O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent kimyo‐texnologiya instituti “menejment va kasb ta’limi” fakul’teti


Download 5.13 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/26
Sana07.07.2020
Hajmi5.13 Mb.
#99362
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   26

(4-ilova) 
3. Nevroz holati. 
O‘sib  kelayotgan  yosh  avlodning  sog‘lig‘ini  saqlash  masalasi  keng  maʻnodagi 
tushuncha bo‘lib o‘quvchilarning charchashi yaʻni, toliqishi va o‘ta charchashining oldini 
olish  vazifasini  ham  o‘z  ichiga  oladi,  bu  esa  birinchi  navbatda  o‘quvchining  o‘ta 
toliqishiga  yo‘l  qo‘ymaslik  bilan  bog‘liqdir.  Bu  masala  maktabdagi  pedagoglar  va 
mediklar,  ota-onalarning  diqqat  markazida  turishi  lozim.  «Maktab  kasalliklari»  deb 
ataluvchi  kasalliklarning  oldini  olish  hozirgi  vaqtda  oʻquvchilar  tarbiyasi  bilan 
shugʻullanuvchi har bir kishining asosiy vazifasidir. 

146 
 
 
O‘ta charchash natijasida nerv sistemasida qo‘zg‘alish va tormozlanishning kelishib 
ishlash xususiyatini buzilishiga yaʻni asabiylik yoki nevrozga olib keladi. 
 
 
Bu  holatdagi  bolalarda  ishtaxa  yoʻqoladi,  tez-tez  shamollaydi,  boshi  ogʻriydi, 
boshi aylanadi, tez charchaydi, tajanglashadi, parishonxotir, serzarda, yigʻloqi, kamgap, 
besaramjon,  injiq,  serharxasha,  uyqulari  notinch,  uyquda  alaxlaydigan  koʻp  tush 
koʻradigan boʻladilar. 
Bu  negativ  holatlarni  yoʻqotish  uchun  ota-onalar,  vrachlar  va  pedagoglar 
birgalikda  ish  olib  borib,  uni  yuzaga  keltirgan  sabablarni  bartaraf  etishga  harakat 
qilishlari  kerak.  Buning  uchun  maktabda  dars  jadvallari  va  oʻquv  yuklamalari  bolaning 
yosh  hususiyatini  hisobga  olgan  holda  tuzilishi,  oʻquvchilar  vitaminlarga  boy,  yuqori 
kaloriyali  ovqatlar  iste'mol  qilishi,  aktiv  dam  olishi,  sof  havoda  sayr  qilishi,  tonusni 
kuchaytiradigan achchiq choy, kofe ichmasliklari kerak. Oʻqituvchilar oʻquvchilar bilan, 
ularning harakterini, hisobga olgan holda muomala qilishlari kerak.  

147 
 
Maktab oʻquvchilarida nerv tizimida bundagi kamchiliklarning yuzaga kelmasligi 
uchun 3-4 soatdan keyin yoki dars oxirida oʻquvchilar uyga kelgandan keyin ularni, dam 
oldirish katta ahamiyatga ega. 
Shuni  unutmaslik  kerakki,  aqliy  mehnat  bilan  shugʻullanuvchilarda  zoʻriqish 
alomatlari boshqalarga nisbatan koʻproq uchraydi va bu harakat aktivligi (gipodinamiya) 
kamaygan sharoitda yorqin namoyon boʻladi. Bu holat emotsional zoʻriqish bilan birga 
qoʻshilib,  koʻpincha  yurak  —  qon  tomir  kasalliklariga  asab  va  endokrin  tizimi 
faoliyatining,  buzilishiga  olib  keladi.  Bolalar  va  oʻsmirlarning  shakllanayotgan  yosh 
organizmi ayniqsa aqliy zoʻriqish asoratlariga oʻta sezgir boʻladilar.   
Zamonaviy  oʻqitish  jarayoni  oʻquvchiga  axborot  berishning  yangi  shakl  va 
usullarini  qoʻllamoqda,  ya'ni  bilim  berishning  samaradorligini  oshirishiga  qaratilgan 
texnika  vositalaridan  keng  foydalanilmoqda.  Natijada  oʻquvchining  darsdagi  faoliyatini 
bir muncha aktivlashtirishga erishildi. 
Shuni  ta'kidlash  kerakki,  hozirgi  zamon  sharoitida  maktab  oʻquvchisiga  optimal  
oʻquv  nagruzkasini    belgilash    muhim  aktual  vazifa  hisoblanib,  birinchidan,  oʻquv 
programmasida belgilangan bilimlarni oʻquvchi oʻzlashtirishi koʻzda tutilsa, ikkinchidan, 
oʻquvchining  oʻz  shaxsi  extiyoji  uchun  ham  etarli  vaqt  ajratiladi.  Eng  muhimi, 
oʻquvchining  jismoniy  rivojlanishiga,  ish  faoliyatiga  va  salomatligiga  salbiy  ta’sir 
etuvchi omillarning oldi olinadi. 
Oʻquv  nagruzkasining  pedagogik  va  gigiyenik  jihatlarini  oʻrganish,  toliqishning 
oldini olish yoʻllarini izlab topish pedagogika fani va maktab oʻqituvchilari oldida turgan 
muhim masalalardan biri hisoblanadi. 
Odam organizmining barcha toʻqima va organlaridagi hayotiy jarayonlar, ularning 
ishi markaziy nerv sistemasi tomonidan boshqariladi. Odam tugʻilganidan boshlab butun 
umri davomida aqliy va jismoniy faoliyatining takomillashuvi, ya'ni, tarbiyalanishi, bilim 
olishi,  hunar  oʻrganishi  miya  poʻstlogʻidagi  nerv  markazlarining  funktsional  holatiga 
bogʻliq. Miyaning faoliyati ikki xil sababga koʻra susayishi mumkin. Birinchidan, miya 
toʻqimasidagi tugʻma kamchiliklar, tugʻilgandan keyin har xil kasalliklar, shikastlanishlar 
oqibatida  miya  faoliyatining  pasayishi;  ikkinchidan,  miyaning  funktsional  kasalliklari, 
ya'ni gigiyenik talablariga rioya qilmaslik natijasida miyaning zoʻriqishidan nevroz, ya'ni 
asab kasalliklari paydo boʻlishi. 
 

148 
 
Aqliy ishchanlik qobiliyati 5 ta davrdan iborat: 
1. 
Ishga kirishish davri.  Darsda  bir  necha  minut  davom  etib,  oʻquvchi  ish 
sharoitiga moslasha boradi. 
2. Optimal ishchanlik davri.  Aqliy  mehnatni  bajarishning stabillashgan  davridir.  Bunda 
diqqat dominantasi vujudga keladi. 
3. 
Toʻliq kompensatsiya davri.  Oldingi  davrdan  farq  qilib,  toliqishning 
dastlabki  belgilari  paydo  boʻla  boshlaydi,  ammo  ularni  odamning  iroda  kuchi 
kompensatsiyalashtirib, yuzaga chiqarmay turadi. 
4. 
Beqaror kompensatsiya davri
Toliqishning 
ortib 
borishi 
ish 
faoliyatining  pasayishi  bilan  harakterlanadi,  ammo  odam  iroda  kuchi  bilan 
ma'lum vaqtgacha aqliy mehnatni talab darajasida davom ettirishi mumkin. 
5. 
Mehnat faoliyatining progressiv pasayish davri.  Bu  davr  toliqishning  tez  ortib 
borishi  bilan  harakterlanadi,  bunda  bajarilayotgan  aqliy  mehnatning  maxsuli    va  
samaradorligi  keskin kamayadi.  Bu davrlarni dars  davomida,  kun, xafta, chorak, yil 
davomida kuzatish mumkin. 
 
(5-ilova) 
4Uyqu va uyqu gigiyenasi 
Uyqu organizm uchun zarur fiziologik jarayonlardan hisoblanadi. U nerv sistemasi 
va butun organizmning normal faoliyatini ta'minlaydi. I.P. Pavlov koʻrsatishicha uyqu 
bosh miya yarim sharlar poʻslogʻining hamma yuzasida ichki tormozlanishning 
irradiatsiyalanishi natijasida hosil  boʻlib, bu tormozlanish irradiatsiyasi bosh miyaning 
quyi boʻlimlariga, oraliq va oʻrta miyaga ham tarqaladi. Uyqu vaqtida uzunchoq miya 
faoliyati toʻxtab qolmaydi. Odam oʻrta hisobda bir sutkada 8 soat uxlaydi. Uyqusiz 4-5 
sutka yurishi mumkin. Uzoq uyqusizlik nerv, ruxiy kasalliklarini keltirib chiqaradi. Odam 
umrining 3:1 qismi uyquga ketadi. Uyquning quyidagi turlari mavjud: tabiiy fiziologik 
uyqu, gipnotik uyqu, narkotik uyqu.  
Tabiiy fiziologik uyqu har kun tundagi normal uyqudir. Odam organizmining 
tabiiy fiziologik uyquga extiyoji Yoshga qarab turlicha boʻladi. Chaqaloqlarda 21-22 
soat, 13-14 Yoshda 9,5-10 soat, katta bolalarda 8 soat. Tungi uyqu 3-5 sikldan iborat  
boʻlib, har qaysi shaklda sekin va tez uyqu davrlarga takrorlanib turadi. Sekin uyqu 
davri 1-1,5 soat, tez uyqu davri 10-30 minut davom etadi. Tez uyqu davrida tush koʻrish 
sodir boʻladi. 
Uyqu davrida miyaning shartli reflekslari faoliyati tormozlanadi, yurak qisqarishi, 
nafas olish kamayadi, siydik hosil boʻlish funktsiyalari, tana harorati pasayadi. Bulardan 
tashqari muskullar tonusi susayadi, qovoqlarni yumuvchi, koʻz qorachigʻi, toʻgʻri ichak 
muskullarining tonusi ortadi. I.P. Pavlov ta’limotiga koʻra kuchsiz ta’sirlovchilar bir xil 
retseptor uchlariga qayta- qayta ta’sir qilishi tufayli miya poʻslogʻi keng 
irradiatsiyalanadi hamda tormozlanishni keltirib chiqaradi. Lekin uyquni chuqur 
tormozlanish deb boʻlmaydi. Chunki nafas olish, yurak qisqarishi va boshqa 
organlarning nerv markazlari funktsiyalanishda davom etadi. Miya poʻslogʻida ham 
barcha markazlar tormozlanmaydi. Bu nerv markazlarini I.P. Pavlov «qorovul» 
markazlar deb nomlaydi. Bu markazlar odamni oʻz vaqtida uygʻotadi. 

149 
 
 
Shunday qilib, uyqu bosh miya yarim sharlari pustlogʻining nerv hujayralari, ya'ni 
oliy nerv markazlarining tormozlanish holati boʻlib, bu vaqtda nerv hujayralari dam 
oladi, energiya toʻplaydi. Shuning uchun toʻyib uxlagandan soʻng bolaning kayfiyati 
yaxshi boʻladi. 
Gipnotik uyqu boshqa odam yoki gipnozchining har xil soʻzlari va harakatlari 
ta’sirida yuzaga keladi. Bunda gipnozlangan odamning bosh miya sharlarining poʻstloq 
qismidagi nerv markazlarining hammasi emas, balki ma'lum qismi tormozlanadi. 
Shuning uchun gipnoz holatidagi odamda fikrlash, ong kabi oliy nerv faoliyatiga xos 
hususiyatlar vaqtincha yoʻqoladi, lekin harakatlanish, gapirish qobiliyati saqlanadi. 
Shuning uchun u gipnozchining buyruqlarini bajaraveradi. 
Narkotik uyqu har xil kimiyaviy dori moddalari ta’sirida bosh miya nerv 
hujayralarida tormozlanish holati yuzaga kelishi bilan harakterlanadi. 
Tush koʻrish uyquda sodir boʻladigan sub'ektiv psixik hodisa. Uyqu yuzaki 
boʻlganda bosh miya poʻstlogʻining ayrim qismlaridagi, ayniqsa, ensa qismidagi koʻrish 
markazining nerv hujayralari toʻliq tormozlanmaydi, ya'ni ularning ba'zilari kuchsiz 
qoʻzgʻalish holatida boʻladi. Ana shu vaqtda tush koʻrish sodir boʻladi. Tush koʻrish 
odamning koʻrgan - kechirganlari, maqsadlari, istaklari kabilarning bosh miya poʻstlogʻi 
markazlaridagi izlarining tiklanishidir. 
Uyqu gigiyenasi. Bolalar va oʻsmirlar uyqusini gigiyenik jihatdan toʻgʻri oʻstirish 
ularning ish qobiliyatini yuqori boʻlishini ta'minlovchi omillardan hisoblanadi. Bola 
oʻrnini qulay boʻlishi, belgilangan vaqtda doimo uxlash uyqu gigiyenasida muhim 
ahamiyatga ega. Uyqudan avval xonani shamollatish, toza havoda sayr qilish, tishlarni 
tozalash oyoq-qoʻllarni iliq suvda yuvish tavsiya etiladi. Bola uxlashdan 1,5-2 soat oldin 

150 
 
ovqatlangan boʻlishi kerak. Xona harorati 20°S atrofida saqlanishi tavsiya etiladi. 
Bolaning oʻrni juda yumshoq yoki juda qattiq boʻlmasligi kerak. Uyqu gigiyenasiga rioya 
qilinsa, bola tiniqib uxlaydi, ish qobiliyati va kayfiyati yuqori boʻladi. 
11
 
 
(6-ilova) 
5. Bosh miya turli jarayonlarni boshqarish organi sifatida. Muvozanatni saqlash va 
mushaklar faoliyatini boshqarish. Asosiy miya tizimida asab jarayonlarini ro’y 
berishi. 
Bosh  miya.  Yangi  tug`ilgan  bola  bosh  miyasining  vazni  370-400  g    bo`lib  tana 
vaznining  1/8  –  1/9  qismini    tashkil  etadi.  1  yoshda  bosh  miya  vazni  800  g,  7
 
yoshda 
1250 g, 15 yoshda 1350 g, 18 yoshda 1380 g, katta odamlarda 1970 g  gacha bo`lib, tana 
vaznining 1/40 qismini  tashkil etadi. Bolaning bosh miyasi 7 yoshgacha tez o`sadi, 25-30 
yoshlarga  borib  to`xtaydi.  Bosh  miya  ham  oq  va  kulrang  moddalardan    tashkil  topgan. 
Kulrang  moddasi  turli  neyronlardan  iborat.  Bosh  miyada  14  mlrd.  nerv  hujayrasi  bor. 
Bundan  tashqari,  bosh  miyaning  60-90%ni  neyrogliya  hujayralari    tashkil  etadi. 
Neyrogliya  hujayralari  himoya  qiluvchi  va  tutib  turuvchi  tayanch  to`qima  hisoblanadi. 
Bosh miya tuzilishiga ko`ra ikki qismga bosh miya yarim sharlari po`stloq qismi va bosh 
miyaning  quyi  ya'ni  so`p  qismiga  bo`linadi.  Quyi  yoki  so`p  qismiga:  uzunchoq,  miya, 
Varoliyev ko`prigi, miyacha, o`rta miya, oraliq miyadan iborat  bo`lib bu qismlar bosh 
miya so`pi deb ataladi. Ularni bosh miya katta yarim sharlari o`rab turadi. 
Uzunchoq  miya.  Uzunchoq  miya  orqa  miyaning  davomi    bo`lib,  vazni  7  g, 
uzunligi 3- 3,5 sm uzinchoq miya va Varoliyev ko`prigi  yoki miya ko’prigi reflektor va 
o`tkazish vazifasini amalga oshiradi. O`zunchoq miyada nafas olish, qon tomirlari devori 
harakatining nerv markazi, qusish, yutish, ter ajratish, so`lak ajratish, ko`z yoshi ajratish, 
qovoqlarni  yumish,  aksa  urish,  yo`talish  nerv  markazlari  bor.  Homila  16-17  haftalik 
bo`lganda uzunchoq miyada nafas olish nerv markazi shakllanadi. Yangi tugilgan bolada 
nafas,  himoya  reflekslari  (aksa  urish,  yo`tal  va  boshqalar)  rivojlangan  bo`ladi.  Unda 
so`rish, yutish kabi ovqatlanishga bo`lgan shartsiz reflekslar yaxshigina rivojlanadi. 
Miyacha.  Miyacha  bolalarda  biroz  yuqoriroqda  joylashgan  bo`lib,  bosh  miya 
qutisining ensa qismini to`ldirib turadi. Yangi tugilgan bola miyachasining vazni 20,5- 23 
g bo`ladi. 9-oylikda 84-95 g, 15-yoshda 143 g, kattalarda 150 g, bo`ladi. Miyacha ikkita 
yarim  shardan  iborat  bo`lib,  muskullarning  uyg`un  qisqarishida  va  harakatlarida,  bir 
guruh  muskullarning  tegishlicha  tarang  turishini  saqlashda  ishtirok  etadi.  Miyachaning 
faoliyati izdan chiqsa odam uyg`un harakat qila olmay qoladi.  
O`rta  miya.  Bola  tug`ilganida  vazni  2,5  g,  O`rta  miya  4  tepalik  plastinkasi  va 
miya  oyoqchalaridan  tashkil  topgan,  Bundan  tashqari  qora  modda,  qizil  yadro  va  bosh 
miyadan  chiqadigan  3-4  juft  ko`z  soqqasini  harakatga  keltiruvchi  4  juft  g`altaksimon 
nervning yadrolari bor. Qora modda chaynash va yutish reflekslar markazi hisoblanadi. 
Qizil yadroda asosan tana muskullari tonusini ushlab turishda ishtirok etadi. 4 tepalikning 
ikkitasi  ko`rish  ikkitasi  eshitish  markazi  hisoblanadi.  O`rta  miya  yadrolari  faoliyatiga 
qarab ikkiga sezuvchi va harakat funksiyalarini bajaradi. Undan orqa miya va uzunchoq 
miyadan talamus miyacha va yarim sharlar po`stlog`i va nerv tolalari o`tib turadi. O`rta 
miya  ishtirokida  hosil  bo`ladigan  reflekslar  ona  qornida  xomilada  shaillana  boshlaydi. 
Uzunchoq  miya  va  o`rta  miya  shakllanishi  5-6  yoshga  kirgandan  keyin  katta 
odamlarnikidek shakllanadi. 
                                                            
11
 Theodore hough and William T. Sedgwick ‐ The human mechanism its physiology and hygiene and the 
sanitation of its surroundings‐ Ginn and company proprietors Boston U.S.A.‐2010, 612 p 

151 
 
Oraliq  miya.  Oraliq  miya  o`rta  miyaning  yuqorisida  joylashgan.  Oraliq,  miyaga 
ko`rish  bo`rtiqlari,  talomus  va  bo`rtik  ostki  qismlari  gipotalomus  va  tizzasimon  tana 
kiradi.  Bo`rtik  osti  qismi  funksional  jihatdan  oqsil,  yog``,  tuz  va  suv  almashinuvi 
boshqarilishida ishtirok etadi. U erdagi nerv markazlari ter ajralishi, issiqlikni boshqarish 
va  uglevodlar  almashinuviga  ta'sir  etadi.  Yangi  tug`ilgan  bolada  ta'm  bilish,  hid  bilish, 
harorat  va  og`riq  taasurotlariga,  achchiq,  nordon,  sho`r,  shirinlikka  reaksiyalar  vujudga 
keladi.  Ko`rish  bo`rtiklari  shikastlanganda, ko`z  butunlay  yoki  qisman  ko`rmaydi,  bosh 
og`riydi, falajlik sodir bo`ladi, uyqu buziladi.  
Limb  sistemasi.  Limb  sistemasi  zimmasiga  gipokamp,  bel  pushtasi, 
gipotalamusning mamillyar tanasi, tonusi, bodomsimon yadrolar kiradi. Limb tizimining 
bajaradigan  vazifasi  juda  murakkab  va  turli  -  tumandir.  U  odamning    tashqi  muhit 
o`zgarishlariga  moslashuvini  ta'minlashda,  xulq  -  atvor,  his  -  xayajon,  xotiraning 
shakillanishida, ovqat eyish, suyuqlik ichish, avlodni davom ettirish, o`z - o`zini ximoya 
qilish  singari  hayotiy  muhim  extiyojlarni  qondirishga  xos  mayl  -  istaklar  shakllanadi. 
Limb sistemasi o`qitish jarayonida bevosita ishtiroq etadi, chunki u idroq qilishni, xotira 
va diqqatni ta'minlaydi. 
Retikulyar  formatsiya  va  uning  ahamiyati.  Retikulyar  formatsiya  yirik  nerv 
hujayralari  chigali  va  turidan  iborat    bo`lib,  juda  ko`p  sinapslarga  ega.  Retikulyar 
formatsiya  hujayralari  orqa  miya  bo`yin  qismining  yon  va  orqa  shoxlari  orasidan 
boshlanib,  uzunchoq  miya  va  Varoliyev  ko`prigida  tugaydi.  Retikulyar  formatsiya 
uxlash,  uyg`onish  va  boshqa  his  —hayajonli  jarayonlarda  ishtirok  etadi.  Unda  nafas 
olish,  yurak  urishi,  ovqat  hazm  qilish,  yo`tal,  aksa  urish,  vestibulyar  va  eshitish  nerv 
markazlari  bo`lib, butun ichki organlar ishini boshqaradi. 
Bosh  miya  katta  yarim  sharlari.  Bosh  miya  katta  yarim  sharlari  ikkita  yarim 
sharlardan  iborat    bo`lib,  bosh  miyaning  eng  rivojlangan  qismidir.  Ikkita  yarim  shar 
o`zaro  qadoqsimon  tana  yordamida  birikadi.  Yarim  sharlarning  yuzasida  juda  ko`p 
pushtalar  va  egatchalar  bor.  Miya  yarim  sharlari  katta  egatchalarining  peshona,  tepa, 
engsa  va  orolcha  kabi  bo`laqlari  bor.  Miya  yarim  sharlari  muhim  egatchalaridan  biri 
Sil'viev  egatchasi,  ikkinchisi  Roland,  ya'ni  markaziy  egatcha  hisoblanadi.  Miya  yarim 
sharlarida  ko`rish,  eshitish,  teri,  sezish,  hid  bilish va  ta'm  bilish,  nutq harakati  va  nutq-
ko`rish  analizatorlarining  oxirgi  nerv  markazlari,  markazga  intiluvchi  harakat  nervlari 
markazlari joylashgan. Bosh miyaning egat va pushtalari bir vaqtda rivojlanmaydi. Bola 
tug`ilgandan keyin yarim sharlarning egat va pushtalari kattalarnikiga o`xshasada, chuqur 
bo`lmaydi. Bola tug`ilgandan so`ng peshona bo`lagi kattalashadi. Bola hayoti davomida 
miya  yarim  sharlarining  massasi  va  satxi  bosh  miyaga  nisbatan  o`zgarib  boradi.  Miya 
po'stlog'ida  avval  chuqur,  so'ng  yuza  qavatlar  rivojlanadi.Bunday  o’zgarishlar  5-6  yosh 
orasida  eng  ko’p  bo’ladi  va  15-16  yoshkarga  kelib  tugallanadi.  Miya  yarimsharlari 
po'stlog'idagi harakat zonasining tabaqalanish 12 yoshda tugaydi. Ayrim piramidasimon 
hujayralar  rivojlanishi  18  yoshgacha  davom  etadi.  Harakat  analizatorining  rivojlanishi 
bolaning  muskul  faoliyatiga  bog'liq.  Harakat  analizatorining  rivojlanishida  bola 
tug'ilgandan  so'ng  haftalik,  4  yoshlik,  7  yoshlik,  12  yoshlik  bosqichlari  mavjud.  Teri 
analizatorining  miya  po'stlog'idagi  nerv  markazlari  bolaning  2  yoshida  kattalarnikidek 
bo'ladi.  Bolaning  hayoti  davomida  miya  yarimsharlari  turli  qismlarining  tuzilishi  va 
funksiyasi rivojlanib boradi. Bosh miya katta yarim sharlarining vazni odam bosh miyasi 
vazning 78-80% ni tashkil qiladi. U ikki qavatdan iborat: 1) kulrang moddadan  tashkil 
topgan  tashqi po`stloq qavat; 2) oq moddadan  tashkil topgan ichki qavat.  
Bosh miya yarim sharlari po`stloq qavat qalinligi 2,5-3 mm, yuzasi 1700-2200 sm
2
  
tashkil  qiladi.  Bosh  miya  yarim  sharlar  po`stlog`i  filogenezda  eng  so`nggi,  demak  eng 

152 
 
yosh  miya  bo`laklaridan  hisoblanib  sut  emizuvchilarda,  ayniqsa  odamlarda  juda  yaxshi  
rivojlangan  bo`ladi.  Miya  po`slog`i  mikroskopda  tekshirilganda undagi nerv hujayralari 
olti  qavat    bo`lib  joylashganligi  aniqlangan:1  -  qavatda  nerv  hujairalarining  kalta 
o`simtalari;  2  -  qavatda  donasimon  nerv  hujayralari  joylashgan;  3  -  qavatda 
piramidasimon hujayralar bo`ladi; 4 - qavatda yulduzsimon tuzilgan nerv hujayralari; 5 - 
qavatda  yirik  piramidasimon  hujayralari;  6  -  qavatda  duksimon  nerv  hujayralari 
joylashgan.  Miya  po`stlog`ining  turli  qismlarida  joylashgan  nerv  hujairalarining 
funksiyasiga  ko`ra  po`stloq  satxi  uchta  zonaga  bo`linadi:  sezish,  harakat  va  assotsiativ 
zonalar. Sezish zonalarida joylashgan nerv hujayralari to`plami odam tanasining barcha 
sezgi organlarining oliy markazi hisoblanib, bular teri, ko`rish, eshitish, hid va ta'm bilish 
kabi sezish organlarining retseptorlaridan impul'slarni qabul qiladi. Miya po`stlog`ining 
harakat  zonalaridagi  nerv  hujayralari  to`plami  muskullar,  paylar,  bo`g`imlar, 
suyaklarning  retseptorlaridan  impul's  qabul  qilib,  harakatni  boshqaruvchi  oliy  nerv 
markazi  vazifasini  bajaradi  .  Assotsiativ  zonalar  sezish  va  harakatlanish  organlaridan 
kelgan ta'sirni analiz va sintez qiladi. Bosh miya yarim sharlari po`stloq qismi odam oliy 
nerv faoliyatining fiziologik asosi, psixik faoliyatimizning moddiy negizidir. Odamning 
fikrlash,  ong,  o`zlashtirish,  eslab  qolish,  muomula,  madaniyati,  bilim  olish,  hunar 
o`rganish, murakkab harakatlarni bajarish qobiliyati miya po`slog`i faoliyatidir. 
Miya  po`slog`ining  turli  qismlarida  har  xil  funksiyalarni  boshqaruvchi  nerv 
markazlari  joylashgan.  Po`stloqning  ensa  qismida  ko`rish,  chakkada  eshitish, 
peshonaning,  ichkari  sohasida  hid  sezish,  tepa  qismida  harakat  markazlari  joylashgan. 
Ya'ni, shuni ta'kidlash kerakki, har bir organ ish faoliyatining muhimligiga qarab uning 
markazining  miya  po`slog`ida  egallagan  o`rni  har  xil  bo`ladi.  Masalan  qo`l  panjasi 
odamning kundalik hayotida juda ko`p vazifani bajaradi, shuning uchun uning harakatini 
boshqaruvchi nerv markazi boshqa harakat markazlarining miya po`slog`idagi egallagan 
o`rniga nisbatan kattadir. Bundan tashqari, yarim sharlar po`slog`idagi nerv hujayralarini 
orqa  miya  bilan  tutashtiruvchi  nerv  yo`llari  bosh  miyaning  quyi  qismida  kesishadi. 
Buning  natijasida  chap  yarim  sharlardagi  nerv  markazlari  odam  tanasining  o`ng 
tomonidagi, o`ng yarim shardagi nerv markazlari tananing chap tomonidagi to`qima va 
organlar ishini boshqaradi. Shunday qilib, bosh miya yarim sharlarining po`stloq qismida 
joylashgan  oliy  nerv  markazlari  odam  tanasining  barcha  to`qima  va  organlari  ishini 
boshqaradi. 
 
Mavzu bo‘yicha tayanch  so‘zlar. 
 
Refleks, reflektor yoyi,  eksteroretseptorlar, interoretseptorlar, proprioretseptorlar, 
shartli  refleks,  shartsiz  refleks,  tormozlanish,  quyi  nerv  faoliyati,  oliy  nerv  faoliyati, 
kuchli,  muvozanatlashmagan  tip,  kuchli  muvozanatlashgan  harakatchan  tip,  kuchli, 
muvozonatlashgan kam harakatchan tip, kuchsiz tip, birinchi va ikkinchi signal sistemasi, 
nevroz,  uyqu,  bosh  miya,  uzunchoq  miya,  miyacha,  o`rta  miya,  oraliq  miya,  limb 
sistemasi, bosh miya katta yarim sharlari. 
 
(7-ilova) 
Mavzu bo‘yicha nazorat savollari. 
1.  Refleks nima? 
2.  Necha xil reflekslarni bilasiz? 
3.  Shartli va shartsiz reflekslar haqida ma’lumot bering. 
4.  Shartli reflekslar qanday turlarga boʻlinadi? 
5.  Shartli tormozlanish necha xil boʻladi? 

153 
 
6.  Oliy nerv faoliyati haqida tushuncha bering. 
7.  Oliy nerv faoliyatining umumiy va xususiy tiplari nechaga bo‘linadi? 
8.  Oliy nerv faoliyati nechta tipga bo`linadi? 
9.  Birinchi signallar sistemasiga nima kiradi? 
10. Ikkinchi signallar sistemasiga nima kiradi? 
11. Nevroz kasalligi qanday vujudga keladi? 
12.  Uyqu qanday jarayon? 
13.  Bosh miyaning yosh xususiyatlarini izohlang. 
14.  Bosh  miya,  uzunchoq  miya,  miyacha,  o`rta  miya,  oraliq  miya,  limb  sistemasi, 
bosh miya katta yarim sharlari qanday funksiyani bajaradi? 
Download 5.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling