O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent kimyo‐texnologiya instituti “menejment va kasb ta’limi” fakul’teti


Osoyishtalik,  yoqimli  tovushlar  har  birimizga  xush  yoqadi.  Shovqin  va


Download 5.13 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/26
Sana07.07.2020
Hajmi5.13 Mb.
#99362
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26

Osoyishtalik,  yoqimli  tovushlar  har  birimizga  xush  yoqadi.  Shovqin  va 
to‘polon esa – asabning egovi. 
Turli  tovushlarning  qorishmasidan  hosil  bo‘ladigan  shovqinning  salomatlikka 
etkazadigan zarari haqida ko‘pincha o‘ylamaymiz. Butun dunyoda texnik taraqqiyot jadal 
sur’atlar bilan kechayotgan bir davrda ishlab chiqarish, transport vositalari, har xil ovoz 
kuchaytirgichlar  kundan-kunga  ko‘payib,  yangidan-yangi  rusumlari  paydo  bo‘lmoqda. 
Ulardan  chiqayotgan  shovqin  darajasi  ayniqsa,  markaziy  shaharlarni  qurshab  olgani 
tashvishlanarli holdir. 
Aholi istiqomat va mehnat qiladigan uylarni tashqi shovqindan saqlash maqsadida 
eshik  va  derazalar  uchun  zamonaviy  plastik  materiallar  ishlab  chiqarilmoqda.  Ishlab 
chiqarish  korxonalarida  shovqinning  ta’sir  doirasini  kamaytirish  uchun  quloqchin 
berilishi,  tovushni  o‘ziga  singdiruvchi  qoplamaning  o‘rnatilishi  muhim  ahamiyat  kasb 
etmoqda. Sershovqin shahar ko‘chalarida g‘ala-g‘ovurning darajasi ayrim ma’lumotlarga 
qaraganda,  80  detsibeldan  100  detsibelgacha  etganligi  ana  shunday  chora-tadbirlarning 
ko‘rilishiga zamin bo‘lmoqda. 
Hozirgi  vaqtda  ayrim  Evropa  mamlakatlarining  ulkan  maydonlarida  namoyish 
etilayotgan  konsertlarni  ko‘rib,  hayratda  qolasiz.  Musiqa  va  qo‘shiq  ko‘ngilga  zavq 
bag‘ishlashi kerakligini inobatga oladigan bo‘lsak, konsertning haddan tashqari betartib, 

180 
 
g‘ala-g‘ovur,  baqir-chaqir,  beo‘xshov  xatti-harakatlar,  ko‘zni  qamashtirib  yuboradigan 
yoritqichlar  bilan  o‘tishi  kimga  ma’qul  kelar  ekan?  "Ommaviy  madaniyat"ning  bunday 
ko‘rinishlari  nafaqat  salomatlikka,  balki  yoshlar  ma’naviy  dunyosiga  ham  aks  ta’sir 
ko‘rsatishini tan olmay ilojimiz yo‘q. 
O‘zbek  xalqi  –  bolajon,  farzandining  orzu-havasini  ko‘ray,  deb  yillar  mobaynida 
topganini  tejab-tergab,  uy-joy  quradi,  pul  jamg‘aradi.  O‘g‘li  yoki  qizi  voyaga  etgach, 
jamg‘armasini uning baxtu saodati uchun sarflaydi, kamu ko‘stiga yaratadi. Barchamizga 
tanish bo‘lgan manzara: qarindosh-urug‘i yoki tanishingizning to‘yiga bordingiz, haddan 
tashqari baland ovozdagi musiqa, qo‘shiqdan qulog‘ingiz qomatga kelgudek. Anchadan 
beri  diydorlasha  olmay  yurgan  qadrdoningiz  bilan  ochilib-sochilib  gaplashish 
imkoniyatidan  mahrumsiz.  Sababi,  shovqinning  tarqalish  darajasi  me’yoridan  oshib 
ketgan.  Vaholanki,  to‘yga  odamlar  dam  olish  uchun,  do‘stlari  bilan  diydorlashish, 
suxbatlashish  uchun  boradilar.  Endi  to‘yga  ham  quloqchin  qiyib  borish  kerakmi,  deb 
o‘ylab qolasan, kishi. 
Ko‘p  qavatli  uylarda,  ko‘chalarda,  engil  mashinalarda,  jamoat  transportlarida 
haddan tashqari musiqani baland qo‘yish holatiga dosh berish qiyin. Ilgari shovqinning 
faqat eshitish a’zolariga salbiy ta’siri o‘rganilgan bo‘lsa, bugun uning boshqa a’zolarga 
ham  ko‘rsatadigan  zarari  aniqlanmoqda.  Jumladan,  sezgi  a’zolari,  yurak  qon-tomirlari 
hamda  markaziy  asab  tizimiga,  ovqat  hazm  qilish  a’zolariga  etkazadigan  zararini  hech 
narsa bilan qoplab bo‘lmaydi. 
Ko‘chada,  jamoat  transportlarida  va  hatto  o‘quv  maskanlarida  maxsus  moslama 
(naushnik)ni ikki qulog‘iga tiqib, chet el  musiqasini baland ovozda tinglayotgan o‘g‘il-
qizlarni  har  kuni  uchratamiz.  Bu  moslamani  qulog‘iga  tiqib  olgan  kishi  birinchidan 
yonidagi odamning gapini eshitmaydi, baland tovushda gapirishga majbur, ikkinchidan, 
hushyorlikni saqlamasa, biror falokatning ehtimoli oshadi. Uchinchidan, kuchli detsibel 
bilan  quloq  orqali  urilayotgan  musiqa  tovushi  bosh  miyani  ostin-ustun  qilib  tashlaydi. 
YOshlik davri romantik kechinmalarga boy bo‘lgani uchun yigit-qizlarimiz naushnikning 
"rohati"dan  voz  kechgilari  kelmaydi,  salomatligiga  ko‘rsatilgan  salbiy  ta’sir  esa  oradan 
ko‘p yillar o‘tib namoyon bo‘lishini anglamaydilar. Bu holatni kattalar ham o‘zida sinab 
ko‘rishi  mumkin.  Avvalo,  naushnik  eshitish  analizatoriga  tiqilganda,  kishining  g‘ashi 
keladi,  beixtiyor  vag‘ir-vug‘ur  musiqa  asabga  tega  boshlaydi,  siz  zarb  bilan  uni 
qulog‘ingizdan sug‘urib olasiz. Kuchli shovqindan so‘ng tash¬qariga chiqqanda, eshitish 
qo¬biliyati ma’lum vaqtgacha pasayadi. Ongli ravishda buni muntazam davom ettirsak, 
oqibati nima bo‘lishini tasavvur qilib ko‘ring. 
Fuqarolar turli ish joylarida mehnat qiladilar. Shovqin kuzatilmaydigan ishxona bor
g‘ala-g‘ovur  bilan  kechadigan  korxona  va  muassasalar  ham  yo‘q  emas.  Taassuflar 
bo‘lsinki, shovqin baland darajada saqlanib tursa, eshitish qobiliyati sekin-asta pasayadi 
va  buni  pasaytirish  choralari  ko‘rilmasa,  odamda  umuman  eshitmay  qolish  holati  yuz 
berishi  ham  mumkin.  Odatdagi  tovush  me’yoridan  10  detsibelga  oshganda,  eshitish 
a’zolarida  sezilarli  o‘zgarish  kuzatilmaydi.  20  detsibelda  uncha  katta  bo‘lmagan 
o‘zgarish,  ammo  bu  ko‘rsatkichdan  oshganda,  shovqinning  yoshi  katta  kishilarga 
ko‘rsatadigan salbiy ta’siri aniq va yaqqol sezila boshlaydi. Natijada bosh og‘rig‘i, bosh 
aylanishi,  xotiraning,  ish  qobiliyatining  pasayishi,  uyqu  buzilishi,  uyqusizlik, 
ishtahasizlik, yurak sanchishi va boshqa belgilar kuzatiladi. 
Ilmiy xulosalarga qaraganda, ish joylarida shovqin 10 detsibelga oshsa, kasalliklar 
darajasi 20-30 foizga ko‘payadi. Gigienik talablarga ko‘ra, shovqinning yo‘l qo‘yiladigan 
eng  yuqori  darajasi  –  75-80  detsibelga  dosh  berish  mumkin  emas.  Avstriyalik  olim 

181 
 
Grifitning xulosasiga qaraganda, shovqin og‘ushida yashayotgan shaharlik fuqarolar umri 
8-10 yilga qisqarishi mumkin ekan. 
Shovqinning  shu  darajada  umrga etkazadigan  zavoli  bor  ekan,  buni  bartaraf  etish, 
ta’sir  darajasini  kamaytirish  chora-tadbirlari  bormi,  degan  savol  ko‘ndalang  bo‘ladi. 
To‘g‘ri,  ishlab  chiqarish  korxonalarida,  kichik  biznes  va  xususiy  tadbirkorlik 
sub’ektlarida,  qish¬loq  xo‘jaligining  shovqin  bilan  kechadigan  sohalarida  uni 
kamaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar ishlab chiqilgan. Bu muammo ustida muhandis-
konstruktorlar,  olimlar  turli  xil  tebranishlarni  kamaytirishga  mo‘ljallangan  moslamalar, 
tovushni  o‘ziga  singdiruvchi  apparatlar,  himoya  vositalarini  ishlab  chiqmoqdalar. 
Ko‘rilayotgan  bu  chora-tadbirlar  shovqinning  ta’sir  darajasini  ma’lum  foizga 
kamaytiradiki, undan oqilona foydalana bilish kerak. SHu bois maxsus sanitariya gigiena 
va  kasb  kasalliklari  ilmiy-tadqiqot  instituti,  davlat  sanitariya-epidemiologiya  nazorat 
markazlari  xodimlaridan  iborat  mutaxassislar  shovqinning  salomatlikka  etkazadigan 
zarari to‘g‘risida targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib bormoqdalar. 
Sanoatlashgan  markaziy  shaharlarda  avtomashina,  tramvay,  trolleybus,  samolyot, 
poezd  kabi  transport  vositalaridan  chiqadigan  shovqinni  kamaytirish  uchun  xiyobon  va 
yo‘laklarni  ko‘kalamzorlashtirish,  to‘g‘ri  va  baland  o‘sadigan  daraxtlarni  ko‘paytirish 
hisobiga bu muammoni 70 foizgacha kamaytirish mumkin ekan. 
To‘yxona va restoranlarda tartib saqlash, ovoz kuchaytirgichlarni me’yorida, ruxsat 
etilgan  detsibelda  qo‘yish  mavridi  kelmadimikan?  Birinchi  galda  san’atkorlar,  to‘y 
sohiblari,  mahalla  fuqarolar  yig‘inlari  raislari,  maxsus  komissiya  mas’ullari,  qolaversa, 
mutasaddi  tashkilotlar  bu  borada  nazoratni  susaytirmasliklari  kerak.  Mehnat  faoliyati 
shovqin  bilan  bog‘liq  ishchi-xizmatchilar  ishga  kirishdan  oldin  belgilangan  tartibda 
muntazam joriy tibbiy ko‘rikdan o‘tib turishlari foydadan holi bo‘l¬mas edi. 
Hayotda  insonning  aql-zakovat  mahsuli  sifatida  yaratilgan,  huzurlanish  va 
lazzatlanish mumkin bo‘lgan ne’matlar juda ko‘p. Birini ko‘z bilan ko‘ramiz, ikkinchisini 
tatib  ko‘rganda,  dilimiz  yayraydi,  uchinchisini  qo‘l  bilan  ushlab,  bittasini  eshitib 
rohatlanamiz. Eshitish insonga YAratgan tomonidan in’om etilgan ulkan baxt. Tinglash 
orqali  odamzotda  zabon  shakllanadi.  Tabiat  va  jamiyat  go‘zalliklari  bilan  oshno 
bo‘lamiz.  Umrimizni eshitish organi – quloqning ishtirokisiz tasavvur qilmoq mushkul. 
Demak,  bu  a’zo  organizmga  tabiatdagi  go‘zal  tovushlarni  uzatsa,  miya  tiniqadi,  asab 
tinchlanadi,  umrimiz  uzun  va  mazmunli  kechadi.  SHunday  imkoniyatni  yaratishimiz 
kerakki, shovqin bizdan nari bo‘lsin, undan imkon qadar xalos bo‘lish, zarari va salbiy 
ta’siri  haqidagi  tushunchani  farzandlarimiz  ongiga  singdiraylik.  Axir,  sog‘ligimiz  o‘z 
qo‘limizda. 
“Naushnik” dan kelgan kasallik (Dolzarb) 
Inson  hayotida  eshitish  sezgisining  ahamiyati  katta,  chunki  eshitish  orqali  odam 
atrofdagi  50-60  foiz  ma’lumotni  qabul  qilsa,  30-40  foizini  boshqa  sezgi  a’zolari  orqali 
oladi.  Eshitishning  zaiflashuvi  vaqtincha  mehnat  qobiliyatining  yo‘qolishiga,  ichki 
quloqdagi  anatomik  va  funksional  o‘zgarishlar  esa  nogironlikka  sabab  bo‘ladi.  Eshitish 
a’zolari  zaifligi  hozirgi  kunda  aholi,  asosan,  bolalar  orasida  keng  tarqalgan  kasalliklar 
jumlasiga  kiradi.  Bugungi  kunda  mobil  telefonlarini  ishlatishning  zararlari  aniqlangan. 
Televidenie  va  radio  eshittirish  hamda  Wi-Fi  internet  texnologiyalarini  o‘zida  tutuvchi 
mobil telefonlari orqali odam deyarli sutka davomida past darajali radiochastota maydoni 
ta’siri  ostida  bo‘ladi.  Eshitish  moslamalari  orqali  musiqani  baland  tempda  (asosan  rep) 
muntazam  ravishda  tinglash  ham  eshituv  analizatoriga  ta’sir  qilib,  uning  faoliyati 
buzilishiga  olib  keladi.  Mobil  telefon  to‘lqinlari  eshituv  zaifligi,  miya  faoliyatining 
buzilishi,  saraton,  aqliy  zaiflik,  bepushtlik,  xotira  pasayishi  kabi  kasalliklar  xavfini 

182 
 
oshiradi.  Bugungi  kunda  dunyo  bo‘yicha  Neyrosensor  eshitish  zaifligi  bilan  10-15% 
insonlar kasallanmoqda. Ayniqsa, kasallikka yoshlarning ko‘proq chalinishi asrimizning 
eng 
dolzarb 
muammolaridan 
biri 
hisoblanadi. 
Neyrosensor  zaifligi  (Koxlear  nevrit)  ichki  quloqning  chig‘anoq  qismida  joylashgan 
analizatorning zararlanishi natijasida eshitish markazi zararlanishi tufayli yuzaga keladi. 
Sabablari: 

 
 nasliy omillar; 

 
 tug‘ma omillar (onasi ototoksiklar olgan bo‘lsa); 

 
orttirilgan  (bola  tug‘ilganda  kindigiga  o‘ralib  tug‘ilganda,  miya  gipoksiya  bilan 
kechganda va hokazo); 

 
infeksion kasalliklar (meningit, gripp, paragripp, qizamiq, gepatit); 

 
ichki  quloqning  jarohati  (miya  jarohati,  o‘tkir  va  surunkali  qon  aylanishining 
buzilishlari); 

 
psixogen ta’sirlar; 

 
kuchli akustik travmalar; 

 
vibratsiyalar; 

 
uyali  aloqa  vositalari  va  quloq  orqali  eshitish  moslamalari  (“naushnik”)dan 
musiqani  baland  tempda  muntazam  ravishda  tinglash  (miya  o‘smalari,  eshitishni 
pasayishi, aqliy zaiflik). 
Bu  holat  eshitishning  pasayishiga,  quloqda  shovqin  borligiga,  ba’zan  umuman 
eshitmaslikka,  tovushni  bir  necha  metrdan  eshitishga  olib  keladi.  Audiogrammada 
eshitishni  qabul  qilish  qismida  zaiflashuv  kuzatiladi.  Odam  qulog‘i  sog‘lom  bo‘lganida 
10-15  detsibel  tovushlarni  payqay  oladi.  “Naushnik”da  esa  120  detsibelgacha  tovush 
hosil bo‘ladi. Bunday baland tovush nafaqat eshitish a’zosiga, balki asab tizimlariga ham 
salbiy ta’sir qiladi. Eng yomoni ancha baland tovush “naushnik”da xuddi me’yordagidek 
eshitilaveradi.  90  detsibeldan  baland  bo‘lgan  tovush  insonning  asab  tizimi  tolalariga 
ziyon  etkazishi  mumkin.  Odatda  asab  tolalari  30  mingta  bo‘lsa,  juda  baland  tovushda 
ularning 25 foiziga shikast etishi aniqlangan. Bunday vaziyatda inson kar bo‘lib qolishi 
mumkin.  “Naushnik”  orqali  musiqa  eshitishga  mukkasidan  ketganlar  avvaliga  yaxshi 
eshitmayotganini  o‘zlari  sezmasligi  mumkin.  Ularga  baland  ohangda  gapirmasangiz 
eshitmaydi,  suhbat  jarayonida  esa  bitta  gapni  bir  necha  bor  takrorlashingizga  to‘g‘ri 
keladi. 
Davolashda keltirib chiqaruvchi sababni bartaraf etish va LOR shifokori nazoratida 
bo‘lish zarur. 
E’tiborimizdan  chetda  qolayotgan  muhim  masala  –  ko‘cha-ko‘yda  uyali  aloqa 
vositalaridan  foydalanish  va  “naushnik”  taqib  yurishning  zararli  oqibatlaridan  ogoh 
bo‘lishimiz, bu farzandlarimiz hayotiga daxldor ekanini unutmasligimiz zarur. 
Hid bilish analizatoriga tashqi ta’sirlar. Burunga nisbatan tashqi ta’sirlar juda ko‘p. 
Nafas organlarining bir nechta kasalliklari burun orqali  ta’sir etadi.  
Bronxial astma yuzaga kelishining asosiy sabablaridan biri allergenlar hisoblanadi. 
Allergenlar to‘rt asosiy guruhga bo‘linadi, bular: oziq – ovqat, uy – ro‘zg‘or (uy changi 
kanasi,  u  asosan  par  yostiqlar,  yumshoq  ko‘rpachalar,  xullas  chang  yig‘iladigan  barcha 
anjomlarda  “yashaydi”),  epidermal  allergenlar  (uy  hayvonlarining  yungi  va  ularning 
hayot  faoliyati  jarayonidagi  mahsulotlari),  o‘simlik  allergenlari  (o‘tlar,  butalar,  daraxt 
gullari changlari) dir. 
Sovuq havo,  virusli  infeksiya,  jismoniy  zo‘riqish,  ruhiy  tushkunlik,  o‘tkir  hidlar  – 
bular allergen hisoblanmaydi. SHunday bo‘lsa-da, ular astma hurujini keltirib chiqarishi 
mumkin.  Biroq  xid  bilish  a’zolariga  ta’sir  etadi.Hatto  oddiy  ko‘ringan  kir  yuvish 

183 
 
kukunidan  foydalanish  ham  astma  xurujining  kelib  chiqishi  uchun  etarli  asos  bo‘ladi. 
Bundan  tashqari  xid  bilish  a’zolariga  zaxarli  moddalarning  o‘tkir  xidlari,  tutunlari  va 
hk.lar o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.  
Teri analizatoriga tashqi ta’sirlar. 
Dermatit    –  terining  kontaktli  o‘tkir  yalliglanishi.    Teriga  shartsiz  (obligat)  yoki 
shartli (fakultativ)  ta’sirotlarning ta’siri  natijasida kelib chikadi.  
Dermatit turlari: 
1. 
Oddiy kontakt dermatit 
2. 
Allergik dermatit 
3. 
Toksikodermiya 
Shartsiz  ta’sirotlar,  obligat  deb  ataladi.  Ularning  xammasi  teriga  ta’siri  natijasida 
xamma odamlarda dermatitni kelib chikazadi.  
SHartsiz ta’sirotlar natijasida kelib chikkan dermatitlar oddiy dermatit deb ataladi.    
Bu ta’sirning kuchiga va qancha uzoq davom etgani bilan bog‘liq bo‘ladi. 
Fizikaviy  ta’sirotlar  –  bu  xaroratni  uzgarishi,  kuesh,  rentgen  nurlari,  radioaktiv 
nurlari,  elektr  toki  ta’siri  kiradi.  Baland  va  past  xarorat  ta’sirida  xar  xil  darajali 
kuyishlar, sovuq qotishlar 
Quyosh  nurlari  ta’sirida  quyoshli  dermatit  (dermatitis  solaris)  kupincha  dermatit 
ultrabinafsha  nurlari  natijasida  rivojlanadi.  Balikchilarda,  dengizchilarda,  dalalarda  va 
ochik  manzaralarda  ishlaydigan  odamlarda  surunkali  kuesh  dermatiti  xosil  bulishi 
mumkin. 
Rentgen  nurlari  –  alfa,  betta,  gamma,  neytron  ta’sirida  nurli  dermatitlar 
rivojlanishi mumkin 
Ximiyaviy  ta’sirotlar  –  bu  kislotalar,  ishkorlar,  organik  erituvchilar,  ximikatlar, 
bueklar,  laklar,  metallarning  ba’zi  turlari  va  boshka  moddalar,  kishlok  xujaligida 
ishlatiladigan ximikatlar, turmushda eki korxonada ishlatiladigan dezinfeksiya moddalari, 
sovun, poroshoklar.  
Bularning  xammasi  kupincha  kasbga  alokador  va  turmushda  uchraydigan 
dermetitlarga sabab buladi. 
Biologik  ta’sirotlar,  masalan  ba’zi  turdagi  usimliklar  fitodermatitni  chakirish 
mumkin,  masalan,  borshevik,  pervotsvet,  krapiva,  dalalarda  va  ochik  joylarda  usadigan 
utlar.    
Asosiy  ta’sirni  usimliklardagi  xlorofill  va  efir  eglari  kursatish  mumkin,.  meduza, 
hasharotlar chaqqanda.  Bular kupincha allergen buladilar. 
Mexanik  ta’sirotlar  –  bosilish,  ishkalanish  bulishi  mumkin  (tor  kiyim-kechak, 
poyafzal, notug‘ri kuyilgan gips va xokazo).  
(3-ilova) 
BBB jadvali 
Bilaman 
Bilishni xohlayman 
Bilib oldim 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
   
(4-ilova) 
“Sinkvеyn” ( 5 qator ) tеxnikasi 
Ko’z, teri, quloq, til, burun kabi sezgi organlarini –tavsiflash 
Sinkvеyn sxеmasi 
1.  _____ 

184 
 
2.  _____ni tavsiflovchi sifati 
3.  _____ning vazifalari   
4.  _____ning mohiyati to`g`risida 4 so`zdan iborat so`z birikmasi 
5.   _____ning sinonimi  
 
(5-ilova) 
Mavzu bo‘yicha tayanch  so‘zlar. 
Analizator,  periferik,  adaptatsiya,  adekvat,  to‘r  parda,  shox  parda, 
ko‘z  gavhari,  dioptriya,  shishasimon  tana,  fokus,  tashqi    quloq,  o‘rta  quloq, 
ichki  quloq,  quloq  og‘irligi,  hid  bilish  sezgisi,  teri  sezgisi,  ta’m  bilish 
rеtsеptorlari,  ipsimon,  zamburugʻsimon,  navsimon  va  bargsimon  soʻrgʻichlar,  dermatit, 
obligat, rentgen nurlari. 
 
(6-ilova) 
Mavzu bo‘yicha nazorat savollari. 
1.  Sezish organlarining ahamiyati, roli va xossalari. 
2.  Ko‘rish  analizatori. 
3.  Ko‘zning tuzilishini tushuntirib bering. 
4.  Ko‘zning nur sindiruvchi muhitlari. 
5.  Eshitish analizatori va gigienasi. 
6.  Quloqning  tuzilishi:  tashqi,  o‘rta  va  ichki  quloq  tuzilishini 
tushuntiring. 
7.  Quloqqa shovqinning taʻsir qilishi. 
8.  Hid analizatorlari. 
9.  Baʻzi hidlarning nerv sistemasiga taʻsirini izohlang. 
10.  Teri analizatorlari. 
 
(7-ilova) 
Mavzu bo‘yicha foydalanilgan adabiyotlar. 
1.  Klemesheva L.S. “Vozrastnaya fiziologiya i gigiena”. Ucheb. posobie. Toshkent. 
“O‘qituvchi”. 1991 g. 
2.  Klemesheva  L.S.,  Ergashev  M.S.  “Yoshga  oid  fiziologiya”.  O‘quv  qoʻllanma. 
Toshkent. “O‘qituvchi”. 1991 y. 
3.  Maxmudov E. “O‘smirlar fiziologiyasi”. O‘quv qoʻllanma. Toshkent. 1985 y. 
4.  Sodiqov Q., Aripov S.X., SHaxmurova G.A. “Yosh fiziologiyasi va gigienasi”. 
Darslik. Toshkent. “YAngi asr avlodi”. 2009 y. 
5.  Sodiqov Q.S. “O‘quvchilar fiziologiyasi va gigienasi”. Toshkent. “O‘qituvchi”. 
1992 y. 
6.  Xripkova A.G., Antropova M.V., Farber D.A. “Yosh fiziologiyasi va gigienasi”.  
M. Prosveshenie 1990 g. 
7.  Aminov  B.,  Tilovov  T.  “Odam  va  uning  salomatligi”.  O‘quv  qoʻllanma. 
Toshkent. 1995 y. 
8.  Antropova M.V. “Bolalar va o‘smirlar gigienasi”. M.Meditsina, 2002 y. 
9.  Internet sayti: www.ziyo.net.uz 
10.  Internet sayti: www.anatomus.ru  
 

185 
 
1.1. Ma’ruza olib borish texnologiyasi 
 
O’quv soati: 2 soat 
Talabalar soni: 26 ta 
O’quv mashg‘ulot shakli 
Axborotli, vizual ma’ruza 
Ma’ruza rejasi 
1.  Sezish 
organlarining 
yosh  
xususiyatlari.  Sezish  organlarining  yoshga 
bog’liq   holda o’zarishi. 
2.  Sezish organlarining gigiyenasi. 
O’quv mashg‘ulotining maqsadi: 
Sezish  organlarining  yoshga  bog’liq      holda  o’zarishini  o’rganish. 
Sezish  organlari  haqidagi  bilimlarni  chuqurlashtirish,  gigienik  chora-
tadbirlarini ishlab chiqish.
 
Pedagogik vazifalar 
O‘quv faoliyati natijalari 

  Interfaol 
metodlarni 
qo‘llagan holda o‘quv jarayonini 
tashkil etish; 

  Sezish  organlarining 
yosh    xususiyatlari.  Sezish 
organlarining 
yoshga 
bog’liq      holda  o’zarishini 
tushuntirib berish; 

  Sezish  organlarining 
gigiyenasiga  rioya  qilishni 
o’rgatish. 

  Sezish 
organlarining 
yosh  
xususiyatlari.  Sezish  organlarining  yoshga 
bog’liq   holda o’zarishini tushunib oladilar; 

  Sezish 
organlarining 
gigiyenasiga 
rioya qilishni o’rganadilar. 

   
O‘qitish usullari 
Axborotli  ma’ruza, “Aqliy hujum” va “Klaster” 
usuli 
O‘qitish vositalari 
Darslik, ma’ruza matni, kompyuter slaydlari, doska 
O‘qitish shakllari 
Jamoada ishlash 
O‘qitish shart-sharoiti 
Texnik vositalar bilan ta’minlangan o‘quv xonasi 
Monitoring va baholash Og‘zaki 
nazorat, savol-javob  
 
1.2. Sezish organlarining yosh xususiyatlariga bogʻliq fiziologiyasi va gigiyenasi 
mavzusining texnologik xaritasi  
 
 
 
Ish bosqichlari 
 
O’qituvchi faoliyatining mazmuni 
Tinglovchi 
faoliyatining 
mazmuni 
 
16 – MAVZU: 
 
 
SEZISH ORGANLARINING YOSH XUSUSIYATLARIGA 
BOGʻLIQ FIZIOLOGIYASI VA GIGIYENASI 

186 
 
I-bosqich. 
Mavzuga 
kirish. 
(10 minut) 
 
1.1. Talabalarni  mavzuning nomlanishi
maqsadi va kutiladigan natijalar  
bilan tanishtiradi 
Tinglaydilar 
 
II-bosqich. 
Asosiy qism 
(55 minut) 
 
2.1.  Ma’ruza rejasi bilan tanishtiradi   
(1-ilova) 
 
2.2. Tayanch tushunchalar bilan tanishtiradi 
(3-ilova) 
 
2.3.  Talabalarni  faollashtirish  maqsadida 
“Aqliy hujum” metodidan foydalanadi. 
 
 2.4. 
Mavzu 
rejalarining 
mazmun-
mohiyatini tegishli rasmlar yordamida ochib 
beradi (2-ilova) 
 
Tinglaydilar va rejani 
yozib oladilar 
 
Tayanch 
tushunchalarni yozib 
oladilar 
Savolga javob beradilar
Tinglaydilar va 
tushunib oladilar 
Asosiy ma’lumotlarni 
konspekt daftarlariga  
yozib oladilar 
 
III-bosqich. 
Yakuniy qism 
(15 minut) 
3.1.    Mavzu  bo’yicha  nazorat  savollarini 
beradi (4-ilova) 
3.2.  Guruhdagi  talabalar  bilimini  sinash 
maqsadida  uyga  vazifa  etib  “Analizator” 
tushunchasiga  “Klaster”  tuzib  kelish 
vazifasini topshiradi  
3.3 
Mavzu 
bo‘yicha 
foydalanilgan 
adabiyotlar  ro’yxati  bilan  tanishtiradi    (5-
ilova) 
Savollarga javob 
beradilar 
 
Uyga berilgan 
topshiriqni va 
adabiyotlar ro’yxatini 
yozib oladilar 
 
 
 
Download 5.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling