O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent kimyo‐texnologiya instituti “menejment va kasb ta’limi” fakul’teti


Endokrin sistemaning yoshga bog’liq xususiyatlari va gigienasi


Download 5.13 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/26
Sana07.07.2020
Hajmi5.13 Mb.
#99362
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   26

 
2. Endokrin sistemaning yoshga bog’liq xususiyatlari va gigienasi.  

123 
 
Gipofiz bezi. Vazni 0,5-0,6 gr. teng. U 3 bo‘lakdan: oldingi, oraliq, orqa bo‘laklardan 
iborat. Gipofiz bezi tuxumsimon shaklda 
boʻlib, uning vazni bola tugʻilganida 0,1 g, 
kattalarda 1,6-0,7 g, Gipofizaning oldingi, 
oʻrta va orqa boʻlagi bor. Oldingi va oʻrta  
qismi – adenogipofiz, orqa boʻlagi 
neyrogipofiz deyiladi. Gipofizning 55-60 % 
tashkil etadi. Hamma gormonlar oqsil 
moddalar hisoblanadi. Gipofizdan 22 tadan 
ortiq gormon  ishlanib chiqadi. 
Oldingi  boʻlagidan  bir  necha  xil 
gormon ishlab chiqiladi. Gipofizning oldingi 
boʻlagida  6  xil  gormon  ya'ni  samototrop, 
adrenokortikotrop,  tireotrop,  gonodotrop, 
laktotrop va liyutenlovchi gormonlar ajraladi.  
 Somatotrop  garmoni  bolalar,  o‘smirlarning  o‘sishini,  rivojlanishini,  organizmda 
oqsillarni  sintezlanishini  boshqaradi.  Garmon  ko‘p  ishlab  chiqarilsa  gigantizmga  olib 
keladi, kam ishlab chiqarilsa pakana bo‘yli bo‘lib qoladi. 
Adrenokortikotrop  garmoni  buyrak  usti  bezining  ishini  boshqaradi,  yaʻni 
kortikosteroid garmonlari ishlab chiqarishni tartibga soladi. 
Tireotrop  garmoni  qalqonsimon  bezning 
ishini,  yaʻni  undan  ajraladigan  tiroksin 
garmoni ishlab chiqarilishini boshqaradi. 
Gonodotrop 
garmoni 
erkak 
va 
ayollarning 
jinsiy 
bezlari 
funksiyasini 
boshqaradi,  o‘smirlarda  balog‘atga  etish 
belgilari paydo bo‘lishida ishtirok etadi. 
Laktotrop 
garmoni 
ayollarda 
sut 
bezlarning funksiyasini boshqaradi.  
Lyuteinlovchi 
garmon 
homilador 
ayollarda  homilaning  normal  rivojlanishini 
boshqaradi. 
Gipofizning 
oraliq 
bo‘lagidan 
intermediya  garmoni  ajraladi.  U  terida 
pigment 
hosil 
bo‘lishini 
boshqaradi. 
Gipofizning  orqa  bo‘lagidan  ikkita  garmon 
ajraladi 
(oksitatsion 
va 
vazopressin). 
Oksitotsin  garmoni  homilador  ayollarda 
bachadon 
muskullarining 
qisqarishini 
kuchaytirib,  tug‘ish  jarayonini  osonlashtiradi. 
Vazopressin,  yaʻni  antidiuretik  garmon 
organizmda suv almashinuvini boshqaradi. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Gipofiz bezi: 
1- gipofizning orqa bo'lagi; 
2- gipofizning oldingi bo'lagi; 
3- miyaning qadoqsimon tanasi; 
4-epifiz 
 

124 
 
Samototrop  gormoni  bolalar  va  oʻsmirlarning 
oʻsishini, 
rivojlanishini, 
organizmda 
oqsillar 
sintezlanishini  boshqaradi.  Ba'zi  sabablarga  koʻra 
bolalar  va  oʻsmirlarda  bu  gormon  koʻp  ishlab 
chiqarilsa,  boʻy  normadan  ortiq  oʻsib  ketadi.  Bu 
holatga  gigantizm,  bunday  odam  esa  gigant  deb 
ataladi.  Agar  bu  gormon  kamroq  ishlab  chiqarilsa 
boʻy  oʻsish  sekinlashadi,  bunday  holga  nanizm 
deyiladi.  Bunday  boʻyi  past  odam  gipofizar  pakana 
deyiladi. Ularning boʻyi past boʻlsa ham aqliy faoliyat 
normal boʻladi.  
 
Balogʻat  yoshidan  keyin  (20-40  yshlarda) 
somototrop  gormon  koʻp  ishlab  chiqilsa  ayrim 
organlarning  (til,  burun,  jag  suyaklari,  qovoq,  quloq,  barmoqlarning)  kattalashivu 
akromegaliya kasalligi kelib chiqadi. 
 
Akromegaliya.  
oʻngda — sogʻlom,  
chapda   akromegaliya. 
 
 
Bezdan  ishlab  chiqariladigan  har  bir  gormon  ma'lum  funktsiyalarni  bajaradi. 
Masalan: adrenokortikotrop gormoni buyrak usti bezlarining uglevod almashinuvini idora 
etuvchi  gormonlar  faoliyatini  boshqarishhda  ishtirok  etadi.  Tireotrop  gormoni 
qalqonsimon  bezdan  ajraladigan  terioksin  gormon  faoliyatini  boshqaradi.  Gonodotrop 
gormoni  jinsiy  bezlar  faoliyatini  boshqarishda  ishtirok  etadi.  Laktatrop  sut  bezlari 
faoliyatini,  liyutenlovchi  gormoni  esa  ona  qornida  embrionning  normal  rivojlanishini 
boshqarishda ishtirok etadi. 
Gipofizning oraliq  boʻlagidan  intermedin  gormoni  ajraladi.  U  terida  pigment  hosil 
boʻlishini boshqaradi.  
Gipofiz bezining orqa boʻlagi neyrogipofiz deyilib, undan vazopressin va oksitatsin 
gormonlari  ajraladi.  Oksitatsin  ta’sirida  bachadon  muskullarining  normal  qisqarishini 
boshqarishda ishtirok etadi. Vazopressin gormoni esa asosan organizmda suv miqdorini 
bir  normada  ushlab  turishda  ishtirok  etadi.  Bola  1  Yoshga  etganda  neyrogipofitz  toʻliq 
shakllanib ishlaydi.   
Gipoflz kasalligi 
Gipofiz — asab va endokrin sistemalarini bogʻlovchi inkretor organdir. U gormonlar 
ishlaydi, oʻzida ularni zaxira holda saqlaydi va ajratadi. 
Adenogipofizda  jinsiy  balogʻatga  yetishni,  homilador-likni  normal  kechishi 
belgilovchi  bir  guruh  trop  gormonlar,  organlarning  proporsional  oʻsishini  ta'minlovchi 
follikulani 
ragʻbatlantiruvchi 
gormon 
(FSG) 
lyutinlovchi 
(sui 
ajralishini 
ragʻbatlantiruvchi),  (LG),  (AKTG),  (adrenokor-tikotrop)  tireotrop  gormon-TTG  va  bir 

125 
 
qator  boshqa  gormonlar  ishlab  chiqariladi.  Neyrogipofizdan  qonga  ikki  gormon-ADG 
yoki vazopressin va oksitosin ajraladi. ADG buyrak kanalchalarida suv reabsorbisiyasini 
kuchaytiradi, uning ortiqcha miqdori esa buyrak kalavachalari qon tomirlarini toraytiradi 
va  ularda  arterial  bosimni  orttiradi.  Oksitosin  ayollar  jinsiy  sistemasi  faoliyatida 
fiziologik  jarayonlarni  boshqaradi,  homiladorlikdagi  bachadonni  qisqarish  funksiyasini 
kuchaytiradi. 
Epifiz  bezi.  Bu  bez  bosh  miyaning  asosida  ya'ni  oʻrta  miya  sohasida  joylashgan 
boʻlib, uning vazni 0,2 gr.  
 
 
Epifiz  birichi  navbatda  serotonin,  melatonin,  noradrenalin  va  gistomin  gormoni 
ishlab  chiqaradi.  Epifizda  peptid  garmonlari  va  boigen  aminlar  topilgan.  Epifizning 
funktsiyasi  bola  7  yoshga  kirguncha  kuchayib  boradi  undan  keyin  susayib,  bolagʻotga 
etish davri oldidan butunlay toʻxtab, erta balogʻatga etish jarayonini susaytiradi. 
Me'da osti bezi. Me’daning pastki va orqa sohasida, o‘n ikki barmoqli ichak yonida 
joylashgan bo‘lib, ichki va tashqi sekretsiyaga ega, ogʻirligi yangi tugʻilgan bolada 4-5 g, 
balogʻatga  etish  davrida  15-20  baravar  kattalashadi.  Uning  vazni  kattalarda  70-80  g, 
uzunligi 16-20 sm gacha boʻladi. Me'da osti bezi aralash bez boʻlib, toʻqimasining 98-99 
% tashqi sekretsiya funktsiyasini bajarib, ovqat hazm qilishda ishtirok etuvchi shira yoki 
fermentlarni ishlab chiqaradi. Bu shira tarkibida turli fermentlar bo‘ladi. Bulardan tripsin, 
lipaza, amilaza va boshqalar muhim rol o‘ynaydi. Bu fermentlar  yog‘lar, uglevodlar va 
oqsillarning  parchalanishiga  yordam  beradi.  Bundan  tashqari,  meʻda  osti  bezi  ichki 
sekretor yoki endokrin funksiyaga ega, bu funksiyani orolchalar ko‘rinishida to‘da-to‘da 
bo‘lib  joylashgan  maxsus  hujayralar  amalga  oshiradi.  Orolchalarning  asosiy  qismini 
maxsus beta-hujayralar (
-hujayralar) tashkil etadi.Qolgan bir ikki foizi ya'ni Langergans 
orolchasi deb ataluvchi qismi ichki sekretsiya funktsiyasini bajaradi. Bezning Langergans 
orolchasi qismida glyukagon, insulin va gastrin gormonlari ishlab chiqariladi.  
Glyukagon  –  alfa  hujayralaridan  ishlab  chiqiladi.  Bu  yogʻʻ  toʻqimalaridagi 
yogʻʻning parchalanishini tezlashtiradi. Sekresiya funktsiyasida jigar muskullarida zahira 
holda  toʻplangan  glyukogen  moddasini  parchalab  glyukozaga  aylantiradi.  Gastrin 
gormoni  esa  qon  orqali  me'daning  ferment  ajratish  funktsiyasini  boshqarishda  ishtirok 
etadi.  
Insulin  ta’sirida  qondagi    qand  yani  uglevodlar  zapasi  glikogenga    aylanadi. 
Insulinning  kamayishi    qandlik    diabetga  olib  keladi.  Insulin  organizmda  yogʻʻ 
toʻplanishini    yaxshilaydi.  Insulin  B  betta-  hujayralaridan  ishlab  chiqiladi.  Oqsillarni  

126 
 
sintezlashda    embrionning  dastlabki    rivojlanishida  uning  qoniga  insulin  koʻp  boʻladi. 
Tugʻilgandan  keyin  insulin  miqdori  oʻzgarishlarga  uchraydi.  Sogʻlom    odam    qonida 
qandning    normal  miqdori  80-120  mg  %  boʻladi,  qandli  diabet  kasalligida  esa  uning 
miqdori 150-250 ml g % ga koʻtarilib, undan ham ortib ketishi mumkin. Bu kasallik turli 
Yoshlarda  ayniqsa  6-12  Yoshli  bolalarda  koʻp  uchraydi.  Uning  kelib  chiqishiga  sabab, 
koʻp  siqilish  va  uglevodlarga  boy  ovqatlar,  hamirli  ovqat,  qand,  shirinliklarni  haddan 
tashqarii koʻp eyish natijasida kelib chiqadi. 
Me’da 
osti 
bezining 
ichki 
sekretsiya funksiyasi kamayib ketganda, 
qandli diabet kasalligi kelib chiqadi. Bu 
kasallikda  eng  avvalo,  organizmning 
uglevodlarni 
o‘zlashtirish 
jarayoni 
buziladi.  Insulin  glyukozaning  jigarda 
va 
muskullarda 
maxsus 
modda 
(glikogen) shaklida bo‘lib to‘planishiga, 
qandning  yog‘ga  aylanishiga  yordam 
beradi.  Bu  organizmning  oziqlanishini 
yaxshilaydi.  Qonda  biror  sababga  ko‘ra, 
qand 
miqdori 
kamaya 
boshlasa, 
jigardagi 
glikogen 
glyukozagacha 
parchalanadi.  Bu  qandning  qondagi  darajasini  bir  meʻyorga  soladi.  Jigardagi  glikogen 
miqdori  juda  kamayib  ketgan  hollarda  uglevodlar  ovqat  oqsili  va  yog‘lardan  hosil 
bo‘lishi  mumkin.  Qandli  diabetda  meʻda  osti  bezi  insulinni  etarli  miqdorda  ishlab 
chiqarmaydi, organizm hujayralari qandni parchalay olmaydi.  
Qandli diabet hamma Yoshda ham uchrashi mumkin, biroq ko‘pincha 6 yoshdan 12 
yoshgacha bo‘lgan bolalarda paydo bo‘ladi. Ayniqsa, bolalarda qandli diabet har xil o‘tkir 
yuqumli kasalliklar (qizamik, suvchechak, tepki) dan keyin paydo bo‘ladi. Qattiq iztirob 
chekish  yoki  shikastlanish  qandli  diabetga  sabab  bo‘lishi  mumkin,  uglevodlarga  boy 
ovqatlar (xamir ovqat, qand, shirinliklar) ni haddan tashqari ko‘p eyish bu kasallikning 
rivojlanishiga sabab bo‘ladi. 
Semirish  ko‘pgina  endokrin  kasalliklarning  belgisidir.  Biroq,  semirish  ko‘pincha 
noto‘g‘ri ovqatlanishga bog‘liqdir. 
Jinsiy bezlar - erkaklarni jinsiy bezlari bir juft moyaklar (urug‘don), moyak ortig‘i, 
prostata bezidir. Moyaklarning og‘irligi 20-30 gr. bo‘lib, unda spermatazoid va erkaklik 
jinsiy garmoni (testosteron) ishlanib chiqadi. Testosteron garmoni o‘smirlarni balog‘atga 
etishini  ta’minlashda,  soqol-mo‘ylov,  qo‘ltiq  osti  va  qov  sohasida  jun  chiqishi,  ovozni 
o‘zgarishida  qatnashadi.  Ba’zi  kasalliklar,  tepki,  gripp,  angina  kabilar  oqibatida  moyak 
yallig‘lanib, uning faoliyatini pasaytirishga olib keladi. 
Moyak  fiziologik  jihatdan  tashqi  sekretor  va  ichki  sekretor  funksiyani  bajaradi. 
Tashqi  sekretor  funksiyasi  spermatozoidlar  ishlab  chiqarilishiga  bog‘liq,  ichki  sekretor 
yoki  endokrin  funksiyasi  testosteron  bevosita  qonga  tushadigan  erkak  jinsiy  gormoni 
ishlab  chiqarishdan  iborat.  Moyakning  o‘sishi  va  rivojlanishiga  gipofiz  katta  ta’sir 
ko‘rsatadi. 
Ayollarning jinsiy bezlariga bir juft tuxumdon kiradi. U chanoqda joylanib, og‘irligi 
5-6 gr., bachadonning orqa qismiga yopishib turadi. Tuxumdon garmonlar (progestoron, 
esteron, estereol va esteradeol) hosil qiladi.  
Tuxumdon  uchta  asosiy  funksiyani  bajaradi:  generativ  funksiyasi  urug‘lanishga 
qodir  bo‘lgan  jinsiy  tuxum  hujayralarni  ishlab  chiqarish,  follekulalarni  etishtirish,  sariq 

127 
 
tanani  hosil  qilishdan  iborat,  vegetativ  funksiyasi  o‘sish  jarayonlarini  ta’minlashdan 
iborat  va  gormonal  yoki  endokrin  funksiya.  Tuxumdonning  gormonal  funksiyasi  ikkita 
gormon estrogen va progesteron ishlab chiqarishdan iborat.  
Ayollarning tuxum hujayralari 12-13 yoshdan 50 yoshgacha, o‘rtacha 500 follekula 
etiladi. Bu odam hujayrasining eng kattasi bo‘lib, diametri 0,2 mm. Tuxum hujayra har 
oyda  tuxumdonda  bitta  tuxum  (follekula)  etilib,  yorilib  bachadon  bo‘shlig‘iga  o‘tadi. 
Agar urug‘lanishga ulgirmasa, qonga o‘tib tashqariga chiqariladi. Bu davrda hayz ko‘rish 
hosil  bo‘lib,  har  oyning  21-24-28-30  kunlarida  takrorlanaveradi.  Bachadonning 
shamollashi  natijasida  yallig‘lanishga  olib  keladi.  Biror  zararli  omil  ta’sirida 
tuxumdonlarning  endokrin  funksiyasi  buziladi.  Tuxumdonlar  funksiyasining 
etishmovchiligida  qiz  bolalarning  jadal  o‘sishi  kuzatiladi,  ayniqsa,  oyoq-qo‘llar  o‘sib 
ketadi. Hayz ko‘rish, ayollarga xos ikkilamchi jinsiy belgilarning rivojlanishi kechikishi 
mumkin.  
Tuxumdonlarning xromosomalar tarkibi buzilishi bilan bog‘liq bo‘lgan kasallik ham 
uchraydi. Bunday kasallikda jinsiy xromosoma bo‘lmaydi. Bu kasallikda pakanalik bilan 
birga infantilizm (jinsiy organlarning chala etilishi)ning o‘ziga xos belgilari rivojlanadi. 
Bu kasallikda tuxumdonlar, odatda, butunlay bo‘lmaydi. 
Jinsiy tarbiya ahloqiy tarbiyannng bir qismi bo‘lib, bir qator pedagogik va meditsina 
muammolari  bilan  bog‘liq.  Jinsiy  tarbiyaning  vazifasi  o‘sayotgan  avlodda  jinsiy 
masalalarga  to‘g‘ri  munosabatda  bo‘lishni  shakllantirish,  turli  yosh  davrlarida  rioya 
qilinishi zarur bo‘lgan ijtimoiy-ahloqiy prinsiplar va gigiena talablarini o‘zlashtirib olish, 
faqat  erkak  va  ayol  rolini  emas,  balki  er  yoki  xotin,  ota  yoki  ona  rolini  ado  etishga 
hozirlik ko‘rish hisoblanadi. 
 
Xulosa 
Organizm  faoliyati  asosan  nerv  sistemasi  orqali  boshqarilib  qolmasdan,  bundan 
tashqari gumoral yo’l bilan ham boshqarilishi qadim zamonlardan ma’lum bo’lgan.  
Organizm  hayot  faoliyatida  hosil  bo’lgan  ximiyaviy  moddalar  qon  tomirlariga  va 
(to’qima) xujayra suyukligiga tushadi.  
Xujayra  suyukligiga  tushgan  ximiyaviy  moddalar  organlar  faoliyatiga  ta’sir  etib, 
ularni o’zaro munosabatlarini ta’minlaydi. 
 Odam va hayvon organizmi koʻp sondagi turli xil organlardan tashkil topgan bo’lib, 
ammo bu organlar hayron qolarli darajada, bir-biri bilan kelishilgan holda ishlaydi. Ana 
shunday organizm qismlaring ajoyib munosabatta boʻlib ishlash natijasida organizm bir 
butun boʻlib tashqi muhitning oʻzgaruvchan yashash sharotiga moslashadi. 
 
   
(3-ilova) 
“Sinkvеyn” ( 5 qator ) tеxnikasi 
“Samototrop”, “insulin” va “Testosteron”, “estrogen” gormonlarini –tavsiflash 
Sinkvеyn sxеmasi 
1.  _____ 
2.  _____ni tavsiflovchi sifati 
3.  _____ning vazifalari   
4.  _____ning mohiyati to`g`risida 4 so`zdan iborat so`z birikmasi 
5.   _____ning sinonimi  
 
(4-ilova) 
Mavzu bo‘yicha tayanch  so‘zlar. 

128 
 
Tashqi sekretsiya bezlari,  ichki sekretsiya bezlari, endokrin bezlar, aralash bezlar, 
epifiz,  gipofiz,  somatotrop  garmoni,  adrenokortikotrop  garmoni,  tireotrop  garmoni, 
gonodotrop  garmoni,  laktotrop  garmoni,  lyuteinlovchi  garmon,  intermediya  garmoni, 
gigant, akromegaliya, serotonin, melatonin, noradrenalin va gistomin AKTG, me'da osti 
bezi, langergans orolchasi, jinsiy bezlar, insulin, gastrin, glyukogon, ferment. 
 
(5-ilova) 
Mavzu bo‘yicha nazorat savollari. 
1. 
Garmonal sistema haqida umumiy tushuncha bering. 
2. 
Garmon terminini kim va nechanchi yilda fanga kiritgan? 
3. 
Ichki  sekretsiya  haqidagi  tushuncha  1-marta  fiziologiyaga  kim  tomonidan 
kiritilgan.  
4. 
Klod Bernar qanday tekshiruvlar o‘tkazgan? 
5. 
Ichki sekretsiya bezlarining ahamiyati.  
6. 
Organizmdagi bezlar vazifasiga ko‘ra nechta turga bo‘linadi? 
7. 
Tashqi sekretsiya bezlari vazifasini izohlang. 
8. 
Ichki sekretsiya bezlariga qanday bezlar kiradi? 
9. 
Oshqozon osti bezi va jinsiy bezlar nima sababdan aralash bezlar deyiladi? 
10. 
Endokrin bezlarning organizmda joylashgan o‘rniga ko‘ra guruhini izohlang. 
11. 
Gipofiz bezi qanday garmonlar ishlab chiqaradi? 
12. 
Gigantizm va akromegaliya kasalligining kelib chiqish sababi? 
13. 
Epifiz bezining rolini izohlab bering. 
14. 
Endokrin sitemaning yosh xususiyatlari haqida so‘zlang. 
15. 
Insulin garmoni etishmasligi oqibatida qanday kasallik kelib chiqadi? 
16. 
Endrokrin sistema funksiyaning buzilish mexanizmlari. 
17. 
O‘g‘il va qiz bolalarning jinsiy balog‘atga etilish davrida qanday fiziologik 
o‘zgarishlar sodir bo‘ladi? 
18. 
Jinsiy tarbiya ahloqiy tarbiyadagi o‘rni. 
 
 
 
 
1.1. Ma’ruza olib borish texnologiyasi 
O’quv soati: 2 soat 
Talabalar soni: 26 ta 
O’quv mashg‘ulot shakli 
Axborotli, vizual ma’ruza 
Ma’ruza rejasi 
1.  Nerv  sistemasining  xususiyatlari. 
Mushaklarning fiziologik xususiyatlari. 
2.  Simpatik  va  parasimpatik  vegetativ 
nerv sistemasi.  
3.  Nerv  sistemasi  fiziologiyasi  va 
gigienasi.  
4.  Asab  sistemasi.  Asab  tizimiga  ta’sir 
etuvchi omillar. 
O’quv mashg‘ulotining maqsadi: 
 
12 – MAVZU: 
 
NERV VA MUSHAKLAR FIZIOLOGIYASI 

129 
 
Nerv  sistemasi  fiziologiyasi  va  gigienasi,  nerv  sistemasining 
xususiyatlari,  simpatik  va  parasimpatik  vegetativ  nerv  sistemasi  haqida 
tushuncha berish, hamda tasavvur hosil qilish.
 
Pedagogik vazifalar 
O‘quv faoliyati natijalari 
Interfaol  metodlarni  qo‘llagan  holda 
o‘quv jarayonini tashkil etish
Nerv 
sistemasining 
xususiyatlarini ochib berish; 
Simpatik 
va 
parasimpatik 
vegetativ  nerv  sistemasi  haqida 
ma’lumot berish; 
Asab sistemasi haqida bayon etish; 
Asab  tizimiga  ta’sir  etuvchi 
omillarni o‘rgatish. 
Nerv 
sistemasining 
xususiyatlarini 
haqida ma’lumotga ega bo’ladi; 
Simpatik  va  parasimpatik  vegetativ  nerv 
sistemasi haqida ma’lumot oladi;  
Asab tizimiga ta’rif beradi; 
Asab  tizimiga  ta’sir  etuvchi  omillarni 
o‘rganadi. 
O‘qitish 
usullari 
Axborotli ma’ruza, “Blis-savol” va 
“Sinkveyn” usuli 
O‘qitish vositalari 
Darslik,  ma’ruza matni, kompyuter slaydlari, 
doska 
O‘qitish shakllari 
Jamoada ishlash 
O‘qitish shart-sharoiti 
Texnik  vositalar bilan ta’minlangan o‘quv 
xonasi 
Monitoring va baholash Og‘zaki 
nazorat, savol-javob  
1.2. Nerv va mushaklar fiziologiyasi mavzusining texnologik xaritasi  
 
Ish bosqichlari 
 
O’qituvchi faoliyatining mazmuni 
Tinglovchi 
faoliyatining 
mazmuni 
I-bosqich. 
Mavzuga 
kirish. 
(10 minut) 
1.1. Talabalarni  mavzuning nomlanishi, 
maqsadi va kutiladigan natijalar  
bilan tanishtiradi 
Tinglaydilar 
 
II-bosqich. 
Asosiy qism 
(55 minut) 
 
2.1.  Ma’ruza rejasi bilan tanishtiradi   
(1-ilova) 
2.2.  Talabalarni  faollashtirish  maqsadida 
“Blis-savol” 
metodidan 
foydalanadi. 
so’ngra,  mavzuning  1-rejasini  tegishli  rasm 
asosida bayon qiladi (2-ilova) 
2.3. 
2-reja 
bo’yicha 
Simpatik 
va 
parasimpatik  vegetativ  nerv  sistemasining 
mazmun-mohiyatini ochib beradi (3-ilova)   
2.4.  3-rejada  Nerv  sistemasi  fiziologiyasi 
va gigienasini bayon etadi (4-ilova) 
2.5.  So’ngi  rejada  Asab  sistemasi.  Asab 
tizimiga  ta’sir  etuvchi  omillar  tushuntirib 
beradi (5-ilova) 
Tinglaydilar va rejani 
yozib oladilar 
 
Savolga javob beradilar
 
Tinglaydilar va 
tushunib oladilar 
 
 
Tinglaydilar va asosiy 
ma’lumotlarni 
konspekt daftarlariga  
yozib oladilar 

130 
 
III-bosqich. 
Yakuniy qism 
(15 minut) 
3.1.    O’tilgan  mavzu  bo’yicha  guruhdagi 
talabalar  bilimini  sinash  va  mustahkamlash  
maqsadida  nazorat  savollarini  beradi  (7-
ilova) 
3.2.  Guruhdagi  talabalar  bilimini  sinash 
maqsadida  uyga  vazifa  etib  “Nerv” 
tushunchalariga  “Sinkveyn”  tuzib  kelish 
vazifasini topshiradi (6-ilova) 
3.3 
Mavzu 
bo‘yicha 
foydalanilgan 
adabiyotlar  ro’yxati  bilan  tanishtiradi    (8-
ilova) 
Savollarga javob 
beradilar 
 
 
 
 
Uyga berilgan 
topshiriqni va 
adabiyotlar ro’yxatini 
yozib oladilar 
 
(1-ilova) 
REJA: 
1. Nerv sistemasining xususiyatlari. Mushaklarning fiziologik xususiyatlari. 
2. Simpatik va parasimpatik vegetativ nerv sistemasi.  
3. Nerv sistemasi fiziologiyasi va gigienasi.  
4. Asab sistemasi. Asab tizimiga ta’sir etuvchi omillar. 
 
(2-ilova) 
1. Nerv sistemasining xususiyatlari. Mushaklarning fiziologik xususiyatlari. 
Asosiy  faoliyati  ma’lumotlarni  tez  va  aniq  o‘tkazib  berish  va  uni  integrallash 
bo‘lgan nerv tizimi organlar va tizimlarning o‘zaro bog‘lanishini, organizmning bir butun 
bo‘lib  faoliyat  yuritishini,  uning  tashqi  muhit  bilan  o‘zaro  ta’sirini  ta’minlaydi.  U  turli 
a’zolar  faoliyatini  yo‘naltiradi  va  boshqaradi,  butun  organizmning  faoliyatini  bir  butun 
tizim  sifatida  tashqi  va  ichki  muhitning  o‘zgaruvchan  sharoitlariga  moslashtiradi.  Nerv 
tizimi yordamida atrof muhitdan va ichki a’zolardan turli xil signallar qabul qilinadi va 
taxlil qilinadi, bu signallarga javob reaksiyasi shakllanadi.  
Nerv tizimini nerv hujayralari va nerv tolalari tashkil qiladi. Nerv hujayralari neyron 
deb  ataladi.  Neyronlar  katta  kichikligi  va  shakli  jihatidan  har  xil  bo‘ladi.  Har  bir 
neyronning  tanasida  bir  talay  kalta,  shoxlangan  o‘simtalar-dendritlar  va  bitta 
shoxlanmagan  uzun  o‘simta-akson  bor.  Nerv  hujayralarining  tanalari  va  ularning 
dendritlari  to‘planib,  kul  rang  moddani  hosil  qiladi.  Miyaning  oq  moddasn  esa  mielin 
pardasi  bilan  qoplangan  nerv  tolalari  (aksonlar)  dan  tashkil  topgan  bo‘ladi.  Neyronlar 
tashqi tomondan parda-membrana bilan qoplangan.  
Nerv  markazida  maʻlum  refleks  amalga  oshishida  yoki  biror  vazifani  bajarilishida 
bir  guruh  neyronlar  ishtirok  etadi.  Bir  guruh  neyronlarning  funksional  birikmasi  nerv 
markazi deb ataladi. 
Nutq funksiyasi, lablar, hiqildoq, harakat muskullarining nerv markazlari uzunchoq 
miya, o‘rta va bosh miya katta yarim sharlar po‘tlog‘ida, so‘zlar maʻnosi tushuniladigan 
nerv  markazi  bosh  miya  katta  yarim  sharlarining  chakka  qismida  joylashgan.  Nerv 
markazlari qo‘zg‘alish tormozlanish, transformatsiya, kislorod tanqisligiga chidamsizlik, 
dominanta va boshqa fiziologik xususiyatlarga ega. 
Nerv tizimi bir qator o‘ziga xos xususiyatlarga ega:  
- qitiqlanuvchanlik: 
Neyronlar,  boshqa  tirik  xujayralar  kabi,  qitiqlag‘ichlar  deb  ataluvchi  tashqi  va 
ichki muhit faktorlari ta’sirida tinch holatdan faol holatga o‘tish - qitiqlanish xususiyatiga 
ega. Neyronning tabiiy qitiqlag‘ichi nerv impulsidir. 
- qo‘zg‘aluvchanlik - qitiqlag‘ich ta’siriga tezlikda qo‘zgalish bilan javob berish. 

131 
 
- tormozlanish - qo‘zg‘alishning kuchsizlanishi yoki bosilishi. Tormozlanish xar 
qanday  reflektor  faoliyatni  amalga  oshishida  qatnashadi.  Qo‘zg‘alish  va  tormozlanish 
jarayonlarining  o‘zaro  ta’siri  nerv  tizimining  butun  murakkab  faoliyatini  va  odam 
tanasining barcha a’zolarining hamjihatlikdagi faoliyatini amalga oshishini ta’minlaydi. 
U  yoki  bu  retseptorning  qitiqlanishida  hosil  bo‘lgan  qo‘zg‘alish  impulslari 
MNSga  kirib  borar  ekan,  qushni  bo‘laklarga  ham  tarqaladi.  Qo‘zg‘alishning  markaziy 
nerv tizimidagi bu tarqalishi irradiatsiya deb nomlanadi. 
Nerv  to‘qimasining  asosiy  funksional  xossalari  qo‘zg‘aluvchanlik  va 
o‘tkazuvchanlikdan  iborat.  Qo‘zg‘aluvchanlik  –  organizmning  tashqi  muhitdan  ham, 
ichki  muhitdan  ham  keladigan  har  xil  taʻsirlarga  javob  bera  olish  qobiliyatidir. 
O‘tkazuvchanlik – qo‘zg‘alishni o‘tkaza olish xususiyatidir.  
Taʻsirot  berilganidan  keyin  nerv  sistemasida  fiziologik  jarayon  ro‘y  beradi, 
qo‘zg‘alish deb shunga aytiladi. Bu qo‘zg‘alish nervlar bo‘ylab uzatiladi. 
Markazdan  qochuvchi,  markazga  intiluvchi    va  aralash  nervlar  tafovut  qilinadi. 
Markazga  intiluvchi  nervlar  impulsni  nuqul  sezgi  organlaridan  nerv  sistemasining 
markaziy bo‘limiga o‘tkazadi. Bu nervlar sezuvchi nervlar deb ham ataladi. Markazdan 
qochuvchi  nervlar  impulsini  markaziy  bo‘limdan  periferiyadagi  ishchi  organlarga 
o‘tkazadi.  Bular  harakatlantiruvchi  nervlar  deb  ham    ataladi.  Aralash  nervlar  impulsini 
ikkala yo‘nalishda ham o‘tkazaveradi. 
Nerv  sistemasi  oxirgi  tarmoqlarga  borib  taqaladigan  yagona  neyronlar 
kompleksidan  iborat.  Ayrim  neyronlarning  bir-biriga  tutashadigan  joyi  sinaps  deb  ham 
ataladi. 
Bitta nerv hujayrasi tanasiga to‘g‘ri keladigan umumiy sinapslar soni 100-taga etadi, 
hatto bundan ham ortadi, dendritlarda esa hatto necha minglab sinapslar bo‘ladi. 
Download 5.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling