatlarni amalga oshirish;

  • Ko'p tarmoqli fermer xo'jaliklarida ishlab chiqarish xarajatlari hisobi va mahsulot tannarxini kal'kulyatsiya qilishni takomillashtirish masalalarini tadqiq etish.

Bu vazifalardan ko'rinib turibdiki, fermer xo'jaliklarida ishlab chiqarish xarajatlari hisobi hamda ular mahsuloti tananarxi kalkulyatsiyasini amalga oshirishni chuqur o'rganish, amaliyotga tadbiq etish va takomillashtirish bugungi kundagi dolzarb masalalardan biridir.
Mavzuning nazariy - amaliy ahamiyati. Bitiruv malakaviy ishida fermer xo'jaliklarida ishlab chiqarish xarajatlari hisobi hamda ular mahsuloti tananarxini aniqlash bo'yicha keltirilgan xulosa hamda takliflardan Respublikamiz fermer xo'jaliklarida hisob va iqtisodiy tahlil ishlarini tashkil etish va amalga oshirishda foydalanish hamda bitiruv malakaviy ishidagi ko'pgina nazariy qoidalarni o'quv yurtlarida iqtisodiy fanlarni o'qitish jarayoniga tadbiq etish maqsadga muvofiqdir.
Bitiruv malakaviy ishni amaliy ahamiyati uning asosiy natijalarini Respublikamiz fermer xo'jaliklarida ishlab chiqarish xarajatlari hisobi hamda ular mahsuloti tananarxini aniqlash bo'yicha uslubiy tavsiyalarni ishlab chiqishda qo'llash mumkinligi bilan belgilanadi.

Download 321.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling