O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent kimyo‐texnologiya instituti “menejment va kasb ta’limi” fakul’teti


  Sezish  organlari  faoliyatida  miya  funksiyasi:  ko’z,  teri,  quloq


Download 5.13 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/26
Sana07.07.2020
Hajmi5.13 Mb.
#99362
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26

 
2.  Sezish  organlari  faoliyatida  miya  funksiyasi:  ko’z,  teri,  quloq, 
til, burun. 
Ko‘zning eng muhim qismi to‘r parda bilan ko‘ruv nervi hisoblanadi.  
Bolalarda  ko‘zning  to‘r  pardasi  kattalarnikiga  qaraganda  yupqaroq  bo‘lib,  yaxshi 
takomillashgan.  To‘r  pardada  yorug‘likni  sezuvchi  elementlar,  yaʻni  shakliga  ko‘ra 
tayoqchalar va kolbachalarga o‘xshab ketadigan hujayralar bor. 
 
 
 
 
To‘r  pardaga  yorug‘lik  taʻsir  etganda  unda  elektr  hodisalari  vujudga  keladi.  Bular 
tayoqchalardagi  rodopsin  va  kolbachalardagi  rodoksinning  fotokimyoviy  yo‘l  bilan 
parchalanishi  natijasida  paydo  bo‘ladigan  biotoklardir.  Biroq,  yorug‘likda  rodopsinning 
parchalanish  tezligi  rodoksinning  parchalanish  tezligiga  qaraganda  ancha  katta  bo‘ladi. 
SHu munosabat bilan tayoqchalarning yorug‘likka sezgirligi kolbachalarnikiga qaraganda 
1000  barobar  ortiq.  Rodopsin  bilan  rodoksinning  fotokimyoviy  yo‘l  bilan  parchalanish 
Ko`ruv organi. 
 
A‐to`r 
pardaning 
tuzilishi 
(sxеmasi):1‐tomirli 
pardaning  to`r  pardaga  taqalib  turadigan  chеti;  2‐
pigmntli  xujayralar  qatlami;  3‐tayoqchalar  va 
kolbachalar  qavati;  4  va  5‐tayoqcha  kolbachalardan 
kеladigan qo`zg`alish shu ikki ?avat nеrv xo`jayralariga 
tushadi:  1‐tayoqchalar;  2‐kolbachalar;  3‐tayoqchalar 
va kolbachalar yadrosi; 4‐to`rtinchi va bеshinchi qavat 
nеrv  xujayralarining  tolalari.  Strеlkalar  tushuvchi 
yorug`liknurlarining yo`nalishini ko`rsatadi. 
B‐ko`z  tubining  ko`rinishi:  1‐sariq  dog`;  2‐sariq 
dog`ning  markaziy  chuqurchasi;  3‐ko`r  dog`  (ko`ruv 
nеrvining 
so`qoni); 
4‐to`r parda artеrialari; 5‐to`r parda vеnalari. 
V‐Ko`z  olmasi:1‐oq  parda;2‐shox  prda;  3‐rangdor 
parda;  4‐ko`z  gavxari;5‐kipriksimon  tana  muskul  va 
ko`z gavxari tutib turadigan pay;6‐shishasimon tana;7‐
ko`zning  tomirli  pardasi;8‐ko`zning  to`r  pardasi;  9‐
sariq dog`; 10‐ko`r dog`; 11‐ko`ruv nеrvi: 
G‐Ko`zning  xarakatlantiruvchi  apparati:1‐pastki  to`gri 

172 
 
reaksiyasi,  ko‘rish  nervi  tolalarida  impulslar  paydo  bo‘lishiga  olib  boradi  va  ko‘ruv 
idrokining ibtidosi bo‘lib hisoblanadi.  
Tayoqchalar g‘ira-shirada ko‘rish organi bo‘lib, rangsiz yorug‘lik sezgilarini beradi. 
Kolbachalar  kunduzi  ko‘rish  organi  bo‘lib,  rang  sezgilarini  beradi.  Kolbachalar  ishlab 
turgan  paytda  tayoqchalar  tormozlangan  holatda  bo‘ladi.  Tayoqchalar  esa,  kuchsiz 
yorug‘likda  ham  agar  shu  yorug‘lik  to‘r  pardaning  faqat  tayoqchalar  joylashgan  yon 
yuzasiga tushadigan bo‘lsa, yorug‘lik sezgisini beraveradi. To‘r pardada hosil bo‘ladigan 
potensiallar rodopsinning fotokimyoviy yo‘l bilan parchalanishi ko‘rinishlaridan biridir. 
Ko‘z muskullari tinch holatda turgan bo‘lsa, predmetdan kelayotgan nur (tasvir) to‘r 
pardadagi  fokusga  to‘planadi.  Bunday  ko‘z  normal  ko‘z  hisoblanadi.  Agar  ko‘zga 
kelayotgan  nur  singandan  keyin  to‘r  pardaning  oldida  fokusga  to‘plansa,  yaqindan 
ko‘radigan  ko‘z  deyiladi.  Fokus  to‘r  pardaning  orqasiga  to‘plansa,  yaqinni  ko‘ra 
olmaydigan  yoki  uzoqni  ko‘ruvchi  ko‘z  hisoblanadi.  Uzoqni  ko‘ruvchi  va  yaqinni 
ko‘ruvchi  ko‘zni  normal  xolatga  keltirish  uchun  ko‘zoynak  taqish  kerak.  Bu  xolatlarni 
quyidagi sxemada ko‘rish mumkin.   
  
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Ko‘zning nur sindiruvchi muhitlari tiniq bo‘lgan taqdirdagina ko‘z ravshan ko‘rishi 
mumkin. Ko‘z optik sistemasining nur sindirish kuchi dioptriyalar (D) bilan ifodalanadi. 
Dioptriya - fokus masofasi 1 metrga teng linzaning nur sindirish kuchidir. 
Ko‘rishning aniqligi ko‘z gavhari shaklining o‘zgarishiga bog‘liq bo‘ladi. Ko‘zning 
to‘r  pardada  aniq  tasvir  hosil  qilishga  moslanish  xususiyati  akkomodatsiya  deb  ataladi. 
Akkomodatsiya  tinchligida  ko‘z  gavhari  oldingi  yuzasi  egriligining  radiusi  10 
millimetrga  teng  bo‘lsa,  maksimal  akkomodatsiyasida,  yaʻni  buyum  ko‘zga  hammadan 
yaqin  qilib  tutilganda,  ko‘z  gavhari  oldingi  yuzasi  egriligining  radiusi  5,3  millimetr 
bo‘ladi.  
Yosh ulg‘aygan sari ko‘z gavhari kapsulasi elastikligining yo‘qolib borishi eng katta 
akkomodatsiyada ko‘z gavhari nur sindirish qobiliyatining kamayib qolishiga olib keladi. 
Shuning  natijasida  yoshi  qaytgan  odamlar  buyumlarni  uzoqdan  yaxshiroq  ko‘radigan 
bo‘lib qoladi. Yosh ulg‘aygan sari eng yaqindan aniq ko‘rish nuqtasi nari surilib boradi. 
Chunonchi, 10 yoshda bu nuqta ko‘zdan ko‘p deganda 7 sm masofada bo‘lsa, 20 yoshda 
8,3 sm, 30 yoshda 11 sm, 35 yoshda 17 sm masofada bo‘ladi, 60-70 yoshga borganda esa 
bu masofa 80-100 sm ga yaqinlashib qoladi. Shishasimon tana dirildoqsimon tiniq modda 
bo‘lib,  ko‘z  olmasining  kattagina  qismini  to‘ldirib  turadigan  juda  nozik  kapsulaga 
o‘ralgan.  Bu  tana  nur  sindiruvchi  muhit  hisoblanadi  va  ko‘zning  yaxlit  optik  sistemasi 
qatoriga kiradi. 
U  oldingi  sal  botiq  yuzasi  bilan  ko‘z  gavharining  orqa  yuzasiga  taqalib  turadi. 
Shishasimon tanadagi sarfning o‘rni to‘lmaydi. 1/3 qismigina ko‘z ichki suyuqligi bilan 
У з о қ д а н   к ў р у в ч и   к ў з   в а   у н и   т ў ғ р и л а ш  
Я қ и н д а н   к ў р у в ч и   к ў з   в а   у н и   т ў ғ р и л а ш
Koʻzning nur 
sindiruvchi 
muhitlari. 

173 
 
almashinadi,  bundan  ko‘ra  ko‘proq  qismi  yo‘qolgudek  bo‘lsa,  ko‘zning  ishdan  chiqib 
qolishiga olib boradi. 
Ko‘z  gavhari  oldingi  tomondan  yorug‘likni  o‘tkazmaydigan  rangdor  parda  bilan 
qoplangan, shu pardaning qoq o‘rtasida dumaloq teshik bor, ko‘z qorachig‘i deb shunga 
aytiladi. Rangdor pardaning funksiyalari:  
1) ko‘zga yorug‘lik nurlarining faqat markaziy dastasini o‘tkazishdan iborat, shunga 
ko‘ra buyumning ko‘z to‘r pardasidagi tasviri fokusda aniq bo‘ladi va tarqalib ketmaydi; 
2) ko‘zga o‘tadigan nurlar miqdorini idora etish, shu yo‘l bilan ko‘z to‘r pardasining 
taʻsirlanish  intensivligini  boshqarib  boradi.  Rangdor  pardaning  shu  tariqa 
boshqaruvchanlik  funksiyasi  ko‘z  qorachig‘i  diametrini  xalqasimon  muskul  tolalari 
yordamida  o‘zgartirish  yo‘li  bilan  yuzaga  chiqadi.  O‘sha  muskul  tolalari  rangdor  parda 
radial muskullarining qisqarishiga sabab bo‘ladi. 
Ko‘z  normal  bo‘lsa,  olisga  qarab  turilganda  buyumdan  keladigan  parallel  nurlar 
ko‘z qorachig‘i egriligini hech bir o‘zgartirmasdan, to‘r pardada fokusga to‘planadi. 
Ko‘zning  uzunligi  odatdagidan  ko‘ra  ortiqroq  yoki  ko‘z  sindiruvchi  muhitlarining 
kuchi  odatdagidan  ko‘ra  ko‘proq  (ko‘z  gavharining  egriligi  kattaroq)  bo‘lsa,  odam 
narsalarni  yaqindan  ko‘radigan  bo‘ladi.  Ana  shunday  ko‘zga  tushgan  parallel  nurlar 
dastasi  to‘r  parda  oldida  fokusga  to‘planadi.  To‘r  pardaga  tarqaluvchi  nurlar  dastasi 
tushadi. Buyum  tasviri  tarqoq  bo‘lib  qoladi. Aniq  tasvir  hosil  bo‘lishi  uchun  fokus  to‘r 
pardaga  tushishi  zarur.  Yaqindan  ko‘radigan  ko‘zga  tarqaluvchi  nurlar  dastasi  tushgan 
paytda  ana  shunday  bo‘ladi.  Shu  munosabat  bilan  ko‘zi  yaqindan  ko‘radigan  odamlar 
buyumni  ko‘zga  yaqin  keltirganidagina  ko‘radi.  Bunday  odamlarga  ikki  tomoni  botiq 
ko‘z oynak zarur bo‘ladi. 
Yaqindan  ko‘rishning  tug‘ma  va  turmushda  orttirilgan  xili  bor.  Yaqindan 
ko‘rishning turmushda orttirilgan xili tug‘ma xiliga qaraganda ancha ko‘p uchraydi. 
Ko‘zning  uzunligi  kichik  yoki  nur  sindirish  kuchi  sust  bo‘lsa,  uzoqdan  ko‘rish 
hodisasi  kuzatiladi.  Ayni  vaqtda  yorug‘lik  dastasi  ko‘zda  to‘r  parda  orqasida  fokusga 
to‘planadi.  Ko‘zning  to‘r  pardasiga  yig‘iluvchi  nurlar  tushadi,  buyumlarning  tasviri  esa 
tarqoq  bo‘lib  qoladi.  Uzoqdan  ko‘radigan  odamlar  shishasining  ikki  tomoni  qavariq 
ko‘zoynak taqib yurishlari kerak. 
Ko‘zning 
yordamchi 
apparatlariga: 
harakatlantiruvchi 
apparat-muskullar, 
himoyalovchi  apparat-ko‘z  qovoqlari,  kipriklar,  yosh  bezlari  bilan  ularning  chiqarish 
yo‘llari kiradi. 
Harakatlantiruvchi  apparati  oltita,  yaʻni  to‘rtta  to‘g‘ri  va  ikkita  qiyshiq  muskuldan 
tashkil  topgan.  To‘g‘ri  muskullari  ko‘z  olmasini  ko‘zning  ko‘ndalang  va  tik  o‘qlari 
atrofida  aylantirsa,  qiyshiq  muskullari  oldingi-orqa  yo‘nalishda  o‘tadigan  o‘qi  atrofida 
aylantiradi. Demak, to‘g‘ri muskullari ko‘z olmasini chapga va o‘ngga, yuqori va pastga, 
qiyshiq  muskullari  esa  pastga  va  ichkariga,  yuqoriga  va  ichkariga  aylantiradi.  Normal 
ko‘zning  hamma  harakatlari  nuqul  uyg‘un  harakatlar  bo‘ladi,  yaʻni  buyum  ko‘zdan 
kechirilayotgan  paytda  ikkala  ko‘zning  ko‘rish  o‘qlari  hamma  buyumda  kesishadi. 
Ko‘ruv  o‘qlarining  shu  tariqa  kesishuvi  ikkala  ko‘zning  ichki  to‘g‘ri  muskullarining 
qisqarishi tufayli yuzaga chiqadi va konvergensiya deb ataladi. 
Bir vaqtning o‘zida akkomodatsiyasini kuchaytirib, ko‘z qorachig‘ini toraytiradigan 
uch  juft  (ko‘zni  harakatlantiruvchi  nerv)  ko‘zning  harakatga  keltiradigan  asosiy  nerv 
bo‘lganligi  uchun  yaqindagi  buyumlarni  ko‘rishda  uchta  protsess-konvergensiya, 
akkomodatsiya va ko‘z qorachig‘ining torayishi hamisha bir vaqtda yuzaga chiqadi. 
 
Eshitish analizatori va gigienasi. 

174 
 
Tashqi quloq. Tashqi quloqqa quloq suprasi va tashqi eshitish yo‘li kiradi. Kichik 
Yoshdagi o‘quvchilarda tashqi eshitish yo‘li katta Yoshdagi 
odamlarga qaraganda torroq bo‘ladi. 7-9 Yoshda uning katta qismi 
tog‘aydan tashkil topgan bo‘ladi. 12 Yoshga kelgandagina ko‘pchilik 
bolalarda uning yarmi suyakka aylanib, katta Yoshli odamning 
eshitish yo‘liga o‘xshab qoladi. Taxminan shu Yoshga kelib, o‘quvchi 
eshitish  apparatining shakllanishi va eshitish organining to‘la etilishi 
tugallanadi. Tashqi eshitish yo‘lini nog‘ora parda berkitib turadi. Nog‘ora parda 
teshilganida quloq og‘ir tortib qoladi. 
 
O‘rta quloq ikki qismdan: nog‘ora bo‘shlig‘i va evstaxiy 
nayidan tashkil topgandir. Nog‘ora bo‘shlig‘i uchta eshitish 
suyakchasi (bolg‘acha, sandon va uzangi) turadigan joy bo‘lib, 
evstaxiy nayi orqali burun halqum bilan tutashadi. Eshitish 
suyakchalari sistemasi tovush to‘lqini nog‘ora pardasidan oval tuynuk pardasiga 
o‘tganida uning bosimini 50-60 baravar kuchaytirib beradi.  
Kichik maktab yoshidagi o‘quvchi nog‘ora bo‘shlig‘ini devorlari birmuncha zich 
suyakdan tashkil topgan, chunki chakka suyagining piramidasidagi havoli bo‘shliqlar, 
yaʻni  yacheykalar hali to‘la rivojlanmagan bo‘ladi. Shu munosabat bilan bunday 
bolalarda o‘rta quloqdagi yallig‘lanish jarayonlari kamroq og‘riq  bilan  o‘tadi.  
Oval tuynikni bekitib turadigan parda nog‘ora bo‘shlig‘ini ichki quloqdan ajratib 
turadi. Evstaxiy nayi orqali burun-halqum nog‘ora bo‘shlig‘i bilan tutashadi. Shunga 
ko‘ra nog‘ora pardasiga tushadigan havo bosimi baravarlashib turadi. 
Kichik yoshdagi o‘quvchilarda evstaxiy nayi kattalarnikiga  qaraganda biroz 
kaltaroqdir. Bu nayning burun-halqum tomondagi uchining teshigi unchalik yaxshi 
bilinmaydigan bo‘ladi, chunki atrofida katta Yoshdagilarga o‘xshagan ko‘tarmasi yo‘q. 
Shu munosabat bilan burun-halqumdan mikroblar o‘rta quloqqa oson kiradi va uning 
yallig‘lanishiga sabab bo‘ladi. 
 

175 
 
 
 
Ichki quloq. Chakka suyagi piramidasining bag‘rida ichki quloq yoki labirint bor, 
unda tananing  holati va harakatlari, shuningdek tovushni idroq etuvchi analizatorning 
periferik qismi joylashgan.  
Suyak labirintda uning shaklini deyarli aniq  takrorlaydigan 
parda labirintning ichi esa  endolimfa bilan mahkam bog‘langan 
uch bo‘lim tafovut qilinadi: dahliz, yarim doira kanallar va 
chig‘anoq. Dahliz yarim  doira kanallar bilan chig‘anoq 
o‘rtasidagi markaziy o‘rinni egallaydi. Yarim doira kanallarning 
beshta teshigi va chig‘anoqning bitta teshigi dahlizga ochiladi. 
Dahliz  va yarim doira kanallar vestibulyar apparatni, yaʻni 
tananing holatini, harakatlarining tezlanishi yoki sekinlashuvini sezadigan va 
muvozanatni saqlashga yordam beradigan organini tashkil etadi. Dahliz endolimfa bilan 
to‘lib turadi, endolimfada otolitlar bo‘ladi. Tana vaziyatining o‘zgarishi vestibulyar nerv 
tolalari bilan bog‘langan otolitlar holatining o‘zgarishiga olib keladi. Otolitlar 
retseptorlarga bosilib, qo‘zg‘alishni keltirib chiqaradi, shu qo‘zg‘alishga javoban ayrim 
organlar vaziyati ham o‘zgaradi. 
 Baʻzi bolalarda ham xuddi katta odamlardagidek vestibulyar  apparat ortiqcha 
ko‘zg‘aluvchan bo‘ladi, dengiz kasalligi deb shuni aytiladi. Bunday bolalar avtomobil, 
samolyot, kemada yurganida va arg‘imchoq uchganida o‘zini yomon his qiladi. Ularning 
rangi oqarib, peshonasini sovuq ter bosadi, boshi aylanib, ko‘ngli aynaydi, og‘zidan 
so‘lagi oqib, qayt qiladi, nafasi tezlashadi, so‘ngra pulsi sekinlashib, qon bosimi pasayib 
Eshituv orgonlari
 
1‐quloq va chakka suyagi piramidasining 
kеsmasi:  1‐quloq  suprasi;  2‐tashqi 
eshituv  yo`li;  3‐no?ora  pardasi;  4‐
bol?acha;  5‐sandon;  6‐uzangi;  7‐yarim 
doira 
kanallari; 
8‐daxliz; 
9‐eshituv 
nеrvi(eshituv  va  vеstibulyar  ?ismi  yaxshi 
ko`rinib  turibdi);  10‐o`rta  quloq  bilan 
ichki  quloq    o`rtasidagi  chеgara;  11‐
chig`anoq; 12‐Еvstaxiy nayi. 
2‐Chig`anoqning  uzunasiga  kеsilgani:  1‐
chig`anoq o`ramalari; 2‐kortiy organining 
umumiy ko`rinishi; 3‐chig`anoq o`qi. 
3‐Chig`anoq  o`ramasining  ko`ndalang 
kеsilgani  (sxеmasi):  1‐asosiy  mambrana; 
2‐eshituv  nеrvining  tolalari;3‐chig`anoq 
suyak kanalining dеvorlari; 4 tolasimon

176 
 
qoladi. Takror-takror, yaʻni mashq qilib hadeb safarga chiqaveradigan bo‘lsa, ko‘pchilik 
odamlarda bunday holat barham topib ketadi. 
13
 
Chig‘anoq. Chig‘anoq bo‘shlig‘i ikki qavatga ajralgan bo‘lib, bular  chig‘anoqning 
ustki  qismidan  bir-biri  bilan  tutashadi.  Shu  kanallarning  biri  uzangi  suyakning  asosini 
yopib  turadigan  oval  darchadan  boshlanadi.  Nog‘ora  pardalari  va  o‘rta  quloqning 
suyakchalar  sistemasiga  havo  bosimi  tushganida  kanalni  to‘ldirib  turgan  suyuqlikning 
harakatlanishiga sabab bo‘ladi. Kanal suyuqligida tovushni qabul qiluvchi apparati bor, u 
kortiy organidir. Kortiy organi ikki xil xujayradan tashkil topgan. Ularning biri tayanch 
va  qoplama  hujayralar  bo‘lsa,  ikkinchisi  tovush  tebranishlarini  idrok  etadigan  tukli 
hujayralardir.  
Quloq  o‘tkirligi.  Quloq  o‘tkirligi  quloqning  tug‘ma  xususiyatlari,  gigienasiga, 
eshitish  qobiliyatining  tarbiyasiga  bog‘liqdir.  Quloqning  tug‘ma  o‘tkirligi  haqida  baʻzi 
olimlar  suyak  labirintda  o‘zgarishlar  fotoskleroz  kelib  chiqishi,  o‘rta  quloqda  yiringli 
yallig‘lanish va boshqa o‘zgarishlar avj olishiga, baʻzilar esa tug‘ilishdan moyil bo‘ladi, 
degan  fikrni  bildiradilar.  Mana  shu  o‘zgarishlarning  hammasi  quloqning  og‘ir  tortib 
qolishiga olib keladi, ko‘pincha quloqning kar bo‘lib qolishiga ham sabab bo‘ladi. Biroq 
irsiy  zaiflikni  hamisha  bartaraf  etsa  bo‘ladi,  yaʻni  muhitni  ustalik  bilan  tashkil  etish 
tarbiya  va  davolash  yo‘li  bilan  kamchilikni  yo‘qotish  yoki  bilinmaydigan  qilib  qo‘yish 
mumkin.  
Quloq  supralarning  fiziologik  roli  asosan  tovushlarni  tutib,  tashqi  eshitish  yo‘liga 
yo‘naltirishdan iborat. Bu tovushning qaysi tomondan kelayotganini bilib olishga imkon 
beradi,  tovushning  qaysi  tomondan  kelayotganini  bilish  tovush  to‘lqinining  har  bir 
quloqqa  baravar  etib  kelmasligiga  bog‘liq,  chunki  tovush  manbaiga  yaqinroq  turgan 
quloqqa to‘lqin ertaroq  etib kelsa, o‘sha manbadan nariroq turgan quloqka kechroq etib 
keladi. Quloq o‘tkirligi eshitish apparatining gigienik holatiga ham bog‘liq. Chunonchi, 
ajralib chiqadigan sekret-mum tashqi eshitish yo‘lida to‘planib qolsa tovush to‘lqini o‘z 
yo‘lida  to‘sqinlikka  uchrab,  nog‘ora  bo‘shlig‘iga  etib  borguncha  susayib  ketadi,  baʻzan 
esa butunlay etib bormay ham qoladi. Quloq ancha og‘ir tortadi. Quloqning og‘ir tortishi 
burun  va  burun-halkumdagi  yallig‘lanish  jarayonlariga,  evstaxiy  nayining  tez-tez 
yallig‘lanib turishiga bog‘liq bo‘ladi. 
Bolalarda  quloq  og‘irligi.  Quloq  og‘irligi  nutq  kamchiliklariga,  kichik  Yoshdagi 
o‘quvchilarga  esa  yozuvda  xato  qilaverishiga  sabab    bo‘ladi.  Go‘dakligida  quloqning 
og‘ir tortib qolishi nutq rivojlanishini izdan chiqishiga olib keladi. Yaxshi eshitmaydigan 
bolalar, kar bolalardan farq qilib, odatdagicha qattiq ovoz bilan aytilgan tanish so‘zlarni 
ajratadi  va  quloqqa  kirgan  notanish  so‘zning  konturini  takrorlaydi.  Qulog‘i    yaxshi 
eshitmaydigan bolalar notanish so‘zlarni juda o‘ziga xos bir tarzda talaffuz qiladi. Ular 
so‘zlardagi  jarangli  tovushlarni  yumshoq  tovushlar  bilan,    jarangsiz  tovushlar  bilan, 
yumshoq  tovushlarni  sirg‘aluvchi  tovushlar  bilan  adashtirib  yuboradi.  Ayni    vaqtda 
ularning  noto‘g‘ri  talaffuzi  (duduqlanadigan  bolalardagidek)  harakat  qiyinchiliklariga 
bog‘liq  bo‘lmasdan,  balki  so‘zning  tovush  tarkibi  o‘zlashtirilmay  qolgani  tufayli  kelib 
chiqadi. SHu munosabat bilan bolalar baʻzi harflarni boshqalari bilan solishtiradi, ularni 
tushirib qoldiradi, so‘zlarning urg‘u ostiga olinmaydigan boshi yoki oxirini to‘la yozmay 
qo‘yadi va hokazo.   
                                                            
13
 
Theodore  hough  and  William  T.  Sedgwick  ‐  The  human  mechanism  its 
physiology  and  hygiene  and  the  sanitation  of  its  surroundings‐  Ginn  and  company 
proprietors Boston U.S.A.‐2010, 612 p 

177 
 
Yaxshi  eshitmaydigan  o‘quvchilarga  oldingi  partalardan  joy  beriladi,  bunda 
partaning  o‘quvchi  bo‘yiga  to‘g‘ri  kelishi  va  sinf  doskasining  to‘silib  qolmasligiga 
ahamiyat beriladi. 
Hid va teri analizatorlari. 
Hid bilish organi. Hidni nafas yo‘lidan chetda, yuqori burun chig‘anog‘ining o‘rta 
qismi  va  burun  to‘sig‘ining  shilliq  pardasida  joylashgan  maxsus  hujayralar  idrok  etadi. 
Shuning  uchun  isli  moddalar  aralashgan    havodan  odatdagicha  nafas  olinganda  tezroq 
etib    boradi.  Hujayralarning  ikkitadan  o‘simtasi  bo‘ladi.  O‘simtalarning  biri  kimyoviy 
taʻsirotlirni  idrok  etsa,  ikkichisi  qo‘zg‘alishni  bosh  miyaga  o‘tkazadi.  Hidli  baʻzi 
moddalar  hid  bilish  hujayralargagina  emas,  balki  uchlik  nerv  oxirlarini  ham 
taʻsirlantiradi,  shuning  natijasida  nafas  organlariga  aloqador  reflekslar  (aksa  urish, 
nafasning to‘xtab qolishi) kelib chiqadi. Baʻzi moddalar, masalan, qalampirmunchoq hidi 
faqat  hid  bilish  hujayralarini  taʻsirlantirsa,  boshqa  moddalar,  ammiak  efir  uchlik  nerv 
oxirlariga ham taʻsir qiladi. Odamda hid bilish asosan ovqat va nafas olinadigan havoning 
tarkibini aniqlashda muhim ahamiyatga ega. Nafas olinadigan havo burun yo‘llari (pastki 
va o‘rta yo‘l) orqali gazlar  harakatining fizik  qonunlariga muvofiq hid bilish sohasiga  
o‘tadi va shu tariqa hidli moddani etkazib keladi. 
Hidli  moddalarning  har  bir  zarrachasini  tegishli  hujayralar  qabul  qiladi.  Buning 
isboti shuki, ayrim dorilar, bir xil hidlarni idrok etishni susaytirib qo‘ygani holda boshqa 
hidlarni  idrok  etishga  halaqit  bermaydi.  Kichik  Yoshdagi  bolalar  hidni  odatda  katta 
Yoshli odamlarga qaraganda yaxshiroq sezadi, lekin hidlarni ajratish hali nomukammal 
bo‘ladi. 
Yuqorida  sanab  o‘tilgan  sezgi  organlari  singari  kishining  butun  tanasi  bo‘ylab 
joylashgan  teri  orqali  sezish  retseptorlari  ham  kishi  bilish  faoliyatida  katta  ahamiyatga 
ega.  
Tashqi  dunyoni  sеzishda  tеri  analizatori  muhim  rol  oʻynaydi.  Odam  tеrisi  3 
qavatdan iborat: 1. Epitеliy epеdеrmis tеrining eng ustki qavati. 2. Dеrma yoki chin tеri. 
3. Gipodеrma tеri osti yogʻʻ qavati. Tеri analizatorining nеrv markazi bosh miya yarim 
sharlar  poʻslogʻining orqa  markaziy  chuqurligida  joylashgan.  Tеrining  dеrma  yoki  chin 
tеri qavatida sеzuvchi rеtsеptolar joylashgan boʻlib, ular uch xil ogriqni, haroratni (issiq, 
sovuq),  siypalash  va    bosimni  sеzuvchi  (taktil)  rеtsеptorlar  bor.  Bu    rеtsеptorlar  bir-
biridan tuzilishi hamda joylashgan joyining chuqurligiga  qarab farq qiladi. 
Teri  sezgilari  ko‘pincha  teri-muskul  sezgilari  deb  ham  ataladi.  Bu  sezgi  turi 
narsalarning silliq yoki g‘adir-budirligini, qattiq yoki yumshoqligini, haroratini sezishga 
imkon  beradi.  Muskullardagi  va  paylardagi  sezuvchi  nerv  uchlari  predmetning  og‘ir-
engilligini  sezishga  xizmat  qiladi.  Shuning  uchun  ham  buni  teri-muskul  sezgilari  deb 
aytiladi.  Bu  sezuvchi  nuqtalar  tananing  turli  uchastkalarida  har  xil  zichlikda 
joylashganligi  uchun  tananing  ayrim  qismi,  yaʻni,  barmoq  uchlari  o‘ta  sezgir  bo‘lsa, 
boshqa  qismi,  masalan,  badanning  qorin  terisi  va  orqa  kurak  qismi  kam  sezadigan 
bo‘ladi.  Ko‘rlar  shu  xususiyat  tufayli  barmoqlari  bilan  deyarli  sezilmaydigan  g‘adir-
budirlikni ham sezib harflarni o‘qiydilar.  
Ta’m bilish analizatori 
Biz  turli  xil  moddalarning  ta'mini  til,  qisman  yumshoq  tanglay  va  halqum  orqa 
dеvorining  yuzasida  joylashgan  maxsus  rеtsеptorlar  yordamida  sеzamiz.  Ta’m  bilish 
rеtsеptorlari  ta'm  bilish  soʻrgʻichlari  dеb  ham  ataladi.  Ular  soni  katta  odamlarda  9 
mingacha  boradi.  Ta’m  bilish  soʻrgʻichlari  tilning  uchida,  orqa  qismi  va  chеkkalarida 
boʻladi. Tilning oʻrtasida soʻrgʻichlar yoʻq. Agar unga biror modda ta’sir ettirilsa, uning 

178 
 
ta'mi  bilinmaydi.  Ta’m  bilish  soʻrgʻichlari  4  xil  boʻladi:  ipsimon,  zamburugʻsimon, 
navsimon va bargsimon soʻrgʻichlar bor. 
Ta'm  sеzgilarini  shirin  achchiq,  shoʻr  va  nordon  sеzgilar  dеb  4    guruhga  boʻlish 
mumkin:  til  uchi  shirinlikni  orqa  achchiqni  ikki  chakka  qismi  esa  shoʻr  va  nordon 
mazzani koʻproq sеzadi. 
 
3.  Sezish  organlarida  hosil  bo’luvchi  reaksiyaga  ta’sir  etuvchi 
omillar. 
Quloqqa  shovqinning  taʻsir  qilishi.  Eshitish  organi  chastotasi  va  davriyligi  har  xil 
bo‘ladigan havo tebranishlarini, yaʻni tovushni idrok etadi. Hamma tovushlarni chastotasi 
va davriyligiga qarab musiqa tovushlari va musiqa bo‘lmagan tovushlarga ajratish rusm 
bo‘lgan.  Musiqa  tovushlariga  maʻlum  davriylik  va  chastota  xosdir.  Shovqinlar  esa 
betartib havo tebranishlaridir. Odam jim-jit joyda uzoq turganida shovqinlarni idrok etish 
layoqati kuchayadi. Qattiq tovushlar uzoq taʻsir qilganida, tovushni idroq etish avvaliga 
susayadi  (tovushga  moslanish)  so‘ngra,  birmuncha  yaxshilanadi.  Qattiq  shovqin  bo‘lib 
turadigan va baland tovushlar eshitiladigan sharoitda uzoq turish zararlidir. Bu quloqning 
battar og‘ir tortib qolishiga va hatto garanglikka olib boradi.  
Eshitish analizatorlar gigienasi
da quloqlarni shovqindan asray asosiy masala bo‘lib 
turibdi.  Xo‘sh,  shovqinning  o‘zi  nima?  Uning  haddan  ziyod  yuqoriligi  xavotir 
uyg‘otadimi  yoki  yo‘qmi?  Agar  uyg‘otsa,  u  nima  bilan  izohlanadi?  Shovqin  qadimdan 
odamlar  e’tiborida  bo‘lgan.  Olimlar  uning  salomatlikka  ta’sirini  ko‘p  o‘rganishgan, 
shovqindan himoyalanish borasida jiddiy tadqiqotlar olib borishgan. Manbaalarga ko‘ra, 
o‘rta asrlarda hatto shovqindan jazolash vositasi sifatida ham foydalanilgan. 
Shovqinni o‘lchash birligi sifatida «detsibell» (dB) qabul qilingan. Odatda 20-30 dB 
shovqin darajasi inson sog‘ligi uchun zararsiz. Biroq 80 dB va undan ortiq daraja baland 
tovushlar hisoblanadi. 130 detsibelldan ortiq shovqin esa insonga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi. 
150 detsibell esa chidab bo‘lmaydigan darajada og‘riq paydo qiladi. 180 dB darajadagi 
shovqin metall buyumlarning urinishiga sabab bo‘larkan. Bunday buyumlar vaqt o‘tgach, 
arzimas  ta’sir  ostida  sinib  ketishi  mumkin.  190  dB  tovush  metall  sinchlardagi  ulama 
joylarni qo‘porib yuborishi mumkin ekan. 
Uzoq  muddat  yuqori  darajadagi  tovush  ta’siri  ostida  bo‘lish  eshitish  qobiliyati 
pasayishiga  olib  keladi.  Bunga  ba’zan  kimyoviy  zaharlanish  kabi  asta-sekin  va  doimiy 
ta’sir  etuvchi  hayot  uchun  xavfli  omil  sifatida  qaraladi.  Baland  tovushli  musiqa  ham 
inson  uchun  zararli  ekani  olimlar  tomonidan  isbotlangan.  Masalan,  hozirgi  zamonaviy 
musiqa  ishqibozi  bo‘lgan  yoshlarning  yigirma  foizida  eshitish  qobiliyati  sakson  besh 
yoshdagi qariyalarning eshitish qobiliyatiga tenglashib qolgan. Baland tovushli shovqin 
insonning  ko‘rish  bilan  bog‘liq  a’zolariga  salbiy  ta’sir  etib,  ko‘z  ravshanligi  va  uning 
reflektiv  faoliyatini  pasaytiradi.  Bu  esa  turli  kasalliklarni  keltirib  chiqarib,  inson 
ruhiyatining buzilishi, asab quvvatining ortiqcha sarflanishiga olib keladi. Natijada ichki 
toliqish  va  noxush  kayfiyat  yuzaga  keladi.  Ba’zi  manbalarda  shovqin  inson  umrini 
qisqartiruvchi, uni tez qarituvchi omil sifatida baholanadi. 
Ilmiy manbalarga ko‘ra bir necha soat ortiqcha shovqinli muhitda bo‘lish bir necha 
kungacha o‘zining salbiy ta’sirini saqlab qolib, mehnat faoliyati pasayishiga sabab bo‘lar 
ekan.  Demak,  oddiy  hisoblarga  ko‘ra  aytish  mumkinki,  har  hafta  bir  marta  shovqin-
suronli to‘ylarda bo‘lish hafta davomidagi mehnat faoliyati unumdorligi pasayishiga olib 
keladi. 
Yana  bir  holatga  e’tibor  qaratish  zarur.  Tovush  to‘lqin  sifatida  tarqaladi.  Uning 
qanchalik  uzoqqa  borishi  bu  to‘lqinning  qanday  bosim  bilan  tarqalishiga  bog‘liq.  Bu 

179 
 
bosim  yo‘lida  duch  kelgan  barcha  narsaga  ta’sir  etadi,  uni  ham  o‘z  to‘lqiniga  mos 
ravishda tebratishga harakat qiladi. Buni yuqorida so‘z yuritilgan to‘yxonada o‘tirib ham 
bilish  mumkin.  Musiqa  taralayotgan  paytda  bo‘sh  likopchani  oling  va  uni  tovush 
kelayotgan  tomonga  yuzasini  qarama-qarshi  holda  ushlab  turing.  SHunda  likopchani 
ushlab  turgan  qo‘lingiz  orqali  tovush  bosimi  ta’sirini  sezasiz.  Xuddi  shu  kabi  tovush 
bosimi bizning tanamizga ham ta’sir etadi. Hozir Evropaning yirik ilmiy muassasalarida 
bunday bosim inson tanasining ichki a’zolariga qanday ta’sir etishi o‘rganilmoqda. Lekin 
oddiygina mikrotebranishlar ichki a’zolarga (ayniqsa homilador ayollarning homilasiga) 
ham  ta’sir  ko‘rsatishini  e’tibordan  soqit  qilib  bo‘lmaydi.  Mana  shuning  uchun  ham 
xorijdagi  to‘ylarda  musiqa  tovushi  baland  qilib  qo‘yilmaydi.  Ularda  musiqa  ovozi 
yonidagi odamning gapini eshitib bo‘lmaydigan darajaga etkazilmaydi. Bunga madaniyat 
belgisi sifatida qaraladi. 
Xo‘sh,  baland  tovushli  musiqadan  kim  manfaatdor?  Menimcha,  o‘ta  shovqin-
suronli  marosimni  kelin-kuyov  va  to‘y  egalari  ham  xohlamasa  kerak.  Chunki  bir-birini 
eshita olmasa, imo-ishora bilan gaplashsa, bu kimga ham yoqadi? Bundan faqat hofizlar 
va marosimni olib boruvchilar manfaatdor. Katta quvvatli tovush kuchaytirgich xonanda 
ovozidagi  nuqsonni  sezdirmaydi,  davradagi  mayda-chuyda  gaplarni  bosib  yuborib, 
hammani xohlasa-xohlamasa eshitishga majbur qiladi. 
Download 5.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling