O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti bank ishi fakulteti Bank hisobi va audit kafedrasi


Download 72.09 Kb.
Sana05.06.2020
Hajmi72.09 Kb.
#115045
Bog'liq
KURS ISHI


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI



Bank ishi fakulteti

Bank hisobi va audit kafedrasi

Banklarda buxgalteriya hisobi” fanidan



KURS ISHI

Mavzu: “Banklarning kredit operatsiyalari va ularning hisobini takomillashtirish ”

Tayyorladi: 3-kurs BI-73i-guruhi talabasi

Nosirov Hayrullo

Ilmiy rahbar: k.o’q. Rufat Qurbonov

Toshkent-2020 yil

REJA:

  1. Kirish……………………………………………………………………3

  2. Kredit operatsiyalari va ularning turlari…………………………

  3. Kredit operatsiyalarining huquqiy asoslari…………………………

  4. Kredit operatsiyalar hisobini yuritish tartibi………………………

  5. Xulosa…………………………………………………………………

  6. Foydalanilgan adobiyotlar ro’yxati……………………………


KIRISH

Mamlakatimizda bozor munosabatlarining izchil taraqqiy etishi, mustaqillik yillarida amalga oshirilayotgan islohotlar markazida eng avvalo inson manfaatlarining turganligi, islohotlarning privord natijasi aholining turmush darajasi va hayotining farovonligini oshirishga yoʼnaltirilganligi Oʼzbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarning ijtimoiy ahamiyatini ifoda etadi. Islohotlarning ijtimoiy yoʼnaltirilganligi borasida aholi uchun zamonaviy uy-joylar qurish, aholining isteʼmol ehtiyojlarini toʼla qondirish, ularning daromadlarini uzluksiz oshirib borish, isteʼmol ehtiyoji uchun zarur boʼlgan isteʼmol tovarlarini kreditga sotib olish tizimini rivojlantirish, bu sohada xorijiy davlatlar amaliyotida mavjud ilgʼor tajribani mamlakatimiz amaliyotiga qoʼllash masalalari bugunning dolzarb masalaridan hisoblanadi. Shuni taʼkidlash kerakki, amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar va ijtimoiy oʼzgarishlarning samarasi, oʼz navbatida, aholining moddiy ahvoli va farovonligini, uning hayot darajasi va sifatini oshib borishida namoyon boʼlmoqda. Xususan, 2016 yilda 726 ming nafarga yaqin aholining, shu jumladan, 438,5 ming taʼlim sohasi bitiruvchilarining ish bilan bandligi taʼminlandi. Bu esa, oʼz navbatida, aholining jon boshiga toʼgʼri keladigan real daromadlarning 11 foizga oʼsishiga xizmat qildi.

Аholining bandligi va real daromadlarini bosqichma-bosqich oshirish, shuningdek, uning xarid qobiliyatini oshirish, kam taʼminlangan oilalarni va aholining daromadlari boʼyicha farqlanishi darajasini yanada qisqartirish1 mamlakatimiz rahbari tomonidan kun tartibiga qoʼyilgan ustuvor vazifalardan hisoblanadi. Аyniqsa, bugungi kunda Oʼzbekiston Respublikasini 2017-2021 yillarda rivojlantirishga yoʼnaltirilgan Harakatlar Strategiyasining qabul qilinishi va unda tijorat banklari tomonidan aholi iqtisodiy faolligini qoʼllab – quvvatlash orqali ularning daromadlarini oshirish, ijtimoiy jihatdan ularni himoya qilish, zarur hollarda aholining isteʼmol ehtiyojlarini isteʼmol kreditlari orqali qoʼllash bu boradagi amaliy ishlarni yanada jadal rivojlanirishga asos boʼlmoqda. 2016 yil yakunlari boʼyicha mamlakatimiz yalpi ichki mahsulotining (YaIM) real oʼsish surʼati 2015 yilga nisbatan 7,8 foizni va uning nominal hajmi 199,3 trln. soʼmni tashkil etdi. Iqtisodiyotning bunday surʼatlarda rivojlanishi asosiy kapitalga yoʼnaltirilgan investitsiyalar hajmining 9,6 foizga, xizmatlar koʼrsatish hajmining 12,5 foizga, sanoat va qishloq xoʼjaligi sohalarida mahsulot ishlab chiqarish hajmlarining 6,6 foizga, shuningdek, tashqi savdo aylanmasining ijobiy salьdosi hisobiga taʼminlandi.2 2016 yilda isteʼmol tovarlarini ishlab chiqarish hajmi 2015 yilga nisbatan 5,4 foizga oʼsib, 47,4 trln. soʼmni tashkil etdi. Bunda oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 2015 yilga nisbatan 11,4 foizga ortdi. Isteʼmol mahsulotlari narxlarining oʼsishiga asosan nomonetar omillar, xususan, maʼmuriy boshqariladigan tarif va xizmatlar hamda mahsulotlar narxlarining oshirilishi, shuningdek, ayrim turdagi oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining mavsumiy oʼzgarishi taʼsir qildi.

Oʼzbekiston tijorat banklarida bugungi kunda banklarning jismoniy shaxslarga koʼrsatadigan xizmat operatsiyalari ichida, nisbatan yangi boʼlgan bank operatsiyasi – aholiga isteʼmol kreditlarni berishga katta ahamiyat bilan qaramoqdalar. Hozirgi paytda tijorat banklari oʼz kredit portfellarida isteʼmol kreditlari ulushini koʼpaytirishga va isteʼmol kreditlarini berishda yangi shaklarni qoʼllashga intilmoqdalar.

Shu oʼrinda Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev taʼkidlaganidek, “makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlash va iqtisodiy oʼsishning yuqori surʼatlarini saqlab qolish, jumladan, Davlat byudjeti barcha darajada mutanosib, milliy valyuta va ichki bozordagi narx darajasi barqaror

boʼlishini taʼminlash–eng muhim ustuvor vazifamizdir. Аholi uchun maqbul narxda turli maishiy elektr texnika buyumlarini ishlab chiqarishni taʼminlashimiz kerak. Bugun mamlakatimiz ning barqaror rivojlanish yoʼlida izchil ilgarilab borishini tahlil qilar ekanmiz, oʼtgan yili printsipial muhim islohotlarni amalga oshirish boʼyicha qatʼiy qadamlar qoʼyildi, deb aytishga barcha asoslarimiz bor. Bu islohotlarning asosiy maqsadi – aholi uchun munosib hayot darajasi va sifatini taʼminlashdir.3 Yuqoridagi qoʼyilgan vazifadan kelib chiqib aholining xarid talabni oshirish va ragʼbatlantirish maqsadida uzoq muddat foydalaniladigan tovarlarni sotib olish uchun aholiga, ayniqsa qishloq aholisiga kredit ajratishni keskin koʼpaytirish, mebel, televizor, muzlatgich, kir yuvish mashinalari, murrakab maishiy va boshqa elektron texnikani sotib olish uchun kredit ajratishning talay imkoniyatlarining kengaytirish muhim ahamiyat kasb etadi. Mamlakatimizda oʼtkazilayotgan iqtisodiy islohotlar bank ishini rivojlantirishga, xususan isteʼmol kreditlari berish borasida yangi qoʼyiladigan vazifalarni bajarishga qaratilgan. Bu vazifalarni amalga oshirish uchun avvalambor rivojlangan xorijiy mamlakatlardagi bank faoliyatini, boy ish tajribalarini oʼrganib, mamlakatimiz bank tizimiga yangi taraqqiy qilgan samarali shakllar va usullarni joriy etish maqsadga muvofiqdir.

Mamlakatimizda arzon uy-joylar va ko‘p kvartirali uylar qurish ko‘lamini kengaytirish, sohaga yangi arxitektura va texnik yechimlarni joriy etish orqali aholining uy-joy maishiy turmush sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha izchil choralar ko‘rilmoqda. Xususan, o‘tgan uch yil ichida 104 mingta oila uy-joy bilan ta’minlandi, bu so‘nggi o‘n yil ichida qurilgan uylar sonidan bir yarim baravar ko‘pdir.4

Shu bilan birga, aholining uy-joy sharoitlarini yanada yaxshilash jismoniy shaxslarga ipoteka krediti berishning zamonaviy bozor tizimini shakllantirish va rivojlantirishni, uy-joylar qurilishiga xususiy pudrat tashkilotlarini har tomonlama jalb qilish va bu tizimga to‘liq o‘tishni, tijorat banklari tomonidan moliyalashtirishni bosqichma-bosqich oshirishni, shuningdek, uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj oilalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashda manzillilik va shaffoflikni kuchaytirishni taqozo etmoqda.

Koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish davrida aholining uy-joy sharoitini yaxshilash, ipoteka krediti bozorini yanada rivojlantirish, xususiy pudrat tashkilotlarini uy-joylar qurilishiga keng jalb qilish hamda ularga qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida:5

- 2020-yil 1-maydan boshlab 2022-yil 1-yanvarga qadar jismoniy shaxslarga xususiy pudrat tashkilotlari tomonidan tayyor holda topshirish shartisiz (pardoz ishlarini amalga oshirmasdan) qurilgan kvartiralarni birlamchi uy-joy bozorida sotib olish uchun ipoteka kreditlarini ajratishga ruxsat berilsin.

- Xususiy pudrat tashkilotlari tomonidan qurib bitkazilgan kvartiralarni, shuningdek, tayyor holda topshirish shartisiz (pardoz ishlarini amalga oshirmasdan) qurilgan kvartiralarni birlamchi uy-joy bozorida sotib olish uchun bir qarz oluvchiga ajratiladigan ipoteka kreditlarining eng ko‘p miqdorlari:

- qishloq joylarida 2 xonali kvartiralar uchun 174 mln so‘mdan 240 mln so‘mgacha, 3 va undan ko‘p xonali kvartiralar uchun 224 mln so‘mdan 320 mln so‘mgacha;

- shaharlarda 2 xonali kvartiralar uchun 180 mln so‘mdan 240 mln so‘mgacha, 3 va undan ko‘p xonali kvartiralar uchun 232 mln so‘mdan 320 mln so‘mgacha;

- Toshkent shahrida 2 xonali kvartiralar uchun 198 mln so‘mdan 264 mln so‘mgacha, 3 va undan ko‘p xonali kvartiralar uchun 255 mln so‘mdan 352 mln so‘mgacha oshirillishi belgilandi.



Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida O‘zbekiston bank tizimi ishonchliligi va barqaror rivojlanishini ta’minlash hamda tashqi inqiroz holatlarining salbiy ta’siriga uchramaslikning oldini olish muhim ahamiyatga egadir. Shunga qaramasdan, hozirgi kunda banklarda bozor talablariga mos keluvchi xizmat turlarini tadbiq qilish, mijozlarning talab va takliflarini hisobga olish, ularga xizmat ko‘rsatishning yangi usullarini joriy etish, yangi kredit vositalarini qo‘llash, turli kredit institutlarini tashkil etish bilan bog‘liq islohotlarni yanada jadaddashtirish zarurligini yuzaga keltirmoqda.

1 Oʼzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish boʼyicha Harakatlar Strategiyasi toʼgʼrisida. (Oʼzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʼplami, 2017 y., 6-son, 70-modda)

2 Mirziyoev Sh.M. Oʼzbekistonning 2016 yil ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2017 yilga moʼljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yoʼnalishlari. Tanqidiy tahlil, qatʼiy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi boʼlishi kerak. 8-b.

3 Mirziyoev Sh.M. Oʼzbekistonning 2016 yil ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2017 yilga moʼljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yoʼnalishlari. Tanqidiy tahlil, qatʼiy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik -har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi boʼlishi kerak.www.gov.uz.

4 “Ipoteka krediti mexanizmalarini takomillashtirishga oid qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida” Prezident farmoniPF-5886 28.11.2019



5 “Aholining uy-joy sharoitini yaxshilash hamda ipoteka krediti bozorini yanada kengaytirishga oid qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida” Prezident qarori. PQ-4701 01.05.2020


Download 72.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling