O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent kimyo‐texnologiya instituti “menejment va kasb ta’limi” fakul’teti


Download 5.13 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/26
Sana07.07.2020
Hajmi5.13 Mb.
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   26

 Kimyoviy termoregulatsiya. Tana temperaturasini idora etib bo-rishning ushbu 
turi  moddalar  almashinuvi  darajasini  o'zgartirish  hisobiga  yuzaga  chiqadi,  bu  — 
organizmda  issiqlik  hosil  bo'lishining  kuchayishiga  yoki  susayishiga  olib  keladi. 
Organizm  sovqotganda  kimyoviy  termoregulatsiya  ayniqsa  katta  ahamiyatga  ega;  bu 
holda  issiqlik  hosil  bo'lishi  kuchayadi,  shu  narsa  organizmni  sovuqdan  saqlab  qoladi. 
Yuqori  temperaturalar  ta'sir  etganida  moddalar  almashinuvi  aksincha  susayadi,  bu 
odamning haddan tashqari qizib ketishiga yo'l qo'ymay-digan omillarning biridir. 
Odamga  sovuq  ta'sir  qilganida  muskullarda  issiqlik  hosil  bo'lishi  kuchayadi.  Bu 
shunga  bog'liqki,  tana  yuzasining  sovishi  sovuq  ta'sirotlarini  idrok  etadigan  teri 
retseptorlarini qo'zg'atadi. Keyin reflektor yo'l bilan muskullar g'ayriixtiyoriy holda dam-
badam va notekis qisqara boshlaydi, titroq yoki qaltiroq deb biz shuni aytamiz.  
 Fizik  termoregulatsiya. Fizik  termoregulatsiya  deganda  issiqlik  chiqarish 
darajasi o'zgarib qolishiga olib keladigan jami fiziologik jarayonlar tushuniladi. Atrofdagi 
muhitda  temperatura  ko'tarilganida  issiqlik  chiqarish  ko'payadi,  bu  temperatura 
pasayganida — kamayadi. 
Atrofdagi  muhitga  issiqlik  uch  yo'l  bilan  chiqarib  turiladi; 
issiqlikni o'tkazish

sochish  yo'li  bilan  va  bug'lanish  yo'li  bilan. 
Issiqlikni o'tkazish
 odam  tanasiga  bevosita 
taqalib turgan narsalarga va havoga issiqlik o'tkazishdan iborat. Issiqlik chiqarishning bu 
usuli  nisbatan  kamroq  ahamiyatga  ega,  chunki  havo  va  kiyim-kechak  issiqlikni  yomon 
o'tkazadi. 
Issiqlik sochish
 odamdan narida turgan, nur energiyasini yutadigan narsalarga 
issiqlik berishdir.  

90 
 
Iqlimga, yil fasliga turmush va faoliyat sharoitlariga mos keladigan kiyimni to'g'ri 
tanlash  hisobiga  issiqlik  chiqarishni  ixtiyoriy  ravishda  o'zgartirib  turish  odam  uchun 
g'oyatda muhim ahamiyatga ega.  
 Termoregulatsiyaning reflektor va gumoral mexanizmlari. Fizik va kimyoviy 
termoregulatsiya  asosida  reflektor  reaksiyalar  yotadi.  Teridagi  issiqlik  retseptorlari 
ta'sirlanganida yuzadagi tomirlar reflektor yo'l bilan kengayadi va moddalar almashinuvi 
pasayadi,  bu  —  organizmda  issiqlik  chiqarishni  kuchaytirib,  issiqlik  hosil  qilishni 
kamaytiradi.  Sovuqlik  retseptorlarining  ta'sirlanishi  yuzadagi  tomirlarning  reflektor  yo'l 
bilan torayishiga va to'qimalardagi moddalar almashinuvining kuchayishiga olib keladi. 
Issiqlikni  idora  etadigan  termoregulatsiya  markazi  gipotalamusda  joy-lashgan. 
Mana  shu  sohaga  igna  sanchilganda  tana  temperaturasining  ko'tarilishi  mumkinligi 
allaqachon ko'rsatib berilgan. Gipotalamusni yemirish organizmning tana temperaturasini 
idora  etib  borish  layoqatini  butunlay  yo'qotib  qo'yishiga  olib  keladi.  Gipotalamusning 
oldingi  bo'limi  issiqlik  chiqarishni  idora  etib  borsa,  orqa  bo'limi  issiqlik  hosil  qilishni 
idora etadi deb hisoblanadi.  
 Odam tanasining temperaturasi. Termoregulatsiya mexanizmlarining faoliyati 
tufayli  odam  tanasining  temperaturasi  doimo  bir  xil  bo'lib  saqlanib  turadi.  Tana 
temperaturasi  odatda  qo'ltiq  osti  chuqurchasidan  oichanadi.  Ana  shu  sohadan 
o'lchanganda o'rtacha temperatura sog'lom odamda 36,5—36,9° C atrofida bo'ladi. To'g'ri 
ichakda  temperatura  ko'pincha  yuqoriroqdir:  37,2—37,5°  C  bo'lib  chiqadi,  bolalarda 
temperatura  ko'pincha  shu  joydan  oichanadi.  Ichki  organlar  temperaturasi  ham  o'rtacha 
tana temperaturasiga qaraganda yuqoriroq bo'ladi. Masalan, jigarda u 38,0°— 38,5° C ga 
tengdir. 
Kecha-kunduz  davomida  tana  temperaturasi  0,5—0,7°  C  atrofida  o'zgarib  turadi. 
Eng past tana temperaturasi kechasi soat 3—4 larda bo'ladi, keyin u ko'tarilib boradi va 
kechqurun  soat  4—6  larda  eng  yuqori  nuqtasiga  yetadi.  Muskul  ishi  vaqtida  tana 
temperaturasi ko'tariladi. Mana shunday sharoitlarda to'g'ri ichakda temperatura 38—39° 
C gacha ko'tarilishi mumkin. Tana yuzasining turli joylarida temperatura har xil bo'ladi. 
Bosh va gavda terisining temperaturasi hammadan yuqori bo'ladi. Qo'1-oyoqlar terisining 
temperaturasi  gavda  terisi  temperaturasiga  qaraganda  pastroq  bo'ladi  va  gavdadan 
uzoqlashgan sayin pasayib boradi. 
 
3. Modda va energiya almashinuvining yoshga bog’liq xususiyatlari. 
Moddalar almashinuvi. Assimilyasiya va dissimilyasiya jarayoni.  
Odam  tashqi  muhitdan  ovqat  qabul  qilishi,  organizmda  uning  o‘zgarishi,  hazm 
qilinishi,  hosil  bo‘lgan  qoldiq  moddalarning  tashqi  muhitga  chiqarilishi  moddalar 
almashinuvi deyiladi. 
Bolalarda 
moddalar 
almashinuvi murakkab jarayon bo‘lib, 
uning  o‘zgarishi  organizmda  bir  vaqtda 
bir-biriga qarama-qarshi bo‘ladi. 
Assimilyasiya organizmdagi sintezga 
bog‘liq  bo‘lgan  barcha  hodisalarni 
birlashtirib,  o‘sish  va  rivojlanish, 
organizmni  hayot  uchun  zarur  bo‘lgan 
moddalar  bilan  taʻminlash  va  ularni 
sarflash bilan ifodalanadi.  

91 
 
Dissimilyasiya  moddalarning  parchalanishi  va  oksidlanishi  hamda  ularni 
organizmdan ajratib chiqaruvchi jarayondir.Assimilyasiya jarayoni organizmdagi  o‘sish 
va  rivojlanish  qonunlarini  ifodalaydi.  Masalan,  bu  davrda  oqsilga  bo‘lgan  talab  katta 
yoshdagi  organizmga  nisbatan  ko‘proq  bo‘ladi.  Bolalarda  asosiy  moddalar  almashinuvi 
miqdori  kattalarga  nisbatan  1,5-2  barobar  ko‘pdir.  Asosiy  moddalar  almashinuvining 
nisbiy miqdori turli yoshda 1 kg/kkal tana vazniga: 2-3 yoshda 55.6, 7 yoshda 42, 
10-13 yoshda 34, kattalarda 24 ni tashkil qiladi. 
Bolalik  va  o‘smirlik  davrida  kuch  sarflanishi  quyidagicha  ifodalanadi:  1-5 
yoshdagi  bolalarda  bu  80-100  kkal,  13-16  yoshdagi  o‘smirlarda  65-50  kkal  va  katta 
yoshdagi kishilarda 45 kkal ni tashkil etadi (har bir kg vazniga nisbatan). Kuch sarflanishi 
va  asosiy  moddalar  almashinuvining  oshishiga  qarab  bolalar  va  o‘smirlar  ovqatlanishini 
tashkil  qilish  lozim.  Maktab  va  o‘smirlik  Yoshida  kuch  sarflanishining  turli  darajada 
o‘zgarib  borishini  eʻtiborga  olgan  holda  tarkibida  oqsil  -24  %,  yog‘-21%,  va 
karbonsuvlar-55%  bo‘lgan  oziq-ovqat  isteʻmol  qilish  zarur.  Balanslangan  oziqa 
moddalari  organizmning  plastik  jarayonini  taʻminlaydi.  A.  Pokrovskiy  nazariyasi 
bo‘yicha balanslangan oziqa negizi har bir oziqa omillarini qaysi yoshda qancha miqdorda 
zarur ekanligini aniqlab berishdir. 
Rasional ovqatlanish qoidalari.  Ovqatlanishning  ilmiy  asosda  ratsional  tashkil 
etilishi uchta qoidaga asoslanadi: 
1. Ovqatlanishning miqdor qoidasi. Bir  kecha-kunduzgi ovqatdan organizmda hosil 
bo’ladigan energiya miqdori, sarflanadigan energiya miqdoriga teng bo’lishi kerak.  
2.  Ovqatlanishning  sifat  qoidasi.  Bir  kecha-kunduzdagi  ovqat  tarkibidagi  oqsillar, 
ёg'lar  va  uglevodlar,  mineral  tuzlar,  suv,  vitaminlarning  miqdori  organizmning  shu 
moddalarga bo'lgan ehtiyojini qondirishi kerak. 
3.  Ovqatlanish  rejimi.  Bir  kecha-kunduzgi  ovqat  miqdori  to'rt  qismga  bo'lingan 
holda  iste'mol  qilinishi  kerak.  Maktab  o'quvchilarining  ovqatlanish  rejimi  ularning 
ertalabki yoki kechki smenada o'qishiga qarab, quyidagicha tashkil etilishi mumkin.   
Ertalabki  nonushta -  bir  kecha-kunduzgi  ovqat  kaloriyasining  20-25%  ini  tashkil 
etadi.    U  poliz  mahsulotlaridan  tayyorlangan  shakarop  va  go`shtli,  sutli,  xamirli  issiq 
ovqat, tuxum, sut, pishloq shirin choy yoki kofedan iborat bo`lishish zarur.  
Ikkinchi nonushta – 15 % tashkil etadi – pecheni, choy, yengil mahsulotlar sut. 
Tushlik – 3 xil bo`lishi kerak: 1) suyuq osh, ishtahhani qo`zg`aydi va ovqat hazmini 
yaxshilaydi;  2)  go`sht  va  baliq,  yoki  oqsilga  boy  ovqatlar,  zabzavotlar;  3)  sharbatlar. 
Tushlikning kaloryasi kunlik ovqatning 30 – 35 % ni tashkil qilishi lozim.  
Tushlikdan keingi ovqat – bu bir kecha kundizlik energiyaning 15 – 20 % ni tashkil 
etishi  kerk.  Bolada  kundizgi  uyqudan  kein  chanqoqlik  kuchayadi.  SHuning  uchun  bu 
paytda bolaga meva, sabzavot, hamda turli xil sharbatlar berish lozim.  
Kechki ovqat -  kundalik ovqat kaloriyasining 20 – 25 % ni tashkil etishi lozim.  Bu 
payt  sutli,  sabzavotli,  mevali  yormali  yoki  yengil  hazim  bo`ladigan  maxsulotlardan 
tayyorlangan ovqatlar ma’qul bo`ladi.    
Ovqat normasi.  Odam  bajaradigan  ishning  turiga  qarab,  sarflaydigan  energiyasi 
turlicha  bo'ladi.  Sarflangan  energiya  miqdoriga  qarab,  bir  kecha-kunduzgi  ovqat 
ratsioniga  qo'shiladigan  oziq  moddalarning  miqdori  odamning  kasbiga,  yoshiga  qarab 
turlicha  belgilanadi.  Ovqat  miqdorini  belgilashda  ob-havo,  iqlim  hisobga  olinadi,  ya'ni 
yozning  issiq  kunlarida  ovqat  tarkibida  go'sht,  ёg'  kabi  qiyin  hazm  bo'ladigan  va  ko'p 
energiya  hosil  qiladigan  moddalar    kamaytirilib,  meva,  sabzavot  va  uglerodlar 
ko'paytiriladi. Bolalarni ovqatlantirishda ovqat tarkibidagi mahsulotlar nisbatini hisobga 
olish kerak. 

92 
 
 
4. Organizmning energiyaga bo’lgan sutkalik ehtiyoji. 
Moddalar  va  energiya  almashinuvi  tirik  materiyaning  asosiy  xossasidir. Organizm 
unga  tinmay  energiya  kirib  turadigan  va  u  shu  energiyadan  foydalanadigan  bo'lsagina 
yashay oladi. 
Odam butunlay tinch turgan bo'lsa ham, barcha sistemalari va organlarining ishlab 
turishi  uchun  energiya  zarur. Tana  temperaturasini  ma'lum  bir  darajada  saqlab  turish, 
organizm o'sayotgan paytda hujayralari protoplazmasining tarkibiy qismlarini sintezlash 
yoki  ishdan  chiqib  qolgan  qismlarini  almashtirish  uchun  energiya  sarf  bo'ladi.  Muskul 
ishi  bilan  aqliy  ish  vaqtida  energiya  sarfi  keskin  ko'payadi.  Organizm  energiyaga  boy 
bo'lgan organik moddalarning ovqat bilan birga kirib turishi hisobiga, shu moddalarning 
oxirgi mahsulotlargacha parchalanishi jarayonida energiya oladi va undan foydalanadi. 
Shunday qilib, moddalar almashinuvi tashqi muhitdan turli moddalar kirib turishi, 
hayot-faoliyat  ehtiyojlari  uchun  ularning  o'zgarishlarga  uchrashi  va  sarf  etilishi  hamda 
hosil  boigan  parchalanish  mahsulotlarini  atrofdagi  muhitga  chiqarib  tashlashdan 
iboratdir. 
Oziq  bo'ladigan  organik  moddalar  ikki  yo'nalishda: 
plastik
 resurslar  sifatida 
va 
energetik
 resurslar  sifatida  sarflanadi.  Oziq  moddalarning  plastik  ahamiyati  shundan 
iboratki, bir qancha kimyoviy o'zgarishlardan keyin ulardan mazkur organizmning o'ziga 
va  har  bir  organga  xos  bo'lgan,  spetsifik  birikmalar  sintezlanib,  shulardan  hujayra 
tuzilishlari  tuziladi.  Oziq  moddalarning  energetik  roli  ularning  ba'zi  oxirgi 
mahsulotlargacha  parchalanishi  hamda  oksidlanishi  ajralib  chiqadigan  energiyadan 
foydalanishdan  iborat.  Organik  moddalardan  tashqari,  hayot-faoliyat  uchun  anorganik 
moddalar, vitaminlar va suv zarur. 
Turli  hayvonlarda  1  kg  tana  massasiga  nisbatan  olib  hisoblab  ko'rilganda  asosiy 
almashinuv kattaligi har xil bo'lib chiqdi. Hayvonning jussasi nechog'li kichik bo'lsa, 1 kg 
tana  massasiga  to'g'ri  keladigan  asosiy  almashinuv  shuncha  katta  bo'ladi.  Bunday 
qonuniyat tana massasining tana yuzasiga bo'lgan nisbatiga bog'liqdir. Asosiy almashinuv 
tana yuzasining birligiga nisbatan olib hisoblanadigan bo'lsa, u barcha hayvonlar uchun 
taxminan bir xil bo'lib chiqadi. 
 
Tana massasi va yuzasi birligiga qarab chiqilgan asosiy almashinuv kattaligi
 
   
Tekshirish 
obyekti
 
Tana massasi 
(kg)
 
Sutka mobaynida sarflanadigan energiya
1m
2
tana yuzasiga
1 kg tana massasiga
Ot 
441,0 
948 
11,3 
Cho'chqa 
128,0 
1078 
19,1 
Odam 
64,0 
1042 
32,1 
It 
15,2 
1039 
51,65 
Sichqon 
0,02 
1188 
654,0 
  
Bajaradigan  ishining  turi  va  jadalligiga  qarab  odamlar,  odatda,  sutkalik  energiya 
ehtiyojiga  yarasha  4  kategoriyaga  bo'linadi.  Ana  shunday  taqsimotlarning  binoan 
jadvalda  keltirilgan  (K.  S.  Petrovskiy  asaridan  olindi,  1975).  Boshqa  manbalardagi 
ma'lumotlarga  qaraganda  barcha  kategoriyalardagi  aholida,  ayniqsa  IV  kategoriyadagi 
shaxslarda energiya sarfi yuqoriroq — 4500—5000 kkal va bundan ko'ra kattaroq bo'ladi. 

93 
 
 
Har xil kategoriyadagi mehnat ahllari uchun sutkalik energiya ehtiyoji (kkal 
hisobida)
 
 
Aholi 
kategoriyasi
 
Sutkalik energiya ehtiyoji
Mehnatining turi
 

2880 
Aqliy mehnat kishilari 
II 
3000 
Mehnatning 
mexanizatsiyalashtirilgan 
turlarida band kishilar (tokarlar, 
frezerchilar va boshqalar) 
III 
3200 
Mehnati qisman 
mexanizatsiyalashtirilgan yoki 
mexanizatsiyalashtirilmagan 
jismoniy mehnat kishilari 
(slesarlar, o't yoquvchilar, sovxoz 
ishchilari, kolxozchilar) 
IV 
3700 
Og'ir muskul ishini bajaradigan 
odamlar (yuk tashuvchilar, yer 
qazuvchi ishchilar) 
  
(3-ilova) 
“Sinkvеyn” ( 5 qator ) tеxnikasi 
Oqsil, yog‘, uglevod, mineral tuzlar, suv va vitaminlar kabi so’zlarni –tavsiflash 
Sinkvеyn sxеmasi 
1.  _____ 
2.  _____ni tavsiflovchi sifati 
3.  _____ning vazifalari   
4.  _____ning mohiyati to`g`risida 4 so`zdan iborat so`z birikmasi 
5.   _____ning sinonimi  
 
(4-ilova) 
Mavzu bo‘yicha tayanch  so‘zlar. 
Moddalar  almashinuvi,  energiya  almashinuvi,  assimilyasiya  va  dissimilyasiya 
jarayoni,  oqsillar,  aminokislota,  lizin,  triptofan,  gistidin,  metionin,  treonin,  leysin, 
izoleysin,  valin,  sistoin,  fenilalanin,  sifatli  va  sifatsiz  oqsillar,  uglevodlar,  yog‘lar, 
vitaminlar,  N.I.  Lunin,  mineral  moddalar,  gistidin,    energiya  sarfi,  oksidlanish,  nafas 
koeffitsiyenti, kimyoviy va fizik termoregulatsiya.  
(5-ilova) 
Mavzu bo‘yicha nazorat savollari. 
1.  Moddalar almashinuvi deganda nimani tushunasiz? 
2.  Assimilyasiya va dissimilyasiya jarayoniga izoh bering. 
3.  Energiya almashinuvi deb nimaga aytiladi? 
4.  Organizm hayot faoliyati uchun muhim moddalar.  
5.  Oqsillar va yog‘larning ahamiyati. 
6.  Uglevodlarning ahamiyati. 
7.  Vitaminlar va mineral moddalar ahamiyati. 

94 
 
8.  Odam  organizmida  kecha-kunduz  davomida  sarflanadigan  energiya  necha 
qismdan iborat? 
9.  Nafas koeffitsiyenti tushunchasini izohlang. 
10.  Odam tinch turgan vaqtida ham energiya sarflaydimi? 
11.  Kimyoviy va fizik termoregulatsiya jarayonini izohlang. 
12.  Organizmning energiyaga bo’lgan sutkalik ehtiyoji qancha? 
13.  Modda va energiya almashinuvining yoshga bog’liq xususiyatlarini ayting. 
14.  Ovqatlanishning ratsional tashkil etilishi qanday qoidaga asoslanadi.
 
 
(6-ilova) 
Mavzu bo‘yicha foydalanilgan adabiyotlar. 
1.  Klemesheva L.S. “Vozrastnaya fiziologiya i gigiena”. Ucheb.  posobie. 
Toshkent. “O‘qituvchi”, 1991 g. 
2.  Klemesheva L.S., Ergashev M.S. “Yoshga oid fiziologiya”. O‘quv qoʻllanma. 
Toshkent. “O‘qituvchi”, 1991 y. 
3.  Maxmudov E. “O‘smirlar fiziologiyasi”. O‘quv qoʻllanma. Toshkent. 1985 y. 
4.  Sodiqov Q., Aripov S.X., SHaxmurova G.A. “Yosh fiziologiyasi va gigienasi”. 
Darslik. Toshkent, “YAngi asr avlodi”. 2009 y. 
5.  Sodiqov  Q.S.  “O‘quvchilar  fiziologiyasi  va  gigienasi”  Toshkent.  “O‘qituvchi” 
1992 y. 
6.  Xripkova A.G., Antropova M.V., Farber D.A. “Yosh fiziologiyasi va gigienasi”  
M. Prosveshenie 1990 g. 
7.  Aminov  B.,  Tilovov  T.  “Odam  va  uning  salomatligi”.  O‘quv  qoʻllanma. 
Toshkent. 1995 y. 
8.  Antropova  M.V. “Bolalar  va  o‘smirlar gigienasi”. M.Meditsina. 2002 y. 
9.  Internet sayti: www.ziyo.net.uz 
10.  Internet sayti: www.FIZIOLOGIYA.ru  
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

95 
 
1.1. Ma’ruza olib borish texnologiyasi 
O’quv soati: 2 soat 
Talabalar soni: 26 ta 
O’quv mashg‘ulot shakli 
Axborotli, vizual ma’ruza 
Ma’ruza rejasi 
1.  Ayiruv 
organlarining 
ichki 
muhit 
organizm 
faoliyatidagi 
ahamiyati 
va 
xususiyatlari. 
Tana 
suyuqliklari 
fiziologiyasi.  
2.  Buyrak  faoliyatining  yoshga  bog’liq 
xususiyatlari. 
Inson 
tanasida 
sodir 
bo’ladigan jarayonlar.  
3.  Inson  buyragining  ayruv  funksiyalari. 
Suv  va  korbonat  angidrid  gazlarining 
tanadan chiqarishning ahamiyati. 
4.  Terining 
tuzilishi 
va 
yoshga 
xos 
hususiyatlari. 
O’quv mashg‘ulotining maqsadi: 
Ayiruv  organlari,  buyrak  va  terining  tuzilishi,  enurez,  sog’lom 
organism haqida to’liq tasavvur hosil qilish.
 
Pedagogik vazifalar 
O‘quv faoliyati natijalari 

  Interfaol 
metodlarni 
qo‘llagan holda o‘quv jarayonini 
tashkil etish; 

  Ayiruv 
organlari 
haqida ma’lumot berish; 

  Buyrakning 
keltirilgan 
rasmiga 
qarab 
tuzilishini 
o’rgatish; 

  Enurez 
haqida 
tushuntirish; 

  Terining  tuzilishi  va 
yoshga  xos  hususiyatlarini 
ochib berish. 

  Ayiruv  organlari  haqida  ma’lumotga 
ega bo’ladi; 

  Buyrakning tuzilishini rasm orqali o’rganadi; 

  Enurez haqida tushunchaga ega bo’ladi; 

  Terining  tuzilishi  va  yoshga  xos 
hususiyatlarini bilib oladi. 
 
O‘qitish usullari 
Axborotli  vizual ma’ruza, “Aqliy hujum” va 
“Klaster” usuli 
O‘qitish vositalari 
Darslik, ma’ruza matni, kompyuter slaydlari, doska 
O‘qitish shakllari 
Jamoada ishlash 
O‘qitish shart-sharoiti 
Texnik vositalar bilan ta’minlangan o‘quv xonasi 
Monitoring va baholash Og‘zaki 
nazorat, savol-javob  
1.2. Ayiruv sistemasi mavzusining texnologik xaritasi  
 
Ish bosqichlari 
 
O’qituvchi faoliyatining mazmuni 
Tinglovchi 
faoliyatining 
mazmuni 
 
9 – MAVZU: 
 
 
AYIRUV SISTEMASI 

96 
 
I-bosqich. 
Mavzuga 
kirish. 
(10 minut) 
1.1. Talabalarni  mavzuning nomlanishi, 
maqsadi va kutiladigan natijalar  
bilan tanishtiradi 
Tinglaydilar 
 
II-bosqich. 
Asosiy qism 
(55 minut) 
 
2.1.  Ma’ruza rejasi bilan tanishtiradi   
(1-ilova) 
2.2. Tayanch tushunchalar bilan tanishtiradi 
(3-ilova) 
2.2.  Talabalarni  faollashtirish  maqsadida 
“Aqliy  hujum”  metodidan  foydalanadi. 
so’ngra, mavzu rejalari mazmun-mohiyatini 
tartib  bilan,  xususan,    buyrak  tuzulishini 
rasm orqali batavsil ochib beradi (2-ilova) 
2.6. Guruhdagi talabalar bilimini sinash va 
mustahkamlash  maqsadida “Ayirish 
organlari”ni  “KLASTER” usulida yoritish 
vazifasini topshiradi. 
Tinglaydilar va rejani 
yozib oladilar 
 
Tayanch 
tushunchalarni yozib 
oladilar 
Savolga javob beradilar
Tinglaydilar va 
tushunib oladilar 
Asosiy ma’lumotlarni 
konspekt daftarlariga  
yozib oladilar 
Topshiriqni bajaradilar 
III-bosqich. 
Yakuniy qism 
(15 minut) 
3.1.    O’tilgan  mavzu  bo’yicha  guruhdagi 
talabalar  bilimini  sinash  va  mustahkamlash  
maqsadida  nazorat  savollarini  beradi  (4-
ilova) 
3.2.  Uy  vazifasi  sifatida  amaliy  mashg’ulot 
mavzusi va topshiriqlarni beradi. 
3.3 
Mavzu 
bo‘yicha 
foydalanilgan 
adabiyotlar  ro’yxati  bilan  tanishtiradi    (5-
ilova) 
Savollarga javob 
beradilar 
 
Uyga berilgan 
topshiriqni va 
adabiyotlar ro’yxatini 
yozib oladilar 
 
 
 
(1-ilova) 
REJA: 
1.  Ayiruv  organlarining  ichki  muhit  organizm  faoliyatidagi  ahamiyati  va 
xususiyatlari. Tana suyuqliklari fiziologiyasi.  
2.  Buyrak  faoliyatining  yoshga  bog’liq  xususiyatlari.  Inson  tanasida  sodir 
bo’ladigan jarayonlar.  
3.  Inson  buyragining  ayruv  funksiyalari.  Suv  va  korbonat  angidrid  gazlarining 
tanadan chiqarishning ahamiyati. 
4.  Terining tuzilishi va yoshga xos hususiyatlari. 
 
(2-ilova) 
1. Ayiruv organlarining ichki muhit organizm faoliyatidagi ahamiyati 
va xususiyatlari. Tana suyuqliklari fiziologiyasi. 
Tirik  organizm  ichki  muhit  barqarorligini  saqlash  uchun,  organizmga  kirgan 
oziqa moddalar, suv, havo va boshqa moddalarning almashinish qoldiqlarini tashqi 
muhitga chiqarib turishi shart. Chunki moddalar almashinuvi qoldiqlari siydikchil, 
siydik  kislota,  kreotinin  va  shunga  o‘xshash  moddalar  bo‘lib,  miqdori  qonda  ortib 
ketsa, organizm zaharlanadi. 
Organizmdan  tashqariga  ajraluvchi  chiqindi  moddalarni  ekskretlar  deb 
ataladi.  Ajratuvchi  organlarni  ekskretor  deyiladi.  Ekskretor  organlarga  nafas 
yo‘li, teri, ichak yo‘li va buyrak kiradi. 

97 
 
 
O‘pka  orqali  karbonat  angidrid,  qisman  suv,  efir,  xloroform  va  engil  uchuvchi 
gazlar ajraladi. 
Teri  orqali  qisman  suv,  tuzlar,  mikroelementlar,  azot  almashinish  qoldiqlari  va 
siydikchil moddalar ajraladi. 
Teri  odam  tanasini  tashqaridan  qoplagan  aʻzo  bo‘lib,  u  organizmni  himoya 
qiladi va turli fiziologik faoliyatlarni bajaradi. 
Terining sathi odamning yoshi, jinsiga qarab 1,5-2,0 m
2
 chamasida o‘rta hisobda 
1,73 m
2
 bo‘ladi. U epidermis, derma va teri osti, yog‘ qatlamlaridan iborat. Teri qon, 
limfa  tomirlari  va  nerv  uchlariga  boy.  Organizmning  baʻzi  aʻzo  va  tizimlari  bilan 
aloqador.  Teri  himoya,  sezuvchi,  nafas,  so‘rish,  tana  haroratini  idora  etish, 
almashinish, qonning qayta taqsimlanishi jarayonlarida ishtirok etadi. 
Hazm  yo‘li  orqali  esa,  hazm  bo‘lmagan  oziqa  moddalardan  tashqari,  og‘ir 
metal  tuzlari,  qisman  suv,  baʻzi  dorilarning  va  organik  bo‘yoqlarning  qoldiqlari 
ajraladi. 
Buyrak  orqali  esa  organizmdan,  ortiqcha  suv,  tuzlar,  mineral  moddalar, 
to‘qima  va  hujayralarda  modda  almashinish  qoldiqlari,  siydik  kislotasi,  mochevina, 
kreotinin va isteʻmol qilingan dori qoldiqlari ajraladi. 

Download 5.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling