O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent kimyo‐texnologiya instituti “menejment va kasb ta’limi” fakul’teti


  Jismoniy  mashqlar  jarayonida  muskullarda  kechadigan  yurak-qon


Download 5.13 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/26
Sana07.07.2020
Hajmi5.13 Mb.
#99362
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26

3.  Jismoniy  mashqlar  jarayonida  muskullarda  kechadigan  yurak-qon 
tomirlar sistemasiga va nafas olish jarayonlariga ta’siri. 
Jismoniy  mashqlar  bilan  shug‘ullanish  harakat  apparati  va  butun  organizmning 
funksional  sistemalari  faoliyatini  yaxshilanishiga  olib  keladi.  Jismoniy  mashg‘ulotlar 
bilan  shug‘ullanish  yurak  va  qon-tomir  sistemasining  rivojlanishiga  uning  ish  unumi 
ortishiga  olib  keladi.  Jismoniy  mashg‘ulotlar  bilan  shug‘ullanish  jarayonida  yurakning 
sistolik hajmi 120-140 ml gacha ortadi.  
Mashq  qilish  jarayonida  yurakning  qisqarib  bo‘shashish  soni  kamaya  boradi. 
Yurak  qon-tomir  faoliyatining  ish  faoliyati  yaxshilanishi  organizmdagi  moddalar 
lamashinuvi  jarayonining  ham  faollashishiga  olib  keladi.Jismoniy  mashg‘ulotlar  bilan 

204 
 
shug‘ullanish 
jarayonida 
yurak 
qon-tomir 
sistemasida 
yuzaga 
keladigan 
o‘zgarishlarnio‘rganish  ishning  dolzarbligi,  mashg‘ulotlar  bilan  shug‘ullanish  natijasida 
yurak  qon-tomir  sistemasidagi  yuzaga  keladigan  o‘zgarishlarni  boshqa  funksional 
sistemalar faoliyati ta’sirini o‘rganish ishning asosiy maqsadi va vazifasi hisoblanadi 
Yurak  qon-tomirlar  tizimining  biror  bo‘limida  ro‘y  beradigan  qon-tomir 
kasalliklarini  oldini  olish  yuqorida  ko‘rsatilganisabablarni  bartaraf  etish,  organizmni 
chiniqtirish, jismoniy mehnat, sport bilan muvofiqdir. 
Yurak qon-tomir tizimini chiniqtirishda eng oddiy mashg‘ulotlari bo‘lgan yurish 
va yugurish, nafas olish, gimnastika mashg‘ulotlarini bajarish muhim ahamiyatga ega.  
Shuni  ta’kidlash  kerakki,  yurak  qon-tomir  tizimini  jismoniy  mashhulotlar  bilan 
shug‘ullanib  chiniqtirish  asta  sekin  olib  borilishi  zarur.  CHiniqishning  boshlanishida 
jismoniy  mashqlar  hajmi  kam  bo‘lib,  asta  sekin  ko‘paytirilishi  kerak.  Har  bir  odam 
bajaradigan  mashqning  hajmi,  ya’ni  har  kungi  yuradigan  va  chopadigan  masofasi, 
harakat  tezligi  uning  yoshini,  sog‘lig‘ini  e’tiborga  olgan  holda  belgilanish  kerak.  Aks 
holda  yurak  zo‘riqishi  natijasida  har  xil  kasalliklar  yuzaga  kelishi  mumkin.  SHuning 
uchun jismoniy mashqlar bilan chiniqishga ahd qilgan odam shifokor bilan ish ko‘rishi 
lozim. 
Shuning  uchun  jismoniy  mehnat  vaqtida  organizmning  kislorodga  bo‘lgan 
ehtiyoji  keskin  ortadi.  Kislorodning  qon  orqali  tashilishi  sababli  ish  paytida  faol 
a’zolarning qon ta’minlanishi (skelet mushaklari, yurak) oshishi kerak. 
Jismoniy  mashqlar  jarayonida  vegetativ  asab  tizimi  o‘z  ta’sirini  o‘tkazadi. 
Buning  natijasida,  simpatik  asab  markazlari  qo‘zg‘aluvchanligi  yanada  ham  oshadi, 
parasimpatik  asab  markazlar  qo‘zg‘aluvchanligi  esa  keskin  susayadi.  SHu  vaqtning 
o‘zida  ishlovchi  mushaklar  arteriyalari  va  kapilyarlari  kengayadi,  hozirgacha  mehnat 
jarayoniga jalb bo‘lmagan katta va kichik qon tomirlari ishga solinadi, ya’ni mahalliy qon 
aylanish  jarayoni  to‘liq  ishga  solinadi.  Biroq,  ishlovchi  mushaklar  qon  tomirlarining 
kengayishi  bilan  bir  qatorda  qorin  bo‘shlig‘ida  joylashgan va  mehnat  jarayonida  passiv 
ishtirok etadigan a’zolar qon tomirlari torayadi. 
Jismoniy yoki harakatlanish bilan bog‘liq faolik  - bu inson xatti-harakatlarining 
ajralmas va murakkab yig‘indisi bo‘lib, u biologik hamda tashqi omillarga bog‘liq. 
Zamonaviy turmush tarziningilg‘or (progress)tendensiyaga ega bo‘lgan o‘ziga xos 
xususiyatlaridan biri harakat faoligi hajmining kamayishi (gipokineziya), mushak kuchi 
sarfining ruhiy asab zo‘riqishlari bilan uyg‘unlikdagi pasayishi hisoblanadi. Harakat 
hayotning eng muhim xususiyati. Bugungi kunda inson organizmi turli tizimlarni 
qo‘zg‘atishning mushak faoliyatidan ham kuchliroq fiziologik usuli ma’lum emas. Ular 
har xil a’zo va tizimlar faoliyatini, shuningdek, umuman inson ongi darajasini tiklashga 
yo‘naltirilgan boshqaruv mexanizmlarini muntazam ravishda mashq qildirib, 
takomillashtirib beradi. Ayni vaqtda ishlab chiqarish va turmushda jismoniy 
yuklamalarning hissasi ma’lum darajada kamayib ketyapti. Hatto inson 
harakatlanishining tabiiy va sun’iy usuli bo‘lgan yurish ham transportning, kommunal 
xizmat turining rivojlanishi tufayli o‘z ahamiyatini yo‘qotib bormoqda.  
Aholining barcha qatlamlari, jumladan, bolalarham gipokineziyaga mahkum, 
aslida ularning doimiy rivojlanishi, harakat faolligi, mushak kuchi sarfining darajasi 
juda zarur. Yaqin-yaqingacha harakatning deyarli yagona manbai sanalgan 
mushaklarning bugungi kundagimatori sifatidagi faoliyati nihoyatda cheklangan. 
Harakat faolligi birgini xususiyatga ega. Ibtidoiy davrda odamlarni hayvonlarniham 
oyoqlari boqqan. Hozirgi kunga kelib insonni aql-idroki boqayotgan bo‘lib, u 
harakatning hayot uchun zarur bo‘lgan, tarixan yuzaga kelgan usudan voz kechyapti. 

205 
 
Hozirgi vaqtda harakat faolligi hajmining kamayishi harakat kuchi sarfining pasayishini 
gipokineziya yoki gipodinamiya atamasi ustida birlashtirishga urinilyapti. Gipodinamiya 
o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lib, ularning ta’lim-tarbiya jarayonida ayrim 
kasalliklarning oldini olishda e’tiborga olish lozim (mushaklarning statik zo‘riqishi, 
izometrik mashqlar). Shuningdek, shu kungacha harakat faoliyatining turli jihatlariga, 
skelet mushaklari harakatlanish darajasining pasayishi natijasida salomatlikning putur 
etishiga ta’sir qiladigan o‘zgarishlarga diqqat qilish uchun xar ikkala tushunchani 
saqlash lozim.
15
  
Xulosalar. 
 
Jismoniy  mashqlar  bilan  shug‘ullanish  organizmning  barcha  vegetativ 
organlar faoliyatini o‘zgarishga olib keladi. 
 
Jismoniy  mashqlar  va  jismoniy  tarbiya  bilan  shug‘ullanish  vegetativ 
organlarning o‘sishi va rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.  
 
Yurak qon-tomir sistemasi faoliyatining yaxshilanishi organizmdagi boshqa 
funksional  sistemalar  faoliyatini  ham  yaxshilaydi,  organizmdagi  moddalar  almashinuvi 
jarayonini ham faollashtiradi. 
 
Yurak  qon-tomir  tizimini  chiniqtirishda  eng  oddiy  harakat  mashg‘ulotlari 
bo‘lgan  yurish  va  yugurish,  nafas  olish,  gimnastika  mashg‘ulotlarini  bajarish  muhim 
ahamiyatga ega.  
 
Tanani  issiq  va  sovuq  harorat  ta’sirida  chiniqtirish  yurak  qon-tomir 
sistemasi faoliyatining yaxshilanishiga olib keladi.  
 
Yurak  qon-tomir  tizimini  jismoniy  mashqlarda  chiniqtirishni  asta-sekinlik 
bilan  olib  borish  kerak.  Bunda  organizmning  individual  xususiyatlarini  yoshini  tashqi 
iqlim sharoitini ham hisobga olish zarur. 
 
Nafas,  yurak  qon-tomir,  ovqat  hazm  qilish  organlari  faoliyatida  yuzaga 
keladigan  ijobiy  o‘zgarishlar  muntazam  ravishda  jismoniy  mashqlar  bilan 
shug‘ullanishga bog‘liq. 
(3-ilova) 
                                                            
15
Theodore  hough  and  William  T.  Sedgwick  -  The  human  mechanism  its 
physiology  and  hygiene  and  the  sanitation  of  its  surroundings-  Ginn  and  company 
proprietors Boston U.S.A.-2010, 612 p 
  

206 
 
 
(4-ilova) 
Mavzu bo‘yicha tayanch  so‘zlar. 
  Jismoniy  tarbiya,  sport  gigienasi,  tibbiy  tekshiruv,  jismoniy  tayyorgarlik,  asosiy 
guruh, tayyorlov guruhi, maxsus guruh, xona jihozi, gipokineziya va gipodinamiya. 
 
(5-ilova) 
Mavzu bo‘yicha nazorat savollari. 
1.  Jismoniy mashqlar deganda qanday mashqlar tushuniladi? 
2.  Jismoniy tarbiya va sport gigienasining asosiy vazifalari. 
3.  Jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanishning yurak qon-tomir sistemasiga ta’siri qanday? 
4.  Jismoniy mashqlarning asab tizimiga ta’sirini izohlang. 
5.  Jismoniy mashqlarda muskul va mushaklarning roli qanday? 
6.  O‘quvchi-talabalarning  tibbiy  tekshiruv  va  jismoniy  tayyorgarlik  natijalariga  ko‘ra 
qanday guruhlarga bo‘linadi? 
7.  Mashg‘ulot xonalarini yoritilishiga qanday talablar qo‘yiladi? 
8.  Xona jihozlariga qo‘yiladigan gigienik talablar. 
9.  Sinf taxtalariga qo‘yiladigan gigienik talablar.  
10. Gipokineziya va gipodinamiya atamasining ma’nasini izohlang 
 
(6-ilova) 
Mavzu bo‘yicha foydalanilgan adabiyotlar. 
1.  Maxmudov E. “O‘smirlar fiziologiyasi”. O‘quv qoʻllanma. Toshkent. 1985 y. 
2.  Sodiqov Q., Aripov S.X., SHaxmurova G.A. “Yosh fiziologiyasi va gigienasi”. 
Darslik. Toshkent. “YAngi asr avlodi”. 2009 y. 
3.  Sodiqov Q.S. “O‘quvchilar fiziologiyasi va gigienasi”. Toshkent. “O‘qituvchi”. 
1992 y. 
4.  Xripkova A.G., Antropova M.V., Farber D.A. “Yosh fiziologiyasi va gigienasi”.  
M. Prosveshenie. 1990 g. 
5.  Aminov  B.,  Tilovov  T.  “Odam  va  uning  salomatligi”.  O‘quv  qoʻllanma. 
Toshkent. 1995 y. 
6.  Antropova M.V. “Bolalar va o‘smirlar gigienasi”. M.Meditsina, 2002 y. 
7.  Stuart J, Foks. Human physiology. WKB Oxford-England. 1993. 

207 
 
8.  Internet sayti: www.ziyo.net.uz 
9.  Internet sayti: www.FIZIOLOGIYA.ru  
 
  
 
 
 
 
 
 
 
 
 
1.1. Ma’ruza olib borish texnologiyasi 
 
O’quv soati: 2 soat 
Talabalar soni: 26 ta 
O’quv mashg‘ulot shakli 
Axborotli, vizual ma’ruza 
Ma’ruza rejasi 
1.  Yoshlar  o‘rtasida  avj  olayotgan  zararli 
odatlar. 
2.  Giyohvandlik  va  OITS,  hamda  uqumli 
kasalliklar,  ularning  inson  organizmiga 
salbiy ta’siri. 
3.  Choy  va  kafeni,  chekish  hamda  spirtli 
ichimliklarning sog‘liq uchun zararli bo‘lgan 
ta’siri. 
4.  Sog‘lom  turmush  tarzini  shakllantirish, 
zararli 
odatlarga 
qarshi 
kurash 
profilaktikasi. 
O’quv mashg‘ulotining maqsadi: 
Yoshlar  o‘rtasida  avj  olayotgan  zararli  odatlar  haqida  ma’lumot  berish 
va  ularning  inson  organizmiga  salbiy  ta’sirini  yoritib  berish.  Sog‘lom 
turmush tarzini shakllantirish, zararli odatlarga qarshi kurash.
 
Pedagogik vazifalar 
O‘quv faoliyati natijalari 

  Interfaol 
metodlarni 
qo‘llagan holda o‘quv jarayonini 
tashkil etish; 

  Yoshlar  o‘rtasida  avj 
olayotgan  zararli  odatlar 
haqida so’zlab berish; 

  Giyohvandlik 
va 
OITS, 
hamda 
uqumli 
kasalliklar,  ularning  inson 
organizmiga salbiy ta’sirini 
ochib berish; 

  Yoshlar  o‘rtasida  avj  olayotgan  zararli 
odatlar haqida bilib oladi; 

  Giyohvandlik  va  OITS,  hamda  uqumli 
kasalliklar,  ularning  inson  organizmiga 
salbiy ta’sirini o’rganadi; 

  Choy  va  kafeni,  chekish  hamda  spirtli 
ichimliklarning sog‘liq uchun zararli bo‘lgan 
ta’sirini aytib beradi;  

  Sog‘lom  turmush  tarzini  shakllantirish, 
zararli 
odatlarga 
qarshi 
kurash 
profilaktikasiga  amal  qilish  muhimligini 
 
18 – MAVZU: 
 
 
ZARARLI ODATLARNI INSON ORGANIZMIGA SALBIY 
TA’SIRI. 

208 
 

  Choy 
va 
kafeni, 
chekish 
hamda 
spirtli 
ichimliklarning 
sog‘liq 
uchun 
zararli 
bo‘lgan 
ta’sirini yoritib berish; 

  Sog‘lom 
turmush 
tarzini 
shakllantirish, 
zararli 
odatlarga 
qarshi 
kurash 
profilaktikasiga 
amal qilishga chaqirish. 
tushunadi. 
O‘qitish usullari 
Axborotli ma’ruza, “Aqliy hujum” va “Baliq skleti”, 
“Muammoli vaziyat” usuli 
O‘qitish vositalari 
Darslik, ma’ruza matni, kompyuter slaydlari, doska 
O‘qitish shakllari 
Jamoada ishlash 
O‘qitish shart-sharoiti 
Texnik vositalar bilan ta’minlangan o‘quv xonasi 
Monitoring va baholash Og‘zaki 
nazorat, savol-javob  
 
1.2. Zararli odatlarni inson organizmiga salbiy ta’siri 
mavzusining texnologik xaritasi  
 
 
Ish bosqichlari 
 
O’qituvchi faoliyatining mazmuni 
Tinglovchi 
faoliyatining 
mazmuni 
I-bosqich. 
Mavzuga 
kirish. 
(10 minut) 
 
1.1. Talabalarni  mavzuning nomlanishi, 
maqsadi va kutiladigan natijalar  
bilan tanishtiradi 
Tinglaydilar 
II-bosqich. 
Asosiy qism 
(55 minut) 
 
2.1.  Ma’ruza rejasi bilan tanishtiradi   
(1-ilova) 
 
2.2. Tayanch tushunchalar bilan tanishtiradi 
(5-ilova) 
 
2.3.  Talabalarni  faollashtirish  maqsadida 
“Aqliy hujum” uyushtiradi. 
 
2.3.  Mavzuning  mazmun-mohiyatini  reja 
asosida  tartib  bilan  tegishli  rasmlar  bilan 
ochib beradi (2-ilova) 
 
2.4.  Guruhdagi  talabalar  bilimini  sinash  va 
mustahkamlash maqsadida “Nima sababdan 
yoshlar  o’rtasida  zararli  odatlar  avj 
olmoqda?”    muammoli  mavzusini    “Baliq 
skleti”  metodi  yordamida    yoritishlari 
so’raladi (3-ilova) 
Tinglaydilar va rejani 
yozib oladilar 
 
Tayanch 
tushunchalarni yozib 
oladilar  
 
Savollarga javob 
beradilar 
 
Tinglaydilar va asosiy 
ma’lumotlarni 
konspekt daftarlariga  
yozib oladilar 
 
Topshiriqni bajaradilar 

209 
 
  
III-bosqich. 
Yakuniy qism 
(15 minut) 
3.1. 
Mavzu 
bo’yicha 
bilimlarni 
mustahkamlash  uchun  savollar  beradi  (6-
ilova) 
Savollarga javob 
beradilar 
3.2.    Talabalar  bilimini  sinash  maqsadida 
“Muammoli  vaziyat”  metodiga  asosan 
muammoni  hal  etish  vazifasi  topshiriladi. 
Muammo 
mavzusi 
quyidagicha: 
“Giyohvandlikning 
inson 
organizmiga 
salbiy ta’siri” va “OITS kasalligining inson 
hayotiga solayotgan xavfi” (4-ilova) 
3.2. 
Mavzu 
bo‘yicha 
foydalanilgan 
adabiyotlar  ro’yxati  bilan  tanishtiradi  (7-
ilova) 
 
Uyga berilgan 
topshiriqni yozib 
oladilar 
 
 
 
 
Adabiyotlar ro’yxatini 
yozib oladilar 
 
(1-ilova) 
REJA: 
1.  Yoshlar o‘rtasida avj olayotgan zararli odatlar. 
2.  Giyohvandlik  va  OITS,  hamda  uqumli  kasalliklar,  ularning  inson  organizmiga 
salbiy ta’siri. 
3.  Choy  va  kafeni,  chekish  hamda  spirtli  ichimliklarning  sog‘liq  uchun  zararli  bo‘lgan 
ta’siri. 
4.  Sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, zararli odatlarga qarshi kurash profilaktikasi. 
(2-ilova) 
1. Yoshlar o‘rtasida avj olayotgan zararli odatlar. 
Kelajagi buyuk mustaqil yurtimiz uchun har tomonlama barkamol, vatanparvar, 
yuksak  madaniyatli,  maʻnaviy  qadriyatlarni  eʻzozlaydigan  etuk  yoshlarni 
tarbiyalashimiz lozim. 
Ham  jismonan,  ham  maʻnaviy  sog‘lom  avlodning  turmush  tarzini  yaratish  davr 
taqozosidir.  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  I.Karimovning  «Buyuk  maqsad 
yo‘lidan  og‘ishmaylik»  nomli  asarida:  «Biz  naslimizning kelajagi-sog‘lom  avlod  uchun 
kurash boshladik. Shu nom bilan orden taʻsis etdik va maxsus xalqaro jamg‘arma tuzdik. 
Bu beʻjiz emas. Sog‘lom avlod deganda, biz faqatgina jisman baquvvat farzandlarimizni 
emas, balki maʻnaviy boy avlodni ham ko‘zda tutganmiz. Chunki, har taraflama sog‘lom 

210 
 
avlodga ega bo‘lgan xalqni hech qachon engib bo‘lmaydi. Buni hammamiz yaxshi anglab 
olmog‘imiz  shart»  -  deb  uqtirib  o‘tgan  edi.  Darhaqiqat,  sog‘lom  avlodni  shakllantirish 
masalasi  davlat  siyosati  darajasiga  ko‘tarilgan  bo‘lib,  uni  amalga  oshirish  esa,  barcha 
mutasaddilarning bu borada jiddiy faoliyat olib borishlarini taqozo etadi. 
Muammoning  dolzarbligi.  Psixoaktiv  moddalar  (PAM)-alkogol,  giyohvand  va 
toksik  moddalarga  ruju  qo‘yish,  surunkali  ravishda  isteʻmol  tufayli  ularga  o‘rganib 
qolish, qator mamlakatlar aholisi, ayniqsa yoshlar salomatligiga putur etkazayotgan eng 
daxshatli  muammolardan  biri  bo‘lib  qolmokda.  So‘nggi  yillarda  tibbiy  tavsiyalardan 
tashqari  narkotik  va  toksik  kayf  qildiruvchi  turli  moddalarni  qabul  qilish 
ko‘rsatkichlari  shiddat  bilan  oshib  bormoqda.  Eng  xatarli  tomoni  shundaki,  yoshlar 
orasida kuchli va og‘ir sintetik giyohvand moddalar-kokain va geroin kabilarga qiziqish 
kuchayib borayotganligi kuzatilmoqda. 
Giyohvandlik qator tizimli buzilishlar bilan tavsiflanadi. Eng avvalo, modda 
almashinuvi  jarayonida  qo‘pol  o‘zgarishlar  ro‘y  beradi.  Giyohvand moddalar inson 
bosh miyasiga taʻsir etib, unga o‘rganib qolishiga olib keladi. SHu bilan birga, ular bosh 
miyaning,  muhim  ichki  aʻzolarining  zararlanishiga  hamda  immunitetning  pasayib 
ketishiga sabab bo‘ladi. SHaxsning salbiy tomonga o‘zgarishi, xarakterning zaiflashishi, 
hulq-atvor  buzilishi,  masʻuliyatsizlik,  loqaydlik,  oilaviy  munosabatlarning 
buzilishi,  jinoyatga  qoʻl  urish,  o‘g‘irlik  sodir  etish  kabilar  giyoxvandlikka  xos  bo‘lgan 
holatdir. 
Undan  tashqari,  maktab  yoki  o‘quv  yurtidagi  umumiy  intizomning  buzilishi, 
o‘quvchi va talabalar o‘zlashtirishining pasayishi, giyoxvandlarga xos muhit g‘oyasining 
tarqalishi  kabilar  ham  giyoxvandlik  illatining  Yoshlar  muhitiga  kirib  kelganligini 
anglatadi. 
Tibbiy  tomondan,  giyoxvandlik  oqibatida  gepatitlar,  VICH/OITS,  jinsiy  yo‘l 
bilan yuqadigan kasalliklarning ko‘payish jarayonini kuzatish mumkin. 
Bundan  tashqari,  tamaki  chekish  ham  Yoshlar  o‘rtasida  avj  olib  borayotgan 
zararli omildir. Chunki, odam papiros chekkanda tamaki tutuni bilan nafas oladi, o‘pkaga 
kislorod  o‘rniga  karbonat  angidrid  gazi  borib  qonga  o‘tadi,  organizmdagi  moddalar 
almashinuvini  buzadi,  bunday  holat  o‘z  navbatida  organizmning  kislorod  tanqisligiga 
sabab  bo‘ladi.  Chekish  tufayli  odamning  xotirasi  susayadi,  odam  ozib  ketadi,  yosh 
o‘smirlarni  chekishi  tufayli  bola  o‘sish  va  rivojlanishdan  orqada  qoladi,  urug‘ 
hujayralarda o‘zgarishlar sodir bo‘ladi, jinsiy ojizlik kelib chiqadi. 
Keyingi  yillarda  yoshlar  o‘rtasida  nos  chekish  kabi  zararli  odat  keng 
tarqalmoqda.  Nosning  tutuni  bo‘lmaganligi  uchun  u  chekuvchi  o‘pkasiga  kirmagani 
bilan,  uning  zaharli  moddalari  til  ostidagi  qon  tomirlariga  so‘rilib,  qon  orqali  miya, 
yurak,  jigar  kabi  hayotiy  muhim  organlarni  zaharlaydi.  Nosning  erigan  qismi  og‘iz 
bo‘shlig‘idagi  so‘lak  bilan  yutib  yuboriladi  va  u  oshqozon-ichaklarga  tushib,  ularni 
zaharlaydi.  
 
 2.  Giyohvandlik  va  OITS,  hamda  uqumli  kasalliklar,  ularning  inson 
organizmiga salbiy ta’siri. 
Giyoxvand  moddalarning  organizmga  taʻsiri.  Giyohvand  modda  (psixoaktiv 
modda-PAM) qabul qilayotgan bola (o‘smir) qanchalik Yosh bo‘lsa, uning shunchalik tez 
va og‘ir nogironlikka chalinishi, yoki erta o‘lib ketishi ehtimoli shu qadar ko‘p bo‘ladi. 
Shuning o‘zi, davlatning salohiyatini pasaytiradigan omil hisoblanadi. 

211 
 
“Oq ajal” domiga ko‘plab o‘smirlarining tushib qolayotganligi tashvishli holdir. 
Barchaga  maʻlum  bo‘lgan  giyoxvand  moddalardan  tashqari,  so‘nggi  10  yil  ichida 
psixotrop narkotiklar (moddalar) qabul qilayotgan giyoxvandlar soni ko‘payib bormoqda. 
                        
 
Inson  hayoti  uchun  o‘ta  xavfli  bo‘lgan  amfitaminlar,  gallyusinogenlar,  LSD  va 
lizirin kislotasining boshqa xosilalari shular jumlasidandir. 
“Narkotik”  (“giyohvand  modda”)  nima  degani?  Jahon  sog‘liqni  saqlash 
tashkilotining  taʻrifiga  ko‘ra,  tibbiyotda  qoʻllanilishidan  qatʻiy  nazar,  kayf  xissiyotini 
tug‘diradigan  va  unga  ruju  qo‘yishga  (o‘rganishga)  olib  keladigan  har  qanday  modda 
narkotik  deyiladi.  Uni  isteʻmol  qilish  va  kayfidan  huzurlanishni  odat  qilganlarni 
“narkomanlar” deyishadi. 
“Narkomaniya”  atamasi  grekcha  narke-tildan  qolish,  qotib  qolish  va  mania-
aqlsizlik, ishqibozlik so‘zlaridan tarkib topgan bo‘lib, jismonan hamda ruxan giyoxvand 
moddani qabul qilishga ishqiboz bo‘lib qolish, ruju qo‘yish va oqibatda og‘ir asoratlarga 
olib keladigan kasallikka aytiladi. 
Barcha  narkotik  moddalarning  inson  ruxiyatiga  taʻsir  etish  mexanizmi  bir  xil 
bo‘lishiga  qaramasdan,  u  yoki  bu  narkotikning  inson  organizmiga  taʻsirining  aniq 
ko‘rinishi aynan shu narkotik turi xususiyatlari bilan bog‘liqdir. 
Giyoxvand modda nosteril eritmalar bilan suyultirilganida (masalan, vodoprovod 
suvi bilan) qonga mazkur modda bilan birgalikda juda ko‘p miqdordagi tirik hamda o‘lik 
mikroorganizmlar  ham  tushadi.  Bu  esa,  tana  haroratining  38
0
S
 
va  undan  ko‘tarilishi, 
sovuq qotib qaltirash (oznob), ko‘ngil aynishi, bosh aylanishi, quvvatsizlik, baʻzida belda 
va bo‘g‘imlarda og‘riq paydo bo‘lishi bilan kechadi. 
Ushbu  holat,  eng  avvalo  (xattoki  eng  engil  kechganida  ham),  shunisi  bilan 
xavfliki, yuqori temperaturada ham bosh miya hujayralari xalok bo‘ladi. 
Oqibatda, giyoxvandlikka duchor bo‘lgan bemor qo‘shimcha yana bir kasallikka-
ensefalopatiyaga (bosh miyaning yallig‘lanishiga) yo‘liqadi. Bu kasallik ham bosh miya 
hujayralarining ko‘plab nobud bo‘lishiga olib keladi. 

212 
 
 
Giyoxvand  bemorlarning  zaxm  (sifilis)  kasalligi  bilan  og‘rishi  hollari  so‘nggi 
paytlarda  ko‘payib  bormoqda.  Eng  yomoni  shundaki,  zaxm  oxirgi  laxzalaridagina 
aniqlanmoqda. OITSga yo‘liqayotgan bemorlar soni ham kundan-kunga o‘sib bormoqda. 
Statistika  maʻlumotlariga  ko‘ra,  inʻeksiya  (nina  sanchish)  yo‘li  bilan  giyoxvand 
moddalarni qabul qiladigan giyoxvandlarning, 70 % dan ko‘prog‘i OITSni yuqtirganlar. 
Opiatlar  organizmda  bevosita  kalsiy  almashinuvining  buzilishiga  sabab 
bo‘lganligi  tufayli giyoxvandlar orasida  suyak  to‘qimasi  va  tishlari  zararlanganlari  juda 
ko‘p uchraydi. Kalsiy suyak va tish tarkibidagi asosiy moddalardan biri bo‘lganligi uchun 
ushbu toifadagi bemorlarning suyaklari va tishlari juda katta zarar ko‘radi. 
Shunday qilib, opiatlarni qabul qilish o‘z navbatida gepatit, zaxm (sifilis), OITS 
kabi  o‘ta  xavfli  kasalliklarning  yuqishiga  hamda  jigar,  yurak,  o‘pka  va  bosh  miyaning 
shikastlanishiga,  immunitetning  keskin  pasayishiga,  yiringli-yuqumli  kasalliklarning 
kelib  chiqishi  xavfining  o‘ta  oshishiga  olib  keladi.  SHuning  uchun,  ham  giyoxvand 
moddalarni,  muntazam  ravishda  qabul  qiladigan  bemorlarning  o‘rtacha  yashash  umri 
giyoxvand moddani ilk bor qabul qilgan vaqtidan boshlab 7-10 yilni tashkil etadi. 
Orttirilgan  immunitet  tanqisligi sindromi (OITS)  kasalligi.  
1980 yillarning boshlarida Amerika qo‘shma Shtatalarining vrachlari tomonidan 
birinchi  marotaba  pnevmotsestik  zotiljami  va  Kaposhi  sarkomasi  bilan  og‘rigan  yosh 
bachavozlarda  ularning  immunitet  himoya  tizimlarining  nihoyatda  susayib  ketganligi 
aniqlangan  va  o‘lim  bilan  tugayotgan  SPID  kasalligi  butun  jahon  Sog‘liqni  saqlash 
tashkilotining  1997  yilning  oxirida  bergan  maʻlumotlariga  qaraganda  dunyoning  197 
mamalakatlarida  qayd  qilinib,  og‘riganlarning  umumiy  soni  1736958  ni  tashkil  etdi. 
Ulardan Amerika qitasiga - 839189, Afrikaga - 617463, Evropaga - 197374, Osiyoga - 
74431 va Okeaniyaga -8501 kishi to‘g‘ri keladi. 

213 
 
SPID  kasalligi  tufayli  bugungi  kunda  ishga  loyiqatli  bo‘lgan  yoshlarning 
aksariyat  qismining  og‘rishlari  va  undan  sodir  bo‘layotgan  o‘limlar  mamlakatlarning 
iktisodiy  va  maʻnaviy  mavqelariga  katta  salbiy  taʻsir  ko‘rsatmoqda  va  butun  Jaxon 
xalqlarini tashvishga solib qo‘ymoqda. 
Mutaxassislar tomonidan olib borilayotgan doimiy epidemiologik tahlillar shuni 
ko‘rsatmoqdaki,  1997  yil  28  noyabrgacha  dunyo  mamlakatlarida,  yaʻni  bu  kasallikning 
qo‘zg‘atuvchisi virusini o‘zlariga yuqtirib olganlarning va SPIDning klinik belgilari bilan 
yashayotganlarning  umumiy  soni  30,6  milionni  tashkil  etdi.  Shu  kungacha  SPID 
kasalligidan o‘lganlarning soni 11,7 millionga etdi. 
Birlashgan  millatlar  tashkiloti  va  Butun  Jaxon  Sog‘liqni  saqlash  tashkilotining 
SPID  kasalligi  bo‘yicha  tuzilgan  dasturiga  binoan,  bu  kasallikning  epidemiyasi 
boshlangan  vaqtdan  shu  kungacha  2  million  bolalar  SPID  bilan  og‘rigan  onalardan 
tug‘ilganlar,  yuz  minglab  bolalar  esa  ularga  qon  quyish  yoki  katta  yoshdagi  bolalar  va 
qizlar  jinsiy  aloqa  qilishlari  tufayli  kasallikning  qo‘zg‘atuvchisini  o‘zlariga  yuqtirib 
olganlar. 
SPID  epidemiyasi  boshlangan  vaqtdan  3,2 milliondan ziyod  bolalar  bu  kasallik 
bilan og‘riganlar, ulardan 2,7 million bolalar SPID dan vafot etganlar. 
Daxshatli SPID kasalligiga bolalar ham chalinmoqda. Dunyo bo‘yicha har kuni 
1000  dan  ziyod  bolalar  SPID  kasalligining  qo‘zg‘atuvchisini  o‘zlariga  yuqtirib 
olmoqdalar. SPID kasalligi keng tarqalgan mamlakatlarda bolalar o‘limi 75 foizga etishi, 
besh  Yoshgacha  bo‘lgan  bolalar  o‘limi  esa  100  foizdan  oshib  ketishi  bashorat 
qilinmoqda.  15  Yoshgacha  bo‘lgan  bolalarning  90  foizi  SPID  kasalligi  bilan  og‘rigan 
onalardan  tug‘ilganlar.  9  milliondan  ortiq  bolalar  onalarning  SPID  kasalligidan 
o‘lganliklari  tufayli  etim  bo‘lib  qolmoqdalar  va  natijada  hayot  qiyinchiliklariga  to‘g‘ri 
kelmoqdalar. 
O‘zbekiston Respublikasida ham SPID kasalligi bo‘yicha epidemiologik vaziyat 
kun sayin taranglashib bormoqda. 
1987 yildan 1 iyul 1998 yilgacha Respublikamizda 47 kishi SPID kasalligining 
qo‘zg‘atuvchisini  o‘zlariga  yuqtirib  olganliklari  aniqlangan.  Ulardan  27  kishi  xorijiy 
fuqarolar bo‘lib, ularda kasallik aniqlanishi bilanoq o‘z yurtlariga chiqarib yuborilganlar. 
20 kishi esa Respublikamizning navqiron Yosh yigit va qizlaridir. 
Kasallik virusi sog‘lom odamlarga quyidagi yo‘llar bilan o‘tishi mumkin: 
1. Jinsiy aloqa qilish orqali
2.  Kasallik  virusini  o‘ziga  yuqtirib  olgan  xomilador  onadan  hammaga  virusni 
yo‘ldosh orqali o‘tishi - bu yo‘l tibbiyotda vertikal yuqish yo‘li deb nomlanadi; 
3.  Virus  bilan  zararlangan  qon  va  qon  mahsulotlarini  quyish,  ehtimol  virusdan 
zararsizlantirilmagan,  yaʻni  sterillanmagan  tibbiyot  asbob-  anjomlarini  va  boshqa 
ko‘pdan-ko‘p turli xil terini, shilliq qobiqlarni kesuvchi buyumlarni ishlatish jarayonida 
yuzaga keladigan paraenteral yo‘l. 
Bugungi  kunda  mustaqillikka  erishgan  O‘zbekiston  davlatimiz  dunyoning 
ko‘pdan-ko‘p  davlatlari  bilan  iqtisodiy,  siyosiy  va  madaniy  aloqalarni  kuchaytirib 
yubordi.  Bizning  fuqarolarimiz  xizmat  yuzasidan  xorijiy  mamlakatlarga,  o‘z  navbatida, 
xorijiy  mamlakatlarning  fuqarolari  bizning  mamlakatning  shaxar  va  viloyatlariga 
kelmoqdalar va faoliyat ko‘rsatmoqdalar. Respublikamizda SPID kasalligi oldini olish va 
unga  qarshi  kurashish  chora-tadbirlarini  hayotga  tadbiq  qilish  borasida  Respublika, 
Qoraqalpog‘iston  Respublikasi,  viloyatlar  va  Toshkent  shahrida  joylashgan  SPID 
markazlari, hamda barcha davolash profilaktika muassasalari va ularning qaramoqlarida 
bo‘lgan 92 ta diagnostik laboratoriya xodimlari faol xizmat qilmoqdalar. 

214 
 
Yuqumli kasalliklar haqida 
Inson  organizmida  uchraydigan  ko'plab  kasalliklarning  kelib  chiqishi 
sabablaridan  biri  kasallik  tarqatuvchi  mikroblardir.  Ular  organizmga  kirib  olgach 
infeksion jarayon boshlanadi. Bu jarayonning kuchayishiga atrof-muhit sharoiti sezilarli 
ta’sir ko'rsatadi. Infeksion jarayon kasallikning klinik belgilari rivojining bo'lmasdan yoki 
aksincha  yuqumli  kasalikning  kuchayishi  bilan  o'tishi  mumkin.  Infeksion  (yuqumli) 
kasaliklar  odam  organizmiga  turli  mikroorganizmlar  (bakteriyalar,  viruslar,  zamburug' 
sporalari, sodda hayvonlar) kirib olishi bilan bog'liq. Ularning umumiy xususiyati kasal 
odamdan sog'lom odamga yuqishi hisoblanadi. Kasallik tarqatuvchi manba kasal odam, 
sog'aya  boshlagan  bemor,  (hali  ular  mikroblarni  tarqatayotgan  bo'ladi)  yoki  sog'lom 
odam bo'lishi mumkin-ular virus yoki bakteriya tashuvchi deyladi. 
Yuqumli  kasaliklar  hayvonlar  orqali  yuqish  mumkin  (m-n:  itlar  quturishi, 
qoramollar kuydirgini, kemiruvchilar o'lat, vabo, tulyarsmiyani, tashiydi). Qo'zg'atuchilar 
bevosita  aloqa  bo'lganda  ham  o'tadi,  m-n  bemor  foydalangan  narsa,  suv,  ovqat  orqali, 
havo-tomchi  orqali;  yo'talganda,  aksa  urganda  gapirganda  tupuk  sachraganda  (gripp, 
qizamiq,  bo'g'ma),  hasharotlar  orqali(ensefalit,  bezgak)  va  boshqa  yo'llar  orqali  yuqishi 
mumkin.  
Ayniqsa,  keyingi  davrda  OITS  kasalligi  keng  tarqaldiki,  bu  juda  xafli  holatni 
yuzaga keltirishi mumkin. OITS virusi 1981 yilda AQShda topilgan. Aslida bu kasallik 
1960 yillarda Afrikada paydo bo'lib, keyin boshqa mamlakatlarga tarqalgan. OITS virusi 
qonga kirib olgach, insonda turli infeksiyalarga qarshi kurashadigan T-limfositlari ichiga 
kiradi  va  uni  halok  qiladi.  OITS  virusi  80%  holda  jinsiy  aloqada,  15%  qonda 
tozalanmagan igna orqali (narkomaniyada), 3% qon orqali yuqmoqda. 
1990 yilda OITSga 300 mingga yaqin odam chalingan, virus yuqqanlar 6 mlnga 
yetgan.  197dan  ortiq  mamlakatda  qayd  etilgan.  O'zbekistolnda    20  dan  ortiq  (1990yil 
17ta)(4 tasi shu yerlik) holat qayd etilgan. 
OITS  ni  davolashda  qoʻllaniladigan  dori-darmon  hali  yaratilgani  yo'q.  OITSga 
chalingan odam boshqa kasalliklarga beriluvchan bo'lib qoladi, shu kasalliklardan holok 
bo'ladi. 
Yuqumli  kasalliklar  o'ziga  xos  davrlarni  o'tkazishga  majbur  bo'ladi.  1.  Yuqish 
vaqti-  yuqish  og'iz  bo'shlig'i  shilliq  qavati  orqali(difteriya,  skarlatika,(qizilcha)),  yuqori 
nafas  yo'llari  orqali  (gripp),  hashoratlar  chaqishi  orqali  (bezgak)),  yuqish  payti.  2. 
Yashirin (inubasion) davr- kasallikning dastlabki belgilari paydo bo'lguncha bo'lgan davr. 
3.  Prodormol(dastlabki  belgilar)  davri.  4.  Kasallikning  rivojlanishi  davri-  (ko'pincha 
harorat ko'tarilishi xarakterli). 5. Belgilarning yo'qolib borish davri. 6. Puzamin davri. 
Yuqumli  kasalliklardan  sog'aygan  bola,  o'smir  va  katta  Yoshli  odamlarda 
ko'pincha immunitet hosil bo'ladi. 
Jismoniy sog'lom, uyg'un rivojlangan bolalar kasalliklarni yengil o'tkazadi. Injiq, 
noziknihol  bolalarda  og'ir  kechib  turli  asoratlar  qoldirishi  (yurak,  buyrak,jigar 
zararlanishi  va  boshqalar)  mumkin.  Jismoniy  tarbiya  va  mehnat  ta’limi  o'quvchilarga 
organizmidagi  kasalliklarga  qarshi  kurasha  olish  qobilyatini  kuchaytiradi,  gigiyena  va 
uning qoidalariga rioya qilish ham bu sohada ancha yordam beradi. 
Download 5.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling