O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “Iqtisodiyot kafedrasi”


Download 0.76 Mb.
bet1/3
Sana24.06.2020
Hajmi0.76 Mb.
#121359
  1   2   3
Bog'liq
moliya bozorining korporativ tuzilmalar faoliyati rivojlanishidagi o'rni


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI

Iqtisodiyot kafedrasi”

Moliya bozorining korporativ tuzilmalar faoliyatini rivojlantirishdagi o’rni va ahamiyati”
mavzusidagi

KURS IShI






Tayyorladi:

Abdullayev Doston




Ilmiy rahbar:

vvvv

TOShKENT 2020

REJA

Kirish

1. Moliyaviy bozor stavkalari mohiyati



2. Moliyaviy bozor savkalarining asosiy turlari va geografiyasi

3. Moliyaviy bozor stavkalarining hisoblash metodologiyasi

Xulosa

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
KIRISh

Hozirgi davrda moliya bozorining jahon iqtisodiyotidagi oʻrni va ahamiyatini tоʻgʻri tushungan holda mamlakatimizda ham moliya bozorini rivojlantirishga jiddiy e‟tibor qaratilmoqda. Rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyotiga e‟tibor qaratilsa, moliya bozori mamlakat iqtisodiyotining oʻsishida muhim oʻrin tutayotganligini koʻrish mumkin.

Hozirgi kunda moliya bozori iqtisodiyotni rivojlanganligi amaliyotining muhim bo‘g‘ini hisoblanadi. Shu bois ham mamlakatimizda moliya bozrini rivojlantirish va buning natijasida korporativ tuzilmalarda davlat ulushini kamaytirish muhim masala hisoblanadi. Bu borada albatta mamlakatimizda bir qancha choratadbirlar olib borilmoqda, chunki albatta moliya bozorini yaxshi yo‘lga qo‘ymasdan jahon bozori va dunyoda rivojlanayotgan va rivojlangan davlatlar oldida o‘z o‘rnini topish murakkab masaladir.

Moliya bozori iqtisodiy tizimda hal qiluvchi ahamiyatga ega. Bu iqtisodni boshqaradigan vositadir, ortiqcha birliklar defitsit birliklari bilan uchrashadigan va har xil moliyaviy kelishuvlarni muhokama qiladigan platformalardandir. Moliya bozorini rivojlantirishning maqsadi, moliyaviy bozorning vositachi sifatida samarali ishlash imkoniyatini oshirishdir. Samarali moliya bozorida to‘g‘ri risklar va imkoniyatlar, ya'ni taklif tomonida bo‘lgan, aktivlar talabining barcha sinflarini qondirish uchun emitentlarning tanlovini taklif qiluvchi keng miqyosli moliyaviy vositalar, kredit xatarlari va boshqalar mavjud. Talab tomonda har xil investorlarning turli xil xavf-xatar bilan birga katta miqdorda investitsiya talabi bo‘lishi kerak.

Bundan tashqari, emitentlar va investorlar o‘rtasidagi xilma-xillik odatda bozorning yaxshi rivojlanishiga sabab bo‘ladi, bu esa moliyaviy aktivlarni faol almashinuviga olib keladi. Yuqori likvidli moliya bozori eng kam narx ta'sirida katta hajmdagi va turli xil moliyaviy vositalarni berishga qodir. Bu yerda moliyaviy vositalar tezda o‘rtacha narxlarda almashinishi mumkin. Samarali kliring va hisob-kitob qilish tizimi tranzaktsion xarajatlarni kamaytirishga yordam beradigan asosiy omil hisoblanadi1.

Shu sababli moliya bozorining korporativ tuzilmalar faoliyatini rivojlantirishdagi o’rni va ahamiyatini o’rganish dolzarb ahamiyatga egaligini ko’rsatadi.

Kurs ishining maqsadi moliya bozori va korporativ tuzilmalar o’zaro bog’liqligini yoritish, moliya bozorining korporativ tuzilmalar faoliyatini rivojlantirishdagi o’rni tahlil etishdan iborat. Ushbu maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalarni hal etish ko‘zda tutilgan:


  • Moliyaviy bozor stavkalari mohiyati yoritib berish;

  • Moliyaviy bozor savkalarining asosiy turlari va geografiyasi o’rganish;

Moliyaviy bozor stavkalarining hisoblash metodologiyasi o’rganishdan iborat.

1. Moliya bozori va korporativ tuzilmalarning o’zaro bog’liqligi

Butun tarixiy taraqqiyot iqtisodiyotni dastlabki elementlarini paydo bo‘lishidan tortib to hozirgi tezkor axborotlargacha bo‘lgan fond bozorlari, yuqori texnologiyali birjalar holatigacha bo‘lgan davrni o‘z ortida koldirdi. Iqtisodiyot rivojlanib borgani sari moliya bozori zarurat sifatida yuzaga keldi. Hozirgi kunda iqtisodiyotni moliya bozorisiz tasavvur etib bo‘lmaydi, ya’ni moliya bozori iqtisodiyotni borgan sari qamrab boryapti.

Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan so‘ng «moliya bozori» atamasi keng miqyosda yoyila boshladi. Chunki mamlakatimizda ushbu bozorni rivojlantirishga katta e’tibor qaratilyapti. Moliya bozorining istiqboli uchun hozirdanoq uning poydevori yaratildi, ya’ni huquqiy asoslari barpo qilindi.

Qonunlar, Prezident farmonlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlarini iqtisodiyotga joriy qilish orqali moliya bozori va unda ishtirok etayotgan ishtirokchilarning huquq va majburiyatlari belgilab berildi hamda manfaatlari himoya qilinishiga huquqiy asos yaratildi.

Demak, moliya bozori tushunchasi keng ma’noni va murakkab iqtisodiy toifani tashkil etadi. Moliya bozorida o‘zaro ta’sirda bo‘ladigan mulk egalari bilan sarmoya, qarz oluvchilar o‘rtasidagi munosabatlarini tavsiflaydi. Moliya bozorida kreditlar, veksellar, aksiyalar, obligatsiyalar, investitsiyalar va boshqa turdagi qimmatli qog‘ozlar oldi–sotdi va harakat ob’ekti hisoblanadi. Bozorlar o‘z qonuniyatlari asosida faoliyat ko‘rsatadi.

Bu qonuniyatlarni bilish, ulardan oqilona foydalana olish, butun iqtisodiy, moliyaviy samarani oshishida katta ahamiyat kasb etadi. Ma’muriy buyruqbozlik tizimidan voz kechgan, bozor iqtisodiyoti sharoitida moliyaviy resurslardan uzluksiz foydalanish, ularni samarali investitsiyalash va maqsadga muvofiq yunaltirish muhim ahamiyatga ega. Bu moliya bozori yordamida ta’minlanadi.

Moliya bozori quyidagi turlarga bo‘linadi:

 qimmatli qog‘ozlar bozori;

 ssuda kapitali yoki kredit bozori;

 valyuta bozori (pul bozori);

 investitsiya bozori (kapital bozori) va b.q.

Moliya bozorining amal qilishiga ob’ektiv shart–sharoit bo‘lib, sub’ektlarning moliyaviy resurslarga bo‘lgan extiyojini qondirish manbalarning mos kelmasligi hisoblanadi. Boshqacha qilib aytganda, xalq xo‘jaligida ayrim korxona, birlashmalar yoki xo‘jalik sub’ektlarida ortiqcha pul mablag‘lari bo‘lgani holda boshqa bir sub’ektlarda bu mablag‘larga muxtojlik mavjud bo‘ladi. Moliyaviy bozor ana shu bo‘sh mablag‘larni yig‘ish va ularni samarali joylashtirishda pul mablag‘larini egalari (jamg‘aruvchilar) va ulardan foydalanuvchilar (investorlar) o‘rtasida vositachilik qiladi.

Jamg‘aruvchilar – bu o‘zida pul mablag‘larini to‘plagan va o‘z jamg‘armalarini turli moliya – kredit institutlari (pensiya fondi, sug‘urta tashkilotlari, banklar) orqali investitsiyalashni amalga oshiruvchi yuridik va jismoniy shaxslardir.

Foydalanuvchilar (investorlar) – jalb qilingan pul mablag‘larini biror faoliyatga (ishlab chiqarishni kengaytirish, davlat harajatlarini qoplash) safarbar qiluvchi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar yoki davlat xokimiyati organlaridir.

Moliyaviy bozor samarali amal qilishi uchun mamlakatda quyidagilar mavjud bo‘lishi va shakllangan bo‘lishi lozim:

1. Real mustaqillikka ega bo‘lgan mulkdorlarning mavjud bo‘lishi. Xaqiqiy mustaqillikka ega bo‘lgan mulkdorlargina moliyaviy bozorda faoliyat ko‘rsatib, moliyaviy resurslarga talabni tashkil qiladilar va ularni turli harajatlarga samarali investitsiyalashni ta’minlaydilar.

2. Moliyaviy bozorning samarali amal qilishi uchun mamlakatda tegishli huquqiy asos yaratilgan bo‘lishi lozim. Moliyaviy bozorning ahamiyatga quyidagilardan iborat:

birinchidan, ortiqcha pul mablag‘larini (ishlab chiqarish quvvatini oshirishga) tez va qisqa muddatlarda investitsiyalash imkonini beradi.

 ikkinchidan, moliyaviy bozor orqali investorlarga maksimal foyda olishni ta’minlovchi korxona va tarmoqlarning rivojlanishi osonlashadi.

uchinchidan, moliyaviy bozor orqali kapitallarning u tarmoqdan bu tarmoqqa oqib o‘tishi fan–texnika dasturlariga, fan–texnika yutuqlarini tez tatbiq etishga yordam beradi.

 to‘rtinchidan, moliyaviy bozor byudjet kamomadini sivilizatsiyalashgan usulda qoplash imkonini yaratadi.

Bozor iqtisodiyotining asosiy maqsadlaridan biri daromad (foyda) olish ekanligi, har qanday faoliyat sarmoyani ko‘paytirish sohasi ekanligi yoki shunday bo‘lishi shartligi sababli va shu nuqtai nazardan olganda har qanday bozor ayni yilda sarmoyalarni qo‘yish uchun bozor hamdir.

Sarmoyani jamg‘arish yoki uni olish mumkin bo‘lgan soha – faoliyatning moliyaviy sohasidir.

Xullas, sarmoyani qo‘yishgina mumkin bo‘lgan bozorlarni (birlamchi bozorlar) va ushbu sarmoyalar jamg‘ariladigan, jamlanadigan, markazlashtiriladigan va oxir–oqibatda birlamchi bozorlarga qo‘yiladigan moliya bozorlarini farqlash kerak. Moliya bozorlari, ular yana sarmoyalar bozorlari deb ham nomlanadi – pul mablag‘larining birlamchi egalari bilan ularning pirovard foydalanuvchilari o‘rtasidagi vositachilar bozoridir.

Qimmatli qog‘ozlarning barchasi pul sarmoyalaridan kelib chiqmaganligi sababli qimmatli kog‘ozlar bozori to‘liq hajmda moliya bozoriga kiritilishi mumkin emas. Qimmatli qog‘ozlar bozorining sarmoya sifatida pulga asoslanadigan qismi fond bozori deb nomlanadi va shu sifatda moliya bozorining tarkibiy qismi hisoblanadi.

Fond bozori qimmatli qog‘ozlar bozorining katta qismini tashkil etadi. Qimmatli qog‘ozlar bozorining qolgan qismi o‘zining nisbatan kichiq hajmlari tufayli maxsus nomni olmadi, shu sababli ko‘pincha qimmatli kog‘ozlar bozori bilan fond bozori tushunchalarini bitta narsa deb hisoblanadi. Bundan keyin qimmatli kog‘ozlar bozorining ikkinchi qismini pul va tovar qimmatli qog‘ozlari bozori yoki boshqa qimmatli qog‘ozlar bozori deb nomlaymiz.

Qimmatli qog‘ozlar bozori joyini ikki nuqtai nazardan turib, ya’ni, turli manbalardan pul mablag‘larini jalb etish hajmlari nuqtai nazaridan va o‘zining pul mablag‘larini biror bir bozorga qo‘yish nuqtai nazaridan baholash mumkin.

Pul mablag‘larini jalb etish ichki va tashqi manbaalar hisobiga amalga oshirilishi mumkin. Ichki manbalarga odatda amortizatsiya va olingan foyda kiritiladi.

Qimmatli qog‘ozlarni chiqarishdan olingan mablag‘lar va bank ssudalari tashqi manbalar hisoblanadi. Umuman jahon hamjamiyatida, tabiiyki, ichki manbalar ustun turadi zero, tashqi manbalar ichki, manbalarni qayta taqsimlash natijasi hisoblanadi.

Sanab o‘tilgan sarmoya bozorlari o‘rtasida mablag‘lar harakati ko‘p omillarga bog‘liq holda yuz beradi, ularning asosiylari quyidagilardan iborat:

 bozorning daromad keltirish darajasi;

 bozorni solikka tortish shartlari;

 sarmoyani boy berish yoki ko‘tilayotgan daromadni oxirigacha olmaslik xatari darajasi;

 investor uchun bozor va qulaylikni tashkil etish, bozorga tez kirish va undan chiqish imkoniyati, xabardorlik darajasi va h.k.

Moliya bozorining funksiyalari – umumbozor funksiyalar va uni boshqa bozorlardan farqlab turadigan o‘ziga xos funksiyalar. Umumbozor funksiyalariga quyidagilar kiradi:

 tijorat funksiyasi, ya’ni mazkur bozordagi operatsiyalardan muayyan daromad olinishi;

 narx funksiyasi, u bozor narxlarining shakllanish jarayoni, ularning doimiy harakati va hokazolarni ta’minlaydi;

 axborot funksiyasi, ya’ni bozor o‘z ishtirokchilariga savdo ob’ektlari va uning ishtirokchilari to‘g‘risidagi bozor axborotini yetkazadi;

 tartibga solish funksiyasi, ya’ni bozor savdo – sotiq va unda ishtirok etish qoidalari, ishtirokchilar o‘rtasida nizolarni hal etish tartibini barpo etadi, ustun jihatlarni, nazorat qilish yoki hatto boshqarish organlarini belgilaydi va hokazo.

O‘ziga xos funksiyalariga quyidagilarni kiritish mumkin:

 qayta taqsimlash funksiyasi;

 narx va moliya xatarlarini sug‘urtalash funksiyasi.

Korporativ tuzilmalarning mohiyatiga to’xtalsak. Buning uchun korporativ tuzilmalarning asosiy xususiyatlarini aniqlash kerak. Shunday qilib, zamonaviy korporativ tuzilmalarning asosiy farqlovchi belgilari quyida keltirilgan:

1) Uyushma - tashkiliy-huquqiy jihatdan bu umumiy manfaatlarga ega bo'lgan yuridik shaxslarning ixtiyoriy birlashmasi, o'zaro hamkorlik va rivojlanishning yagona strategiyasi. Resurs jihatidan assotsiatsiya yaxlit biznes tizimini shakllantirish uchun iqtisodiy birliklarning potentsialini birlashtirishda ifodalanadi.

2) Barcha ishtirok etuvchi tashkilotlar uchun umumiy maqsad - o'z maqsadlari va korporatsiyaga kiritilgan bo'linmalarning funktsional strategiyalari umumiy bo'lgan narsalarga zid bo'lmasligi kerak.

3) ishtirok etuvchi tashkilotlarni markazlashtirilgan boshqarish - markaziy (boshqaruvchi, bosh) kompaniya tomonidan amalga oshiriladi.

4) Birlashgan ishlab chiqarish, texnologik va moliyaviy tizimlarni shakllantirishga korporatsiya ichidagi xo'jalik yurituvchi subyektlarning o'zaro hamkorligining samarali sxemasini yaratishga e'tibor qaratilgan.

5) diversifikatsiya qilish istagi - korporativ tuzilma uchun faoliyatning eng istiqbolli yo'nalishlariga erishish istagi.

6) Katta loyihalarga sarmoya kiritish qobiliyati - shaxsiy va qarz mablag'larini jalb qilish orqali uzoq muddatli, ilmiy va kapital talab qiladigan yirik loyihalarga sarmoya kiritish qobiliyati.

7) Ichki korporativ raqobat simbiozi - xo'jalik yurituvchi subyektlarning raqobati sifatida amalga oshiriladi: ishtirok etuvchi tashkilotlar, ularning bo'linmalari, xizmatlari va boshqalar.

8) Xatarlarni taqsimlash - innovatsiyalarning turli sohalarida diversifikatsiya qilish va keng miqyosli axborot resurslaridan, ichki korporativ zaxira fondlari tizimidan va yuqori malakali boshqaruv xodimlaridan foydalanish orqali ularning ta'sirini sezilarli darajada kamaytirish.

9) Ishtirok etuvchi tashkilotlar o'rtasida daromadlarni qayta taqsimlashning o'tkazish shaklidan foydalanish, biron-bir sababga ko'ra moliyaviy holatining kutilmagan darajada yomonlashishi yoki umuman kompaniyaning innovatsion strategiyasini amalga oshirish uchun mablag 'ajratilishi munosabati bilan, u yoki boshqa biznes bo'linmani qo'llab-quvvatlash zarurati bilan bog'liq.

10) Tranzaktsion xarajatlarni qisqartirish - korporativ tuzilishga kiritilgan tashkilotlar o'rtasidagi shartnoma munosabatlarini doimiy ravishda takomillashtirish va tuzatishga asoslanadi2.

Moliyaviy bozorlar faoliyatining rivojlanish darajasi va barqarorligi korporativ tuzilmalarning samarali ishlashi uchun juda muhimdir, chunki korporatsiya o'zining ikkilamchi xususiyati tufayli har doim iqtisodiy tizim ichidagi real va moliyaviy sektorlarning o'zaro munosabatlarida namoyon bo'ladi. Bir tomondan, korporatsiyaning asosiy faoliyati sanoat kapitali hisoblanadi, boshqa tomondan u qimmatli qog'ozlarda «hayoliy kapital» darajasida namoyon bo'ladi.

Korporativ tuzilmalar va moliyaviy bozorlar o'rtasidagi munosabatlarning o'zaro bog'liqligi ikki darajada namoyon bo'ladi: tashkiliy, iqtisodiy va institutsional. Birinchi darajadagi munosabatlarning mazmuni tegishli bozorlarning resurslaridan foydalanish orqali korporativ kapitalning o'z-o'zini o'sishiga doimiy ehtiyojda namoyon bo'ladi. Qimmatbaho qog'ozlar bozori va bank kapitali bozori moliya tizimining asosiy elementlari sifatida korporatsiya tomonidan tadbirkorlik faoliyatini moliyalashtirishning alternativ manbalari hisoblanadi.

Ushbu bozorlarning har biri korporatsiyalar bilan munosabatlarda o'zining asosiy qiziqishlariga ega. Bank kapitali va korporatsiyalarning o'zaro manfaatli tomoni shundaki, birinchisining kapitalga uzoq muddatli, ishonchli sarmoyasi olinishi, ikkinchisi - yirik, texnik jihatdan jihozlangan, kapital talab qiladigan ishlab chiqarishlarni barpo etishda o'z afzalliklarini to'liq amalga oshirish imkoniyatidir.

O'z navbatida, fond bozori keng moliyaviy vositachilar tarmog'i orqali jismoniy va yuridik shaxslarning jamg'armalari ko'rinishidagi katta moliyaviy manbalarni jalb qilish imkoniyatini beradi. Qimmatbaho qog'ozlar bozori, o'z-o'zini tartibga solish mexanizmlarini o'zida mujassam etgan holda, resurslarni qayta taqsimlash bilan bog'liq xarajatlarni minimallashtirishga imkon beradi va ularni kapitallashuv darajasi yuqori bo'lgan joyga yo'naltiradi. Moliyaviy bozorlar bilan munosabatlarni diversifikatsiya qilish ular o'rtasidagi raqobatni rag'batlantiradi va ularning biridagi vaziyatning o'zgarishi bilan bog'liq yo'qotish xavfi ikkinchisini qo'llashdan ma'lum foyda bilan qoplanishi mumkin.

Shu bilan birga, moliya bozorlarining bozor infratuzilmasi elementlari sifatida korporativ kapitali o'sishi uchun raqobat sharoitlari va imkoniyatlarini yaratish qobiliyati korporativ tuzilmalardagi tashkiliy o'zgarishlar darajasiga bevosita ta'sir qiladi. Moliyaviy bozorlar rivojlanmagan yoki beqaror bo'lgan taqdirda, korporativ kapital o'z o'sish maqsadini gibrid muvofiqlashtirish vositalaridan foydalangan holda integratsiyalashgan tuzilmalarni qurish orqali amalga oshirishi mumkin. kapitalning to'planishi va ishlab chiqarish manbalarining kontsentratsiyasi tufayli.

Institutsional darajada korporativ tuzilmalar va moliyaviy bozorlarning o'zaro bog'liqligi moliya bozori korporativ mulkning institutsional arxitekturasining ajralmas elementi sifatida, o'z vakolatlari egalari tomonidan amalga oshiriladigan korporativ munosabatlar tizimini muvozanatlash uchun zarur bo'lgan institutsional va iqtisodiy rag'batlantiruvchi vositalarni yaratganligidan dalolat beradi. Xususan, fond bozori qadriyatlaridan biri korporativ munosabatlar qatnashchilariga (birinchi navbatda, korporatsiya boshqaruviga) intizomli ta'sir ko'rsatishdir, bu ularning opportunistik xatti-harakatlari imkoniyatlarini sezilarli darajada cheklaydi. Bundan tashqari, moliyaviy bozorlar ma'lum institutsional to'siqlarni o'rnatish yo'li bilan korporativ munosabatlar qatnashchilariga bosim o'tkazishi mumkin: axborotni oshkor qilish darajasiga qo'yiladigan talablar (shu jumladan moliyaviy hisobot), manfaatlarni muvofiqlashtirishning ichki mexanizmlarini ishlab chiqish (korporativ axloq kodeksi, aktsiyadorlarning kelishuvlari, mustaqil direktorlar instituti) va hokazo. Boshqacha aytganda, korporativ munosabatlar tizimida "sifatli to'siqlarni" o'rnatgan moliyaviy bozorlar korporativ tuzilmalarning ichki afzalliklarini amalga oshirish uchun sharoit va imkoniyatlar yaratadi.

Iqtisodiy jarayonlar globallashuvi bilan bog'liq korporativ tuzilmalar va moliyaviy bozorlar o'rtasidagi munosabatlar tizimidagi yana bir muhim jihatga e'tibor qaratish zarur. Globallashuv korporatsiyalar va moliya bozorlarining o'zaro bog'liqligini sezilarli darajada oshiradi, chunki bu mos keladigan kapitalni qo'llash doirasini kengaytiradi va korporativ kapitalning barqaror o'sishi uchun qo'shimcha imkoniyatlar yaratadi. Boshqacha aytganda, global iqtisodiyotda korporativ tuzilmalar o'ziga xos ichki afzalliklari tufayli milliy iqtisodiyotni dunyoga integratsiyalashuvining zaruriy tashkiliy va institutsional sharti sifatida xizmat qiladi. Shu bilan birga, bunday integratsiyaning samaradorligi milliy moliya bozorlarining tegishli infratuzilmasini rivojlantirishga bevosita bog'liqdir, chunki u kapitalning erkin oqishi uchun sharoit yaratadi, bu korporativ tuzilmalarning samarali ishlashi uchun iqtisodiy rag'batlarni yanada oshiradi.

Ko'rib chiqilayotgan korporativ tuzilmalar va moliya bozorlarining o'zaro bog'liqligi rivojlanayotgan iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda aksariyat hollarda namoyon bo'lmayapti, chunki ular ikki kuchning doimiy bosimi ostida: birinchidan, korporativ tuzilmalar va moliyaviy bozorlar o'rtasidagi munosabatlarni shakllantirish va rivojlantirishning milliy xususiyatlari ta'sir qiladi, ikkinchidan, bosim o'tkaziladi. qoidalar va standartlar doimiy o'zgarishda bo'lgan global iqtisodiy tizim.

2. Moliya bozorini rivojlantirishda korporativ tuzilmalarning faolligini ta’minlash

Moliya bozori rivojlanishi keyinchalik tegishli moliya bozorlarini repo va derivativlarni ya’ni hosilaviy qimmatli qog‘ozlarni joriy etishni qo‘llab-quvvatlaydi, bu o‘z navbatida risklarni boshqarish va moliyaviy barqarorlikni yaxshilashga olib keladi, bu esa iqtisodiy farovonlikni oshirishga xizmat qiladi. Qisqa muddatli foiz stavkalari bozoridagi likvidlilik va narx barqarorligi qimmatli qog‘ozlar bozorida likvidlilikni, bozorni qo‘llab-quvvatlashga yordam berishi mumkin. Bu esa, o‘z navbatida, hukumat va boshqa qimmatli qog‘ozlar emitentlari uchun chiqarilgan mablag‘ni qisqartirishi kerak. Haqiqatan ham, davlat qimmatli qog‘ozlarining ikkilamchi bozori barqaror daromadli qimmatli qog‘ozlar bozori rivojlanishining katalizatori bo‘lib xizmat qilishi mumkin, uning rentabelligi xususiy bozori kreditining narx-navo ko‘rsatkichi hisoblanadi. Ushbu bozorlar rivojlanishi kerakli bozor infratuzilmasini rivojlantirish, jumladan mustahkam to‘lov va hisob-kitob tizimlari va qo‘llab-quvvatlovchi qonunchilik bazasi bilan birga bo‘lishi kerak3.

Moliya bozorining eng katta segmenti bo‘lib fond bozori hisoblanadi. Shu sababli fond bozorini tahlilini quyida ko‘rib chiqamiz.

“Toshkent” Respublika fond birjasida amalga oshirilgan 2012-2018 yillar oralig‘idagi savdo aylanmasi ko‘rsatib turibdiki, 2012-yilda Resbublika fond bozorida yuz bergan yillik savdo aylanmasi 170,7 mlrd. so‘mni, 2013-yilda esa 93,2 mlrd. so‘mni, 2014-yilda 97,1 mlrd. so‘mni, 2015-yilda 166 mlrd. so‘mni tashkil etgan bo‘lib, 2016-yilga kelib savdo hajmi ko‘rsatkichlarida o‘sishni ko‘rishimiz mumkin. Shuningdek, savdo hajmlari 2016-yilda 299,8 mlrd. so‘m, 2017-yilda esa 298,6 mlrd. so‘m bo‘lgan, 2018-yilda esa anchagina sezilarli darajada savdo aylanmasi hajmini o‘sganligini diagramma ma’lumotlaridan ko‘rsak bo‘ladi, ya’ni 2018-yilda Respublika fond birjasidagi yillik savdo aylanmasi 687,9 mlrd. so‘mga yetganligini ko‘rishimiz mumkin. Bu o‘z navbatida mamlakatimizda fond bozorida yaxshi o‘zgarish yuz berayotganligini ko‘rsatadi(1-rasm).



Moliya bozorini rivojlantirish bir qator imkoniyatlarni ochib beradi. O‘z navbatida moliya bozori hamda zamonaviy moliyaviy infratuzilmaning rivojlanishi innovatsion rivojlanish yo‘liga o‘tishning asosiy shartlaridan biri hisoblanadi. Faqat shunday sharoitdagina investitsiya faoliyatini faollashtirish va investitsiya oqimlarini ishlab chiqarish, so‘ngra esa yuqori texnologiyalar sohasiga qayta yo‘naltirish mumkin bo‘ladi. Zamonaviy moliya bozorlarining asosiy unsurlarini yaratmasdan turib, iqtisodiy o‘sish asosiy omillaridan biri hisoblangan to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarning kirishiga erishib bo‘lmaydi. Moliya bozori yordamida iqtisodiyotda pul mablag‘lari harakati ta’minlanadi, shuningdek, moliya resurslarini beto‘xtov shakllantirish, ulardan samarali foydalanish va sarmoyalash amalga oshiriladi. U investitsiyaga aylanayotgan pulning xo‘jalikning turli sohalari o‘rtasida erkin ko‘chib yurishi, moliya resurslaridan erkin va oqilona foydalanishni ta’minlaydi.



1-rasm. “Toshkent” Respublika fond birjasida 2012-2018 yillardagi savdo aylanmasi dinamikasi4

Quyidagi rasmda (2-rasm) “Toshkent” Respublika fond birjasida 2012-2018 yillarda tuzilgan yillik shartnomalar soni keltirilgan. Rasmda ma’lumotlariga asosan 2012-2013-2014 yillar davomida deyarli shartnomalar soni 900 dona atrofida, ya’ni mos ravishda 916, 941, 918 tani tashkil qilgan bo‘lsa, 2015-yildan boshlab esa shartnomalar soni o‘sganligini ko‘rishimiz mumkin. 2015-2016-2017 yillarda shartnomalar soni mos ravishda, 2794, 3080, 2572 donani tashkil etgan. 2018-yilga kelib esa, Respublika fond birjasida tuzilgan shartnomalar soni ancha o‘sganligi diagramma ma’lumotlaridan yaqqol ko‘rinib turibdi. Ushbu yilda shartnomalar soni 13751 taga yetgan, ya’ni o‘tgan yillarga nisbatan bir necha barobar ko‘p shartnoma tuzilganligi albatta iqtisodiyotimizning rivojlanishi uchun hissa qo‘shadi.




Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling