O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti marketing kafedrasi


Moliyaviy yordam bera olishlik xususiyati


Download 256.32 Kb.
bet13/29
Sana09.09.2022
Hajmi256.32 Kb.
#803278
TuriИсследовательская работа
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   29
Bog'liq
Dissertatsiya ohirgisi
47ekonomikatrudadubroviniapdf (1), 8, 12, 8, Mavzu ms excel jadval prosessori va elektron hujjatlar bilan is, 2-narx (oylik), 2-narx (oylik), 1-narx (oylik), 1-narx (oylik), Ma’lumotlar bazasi. Jadvallar yaratish, «Informatika va axborotlar tеxnoligiyasi» fanining o`qitilish ma, «Informatika va axborotlar tеxnoligiyasi» fanining o`qitilish ma, 1-Visual dasturlash муhитида interfeysli bir necha elementlar yordamida oddiy дастурлар yaratish, 1-Visual dasturlash муhитида interfeysli bir necha elementlar yordamida oddiy дастурлар yaratish, 1-Visual dasturlash муhитида interfeysli bir necha elementlar yordamida oddiy дастурлар yaratish
Moliyaviy yordam bera olishlik xususiyati

Ulgurji sotuvchilar, agar kerak bo'lsa, ishlab chiqaruvchilar va chakana sotuvchilarga moliyaviy yordam ko'rsatishi mumkin. Buning asosiy sababi shundaki ular yuqorida aytib o’tilganidek ishlab chiqaruvchi hamda chakana savdo o’rtasidagi bog’lovchilikdir. Agarda ulgurji savdo uchun yuqoridagi ikkalovidan qaysidir faoliyatda muammolarga uchrasa to’g’ridan to’g’ri o’z faoliyatida muammolarga uchraydilar. Shuning ular moliyaviy yordam ham amalga oshirib turadilar.

Ulgurji sotuvchilar saqlash, xavf-xatarni yo’qotish, reklama, bozor ma'lumotlari bo'yicha mutaxassislar maslahati va shu kabi boshqa xizmatlarni taqdim etadilar. Bu ular faoliyatining raqobatbardoshligini ta’minlovchi xususiyat hisoblanadi va o’z navbati yuqori samaradorlikga olib keladi.

  • Ulgurji sotuvchilar odatda ma'lum bir hududda to'planadi.

Misol uchun, O’zbekistonda ayni Jizzax viloyatining Forish tumanida ko'plab qurilish mollari ishlab chiqarish va ulgurji savdo faoliyati keng yo’lga qo’yilgan. Jumladan “Bazalt Wool” MCHJ ham ayni shu hududda faoliyat yurituvchi korxona hisoblanadi.
Shu bilan bir qatorda ulgurji savdo faoliyati bilan shug’ullanuvchi korxona, tashkilot yoki kompaniyalar o’z mahsulotlarini ongli ravishda savdo faoliyati bilan shug’ullanayotgan xaridorlargagina sotishadi. Ayni vaqtda chakana sotuvchilar esa aksincha ongli ravishda savdo qilmayotgan xaridorlarga ham savdoni amalga oshiraveradilar. Bu ham ulugurji savdoning o’ziga xos va har doim ham ta’kidlanavermaydigan xususiyati hisoblanadi.
Bazalt ulgurji savdosida esa yana bir o’ziga xoslik shundaki, bunda shu faoliyatni amalga oshiruvchi korxonalar yirik mahsulot hajmini to’liq ravishda to’g’ridan to’g’ri qurilish hamda xaykaltaroshlik faoliyatiga ega korxonalarga yetkazib berish imkoniga ega hisoblanadi.
Ayni mana shu o’ziga xos xususiyati sababli, Amerika Marketologlar Asotsatsiyasi olimlari ulgurji savdogarlarni “Ular shunday savdo vakillariki o’z mahsulotlarini avval yirik miqdorda sotib olib, so’ngra esa ularni chakana savdo vakillari yoxud kichik sanoat vakillariga sotishlari mumkin lekin ahamiyatsiz miqdorni iste’molchiga sotish bilan shug’ullanishmaydideya ta’rif berishgan.13
Ulgurji sotuvchilarni chakana sotuvchilardan bitimlar hajmi yoki o’tkazmalari hajmiga qarab ham ajratib olish mumkin. Ulgurji sotuvchilar odatda ommaviy miqdorda sotib oladilar va sotadilar. Bu yana bir muhim va o’ziga xos xususiyatdir, chunki ommaviy tranzaktsiyalar saqlash, moliyalashtirish va logistika vazifalarining ko'pchiligini odatdagi chakana sotuvchilarga qaraganda ancha yuqori hajm va miqyosda bajarishni nazarda tutadi. Bunday katta hajmdagi operatsiyalarni bajarish maxsus ko'nikma va imkoniyatlarni talab qiladi. Misol uchun, kichik chakana sotuvchi, ulgurji sotuvchida bo'lgani kabi, savdoni boshqarishning barcha xavf-xatarlariga ega bo'lgan katta omborlarni talab qilmaydi. Albatta, yirik supermarketlar bu holatda istisno holat hisoblanadi. Ular ommaviy xarid qiladilar va sotib olingan miqdorlarning katta qismini kichikroq miqdorda chakana savdo do'konlarida sotish uchun katta saqlash joylarini saqlaydilar. Shunday qilib, yirik supermarketlar ham ulgurji, ham chakana savdo vakili hisoblanadilar.
Ulgurji sotuvchilar cheklangan turdagi mahsulotlar savdosi va oldi-sotdisi bilan shug'ullanadilar. Biroq, ular o'zlari sotadigan mahsulotlarning turli navlarini saqlaydilar. Ulgurji sotuvchilar ishlab chiqaruvchilar va chakana sotuvchilar o'rtasidagi bog'lovchi muhim bo’g’in hisoblanishadi. Ular tarqatish kanalidagi vositachi demakdir. Ishlab chiqaruvchilar tovarlarni bozorda taqsimlashda ko'p jihatdan ulgurji savdo vakillari faoliyatiga bog’liq hisoblanadi.14
Shular bilan bir qatorda ulgurji savdo vakillarining asosiy ikkita kamchilik tomonlari mavjud, ular quyidagilar:

  • Ulgurji sotuvchi faqatgina ulgurji savdoga ixtisoslashgan. Uning ishlab chiqaruvchilar yoki chakana sotuvchilarga ko'rsatadigan ekspert xizmatlari yo’qolib boradi.

  • Tavakkalchilik hamda bozordagi mahsulot narxidagi o’zgarishlarning talabga ta’siri doirasidagi yo’qotishlar.


Download 256.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling