O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti marketing kafedrasi


O’zbekiston Ulgurji savdo aylanmasi 2005-2021(mlrd. UZS)


Download 256.32 Kb.
bet16/29
Sana09.09.2022
Hajmi256.32 Kb.
#803278
TuriИсследовательская работа
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   29
Bog'liq
Dissertatsiya ohirgisi
47ekonomikatrudadubroviniapdf (1), 8, 12, 8, Mavzu ms excel jadval prosessori va elektron hujjatlar bilan is, 2-narx (oylik), 2-narx (oylik), 1-narx (oylik), 1-narx (oylik), Ma’lumotlar bazasi. Jadvallar yaratish, «Informatika va axborotlar tеxnoligiyasi» fanining o`qitilish ma, «Informatika va axborotlar tеxnoligiyasi» fanining o`qitilish ma, 1-Visual dasturlash муhитида interfeysli bir necha elementlar yordamida oddiy дастурлар yaratish, 1-Visual dasturlash муhитида interfeysli bir necha elementlar yordamida oddiy дастурлар yaratish, 1-Visual dasturlash муhитида interfeysli bir necha elementlar yordamida oddiy дастурлар yaratish
O’zbekiston Ulgurji savdo aylanmasi 2005-2021(mlrd. UZS)
M anba: Stat.uz ma’limotlari asosida muallif ishlanmasi.
Grafikda ko’rinib turganidek tanlab olingan davrning dastlabkisi hisoblangan 2005-yillarda O’zbekiston ulgurji savdo aylanmasi yillik bor yo’g’i 2.8 milliard so’mni tashkil qilgan. Bu ayni o’sha davrda O’zbekistonda soha rivoji anchayin past ekanligidan dalolat beradi. Yillar mobaynida doimiy ravishda o’sish kuzatilganligiga qaramasdan sezilarli darajada o’sish yoxud ko’tarilish sodir bo’lmagan. Biroq muntazam ravishda kichik hajmadagi o’sishlar ham bir muncha yaxshi natija hisoblanadi.
Sezilarli yoki keskin deb atash mumkin bo’lgan o’sish esa 2018-yilga kelib sodir bo’lgan o’sish avvalgi 2017-yilga nisbatan 126.8 foiz yoki miqdoriy jihatdan 21 milliard so’mdan ortiq bo’lgan va mamlakat ulgurji savdo aylanmasi tarixida birinchi juda yuqori o’sish hisoblanadi. Vaholanki 2019-yildagi o’sish avvalgisidan ham kattaroq hajmga ega bo’lganligi esa quvonarli holat deyish mumkin. Bunda o’sish avvalgi yilgan nisbata 128.6 foiz yoki miqdoriy jihatdan qariyb 30 milliard so’mni tashkil qilgan.
Biroq 2020-yilga kelib COVID-19 pandemisyasining salbiy iqtisodiy ta’siri natijasida butun dunyo savdo aylanmasida sezilarli tushishlar kuzatilganligiga qaramasdan, O’zbekistondagi holat anchayin yaxshi bo’ldi. Bunda o’sish o’tgan 2019-yilga nisbatan 113 foiz yoki 27 milliard so’mni tashkil qildi. Epidemiologik jarayon o’z izmiga tushib borishi natijasida mamlakatimiz ulgurji savdo aylanmasidagi o’sish hajmi ham bir muncha yaxshilandi, ya’ni 117.5 foiz yoxud 37 milliard so’mga ko’tarilish kuzatildi. 15
Ushbu gradikda keltirilgan ma’lumotlar tahlil qilish natijasida O’zbekistondagi ulgurji savdo korxonalari faoliyatidagi o’sish va tushish kuzatilgan davrlarni hamda sabablarni aniqlab olish mumkin. O’zbekistonda kichik korxonalar va mikrofirmalar tovar aylanmasi 4,6 foizga oshib, 23616,3 milliard so‘mga yetdi, bu umumiy ulgurji savdo aylanmasining 66,5 foizini tashkil etdi. Bu ham yuqorida tahlil etilgan o’sishlar natijalariadan hisoblanadi. Mulkchilik turlari bo‘yicha ulgurji savdo ulushini tahlil qilish shuni ko‘rsatdiki, Toshkent shahri (0,2 foiz), Navoiy (0,1 foiz), Andijon (0,03 foiz) viloyatlarida davlat mulki ulushi hali ham ahamiyatsiz. Boshqa hududlarda ulgurji savdo odatda nodavlat mulk shakli hisoblanadi.16
Tahlil qilinayotgan davrda ulgurji savdo aylanmasining o'sish sur'atlarining o'sishini 4 ta asosiy omil bilan bog'lash mumkin:
1) Yangi savdo markazlarini qurish;
2) Iste'molchilarning mahsulot savatini kengaytirish;
3) Aholi daromadlarining ortishi;
4) Inflyatsiya
Bu sanab o’tilgan 4 ta ko’rsatkich mamlakat ulgurji savdo aylanmasi harakatlaridagi o’sish yoki pasayishlarda asosiy omil bo’lib xizmat qilishadi.Bir vatqning o’zida mamlakat hududida ulgurji savdo faoliyati bilan shug’ullanib kelayotgan asosiy korxonalar ham sohaning asosi hisoblanishadi. Ayni shunday korxonalarni top 10 ligini 2.2 jadval orqali keltirib o’tish ayni muaddao hisoblanadi.

Download 256.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling