O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent kimyo‐texnologiya instituti “menejment va kasb ta’limi” fakul’teti


Download 5.04 Kb.
Pdf ko'rish
bet10/26
Sana07.07.2020
Hajmi5.04 Kb.
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   26

(1-ilova) 
REJA: 
1.  Ovqatlanish va ovqat mahsulotlari tarkibi. Ularning energenik bahosi. 
2.  Energiyaning o’zgarishi va uning sarfi. Tana harorati. 
3.  Modda va energiya almashinuvining yoshga bog’liq xususiyatlari. 
4.  Organizmning energiyaga bo’lgan sutkalik ehtiyoji.  
 
(2-ilova) 
1. Ovqatlanish va ovqat mahsulotlari tarkibi. Ularning energenik bahosi. 
Ovqat  moddalari  tarkibiga  oqsillar,  yog‘lar,  uglevodlar,  mineral  tuzlar,  suv  va 
vitaminlar kiradi. Asosan, oqsillar, yog‘lar va uglevodlar energiya hosil qiladi, qolganlari 
hosil qilmaydi. Oqsillar, yog‘lar, uglevodlarning kislorod bilan oksidlanib parchalanishi 
natijasida energiya hosil bo‘lishi energiya almashinuvi deyiladi.  
 
Oqsillarning ahamiyati. Oqsil inson oziqasidagi asosiy qism bo‘lib, organizmning 
plastik  funksiyasi  va  quvvatini  oshiradi.  Oqsil  hujayraning  asosiy  tarkibiy  qismini  va 

83 
 
hujayralararo  tizimini  tashkil  qiladi.  Oqsil  umumiy  tana  og‘irligining  16-17  %  ini 
tashkil  qilishi,  quruvchi  qism  sifatida  uning  ahamiyati  birinchi  darajali  ekanligini 
ko‘rsatadi.  
Asosiy  hayotiy  jarayonlar  oqsil  bilan  bog‘liq 
bo‘lib,  ular  organizmning  ko‘payish  va  o‘sish 
qobiliyati,  sezuvchanlik,  moddalar  almashinuvi, 
qisqarish harakatining turli ko‘rinishi va bir qancha 
faoliyatiga 
egadir. 
Oqsil 
katalizator 

tezlashtiruvchi vazifasini bajaradi.  
Oqsil  bolalar  organizmida  immunitet  hosil 
bo‘lishida  qatnashadi.  DNK  va  RNK  tarkibi  oqsil 
molekulalaridan tuzilganligi hozirgi zamon genetik 
axborot berilishini ko‘z oldimizga keltiradi. 
Oqsil moddalar energiyasi sarflanishi jarayonida ham qatnashadi. 
Oqsillar  aminokislotalardan  tuzilgan  20  ta  aminokislotadir.  Ularni  10  tasi 
almashtirib bo‘lmaydigan - eng zarur (lizin, triptofan, gistidin, metionin, treonin, leysin, 
izoleysin, valin, sistoin, fenilalanin) aminokislotalardir.  
Qolgan  10  tasi  almashtirish  mumkin  bo‘lgan  aminokislotalardir.  Oqsillar 
molekulasidagi aminokislotalar soniga qarab, 2 xil bo‘ladi: sifatli va sifatsiz oqsillar. 
Sifatli  oqsillar  tarkibida  yuqorida  ko‘rsatilgan  10  ta  almashtirib  bo‘lmaydigan 
aminokislotalar  mavjud.  Oqsil  tarkibidagi  aminokislotalar  (ayniqsa  organizm  sintez 
qilishi  mumkin  bo‘lmagan  aminokislotalar)  soniga  qarab,  biologik  qiymat  qo‘yiladi. 
Bolalar  ovqatida  aminokislotalarni  noto‘g‘ri  muvozanatlash,  almashtirib  bo‘lmaydigan 
aminokislotalarning  biror-bir  taʻsirining  etishmasligi  organizm  rivojlanishiga  salbiy 
natija berishi mumkin. Hozircha oziq-ovqatlarda 26 xil aminokislotalar uchraydi. 
Aminokislotalarning  biologik  qiymatini  belgilovchi  mezon  -  bu  ularning  bir 
kompleksda  bo‘lishi  va  ularsiz  organizmda  oqsil  sintezi  bo‘lishi  mumkin  emasligidadir.  
Oqsillar  almashinuvi  jarayonida  oqsillar  organizmda  kislorod  ishtirokida  oksidlanib, 
parchalanadi,  o‘zidan  energiya  ajratadi.  1  g.  oqsil  parchalanganda  4.1  kkal.  energiya 
ajratadi.  
Gistidin  -  gemoglobin  hosil  bo‘lishida  muhim  rol  o‘ynaydi.  Qon  tomirlarini 
o‘tkazish qobiliyatiga taʻsir qiluvchi moddalarni gistaminlarni hosil qiladi.  
Yog‘larning ahamiyati. Yog‘ oqsil singari asosiy oziqa moddadir, ammo uning quvvati 
oqsildan  2,5  marta  kuchlidir.  Yog‘  organizmning  mehnat  faoliyatini  to‘g‘ri  yo‘lga 
qo‘yilishida katta ahamiyatga ega. 1 g yog‘ kuvvati 9 kkal ga teng keladi, 1 g oqsil va 1 g 
karbonsuv faqat 4 kkal kuchga ega. Yog‘lar hujayralar tarkibiga kiradi.  
Hujayra 
funksiyasida 
yog‘ning 
ahamiyati 
katta. 

moddalar 
almashinuvida  qatnashib,  oqsil,  mineral 
moddalar  va  vitaminlarning  organizmga 
singishiga yordam beradi. 
Yog‘  tarkibiga  fiziologik  ahamiyati 
yuqori    bo‘lgan    fosfatidlar,  ko‘p 
to‘yinmagan yog‘ kislotalari kiradi. 
Yog‘  bilan  birga  organizm  yog‘da 
eriydigan vitaminlar bilan taʻminlanadi. 
 
Nerv to‘qimasi va bosh miya yarim sharlarida fosfatidlarning ko‘pligi aniqlangan. 

84 
 
Fosfatidlar organizmda, jigar va qonda qisman sintezlanadi. O‘simlik moyi, tuxum, 
sariyog‘ kabi yog‘ moddalar fosfatidlar manbai hisoblanadi. 
Ko‘p  to‘yinmagan  yog‘  kislotasi  (  KTYOK)
 
-  linol,  linolen,  araxidon  organizmda 
sintez bo‘lmaydigan, hayot uchun zarur bo‘lgan moddalardan biri. Biriktiruvchi to‘qima va 
xujayra qobig‘ining hosil bo‘lishi linolen moddasiga bog‘liq.  
 
KTYOK  qon  tomir  devoriga  taʻsir 
qilib, 
uning 
elastikligini 
oshiradi, 
o‘tkazuvchanliginn 
kamaytiradi 
va 
organizmning himoya kuchini oshiradi. 
Bolalardagi  KTYOKga  bo‘lgan 
talab kattalarnikiga nisbatan ko‘p,  
masalan,  katta  yoshdagilarda  KTYOK 
kunlik  meʻyori  ratsiondagi  kunlik  kuch 
qiymatining  1  foizini  tashkil  qiladigan 
bo‘lsa,  bolalarda  2  foizdan  kam 
bo‘lmasligi zarur. 
Uglevodlarning  ahamiyati.  Uglevodlarning  fiziologik  ahamiyati  ularning  energetik 
xususiyati  bilan  aniqlanadi.  Har  qanday  fiziologik  holatda  uglevodlarga  bo‘lgan  ehtiyoj 
ko‘proq.  Uglevodlar  hujayra  va  to‘qima  tarkibida  bo‘lib,  plastik  va  kuch  rolini  bajaradi. 
Hujayralar va to‘qimalararo moddalar murakkab uglevodlardan iborat. 
Miya yarim sharlarining to‘g‘ri vazifa bajarishi, muskul ishi, jigar va buyrakda 
boruvchi murakkab reaksiyalar uglevodlar hisobiga amalga oshadi. Qisqa vaqt ichida 
oz miqdorda qon tarkibidagi glyukoza miqdorining o‘zgarishi nerv sistemasiga bog‘liq 
bo‘lgan  organizmdagi  bir  qancha  funksiyali  buzilish  bilan  namoyon  bo‘ladi.  Uglevodlar 
organizmda  turli  ko‘rinishda  oddiy  monosaxaridlar,  disaxarid,  polisaxarid,  erkin  holatda, 
qolaversa  lipid,  mikroelementlar  va  oqsillar  bilan  murakkab  komplekslar  hosil  qilgan 
holda uchraydi. 
Uglevodlar  jigar  va  mushaklarda  glikogen  to‘rda  to‘plam  hosil  qiladi.  Glikogen 
polisaxaridlarga  kiradi.  Disaxaridlar  va  polisaxaridlar  ichakda  monosaxaridlarning 
oddiy  birikmalariga    qadar  parchalanadi  v a   q onga  so‘riladi.  Ular  darvoza  vena 
bo‘ylab  jigarga  tushadi,  bu  erga  glyukozadan  glikogenga  sintezlanadi  va  oqibat 
natijada moddalar almashinuvida qatnashadi. 
Bir kunda sarflangan energiyaning yarmidan ko‘pi uglevodlar hisobiga qoplanadi. 
Organizm  uglevodlarga  ayniqsa,  mushak  ishi  paytida  ehtiyoj  sezadi.  Uglevodlar  tana, 
yurak  mushagi,  shuningdek,  samarali  aqliy  mehnat  uchun  zarur  bo‘ladi.  Ovqatlanish 
to‘g‘ri  tashkil  qilinganda,  sutka  mobaynida  o‘smir  438-500  gramm  uglevod 
isteʻmol qilishi kerak. 
 
Bolalar va o`smirlarning bir kecha-kunduzgi ovqati tarkibida bo`ladigan oqsil, yog` 
va uglevodlar me`yori 
Bolalar va 
o`smirlarning 
yoshi 
Oziq moddalar miqdori (g) 
 
Shu 
moddalardan 
ajraladigan 
energiya (kkal) 
oqsil  
yog` 
uglevodlar 
5-7 
65-75 
75-80 
250-300 
1800-2300 
8-11 
75-90 
80-90 
350-450 
2400-2800 
12-14 
90-100 
90-100 
400-450 
2800-3200 
16-16 
100-120 
100-110 
450-500 
3200-3500 

85 
 
   Katta 
odamlarda 
100-120 
80-110 
450-500 
3200-3500 
 
Vitaminlarning  ahamiyati.  Vitaminlar  ham  yog‘lar,  oqsillar,  uglevodlar,  mineral 
tuzlar, suv kabi organizm uchun zarur bo‘lgan oziqa moddalardan hisoblanadi. Rus olimi 
N.I.  Lunin  (1853-1938)  1880  yilda  organizm  uchun  zarur  bo‘lgan  moddalardan  biri 
vitaminlar  ekanini  birinchi  bo‘lib  isbotladi.    1912  yilda  K.  Funk  tomonidan  ular 
vitaminlar  deb  nomlandi  (vita-hayot  degan  maʻnoni  anglatadi).  Vitaminlarning  40  dan 
ortiq  turi  bo‘lib,  ular  organizmning  o‘sishiga,  modda  almashinuviga,  immun  holatiga, 
yurak va qon-tomir, nerv tizimining ish faoliyatiga taʻsir ko‘rsatadi. Agar biror vitamin 
organizmga  mutlaqo  kirmasa  avitaminoz,  etishmasa  gipovitaminoz,  meʻyoridan  ortib 
ketsa gipervitaminoz deyiladi. Har bir vitamin turli xil vazifani bajaradi. 
O‘smirning  ovqatlanishi  vitaminlar  jihatidan  ham  to‘la  sifatli  bo‘lmog‘i  kerak. 
Vitaminlar  organizmning  normal  o‘sishi,  rivojlanishi  va  hayot  faoliyati  uchun  zarur. 
Ular  almashinuv  jarayonlarini  rag‘batlantiruvchi  va  boshqaruvchilar  sifatida, 
ayniqsa, assimilyasiya jarayonida katta ahamiyatga ega. 
Vitaminlar  mehnat  qobiliyatini  va  organizmning  turli  kasalliklarga  va  tashqi 
muhitning  noqulay  sharoitlariga  nisbatan  chidamliligini  oshiradi.  Organizm  uchun 
ayniqsa, vitamin A, V
1
 V
2
 RR, V
6
, S larning ahamiyati juda muhim. 
Ovqatda  vitaminlar  etarli  bo‘lmaganda,  odam  juda  jahldor  bo‘lib  qoladi,  salga 
charchaydi,  ishtahasi  va  mehnat  qobiliyati  pasayadi,  baʻzan  og‘ir  kasalliklar  kelib 
chiqadi.  Biroq,  shuni  bilish  kerakki,  vitaminlarni,  ayniqsa,  vitamin  preparatlarini 
ortiqcha miqdord a  isteʻmol qilish ham juda zararli. 
Vitamin A - organizmning o‘sish va rivojlanish vitamini. O‘smir ovqati tarkibida 
vitamin  A  yoki  karotinning  bo‘lmasligi  (u  ovqat  bilan  organizmga  tushib,  jigarda 
vitamin  A  ga  aylanadi),  ko‘z  kasalligi  -  shapko‘rlik  paydo  qiladi,  organizmning 
yuqumli kasalliklarga nisbatan qarshiligini susaytiradi, bu vitaminsiz yuz va qoʻl terisi 
g‘adir-budir  bo‘lib  qoladi,  dag‘allashadi,  sochlar  xiralashib,  to‘kiladi.  Vitamin  A  sut 
yog‘larida,  sariyog‘da,  tuxum  sarig‘ida,  sutda,  baliq  moyida,  jigarda,  sabzida, 
pomidorda, qovoqda, o‘rikda, xurmoda, salatda, ismaloq va naʻmatakda ko‘p bo‘ladi. 
 
Odam organizmi uchun bir kecha – kunduzda zarur bo`ladigan 
vitaminlar miqdori 
 
 
Vitaminlar (mg) hisobida 
Dinter- national 
birliklarda 
 

В 
В 
С 
РР 
 
Katta yoshli  odam 
Homilador, emizikli 
ayollar 
7 yoshgacha bo`lgan 
bolalar 
7 yoshdan katta bolalar 

2-2,5 
 

 

1-3 

 

 
1,5-2 


 

 

50-75 
75-100 
 
35 
 
50 
12-20 
18-20 
 
12 
 
12 
100 gacha 
500-1000 
 
500-1000 
 
500-1000 
 
Mineral moddalar. Mineral moddalarsiz organizm yashay olmaydi. Ular xuddi 
oqsillar kabi  muhim  qurilish materiali hisoblanadi, skelet suyaklarining tuzilishida, 
tish to‘qimalarining  shakllanishida  ishtirok etadi.  

86 
 
 
Mineral  tuzlar  organizmdagi  biologik 
suyuqliklar osmotik bosimini maʻlum 
darajada  tutib  turish,  organizmda 
kislota-ishqor muvozanatini boshqarish 
uchun  zarur  bo‘ladi.  Bir  qator 
hayotiy  jarayonlar  faqat  mineral 
moddalar ishtirokida sodir bo‘ladi. 
O‘smirlik  Yoshidagi  organizmning  mineral  tuzlarga  bo‘lgan  ehtiyoji  katta 
yoshlilarga  nisbatan  katta.  Bunga    organizmning  tez  o‘sishi  va  shakllanishi, 
shuningdek, moddalar almashinuvining juda jadal kechishi imkon beradi. 
Mineral  tuzlar  ikkiga:  makroelementlar  va  mikroelementlarga 
bo‘linadi. 
Makroelementlarga  -  natriy,  xlor,  kalsiy,  fosfor,  kaliy,  temir  kiradi.  Bular  qon, 
hujayra, ayniqsa, suyaklar tarkibida ko‘p miqdorda bo‘ladi. 
 
Mikroelementlarga - rux, marganets, kobalt, mis, alyuminiy, ftor, yod kiradi. Bular 
qon, hujayra va suyaklar tarkibida oz mikdorda bo‘ladi. 
Yod  -  mikroelementlari  etishmasligidan  endemik  kasalliklari  kelib  chiqadi.  Yodning 
fiziologik  ahamiyati  qalqonsimon  bez  faoliyatiga  bo‘lgan  ijobiy  va  salbiy  taʻsiri  bilan 
xarakterlanadi.  Organizmda  yod  etishmasligi  qalqonsimon  bez  faoliyatining  buzilishi  va 
bo‘qoq paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi. 
 
2. Energiyaning o’zgarishi va uning sarfi. Tana harorati. 
Energiya sarfi. Odam organizmida kecha-kunduz davomida sarflanadigan energiya 
uch qismdan iborat. 
1.  Asosiy  moddalar  almashinuvini  ta'minlash  uchun  sarflandigan  energiya.  Bu 
energiya  nafas  olish,  yurak,  buyrak,  jigar  va  boshqa  hayotiy  muhim  organlar  normal 
ishlab turishini ta'minlash uchun sarflanadi. Bu energiyaning miqdori 1 soatda 1kg tana 
vazniga 1 kkal ga teng. 
2.  Ovqatni  hazm  qilishga  sarflanadigan  energiya  iste'mol  qilingan  ovqatni  hazm 
qilish uchun me’da-ichak, jigar, me’da  osti bezi kabi organlarning ishi kuchayadi va ular 
energiya sarflaydi. Sarflangan energiyaning miqdori ovqat tarkibiga bog'liq. 
3.  Odam  bir  kecha-kunduzda  bajaradigan  ishiga  sarflanadigan  energiya.  Bu 
energiya miqdori har bir odamning kasbiga, ko'p yoki oz harakatlanishiga bog'liq. Aqliy 
mehnat  bilan  shug'ullanuvchilar  kam,  jismoniy  mehnat  bilan  shug'ullanuvchilar  ko'p 
energiya sarflaydi. 

87 
 
1  g  oqsil  organizmda  kislorod  bilan  oksidlanganda  4,1  kkal,  1g yog`  9,3  kkal,  1g 
uglerod    4,1  kkal  energiya  hosil  qiladi.  Odamda  kecha-kunduzlik  ovqatdan  hosil 
bo'ladigan energiya miqdori sarflanadigan energiya miqdoriga teng bo'lishi kerak. 
Bolalar va o'smirlarda iste'mol qilingan ovqatdan hosil bo'ladigan energiya miqdori 
sarflanadigan  energiyaga  nisbatan  ko'proq  bo'lishi  lozim.  Chunki  ma'lum  miqdorda 
energiya  yosh organizmning o'sishi va rivojlanishi uchun sarflanadi. 
Organizmdagi  moddalar  almashinuvining  hamma  jarayonlari  kimyoviy 
energiyaning boshqa turdagi energiyaga aylanishi bilan birga davom etib boradi. Shunga 
ko'ra moddalar almashinuvi va energiya almashinuvi bir-biriga bog'langan bo'ladi va bitta 
yagona  jarayon  deb  ko'zdan  kechiriladi.  Energiya  almashinuvi  oksidlanish-qaytarilish 
jarayonlarining  jadalligiga  bog'liq  boladi.  Ayni  vaqtda  energiyaga  boy  moddalar 
energetik  potensiali  kamroq  bo'ladigan  birikmalarga  aylanadi  va  u  yoki  bu  turdagi 
energiya ajralib chiqadi. 
Oksidlanish paytida ajralib chiqadigan energiya organizmda issiqlik, mexanik, nur, 
elektr energiyasiga aylanadi va shu holda organizm tomonidan sarflanadi. Energiyaning 
bir qismi organizmda beto'xtov boiib turadigan sintetik jarayonlarga sarf boiadi. 
Energiyaning  kattagina  qismi  issiqlik  energiyasi  ko'rinishida  ajralib  chiqadi, 
taxminan  20—25  foizi  muskullar  qisqarishining  mexanik  energiyasiga  aylanadi,  juda 
kichik  ulushi  elektr  energiyasi  ko'rinishida  namoyon  boiadi.  Biroq,  mexanik  energiya 
ham  muskullar  ishi  paytida  pirovard  natijada  issiqlik  energiyasiga  aylanadi.  Masalan, 
yurak  muskulining  mexanik  ishi  harakat  qilib  turadigan  qonning  kinetik  energiyasiga 
o'tadi.  Mana  shu  kinetik  energiya  tomirlardagi  qon  qarshiligini  yengishga  sarflanadi  va 
qonning tomirlar devoriga ishqalanishida chiqadigan issiqlikka aylanadi. Tana muskullari 
qisqari-shining  mexanik  energiyasi  ham  issiqlikka  aylanadi.  Shunday  qilib,  mexanik 
ishga  sarflangan  energiya  issiqlik  energiyasi  ko'rinishida  atrofdagi  muhitga  o'tadi. 
Energiyaning  oddiy  moddalardan  birmuncha  murakkab  moddalar  sinteziga  sarflangan 
qismiga  kelganda,  bu  energiya  ham  yo'qolmaydi,  balki  ko'paygan  kimyoviy  energiya 
zaxirasi ko'rinishida organizmda saqlanib turadi. Organizm tomonidan ajratib chiqarilgan 
energiya  miqdori  butun  organizm  energiya  sarfming  mezonidir.  Organizm  tomonidan 
sarf  etilgan  energiya  to'g'risida  tasavurga  ega  bo'lmoq  uchun  atrofdagi  muhitga  ajralib 
chiqadigan issiqlik miqdorini o'lchash kifoya. 
Ana
 
shunday  hisoblar  uchun  yutilgan  kislorod  va  ajratib  chiqarilgan  karbonat 
angidrid  gazi  miqdorini  aniqlashdan  tashqari 
nafas koeffitsiyenti
 degan  narsani  ham 
bilish zarur. 
Nafas koeffitsiyenti
 deb,  ajratib  chiqarilgan  karbonat  angidrid  gazi  hajmining 
yutilgan  kislorod  hajmiga  nisbatiga,  ya'ni  ^-  nisbatiga  aytiladi.  Uglevodlar,  yog'lar  va 
oqsillar oksidlanganida nafas koeffitsiyenti kattaligi har xil bo'ladi. 
Chunonchi,  bir  molekula  glukoza  oksidlanganida  mana  bu  tenglamaga  muvofiq  6 
molekula kislorod kerak bo'ladi: 
C
6
H
12
O
6
 + 6O
2
 = 6CO
2
 + 6H
2
O; 
bu holda nafas koeffitsiyenti-6CO
2
/6O
2
 = 1 bo'ladi. 
Yog'lar  oksidlanganida  nafas  koeffitsiyenti  0,7  ga  teng  bo'lsa,  oqsillar 
oksidlanganida  0,8  ga  tengdir.  Odam  odatdagicha  aralash  ovqatlar  bilan  ovqatlanib 
yurganida  nafas  koeffitsiyenti  0,85—0,9  ga  teng  bo'ladi.  1  1  kislorod  yutilganida  hosil 
bo'ladigan issiqlik miqdori nafas koeffitsiyentiga bogiiqdir. 
Asosiy  almashinuv. Odam  tinch  turgan  vaqtida  ham  muayyan  miqdor  energiya 
sarflaydi. Shu energiya beto'xtov davom etib turadigan hayot jarayonlari uchun zarur. Bu 
holda  energiya  yurakning  ishlab  turishi  va  qonning  tomirlarda  yurishi,  nafas 

88 
 
muskullarining ishlashi, buyrak, jigar va hazm organlarining faoliyati, skelet muskullari 
tonusini  saqlab  turish,  to'qimalardagi  sintetik  jarayonlarga  sarflanadi.  Mana  shu 
jarayonlar  davomida  energiya  ajralib  chiqishi  tana  temperaturasini  doimiy  bir  darajada 
saqlab turish uchun zarur issiqlik hosil qilib borishni ta'minlab beradi. 
Atrofdagi  muhit  temperaturasi  18—20
0
C  bo'lib,  organizm  tamomila  tinch  turgan 
mahalida  uning  nahorga  (ovqatdan  12—16  soat  o'tganidan  keyin)  sarf  qiladigan 
energiyasi miqdori asosiy almashinuv deb ataladi. 
Tanasining massasi (70 kg) va bo'yi (165 sm) o'rtacha bo'lgan katta yoshli sog'lom 
odamda asosiy almashinuv 1 kg tana massasiga 1 soat davomida 1 kkalga teng bo'ladi. 
Asosiy almashinuv o'rtacha olganda sutkasiga 1x70x24 = 1680 kaloriyaga teng. 
Asosiy almashinuv odamning jinsi, yoshi, bo'yi va tanasining massasiga bog'liqdir. 
Tananing  massasi,  bo'yi  va  boshqa  sharoitlar  bir  xil  bo'lganida  ayollarda  asosiy 
almashinuv  erkaklardagiga  qaraganda  10%  kamroq  bo'ladi.  Bolalarda  1  kg  tana 
massasiga qarab hisob qilina-digan asosiy almashinuv kattalardagiga qaraganda ko'proq 
bo'ladi.  Almashinuv  yosh  ulg'aygan  sayin  kamayib  boradi,  1  kg  tana  massasiga  to'g'ri 
keladigan  yuqoridagi  o'rtacha  kattalikka  yetadi  va  20  yoshdan  to  40  yoshgacha  shu 
darajada saqlanib turadi. 40 yoshdan keyin, ayniqsa yosh qaytib qolgan chog'da 1 kg tana 
massasiga to'g'ri keladigan asosiy almashinuv kamayib ketadi. 
Oziq  moddalar  organizmda  oksidlanganida  quyidagicha  miqdorda  issiqlik  hosil 
bo'ladi:  1  g  oqsildan  4,1  kkal;  1  g  uglevodlardan  4,1  kkal;  1  g  yog'dan  9,3  kkal. 
Yeyiladigan ovqat tarkibiga ana shu oziq moddalardan qancha kirganligini bilgan holda 
organizmga kiradigan energiya miqdorini hisoblab topish mumkin. 
Masalan, odam kun davomida 100 g oqsil, 500 g uglevodlar, 50 g yog'lardan iborat 
ovqat yegan bo'lsin. Kaloriyalar hisobidagi energiya kirimi quyidagicha bo'ladi: 100x4,1 
=410  kkal,  500x4,1  =2050  kkal,  50x9,3  =  465  kkal.  Hammasi  bo'lib  2925  kkal.  Turli-
tuman oziq-ovqat mahsulotlari kaloriyalarini hisoblash uchun maxsus jadvallar bor. 
Ish vaqtida energiya sarfi. Yuqorida aytib o'tilganidek, odam tamomila tinch turgan 
paytda o'rtacha 1700 kkal atrofida energiya sarflaydi. Muskul ishi vaqtida energiya sarfi 
kuchayadi;  mehnat  nechog'li  zo'r  bo'lsa,  energiya  sarfi  ham  shuncha  ko'p  bo'ladi. 
Chunonchi,  o'tirib,  yengil  ish  bajaradigan  odamlar  uchun  (idora,  hisob  ishlari  va 
boshqalar)  sutkasiga  2400—2600  kkal  kerak.  Endi  muskulga  sal  zo'r  berish  bilan 
ishlaydigan  odamlar  uchun  3400—  3600  kkal  talab  etiladi.  Og'ir  muskul  ishini 
bajaradigan  odamlar  uchun  4000—5000  kkal  va  bundan  ko'ra  ko'proq  energiya  zarur 
bo'ladi.  Ravshanki,  bu  raqamlar  taxminiydir.  Har  bir  holda  energiya  sarfini  mazkur 
konkret  muskul  ishi  vaqtidagi  gazlar  almashinuvini  tekshirib  ko'rish  yo'li  bilan  aniqlab 
olish kerak. 
Aqliy  mehnatga  kamroq  miqdorda  energiya  sarflanadi.  Biroq,  aqliy  mehnat 
ko'pincha  bir  qadar  jadal  muskul  faoliyati  bilan  birga  davom  etib  boradi,  masalan, 
o'qituvchilar,  tadqiqotchilar,  administratorlar,  shifokorlar,  artistlar,  rassomlar, 
laboratoriya  va  dorixona  xodimlari  va  boshqalarning  mehnati  ana  shunday  bo'ladi. 
Shunga  ko'ra  aqliy  mehnatning  xiliga  qarab  shu  mehnat  ahllari  uchun  ham  asosiy 
almashinuvga  qaraganda  ancha  ko'p  miqdor  energiya  zarurdir.  Bordi-yu,  aqliy  mehnat 
kechinmalar,  his-hayajonlar  bilan  birga  davom  etib  boradigan  bo'lsa,  masalan,  ijodiy 
mehnatda,  fikrlar  kurashi  mahalida  ko'pincha  shunday  bo'ladi,  u  holda  qo'shimcha 
energiya  talab  etiladi.  Zo'r  kechinmalardan  keyin  moddalar  almashinuvi  10—20% 
kuchayadi va bir necha kun davomida shu darajada qolaveradi, deb hisoblanadi. Bu narsa 
odam  markaziy  nerv  sistemasi  oliy  boiimlarining  moddalar  va  energiya  almashinuvi 
jarayonlariga zo'r ta'sir qilib turishini tasdiqlaydi. 

89 
 
Tana harorati. 
Evolutsion  taraqqiyot  jarayonida  sut  emizuvchi  hayvonlar,  qushlar  va  odamda 
atrofdagi  muhit  temperaturasi  o'zgarib  tursa  ham  tana  temperaturasini  doimo  bir  xilda 
saqlab borish xususiyati paydo bo'lgan. Ana shu xususiyat metabolik jarayonlarning bir 
xilda  o'tib  turishini  ta'minlab  beradi  va  organizmni  tashqi  temperatura  o'zgarishlariga 
kamroq qaram qilib qo'yadi. 
Temperaturani  doimo  bir  xilda  saqlab  turish  faqat  issiq  qonli  (go-moyoterm) 
hayvonlarga  xosdir.  Sovuq  qonli  (poykiloterm)  hayvonlarda  bunday  xususiyat  yo'q, 
umurtqasiz  va  umurtqali  hayvonlarning  talaygina  qismi  ana  shunday  sovuq  qonli 
hayvonlar jumlasiga kiradi. 
Tana  temperaturasi  ikkita  omilga:  organizmda  issiqlik  hosil  bo'lib  turishi  (issiqlik 
hosil  qilish)  jadalligiga  va  undan  yo'qoladigan  issiqlik  (issiqlik  chiqarish)  kattaligiga 
bog'liqdir. Organizmda issiqlik oziq moddalarning oxirgi mahsulotlargacha parchalanishi 
va oksidlanishi hisobiga hosil bo'ladi. Bu jarayonlar barcha organlarda sodir bo'lib turadi. 
Biroq,  ular  muskullarda,  ayniqsa  ish  vaqtida  hammadan  zo'r  bo'ladi.  Og'ir  ish  vaqtida 
muskullarda  issiqlik  hosil  bo'lishi  4—5  barobar  ortadi.  Jigar  va  buyraklarda,  faol 
fiziologik  faoliyatida  bo'lib  turgan  organlarda  anchagina  issiqlik  hosil  bo'lib  boradi. 
Organizmda  hosil  bo'ladigan  issiqlik  tashqi  muhitga  beto'xtov  chiqarib  turiladi. 
Tamomila ravshanki, issiqlik hosil bo'lishi bilan issiqlik chiqarib turish bir-biriga baravar 
bo'lgandagina temperatura doimiy darajada saqlanib turishi mumkin. Aks holda odam yo 
haddan tashqari qizib ketadi, yoki sovqotib qoladi, bu og'ir ahvolga va hatto o'limga olib 
borishi mumkin. Odamning hayoti davom etib bora oladigan temperatura doiralari keng 
emas — 23° dan 40° C gachadir. 
Tana  temperaturasining  o'zgarmay  turishi  va  issiqlik  hosil  qilish  bilan  issiq 
chiqarishning  baravar  davom  etib  borishi  issiqlikning  idora  etilishi,  ya'ni 
termoregulatsiya deb ataladigan fiziologik jarayonlar yig'indisiga bog'liqdir. Kimyoviy va 
fizik termoregulatsiya tafovut qilinadi. 

Download 5.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling