O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent kimyo‐texnologiya instituti “menejment va kasb ta’limi” fakul’teti


Qalqonsimon bez o‘lchamlarini aniqlash uchun 2 ta usul qo‘llaniladi


Download 5.13 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/26
Sana07.07.2020
Hajmi5.13 Mb.
#99362
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   26

Qalqonsimon bez o‘lchamlarini aniqlash uchun 2 ta usul qo‘llaniladi: 
1.  Paypaslab  kurish  (vizual)  usuli –  eng  qulay  va  oson  bajariladigan  usul,  lekin 
uzining kamchiliklari bor.  
 Chunki  u  subektiv  malumotlarga 
asoslanadi  va  bo‘yinning  anatomik 
tuzilishga, 
tekshirilayotgan 
shaxsni 
yoshiga, 
qalqonsimon 
bezning 
joylashishiga  bog‘liq  bo‘ladi.  Bizda  1955 
yildan  beri  O.V.  Nikolaev  tasnifi 
qo‘llanilmokda.  
           
2.  Ultra  tovush  tekshiruvi  (UTT), eng  aniq  usul  hisoblanadi.  UTT  yordamida 
qalqonsimon  bezning  xajmi  formula  bo‘yicha  aniqlanadi.  So‘nggi  yillarda  yod  bilan 
taminlanish darajalarini yodni siydik bilan ekskretsiyasiga qarab aniqlaydigan buldilar.  
Yod etishmovchiligini og‘irlik darajalari. 
Yod tanqislik kasalliklari bilan kurashuvchi xalqaro tashkilot 3 ta og‘irlik darajasini 
tavsiya etadi:  
Engil  darajada –  buqoq  (barcha  kattalashish  darajalari)  10%  dan  30%  gacha 
uchraydi, yodni siydik bilan ekskretsiyasi darajasi 50 – 99 mkg/l. Gipotireoz va kretinizm 
yo‘q. 
O‘rtacha  og‘irliq  darajada –  bo’qoq  chastotasi  50%  gacha  yodni  siydik  bilan 
ekskretsiya darajasi 20 – 49 mkg/l gacha kamayadi. Gipotireoz holatlari mavjud.  
Og‘ir  darajada –  buqoq  chastotasi  100%  yodni  siydik  bilan  ekskretsiyasi  –  20 
mkg/l gacha kamaygan kretinizm 1%dan 10% gacha. 
Endemik bo’qoqni davolash. 
Diffuz  buqoq  paypaslanganda  yoki  UTT  tekshiruvida  tasdiqlanganda,  autoimmun 
buqoq inkor etilganda yod preparatlari beriladi. 
Sutkalik  dozasi  200  mkg  bo‘lib.  6  oydan  kam  bermaslik  kerak.  6  oydan  keyin 
qalqonsimon  bez  ulchamlari  kichiklashsa  yoki  normaga  yaqinlashsa,  yod  preparati 
profilaktik dozada 100 – 200 mkg beriladi, buqoqning retsidivini oldini olish uchun. Agar 
preparat qabul qilish fonida bez o‘lchamlari o‘zgarmasa, levotiroksin 2,6 – 3 mkg/kg ga 
beriladi.  Yod  bilan  birga  100  –  150  mkg  1  kunda  berish  ham  mumkin.  Tiroksinning 

115 
 
adekvat  dozasi  TTG  miqdoriga  qarab  belgilanadi.  Buqoqning  tugunli  shakllari 
rivojlangan  bo‘lsa,  tireoid  preparatlari  levotiroksin  1  kunda  150  –  200  mkg  dozada 
beriladi.  Optimal  doza  T3,  T4  va  TTGni  qon  zardobidagi  miqdoriga  qarab  tanlanadi. 
Agar 5 oylik davolash samara bermasa u holda operativ davo qilinadi. 
Qalqonsimon  bezdagi  tugunlar  borligi  profilaktik  ko‘rik  vaqtida  aniqlanadi.  Bu 
tugunlar ko‘p vaqt o‘zini ko‘rsatmaydi. Mayda tugunlar esa paypaslanganda sezilmaydi, 
ularni faqatgina ultratovush tekshiruvi orqali ko‘rish mumkin. Katta (diametri 2 sm.dan 
oshsa) tugunlarni paypaslashda aniqlash mumkin. Kattaligi ahamiyatga ega.  
Qalqonsimon  bezda  tugunlarning  shakllanishiga  ko‘pincha  yod  moddasining 
etishmasligi  sabab  bo‘ladi.  Ba’zan  esa  genetik  moyilik,  atrof-muhitning  yomonligi, 
havoda radiatsiyaning yuqoriligi ham sabab bo‘lishi mumkin. 
Agar 
qalqonsimon 
bezingizda 
tugun 
aniqlangan  bo‘lsa,  diametri  1  sm.gacha  bo‘lgan 
tugunlar  odatda  xavfsiz  hisoblanadi.  Ultratovush 
tekshiruvida  shifokor  shubhali  holatlar,  masalan, 
kalsiy  tuzlarining  yig‘ilishi,  o‘simta  qirralarining 
notekisligi,  bo‘yin  limfa  tugunlarining  kattarishi, 
kishi yaqinlarida qalqonsimon bez saratoni borligi 
aniqlasa,  tugunlarni  yanada  chuqurroq  o‘rganish 
talab qilinadi. 
Tugunning  kattaligi  operatsiya  qilishinishi 
ko‘rsatkichi  emas.  Operatsiya  tugun  to‘qimasida 
xavfli  o‘zgarishlar  bo‘lsagina  qilinadi.  Yana  bir  sabab  –  tugunlar  bo‘yin  harakatiga 
xalaqit  bersa  yoki  kosmetik  nuqson  mavjud  bo‘lsa,  bemor  xohishiga  ko‘ra  shish 
operatsiya yo‘li bilan olib tashlanadi.  
Yod tanqislik profilaktikasi usullari. 
Organizmning yodga extiyojini tulik qondirish uchun quyidagi sutkalik norma 
tavsiya etildi. (VOZ, 1996 y). 
- Emiziklik davri – 50mkg; 
- 2 yoshdan 6 yoshgacha – 90mkg; 
- 7 yoshdan 12 yoshgacha – 120 mkg; 
- 12 yosh va kattalar – 150 mkg;   
- homiladorlar va emizuvchilar – 200 mkg; 
 
Organizmning yodga extiyojini tulik qondirish uchun quyidagi sutkalik norma 
tavsiya etildi. (VOZ, 1996 yildan keyingi yillar). 
- Emiziklik davri – 90 mkg; 
- 2 yoshdan 6 yoshgacha – 110-130 mkg; 
- 7 yoshdan 12 yoshgacha – 130-150 mkg; 
- 12 yosh va kattalar – 200 mkg;   
- homiladorlar va emizuvchilar – 250-300 mkg;
9
 
Yod  tanqis  regionlarda  va  o‘zbekistonda  o‘rtacha  yodga  extiyoj  40  –  80mkg.  1 
kunga  yani,  2  –3  marta  kam  tavsiya  etilgan  miqdordagi  oziq  mahsulotlarida  yodni 
                                                            
9
 
Theodore hough and William T. Sedgwick ‐ The human mechanism its physiology 
and  hygiene  and  the  sanitation  of  its  surroundings‐  Ginn  and  company  proprietors 
Boston U.S.A.‐2010, 612 p 

116 
 
tanqisligini yo‘qotish uchun: individual, guruxiy va ommaviy yod profilaktikasi usullari 
qo‘llaniladi.  
Ommaviy yod profilaktikasi - eng samarali va tejamli usuldir. Kaliy tuzlarini ( yodit 
va  kaliy  yodat)  keng  qo‘llaniladigan  mahsulotlarga  kiritish:  osh  tuzi  (engil  yod 
etishmasligida  10  –  25  mg/kg,  o‘rtacha  og‘irlikda  25  –  40  mg/kg,  og‘irlikda  60  mg/kg 
gacha), nonga, suvga. 
Guruhiy  yod  profilaktikasi  –  yod  tutuvchi  preparatlarni  qabul  qilish.  YTK 
rivojlanishi  extimoli  katta  bo‘lgan  guruhlarda  (bolalar,  o‘smirlar,  homiladorlar, 
emizuvchi ayollar). Engil yoki kisman yod tanqislikda qo‘shimcha yod beriladi.  
- Pubertatgacha bo‘lgan bolalar – 100 mkg; 
- o‘smirlar – 200 mkg; 
- kattalar – 150 mkg; 
- homiladorlar va emizuvchilar – 200 mkg; 
Individual  profilaktika  –  profilaktik  dori  vositalarini  qo‘llash.  Ular  organizmga 
fiziologik  miqdorda  yod  tushishini  taminlaydi.  Antistrumin  yoki  kaliy  yodit  beriladi. 
Sutkalik  miqdori  150  –  200  mkg  dan  kam  bo‘lmasligi  kerak.  So‘nggi  yillarda  lipiodol 
qo‘llanilayapti.  Bu  preparat  kapsuladagi  yodlangan  yog‘  bo‘lib,  og‘iz  orqali  yoki 
ampulalarda  m/o  ga  yuboriladi.  1ml  kapsulada  0,3  gr  yod  bo‘lib.  1  yil  davomidagi 
organizmning  yodga  bo‘lgan  extiyojini  qondiradi.  Mushak  orasiga  yuborilganda 
preparatning  samarasi  2  –3  yilgachv  davom  etadi.  Lipiodol  samarasining  davomiyligi 
yodlangan  yog‘  kislotalari  yog  to‘qimasi  sintezida  katnashib  yodning  qonga  sekin 
o‘tishini taminlashiga bog‘liq. 
 
Test : 
Qalkonsimon  bezingiz  sog‘lommi  yoki  yo‘qligini  tekshirish  uchun  quyidagi  savollarga 
javob berishingiz kifoya. 
Bu alomatlar sizda kuzatiladimi? 
✓ Yig‘loqilik, bezovtalik, asabiylashish; 
✓ Ayollarda tartibsiz yoki ko‘p hayz ko‘rish; 
✓ Vazningizning keskin o‘zgarishi (sababsiz); 
✓ Terining quruqlashgani; 
✓ Sochning ko‘p to‘kilishi; 
✓ Isib ketish, terlashning kuchayganligi 
✓ Yurakning tez urishi
✓ Tanaga titroq kirishi; 
✓ Ich qotishi. 
Natija:  agar  3  yoki  undan  ko‘p  alomatlar  kuzatilsa,  endokrinolog  bilan  maslahatlashish 
maqsadga muvofiqdir. 
 
Xulosa 
Turli  xil  gormonlarning  bir  meʻyorda  hosil  bo‘lishi  izdan  chiqadigan  holda,  
gormonlar  kam  ishlanib  chiqishi  hisobiga  boshqa  gormonlar  ko‘p  ishlanib  chiqadi. 
Oqibatda  turli  kasalliklar  kelib  chiqadi.  Xususan,  qalqonsimon  bezning  inson 
organizmida  tutgan  o‘rni  naqadar  muhimligini  inobatga  olgan  holda,  bo‘qoq 

117 
 
kasalliklarining  turli  ko‘rinishlariga  qarshi  profilaktik  chora  tadbirlariga  rioya  qilish 
muhimdir.  
 
 
(3-ilova)_Venn_diagrammasini_qo’llash_tehnologiyasi___O’hshash_jihatlari'>(3-ilova) 
Venn diagrammasini qo’llash tehnologiyasi 
 
O’hshash jihatlari 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Farqli jihatlari 
 
(4-ilova) 
Mavzu bo‘yicha tayanch so‘zlar. 
Endokrin  bezlar,  garmon, qalqonsimon  bez,  triyodtironin  (T
3
),  tetrayodtironin  (T
4

yoki  tiroksin,  qalqon  oldi  bezi,  paratgormonlar,  ayrisimon  bez,  timozin,  buyrak  usti 
bezlari,  jinsiy  bezlar,  androgenlar  va  estrogenlar,  mineralokortikoid  garmoni,  
glyukokortikoid  garmoni  noradrenalin  va  adrenalin  katexalamin  garmoni, 
adrenogenital  sindrom,
 
gipotireoz  va  gipertireoz,  Bazedov  kasalligi,  miksedema, 
kretinizm, endemik bo’qoq, sporadik boʻqoq, 
tugun, k
altsitonin. 
 
(5-ilova) 
Mavzu bo‘yicha nazorat savollari. 
1.  Garmonlarning inson organizmidagi ahamiyati va funksiyalari.  
2.  Bo‘yinning  oldi  qismida  joylashgan  bezga  “Qalqonsimon”  deya  nom  bergan 
olim kim? 
3.  Qalqonsimon bez qaerda joylashgan va bu bezdan ajraladigan garmon organizm 
faoliyatiga qanday taʻsir qiladi? 
4.  Bazedov kasalligini izohlang. 
5.  Diffuz toksik bo‘qoqning kelib chiqish sabablarini izohlang. 
6.  Miksidema−kritinizm kasalligi  qanday vujudga keladi? 
7.  Organizmda yod etishmasligi oqibatida qanday kasallik kelib chiqadi? 
8.  Mamlakatimizda endemik o‘choq markazlari nechta? 
9.   Endemik bo’qoqni davolashning qanday yo‘llari mavjud? 
10.  Yod etishmovchiligini og‘irlik darajalari. 
11.  Qalqonsimon bez o‘lchamlarining aniqlash usullari. 
12.  Paratgarmonlar qaysi garmonal bezda sintez bo‘ladi? 
13.  Ayrisimon bez qanday garmon ishlab chiqaradi? 
 
Endemik 
bo’qoq                 
 
 Bazedov 
kasalligi 

118 
 
14.  Buyrak usti bezidan ajraladigan garmonlarning organizm funksiyasiga taʻsirini 
gapirib bering.  
15.  Buyrak usti bezi magʻiz moddasi funksiyasi ortishi bilan kechuvchi kasalliklar 
 
1.1. Ma’ruza olib borish texnologiyasi 
O’quv soati: 2 soat 
Talabalar soni: 26 ta 
O’quv mashg‘ulot shakli 
Axborotli, vizual ma’ruza 
Ma’ruza rejasi 
1.  Organizmda bajaradigan vazifasiga 
ko‘ra bezlarining turlari.  
2.  Endokrin 
sistemaning 
yoshga 
bog’liq xususiyatlari va gigienasi. 
O’quv mashg‘ulotining maqsadi: 
Organizmda  bajaradigan  vazifasiga  ko‘ra  bezlarining  turlari  haqida 
ma’lumot  berish.  Endokrin  sistemaning  yoshga  bog’liq  xususiyatlari  va 
gigienasi haqidagi bilimlarni chuqurlashtirish.
 
Pedagogik vazifalar 
O‘quv faoliyati natijalari 

  Interfaol  metodlarni  qo‘llagan 
holda o‘quv jarayonini tashkil etish; 

  Organizmda 
bajaradigan 
vazifasiga 
ko‘ra 
bezlarning 
turlarini yoritib bering

  Endokrin 
sistemaning 
yoshga  bog’liq  xususiyatlari  va 
gigienasi 
haqida 
ma’lumotlar 
berish; 

  Organizmda 
bajaradigan 
vazifasiga  ko‘ra  bezlarning  turlarini 
bilib oladi; 

  Endokrin 
sistemaning 
yoshga 
bog’liq  xususiyatlari  va  gigienasi 
haqida ma’lumotga ega bo’ladi; 

   
O‘qitish usullari 
Axborotli  visual ma’ruza, “Klaster” va 
“Sinkveyn” usuli 
O‘qitish vositalari 
Darslik, ma’ruza matni, kompyuter slaydlari, 
doska 
O‘qitish shakllari 
Jamoada ishlash 
O‘qitish shart-sharoiti 
Texnik  vositalar bilan ta’minlangan o‘quv 
xonasi 
Monitoring va baholash Og‘zaki 
nazorat, savol-javob  
1.2. Endokrin sistemasining yoshga bogʻliq xususiyatlari mavzusining texnologik 
xaritasi  
 
Ish bosqichlari 
 
O’qituvchi faoliyatining mazmuni 
Tinglovchi 
faoliyatining 
mazmuni 
I-bosqich. 
Mavzuga 
kirish. 
(10 minut) 
1.1. Talabalarni  mavzuning nomlanishi, 
maqsadi va kutiladigan natijalar  
bilan tanishtiradi 
Tinglaydilar 
 
 
11 – MAVZU: 
 
 
ENDOKRIN SISTEMASINING YOSHGA BOGʻLIQ 
XUSUSIYATLARI 

119 
 
II-bosqich. 
Asosiy qism 
(55 minut) 
 
2.1.  Ma’ruza rejasi bilan tanishtiradi   
(1-ilova) 
 
2.2. Tayanch tushunchalar bilan tanishtiradi 
(4-ilova) 
2.2.  Mavzu  rejalari  mazmun-mohiyatini 
tartib  bilan,  xususan,    qalqonsimon  bez 
tuzulishini rasm orqali batavsil ochib beradi 
(2-ilova) 
2.6.  Guruhdagi  talabalar  bilimini  sinash  va 
mustahkamlash 
maqsadida 
“Endokrin 
bezlarning  turlari”ni  “Klaster”  asosida 
yoritib berishlarini so’raydi.   
Tinglaydilar va rejani 
yozib oladilar 
 
Tayanch 
tushunchalarni yozib 
oladilar 
Tinglaydilar va 
tushunib oladilar 
Asosiy ma’lumotlarni 
konspekt daftarlariga  
yozib oladilar 
Topshiriqni bajaradilar 
III-bosqich. 
Yakuniy qism 
(15 minut) 
3.1. 
Mavzu 
bo’yicha 
bilimlarni 
mustahkamlash  uchun  savollar  beradi  (5-
ilova) 
3.2.    Guruhdagi  talabalar  bilimini  sinash 
maqsadida  “Samototrop”,  “insulin”  va 
“Testosteron”,  “estrogen”  gormonlarini 
yoritish  uchun  “Sinkveyn”  tuzib  kelish 
vazifasini topshiradi (3-ilova) 
3.3 
Mavzu 
bo‘yicha 
foydalanilgan 
adabiyotlar  ro’yxati  bilan  tanishtiradi  (6-
ilova)  
Savollarga javob 
beradilar 
 
 
 
 
Uyga berilgan 
topshiriqni va 
adabiyotlar ro’yxatini 
yozib oladilar 
 
(1-ilova) 
REJA: 
1. 
Organizmda bajaradigan vazifasiga ko‘ra bezlarining turlari.  
2. 
Endokrin sistemaning yoshga bog’liq xususiyatlari va gigienasi. 
(2-ilova) 
1. Organizmda bajaradigan vazifasiga ko‘ra bezlarining turlari. 
Evolyusiya  jarayonida,  shunday  o‘ziga  xos  organlar  sistemasi  hosil  bo‘ldiki,  bu 
sistema  murakkab  kimyoviy  moddalar  ishlab  chiqarishga  ixtisoslashgan    bo‘lib,  xatto, 
hayot jarayonlarini ham boshqara oladi. Bu ichki sekretsiya bezlaridir. 
Ichki  sekretsiya  bezlarining  chiqarish  yo‘llari  bo‘lmaydi,  shuning  uchun,  ular 
endokrin bezlar deb ham ataladi. Bu so‘z grekcha endo-ichki va krino-ajratish, chiqarish 
so‘zlaridan olingan. 

120 
 
 
 
Odam organizmida 3 xil bezlar bo‘ladi:  
1. Tashqi sekretsiya bezlari. Ularga ter, sut so‘lak (quloq oldi, til osti va jag‘ osti) 
hamda oshqozon va ichaklarning shilliq qavatidagi shira ajratuvchi bezlar kiradi. Bularda 
ishlab  chiqariladigan  suyuqliklar  tashqi  muhitga  chiqariladi.  SHuning  uchun  tashqi 
sekresiya bezlari deyiladi.  
2. Ichki sekretsiya bezlari. Bular odam tanasining turli qismlarida joylashgan bo‘lib, 
ularda  ishlab  chiqariladigan  suyuqliklar  organizmning  ichki  muhitiga,  yaʻni,  qon  va 
limfaga  quyiladi. 
Ular  gormon  ishlab  chiqaradi. 
Shuning  uchun,  bu  bezlar  ichki 
sekretsiya  bezlari  deyiladi.  Bu  bezlar  tananing  turli  sohalarida  joylashgan,  ularning  
maxsuloti gormonlar boʻlib, toʻgʻridan-toʻgʻri shu  organga  kelgan tomirga  ya'ni qon va  
limfaga  ajraladi,  chunki    shu  bez    kaplyarlarga  boy.  Gormonlarni  ajratib  chiqaruvchi 
bezlar  ichki  sekretsiya  bezlar  yoki  endokrin  bezlar  deyiladi.Bunga  gipofiz,  epifiz, 
qalqonsimon, qalqon oldi, ayrisimon, buyrak usti bezlari kiradi.  
3. Aralash bezlar. Bularning to‘qimasi ikki qismdan iborat bo‘lib, bir qismida ishlab 
chiqariladigan  suyuqlik  xuddi  tashqi  sekretsiya  bezlaridagiga  o‘xshab,  tashqi  muhitga 
chiqariladi,  ikkinchi  qismida  ishlab  chiqariladigan  suyuqlik  esa  xuddi  ichki  sekretsiya 
bezlaridagi singari organizmning ichki muhitiga, yaʻni qon va limfaga quyiladi. Aralash 
bezlarga oshqozon osti va jinsiy bezlar kiradi. Ular ham gormon, ham sekretsiya ishlab 
chiqaradi. 
Ichki  sekretsiya  yoki  endokrin  bezlar  joylashgan  o‘rniga  ko‘ra  4  ta  guruhga 
bo‘linadi: 
1.  Miya bezlari: Bularga epifiz va gipofiz bezi; 
2.  Bo‘yin  va  ko‘krak  qafas  bezlari:  bularga  qalqonsimon  bez,  qalqon  oldi  bezi,  ayrisimon 
bez; 
3.  Qorin bo‘shlig‘i bezlari: Bularga meʻda osti bezi va buyrak usti bezi kiradi. 
4.  Chanoq bezlari:. Bunga jinsiy bezlar kiradi. 
Ichki  sekretsiya  bezlaridan  ajralib  chiqadigan  gormonlar  faoliyati  fanda  yaxshi 
o‘rganilgan. 

121 
 
 
 
Ichki sekretsiya bezlari gormoni qon bilan butun organizmga tarqaladi. Gormonlar 
moddalar almashinuvini, yaʻni organlar faoliyatini kuchaytiradi yoki susaytiradi. 
Shuningdek, ular kishining jismoniy, ruhiy rivojlanishiga, balog‘atga etishiga va boshqa 
ko‘pgina funksiyalarga taʻsir etadi.  
Gormonlar faqat fiziologik jarayonlarga emas, balki morfologik jarayonlarga ham 
taʻsir etadi. Gormonlarning organlar funksiyasiga taʻsiri fizik-kimyoviy sharoitda taʻsir 
etishi, yuqori va past haroratga chidamliligi bilan taʻriflanadi. Ko‘pchilik gormonlar sof 
holda olingan, baʻzilari organizmdan tashqarida laboratoriyada sintez qilingan. 
Ichki sekretsiya haqidagi tushuncha birinchi marta fiziologiyaga Klod Bernar 
tomonidan kiritilgan. Klod Bernar 1855 yilda maxsus tekshiruv o‘tkazib, jigarning ovqat 
hazm qilish organlariga o‘t suyuqligi chiqarib berishini va qonga glikogen chiqarishini 
aniqlangan. 
Shunday qilib, organizmda  tashqi sekretsiyadan boshqa ichki sekretsiya jarayonlari 
ham borligini isbot etgan va o‘z sekretlarini organizm ichiga chiqarib beradigan bezlarni 
ichki sekretsiya bezlari deb atagan. 
Ichki sekretsiya bezlarining funksiyasi vegetativ nerv sistemasining faoliyatiga 
bog‘liq  bo‘lib, bosh miya po‘slog‘ining idora qiluvchi, hamda nazorat etuvchi roliga 
bo‘ysunadi.  
Odam organizmidagi barcha funktsiyalar nerv va gumoral yoʻl bilan boshqariladi. 
Gumoral yoʻl bilan boshqarilishida odam tanasining turli qismlarida joylashgan bezlar 
orqali amalga oshadi. Odam tanasidagi bezlar ichki sekretsiya bezlari ham deyilib, 
ularda ishlab chiqarilgan suyuqlik garmonlar deb ataladi.
10
 
Gormon  termini ingliz fiziologlari  Beytiss va Stoling tomonidan  1905 yilda fanga 
kiritilgan. Ichki sekretsiya bezlari fiziologik  aktiv  modda gormonlar  ishlab chiqaradi. 
(yunoncha horman- qoʻzgatmoq degan soʻzdan olingan). Ichki sekretsiya bezlarida ishlab 
chiqariladigan  garmonlar  juda  oz  miqdorda  ya'ni  gramning  miliondan  bir  qismiga  teng 
boʻlib, ular toʻgʻridan toʻgʻri qon va limfaga quyiladi.  
                                                            
16
 Theodore hough and William T. Sedgwick ‐ The human mechanism its physiology and hygiene and the 
sanitation of its surroundings‐ Ginn and company proprietors Boston U.S.A.‐2010, 612 p 
 

122 
 
Ichki sekretsiya bezlari embrion rivojlanishining boshlangʻich davrlarida shakllanib, 
ularda  ishlab  chiqariladigan  gormonlar  ona  qornidagi  bolaning  oʻsishiga  oʻz  ta’sirini 
koʻrsatadi. 
Ichki  sekretsiya  bezlarining  ish  faoliyatini  gipofiz  bezi  boshqarib  turadi.  Gipofiz 
bezi  funktsiyasini  esa  markaziy  nerv  sistemasi  tomonidan,  ya'ni  oraliq  miyadagi 
gipotalomusdan  ajraladigan  neyrogormonlar  orqali  boshqariladi.  Gipofiz  bezi 
morfofunktsiyaonal  jihatdan  gipotalomusga  juda  yaqindan  bogʻliqdir.  Shuning  uchun 
ham bular birgalikda gipotalama-gipofizar sistema deb ataladi.  
Endrokrin  sistema  funksiyaning  buzilish  mexanizmlari.  Endokrin  bezlar 
faoliyatining  turli  shakllarda  buzilishi  asosida  bir  necha  umumiy  mexanizmlar  mavjud. 
Muhim  mexanizmlardan  biri  endokrin  asab  sistemasining  oʻzaro  munosabati  buzilishi 
hisoblanadi.  Masalan  asab-ruhiy  shikastlanishlar  natijasida  markaziy  asab  sistemasi 
faoliya-tining  buzilishi  qalqonsimon  bezning  ortiq  darajada  ish-lashga  va  tiretoksikoz 
rivojlanishiga  olib  keladi.  Shuning  bilan  birga  qalqonsimon  bez  faoliyatining  susayishi 
(masalan  nasliy  gipotireoz)  markaziy  asab  faoliyatining buzilishiga  va  aqliy  pasayishga 
(tireopriv kretinizm) olib keladi. 
Endokrin  buzilishlarining  ikkinchi  muhim  mexanizmiga  endokrin  sistema  ichida 
oʻzaro  munosabatining  buzilishi,  ya'ni  endokrin  bezlar  va  ularning  gormonlari 
bogʻlanishlarining  buzilishi  kiradi.  Endokrin  sistemasining  normal  faoliyati  asosida 
bezlar  oʻrtasida  musbat  va  manfiy  bogʻlanishlar  yotadi.  Musbat  bogʻlanish  misoliga 
qaysidir  trop  (oziqlantiruvchi)  gormoni  periferik  endokrin  beziga  nisbatan 
ragʻbatlantiruvchi  ta’siri,  masalan  adeno-gipofizning  TTG  gormoni  qalqonsimon  bezga 
ta’sirini  (bevosita  musbat  bogʻlanish)  koʻrsatish  mumkin.  Manfiy  bogʻlanish  misoliga 
qalqonsimon  bez  gormonining,  jumladan  troksinni  adenogipofizga  susaytiruvchi  ta’siri 
va TTG ishlab chiqarilishi kamayishini koʻrsatish mumkin (manfiy teskari bogʻlanishi). 
Bu bogʻlanishlar muhim moslashuv ahamiyatiga ega boʻladi. Masalan, organizmga stress 
omillar  ta’sir  etilishida  adenogipofiz  tomonidan  AKTG  ishlab  chiqarilish  kuchayadi. 
AKTG glyukokor-tioksidalar paydo boʻlishi va uni qonga tushishini kuchaytiradi va ular 
oʻz  navbatida  AKTG  ga  hosil  boʻlishini  susaytiradi.  Shuning  bilan  birga  patologik 
sharoitda bunday moslashuv bogʻlanishi endokrin sistemasi faoliyati buzilishi mexanizmi 
boʻlib  qolishi  mumkin.  Jumladan  davolash  maqsadida  periferik  endokrin  bezlar 
gormonining  (tiroksin,  kortikosteroidlar  yoki  jinsiy  gormonlar)  notoʻgʻri  joʻnatilishida 
tegishli trop gormonlari ishlab chiqarilishi susayadi va buning natitjasida periferik bezlar 
—  qalqonsimon  bez,  buyrak  usti  bezining  poʻstloq  qismi  yoki  jinsiy  bezlar  atrofiyasi 
rivojlanadi.  Bunday  mexanizm  koʻpincha  bir  emas  bir  guruh  bezlar  funksiya-sining 
buzilishiga olib keladi.  
Endokrin  sistemasi  faoliyati  buzilishilarining  uchinchi  mexanizmi  ichki  sekresiya 
bezlari  bilan  organlar  («nishon  organlar»)  oʻrtasidagi  bogʻlanishining  buzilishi 
hisoblanadi.  Bu  mexanizm  gormonlar  transporti  buzilishi  parchala-nishini  oʻz  ichiga 
oladi.  
Endokrin bezlar faoliyatining buzilishi ikki asosiy shaklda: giperfunksiya (ortiqcha 
funksiya) va gipofunksiya (etarli boʻlmagan funksiya) bilan namoyon boʻladi. 
Download 5.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling